oriftolib | Unsorted

Telegram-канал oriftolib - Orif Tolib

15092

Soʻz. Tahrir. Savodxonlik. Reklama boʻyicha: 👉 https://is.gd/elonlar Sahifalarimiz: 👉 https://taplink.cc/oriftolib Muallif haqida: 👉 https://oriftolib.uz/?p=575 Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.

Subscribe to a channel

Orif Tolib

Ahmoq aytdi, tentak işondi.

— Tojik xalq maqoli


@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

“Ibratli imlo” qöllanmasi 1-mavzusi asosida vebinar.

Dars test tekşiruvi qismidan boşlab yozib olingan. Oldingi qismi yozib olinmagan. Uni yuqoridagi kitob skrinşotlaridan örganişingiz mumkin.

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Oçiq dars yakunlandi. Bugun “Ibratli imlo” kitobining 1-darsini birga körib çiqdik. Kitobda şunday darslar jami 63 ta – har birida qoida, test, maşqlar va javoblar kaliti.

Dars yozuvi ertaga şu kanalda joylanadi. Kitobni buyurtma qiliş:
https://asaxiy.uz/u/6ae9c4e0113b0

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

3-maşq. “Saralaş”: sözlarga -ga qöşimçasini qöşing va mos ustunga joylang.

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

1-maşq. “Imlo matematikasi”: söz va qöşimçani qöşib, töliq şaklini yozing.

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

1-dars testi javoblari. Qavs içidagi izohlarni öqing; xato çiqqan bölsa, qoidani qayta körib çiqing.

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Test, 1–5. Javoblarni daftaringizga yozib boring – javoblar keyin beriladi.

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Uçinçi, eng çalğituvçi holat: söz g yoki ğ bilan tugasa, qöşimça özgarmaydi. Eşitilişi yozilişidan farq qiladi.

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Qoidaning asosi: qöşimça sözning oxirgi undoşiga qarab özgaradi. Birinçi holat – söz k bilan tugasa, g ham k ga aylanadi.

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Savodxonligini yaxşilayman deganlar uçun!

Xudo xohlasa, bugun soat 20:00 da “Ibratli imlo” qöllanmasining 1-mavzusi asosida bepul dars ötib beraman. Dars @oriftolib sahifasida bölib ötadi.

Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotganlar, bölajak jurnalist, kopirayter, bloger, muharrir, musahhih, davlat xizmatçisi, bir söz bilan aytganda, matn bilan işlaydigan va yozganlari xatosiz bölişini istagan barçaga ulaşing.


Vebinarga mana bu havola bilan qöşilişingiz mumkin:
👉 /channel/oriftolib?livestream

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Oʻzbek tilining imlo qoidalari ajoyib ... va murakkab. Sulolalar nomi kichik harf bilan yozilishi kerak ekan - buni bilmasdim. Kattaqoʻrgʻon qoʻshib yoziladi, Past Dargʻom esa alohida - nega shunday, buning tagida qanday mantiq yotadi - bilib oldim.

Muharrir, tadqiqotchi, doktoranturadagi kursdosh doʻstimiz Orif Tolibning "Ibratli imlo" qoʻllanmasi oʻzbek tilida matn bilan ishlaydigan har bir mutaxassis uchun foydali qoʻllanma boʻlibdi. Qaysi soʻzlar qoʻshib, qaysilari ajratib, qaysilari esa chiziqcha bilan yoziladi? Atoqli otlarda qaysi hollarda har bir soʻz bosh harf bilan yoziladi, qaysi hollarda faqat birinchi soʻzni bosh harf bilan yozish kerak? Qoʻshimchalar qanday yoziladi? Bu va shunga oʻxshash holatlar oson topilishi uchun boblarga birlashtirilgan, bobning ichidagi har bir mavzuda bilimlarni mustahkamlash uchun testlar va mashqlar berilgan - kitob oxiridagi kalit yordamida oʻzingizni tekshirib olishingiz mumkin. Har bir mavzu uchun video darslar ham havola qilingan.

Tavsiya qilaman: oʻzbek tilida qaysidir soʻzni qanday yozishga ikkilanayotan boʻlsangiz - savollaringizga shu kitobdan javob topa olasiz.

Читать полностью…

Orif Tolib

Smartfonlar uçun Tilmoch terilmasini sinab köring!

• Lotin terilmada Ö, Ğ, Ş, Ç uçun alohida tugmalar
• Xatoni körsatib, bitta bosişda tuzatadi
• Xalqaro terilmada Ö, Ğ, Ş, Ç harflari notöğri yozilganda avtomatik töğrilanib ketadi
• Kirillda yozib, lotinda yuboriş imkoni
• Tilmoch tarjima funksiyasi klaviaturaning özida bor
• Xavfsiz va internetsiz: söz takliflari telefonning özida işlaydi

Yoqiş uçun: Tilmoch ilovasi → Klaviatura bölimi.

Töğri yozing!

App Store: https://apps.apple.com/us/app/tilmoch-tarjima-klaviatura/id6739621237

Google Play: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tahrirchi.tilmoch&hl=uz

Читать полностью…

Orif Tolib

Ortiqça söz aytib qöygandan köra hökizdan ayrilgan yaxşi.

— Buryat xalq maqoli


@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Mukammal esse yoziş sari: barça darslar bir joyda

Yaxşi esse yoziş aniq struktura, mantiq va söz boyligi masalasidir. Bir oy davomida esse yozişni qadamma-qadam, mayda detallarigaça tahlil qildik.

Kerak paytda darhol topişingiz va takrorlaş uçun barçasini bir joyga jamladim. Saqlab oling va foydalaning:

1️⃣ Yuqori ball oladigan esse qanday boşlanadi? (1-qism)

2️⃣ Yuqori ball oladigan essening kiriş qismi qanday şaklda yoziladi? (2-qism)

3️⃣ Essening yuragi: asosiy qism qanday yoziladi? (3-qism)

4️⃣ Esseda qarşi tomon qaraşi qanday dalillanadi? (4-qism)

5️⃣ Imtihonda fakt va iqtibos topolmasangiz… Esseni qutqaruvçi usul (5-qism)

6️⃣ Esseda şaxsiy fikrni qanday beriş kerak? (6-qism)

7️⃣ Esseni yuqori saviyada yakunlaş: xulosa qanday yoziladi? (7-qism)

8️⃣ Essedan yuqori ball oliş uçun yakuniy röyxat (8-qism)

Esse imtihoniga tayyorlanayotgan döstlaringizga ham ulaşişni unutmang.


Foydali bölgan bölsa – 🔥

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

⚡️Soha mutaxassislaridan kurs taqdimoti

Bugun (9-noyabr), soat 19:30 da soha mutaxassislari: Orif Tolib, Javlonbek Norqulov, Akmaljon Izamov va Ortiqali Tölanboyev iştirokida qişki milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlov kursi taqdimoti bölib ötadi.

✅ Kurs taqdimotida ustozlar öquv maşğulotlari davomida öz yönalişiga doir darslarni olib boriş tartibi, darslar rejasi, bu tayyorlovdan kutiladigan natijalar xususida batafsil tuşuntirişlar berişadi!

Kurs taqdimoti bölib ötadigan kanal ➡️ Bu yerda!

Jonli efirda sizni kutamiz!


Akmaljon Izamov | Orif Tolib | Ortiqali Tölanboyev | Javlonbek Norqulov

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Özbek bunday gapirmaydi: nega bu xatolar ommalaşyapti?

Biror post yoki rilsni “döstlar bilan ulaşiş”, dori yoki duşni “qabul qiliş”lar-u tölovni “amalga oşiriş”larga tez-tez yöliqaverganimizdan ular bora-bora tabiiy eşitiladigan ham bölib qoldi. Aslida bunday ifodalar tilimizga begona. Töğri, sözi özbekça, imlosi joyida, maʼnosini tuşunsa böladi, lekin özbek bunday gapirmaydi.


Bu galgi maqolamda ana şunday qoliplar qayerdan kelayotgani, nega köpayayotgani va asl özbekçasi qanday bölişi haqida yozdim.

▫️ Tölovni “amalga oşirmang”, duşni qabulda kuttirmang

▫️ “Men tomonimdan” aytilmasin

▫️ Döstlar bilan emas, döstlarga ulaşing

▫️ Yokida va balkida – yaponlarni eslatadigan topildiqlar

▫️ “Tarjima tili” degan arosat

Töliq öqiş:
👉 https://daryo.uz/p/723244

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Muddatidan oldin özini daho deb hisoblagan kişining işi önglanmaydi.

— Georg Lixtenberg


@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Maşqlar javoblari. Özingizniki bilan soliştiring. Neçtasini töğri topibsiz?

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

2-maşq. “Xato ovçisi”: matnda 3 ta imlo xatosi bor. Toping va töğri şaklini yozing.

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Bugungi dars – “Ibratli imlo” kitobining atigi 1-darsi. Kitobda bunday dars 63 ta: har birida qoida, 10 ta test, maşqlar va oxirida javoblar kaliti bor. Har bir dars sarlavhasi yonidagi QR kod orqali videodarsni ham köra olasiz.

Kitobni Asaxiy Books orqali buyurtma qilişingiz mumkin:
https://asaxiy.uz/u/6ae9c4e0113b0

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Test, 6–10. 8–10-testlarda sözning maʼnosiga eʼtibor bering. Tayyor bölgaç, javoblarni soliştiramiz.

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Xulosa: özgariş faqat k va q bilan tugagan sözlarda böladi. Jadvaldagi juftliklarni diqqat bilan soliştiring.

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Ikkinçi holat – söz q bilan tugasa, g harfi q ga aylanadi. Bunda talaffuzga mos yoziladi.

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

“Ibratli imlo” – bepul oçiq dars boşlandi.

Bugungi mavzu: -ga va g bilan boşlanuvçi qöşimçalar imlosi – “Boğgami yo boqqa?”.

Rasmlardagi matn kitobdan olingan: kitob amaldagi imloda, kanalimiz yangi imloda.

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Şu kitobning 1-darsini kanalda özim ötib bersam, nima deysiz?

Qiziqqanlar ungaça Asaxiy dökonlaridan sotib olişlari yoki onlayn buyurtma berişlari mumkin:
👉 asaxiy.uz/u/6ae9c4e0113b0

Onlayn dars sizga qiziqmi?

🔥 – menga qiziq

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Toşni qança qaynatma, yumşamaydi.

— Indonez xalq maqoli


@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Mehnat yuz yoşgaça yaşaş sanʼatining özgarmas şartlaridan biridir.

— Mişel Şevryol


@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

✅ Esseni topşirişdan oldin – 10 daqiqalik tekşiruv

Esse yozib bölindi, vaqt esa oz qoldi. Nimani tekşirasiz? Köpçilik matnga şunçaki köz yugurtirib çiqadi va baribir ball yöqotadi.

Şu savolga javob sifatida “Esseni tekşiriş röyxati”ni tayyorladim. Bir sahifada – BMBA baholaş mezoni, ekspertlar yöriqnomasi va kanaldagi esse darslaridagi eng muhim savollar:

▫️ 2 va 0 ball tuzoqlariga tuşmadimmi?
▫️ ikki qaraş ham, şaxsiy fikrim ham dalillandimi?
▫️ xulosada jamiyatga taʼsir körsatildimi?
▫️ imlo, tiniş belgisi va söz qöllaşda xato qolmadimi?

Faylni saqlab oling va har bir maşq essesidan keyin şu savollarni özingizga bering. Savollar odatga aylansa, imtihonda tahrirga ajratgan 10 daqiqangizda ularni yoddan ötkazasiz – röyxat xatoni özingiz topişga örgatadi.

Eʼtibor bering: röyxat amaldagi lotin alifbosida tuzilgan, çunki imtihon şu alifboda olinadi.


✈️ Esse imtihoniga tayyorlanayotgan döstlaringizga yuboring.

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Muhimi: vergul kerakmi yoki yöq?

Muhimi sözi bilan vergul işlatiş borasida bahsli holatlar köp uçraydi. Baʼzilar şu söz qatnaşgan har qanday holatda vergul qöllaydi. Aslida bunda sözning gapdagi vazifasiga eʼtibor beriş zarur.
 
Kiriş söz bölib kelsa, vergul kerak. Bunda u fikrdagi asosiy jihatni ajratib körsatadi:
 
Eng muhimi, sen soğ-salomat qaytding.
Bu işda, muhimi, şoşmaslik kerak.
 
Gap bölagi, yaʼni ega bölib kelsa, vergul qöyilmayadi:
 
Eng muhimi – sabr.
Eng muhimi sabrdir.
 
Ot kabi qöllanib, söz birikmasi tarkibida kelsa, tiniş belgisi kerak emas:
 
Masalaning muhimi oxirida aytildi.
 
Tekşirib köring: muhimi örniga muhim narsa iborasini qöyiş mumkin bölsa, vergul kerak emas. Olib taşlaganda gap buzilmasa, kiriş söz – vergul kerak.
 
📌 Demak:
 
Eng muhimi, soğ-salomat qaytding ✅
 
Eng muhimi – sabrli böliş ✅
 
Eng muhimi – soğ-salomat qaytding ❌
 
Eng muhimi, sabrli böliş ❌

@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…

Orif Tolib

Muvaffaqiyat tuşuntirişga muhtoj emas, muvaffaqiyatsizlik esa heç qanday oqlovni qabul qilmaydi.

— Napoleon Xill


@oriftolib | Sahifalarimiz

Читать полностью…
Subscribe to a channel