2311
🍃 Tafakkur, Tadabbur, Tahayyur 📚 Mutolaa, Mushohada, Mulohaza ✍️ @v_turakulov | @XSB_bot
Tarix hodisalardan iborat.
Siz —
yo hodisa ichidasiz,
yo hodisa tashidasiz,
yo hodisasiz!
@v_turakulov_mutolaa
Tamom! ✅
...hammasi tamom bo'ldi.
Gulchehra jismi ila,
Abdulla ruhi ila tamom bo'ldi.
Ular kimlar edi?
Ular yaxshi farzand edi.
Sokin farzand edi.
Tarbiyasi bor edi.
Ma'rifati yo'q edi.
Ayni shu narsa hammani aldadi.
O'zlarini ham aldab qo'ydi...
...va o'sha ish bo'ldi.
Hech kim ko'rmadi.
Hech kim bilmadi.
...deb o'ylashdi.
Lekin bunga ikki vijdon guvoh edi. Vijdonlar qiynaldi, o'zlarini oqladi...
Keyin, nima bo'ldi?!
Hammasi tamom bo'ldi.
Biri jismini, ikkinchisi vijdonini qurbon berdi.
Abdulla olim bo'ldi, lekin odam bo'lmadi.
Olim bo'lish oson bo'ldi,
"Odam bo'lish qiyin" bo'ldi!
@v_turakulov
#sezganmisiz
Juda ham aqlli odamlarning hazilini hech kim tushunmaydi! Chunki, ular ko'rgan narsani boshqalar ko'ra olmaydi.
Tamom! ✔️
Kitob ancha daynamik va boy sujetli (Den Braunni o'qiganlar biladi buni). Lekin unda Xristian diniga oid ko'plab to'qima qismlar bor ekan. Men qaysi din bo'lishidan qat'iy nazar uni hurmat qilish tarafdoriman, chunki unda odamlarning qadriyatlari yotadi...
🌟Shuning uchun Den Braunning bu asariga: 7/10
📚 "Odam bo'lish qiyin"ni boshladim. Negadir har doim Mutolaada eng ko'p mutolaa qilingan asar sifatida turibdi. Shunchaki qiziqdim.
Tugatganlar bormi?
@v_turakulov_mutolaa
Har Da Vinchining o’z Mona Lizasi* bor.
*go’zallik va sir sohibasi
— Hecham chiroyli emas-da shu Mona Liza deganlari. Uning ustiga qoshi ham yo’q!
Shuning uchun aytyapmanda: har Da Vinchi uchun kimdir “Mona Liza”. Kimdir uning go’zali. Kimdir uning(gina) siri!
📖 Den Braunning ‘Da Vinchi siri’ asari mutolaasida kelgan fikrlardan.
Sen oson erishding mening ishqimga,
Hatto badalini to'lamagansan.
Tan olgin men seni so'raganchalik,
Sen meni Xudodan so'ramagansan!
Muallif: Malika Yoqub
#tezkor
Tugadi! ✅
Urush va tinchlik (1, 2, 3, 4-kitob), Lev Tolstoy*
Jamiyatning intellektual poydevorini o'zgartiradigan tizimli tashabbuslar bugungi kunda ko’p…
… lekin mutolaa ga o’xshagan loyihalarning unikal tomoni bor.
Ularning real foydasi va ta'siri darhol sezilmasligi mumkin, ammo yaqin 5 yil ichida ommaviy ravishda hammaga seziladi.
Yirik ish beruvchilardan tortib, kichik va yakkaxon bizneslargacha sifat o'zgarishini ko'radi.
Kadrlar sifati va fikrlash darajasi bevosita shu kabi loyihalarga bog'liq nazarimda.
@birfoizbilim
#qoida
Qizingizning ta'limiga sarflamagan pulingiz uning sepiga sarflanadi.
Tanglang:
- ilmli qiz
- sepli qiz
Ular ham tanlashadi:
- ilmli qiz
- sepli qiz
Aytmoqchi bo'lganim — qizingiz yo ilmi-odobi bilan yo sepi bilan qiymatli bo'ladi!
#go_global #bepul_shablon
Mana shu post uchun amaliy bir yordam o'laroq sizlarga, ayniqsa xalqaro darajadagi universitetlarda o'qimoqchi yoki kompaniyalarda ishlamoqchi bo'lganlar uchun #go_global dasturini ishlab chiqdim.
Bilaman sizlarda rezyume bor, lekin bu yerda gap yo'l xaritasi haqida.
Rezyume nima qilganingizni yozadi. Yo'l xaritasi esa nima qilishingizni...
Men besh yo'nalishdan iborat bir sahifalik shablon yaratdim. Quyida PDF — yuklab oling, to'ldiring, chop eting, devoringizga osib qo'ying. Sizni harakatga keltirib tursin!
#batafsil
» Kamida bir yuqori mahorat
"Excel bilaman" demang. Ikki yil o'rganib, isbotlab bo'ladigan bitta narsangiz bo'lsin. Misol: ekonometrika, Python, moliyaviy modellashtirish. Natija bo'lishi kerak, sertifikat emas.
» Ingliz tili va bitta strategik til
Ingliz tili uyning pol, shifti emas. Koreys, nemis yoki yapon tili faqat ingliz tilidagi dasturlarga nisbatan kamroq raqobat bilan stipendiya yo'llarini ochadi. Misol: TOPIK 3-daraja GKS stipendiyasiga murojaat qilish imkonini beradi. Ko'pchilik o'zbek talabalari GKS mavjudligidan bexabar.
» Haqiqiy natijalar — sertifikat emas
Qabul komissiyalari va ish beruvchilar endi bitta savol beradi: nima yaratdingiz? Misol: istalgan indekslangan talabalar jurnalida bitta maqola siz darajangizdagi abituriyentlarning aksariyatidan oldinga chiqaradi.
» Bitta xalqaro tajriba
"O'zbekistondan chiqmagan" degan ishonchsizlik to'sig'ini bir zumda bartaraf etadi. To'liq semestr bo'lishi shart emas. Misol: FLEX, UGRAD, Erasmus+ yoki ikki haftalik GKS yozgi dasturi ham hisoblanadi. Bularning barchasi uchun stipendiyalar mavjud.
» Uch jumlali shaxsiy sifat
Kimsiz? Nima xohlaysiz? Nima uchun aynan siz? Buni ayta oladigan talaba o'zidan ko'ra malakali raqibini ortda qoldiradi. Misol: "Men IUTda logistika o'qiyman, Koreya savdo siyosatida ishlashni xohlayman va uch yil Markaziy Osiyo ta'minot zanjirlarini o'rgandim" deyishlik — bu hikoya. "Men mehnatsevarman" — bu quruq gap.
Shablon bepul. Chop eting, devorga osib qo'ying. Erishmoqchi bo'lgan yutuqni qalamda yozing. Keyinroq erishgach esa o'chmaydigan qilib qaliiin ruchkada yozib qo'yavering!
Devordagi o'sha bitta bo'sh doiracha papkadagi o'nta sertifikatdan ko'ra ko'proq motivatsiya beradi.
Bolalikda beg'ubor edik, endi esa bemador...
Читать полностью…
Birga yursa ataydan uzoq yo'lni tanlar edi...
Читать полностью…
☘️Ibtido ham, intiho ham birinchi qadamdan boshlanadi...
Har qanday ish ikki qismdan iborat: boshlash va tugatish.
...birinchisi qiyin. Hammamiz birinchisidan yiqilamiz. Men buni "ishni boshlamasdan turib muvaffaqiyatsizlikka uchrashning nozik sanʼati" deb atagan bo'lar edim.
Keling, bugun yana eski yangi xatolarni qilamiz!
Xayrli kun!
Hech o'ylab ko'rganmisiz?
Ismni aytib chaqira olishlik ham bir daraja:
...qaysidir mansabdorga ismini aytib murojaat qila olyapsizmi, demak, o'rtada yaqinlik bor! Bu siyosiy daraja!
...uning ismini aytib chaqira olyapsizmi, demak, endi sizlar yaqinsizlar! Bu ishqiy daraja!
...99 ismning har biri bilan chaqira olyapsizmi, demak, endi siz yaqiynsiz. Bu ruhiy daraja!
*brauzerning bir sahifasi yopildi!
— Hamma narsang bor, yana senga nima kerak?
...deyilganda "hamma narsa" ko'riladigan narsalargagina nisbatan aytilishini hisobga olinsak, javob savolning o'zida.
O'tish davri deb —
"dadam super odam"
"dadam oddiy odam"
Shunchaki, hech qanday musiqalarsiz... Siz va Siz!
Tanlang:
a) aniq muvaffaqiyatsizlik
b) 50/50 muvaffaqiyatlilik
@v_turakulov_mutolaa
Bu holatni musobaqa taqdirlash marosimlarida ko'p ko'rgansiz:
🥇 = 🙂
🥈 = 😐
🥉 = 🙂
Sababi oddiy: uchinchi o'rin shu uchlikka kirib olganidan xursand, ikkinchi o'rin esa birinchi bo'lmaganidan xafa.
Ba'zan bizni bilishligimiz xafa qiladi. Bekatga kelganingizda avtobusingizni shundoqqina ketayotganini ko'rishingiz sizni avtobus soniyalar oldinroq ketib muyulishda ko'zdan g'oyib bo'lgani uchungina ko'rmay qolganingizdan ko'ra ko'proq xafa qiladi.
Har ikkisida ham deyarli vaziyat bir: avtobus ketib bo'ldi, lekin birinchisida sizda avtobus hozirgina ketganligi haqida bilim bor...
Qani endi Apple'ning narxlari ko'tarilganini bilmaganimda edi! 😐
@v_turakulov_mutolaa
🎤: Yoqtirgan insoningiz nimani yaxshi ko'radi?
👤: Boshqasini...
Bu hayotda "et al.," bo'lib o'tib ketishdan yomoni yo'q...
et al. — lotin tilida "va boshqalar" degani.
Ilmiy maqolada uchdan ortiq muallif bo'lsa, faqat birinchisi yoziladi, qolganlari shu ikki so'z bilan yutib yuboriladi.
Smith, Johnson, Turakulov, Kim (2023) emas »» Smith et al. (2023).
Siz ham o'sha maqolada ishtirok etgansiz. Lekin nomingiz yo'q.
Hayotda ham xuddi shunday. Ba'zilar kimningdir hikoyasida "va boshqalar"dan biri bo'lib qoladi. Yig'ilishda bor, lekin esda yo'q. Loyihada bor, lekin nomida yo'q. Xotirada bor, lekin birinchi o'rinda yo'q.
Mayli, bular vaqtincha bo'lsin, lekin butun boshli hayotdachi?!
"Et al. bo'lmaslik" — bu shuhratparastlik emas. Bu o'z hayotingning birinchi muallifi bo'lishing. O'z fikringni o'zing imzolashing. O'z izingni o'zing qoldirishing.
"Staji" bor ishchi yaxshi,
"Staji" bor ishqchi yomon!
@v_turakulov_mutolaa
Javobi oson, amali qiyin bo'lgan savol:
Hech narsasi yo'qlik yomonmi, hech kimsasi yo'qlik yomonmi?
Javobi oson, amali qiyin.
O'ylab ko'ring!
Soch-soqolini ishdan oldin keyin tartiblar edi...
U ruchka yozayotganini bilish uchun uning ismini yozib ko'rar edi...
Читать полностью…
Qurbon Hayiti muborak bo'lsin, azizlar!
Valijon Turakulov
Yozishining maqsadlaridan biri - hayoldagi tugallamangan fikrni tugatib olish. Bu kanalimning menga shaxsan foydasi shunday.
Xuddi ko'p tablari bor brauzerni yopishdek his qilaman yozib olsam. Fikr tugaydi, ram iqtisod qilinadi.
Ikkichi
Ikkinchi
Ikkinchisi
bo'lishni yoqtirmayman.