3747
Head of Growth at Numeo | Hiring: numeo.ai/careers Growth | Startups | PM | T1D Mom 2nd channel: @SL_DailyGrowth http://linkedin.com/in/samiralatipova DM: @samiralatipova
Tesla 2027-yil o‘rtalaridan Cybertruck ishlab chiqarishni to‘xtatishni rejalashtiryapti ekan.
Zavod yiliga 125 mingdan ortiq Cybertruck ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lsa-da, 3 yil ichida jami 70 mingta avtomobil sotilgan. Sotuv yildan yilga kamaygan.
Bugun ko‘plab yirik kompaniyalar mijozlarga qulaylik va real qiymat yaratish bilan birga, aksiyalar narxi va investorlar kutgan doimiy o‘sishni ham ta’minlashga majbur.
Bozor doim yangilik, katta loyihalar va o‘sish kutadi. Ba’zida shu bosim ostida mahsulotning mijoz uchun qanchalik foydali ekani ikkinchi planga tushib qolishi mumkin.
@latipovasamira
AI sabab SaaS «o‘ladimi»? Unda bunday startaplarga investitsiya qilishning ma’nosi qoladimi?
«SAAS по понятиям» kanali muallifining kofe haqidagi misoli menga yoqdi. Men specialty do‘kondan don olib, o‘zimga filtr kofe tayyorlayman. Kimdir kafedagi servis uchun pul to‘laydi. Kimdir растворимый kofedan mamnun, kimgadir umuman choy kerak.
Menimcha, AI bilan osongina takrorlash mumkin bo‘lgan funksiyaning o‘zi uchun pul olish qiyinlashadi. Lekin dastur yasash bilan odamlar ishonadigan, kundalik ishida foydalanadigan servis qurish bir xil narsa emas. Agentlar ko‘p vazifalarni o‘ziga olsa ham, bu farq qolishi mumkin.
Yaqinda Delever ham AloqaVentures va Nexus Club’dan $380 ming investitsiya jalb qilibdi. Platforma restoran va do‘konlarga turli kanallardan kelgan buyurtmalar, kuryerlar va yetkazib berishni bitta tizimda boshqarishga yordam beradi. AloqaVentures unga takroran sarmoya kiritibdi. Bu misolda meni alohida funksiyadan ko‘ra, biznesning kundalik ishiga singib ketgan servisning qiymati o‘ylantiradi.
Shuning uchun investor sifatida «bu dastur nima qila oladi?» degan savoldan ko‘ra, «uni takrorlash osonlashganda ham mijoz nega shu yerda qoladi?» degan savol meni ko‘proq qiziqtirardi.
Balki SaaS’ga investitsiya qilishning ma’nosi yo‘qolmayotgandir. Shunchaki yaxshi investitsiya deb hisoblash uchun talablar o‘zgarayotgandir.
@latipovasamira
Birinchi sezilarli kapitalimni marketing agentlik biznesida ishlab topganman. Juda asabiy, lekin qiziq tajriba bo‘lgan.
Menimcha, agentlikda ikkita narsani juda-juda yaxshi qilish kerak:
Sotish va Hiring.
Yaxshi (adekvat😅) klientlarni topish, ular bilan normal chekda va uzoq muddat ishlash.
Shu bilan birga kuchli, kreativ va o‘sishni xohlaydigan odamlarni jamoaga tinimsiz jalb qilish va ularning o‘sishi uchun muhit yaratish.
Xizmat sifati, albatta, muhim. Lekin kuchli natija ko‘pincha faqat agentlikka bog‘liq emas. Klientning jamoasi, mahsuloti, sizga bo‘lgan ishonchi va qancha erkinlik berishi ham juda katta rol o‘ynaydi.
Shuning uchun mening asosiy tavsiyam: odamlar siz bilan ishlashni va siz bilan birga o‘sishni xohlaydigan muhit yarating.
Yaqinda Lokals agentligi asoschisi Farhod Norbayev bilan gaplashkandik. Ularning yangi research’i menga aynan shu yondashuvning yaxshi misolidek ko‘rindi.
Bir tomondan klientlarga: “biz bozorni chuqur o‘rganamiz” degan signal.
Ikkinchi tomondan kuchli marketologlarga: “bu yerda qiziq vazifalar bor” degan signal.
Zo‘r yondashuv. Like it.
@latipovasamira
Butun tizimning bitta o‘yinchiga haddan tashqari bog‘lanib qolgani - juda yomon signal deb o’ylayman.
@latipovasamira
Oxirgi paytlarda bor pulini startupga tikib, juda og‘ir sharoitda yashayotgan founderlar haqida ko‘p o‘qiyapman.
Menga, to’g’risi, bu holatni romantizatsiya qilinishi yoqmaydi. Go‘yoki haqiqiy founder albatta pul yetishmovchiligi, qarz va doimiy stressdan o‘tishi kerakdek.
Yaqinda iqtisodchi Behzod Hoshimov shu podcastda qiziq fakt bilan bo’lishdi: doimiy moliyaviy muammolar haqida o‘ylayotgan odamning holati bir necha kun uxlamagan odamning holatiga o‘xshar ekan.
Menimcha, moliyaviy beqarorlik shunchaki noqulaylik emas, u inson organizmi uchun doimiy stress. Bunday holatda yaxshi qaror qilish, uzoq muddatli o‘ylash va yaxshi product qurish juda qiyin.
Balki hali successful startup qurmagan odam sifatida maslahat berish menga emasdir (uzr, gapirmasam bo’lmadi). Lekin yosh va ayniqsa oilali founderlar bunday g’alati propagandaga ishonib, qarzga startup qilishlarini umuman to‘g‘ri deb bilmayman.
Startup qilish o’zi katta stress va noaniqlik. Uni ataylab survival mode’da qilish shart emas.
Imkon bo‘lsa, investment ko‘taring, passiv daromad yarating va startupni resurs bor holatda quring.
@latipovasamira
VCda discrimination aniq bor.
Masalan: faqat ayollar tomonidan asos solingan startuplar AQShdagi jami venchur kapitalining atigi 1% ga yaqinini olgan.
Taqqoslash uchun, 2023-yilda bu ko‘rsatkich taxminan 2% edi.
@latipovasamira
Bu kanalni boshidan product, growth va umuman menga qiziq bo‘lgan jiddiyroq mavzular haqida yozish uchun boshlaganman.
Lekin kun davomida hayolimga keladigan random fikrlar, ishdagi voqealar, shaxsiy kuzatuvlar juda ko‘p bo’ladi. Ularning hammasini bu yerga post qilishni xohlamayman. Shuning uchun ikkinchi kanal ochdim.
U yerda daily life, personal growth, startup ichidagi hayot va mening random fikrlarim bo’ladi.
+ balki auditoriya bilan ko‘proq gaplashadigan joy ham aynan o‘sha kanal bo‘lar. I hope.
Qiziq bo‘lsa, welcome: /channel/SL_DailyGrowth
@latipovasamira
Yaqinda bir IT Community a'zosi tomonidan ajoyib bir kitob tavsiya qilindi.
Kitob nomi Talking to Humans, va asosiy ma'nosi mijozlarni yaxshiroq tushunish, to'g'ri savollar berish.
U early stage founderlar uchun juda foydali ekan va oddiy tilda yozilgan.
O'qib, feedback berarsizlar 😉
Tasavvur qiling, siz startupda Product Managersiz. Vazifangiz: productni/userlarni va revenue’ni o‘stirish.
Yangi userlar olib kelishga harakat qilasiz. Feature yasaysiz. Experiment’lar launch qilasiz. Hammasi PM kitoblarida yozilgandek.
Lekin nimagadir product UCHMAYAPTI. Va shu paytda savol tug‘iladi:
Yana nima qilish kerak?
Menimcha, birinchi navbatda reality’ni qabul qilish kerak.
Siz hamma narsaga ta’sir qila olmaysiz. PMF’i yo‘q productni faqat yaxshi product management bilan uchirib yuboradigan superhuman ham emassiz!
Lekin bu “hech narsa qilib bo‘lmaydi” degani emas. Shunchaki yana userlarga qaytib muhim savollarga javob topish kerak:
Nega productdan foydalanmayapti? Nega bir marta kirib, qaytib kelmayapti? Biz aslida qaysi problem’ni solve qilyapmiz? Bu muammo odamlar uchun yetarlicha katta va og‘riqlimi?
Shu bilan birga marketni ham qayta research qilish kerak. Balki muammo productda emas, marketning o‘zidadir. Umuman bu bozorda PMF uchun aniq signal bormi?
Shundan keyin yana gipoteza generatsiya qilish. Yana CustDev qilish. Yana experiment qilib ko’rish tsikliga qaytish kerak.
Ishlamadimi - nima uchun ishlamaganini tushunib, boshqacha qilib yana urinib ko‘rish.
Qancha ko‘p sifatli urinishlar qilsangiz, success ehtimoli ham shuncha oshadi.
Oxirida milliarder bo‘lishingizga hech kim kafolat bermaydi. Lekin shu yo‘lda product qurishni, sotishni, userni va marketni tushunishni o‘rganasiz. Millioner bo‘lish shansi esa aaancha yuqoriroq.
Menimcha, shu ehtimolning o‘zi ham bu yo‘lni bosib o‘tishga arziydi. Yana bilamdim…
@latipovasamira
Muhandisdan Product Engineer’gacha
Numeo’ga Growth bilan shug‘ullanish uchun qo‘shilganimda, avvalo odamlar e’tiborimni tortdi. Hamma juda juda tez ishlaydi, yangi narsalarni o‘rganishga qiziqadi va umumiy atmosfera growth oriented.
Ko‘pchilikda product va growth’ga qiziqish borligini payqab, bir fikr keldi: muhandislarga Product Engineer bo‘lib o‘sishga yordam bersak-chi?
G‘oya oddiy: muhandis foydalanuvchining muammosini o‘zi o‘rganadi, yechim ishlab chiqadi va natijasini kuzatadi. Bu mahsulotni tezroq rivojlantirishga yordam berishi mumkin.
Oldingi urinishlarimiz o‘xshamagan bo‘lsa ham, yana sinab ko‘ryapmiz. Bollar bilan foydalanuvchilarni tushunish va mahsulot ko‘rsatkichlarini yaxshilash ustida ishlayapmiz. Ularning bunga ishtiyoq bilan kirishgani meni quvontiryapti.
Hamkasbim Bekzodbek Turgunov kanalida shu jarayon va o‘rganganlari haqida yozib boryapti. Qiziqsangiz, kuzatib boring!
Men uchun ham bu yangi tajriba. Ko‘ramiz. Update bo’lsa, shu yerda bo’lishaman.
@latipovasamira
Yaqinda video editor vakansiya ochgandik. Bugun Codex’ni ishga olib, vakansiyani yopdik😅
To’g’rirog’i, bizni jamoada ishlaydigan Ibrohim Codex-ni ishlatib, o’zi shu qarorga keldi.
Sal qimmatroq obuna bilan kreativlar yetishmasligi muammosi ham hal bo‘ldi. Bu yana bitta human mutaxassis yollashdan bir necha barobar arzon tushdi.
Qiziq zamonda yashayapmiz.
@latipovasamira
Hozir Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinsonning «Tor yo‘lak» kitobini o‘qiyapman. Ular erkinlikni jamiyat bir marta erishib, keyin undan shunchaki foydalanib yashayveradigan holat sifatida tasvirlamaydi.
Erkinlik juda tor yo‘lak ichida mavjud bo‘ladi – kuchli davlat va kuchli jamiyat bir-birini doimiy ravishda muvozanatda ushlab turgan joyda.
Zaif davlat xavfsizlikni, qonun ustuvorligini va barcha uchun teng qoidalarni ta’minlay olmaydi. Ammo jamiyatdan ancha kuchli bo‘lib ketgan davlat asta-sekin uning erkinligini cheklay boshlaydi.
Kitobda qiziq bir metafora bor – «Qizil Qirolicha effekti». Bu nom «Alisa sehrli oyna ortida» asaridan olingan: unda Qizil Qirolicha hech bo‘lmasa o‘z joyingda qolish uchun ham bor kuching bilan yugurish kerakligini aytadi.
Shuning uchun mualliflar bu jarayonni cheksiz poygaga qiyoslaydi: davlat o‘z institutlarini kuchaytiradi – jamiyat ham yanada yetuk, uyushgan va talabchan bo‘lib borishi kerak. Jamiyat kuchaysa, davlat ham samaraliroq va hisobdor bo‘lishga majbur bo‘ladi.
Menimcha, mustaqillikka ham taxminan shunday qarash kerak. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston davlat mustaqilligini e’lon qildi. Bu jamiyatga o‘z kelajagini mustaqil belgilash uchun katta imkoniyat berdi.
Mustaqillik va erkinlikka erishgandan keyin ham ular uchun har kuni kurashish, ularni kuchli institutlar, mustaqil sud, erkin matbuot va raqobatbardosh iqtisodiyot orqali mustahkamlab borish kerak. Noqulay savollarni berish huquqi va fuqarolarning davlat qarorlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi zarur.
O‘zbekistonga kuchli davlat kerak. Davlatimiz tobora kuchayib bormoqda va hozircha bu poygada jamiyatdan ancha oldinda ketmoqda, istiqbolda esa haddan tashqari kuchayib, despotik tus olish xavfini yaratadi. Menimcha, endi jamiyat ham kuchliroq bo‘lishi – davlatni cheklashga ko‘proq qodir bo‘lishi muhim. Bu davlatning o‘zi uchun ham foydali bo‘ladi, chunki unga xatolardan qochishga yordam beradi.
Mustaqillik bayrami muborak, O‘zbekiston🇺🇿
@latipovuzb
O'zbekiston 35 yilligi arafasida aytib o'tish kerakki, dunyoda O'zbekiston iqtisodi eng tez o'sayotgan davlatlar qatorida.
Biz bilan teng yoki kattaroq iqtisodiyotlardan faqat Hindiston va Vietnam bizdan tezroq o'sayabdi.
Kichik iqtisodiyotga ega bo'lgan davlatlar foizda kattaroq o'sish ko'rsatishi mumkin, bu masalan katta Google kabi kompaniyalar yiliga 1% o'sish ko'rsatsa, yangi startaplar o'zi kichik bo'lgani uchun 300% ko'rsatishi mumkin, lekin ular bu bilan Google darajasida degani emas.
Meni 2016-yil dadam saylovga olib borgan va men dadamni nomidan Mirziyoyevga ovoz berganman va bu tanlovimdan hozircha afsus qilganim yo'q va hozirgi O'zbekiston uchun rahmat aytishim kerak, lekin kelajakda nima bo'lishini bilmayman.
O'sishimiz bardavom bo'lsin! Yangi avlodlar orasida ko'plab talantlar borligiga ishonaman, muhimi birlasha olishimiz kerak.
Mustaqilligimiz bilan!
Nega Prezident maktablaridan kuchli kadrlar chiqayapti?
Buning bir nechta sababi bor, lekin menimcha, eng muhimlaridan biri - raqobatli saralash.
2025-yilda Prezident maktablariga 49 924 ta ariza topshirilgan ekan. Qabul kvotasi esa atigi 336 ta o‘rin bo‘lgan. Ya’ni o‘rtacha 1 ta o‘rin uchun 148 nafar talabgor raqobat qilgan.
Hozir O‘zbekistonda 14 ta Prezident maktabi faoliyat yuritmoqda. 2024/25 o‘quv yilida ularni 330 nafar o‘quvchi bitirgan.
Yana bir qiziq raqam: Prezident maktablari bitiruvchilarining 80%ida SAT sertifikati borligi qayd etilgan.
Bu natijalarni faqat maktabdagi ta’lim sifati bilan tushuntirish qiyin. Chunki bu maktablarga kirishning o‘zidayoq juda kuchli competitive selection mavjud.
Va bu muhim!
Agar bir joyda 100 ta odam uchun 1 ta imkoniyat bo‘lsa, odamlar o‘z ustida ko‘proq ishlaydi. Keyin esa kuchli nomzodlar bir muhitda o‘qib, bir-birini yanada rivojlantiradi.
Menimcha, raqobat har qanday tizimning o‘sishi uchun eng kuchli mexanizmlardan biri.
Shuning uchun ta’limda eng salohiyatli bolalarni adolatli saralash, ularga kuchli muhit yaratish va yuqori standart qo‘yish bilan birga hamma uchun bir xil sharoitlarni ta’minlash muhim.
Chunki kuchli kadrlar ko‘pincha faqat kuchli ta’limdan emas, kuchli muhit va yuqori raqobatdan ham yetishib chiqadi.
@latipovasamira
Klassik loyiha qilish - bu xuddi oldindan qurib qo‘yilgan yo‘lda harakatlanishga o‘xshaydi. Yo‘lda ma’lum qoidalar bor va siz ularga amal qilasiz.
Startap qilganingizda, ko‘pincha finishda nima bo‘lishini taxminan bilasiz, lekin finishgacha bo‘lgan yo‘l hali qurilmagan bo‘ladi.
Shuning uchun o‘zingiz trailblazer bo‘lib, yo‘lni North star tarafga qarab ochishingizga to‘g‘ri keladi. Buning uchun gipotezalar, custdevlar, minglab eksperimentlar, xatolar va doimiy o‘zgarishlar kerak bo‘ladi.
Eng muhimi: to‘xtab qolmaslik va o‘sish tempini pasaytirmaslik.
PS: shu postdan keyin qo’shimcha qildim
@latipovasamira
Hiring: Product Designer
Location: Tashkent, Uzbekistan (On-site)
Employment: Full-time
We’re looking for a Product Designer who thinks beyond interfaces, takes ownership, and wants to make a real impact. You’ll work directly with customers, engineers, and founders to build and improve AI-powered products in a fast-moving startup.
About Numeo
Numeo AI builds AI-powered products for the American trucking industry. We help trucking companies simplify their operations through automation and intelligent tools.
What You’ll Do
- Design intuitive experiences for web and mobile products.
- Talk to customers to understand their needs and challenges.
- Create user flows, wireframes, and high-fidelity designs in Figma.
- Collaborate with product managers and engineers from concept to launch.
- Use user feedback and product data to improve existing experiences.
- Leverage AI tools to accelerate research, ideation, prototyping, and design workflows.
- Take ownership of design tasks and proactively suggest solutions.
What We’re Looking For
- 3 years of experience in Product or UX/UI Design.
- Strong understanding of UX principles and product thinking.
- A portfolio demonstrating problem-solving and design decisions.
- Experience working with developers to ship products.
- Hands-on experience using AI tools in design workflows.
- Good communication skills in English and Uzbek.
- Comfortable with the pace, flexibility, and demands of an early-stage startup environment.
Nice to Have
- Startup experience.
- Experience with user research and product analytics.
- Familiarity with design systems and frontend development.
- Experience with AI-assisted prototyping and development tools.
Send your CV and portfolio to jobs@numeo.ai
@latipovasamira
Lenny’ning Molly Graham bilan podcastini eshitib, hozir tech’dagi burnout haqida bir nechta fikrlarim ancha tiniqlashdi.
1. Grief - eski professional identity’ni yo’qotish hissi
Masalan, siz 10 yil yaxshi PM, designer yoki engineer bo’lishni o’rgandingiz. Keyin AI kelib, siz yillar davomida skill qilgan ishning katta qismini bir necha daqiqada qila boshlaydi.
Rational tarafdan bu juda zo’r: productivity oshadi. Lekin emotional tarafdan boshqa savol:
“Agar buni AI ham qila olsa, mening qiymatim nimada?”
Molly buni grief deb ataydi. Ya’ni odamlar faqat charchamayapti, ular eski ish uslubi, eski skill’larining qiymati va professional identity’sining bir qismini ham yo’qotyapti.
2. AI delegation mental load’ni har doim ham kamaytirmaydi
Molly’ning mashhur “Give away your Legos” konsepti bor. Oldin karyerada o’sish uchun eski vazifalaringizni boshqalarga делегировать qilib, keyingi level’ga o’tardingiz.
Odamga vazifani topshirsangiz, bir payt kelib u vazifa sizning zimmangizdan chiqadi.
AI’da boshqacha. Prompt berasiz, context berasiz, natijani tekshirasiz, xatolarni topasiz, yana qayta ishlatasiz. Oxirida responsibility ham sizda qoladi.
Shuning uchun AI execution’ni kamaytirishi mumkin, lekin mental load’ni avtomatik kamaytirmaydi.
Ba’zida aksincha. Endi bitta odamdan bir vaqtning o’zida manager, strategist va juda tez ishlaydigan IC (individual contributor) bo’lish kutilmoqda.
3. Productivity oshdi, human capacity esa yo’q
AI bilan output juda tez oshdi. Lekin odamning diqqati, emotional capacity’si va bir kunda qabul qila oladigan qarorlari soni shu tezlikda oshgani yo’q.
Kompaniyalardagi expectation esa allaqachon oshib ketgan:
“AI bor-ku, buni tezroq qilish mumkin.”
“Oldin uch odam qilgan ishni endi bittasi qiladi.”
Til bayrami munosabati bilan Tilmoch-dan shunaqa ajoyib sarpo keldi✨
Kanal yuritishni endi boshlagan paytlarimda Tilmoch menga juda katta yordam bergan. O‘zbekcha yozishni ancha osonlashtirib, ko‘p vaqtimni tejagan.
Rahmat Tilmoch jamoasiga!
@latipovasamira
Kechagi postimdan keyin bir perspektiv founder bilan investorlar haqida gaplashdik.
U startupini angel club’ga pitch qilgani ketayotgan ekan. U yerda asosan katta kapitali bor “hoji akalar” auditoriyasi ekan.
Men bunaqa club’lardan shu vaqtgacha uzoq yurganman. Muhit erkaklar uchun qurilgandek tuyulardi, o’zimni “лишний” his qilardim.
Lekin bitta narsani tushundim: startup ekotizimini faqat founderlarni o‘qitib rivojlantirib bo‘lmas ekan. Investorlarni ham o‘qitish kerak ekan.
Chunki bizda xususiy kapital bor. Juda ko‘p. Faqat ko‘pchilik puli bor odamlar hali venture investment bilan oddiy biznesga pul tikish farqini yaxshi tushunmaydi.
O’sha founder aytishicha, 3-4ta VCdagi akalar (Davron aka, Dilmurod aka va boshqalar) o’sha hoji akalarni angel investment qilishga o’rgatishyapti ekan. Menimcha, bu juda sog‘lom model:
Boy tadbirkor pulini ko‘paytiradi, founder startup quradi, ekotizim faqat davlat puliga osilib qolmaydi.
Davlat puli esa startup founderlariga tarqatilishidan oldin, davlatning o‘z qarzlariga ketsa yomon bo‘lmasdi.
Masalan, Doc-1 Max fojiasidan zarar ko‘rgan bolalar oilalariga.
@latipovasamira
Shaxsiy kuzatuvlarimdan: millenniallar ko‘pincha qilgan ishini kichraytirib gapiradi, zoomerlar esa aksincha - o‘z natijasini ommaga ko‘rsatishni yaxshi biladi.
Bizda ikki avlod vakili qisqa vaqt ishladi. Biri juda katta natija qildi, lekin “atigi bir necha oy ishladim, uyat bo’lar” deb bu haqda deyarli gapirmadi. Ikkinchisi esa qilgan ishlarini bemalol hamma joyda yozdi.
Menimcha, millenniallar zoomerlardan bitta skillni o‘rganishi kerak: visibility.
Yaxshi ishlashning o‘zi kam, afsuski. Qilgan ishingni ko‘rsata bilish ham muhim ekan..
@SL_DailyGrowth
Amerika korporativ tizimida menga eng yoqgan narsa - xodim ishga olish va bo‘shatishda ortiqcha byurokratiya yo‘qligi.
Xodim uchun bu, albatta, unchalik zo’r perspektiva emas (bu borada Europe yaxshiroq). Lekin startuo founder uchun - bu juda katta erkinlik.
Bizda hali biznes modeli aniq bo‘lmagan startup ham negadir MChJ ochishdan boshlaydi. Keyin hujjatlar, qog‘ozbozlik.
Xodimni ishga olish, bo‘shatish - alohida boshog‘riq. Firmani yopish haqida esa umuman gapirmasa ham bo‘ladi..
Balki startup-ning tez rivojlanishi faqat yaxshi g‘oya yoki kuchli jamoaga emas, tizim tadbirkorga qanchalik erkin harakat qilish imkonini berishiga ham bog‘liqdir..
@latipovasamira
Azizbekning kanali startup founderlar uchun juda foydali. Men muntazam o’qiydigan kanallarning biri.
Recommend to follow @praktikAzizbek
Startup qilish uchun “to‘g‘ri yosh” bormi?
Bu savolga o‘z tajribamdan kelib chiqib javob beraman. Tajribam: klassik biznesda tadbirkor bo’lganman, ikkita startup qilganman, hozir esa US startupda founding team’da oylik/optsionga ishlayapman.
Menimcha, yoshning ham, tajribaning ham o‘z +-lari bor.
Kattaroq yoshda tajriba, network, bozor va odamlarni tushunish ko‘proq bo‘ladi. Statistika bo’yicha ham, kattaroq yoshdagi founderlar investment jalb qilishi, yaxshi kardlar hire qilishi osonroq bo’ladi.
Lekin 30+ yoshda vaqt (opportunity cost) qimmatroq: oila, farzandlar, moliyaviy majburiyatlar bo’ladi. Bir necha yilni katta risk bilan startupga tikish ancha emotsional qiyinroq qaror bo’lishi mumkin.
Yoshlikda esa tajriba kam, xatolar ko‘p. Lekin eng katta ustunlik - vaqt, energiya va risk qilish imkoniyati bo’ladi.
17-20 yoshingizda startup fail bo‘lsa, yana urinib ko‘rishga vaqt bo’ladi. Ikkinchisi ham fail bo‘lsa, uchinchisini boshlash mumkin.
Meni shaxsiy xulosam: Startupda faqat tajriba hamma narsani hal qilmaydi. Ambitsiya, kuch, sabr, timing va biroz omad ham kerak.
Ayniqsa hozir. Texnologiyalar juda tez o‘zgaryatkan payt. Bugun o‘rgangan narsangiz 5–10 yildan keyin umuman boshqacha ishlashi mumkin. Shuning uchun “avval 4-5 yil tajriba yig‘ib, keyin startup qilaman” degan fikrga unchalik qo‘shilmayman.
Tajriba albatta katta plus. Lekin vaqt ancha qimmatroq resurs. Va u juda tez o‘tadi.
Yosh bo‘lsangiz, kuchingiz, ambitsiyangiz va risk qilish imkoniyatingiz bo‘lsa - try qilib ko’rish kerak deb o‘ylayman. Fail bo‘lsa ham, tajriba baribir qoladi.
“Shu narsaga hayotimning bir necha yilini berishga tayyormanmi?” - degan savolga javob topsangiz bo’lgani.
@latipovasamira
Balki men ham ishdan “norasmiy” ketib:
“Biz yaratgan AI insoniyatni yo‘q qiladi” deb yurishim kerakdir🤔
Qiziq growth strategy😅
@latipovasamira
Startapda men uchun eng qiyini - relizlar tezligi va sifati o‘rtasida balans ushlash.
Ba'zan katta korporatsiyalardagidek tartibli jarayonlarni xohlab qolasan. Lekin startapda eng muhimi - o‘sish tezligi, uni qurbon qilib bo‘lmaydi.
Xatolar baribir bo‘ladi. Ularni tan olish va tezda tuzatish esa ancha energiya talab qiladi.
Xullas, hamma narsani ideal qilishga o‘rganganlar startapda uzoqqa bormasa kerak deb o’ylayman.
@latipovasamira
Oxirgi paytlarda neyrotipik va neyrofarqli odamlar haqida ko‘p o‘ylayapman.
Neyrotipik (нейротипичные) - miyasi va asab tizimi jamiyatda keng tarqalgan me’yorlarga mos tarzda ishlaydigan odamlar.
Neyrofarqli (нейроотличные) odamlarda esa diqqat (hyperfocus yoki no focus), axborotni qabul qilish, muloqot yoki hissiyotlarni boshqarish jarayonlari boshqacharoq kechishi mumkin.
Masalan, ADHD, OCD yoki autizm spektri kabi holatlar neyrofarqlilik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ish faoliyatim davomida bir narsani ko‘p payqaganman: men muvaffaqiyatli deb bilgan odamlar orasida neyrofarqli insonlar juda ko’p (o’zlari buni tan olishmasa ham😅).
Ularning ayrimlari ma’lum vazifalarga chuqur e’tibor qaratishi (hyperfocus), masalalarga boshqacha yondashishi yoki noodatiy yechimlar topishi mumkin.
Afsuski bu xususiyatlar har bir neyrofarqli insonga bir xil darajada xos emas va ularni avtomatik ravishda muvaffaqiyatga olib kelmaydi.
Neyrofarqlilikni faqat «super kuch» sifatida ko‘rsatish menga noto‘g‘ri tuyuladi. Chunki uning kundalik hayotga ta’sir qiladigan qiyin tomonlari ham bor.
Diqqatni boshqarish, hissiyotlarni tartibga solish, muloqot qilish yoki oddiy kundalik vazifalarni bajarish ba’zan katta kuch talab qilishi mumkin.
Ko‘pchilik bu qiyinchiliklar bilan uzoq vaqt, ba’zan esa butun umri davomida yashaydi. Shuning uchun neyrofarqli insonlarni faqat yutuqlari orqali emas, duch keladigan to‘siqlari va ehtiyojlari bilan birga ko‘rish muhim.
PS: O’zimga qiziq mavzuda yozgim keldi bu safar.
@latipovasamira
Yaqinda Akbarni (tapadagi post muallifi) Numeo-ga intern sifatida qabul qildik. U hozir 16 yoshda.
Shunaqa iqtidorli yoshlarni ko‘rsam xursand bo‘laman. O‘z ustida ishlaydi, o‘qiydi, yangi narsalarni o‘rganadi va kreativ fikrlashni rivojlantiradi.
Yana pozitiv qarashi ham yoqdi. Buni bizning (millenial) avlod haqida aytish qiyin😅
@latipovasamira
Product Manager va Growth Manager - farqi nimada?
Product Manager asosan mahsulotga javob beradi: nima quramiz, kim uchun, qanday muammoni hal qilamiz va product qanday rivojlanadi. Tsikl asosan Product Discovery → Define → Development → Delivery-dan iborat bo‘ladi.
Growth - mahsulotga biroz kengroq qaraydi. Uning vazifasi faqat productni yaxshilash emas, balki uning o‘sishini ham ta’minlash.
Bu yerda productdan tashqari marketing, sales, support, business processlar va team (to’g’ri hiring va team rivoji) ham muhim.
Men o‘zimni ko‘proq Growth deb hisoblayman. (Shuning uchun kanal nomi ham Growth)
Chunki karyeramning katta qismi mahsulotlarni o‘stirish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan. O‘sha paytlarda bu faoliyat ko‘proq umumiy qilib marketing yoki sales deb atalardi.
Faoliyatimda product hech qachon alohida funksiya bo‘lmagan. U business, marketing, sales va team bilan birga ishlaydigan tizim bo’lgan.
Aksariyat men tanigan yaxshi PMlar ham aslida Growth Product Managerlar. Chunki ularning kompetensiyalari faqat product bilan cheklanib qolmaydi. Sal kam CEOni vazifasini qilishadi.
@latipovasamira
🚀 Bugun asoschilarimiz uchun navbatdagi amaliy sessiya bo‘lib o‘tmoqda!
Bugungi uchrashuvda asoschilarimiz Samira Latipova bilan birgalikda “Growth and CustDev” mavzusida startapni jadal o‘stirish va haqiqiy mijoz ehtiyojlarini aniqlash sirlarini tahlil qilishmoqda⚡️
📌 Bundan tashqari sessiya davomida:
- Startapni barqaror va tezkor o‘stirish (Growth Strategy)
- Mijozlarni chuqurroq tushunish va ularning real ehtiyojlarini aniqlash
- To‘g‘ri CustDev (Customer Development) o‘tkazish va u orqali o‘sish strategiyasini shakllantirish haqida muhokama qilishdi.
Asoschilarimiz bu bilimlarni darhol o‘z loyihalarida amalda qo‘llashni boshlashadi. Oldinda yanada ko‘proq yangiliklar kutmoqda! 🔥
⚡️ @uzcombinator
Hiring haqida kuzatuvlar
Oxirgi oy ko’p vaqtim Numeo’da hiring-ga ketyapti. Shu jarayonda bir nechta kuzatuvlar bilan bo’lishmoqchiman.
1. AI yozgan CV’lar juda ko‘payib ketdi
Cover letter ham, CV ham AI yordamida yozilgan. Ba’zida CV’dagi achievement-larni nomzodni o’zi ham o‘qimagan bo‘ladi. Interview-da savol bersam bittasi: “Ai yozdi shekili” deb javob berdi😅
2. Chiroyli CVning o‘zi yetarli emas.
Mashhur kompaniya yoki universitet, ko‘p yillik tajriba - albatta zo’r. Lekin yangi narsani tez o‘rganish tajribasi, growth mindset va ownership men uchun ancha muhimroq.
Afsuski, ko‘p nomzodlarda aynan shu tomonlar yetishmaydi.
3. Prezident maktabini bitirgan kuchli nomzodlar ko‘p.
Hozirgacha ulardan ikkitasini jamoamizga ishga oldik. Sifatli ta’lim natijasini amalda ko‘rib hursand bo’ldim.
Menimcha, davlat bunday maktablarga ko‘proq investitsiya qilishi va kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun imkoniyatlarni kengaytirishi kerak.
4. Eng yoqqani - odamlar aynan Numeo-da ishlash uchun kelishyapti.
Ko‘pchilik shunchaki ish qidirmayapti. Ular aynan Numeo jamoasi, founderlar va product bilan ishlashni xohlab kelishmoqda.
Bu esa motivatsiyasi bor odamlarni topishga yordam berayapti. O‘zim ham Numeo’ga aynan shu sabab kelganman.
5. Numeo-da hiring davom etmoqda.
Apply here numeo.ai/careers
+ Ochiq vakansiyalarni bio’dagi linkdan topishingiz mumkin.
@latipovasamira