14166
Birga o’zgaramiz. 1% bo’lsa ham. 🔒 Premium kanalda o'zimni kundalik bilganlarim, oqigan kitoblarim haqida gaplshamiz. Kanalga @birfoizbot orqali a’zo bo’Iinadi. — 💬 Umumiy masalalar, takliflar bo’yicha @birfoizSupport ga yozing.
Duhigg aytyaptiki kundalik qiladigan ishlarimizi 40-45% odatlarga (habit-driven) asoslangan amallarakan. Yani 55-60 ishimizigina qaror qabul qilish bilan bog'liq. qoganini avtomatga oxshab bajaramiz
@birfoizbilim
Dushanba kuni Alisher aka Isayevning Milliard biznes klublarida 100 nafardan ortiq tadbirkorlar bilan "AI orqali Biznesni samaradorligini oshirish" mavzusida suhbat qildik.
AI biznesda qanday ishlashini va uni korxonaga qanday joriy qilishni real keyslar ustida koʻrib chiqdik. Keyin, klub a'zolariga «AI'ga tayyorlik» qo'llanmasini berdik, va uni 10-12 daqida atrofida to'ldirishdi.
Suhbatdagi materiallarni 3ta gap bilan xulosalaganda:
1. AI eng tez foydani takroriy ishlarda beradi: Telegramdagi buyurtmani Excel yoki 1C ga koʻchirish, hisobotni qoʻlda yigʻish, bir xil mijoz savollariga javob berish.
2. Haftasiga 40 soat takroriy ish bitta xodimning toʻliq oyligiga teng. Bu hisobni har bir rahbar oʻz korxonasida 10 daqiqada qila oladi.
3 Koʻp korxonada birinchi qadam maʼlumotni bir joyga yigʻishdan boshlanadi. Bu eng birinchi qadam, AI undan keyin keladi.
Qo'llanmaning oxirgi natijasi, har bir biznesni individual holati uchun dastlabki 3 qadamni beradi. Shu qadamlarni oʻz korxonasida oxirigacha bosib oʻtmoqchi boʻlgan rahbarlar uchun "AI Praktikum 3.0" ni ochyapmiz.
AI Praktikum dasturimiz, biznes egalari va rahbarlar uchun 6 haftalik amaliy dastur. Kurs davomida AI biznesingizda qayerda foyda berishini koʻrasiz, uni jamoangizga aniq topshirishni oʻrganasiz va oʻz jarayonlaringizga joriy qilishni boshlaysiz.
Oldingi ikki dasturlarimizda 110 dan ortiq tadbirkor va rahbarlar tamomlashgan. Ular orasida EVOS, Bellissimo, Cambridge, Akfix va Wyndham va shu kabi katta, kichik jamoalari bor insonlar ham o'qishdi.
Boshlanishi: 22-noyabr, har yakshanba, 6 hafta.
Joyingizni band qilish uchun: ai.birfoizbilim.uz
"AI'ga tayyorlik" qo'llanmasini, sizlar uchun ham izohga tashlab qo'ydim.
☝️
Shu 100% Textdan tortib ovozgacha Sun’iy intellekt.
Buniyam, lekin eng asosiysi biznesda ai ni o’rgatamiz deyapmiz.
Shuning uchun ai ni o’rganing deyapmiz.
@birfoizbilim
HAR QANDAY ISHDA, KIM GAPIRISHIDAN QAT’IY NAZAR, NATIJASI OXIRIDA QANDAY BO’LISHIDAN QAT’IY NAZAR, AVVAL IKKI TOMONNI ESHITIB KEYIN XULOSA BERILADI.
Registon maktabidagi do’stim Avazbek bilan Ilk Qadam podkastida gaplashdik. Tavsiya qilaman.
Yangi podkastda ta’lim haqida gapirildi asosan.
AI zamonida did yo'qolgan kuni sizni distrubutsiya ham himoya qila olmaydi.
Ancha yillardan beri kompaniya egalari, tech founderlar «zo'r distributsiyaga ega o'rtacha mahsulot zaif distributsiyali zo'r mahsulotni yutadi» degan gaplni aytib kelishyapti.
Reach, (qamrov) distributsiya kamyob edi, qiyin edi, tarqatish kanalga egalik qilgan odam bozorga egalik qilardi.
AI bu qoidaning taklif tomonini o'zgartirdi. O’zgartirishda davom etyapti.
Video, app, sayt yoki reklama kampaniyasini chiqarish endi sanoqli daqiqalarni oladi.
Lentalar (feed) tezda to'lib ketyapti… va bir xil narsalar bilan to'lib ketyapti… Instagramni oching, bir xil yaltiroq yuzlar, bir xil ritmdagi ovozlar, bir xil marmar ustida muallaq turgan bir xil tovarlar va hokazo…
Yaqinda Trabzonda kafe menyularini ko’rib qusvorgim kelganini aytgandim… hammasida bir hil rasm…
Auditoriya bularga tez «moslashad». yaxshi filtr qilishni o’rganadi…
Google qidiruvlarida odamlar banner reklamalarni tanishni o'rganganidek, sun'iy axlatni (slop) ham bir qarashda ilg'ashni o'rganib olishdi va uni dastlabki bir necha soniyadayoq o'tkazib yuborishadi. Masalan man AI-generated degan narsani avtomat o’tkazib yuboraman.
Bu tepada aytgan eski «zo'r distributsiyaga ega o'rtacha mahsulot zaif distributsiyali zo'r mahsulotni yutadi» degan qoidani sindiradi.
Bugungi platformalarda qamrovni har bir post bilan qaytadan qozonasiz. Har bir o'tkazib yuborish (skip) - bu (algoritmlar uchun) ovoz berdiz degani, ya’ni yoqdi, yoqmadi degandek.
Algoritm ovozlarni sanaydi va keyingi postingizni qancha odam ko'rishini hal qiladi.
Didsiz kontent chiqaradigan bir million obunachili kanal har hafta kamroq odamga yetib boradi.
Uning distributsiyasi o'z-o'zidan qisqaradi. Bu sekin sodir bo’ladi. Slop-kanallarni ko’ringlar.
Zarar nomga ham yopishib qoladi.
Odamlar bir akkauntni «slop» deb belgilab oldimi, kontentga qaramasdanoq uni o'tkazib yuborishadi.
Katta auditoriya (distributsiya) bu tamg'ani tezroq yoyadi.
Ish sifatsiz bo'lsa, reach ishonchni ommaviy miqyosda yo'qotish vositasiga aylanadi.
Haftasiga AI yaratgan o'ttizta (slop, did qo’shilmagan) video joylaydigan onlayn kanalni oling.
U o'sha AI instrumentdan foydalanayotgan har bir raqobatchi kabi bir xil studiya yorug'ligi, bir xil pastel fon va bir xil rakursdan foydalanadi.
Kanalning obunachilari, reklama byudjeti va distributsiya kanali bor.
Uning postlari baribir ko'zdan g'oyib bo'ladi, chunki ulardagi hech narsa odamni to'xtashga majbur qilmaydi.
Bunaqa dunyoda faqat bitta o'yinchi o'z moat'ini saqlab qoladi, yani platforma.
Kontent kopaygan sari e'tiborni yanada kamyob qiladi, e'tiborga esa platforma egalik qiladi.
Slop-fermalar platforma to'lovlari hisobiga yashaydi, shuning uchun ularning distributsiyasi ijaraga olingan.
Sekin sekin sinib boradi.
2025 yilda YouTube ommaviy ishlab chiqarilgan, bir xil takrorlanuvchi kontentga qarshi monetizatsiya qoidalarini kuchaytirdi va bitta qoida yangilanishi butun bir toifadagi kanallarni xavf ostida qoldirdi.
Unda hozir ishlab chiqaruvchi uchun distributsiya nimani anglatadi?
Bu ishonchni anglatadi… ismingizni ko'rganda lentani aylantirishdan to'xtaydigan odamlar sonini.
Ishonch - bu qisman to'plangan did (taste) bo’lib qolsa kerak.
Har bir to'g'ri qaror unga qo'shiladi, har bir dangasa post uni kamaytiradi.
AI davrida didli bo’lish bu rosa kop qilinadigan bir nachta ishlarni ketmaketligi.
Instrument (ai) yuzta variant yaratadi, did esa bittasini tanlab, to'qson to'qqiztasini o'chiradi.
G'oyani, montajni, kadrni, UI, va hokazolar va albatta matnni did hal qiladi.
Shu tarzda shakllantirilgan ish, qaysi instrumentda yaratilganidan qat'i nazar, odamlar e'tiborini tortadi.
Xulosa
Ilgari distributsiya mahsulotni kuchaytirardi.
Endi u qaror qabul qilish sifatini (judgment) kuchaytiradi.
Did bilan birlashgan reach ishonchga aylanib ko'payadi.
Slop bilan birlashgan reach nolgacha qulaydi.
Distributsiya faqat ishda did saqlanib turgan muddatgacha himoya to'sig'i bo'lib qoladi.
Xurshid Maroziqov
@birfoizbilim
Kecha Alians Biznes egalari klubida Biznesda qayerda AI ni ishlatmaslik kerak degan mavzuda ma’ruza qildim.
Dunyoda umumiy AI adaptatsiya 89% ga chiqibdi oxirgi McKenzie tadqiqotida. («kamida bir bo’g’inda AI ishlatyapman» degan rahbarlar). Shu tendensiya O’zbekistonda ozgina pastroq.
Biznesda hodimlar samaradorligi oshyapti, qaror qilish tezlashyapti, lekin EBIT (operatsiyon foyda) da bu narsa ko’rinmayapti. Shular va boshqa ko’p narsalar haqida gaplashdik.
O’zim Assodiq kursida o’qiganman O’zbekistonda.
Endi bu kursga ham yozildim.
yetarli darajadagi past ishonch sizni realistik bo'lishga undaydi...
undan kamrog'i harakatsiz qiladi,
haddan oshig'i xomhayol qiladi.
@birfoizbilim
Qanday qilib yetuk va bilimli farzandni tarbiya qilish mumkin?
"Alohida mavzu"ning navbatdagi sonida sun'iy intellekt, tanqidiy fikrlash hamda ularning farzandlarga ta'siri haqida mehmonlarimiz Hasanxon Yahyo Abdulmajid va Xurshid Maroziqov bilan suhbat tayyorladik.
Suhbat davomida siz:
- Farzandlarimiz texnologiyalardan to'g'ri foydalanmoqdami?
- Ularda sabrni qanday shakllantirish mumkin?
- Sun'iy Intellekt bilan sirlashish to'g'rimi?
- AI turmush o'rtoqlar orasidagi psixolog o'rnini bosa oladimi?
-Faol hayot tarzi qanday quriladi kabi savollarga javob olasiz
Yaxshi loyiha qilishibdi.
“Ufq” ni birinchi soni chiqibdi.
@birfoizbilim
Ikkita bir xil odamni topa olmaysiz. Hattoki bitta odamda ham…
- Mahmud Darvish
🌟 Biznes Nonushta | 9-son
🗣 Spiker: Xurshid Maroziqov
🎙 Masterklass mavzusi: «AI’ning biznesdagi o‘rni»
💡 Biznes nonushta — networking, tajriba almashish va birgalikda rivojlanish maydonidir.
🤝 Tadbir barcha turdagi tadbirkorlar, investorlar, jamoa boshqaruvi bilan shug‘ullanayotganlar hamda sun'iy intellekt texnologiyalarini biznesga tatbiq etishni istaganlar uchun juda qiziqarli va foydali bo‘ladi.
Miyadagi fikrlarni bitta tizimga tushirish uni boshda olib yurishdan osonroq bo‘lishi kerak. Mindmapping shu aslida.
Bitta loyiha qildim. Bepul, hammaga ochiq.
Nomini eshitib kulmanglar.
kallam.uz 😀
Bugun shu loyihani ommaviy sinov uchun ochdim. U mutlaqo bepul va ro‘yxatdan o‘tishni talab qilmaydi: kallam.uz saytiga kirasiz va yozishni boshlaysiz. Bo‘ldi. Fikrxaritasi faqat o‘zingizning qurilmangizda saqlanadi.
Buni demo mavzuda emas, aynan hozir miyangizni band qilib turgan real muammoda sinab ko‘ring.
Masalani markazga yozing, uchta shoxcha qo‘shing va uch daqiqa vaqt ajratib tartiblang.
Bu dastlabki ommaviy sinov xolos. Men bu vosita hamma muammoni yechadi deb ertak sotmoqchi emasman. Menga interfeysning qayeri tushunarsiz bo‘lgani yoki qayerda ikkilanganingiz muhim.
Sinab ko‘ring: https://kallam.uz
Keyin fikringizni shu postga izoh tariqasida qoldiring.
Xurshid.
PS: Ingliz tilida bu loyihani Crying Ant deb nomladim, ya’ni (yig’layotgan chumoli)
@birfoizbilim
Ancha jim boʻlib qoldik, YouTube'dagi oxirgi videomga ham 3 oy boʻlibdi. Vanixoyat bugun, yangi video chiqardik.
Anthropic sunʼiy intellekt 2030-yilgacha iqtisodiyot, kasblar va oyliklarni qanday oʻzgartirishini uchta ssenariyda hisoblab chiqdi. Shu ishni oʻzbek tiliga oʻgirib, oddiy misollar bilan tushuntirdim.
Nega hamshira yoki elektrikning oyligi dasturchi va buxgalternikidan baland boʻlishi mumkin?
Bugun oddiy xodim nimadan boshlashi kerak?
Javoblari 14 daqiqalik videoda.
VIDEO HAVOLASI
«Hammamiz ham gunohlarni saralab qilamiz: o‘zimizga qulay va odat bo‘lib qolgan gunohlarni tanlaymiz-da, o‘zimizga to‘g‘ri kelmaydiganini qilganlarni esa darhol ayblab, hukm chiqaramiz.»
Shams Tabriziy
@birfoizbilim
Bir narsaga mukkasidan ketish, o’rganib qolish, narkomaniya kabilarni shu video zo’r tushuntirgan ekan.
@birfoizbilim
Bu yangi alifboga ötganimizdan keyingi birinçi postim. Buni yoziş uçun umuman qiynalganim yöq, sababi Ai bilan mac uçun kiçkina script (kod parçasi) yozdim, yangi klaviaturani sozlab qöydi.
Yani, endi man o va ʼ ni yozsam avtomat ö harfiga ögirib qöyadi. Endi savol, yangi alifboni Apple va Google kabi tex gigantlar qabul qilişi uçun (yani telefon va kompyuterlarda, klaviaturalarda) qança vaqt ketarkin?
@birfoizbilim
Har birimizning hayotimizda «sendan chiqadi» deb ishongan,
xatomizni sabr bilan tuzatgan
bir nechta ustozlar bor.
Har biri izning bugungi yutuqlarimizda ustozlarning haqqi bor.
Bergan ilmingizga, sarflagan umringizga rozi bo‘ling.
Alloh sog‘lig‘ingizga, umringizga baraka bersin!
Aziz Ustozlar, bayramingiz muborak!
Xurshid.
1968-yil.
Dunyo bo'yicha maktab yoshidagi bolalar soni 303 million nafar edi.
Shulardan bor-yo'g'i 300 nafari elita (kompyuter sotib olishga kuchi yetgan) Sietldagi Lakeside maktabida o'qigan.
Bill Geyts ana shu bir milliondan bir imkoniyat ichida bo'lgan.
Geytsning gapi bor… "Lakeside bo'lmaganda, Microsoft ham bo'lmasdi".
Endi boshqa tomoni…
Aynan shu maktabda uning eng yaqin do'sti Kent Evans ham o'qir edi.
Bill va Kent birgalikda kompaniya tuzishni reja qilishadi…
Ammo Kent maktabni tugatmasdan tog'dagi baxtsiz hodisada vafot etadi.
Maktab o'quvchisining tog'da halok bo'lish statistikasi ham qariyb milliondan birga teng.
Gates milliondan bir imkoniyatga duch keldi, kent esa milliondan bir xatarga uchradi.
Hauzel aytadiki har qanday natijada shaxsiy harakat bilan birga inson nazoratidan tashqaridagi omillar ham qatnashadi. Xulosa o'zingizga havola.
@birfoizbilim
Fargʻona ahli, aslo bu 2 kunni oʻtkazib yubormang!
Ustoz Najot Nurning 2 kunlik intensiv treningida nutqingizdagi 30 ga yaqin muammoga yechim topasiz!
Bu treningda siz:
✔️ ravon va ta’sirli nutq qurishni;
✔️ fikrni aniq va tushunarli yetkazishni;
✔️ hayajonni boshqarishni hamda omma va kamera qarshisida erkin chiqish qilishni o‘rganasiz.
12-13 sentabr kunlari Fargʻonada sizni haqiqiy tajriba va 100% ishlaydigan amaliy texnikalar kutmoqda.
✅ Hoziroq quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting!
🔗 intensiv.najotnur.uz
🔗 intensiv.najotnur.uz
🔗 intensiv.najotnur.uz
Bugun Yandex Uzbekistan va MLC uyushtirgan tadbirda real biznesda AI implementatsiyasi bo’yicha ML (Mashinaviy O’rganish) o’rganuvchilari va mutahassislariga ma’ruza qildim.
Umumiy vayb juda yoqdi.
Eng yoqqani, bu communityda ayol va qizlar ham sekin ko’payib borayotgani bo’ldi.
@birfoizbilim
Mustaqilligimizning 35-yilligi muborak bo’lsin!
Barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman.
@birfoizbilim
Parkovkada moshinada o’tribman…
Maktabga bozorlikka endi pul yoki vaqt topib kanselariya do’koniga kirib ketayotgan ota va bolaga ko’zim tushadi…
Moshinada esa podcastda John Lennox gapiryapti…
robotlar va aqlli tizimlar tez orada millionlab insonlarni butunlay ishsiz va daromadsiz qoldiradi…
hozirda odamsimon robotlar fabrikalarda odamlardan ko'ra ancha samarali va uxlamasdan ishlay boshladi…
yaqin kelajakda hatto advokatlar, dasturchilar va ijodkorlar ham o'z ish o'rinlaridan to'satdan ayrilishadi…
ushbu muammo boylar va kambag'allar o'rtasidagi farqni yanada kattalashtiradi…
Boshqalarni qancha pul topishiga rosa qiziqamiz, musobaqalarda o’rin olishga qiziqamiz…
Aynan shu narsani monetizatsiya qilish, ya’ni pul topadigan narsaga aylantirish mumkinmi?
Asadbek va Muhammadsaid degan ukamiz shu narsaga harakat qilib korishibdi va bu ishlayabdi manimcha 🙂
Chunki hozircha 12 soatda 1200$ ga yaqin pul ishlavoldi bular. soatiga 100$ ))
Proyekt - Sindr.uz (nomiyam yoqdi)
bizneslar o’zini biznesini pulga reklama qiladi… va reklama o’rinlari sotiladi. 1-2-3-o’rin qanaqadir mahsulotingiz yaxshiligi uchun emas, soqqez borligi uchun beriladi. Masalan NestOne ni tepasiga reklama qo’yaman desangiz ham, shu kriteriya ishlaydida. Soqqez bormi reklama qo’yasiz.
Kirib koringchi qancha soqqa qilibdi ekan bu bolapaqirlar. Man kirganimda 16 mln edi.
@birfoizbilim
Yakka kurash yoki jang san’ati muxlisi bo’lmasam ham, Lex va Habib Nurmugamedov o’rtasidagi suhbatni mazza qilb ko’rdim.
Tavsiya qilaman.
Ota, tarbiya, Xudo va boshqa ko’plab masalalarda Habibni yangidan kashf qildim.
Chuqur hayot falsafasi, intizom kabi jihatlarda o’rganadigan narsamiz ko’p undan.
Aytgancha, Lex ni ham alohida hurmat qilaman. Lex ni Tojikistonda tug’ilganligini yaqinda bildim…
PS: Lex juda ko’p insonlar bilan podcast oladi. Ilon Musk, Omar Soleiman, bir nachta prezidentlar, va h.k.
@birfoizbilim
Sheplar,
kanalga boost kerak bo’lyapti.
Nimadir qilaylik. ))
✊ Bo’ldi aka, mana boost!
Bizga tinmasdan biznes g’oyalar keladi. Ayniqsa AI zamonida. Shu g’oyalarimizni oddiy stress test qilishni bilishimiz kerak.
G’oya keldimi, maslahatlashadigan odam bilan gaplashganizdan keyin, quyidagi prompt bilan bitta tekshirib ko’ring:
Biznes g‘oyani stress-test qilish
Men quyidagi biznes g‘oyani ko‘rib chiqyapman: [g‘oya].
Uni hozir maqtama. Tandiqidiy tekshirib xulosa ber.
Faktlar, taxminlar va noma’lum jihatlarni ajrat.
Mijoz muammosi va hozirgi muqobil yechimlarni aniqla.
G‘oya muvaffaqiyatsiz bo‘lishining uchta eng kuchli sababini top.
O‘xshash bizneslar va ularning odatiy natijalarini hisobga ol.
Qaysi dalillar fikrim xato ekanini ko‘rsatishini ayt.
Yetti kunda o‘tkaziladigan eng arzon sinovni ishlab chiq.
Muvaffaqiyat, muvaffaqiyatsizlik va loyihani to‘xtatish mezonlarini belgila.
Xulosa berishdan oldin yetishmayotgan ma’lumotlar bo‘yicha savol ber.
Hech bo’lmasa shuni berib ko’raylik do’stlar.
Xurshid.
@birfoizbilim