zarmeduni | Unsorted

Telegram-канал zarmeduni - Zarmed University (Rasmiy)

40869

ZARMED Universiteti rasmiy Telegram kanali 📍 Buxoro va Samarqand kampusi 📂 Bakalavr, ordinatura va magistratura boʻyicha 100 dan ortiq yoʻnalishlar 📞 Yagona call markaz: +998 55 704-70-70 @zarmeduniglobal (Ru/En)

Subscribe to a channel

Zarmed University (Rasmiy)

Kechaning ikkinchi mehmoni, sevimli xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev o‘zining taronalari bilan tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi! 🎤✨

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

🎞 Ochilish marosimining eng unutilmas lahzasi

Ramziy tugma bosildi, osmon mushakbozlik nurlari bilan yorishdi va ZARMED Universitetining yangi o‘quv binosi rasman ochildi. 🎉

Videoni saqlab oling va ijtimoiy tarmoqlarda siz ham ulashing!

@zarmeduni sahifamizni belgilashni unutmang.


@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Ulug‘bek Rahmatullayev: «Ilm va ta’lim uchun yaratilayotgan har bir yangi imkoniyat katta quvonch»

Bugun ZARMED Universitetining yangi o‘quv binosi ochilishida ishtirok etayotganimdan juda mamnunman.

Ilm-fan, ta’lim va yoshlar uchun yaratilayotgan har bir yangi imkoniyat, albatta, barchamizni quvontiradi. Chunki yurtimiz kelajagi bilimli, izlanuvchan va katta maqsadlar sari intilayotgan yoshlar qo‘lida.

ZARMED Universiteti jamoasi, ustozlari va talabalariga yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilayman.


@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Kunning 2-tadbiri — ZARMED Universiteti talabalari va ularning ota-onalari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi 💙

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Kunning birinchi tadbiridan lavhalar

28-sentyabr kuni 600 ga yaqin ZARMED Universitetining xodimlari va mehmonlar ishtirokida ochilish marosimiga bagʻishlangan maxsus tadbir oʻtkazildi.

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

🎓 ZARMED Universiteti tarixida yana bir muhim sana!

28.09.2026 — ZARMED Universitetining navbatdagi zamonaviy o‘quv binosi ochildi!

Ayni damda universitet xodimlari va faxriy mehmonlar ishtirokida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Bu shunchaki yangi bino emas — bu minglab yoshlarning orzulari ro‘yobga chiqadigan, bilim va katta kelajak sari yangi imkoniyatlar eshigi ochiladigan maskandir!

ZARMED bilan kelajak sari yana bir muhim qadam! 💙

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

ZARMED Universitetida yangi o‘quv binosi! 🎉

Samarqand kampusida 5 000 nafardan ortiq talabaga mo‘ljallangan, umumiy maydoni 12 000 kvadrat metr bo‘lgan navbatdagi zamonaviy o‘quv binosi ochilmoqda.

Bu bino — shunchaki yangi inshoot emas. Bu yerda minglab yoshlarning orzulari maqsadga, bilimlari esa buyuk kelajakka aylanadi! 💙

Yangi bino, yangi imkoniyatlar va yangi marralar — barchasi ZARMED bilan boshlanadi!

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Yangi oʻquv binosi sizni qarshi olishga tayyor! 🎉

@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Ochilish marosimiga 1 kun qoldi! ⏳

Ertaga — 28-sentyabr, dushanba kuni ZARMED Universiteti Samarqand kampusida navbatdagi Yangi o'quv binosining ochilish marosimi o'tkaziladi. 🎉

Biz bu tadbirga barcha ZARMED Universiteti talabalari va ularning ota-onalarini taklif etamiz.

⏰ 16:00 da Universitetning yangi o'quv binosi bo'ylab ekskursiya
⏰ 18:00 da ochilish marosimi

📍Tadbir bo'lib o'tuvchi bino manzili

🎙 Tadbir mehmonlari: Ulug‘bek Rahmatullayev va DJ Macarella

ZARMED Universitetining navbatdagi katta natijasi ta'limdagi yangi davrni boshlab bermoqda. Ushbu tarixiy qadamda biz bilan birga bo'ling!


@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Ulug‘bek Rahmatullayev ZARMED sahnasida! 🎵

28-sentyabr kuni ZARMED Universiteti Samarqand kampusidagi yangi o‘quv binosining ochilish marosimi sevimli xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etadi.

Jonli ijro, mashhur qo‘shiqlar va bayramona kayfiyat sizni kutmoqda!

⏰ 28-sentyabr kuni birga bo‘lamiz!
📍 ZARMED Universiteti, yangi o‘quv binosi

Eslatma: xavfsizlik talablariga ko‘ra, tadbirga 12 yoshdan kichik bolalarning kirishiga ruxsat berilmaydi.

@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Samarqand kampusida «Orientation Week» yakunlandi!

Bugun, 24-sentyabr kuni, 1-kurs talabalari uchun tashkil etilgan Orientation Week o‘z yakuniga yetdi.

📌 25–26–27-sentyabr — dam olish kunlari.

🎉 28-sentyabr kuni ZARMED Universiteti Samarqand kampusining barcha kurs talabalari uchun yangi o‘quv binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eslatma:
xavfsizlik talablariga ko‘ra, tadbirga 12 yoshdan kichik bolalarning kirishiga ruxsat berilmaydi!


29-sentyabrdan boshlab Samarqand kampusida barcha kurs talabalari uchun asosiy dars mashg‘ulotlari boshlanadi.

Dars jadvali va o‘quv jarayoniga oid ma’lumotlarni HEMIS platformasi orqali muntazam kuzatib boring.

Barcha talabalarimizga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz! 💙

@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

#OCHILISH_MAROSIMI

28.09.2026 | ZARMED Universiteti Samarqand kampusida navbatdagi yangi o'quv binosi ochiladi!

Yangi o‘quv binosida muhandislik, iqtisodiyot va gumanitar fanlar hamda filologiya fakultetlari tarkibidagi yo‘nalishlar talabalari tahsil oladi.

🗓 28-sentyabr, dushanba

16:00 — ZARMED Universitetining barcha talabalari uchun yangi bino bo‘ylab tanishuv va ekskursiya;
18:00 — yangi o‘quv binosining katta ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

📍Tadbir bo'lib o'tuvchi bino manzili

🎙 Tadbir mehmonlari: Ulug‘bek Rahmatullayev va DJ Macarella

Tadbir barcha uchun ochiq!

Yangi bino. Yangi o‘quv yili. Yangi imkoniyatlar.

@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Samarqand kampusida ertaga — 21-sentyabr kuni ham shu jadval asosida darslar davom etadi

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Asrlarga tatigulik muhandislik yechimi!

Go‘ri Amir maqbarasining 64 qirrali, qo‘sh qavatli gumbazi o‘z davrining noyob me’moriy kashfiyoti bo‘lgan.

Go‘ri Amirdek buyuk obidalar qad rostlagan Samarqandda siz ham kelajak me’morchiligini yarating! ZARMED Universitetining Arxitektura va qurilish muhandisligi yo‘nalishini tanlang.

😉😉😉😉😉 - Talaba bo'ling

@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Talabalik hayotining ilk qadamlari boshlandi!

ZARMED Universitetida 1-kurs talabalari uchun Orientation Week qizg‘in davom etmoqda.

Yangi muhit, yangi tanishuvlar, ilk taassurotlar va katta maqsadlar. Talabalarimiz universitetdagi birinchi kunlarida o‘z yo‘nalishlari, fakultetlari va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishib, talabalik hayotiga moslashmoqda.

Bu hafta ular uchun shunchaki tanishtiruv emas, balki yangi bosqichning boshlanishidir.

@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

DJ Macarella tadbir kayfiyatini yanada kuchaytirib, kechaga o‘zgacha energiya va jo‘shqinlik bag‘ishladi! 🔥

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Videoni saqlab oling va ijtimoiy tarmoqlarda siz ham ulashing!

@zarmeduni sahifamizni belgilashni unutmang.

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

ZARMED Universitetining Telegram sahifasida ham stories'larni kuzatib borish uchun havola orqali ovoz bering!

/channel/boost/zarmeduni

@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

🎙 Tadbir avvalida ZARMED Group bosh direktori, ZARMED Universiteti ta’sischi Shukurlayev Dilshod Dalerovich nutq soʻzladi

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

28.09.2026 | ZARMED Universiteti Samarqand kampusida navbatdagi yangi o‘quv binosi tantanali ravishda ochildi.

12 000 kvadrat metr maydonga ega ushbu zamonaviy bino 5 000 dan ortiq yoshning sifatli ta’lim olishi, izlanishi va kelajak sari dadil qadam tashlashi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Yangi bino — yangi imkoniyatlar, ulkan maqsadlar va porloq kelajak sari mustahkam qadam!

@zarmeduni

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Bugun ZARMED Group xodimlari va maxsus mehmonlar ishtirokida yangi oʻquv binosining ochilish marosimi oʻtkazildi 🎉

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Tadbir boʻlib oʻtuvchi manzil lokatsiyasi 📍

Ertaga — 28-sentyabr, soat 16:00 da barchangizni kutib qolamiz. 💙

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

🏆 O‘zbekiston — Olimpiada chempioni!

🥇 O‘zbekiston terma jamoasiga 2026-yilgi Shaxmat olimpiadasining oltin medallari va chempionlik kubogi topshirildi! 🇺🇿

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Ochilish marosimiga 2️⃣ kun qoldi 🔥

28.09.2026 | ZARMED Universiteti Samarqand kampusida navbatdagi yangi o'quv binosi ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

📍Tadbir bo'lib o'tuvchi bino manzili

🎙 Tadbir mehmonlari: Ulug‘bek Rahmatullayev va DJ Macarella

@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Ochilish marosimida DJ Macarella! 🎹

28-sentyabr kuni ZARMED Universiteti Samarqand kampusidagi ochilish marosimiga DJ Macarella o‘zining energiyaga boy setlari bilan yanada yorqin kayfiyat olib kiradi.

Kuchli musiqa, yuqori energiya va unutilmas atmosfera!

⏰ 28-sentyabr kuni ko‘rishguncha!
📍 ZARMED Universiteti, Yangi o'quv binosida

Eslatma:
xavfsizlik talablariga ko‘ra, tadbirga 12 yoshdan kichik bolalarning kirishiga ruxsat berilmaydi!

@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Ochilish marosimida barcha Samarqandlik yurtdoshlarimizni kutib qolamiz! 🎉

@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

“Xavfsiz talaba” platformasini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda

🇺🇿 Prezident topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida “Xavfsiz talaba” platformasini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘rganishlarning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalarida talabalar xavfsizligini ta’minlash, davomat nazoratini kuchaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda talabalar uchun xavfsiz ta’lim muhitini yaratishdan iborat.

ZARMED Universitetida ham talaba-yoshlarning xavfsizligini ta’minlash, universitet hududida tartib va osoyishtalikni saqlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda xavfsiz ta’lim muhitini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅ talabalar xavfsizligini ta’minlash;
✅ davomatni nazorat qilish;
✅ huquqbuzarliklarning oldini olish;
✅ universitet hududida xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.


➡️ Mazkur chora-tadbirlar “Xavfsiz hudud” va “Xavfsiz talaba” tamoyillari asosida talaba-yoshlarning xavfsizligini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Eslatma!

Ertaga — 21-sentyabr kuni ham "Orientation Week” haftaligi davom etadi.

Tanishtiruv haftaligi 24-sentyabr — payshanba kuniga qadar davom etadi.

Dars vaqtlari va binolar taqsimoti quyidagi jadval asosida davom etadi.

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Bir haftalik taassurotlar — bir videoda! 💙

ZARMED Universitetidagi “Orientation Week” davomida 1-kurs talabalari yangi muhitga moslashib, universitet hayoti, ta’lim jarayoni va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Yangi do‘stlar, unutilmas lahzalar va katta maqsadlar bilan talabalik hayotining ilk haftasi ana shunday o‘tdi!

@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…

Zarmed University (Rasmiy)

Telefoningiz va mablag‘laringiz xavfsizligini himoya qiling!

Telegram orqali “to‘yga taklifnoma”, “to‘y rasmlari”, “video”, “hujjat” kabi nomlar bilan yuboriladigan .apk fayllar firibgarlik vositasi bo‘lishi mumkin.

Bunday faylni o‘rnatish zararli dasturga telefoningizdagi SMS-xabarlar, bank ilovalari va boshqa muhim ma’lumotlarga kirish imkonini berishi, natijada moliyaviy zarar keltirib chiqarishi mumkin.

Shu sababli noma’lum yoki shubhali .apk fayllarni ochmang va o‘rnatmang.

Bunday holatlarning oldini olish va telefoningiz xavfsizligini kuchaytirish uchun “APK Qo‘riqchi” ilovasini yuklab oling va o‘rnating.

📱 APK Qo'riqchi ilovasini yuklab olish

Xavfsizlikni keyinga qoldirmang.


@zarmeduni | 55-704-70-70

Читать полностью…
Subscribe to a channel