shevashunos | Unsorted

Telegram-канал shevashunos - SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

2323

Dr. Avazxon Umarov O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. @Avaz_Han https://www.instagram.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj

Subscribe to a channel

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Birodarmiz deyish kamlik qiladi. Hobilmisiz, Qobilmisiz? Avval shuni aniqlashtirishingiz kerak.
Sezai Karakoch
Tarjima: Avazxon Umar
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

https://ddinstagram.com/reel/DL73u4Yqbz-/?igsh=MXFycjF4aWg0dmZvaA==

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Po’panak
1 bot. Zax yerlarni qoplab oʻsadigan yashil rang zamburugʻ yoki yoʻsin.
Poʻpanak oʻt zamburugʻ va suv oʻsimligining bir-biridan foydalanib, birga yashashidan vujudga kelgan koʻk mogʻorsimon oʻsimlik. Hovuzning chetlarini har xil poʻpanak oʻtlar bosib ketgan. Gʻ. Gʻulom, Shum bola.
2 shevalarda : Mog’or
Poʻpanak
bosgan
1) poʻpanak bilan qoplangan, mogʻorlangan. ◆ Yotoqda, ayniqsa polda yotadiganlarning toʻshagi doim nam, qurimagan etiklari ertalabgacha poʻpanak bosib qoladi. A. Muxtor, Tugʻilish;
2) koʻchma ma’noda: ishlatilmasdan uzoq turib qolgan, chang bosgan. ◆ Uch tonna kunjara nega omborda poʻpanak bosib yotadi? I. Rahim, „Zangori kema kapitani“ (Manba: O’zbek tilining izohli lug’ati)
Turkchada p’opanak yoki mog’or küf deb ataladi. Fe’l o’laroq küflen- ishlatiladi. Siz tomonda qanday so’zlar ishlatiladi.
✍️Viloyat, tumanni yozishni unutmang.
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Ashuro kuni
«

Ashuro» so‘zi lug‘atda «o‘ninchi» degan ma'noni bildiradi. Muharram oyining o‘ninchi kuni Ashuro nomi bilan mashhurdir. Bu kun barcha ummatlar tomonidan qadimdan hurmatlab kelinadigan fazilatli kundir. Islom kirib kelgan davrda nasroniylar ham, yahudiylar ham bu kunni ulug‘lashardi. (Kun.uz dan olindi)

Ushbu so’z ko’ringan eng eski turkiy matn İrshadul Muluk ve’s-Selatin(1387) eseridir. Matnda shunday keladi:
ˁāşūrā kiçesi [gecesi] oniki rekˁet namāz kılğay- [Ashura kechasi on ikki rakat namoz qiladi]
Ashuro so’zini o’zbekcha lug’atlardan topa olmadim. Topganlar izohda qoldirsin!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Karabuk universiteti turkiy tillar tarixi kafedrasi dotsenti, do’stim Saidbek Boltabayev bilan ilm mohiyatida go’zal suhbat qilinibdi. İkrom Sharif akaga alohida tashakkur! Olimlarni, tadqiqotchilarni tanishtiruvchi chiqishlar ko’payaversin!

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Yaxshi kanal – ruh va jon ozig‘i...

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Urush paytida bombadan saqlanish uchun yerto’lalarga kirishadi. Turkchada bombadan saqlanish joyi -sığınak(sığınmak- panoh topmoq so’zidan olingan) deyiladi. Undan tashqari siper(qalqon) so’zi ham ishlatiladi. Ruschada убежище ekan. O’zbekchada bunday holatda boshpana so’zi ishlatiladi. Siz yana qanday shakllarini bilasiz?! İzohlarda fikr qoldiring.
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

O’zbekiston futbol bo’yicha ilk marotaba Jahon chempionatiga chiqdi. Qutlug’ bo’lsin, azizlar. Amerikada ko’rishguncha!🇺🇿

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

“Bola” so’zi aslida qush bolasi, polapon degan ma’noda ishlatilgan. Mahmud Koshg’ariyning “Devon”ida “qush bolasi, har qanday vahshiy hayvonning bolasi” ma’nolarida kelgan!
Xalqaro bolalar kuni qutlug’ bo’lsin!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

G‘amga botgan odam Allohni yod oladi.

Yozuvchi nafsning tilidan: “G‘amga botgan odam Allohni yod oladi”, — debdi. Men ham: “Unday bo‘lsa, g‘am-tashvish unchalik ham yomon narsa emas ekan-da?” — deb o‘ylab qoldim. Darhol o‘zimni esga oldim. Eng ko‘p g‘amgin, mahzun bo‘lgan paytlarimda Allohni zikr qilganimni esladim. Yozuvchi to‘g‘ri aytibdi.

Rostdan ham, inson eng g‘amgin paytida, boshiga bir mushkul tushgan paytda qo‘llarini duoga ochadi. Biror istagi amalga oshmay qolsagina Allohga yolvorib, iltijo qiladi. Boshiga balo kelgandagina lablari qimirlay boshlaydi.

📗Fotih Dumanning “Men (bas qil, ey nafs!)” kitobidan parcha.

Siz qanday o‘ylaysiz?
G‘am sizni qiynaydimi yoki o‘zingizni topishga yo‘l ochadimi?


Muqovasi — qattiq;
Sahifasi — 366 bet;


📩 Kitob do‘konlaridan so‘rang!

@nasimkutub

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Ilk olti kitob, yangicha iz, yangi ufqlar sari 🕊️
“Arxetip”ning ilk kitoblari sotuvda!

Biz Gabriel Garsia Markesning xayol va voqelik uyg‘unlashgan, Lotin Amerikasi sohillari aro yetib kelgan tovushini Shermin Yasharning nozik tuyg‘ular ila tasvirlab bergan bolalik xotiralarimiz bilan birga oila davramizga olib kiramiz.

Ispan tilidan o‘ziga xos ovoz sohibi bo‘lgan Markes birinchi marta o‘zbek tilida o‘z ohangida tilga kiradi, Shermin Yasharning hikoyalari esa bu zaminga samimiy ta’zim ila dastlabki qadamini qo‘ymoqda.

Ilk kitoblarimiz bilan sizlarni uzoq o‘lkalardan qalblarimiz ichidagi hikoyalar sari sayohatga chorlaymiz. Ba’zi sayohatlar kitobni ochishingiz bilanoq boshlanadi.

Asliga sodiq qolgan holda ilk bor o‘zbek tiliga o‘girilgan ushbu noyob asarlar sizga muntazir!

@Arxetipnashr

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Saraton- arabcha qisqichbaqa degani. O'n ilki burjdan biri. Javzo va Asad burjlari o'rtasida joylashgan. O'zbekchada yozning eng issiq kuni ma'nosida ishlatiladi. Undan tashqari boshqa ma'nolari ham bor. Saratonning sariq kuni, degan gap bor. Juda ham issiq degan anglamni bildiradi. İsib ketganingizda nima deb ifodalaysiz?! İsib ketdim, yonib ketdim, tutab ketdim kabi gaplarni ishlatamiz. Siz tomonda issiqni ifodalovchi qanday so’zlar, argolar bor?! Viloyat, tumanni ham yozib qoldiring

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

“Laqqa tushmoq” degan gap bor. Aldanmoq, osongina ishonmoq degan manolarni bildiradi?! Osongina ishonmoq, laqqa tushmoq bilan bog’liq qanday maqol va iboralarni bilasiz?! Biz bilan bo’lishing!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

🌟😄Ayni damda dunyo temurshunoslarining nigohlari Turkiyaning Izmir shahriga qaratilgan.

Bu yerda yetakchi temurshunos mutaxassislar ishtirokida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Ege universiteti, Turkiy davlatlar tashkiloti hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamkorligida “Temuriylar davrida til, adabiyot, tarix va madaniyat rivoji” mavzusida xalqaro anjuman oʻtkazilmoqda.


Mazkur anjumanda TDSHU rektori G.Rixsiyeva boshchiligidagi universitet prorektorlari hamda temurshunos professor-oʻqituvchilardan iborat delegatsiya ishtirok etmoqdalar.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

🎞️ Siz senariynavislikga qiziqasizmi? Unda bu kurs aynan siz uchun!
Kursda nimalar o'rgatiladi?
🎬 Qisqa metrajli filmlar(telenovella)
🎥 Klip.
📽️ Badiiy filmlar.
🧾 Seriallar uchun ssenariylar
🎭 teatrlar uchun pyesalar yozish o'rgatiladi.

Kurs davomiyligi 2oy.
📌 Kurs onlayn tarzda olib boriladi!
To'liq ma'lumot uchun.
Darslarimiz guruh to'lganidan keyin boshlanadi!
📌 Shoshiling joylar soni cheklangan!
Ma'lumot olish uchun:
☎️ +998884163005
📌 Telegram

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Ovraz
Eslasangiz qishloqlarda bir uy bir dahliz uylarning dahlizida, pechkaning yonida to’rtburchak shaklda kafel yoki qisht bilan qoplangan joy bo’lardi. Ustini taxta qopqoq bilan yopib qo’yishar edi. Ana o’sha narsa ovraz deb ataladi. Qishda bolalar o’sha yerda cho’miltirilar, kattalar tahorat olar, bet-qo’lini yuvardi. Ham cho’milish joyi ham suv oqizadigan kanalizatsiya edi. Ba’zi viloyatlarda xanik deb atalar ekan. Siz tomonda bunday qurilma nima deb atalar edi.
👉 Viloyat, tumanni ham yozib qoldiring!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Menga İnstagramda ham ergashib qo’yinglar😊 Nasib bo’lsa @shevashunos ga ham instagramda hisob ochaman.

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Turk tilini Ulug’berdi ustoz bilan o’rganing! ✍️
/channel/turktili_ulugberdi

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Туркиядаги Карабук халқаро университети, туркий тиллар тарихи доценти Саидбек Болтабаев билан таълим тизими, методика, талабалик, чет элдаги талаба ҳақида эксклюзив суҳбат👇

https://youtu.be/4iThFqt0OZs

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Assalomu aleykum!

🔊🇹🇷TURK TILI o’rganmoqchi bo’lganlar diqqatiga!

Magistratura va doktorantura (PhD) bosqichlariga hujjat topshirish oldidan til sertifikati uchun tezkor TURK TILI o’rganishni hohlaysizmi?

✅Darslar 🇹🇷TURKIYA’dan turib, (Haftada 3 kun 2 soatdan) ONLINE shaklda olib boriladi…

okuma
✅yazma
✅Konuşma
✅dinleme

Murojaat uchun👨‍💻:
Instagram | Telegram

Telegram adress👇

/channel/PhdEgeUniversity

TURK TILI KANALIMIZ:
👉@onlineturkcha


📆Darslar tez orada boshlanadi…!

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Farg’ona, Qo’qon va atrofida oyoq, qo’lning uvushib qolishiga “zing’imoq”(zing taqlid so’zidan yasalgan) fe’li ishlatiladi:
Qo’lim zing’idi.
Oyog’im zing’idi.
Siz tomonlarda bu holatda qanday fe’llar ishlatiladi?!
✍️Viloyat, tumanni yozishni unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Barchangizga Qurbon hayiti muborak bo’lsin, aziz obunachilar! Necha yillardan beri bayramni bayramdek nishonlay olmayotgan, zolimlarning zulmi ostida ezilayotgan Falastin kabi diyorlarga ham haqiqiy bayram sevinchi yetib borsin! Eng go’zal hayitlik o’laroq tinchlik nasib qilsin!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Bir doʻstim bor ... U bilan litseyda birga oʻqiganmiz. Hozir bir birimizdan uzoq oʻlkalarda yashasakda qalban yaqinmiz.  Qoʻqonga borib qolsa , albatta ota- onamni yoʻqlamay qaytmaydi. Soʻngra onam telefon qiladilar. "Oʻgʻlim litseydosh doʻstingiz yoʻqlab keldi. Koʻnglimiz togʻdek koʻtarildi. Tushmagur bir dunyo bozorlik ham qilib kelibdi . Baraka topsin! Sizni koʻrgandek boʻldik.... " Onamni ovozlari titray boshlaydi. "Oling otasi oʻgʻlingiz soʻrayapti " - deb goʻshakni dadamga uzatib uzoqlashadilar. Koʻzimga yosh keladi. Boʻgʻzimda achchiq sogʻinch aralash u kunlarning goʻzal xotiri tizilib qolganday nafasim kesiladi. Bir soʻz deyolmay qolamanu koʻz oʻngimdan butun kechmishim, goʻzal onlarim , ota-onam ,doʻstlarim bilan bogʻliq  xotiralar xurkigan  toychoqday bir birini quvalab oʻta boshlaydi.... "Bor boʻlsin "-deymanu ortiq soʻz demoqqa kuchim qolmaydi...
(Avazxon Umar)
#yondaftarchadagibitiklar
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Ilm va ijod – har ishda najot...

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Shevangizni bir so’z yoki ibora bilan taniting! Masalan:
“Karandamisiz?!” -Qo’qon va atrofi. “Bo’vottimi?” - Toshkent;
“İbi, hay” - Buxoro kabi…
Qani boshladik! Faollashaylik!

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

📖Musulmonning Axloqi— har bir mo‘min uchun hayotiy yo‘l xaritasi.

Dr. Vahba Zuhayliyning ushbu asari Qur’on va Hadis asosida yozilgan bo‘lib, musulmon kishining axloqiy va ijtimoiy hayotda qanday yo‘l tutishi kerakligini keng yoritadi.

Kitobda insonning oilada, jamiyatda, ishda va hatto yolg‘iz qolgandagi holatlarigacha e’tibor qaratilgan. Har bir bo‘limda axloqiy mezonlar dalillar bilan tushuntiriladi:
— Mehmondo‘stlik va qo‘shnichilik odoblari.
— Halollik va poklikka da’vat.
— Oila qurish va boshqarishdagi mas’uliyat.
— Boshqalarga nisbatan hurmat, mehr va adolat.

Asarning eng katta fazilati shundaki, u o‘quvchini faqat o‘qishga emas, balki o‘rganganini hayotda qo‘llashga undaydi. Til uslubi sodda, tushunarli va har bir musulmonga yaqin.

Bu asar — faqat bir marta o‘qib qo‘yiladigan kitob emas. Hayot yo‘lingizda sizga doimiy yo‘l-yo‘riq beruvchi, javoningizda albatta bo‘lishi kerak bo‘lgan bebaho manba.

Musulmonning Axloqi — nafaqat shaxsiy kamolot uchun, balki jamiyatda axloqiy yuksalish sari tashlangan qadamingiz bo‘lsin.

• Muqovasi – qattiq;
• Sahifa – 528 bet;


📩 Kitob do‘konlaridan so‘rang!

@nasimkutub

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

MAHSİ
Bu adabiy tilda mahsi deyiladi. Men o’sgan Qo’qon va atrofida massi deyiladi. Onam, buvim va buvalarim kiyishardi. “Massimni yechib qo’y! Massi-kalish sotib oldim” degan gaplarni ko’p eshitganmiz. Siz tomonda ushbu oyoq kiyimi qanday ataladi?! Maqol va iboralar keltiring.
✍️Viloyat, tumanni ham yozib qoldiring!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

-Chan, -chang sifat qo’shimchasi
Ushbu qo’shimcha o’zakdan anglashilgan predmet, hodisa tushunchalariga faollik, ortiqlik kabi belgi ma’nolarini beradi. Otga qo’shilib xarakter -xususiyat bildiruvchi sifatlar yasaydi. İshchan, yashovchan, kurashchan kabi. Otlarga qo’shilib o’zakdan anglashilgan tushunchaga egalikni yoki ega emaslikni anglatadi.
Ko’ylakchang
Yaktakchang
İshtonchang
Ega emaslik ma’nosiga sizda qanday misollar bor?! Biz bilan bo’lishing.
Viloyat, tumanni ham aytishni unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

GELAGAY - shevalarda ishlatiladi. Yangi tug’gan sigirning suti; og’iz. Og’iz oshi-yangi tug’gan sigirning dastlabki uch kunlik sutidan tayyorlanaadigan taom.Shevalarda dalama, gelagay, palla kabi nomlar bilan ataladi. “O’zME”. II. 207. Siz bu haqida nima deysiz?! Siz tomonda qanday nomlanadi?! Albatta, viloyat, tumanni yozib keting!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

ChAPATI shv. Yupqa qatirma non; lochira. Ertalab Axmad Husayn bir piyola choy va bir burda chapati bilan nahorlik qilib, o’rnidan turdi. Oybek, “Nur qidirib”. Supa ostidagi yertandirni ayasi qo’y qiyi bilan qizdirib, chapati nonlar yoparkan, qozonda qotirma pishirarkan, kelganlar qotirma o’rtasidagi sariyog’ eritib yeyishini yaxshi ko’risharkan. Sh.Bo’tayev, “Yulduzlarga eltar yo’l” O’TIL. VI.727
✍️Qaysi viloyatlarda chapati deyilar ekan?! Qani ko’raylik-chi!
@shevashunos

Читать полностью…
Subscribe to a channel