paiziev24 | Unsorted

Telegram-канал paiziev24 - Paiziev24

13388

Akmal Paiziev — MyTaxi, Express24, Workly, Maxtrack asoschisi va hozirda Numeo.ai ustida ishlayapman.

Subscribe to a channel

Paiziev24

🚘 Tesla FSD v15 chiqishni boshladi. Nimalar o‘zgardi?

Tesla 21-noyabr kuni Full Self-Driving v15’ni ilk foydalanuvchilarga tarqata boshladi. Ilon Maskning aytishicha, yangilanish dekabrda kengroq tarqatiladi.

👀 Endi Tesla nima qilmoqchi ekanini ekranda ko‘rasiz. Yangi Tesla Reality View yo‘lni real vaqt rejimida tepadan ko‘rsatadi va tizim rejalashtirgan manevrlarni ekranga chiqaradi.

🛣 Mashina yo‘lni yaxshiroq taniydi. Tesla’ga ko‘ra, v15 chuqurlar, ko‘lmaklar, yo‘ldagi buyumlar va hayvonlarni yaxshiroq aniqlaydi. Maktablar yaqinida va yomon ob-havoda tezlikni yo‘l sharoitiga moslashtiradi.

🤖 Tesla’ning aytishicha, jiddiy vaziyatlarda haydovchining aralashuviga ehtiyoj 25 baravar kamaygan. FSD v15 ham Supervised rejimida ishlaydi. Haydovchi yo‘lni kuzatishi va kerak bo‘lsa boshqaruvni o‘z qo‘liga olishi kerak.

Menga eng qiziq joyi shu. Toshkentda Tesla chuqurni mendan oldin payqarmikan? 😄

Siz FSD’ni Toshkentda qaysi yo‘lda sinab ko‘rardingiz?

Читать полностью…

Paiziev24

Men sarmoya kiritgan yana bir kompaniya — Mediik. Avval u Madadio deb atalardi.

Mediik tarixi 2022-yil yozida boshlangan. Amerikadan qaytganimda dadam uyda yo‘q edilar. Bilsam, bir kun oldin yurak xurujini boshdan kechirib, shifoxonaga yotqizilgan ekanlar. Keyin dadamning yuraklarida operatsiya o‘tkazildi. O‘shanda yetuk kardiologlardan biri — Muzaffar aka bilan tanishdim. Operatsiyadan keyin dadamning tiklanishlari ancha vaqt oldi. Shu davrda bizni eng ko‘p qiynagan narsa kerak paytda shifokor bilan bog‘lanish va dadamning ahvollarini real vaqtda kuzatib borish imkoni yo‘qligi edi.

Shu tajribadan so‘ng Muzaffar aka bilan yurak xurujidan keyin tiklanayotgan bemorlar uchun telemeditsina ilovasini yaratishga kelishdik. Dastlab Huawei qurilmalarini dadamning qon bosimlarini o‘lchash uchun sinab ko‘rdik. Vaqt o‘tib, ilovani kengroq auditoriyaga moslashtira boshladik. Foydalanuvchilar o‘z salomatlik ko‘rsatkichlarini kuzatib borishlari uchun ilovani Apple Health, Google Health va fitnes bilaguzuklari bilan integratsiya qildik.

Bugun Mediik’ning o‘z fitnes brasleti (bilaguzuk) bor. Ularning dizayni WHOOP brasletini eslatadi, funksiyalari esa ko‘proq. Mediik yordamida iste’mol qilayotgan ovqatingizning kaloriyasini, jismoniy faolligingizni va uyqu sifatini kuzatib borishingiz mumkin. Ozish yoki fitnes bilan shug‘ullanish uchun ilovadan bilaguzuksiz ham foydalansa bo‘ladi. Ilovada telemeditsina xizmatlari ham mavjud.

Loyiha co-founder’i va bosh direktori Kamronbekning rejalari katta. Biz investor sifatida uni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Bugun oilamizning barcha a’zolari va do‘stlarim Mediik foydalanuvchilari.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

YC’ga topshiringlar, degandim. G‘oya olish uchun mening AI agentim o‘zbekcha sayt ham tayyorlab berdi.

YC’ning oxirgi uchta batchidan 42 ta startap: ular qanday muammoni yechyapti va shunga o‘xshash g‘oyani O‘zbekistonda qanday sinab ko‘rish mumkin?

Bir ko‘rib chiqing: https://yc-ilhom-uz.akmalpaiziev.chatgpt.site/

Kimdir hohlasa ko’proq idealarni jamlagan web-sayt yaratib izohlarda yuboring.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Agar siz AQShda bo‘lsangiz yoki bu yerga kela olsangiz va katta kompaniya qurishni orzu qilsangiz, San Francisco (Bay Area) buning uchun eng zo‘r joy.

Men faqat texnologik kompaniyalarni nazarda tutmayapman. Kelajakda har qanday yirik kompaniya texnologiyaga tayanadi. San Francisco dasturiy ta’minot bilan birga ishlab chiqarish va qurilmalar bilan bog‘liq kompaniyalarni boshlash uchun ham zo‘r imkoniyatlar beradi.

Faqat ko’chib kelib Uber va DoorDash bilan ovvora bo’lib qolish kerak emas. Startap qurish kerak.

Immigrant asoschilarga boshlang‘ich investitsiya kiritadigan investorlar eng ko‘p San Franciscodan 50 km radiusda jamlangan.

Amerikaning boshqa shtatlarida ham bunday imkoniyatlar bunchalik ko‘p emas.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Kecha Toshkent shahar hokimi o’z yordamchilari va bir nechta katta biznes egalari bilan Silikon Vodiysiga kelishdi. OpenAI, Nvidia, Coursera va yana bir necha kompaniyalarda uchrashuv o’tkazishdi.

Ularning menga yoqqan gapi: “Yonimdagilarga bino qurishdan ko’ra, startaplarga, texnologik kompaniyalarga investitsiya kattaroq foyda keltirishi mumkinligini ko’rib, gapirib kelayapman.” deganlari.

Bizning davlat arboblari Silikon Vodiysiga tashrifi ko’paygani odamni hursand qilmoqda.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Numeo mobil ilovasini foydalanuvchilari soni 50.000 ga yetdi. Ilova asosiy funktsiyalaridan biri bu yukni olishni osonlashtirish. Broker bilan AI yordanida email va telefon orqali kommunikatsiya o’rnatish.

Ko’p o’ziga yuk olishi mumkin bo’lgan haydovchilar til sababli brokerga qo’ng’iroq qilishga qo’rqishadi. Biz shu muammoni yechdik. Bizning AI broker bilan gaplashadi, mobil ilovada esa uning gaplari tarjimasi ko’rinadi.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Bugun Anthropic IPO’sidan so‘ng kompaniya aksiyalari bozorga chiqdi. Anthropic katta kompaniya bo‘lishiga ishonaman, lekin aksiyalarini olmadim. Uning o‘rniga O‘zbekistondagi ikkita startapga investitsiya kirityapman.

Anthropic’ning o‘sishiga ta’sir qila olmayman: mensiz ham unga investitsiya qiladiganlar ko‘p. Yangi startaplarga esa puldan tashqari, boshqaruvda ham yordam bera olaman.

Bu startaplarning muvaffaqiyat qozonmaslik xavfi katta. Ammo muvaffaqiyat qozonishsa, ta’siri ham kattaroq bo‘ladi: yangi founderlar yetishib chiqadi, jamiyatga foydali loyihalar paydo bo’ladi.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

AI yordamida kreativ ishlab chiqarish tezligini 10 barobar oshirdik. Endi esa video editor qidiryapmiz. Nega?

Bir necha oy oldin production designerimiz AI yordamida yana bitta video editorning ishini ham bajara boshlagani haqida yozgandim. Natijada kreativ ishlab chiqarish imkoniyatimiz deyarli 10 barobar oshdi.

Lekin kompaniya o‘sgani sari yangi muammolar ham paydo bo‘lyapti.

Performance marketing budjetlarimiz oshyapti, yangi foydalanuvchilarni jalb qilish va mavjudlarini ushlab qolish uchun esa tobora ko‘proq kreativlarni test qilishimiz kerak. Ya’ni, o‘sish tezligini saqlab qolish uchun kontent ishlab chiqarish tezligini ham doimiy oshirib borishimiz kerak.

Avval bitta outsource editor yolladik. Keyin production studiyalar bilan ishlash variantini ham ko‘rib chiqdik. Lekin bu yechimlarning hech biri bizga kerakli tezlik va moslashuvchanlikni to‘liq bera olmadi. Startupda esa tezlik juda muhim.

Shu sababli Numeo jamoasiga yana bitta video editor olishga qaror qildik. Maqsadimiz shunchaki ko‘proq video chiqarish emas, balki kreativlarning soni va sifati o‘rtasidagi balansni saqlagan holda tezroq eksperiment qilish.

Bu tajribadan chiqargan xulosam: AI ishimizni bir necha barobar tezlashtirishi mumkin, lekin kompaniya o‘sgani sari odamga bo‘lgan ehtiyoj har doim ham kamayavermaydi.

Chunki AI’ga ham to‘g‘ri yo‘nalish beradigan, natijani baholaydigan va sifat uchun javobgarlikni oladigan mutaxassis kerak.

@latipovasamira

Читать полностью…

Paiziev24

Akmal aka Payziyev @paiziev24 ni tinglaş doim qiziq. U MyTaxi va Express24 asosçisi, hozir esa AQŞda Numeo AI'ni quryapti. Yaqinda u Tatyana Şalunovaning podkastida böldi, bir qismini ikki marta qayta eşitdim.

Birinçi fikr — moda bölgan «operatsion işlardan çiq» maslahati haqida. Akmal akaning aytişiça, bu har doim ham işlamaydi: yollanma direktor «men bu yerda vaqtinçaman» deb öylaydi va kamroq tavakkal qiladi. Dadil qarorlarni asosçi qabul qiladi. Menimça, bizda köp biznes egalari rulni juda erta boşqalarga beradi, keyin esa kompaniya nega ösmay qolganiga hayron böladi.

Ikkinçisi — intellekt narxi haqida. Ilgari kiçik biznes korporatsiyalarga ğoya emas, odamlar sababli yutqazardi: kuçli marketolog, analitik, yurist uçun pul yöq edi. Hozir intellekt deyarli tekin bölib boryapti, sunʼiy intellektli bitta tadbirkor butun bölim kuçiga ega bölmoqda.

Uçinçisi — tezlik. Katta kompaniyaga özgariş uçun bir yil kerak, kiçigiga bir hafta yetadi. Men bunga töliq qöşilaman: byudjeti kattasi emas, birinçi boşlagani yutadi.

Bu qismni Kotib Assist'da özbek tiliga Akmal aka va Tatyananing öz ovozlarida dublyaj qildik. Ovozni bizning öz modelimiz klonlaydi. Bunday audio trekni YouTube'ga alohida yuklaş mumkin, tomoşabin tilni özi tanlaydi: bitta video — ikki auditoriya. Video dublyajini yoki darhol öz ovozingizda dublyajni sinab köring.

Töliq podkastda yana köp qiziq gaplar bor 👉 podkastni körish

Rahbarlar, rostini aytsangiz: hali operatsion işlardamisiz yoki ularni direktorga topşirdingizmi? Afsuslanmayapsizmi?

На русском

@pulatov_kh_uz

Читать полностью…

Paiziev24

Kecha - bugun Tinch okeani tinch emas. To’lqin balandligi ayrim joylarda 20 metrgacha etibdi.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Ikki oy avval Jamshid Kaliforniya xaqida ko’rsatuv qilishga kelgan edi. Shu ko’rsatuvi Youtube ga chiqibdi.

Birga Yosemite va Sequoia parklariga borgan edik.

https://youtu.be/C4uT8mtTOfo?is=cpmGTAno1BjhRfkD

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Kelin bola ijodlaridan. Uy vaziflari tabiatni chizish: uyimiz ro’parasidagi uy, Half Moon Baydagi qoyalar, Taho yo’lidagi qor..

Boshqa rasmlar bu yerda.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Bu bemanigarchilikni to’htatish kerak.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Agentic commerce.

Kecha yangi bosh kiyim olaman deb Sports Basementga bordim. Ularda menga mosi yo’q ekan. Keyin Instinct ga aytdim, u mening a’zolik chegirmamni qo’llab DoorDash orqali buyurtma berdi, o’zi kiritib qo’ygan kartamdan pul to’lab yubordi. Saytda buni qilish ko’p vaqt oladi.

Bu birinchi buyurtmam emas.

Agentic savdo juda katta bo’ladi.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Xitoy modellari yomon, Xitoy modellari yaxshi.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Mediik terapevt va kardiologlar bilan hamkorlik qilishga ochiq, agar qiziqish bo’lsa, izohlarda hoy devoring.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Я бы хотел, чтобы молодые люди из Узбекистана чаще задавали себе вопрос не только «Как добиться успеха у себя дома?», но и «Как стать одним из лучших в мире?»

Это разные масштабы амбиций.

И второй совершенно не требует отказываться от первого.

Читать полностью…

Paiziev24

O‘zbekistonliklar ommaviy ravishda Green Card’ga ariza topshirganidek, yoshlar ham 15 yoshdan boshlab Y Combinator’ga ommaviy ariza topshiringlar.

Y Combinator’ga kirish — katta g‘oyalar va ko‘p urinishlar o‘yini. Hozircha kompaniyangiz bo‘lmasa ham faqat g’oya bilan ariza topshirsa bo‘ladi.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

qiziq, hokim haqidagi postimda izoh berish o’chirilib post bo’libdi, hech bunday bo’lmagan edi..

Читать полностью…

Paiziev24

Investitsiyalar mavzusi davomi.

2020-yilda avvalgi investitsiya tajribamdan kelib chiqib, menga faqat ko‘proq pul keltiradigan investitsiyalar qiziq emasligini tushundim. Startaplar va bizneslarga sarmoya kiritib, pul bilan birga jamiyat uchun ham foyda va qiymat yaratish men uchun muhim. Bunday investitsiyalar impact investments deb ataladi.

2021-yilda texnologik kompaniyalar o‘sib borayotganini ko‘rib, ularga mos ofis binosi qurishni boshladik. Binoni qurib, shunchaki ijaraga berish oson edi, lekin bu menga qiziq tuyulmadi. Startaplar yig‘iladigan, yangi g‘oyalar muhokama qilinadigan joy yaratish haqida o‘ylay boshladim. Shu tariqa birinchi binomizga jamiyat uchun foyda yaratadigan texnologik kompaniyalarni birlashtirish g‘oyasi bilan Impact.T Technology Hub deb nom berdik.

Birinchi tadbirimizni 2022 yil 2-fevral kuni Botir Arifdjanov bilan AI mavzusida o‘tkazgan edik.

O’tgan yili 350 dan ortiq tadbirlarga katta zallarimizni bepul berdik. Masalan siz tadbir o’tkazmoqchi bo’lsangiz va u foyda uchun (non-profit) qilinamsa bizning konferents markazimizdan bepul foydalanishingiz mumkin.

Keyin san’atga bag‘ishlangan Impact.T Studio ochildi. Impact.T’da bir nechta startaplar paydo bo‘ldi va biz jamiyatga foyda keltiradigan bir qancha kompaniyalarga investitsiya kiritdik.

Ular haqida keyingi postlarda yozaman.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Introducing Numeo One AI-first TMS.

No more clicking through tabs or waiting on a manager to call back. Just ask for this week’s gross, your best-paying lanes, or what needs attention right now. Get the answer in seconds.

Goodbye, TMS. Hello, AI agents.

Book your demo at numeo.ai

@numeoai

Читать полностью…

Paiziev24

Don't go to Turkey

Challenge yourself. Find investors

Tarjimasi: Soch to’kilishi bu pul muammosi. Turkiyaga borma. O‘zingni sinab ko‘r. Investorlar top.

Kal do’stingizga yuborib qo’ying.

*from Linkedin.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Hiring: Video Editor

Location: Tashkent, Uzbekistan (On-site)
Employment: Full-time

We’re looking for a Video Editor who thinks beyond cuts and transitions, takes ownership, and wants to make a real impact. You’ll work closely with the growth and product managers, engineers, and founders to create content about our AI-powered products in a fast-moving startup.

About Numeo

Numeo AI builds AI-powered products for the American trucking industry. We help trucking companies simplify their operations through automation and intelligent tools.

What You’ll Do

- Edit engaging videos for social media, ads, product demos, and the website.
- Turn raw footage, screen recordings, and ideas into clear, compelling stories.
- Create short-form content for platforms like LinkedIn, YouTube, Instagram, and TikTok.
- Add motion graphics, captions, sound design, and color correction.
- Work with the growth and product teams from concept to final delivery.
- Use performance data and feedback to improve future content.
- Use AI tools to speed up editing, captioning, voiceover, and content production.
- Take ownership of video projects and come up with your own creative ideas.

What We’re Looking For

- 1 years of experience in video editing.
- Strong skills in Premiere Pro, After Effects, DaVinci Resolve, or similar tools.
- A portfolio that shows your storytelling, pacing, and editing style.
- Understanding of short-form content and social media trends.
- Hands-on experience using AI tools in video workflows.
- Good communication skills in English and Uzbek.
- Comfortable with the pace, flexibility, and demands of an early-stage startup environment.

Nice to Have

- Graphic design skills (thumbnails, social visuals, ad creatives).
- Experience with Figma.
- Motion design and animation experience.
- Experience filming and directing simple shoots.

Send your CV and portfolio to jobs@numeo.ai

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Rus tilida bo’lgan intervyuni Kotib AI yordamida dublyaj qilishibdi.


@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Jensen Huang ketishi va Nvidia haqida fikrlarim.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Shuhrat Latipov “O’zbekiston gazi bilan nima bo’layapti?”degan savolga javob izlabdi. O’qing.

/channel/latipovuzb/131

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Palo Alto atrofida hacker house (yashash va ishlash bir joyda degani) qilmoqchimiz. Numeo ga Palo Altoga ko’chib yashay oladigan Sales va Growth product rollariga odam qarayapmiz. Growthga 2 ta intern ham olamiz. Qiziqsangiz jobs@numeo.ai ga cover letter bilan resume yuboring.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Jensen Huang Nvidia direktorligidan (CEO) ketmoqda. Qoldirishadi deb o’ylagan edim.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Ertangi vs. bugungi kun biznes modeli.

@paiziev24

Читать полностью…

Paiziev24

Hiring: Product Designer

Location: Tashkent, Uzbekistan (On-site)
Employment: Full-time

We’re looking for a Product Designer who thinks beyond interfaces, takes ownership, and wants to make a real impact. You’ll work directly with customers, engineers, and founders to build and improve AI-powered products in a fast-moving startup.

About Numeo

Numeo AI builds AI-powered products for the American trucking industry. We help trucking companies simplify their operations through automation and intelligent tools.

What You’ll Do

- Design intuitive experiences for web and mobile products.
- Talk to customers to understand their needs and challenges.
- Create user flows, wireframes, and high-fidelity designs in Figma.
- Collaborate with product managers and engineers from concept to launch.
- Use user feedback and product data to improve existing experiences.
- Leverage AI tools to accelerate research, ideation, prototyping, and design workflows.
- Take ownership of design tasks and proactively suggest solutions.

What We’re Looking For

- 3 years of experience in Product or UX/UI Design.
- Strong understanding of UX principles and product thinking.
- A portfolio demonstrating problem-solving and design decisions.
- Experience working with developers to ship products.
- Hands-on experience using AI tools in design workflows.
- Good communication skills in English and Uzbek.
- Comfortable with the pace, flexibility, and demands of an early-stage startup environment.

Nice to Have

- Startup experience.
- Experience with user research and product analytics.
- Familiarity with design systems and frontend development.
- Experience with AI-assisted prototyping and development tools.

Send your CV and portfolio to jobs@numeo.ai

@latipovasamira

Читать полностью…
Subscribe to a channel