Respublika «Yosh kitobxon» tanlovining rasmiy sahifalari: 🔸Facebook.com/Yoshkitobxon.uz 🔸Instagram.com/yoshkitobxonuz 🔸YouTube.com/channel/UCn6yaYA6UNKrL6AnJhRXdQA 📩Murojaat uchun: @Kitobxonmurojaatbot
⚡️Endi kitobxon oilalar ham elektromobil yutib olishlari mumkin!
📚Yoshlar ishlari agentligi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining bu yilgi mavsum g‘oliblariga Prezident sovg‘asi elektromobil topshiriladi. Tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar (er va xotin) ishtirok etishlari mumkin.
➡️Ishtirok etish istagini bildirgan yosh oilalar @kitobxonoila_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Arizalar 10-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
🔶Tanlovda tushadigan kitoblar ro‘yxati ushbu havolada. Mazkur kitoblarni “Mutolaa” mobil ilovasi orqali o’qishingiz mumkin.
Tanlov 👉 Nizomi
Yashma toshi
Bir yosh yigit qimmatbaho toshlarga juda qiziqardi. Shu sababli zargar boʻlishga qaror qildi. Bu hunar bilan shugʻullanadigan boʻlsam, uning mohir ustasi boʻlishim kerak deb oʻyladi u va shu oʻlkadagi eng yaxshi zargarni soʻroqlab bordi. Usta uni ozgina kuttirgach, qabul qildi. “Xoʻsh, xizmat?” deb soʻradi. Yigit toshlarga mehr qoʻyganini, zargar boʻlmoqchi ekanini hayajonlanib soʻzladi. Qariya zargar uning gaplarini jimgina tingladi, soʻng bir toshni koʻrsatdi. “Bu – yashma toshi, – dedi va uni yigitning kaftiga qoʻyib, hovuchini berkitdi. – Hovuchingni yil boʻyi ochmaysan. Bir yildan keyin kelasan. Mayli, salomat boʻl”. Usta bu gapdan soʻng xonadan tez chiqib ketdi.
Yigit uyiga qaytib, uning kelishini intiqlik bilan kutib oʻtirgan ota-onasiga boʻlgan voqeani aytib berdi. Soʻzi orasida bu ishda maʼno koʻrmaganini va ustaning sovuq muomalasidan xafa boʻlganini ham qistirib oʻtdi. Kunlar oʻta boshladi. Boʻlajak zargar tinimsiz nolir, lekin hovuchini ochmasdi. “Nega bunaqa ahmoqona ish buyurdi. Mamlakatdagi eng kuchli zargar shu boʻlsa. Bu bemaza topshiriqqa yil boʻyi qanday chidayman, aziyatlarga qanday dosh beraman? Shuyam usta boʻldimi? Ustozman deb boshidanoq qiynashni boshlar ekan-da” deganga oʻxshash gaplarni aytib yurardi-yu, hovuchini mahkam tutardi. Uxlaganimda kaftim ochilib, tosh tushib ketmasin deb yarim uygʻoq holda mizgʻirdi. Ishlarini ham bir qoʻlida bajarardi, tosh bor qoʻli hamisha musht holatida turardi. Bunga koʻnikkach, bitta qoʻlda ham yaxshi ishlay oladigan boʻldi.
Nihoyat bir yil oʻtdi. Yigit zargar huzuriga bordi. Usta oldingiday biroz kuttirgach, shogirdining yoniga keldi. Yosh zargar, qanchalik bemaʼni boʻlsa-boʻlsin, bu ishni oxiriga yetkazdim deganday gʻururli bir qiyofada hovuchini ochdi. “Bir yil kaftimda olib yurdim, buyogʻiga nima ish qilaman?” deb soʻradi. Usta sokin bir tovushda javob berdi: “Endi senga boshqa bir tosh beraman, uni ham xuddi shunday bir yil hovuchingda olib yurasan”. Bu gap oʻlganning ustiga tepgan boʻldi. Shogirdning sabr kosasi toʻldi, baqirib-chaqirishga tushdi. Ustani aqldan ozganlikda, jinni boʻlib qolganlikda aybladi. Zargarlikni oʻrganaman deb kelgan yosh bir oʻsmirga koʻrsatgan bunday munosabati kasalligidan dalolat ekanini aytdi. Yigit oʻzini boshqara olmay baqirayotgan paytda usta uning hovuchiga bir toshni sezdirmay tutqazdi. Yigit beixtiyor kaftini siqdi va toshni his etdi. Biroz turib, toshni yana ozroq siqdi va hayajonlanib dedi: “Bu tosh yashma toshi emas-ku, usta!”
Albatta, bu hikoya ramziy, balki hayotda boʻlmagandir ham. Ammo unda hayotiy haqiqat bor. Qarang, yigit sabr-matonati tufayli yashma toshini aniq ajratadigan darajaga yetdi. Zargar uchun esa bu – juda muhim fazilat. Toshni toshdan ayira olmaydigan zargar zargarmi? Qissadan hissa, chinakam bilim egallash uchun vaqt kerak, chidam kerak, haqiqiy ustoz kerak. Vaqtlar oʻtaveradi, dunyo yangilanib, zamonaviylashib boraveradi. Biroq oʻqish-oʻrganish sharti, yoʻsini oʻzgarmaydi.
#mem
Kecha “Yosh kitobxon” tanlovida oʻqilishi kerak boʻlgan kitoblar roʻyxati e’lon qilingandi.
Vaziyatdan foydalanib bizga doim kerakli kitoblarni topib beradigan Bukinist doʻstlarimizga biroz hazil qildik)
Ajoyib hazil boʻlibdi
Kitob o‘qib, ota ishonchini oqlagan qiz
Ko‘pchilik unga “bu tanlovdan o‘tolmaysan” dedi. Lekin u tinimsiz kitob o‘qidi. Har bir sahifada o‘z kuchini topdi!
📚“Yosh kitobxon” tanlovining 10–14 yosh toifasida g‘olib bo‘lgan Dilbarxon Haydarova — oddiy oila farzandi.
#Yoshkitobxon
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🎙️Bir-bir, yosh oltin ovozlar aloqadami?
Ertaga 1-may — “Yosh oltin ovozlar” tanloviga start beriladigan kun!
• Hoziroq ushbu instagram sahifaga obuna boʻlib, ertaga 20:00 boʻlishini kuting. Shu vaqtda shartlar e’lon qilinadi!
• Havola: https://www.instagram.com/oltin_ovozlar?igsh=Z241bHhmeTA4emE0
Telegram | Instagram | Ilova
Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga ko'ra 23-24-aprel kunlari Turkmaniston xalq maslahati raisi, turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanquli Berdimuhammedov Samarqand shahrida bo'ldilar.
Uchrashuv asnosida arboblar ko'plab diqqatga sazovor o'rinlarni tomosha qildilar. Jumladan, Samarqand shahrida barpo etilgan "Boqiy shahar" majmuasiga bordilar, birinchi Prezident Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildilar. Shuningdek, 2 millat do'stligi ramzi sifatida birgalikda daraxt ekdilar.
"Yosh kitobxon" tanlovi Respublika bosqichi g'olibi, O'zDJTU ingliz filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi O'g'iljeren Xaldurdiyeva Turkmaniston lideri tashrifi munosabati bilan taklif qilingan mehmonlar qatorida tantanada ishtirok etib, ikki siyosiy arbob oldida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida nutq so'zladi va yurtboshimizga tashakkur aytdi. Shuningdek, ikki mamlakat do'stligining abadiy bo'lishiga tilak bildirdi.
Tantanada Prezident Shavkat Miromonovich Gurbanquli Meliquliyevichga "Oliy darajadagi Do'stlik" ordeni taqdim etdi.
Kitob oʻqigan qizlar ikki davlat rahbari bilan suhbat quryapti, elektromobilni otasiga sovgʻa qilyapti, sizni endi ham kitob oʻqishdan nima toʻxtatib qoladi???!!!
Hayajon... Xavotir... Qo‘rquv... Ishonch... Qatʼiyat... Eʼtiroz... Dalda... Bahs... Ko‘z yoshlari... G‘alaba...
Hammasi qanday bo‘lganini ko‘ramiz!
Dushanba - Payshanba. Soat 20:30. "Yoshlar" telekanalida!
Barchasi to'liq holda! O'tkazib yubormang!
@yoshlar_tv
⚡️Kecha BMTning ECOSOC Yoshlar Forumida O‘zbekiston yoshlari nomidan nutq so‘zladim.
Prezidentimizning yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlari, ular bilan olib borilayotgan doimiy muloqot va ilgari surilayotgan yechimlarni ham ta’kidlab o‘tdim.
Ishonchim komil, O‘zbekiston yoshlari uchun imkoniyatlar soni kengayishda davom etadi va albatta yoshlarimiz ham bu jarayonda faollik, mas’uliyat bilan ishtirok etadilar!
@alisher_sadullaev
📚Turkman maktabida tahsil olgan, o'zbek adabiyotidan xabardor bo'lmagan O'g'iljeren Xaldurdiyeva qanday qilib "Yosh kitobxon" tanlovining g'olibi bo'ldi?
⚡️"Yoshlar ovozi" gazetasining You Tube sahifasiga yoshlar ko'rishi shart bo'lgan navbatdagi intervyu joylandi.
To'liq videoni You Tubeda tomosha qiling.
Abdulla Qodiriyning tavalludiga bagʻishlanadi.
Читать полностью…Kitobxonlar! Hech qaysi rasmiy kanalda 2025-yil uchun kitoblar roʻyxati 10-aprelga qadar chiqadi deb eʼlon berilmadi. Kitoblar roʻyxati imkon qadar tezroq chiqishi uchun masʼullar harakat qilmoqda! Sabrsizlik bilan kutayotgan boʻlsangiz maktab darsliklaridagi adiblar va mutafakkirlar hayoti-ijodi bilan tanishib turganingiz yaxshi!
Читать полностью…✅
Yosh kitobxonlarga Prezident sovgʻasi – BYD Chazor elektromobillari topshirildi
Yoshlar ijod saroyida “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
🔻Tanlovning 20-30 yosh toifasida — Maftuna
Ochilova (Xorazm viloyati)
🔻15-19 yosh toifasi bo‘yicha — O‘giljayron Xoldurdiyeva
(Toshkent shahri)
🔻10-14 yosh toifasida – Dilbarxon Haydarova (Toshkent shahri) gʻolib deb topilgan.
Tilda, fikrda, ishda birlik!Читать полностью…
“Ёш китобхон” танловининг бу сафарги мавсумида барча ёш тоифасида қизлар биринчиликни қўлга киритди
Шавкат Мирзиёевнинг китобхонлик тарғиботи йўлидаги энг яхши ташаббусларидан бири — “Ёш китобхон” танловидир.
Мазкур лойиҳа Ёшлар ишлари агентлиги томонидан ўтказиб келинади. Ҳар йили миллионлаб ёшлар қамраб олинади, кўплаб китобхон йигит-қизлар кашф этилади.
“Ёш китобхон” деса ҳамманинг кўз олдига шу танлов келса керак. Чунки лойиҳа аллақачон катта брендга айланиб улгурган.
Ғолиблар эса автомобиль билан тақдирланади. Ўғли ёки қизи китоб ўқиб, машина ютса ва уни ота-онасига совға қилса, бунинг роҳатини фақат ҳис қилиш мумкин, холос.
4 апрель куни “Ёш китобхон”нинг 2024-2025 йилги мавсум ғолибларига Президент совғаси — электромобиль (BYD Chazor) тантанали равишда топширилибди. Эътиборлиси эса, бу сафарги ғолибларнинг барчаси қизлар бўлиб, йигитларга “нон” қолдиришмабди.
Молодец, қизлар! 😎
🧠@nurbekalimov
🇺🇿Prezident sovg‘alari o‘z egalarini kutmoqda!
Bugun, soat 16:00 da, Yoshlar ishlari agentligi binosida “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlanadi.
📚Uchta yosh toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan yosh kitobxonlarga Prezident sovg‘asi — BYD Chazor elektromobilining kalitlari topshiriladi!
Tanlovning yangi mavsumini kutayotganlar bo‘lsa izohlarda ⚡️belgisini qoldiring!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Garchi Namanganning Chortoq tumanida gʻolib boʻlib, respublika bosqichiga chiqa olmagan boʻlsada, bu yigit oʻz bilimi bilan kimlarni lol qoldirmagan. Chortoqlik Abdulazizxon oʻz tengqurlari ichida ajralib turadi. Bugun u radiosuhbat ortidan "Mutolaa" premiumi yutib oldi. Bilimiga esa shunchaki "gap yoʻq". Kitob oʻqigan doim oldinda ekanining yana bir isboti boʻlsa kerak.
"O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi" davlat mukofoti sohibi , "Zakovat " NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev ustoz bilan suhbatlashish baxtiga muyassar bo'lgan Abdulazizxon!!!😊
Prezident yordamchisi Saida Shavkatovnaning ish jarayonidan lavhalar. Rasmiy xabarlaram kerakdir, lekin aynan ishlash jarayonidan jonli kadrlar tabiiy chiqadi. Odamlarda qiziqish uyg‘otadi.
Bu videoda prezident yordamchisining mansabdorlar bilan dialoglari yaxshi tasvirlangan. Videoni ko‘ring, qiziqarli lavhalar.
⚡️Kitobxonlar tayyormisiz?
Millionlab yoshlarni, yosh oilalarni kitobxonlik yo‘lida birlashtirib, iqtidor egalarini kashf etayotgan “Yosh kitobxon” va “Yosh kitobxon oila” tanlovlarining yangi mavsum uchun kitoblar ro‘yxatini e’lon qilamiz!
➖“Yosh kitobxon” kitoblar ro‘yxati
➖“Yosh kitobxon oila” kitoblar ro‘yxati
👏Barcha kitobxonlarga omad tilaymiz!
@alisher_sadullaev
🎉 Eng zoʻr xushxabar: endi kitoblarni megabayt sarflamay mutolaa qilasiz!
🔥 “Eng yoqimli 0” — ha, endi siz “Mutolaa” orqali kitob oʻqisangiz va tinglasangiz 0 megabayt sarflaysiz. Ya’ni, umuman megabaytingiz ketmaydi!
“Yoshlar ishlari agentligi” hamda “UzTelecom” hamkorligi doirasida yoshlar uchun yangi imkoniyat taqdim qilindi, unga koʻra endilikda kitobxonlar “Mutolaa” ilovasi orqali 3500 dan ziyod kitoblarni umuman megabayt sarflamasdan oʻqishingiz va tinglashingiz mumkin!
Bugun 17:40 da O‘zbekiston telekanalida kitobxonlikka bag‘ishlangan “Yonma-yon” ko‘rsatuvini tomosha qiling.
Читать полностью…#video 🎬
Kitobxonlar qatnashgan ajoyib hashar, oʻzim ham koʻrib maza qildim.
Faqat kitoblarni bitta bittadan kistaga solib olish boʻlmasin-a 😉
📢 Барча мутолаа ва китоб ихлосмандлари диққатига!
📕Айнан сизлар учун 21–27 апрель кунлари юртимиз бўйлаб “Ўзбекистон – китобхонлар юрти” шиори остида V Республика “Китобхонлик ҳафталиги” ўтказилмоқда.
👉Ҳафталик доирасида сизни -
🟢Китобхонликни кенг тарғиб этишга қаратилган турли лойиҳалар
🟢 Янги нашр этилган китоблар тақдимотлари
🟢Соҳадаги долзарб муаммоларни муҳокама қилишга қаратилган семинарлар кутмоқда.
↖️ Ҳафталикнинг очилиш маросими 21 апрель, соат 10:00 да Тошкент шаҳридаги Симпозиумлар саройида бўлиб ўтади.
✅ Ҳафталик доирасида 25–26 апрель кунлари "Паркент ижод уйи"да болалар ва ўсмирлар адабиётини ривожлантиришга бағишланган "Ноширлар ва болалар ижодкорларининг ҳамкорлиги" мавзусида семинарлар бўлиб ўтади.
✅ Шунингдек, 25–27 апрель кунлари Тошкент шаҳридаги “Dream Park” истироҳат боғида ҳамда Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятлар марказларидаги маданият ва истироҳат боғларида “Ноширдан китобхонга” тамойили асосида
китоб савдо ярмаркалари ўтказилади.
✍️Азиз китобсеварлар! Барчангизни ҳафталик тадбирларда фаол иштирок этишга чақирамиз! Китобга бўлган муҳаббатни янада юксалтиришга биргаликда ҳисса қўшайлик!
#Zukko_kitobxon
Ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida "Zukko kitobxon" tanlovi tashkil etildi. Tanlovda 16 ta jamoa, jumladan Toshkent shahri tumanlari hodimlaridan tarkib topgan jamoalari qatnashishdi. Tanlov natijalariga koʻra:
1-oʻrin Olmazor tumani jamoasi 15.000.000 pul mukofotini
2-oʻrin Sergeli tumani jamoasi 8.000.000 pul mukofotini
3-oʻrin Yunusobod tumani jamoasi 8.000.000 pul mukofotini qoʻlga kiritdi!
🚘 Kitob oʻqib, BYD yutgan qiz
⚡️8 yil deganda ilk bor xorazmlik qatnashchi "Yosh kitobxon" g'olibi bo'lib, Prezident sovg'asini Xorazmga olib ketdi. Tanlovning 20-30 yosh toifasida 1-oʻrinni egallagan Maftuna Ochilovaning mashaqqatli yo'li, mag'lubiyatlardan chiqargan xulosasi, g'oliblik siri haqida bilishni istasangiz "Yoshlar ovozi" tayyorlagan intervyuni tomosha qiling.
https://youtu.be/sRNMaSi2r0I?si=sRwah6sEtZxpbpCG
⚡️Qizlaringizni o‘qiting, ularga qanot bering!
Shunday shijoatli, bilimdon, ota-onasining, millatning faxri bo‘lgan qanday qahramon qizlarimizni taniysiz?
@alisher_sadullaev
”Ёш китобхон” танловининг 2024-2025 йилги мавсум ғолибларига президент совғаси BYD Chazor электромобиллари топширилди.
Аҳамиятлиси, ғолибларнинг барчаси қизлар:
• Дилбархон Ҳайдарова — Тошкент шаҳар «Бўз» маҳалласидан 10-14 ёш тоифаси ғолиби. Отаси Бўронов Фирузбек, ҳисобчи.
• Ўғилжайрон Халдурдиева — Қорақалпоғистон Республикаси, Тўрткўл тумани «Калтаминор» маҳалласидан 15-19 ёш тоифаси ғолиби. Отаси Суюнов Абажан, якка тадбиркор. Деҳқончилик билан шуғулланади.
• Мафтуна Очилова — Хоразм вилояти, “Нурли ҳаёт” маҳалласидан 20-30 ёш тоифаси ғолиби. Онаси Очилова Дилдора, нафақада.
Telegram | YouTube
Yosh kitobxonlarga Prezident sovg‘asi BYD Chazor elektromobillari topshirildi!
📚Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida ”Yosh kitobxon” tanlovining 2024-2025-yilgi mavsum g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eng quvonarli jihati, g‘oliblarning barchasi qizlar! Bu esa qizlarga berilayotgan e’tibor, ularning bilimga chanqoqligi va kitobga bo‘lgan qiziqishi qanchalik ortganligining belgisi.
G‘oliblar bilan tanishing;
• Dilbarxon Haydarova — Toshkent shahar “Bo‘z” mahallasidan 10-14 yosh toifasi g‘olibi. Otasi Bo‘ronov Firuzbek, hisobchi.
• O‘g‘iljayron Xaldurdiyeva — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani “Kaltaminor” mahallasidan 15-19 yosh toifasi g‘olibi. Toshkent shahri O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi. Otasi So‘yunov Abajan, yakka tadbirkor. Dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.
• Maftuna Ochilova — Xorazm viloyati, “Nurli hayot” mahallasidan 20-30 yosh toifasi g‘olibi. Onasi Ochilova Dildora, nafaqada.
👏Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha g‘olib kitobxonlarimizni va ularning ota-onalarini chin yurakdan tabriklaymiz!
Keyingi postlarimizda g‘oliblarimizdan eksklyuziv intervyularni ulashamiz!
#YoshKitobxon
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️ “ZUKKOTEST” 2-to‘plami boshlandi!
Test ishlash jarayonlari boshlanganiga 2 soatdan oshdi. Lekin… hali ham pul mukofoti va premium obunalarga talabgorlar topilganicha yo‘q. Oldinda hali 20 soatdan ortiq vaqt bor. O‘zingizni sinab ko‘ring va eng qiziqarli testlardan zavq oling!
Agar ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz hoziroq @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting.
@alisher_sadullaev