Dr. Avazxon Umarov O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. @Avaz_Han https://www.instagram.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj
Men hurmat qiladigan turkshunos olima, yaxshi tarjimon, jurnalist Zamira Hamidova ishtirokida tuzilgan lugʻat! İlm dunyosiga xayrli boʻlsin! Telegram kanallariga obuna boʻlib qoʻyinglar!👇
Читать полностью…Tarjima faoliyatimni koʻproq instagramda berib boraman! Qoʻllab yuborsalaringiz juda sevinaman. Obuna boʻlib qoʻyinglar!
https://www.instagram.com/
avaz_khan_umar?igsh=MTZvZjNyMmkyOG9iZA%3D%3D&utm_source=qr
"Ödläg"ning qarindoshlari yoxud qishloq-u yaylovdan dalagacha.
Sarlavhadagi qishloq, yaylov va dala so'zlari asli yasama so'z bo'lib, ulardagi qo'shimchalar ayni qo'shimchalardir. Ko'rinishidan bir-biriga juda aloqador so'zlarga o'xshamaydi. Izohlarda etimologiya ixlosmandlari kasbdoshlarimiz qishloq va yaylovning aloqasi haqida o'rinli ma'lumotlar ulashishdi. Qo'shimchasiga shularni aytish mumkin:
#Qishloqni oson tushundik, "qishlanadigan, qish o'tkaziladigan joy" ekan.
#Yaylovning asli esa yayloq (yaylağ). So'z ichidagi ğ>v o'zgarishi qipchoqlarga xos xususiyat. Tog' qipchoqlarda tov (tav), o'tog' > o'tov bo'ladi. Qarluqlarda aslida -v ga aylanmaydi. Lekin o'zbek tilida ham talaygina 'v'lashuv bor. O'tov, saylov, sinov, yaylov... Bular ilgari -ğ/g bilan edi. Yoy esa aslida "yoz" degani. Yaylov qishloqning zid ma'nolisi bo'lib, "yoy fasli yani yoz o'tkaziladigan joy" (fasllar haqida alohida to'xtalamiz).
Endi navbatda #dala. Eski turkiy tilda dala ma'nosidagi so'z tarığlağ ekanini aytsam ziyrak kuzatuvchilar darrov etimologiyasini payqaydi. Tarig' (tariq) tilimizda hozir bor, jo'xori degani. Biroq ilgarilari ekiladigan har qanday urug' ya'ni donni tarig' deyishgan. Zero chumchuqdan qo'rqqan tariq ekmaydi deganda jo'xori tushunilmasligi kerak. Bu maqol chumchuqdan qo'rqqan kishi yerga don, ekin ekmaydi degani. Demak tarığlağ "don, ekin ekiladigan joy" anglamini bildiradi.
Endi tarığlağ qanday qilib dalaga aylandi?
So'z ichida va oxirida ğ/g tovushi tushishi hodisasi asosan o'g'uzlarda ko'rilsa-da til tarixida bor. Qulğaq > quloq, qazğanmoq > qozonmoq... O'g'uzlarda bu ğ/g tushishi yana-da ko'p. Demak tarığlağdagi "ğ"lar tushishi natijasida tarıla shakli kelib chiqadi. O'rtadagi ı tovushi urg'u olmagani sabab tushib qoladi va bo'ladi > tarla (Ha topdingiz, hozirgi turk tilida bu so'z bor, tarla "dala" degani 😊). Bizdagi shaklida r tushib qolgan. Turkiy tillarda r tovushi tez-tez tushib yoki metateza bo'lib o'rni almashib qoladi. Oldingi ermäk fe'li hozir emoq: kelar erdi > kelar edi, berk > bek...
So'zni tala qilib oldik. (Shevashunoslar aytsin, dala so'zini shevalarda tala, tola ham deyisharmidi?)
So'z boshidagi t- tovushi o'g'uzlarda d- ga aylanadi. Bizda toğ o'g'uzlarda dağ, bizda til ularda dil... Demak t>d natijasida tala > dala bo'lgan.
Qizig'i o'guzlarning o'zida (Turkiya o'g'uzlarida) bu so'z t bilan tarla, bizda d bilan dala. Turkiy xalqlar mana shunday bir-biri bilan ichma-ich. Qarluqlarda "t"li shaklni kutasiz, "d" bilan chiqadi, o'g'uzlarda "d" bilan kutasiz "t" bilan ham chiqib qolaveradi. Demak turkiy tillardagi o'zaro farqlanuvchi umumiy qoidalarni o'rganib olishning o'zi yetmaydi. Tilning o'zini o'rganish, so'z boyligini sho'ng'ish kerak.
@Etimologiya burchagi
Bu yerda ham “Umrga tatigulik safar”🤗👇
Читать полностью…Yangi tarjimamiz “Umrga tatigulik safar” bilan ajoyib rolik! 👇👇
Читать полностью…G’ulomjon, bor bo’ling! Tashakkur!
Читать полностью…Salomlashish
Turkiylar İslomdan avval qanday salomlashar edilar? Bir fikringiz bormi?! Mening fikrim bor! Bilganlarimni keyinroq boʻlishaman! Sizlarda qanday fikr bor? İzohlarda qoldiring! Ba’zi misollarning uchini ochay😊
Yaxshimisiz?
Esonmisiz?
@shevashunos
Ot va uning zotlari
Ot bilan bogʻliq soʻzlarni izohlarda qoldiraylik.
Biya
Duldul
Toy
Toychoq
Tulpor
Saman ot
Qorabayir…
✍️Qolganini siz davom ettiring
@shevashunos
Tirrancha, tirmizak
Hali qoʻlidan biror ish kelmaydigan, turmushning ogʻir-yengilini koʻrmagan shaxs maʼnosida qoʻllaniladigan tirmizak, tirrancha soʻzlari oʻrnida qanday ibora, soʻz ishlatasiz?
👉Viloyat, tumanni ham yozishni unutmang!
@shevashunos
Rogatka
Rogatka kichik tosh, kesak va shu kabilarni otish uchun ayri shaklidagi yogʻochga rezinka oʻrnatib yasalgan asbobning ismidir. Bu turli joylarda cho’zma, ayri deb ham ataladi? Siz tomonda bu asbob nima deb nomlanadi?
👉Viloyat, tumanni ham yozishni unutmang!
@shevashunos
Qosimjon Sodiqovning bir ko’rsatuvdagi chiqishlari. Koʻring!
👇
OTM: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Kafedra: Mumtoz filologiya
Fan: Eski o'zbek tili
Mavzu: Temuriylar davrida ilm-fan taraqqiyoti va eski o'zbek tili
Ma'ruzachi: f.f.d., prof. Q.Sodiqov
Qiziqqanlar uchun tavsiya qilinadi!👇
Читать полностью…Ustozim Qosimjon Sodiqov men ko'rgan eng kamtar ustozlardan! Umringiz uzoq va fayzli bo'lsin!
Читать полностью…ЭСКИ ТУРКИЙ БИТИГЛАРНИНГ ЎРГАНИЛИШИ: БАЖАРИЛГАН ВА БЎЛҒУСИ ИШЛАР
ИЛМИЙ ЙИҒИН ЁЗМАЛАРИ
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/mumtoz_filologiya
https://www.instagram.com/avaz_khan_umar?igsh=MTZvZjNyMmkyOG9iZA%3D%3D&utm_source=qr
Читать полностью…Qadrli kanalimiz obunachilari! Siz tomonlarda dala soʻzining qanday sinonimlari, farqli talaffuzlari bor?
✍️Viloyat, tumanni ham yozishni unutmang!
@shevashunos
❓Xoʻsh, hurmatli kitobxonlar! Siz qachon tugʻilgansiz va ayni damda necha yoshdasiz?
💭Izohlarda yozib qoldiring. Qani, kimning yoshi kattaroq ekan😉
📞Bog‘lanish uchun:
+998712037004
+998998454400
@qamar_delivery
📍Manzil: Alisher Navoiy 42, mo‘ljal Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
Ichingizdagi boʻshliqni qanday toʻldirasiz? 🤔
🧆 Xoʻsh, sizda ham toʻldirilishi kerak boʻlgan boʻshliq bormi?
📚 Buni ovqat toʻldiradimi yoki manfaatli ilmmi?
✅ Aslida, ikkalasi ham inson uchun zarurdir! Ham oshqozonni ham miyani baravar toʻldirishning imkoni bor!
📞Bog‘lanish uchun:
+998712037004
+998998454400
@qamar_delivery
📍Manzil: Alisher Navoiy 42, mo‘ljal Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi.
Do’stlar ko’pchiligimizga ma’lum bo’lgan ikki kitob bor.
Fotih Dumanning Men va Lol kitoblari tarjimonlaridan Dr.Avazxon Umar va Dr.İqboljon Usmonlarning yangi tarjima qilgan kitoblari sotuvga chiqdi.
Yaqin orada ustozlarimiz bilan suhbat qilamiz.
@gulomjonsobirov
Yangi TARJİMAM
“Men” kitobidan keyin qo’l urgan tarjimam tayyor bo’ldi.. Yaqinda ushbu asar ham kitob rastalaridan joy oladi! Kitob ilm yo’lida mashaqqat bilan harakat qilayotgan oʻgʻil-qizlar uchun yozilgan deyish mumkin!
İnson hayotining poydevori bo‘lgan ta’lim va tarbiyaga doir masalalarni qaytadan ko‘rib chiqishimiz kerak. Muvaffaqiyatga erishish uchun harakat qilamiz-u, lekin muvaffaqiyat nima degan savolga javobimiz yo‘q. Muvaffaqiyat nima o‘zi, muvaffaqiyatni kim qanday tushunadi?
Zamonaviy (modern!) ta’lim bizni vaqtinchalik zavq va qisqa muddatli muvaffaqiyatlarning quliga aylantirdi. Bu raqobat muhiti tanamizni ham, ruhimizni ham holdan toydiradi, zimmamizga og‘ir yuk bo‘ladi. Bu holat qalbimizning tubida chuqur bo‘shliqlar va jarohatlarni hosil qiladi…
Koʻrsatma(tavsiya)
Kitoblar, soʻz, adabiyotga befarq boʻlmaganlar uchun dunyoning durdona asarlaridan soʻzlovchi manzil - @dunyo_klassikasi
Телеграм тармоғидаги наф олиш мумкин бўлган илмий, тарихий, ижодий ва адабий саҳифалар:
• @AmirTemurtarixi (Амир Темур ва Темурийлар тарихи)
• @AmirxonValijonov – китоб ва китобхонлик
• @BeshinchiTomon (Байрам Али)
• @Burxonov_lite (Оддий йўловчи)
• @Efemerida_adabiyoti (Заспоилер)
• @Farida_Afroz
• @Ibtido_tarix (Сирли дунё тарихи)
• @Ilm_nur_kutubxonasi (Муҳаммадамин Мирсаидов)
• @Jahon_kitoblar_olami – китобларнинг онлайн савдоси
• @Kadrdagi_tarix
• @Larasinsight (Мадина Ўринова)
• @Maktub_Gazeta (Рустамжон Умматов)
• @Mening_tilim (Ўзбек тили хазинаси)
• @MuarrixKutubxonasi (Жаҳонгир Жабборқулов)
• @Nasr_uz (Дўстбек Сулаймонов)
• @Nosirjon_Jorayev – кўнгилларга малҳам шеърият
• @OrifTolib – сўз ва саводхонлик
• @Sitorabonu_audiolar
• @Tanatoz1920
• @Tarix_va_biz_official
• @Uzbekmunaqqidi (Адабий жараёнлар)
• @ZakAdabiyot
• @ZakovArt – тасвирий санъат
• @Shevashunos – диалект ва диалектология
• @Centerasia_library
© Админлар жамоаси
O’yinqaroq
Siz tomonlarda ushbu so’zning qanday sinonimlari bor?!
👉Viloyat, tumanni ham yozishni unutmang!
@shevashunos
Jirishni buzma
Qoʻqon va atrofida asabga tegma degan ma’noda jirishni buzma iborasi ishlatiladi. Siz tomonda shuning oʻrnida qanday soʻz, ibora ishlatiladi?
👉 Viloyat, tumanni ham yozishni unutmang!
@shevashunos
OTM: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Kafedra: Mumtoz filologiya
Fan: eski o'zbek tili
Mavzu: Qadimgi yodgorliklar tilida singormanizm
Ma'ruzachi: f.f.d., prof. Q.Sodiqov
Herkese merhaba Arkadaşlar☺️
6-7-Yanvar kunlari Lilya_MG||Türkçe telegram kanalimizda 2 kunlik VEBINAR bo'lib o'tadi.
2 KUN DAVOMIDA SIZ
✅ Turk tilini tezroq va osonroq o'rganish uchun qadamlar ketma-ketligi;
✅ O'rganish jarayonida nimalarga e'tibor qaratishingiz kerakligi va qanday progrommalarni ishlatishingiz mumkinligi;
✅ A1 darajadan B2 darajagacha Turk tilini o'rganib til sertifikatini olish, bu orqali Magistratura ,Doktoranturaga o'qishga kirish yoki Bakalavr darajasi uchun chet tili blogidan maksimal ballni qo'lga kiritishingiz mumkinligi;
✅ Til o'rganishda ko'pchilik yo'l qo'yadigan xatolar va ularga yechimlar haqida va shu kabi foydali ma'lumotlarga ega bo'lasiz.
🕊Vebinar so'nggida ajoyib BONUS qo'llanmalar va chegirmalarni qo'lga kiritasiz🥳
Vebinar bo'lib o'tadigan kanal👇👇
/channel/turkish_with_lilya
📌Vebinarimiz ko'pchilikka manfaatli bo'lishi uchun postni Turk tili o'rganmoqchi bo'lgan tanishlaringizga yuborib qo'yishni unutmang🙂☺️
#qutlov
Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган ёшлар мураббийси, Туркия тил қуруми фахрий аъзоси, филология фанлари доктори, профессор, замонамизнинг атоқли туркшунос олими Қосимжон Содиқов 70 ёшда ✅
➡️@sharq_xabar
Maza qilib o’qiladigan kitob! Ustozni qolgan kitoblarini ham bo’lishaman!
@shevashunos
54- sahifada kaminaning ham fikrlari bor. ✍️📝
Читать полностью…