134891
Bugun allaqachon kechikdik, kecha boshlashimiz kerak edi!
Hayotning har onida maslahatingizga quloq tutamiz, tajribangizga suyanamiz.
Sizlarning mehringiz, sabringiz, fidoyiligingiz va yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan ulkan hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramingiz muborak!
@alisher_sadullaev
Prezident Shavkat Mirziyoyev : "Bu natijalar tasodifiy emas. Bu – maktab, bu – tizim, bu – o‘zbek shaxmatining yangi darajasi".
@alisher_sadullaev
“Bolalarni tarbiya qilsak, kelajak bizniki bo‘ladi” — Prezident ota-onalarga murojaat qildi
“Sizlarga ota-onadan katta duogo‘y, sharoit yaratadigan va yo‘llaringizni ochib beradigan inson dunyoda yo‘q. Shuning uchun butun O‘zbekiston yoshlarining ota-onalariga minnatdorlik bildirib, bir narsaga da’vat qilmoqchiman: erinmanglar, tarbiya qilinglar, qattiqqo‘l bo‘linglar. Bolalarni tarbiya qilsak, kelajak bizniki bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
@alisher_sadullaev
“Jahon shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelishga va’da beraman” — Javohir Sindarov
@alisher_sadullaev
Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan Vatanimiz shuhratini yuksaltirishga qo‘shgan hissasi, mahorati va jasorati uchun bir guruh shaxmatchilar, ularning ustozlari va soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida farmon imzolangan edi.
Uchrashuvda ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
– Bu mukofotlar faqat bugungi g‘alabangizning e’tirofi emas, balki oldingizda turgan yanada baland marralarga bildirilgan katta ishonch ramzi bo‘lsin,
– Ilohim, g‘alabalarimiz bardavom bo‘lsin! Doimo sog‘-omon bo‘linglar, aziz farzandlarim!
“Biznikidaqa shaxmatni sevadigan Prezident dunyoda hech qayerda yo‘q” — Nodirbek Abdusattorov
@alisher_sadullaev
Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.
FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh iste’dodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimizda “O‘zbekiston Grand chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan o‘z yurtimizda bellashish imkonini beradi.
Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.
@alisher_sadullaev
“Mashina ham kerak, lekin kelajak kelinlar uchun uy kerak!” — Prezidentimizdan samimiy hazil
Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari — terma jamoamiz a’zolariga uy-joy, zamonaviy avtomobil va pul mukofotlari topshirildi.
Taqdirlash marosimida davlatimiz rahbari yosh chempionlarimizni qutlab, ularga berilayotgan ushbu sovg‘alar va ularning kelgusi oilaviy farovonligi haqida samimiy hamda iliq fikrlarni bildirdi.
@alisher_sadullaev
Prezidentimiz har bir chempion ortida uning ota-onasi, birinchi ustozi, murabbiylari va qo‘llab-quvvatlagan butun bir jamoa turishini ta’kidladi. Shu bois, mazkur g‘alaba ularning ham mehnati samarasidir.
Davlatimiz rahbari Rustam Qosimjonovga alohida murojaat qildi. Uning jahon chempionligi o‘zbek shaxmatida yangi davrni boshlab bergani, bugun esa orttirgan tajribasi yangi avlodga o‘tayotgani qayd etildi.
– Ustozning eng katta g‘alabasi – shogirdlarining undan ham baland marralarga chiqishidir!
Prezidentimiz O‘zbekiston Olimpiadada erkaklar va ayollar o‘rtasida jami oltita terma jamoa bilan qatnashganiga e’tibor qaratdi. Barcha tarkiblarning natijalari va o‘yin uslubi jahon shaxmat olamining qiziqishini uyg‘otdi.
Erkaklar o‘rtasidagi ikkinchi jamoamiz jahon reytingida oltinchi o‘rinda turgan Niderlandiya terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi. Davlatimiz rahbari buni ham muhim yutuq deb baholadi.
Uchinchi jamoa tarkibidagi 17 yoshli Asrorjon Omonov sakkizta o‘yinda yettita g‘alabaga erishdi. Uning natijasi mamlakatimizda yetishib kelayotgan iste’dodli shaxmatchilar salohiyatini ko‘rsatdi.
– Bizda 2-3 nafar shaxmatchi emas, balki butun boshli kuchli avlod bor desak, bu ham haqiqat,
Prezidentimiz o‘zi ham hal qiluvchi partiyalarni katta qiziqish bilan ko‘rganini aytdi:
“Ba’zi partiyalarda sizlar nafaqat raqiblaringizni, balki bizni ham kuchli hayajonda ushlab turdingizlar”.
– Lekin sen oxirigacha mardona kurashding. Nihoyatda topqirlik bilan qo‘llagan taktik yurishlaring vaziyatni butunlay o‘zgartirdi va jamoamizga hal qiluvchi g‘alabani olib keldi,
“Buning o‘zi alohida katta natija!”.
Bugun Yurtboshimiz Ko‘ksaroy qarorgohida shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari bilan uchrashadi hamda ularga davlat mukofotlarini topshiradi.
@alisher_sadullaev
Davlatimiz rahbarining “46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni
@alisher_sadullaev
🏆 O‘zbekiston — Olimpiada chempioni!
🥇 O‘zbekiston terma jamoasiga 2026-yilgi Shaxmat olimpiadasining oltin medallari va chempionlik kubogi topshirildi! 🇺🇿
@alisher_sadullaev
Nodirbek Abdusattorov 1-taxtada oltin medalni qabul qilib oldi!
🔴uzchesss/live">jonli efir
@alisher_sadullaev
Bugun Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo oʻyinlarining yarim final uchrashuvi doirasida Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
➖O’yin Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da boshlanadi. Mazkur o’yin “Sport Tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.
✊Omad yigitlar!
@alisher_sadullaev
Yuksak e’tibor va e’tirof: Ko‘ksaroyda shaxmatchilarimiz sharaflandi.
@alisher_sadullaev
“Eng katta orzuim ushaldi” — qoraqalpog‘istonlik parashaxmatchi Prezident bilan uchrashdi
Parashaxmat olimpiadasi bronza medali sovrindori Selbi Kakishova Yurtboshimiz bilan uchrashuvda hayajonini yashira olmadi.
“Bugun eng katta orzuim — Sizni ko‘rish nasib etdi. Men Sizning qoraqalpog‘istonlik qizingiz, farzandingizman”, — dedi u.
@alisher_sadullaev
“Shaxmat O‘zbekistonga qaytib keldi” — Rustam Qosimjonov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxmatchilar bilan uchrashuvida jahon chempioni Rustam Qosimjonov Samarqandda o‘tgan Olimpiadani tarixiy voqea deb atadi.
@alisher_sadullaev
Prezidentimiz shaxmat va parashaxmat olimpiadalarining g‘olib va sovrindorlari hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish bo‘yicha qaror qabul qilganini ma’lum qildi. Unga muvofiq, chempionlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidov uy-joy va avtomobil bilan taqdirlanadi.
Parashaxmatchilar Ahadxon Kimsanboyev, Marsel Shoyusupov, Sardorbek Mamarajabov, Selbi Kakishova va Sirojiddin Zayniddinovga ham uy-joy va avtomobil beriladi. Terma jamoalar bosh murabbiylari Rustam Qosimjonov va Samandar Shermuxammadov avtomobil bilan mukofotlanadi.
Olimpiada chempioni bo‘lgan har bir shaxmatchi 200 ming dollar, ularning murabbiylari 50 ming dollar miqdorida pul mukofoti oladi. Bronza medalini qo‘lga kiritgan har bir parashaxmatchiga 50 ming dollar, ularning murabbiylariga 12 ming 500 dollardan beriladi.
– Shaxmatchi va parashaxmatchilarimiz bugunning o‘zida yangi mashinalarini haydab, yangi uylariga kirib borishadi,
“Prezidentimizning yonida mening ham bolam turarmikan, deb juda havas qilardim”
Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxmatchilar bilan uchrashuvida Muhiddin Madaminovning onasi Iroda Isroilova so‘zga chiqdi.
@alisher_sadullaev
Prezidentimiz keyingi maqsadni shunday belgiladi:
“Yangi O‘zbekistonni nafaqat Olimpiada chempioni, balki dunyo shaxmat markaziga aylantiramiz”.
– Sizlar endi faqat sportchi emassizlar. Sizlar Yangi O‘zbekiston yoshlari uchun aql, bilim, sabr, intizom va g‘alabaga ishonch timsolisizlar,
To‘rt yil avval Hindistonning Chennay shahrida terma jamoamiz ilk bor shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi. 2024-yil Budapeshtda uchinchi o‘rinni egalladi, bugun esa Samarqandda yana oltin medalga erishdi.
– Bu natijalar tasodifiy emas. Bu – maktab, bu – tizim, bu – o‘zbek shaxmatining yangi darajasi,
“Bizning ezgu maqsadimiz ortig‘i bilan reallikka aylanib ulgurdi”,
Davlatimiz rahbari ayollar terma jamoalarimiz ham Olimpiadada katta iroda va matonat ko‘rsatganini ta’kidladi. Birinchi jamoa 11 turning yettitasida g‘alaba qozonib, dunyoning kuchli shaxmat mamlakatlari vakillari bilan tengma-teng kurashdi.
Afruza Hamdamova, Gulruxbegim Tohirjonova, Umida Omonova, Nilufar Imomqo‘ziyeva, Guldona Karimova va boshqa shaxmatchi qizlarning mehnati alohida e’tirof etildi.
– Ishonaman, hali o‘zbek shaxmatchi qizlari ham Olimpiada shohsupasining eng yuqori pog‘onasiga albatta ko‘tariladi,
– Sizlar o‘z jasoratingiz, aql-zehningiz, irodangiz va tinimsiz mehnatingiz bilan minglab insonlarga juda katta ibrat va namuna ko‘rsatdingiz,
Prezidentimiz Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada Javohir yana sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatdi, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmadi.
– Endi oldingda yana bir ulkan marra – jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!
– Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor,
Davlatimiz rahbari shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari hamda ularning yaqinlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g‘alaba bilan yana bir bor tabrikladi.
– Ikki karra Olimpiada chempioni degan yuksak va sharafli unvon barchamizga, butun O‘zbekiston xalqiga muborak bo‘lsin!
– Shunday ulkan raqobat ichida O‘zbekiston bayrog‘ini eng balandga ko‘tarish bu haqiqiy jasorat, katta aql-zakovat va mustahkam iroda namunasidir,
G‘alaba kayfiyati hali uzoq davom etadi! Kecha poytaxt shaxmatchilarimizni katta quvonch bilan qarshi oldi.
Tarixiy Olimpiada, tarixiy natijalar yana bir bor muborak!
@alisher_sadullaev
❓ Olimpiadada kimning reytingi eng ko‘p oshdi
Dunyoning reytingi 2700 dan yuqori eng kuchli shaxmatchilari orasida Olimpiada davomida eng katta o‘sishni Nodirbek Yoqubboyev qayd etdi. U +26,7 ochko ishlab, reytingini 2711,7 ga yetkazdi.
Bu ro‘yxatda Nodirbek Abdusattorov ikkinchi. U +17,5 ochko qo‘shib, 2779,5 ga yetdi.
Javohir Sindorov ham kuchli o‘ntalikda. Uning natijasi +3,5 ochko, amaldagi reytingi esa 2781,5.
Chempionlik bilan birga shaxmatchilarimizning jahon reytingidagi o‘rni ham mustahkamlandi.
@alisher_sadullaev
Javohir Sindorov — FIDE Excellence Awards 2026 g‘olibi! 🇺🇿
Javohir Sindorov “Best Chess Player (Male)” — eng yaxshi erkak shaxmatchi nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
FIDE Excellence Awards — FIDE tomonidan shaxmat olamidagi eng yaxshi shaxmatchilar, jamoalar, turnirlar va boshqa yutuqlarni e’tirof etish uchun 2026-yilda ilk bor tashkil etilgan mukofot.
Tabriklaymiz, Javohir! 🇺🇿👏
🔴uzchesss/live">jonli efir
@alisher_sadullaev
Davlatimiz rahbarining Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrigi
@alisher_sadullaev