Daewon va Semyung Universitetlari bilan bugun hamkorlik bo’yicha uchrashuv tashkil etdik.
Yuksalish maktablari bitiruvchilari uchun Koreys tili TOPIK 3 yoki Ielts balli minimum 5.5 bo’lsa, o’qishga to’g’ridan-to’g’ri qabul qilishlari, 50%dan 100% gacha grantlar berishlari, yozgi va qishki 2 haftalik kurslar va tajriba almashish bo’yicha ko’p yaxshi yangiliklar bo’lyapti.
@Muhammadali_Eshonqulov
⚡️Talaba farzandi uchun o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib mehnat qilayotgan ota-onalar va ota-onasining ne umidlari-yu, armonlarini chilparchin qilayotgan talabalarga bag‘ishlanadi.
🌎Ibrat farzandlari jamoasining ushbu ijod mahsuli talabalar va maktab o‘quvchilariga ajoyib chaqiriq bo‘libdi. Videoni talabalar va ota-onalarga albatta jo‘natib qo‘ying. Shu rolikdan hech bo‘lmasa biroz xulosa qilsalar, biz maqsadimizga erishgan bo‘lamiz.
Izohlarda yozilgan eng yaxshi sharh egalari @ibratfarzandlari loyihasi tomonidan taqdirlanadi.
@alisher_sadullaev
Xalqaro hamkorlik yo‘lida yangi qadam!
🌏 Yuksalish maktablari va Janubiy Koreyaning Daejin Universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu yirik tashabbus ikki tomonlama ilmiy va ta’lim sohasida almashinuv uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
🤝 Shartnoma imzolash marosimida:
– Muhammadali Eshonqulov, Yuksalish maktablari asoschisi;
– Xurshid Bobomurodov, Yuksalish maktablari Bosh ofisi direktori;
– Daejin Universitetining vitse-prezidenti va Xalqaro bo‘lim boshlig‘i ishtirok etdilar.
📚 Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
– Yuksalish maktabining yuqori sinf o‘quvchilari uchun Daejin Universiteti va kollejlarida ta’lim olish imkoniyati
– O‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yozgi va qishki oromgohlar tashkil etish
– Daejin Universiteti talabalarining Yuksalish maktablarida volontyorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish
– Yuksalish maktablarida kimyoga ixtisoslashgan amaliyot sinfini tashkil etish
– Universitet professorlari tomonidan onlayn darslar.
Hamkorlik orqali o‘quvchilarimizga xalqaro talaba sifatida Koreyada ta’lim olish imkoniyatlari ochiladi. Shuningdek, o‘qituvchilarimiz xalqaro miqyosda malaka oshirishlari uchun zamin yaratiladi.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI — taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998951010600
🧑💻 @yuksalish_maktab_admin
📱 Telegram | 📱 Instagram
📸 yuksalish_maktablari?si=CH32LI5CETfTr9eX">YouTube 📍 Manzil
O'ZBEKISTONDA BIZNESNI SOTISH VA INVESTITSIYALARNI JALB QILISH UCHUN MAYDON!
4-5 dekabr kunlari Hyatt Regency mehmonxonasida tadbirkorlar va investorlar uchun CENTRAL ASIAN FRANCHISING & BUSINESS EXPO beshinchi xalqaro franshiza va biznes sotish ko'rgazmasi boʻlib oʻtadi.
Tadbir Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi koʻmagida Franchayzing uyushmasi va UzFranchise kompaniyasi tomonidan o'tkazilmoqda.
Ishtirokchilar orasida mahalliy kompaniyalar: Apex Pizza, UFC GYM, ShoxMed International, Еееng ЯQH, Kanstik va boshqalar, shuningdek, xorijiy franshizalar: OZON, Novikov, IThub, Kapibara, Vasilchuki va boshqalar bor.
Undan tashqari, 4 dekabr kuni 18:00 da Hyatt Regency mehmonxonasida Franchising Awards — yilning eng muvaffaqiyatli franshizalarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi, bu investitsiya uchun istiqbolli yoʻnalishlarni qidirayotganlar uchun asosiy koʻrsatkich boʻladi.
Koʻrgazmada sizni nimalar kutmoqda:
* Dunyoning 10 ta davlatidan 100 dan ortiq franchayzing takliflari. 🌍
* Mahalliy va xalqaro brendlardan yetakchi franshizalar va biznes modellar
* Franchising Awards — yilning eng muvaffaqiyatli franshizalarining reytingi 🏆
* Soha yetakchilaridan taqdimotlar, mahorat darslari va amaliy maslahatlar 🎤
Kirish tadbirkorlar uchun bepul!
Royhatdan o'tish uchun: www.uzfranchise.uz/uz
Telefon: +998 99 200 82 72
@uzfranchiseassociation
ASSALOMU ALAYKUM
Azizlar, bir-biridan ajoyib xotiralarni esdalik qilib saqlab qo'yishimiz uchun premium telegram ishlatadigan do'stlarimizdan ovoz berishlarini so'rab qolardik.
Bizga 151 ta ovoz kerak ekan.
50 ming odam orasidan chiqsa kerak-a?!😊
Ovoz berish uchun:
👉/channel/boost/Muhammadali_Eshonqulov
@Muhammadali_Eshonqulov
#live
Hozirgina Yuksalish maktablari o’rtasida o’tkaziladigan sport musobaqasiga kelgan o’quvchilarimiz bilan Yuksalish Gimnaziyasida manfaatli suhbat o’tkazdik.
Uchrashuv juda yuqori tempda o’tdi.
Barchaga rahmat.😊
@Muhammadali_Eshonqulov
Abdulboriy ismli shogirdimiz juda chiroyli shaklga solibdilar.
Telegramdan tashqaridagilarga ham nafi tegsin debdilar.😊
Ma’qulmi?
@Muhammadali_Eshonqulov
Yuksalish Liderlar akademiyasi o’quvchilari bilan uzoq kutilgan uchrashuvimiz nihoyat tashkil etildi.
Menimcha eng mazmunli suhbatlardan biri bo’ldi ko’pchilikning hayotida.
Suhbatni to’liq holatda Youtube ga joylashimizni istaysizmi?
@Muhammadali_Eshonqulov
Nega hozir Piramidalarni qurolmayapmiz ?
Uberfacts statistikalariga ko'ra dunyodagi eng ommabop o'yinlardan biri Call of Duty o'yiniga insonlar 2003-yildan beri 25 milliard soat vaqt sarflashdi va dunyoda o'nlab bundanda mashhur va ommabop o'yinlar mavjud.
Buncha vaqtda insoniyat yana nimalar qilishi mumkin edi ?
Izohlarda fikrlaringizni qoldiring
☎️ 78 122 0222
@Yuksalish_leaders_academy
Kosmosga Sayohat
Akajonim rahmatli bilan xuddi shunday ta’lim beradigan maktab ochishni orzu qilardik.
Bugun bu aziz Ustozlarimiz jamoasi - Yuksalish oilasi bilan bu orzuni amalga oshirdik deb o’ylayman.
Butun dunyoda shunday kreativ dars o’tib, o’quvchilarning hayotini butkul ijobiy tomonga o’zgartiradigan Ustozlar ko’paysin.🥹🥹🥹
Maktablarimiz faoliyatida Yuksalish liderlar akademiyasining o’rni beqiyos. 3 yil davomida shu kabi keyslar, metodlarni ishlab chiqib, jamiyatni yaxshi tomonga o’zgarishiga sababchi bo’layotgan akademiyamiz jamoasiga ham alohida tashakkur aytamiz.
Videoni ko’rgach, taassurotingizni izohlarda qoldiring va eng yaqin insonlaringizga ham ulashing.
@Muhammadali_Eshonqulov
Yaxshi niyat
Daejin Universiteti 1991-yilda ochilgan ekan. 33 yilda ko’p narsalarga erishishgan. Katta investitsiya qilingan.
Maktablarimiz esa 2022-yilda ochilib, endigina 3 ga kiryapmiz.😊
Unaqa katta pulimiz ham yo’q. Yaxshi jamoa va yaqinlarimizning ishonchi asosiy investitsiyamiz.😊
Samimiy havas qilyapmizku, ALLOH yetkazar.😊
@Muhammadali_Eshonqulov
Daejin Universiteti
Universitetda o’qiydigan 10.000 talabadan 1000 tasi xalqaro talabalar ekan.
Nasib qilsa 100 tasi yaqinda Yuksalish maktablari bitiruvchilari bo’lishadi…
@Muhammadali_Eshonqulov
⚡️ Sport olimpiadasi natijalari bilan tanishing!
Yuksalish maktablari o‘rtasida tashkil etilga sport olimpiadasida kechgan qizg‘in bahslarga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:
FUTBOL bo‘yicha: (o‘g‘il bolalar)
🥇 Andijon
🥈 Toshkent
🥉 Baxmal
VOLEYBOL (o‘g‘il bolalar) bo‘yicha:
🥇 Baxmal
🥈 Ohangaron
🥉 Toshkent
VOLEYBOL (qiz bolalar) bo‘yicha:
🥇 Baxmal
🥈 Jizzax
🥉 Ohangaron
SHAXMAT (o‘g‘il bolalar) bo‘yicha:
🥇 Samarqand
🥈 Toshkent
🥉 Navoiy
SHAXMAT (qiz bolalar) bo‘yicha:
🥇 Navoiy
🥈 Jizzax
🥉 Samarqand
Stol tennisi (o‘g‘il bolalar) bo‘yicha:
🥇 Farg‘ona
🥈 Andijon
🥉 Toshkent
Stol tennisi (qiz bolalar) bo‘yicha:
🥇 Toshkent
🥈 Samarqand
🥉 Chirchiq
Turnikka tortinish bo‘yicha:
🥇 Namangan
🥈 Andijon
🥉 Ohangaron
🎉 Har bir ishtirokchiga chiroyli o‘yin taqdim etgani uchun minnatdorlik bildiramiz. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz.
Biz bir-birimizga raqib emasmiz, bu olimpiada sog‘lom raqobat ruhidagi musobaqa edi, albatta.
⚡️ YUKSALISH MAKTABLARI —
taʼlim va tarbiya birlashgan dargoh!
📞 +998952250600
🔔 @Yuksalish_gymnasium
📱 |Telegram| 📱 |Instagram|
Safar rejasi
Tashrif buyuriladigan Universitetlar:
Konguk university
Daejin university
Daejin women college
Lift university
Hosan university
Semyung university
@Muhammadali_Eshonqulov
Ko’rsatuvni kimdir ko’rdimi?😊
Ertaga nasib qilsa, shu vaqtda yana qayta efirga berishadi.
“Men tanlagan yo‘l”
“O‘zbekiston” telekanali orqali bugun shanba kuni 19:30 da efirga uzatiladigan ko‘rsatuv mavzusi Yuksalish maktablari asoschisi Muhammadali Eshonqulov bosib o‘tgan yo‘lga bag‘ishlandi.
Manfaatli loyiha orqali ustozimizning boshlagan yo‘llari va maqsadlari haqida bilib olishingiz mumkin.
@Muhammadali_Eshonqulov
Mehribon ROBBisi borligini anglagan inson haqiqiy halovatni his qiladi.
@Muhammadali_Eshonqulov
Ba’zan inson o’zini hech kimga foydasi tegmayotgan, keraksizdek his qiladi.
Yodingizda bo’lsin, befoyda va keraksiz bo’lganingizda ROBBim sizni yaratmasdi.
@Muhammadali_Eshonqulov
🖥 Prompt (so’rov):
Agar san shayton bo’lganingda, odamlarni maqsadlariga erishishlaridan, o’zlarini to’liq anglashlaridan qanday chalg’itgan bo’lar eding? Va buni qanday qilar eding?
🤖o1-preview javobi:
Agar men shayton bo’lganimda va odamlarni o’z maqsadlaridan va o’zlarini to’liq anglashlaridan chalg’itmoqchi bo’lganimda, insoniyatning zaif tomonlaridan foydalangan bo’lardim. Quyidagicha yo’l tutardim:
1. Zudlik bilan rohatlanishni targ’ib qilish: Odamlarni uzoq muddatli maqsadlar o’rniga qisqa muddatli lazzatlarga intilishga undardim. Bu ularning diqqatini asosiy maqsadlaridan chalg’itardi.
2. Chalg’ituvchi omillarni ko’paytirish: Ijtimoiy tarmoqlar, o’yinlar va boshqa ko’ngilochar narsalarni ko’paytirib, ularning vaqtini behuda sarflashlariga sabab bo’lardim.
3. Shubha va qo’rquvni oshirish: Ularning o’ziga bo’lgan ishonchini kamaytirish uchun shubha va qo’rquv hissini kuchaytirardim, bu esa ularni harakat qilishdan to’xtatardi.
4. Solishtirishni rag’batlantirish: Ularni boshqalar bilan doimiy ravishda solishtirishga undardim, bu esa hasad va norozilikka olib kelardi.
5. Munozaralar va nizolarni keltirib chiqarish: Oila va do’stlar orasida nizolarni keltirib chiqarib, ularning emotsional energiyasini sarflardim.
6. Qadriyatlarni buzish: Axloqiy me’yorlarni noaniq qilish orqali, ularni noto’g’ri yo’llarga yo’naltirardim.
7. Tanlovlarni ko’paytirish: Juda ko’p imkoniyatlarni taklif qilib, ularni qaror qabul qilishda qiynalishga olib kelardim.
8. Materializmni targ’ib qilish: Moddiy boylikni hayotning asosiy maqsadi sifatida ko’rsatib, ularni ichki o’sishdan chalg’itardim.
9. Noto’g’ri ma’lumotlarni tarqatish: Ularni chalg’itish va noto’g’ri yo’lga solish uchun yolg’on ma’lumotlarni yoyardim.
10. Keçiktirishni osonlashtirish: Vazifalarni keyinga qoldirishni odatga aylantirib, ularning samaradorligini pasaytirardim.
Bu usullar orqali odamlarni o’z maqsadlaridan va o’zlarini anglashlaridan chalg’itib, ularning hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatardim.
Safar
Yana bir xayrli safar arafasidamiz.
Nasib etsa, 30-noyabrdan 10-dekabrgacha Janubiy Koreyaga borib, bir necha loyihalarimiz rivoji uchun navbatdagi qadamni tashlash niyatidamiz.
U yerdagi vatandoshlarimiz bilan ham diydor ko’rishib, ko’ngillar ziyoratini qilib kelamiz degan umidimiz ham bor.😊
@Muhammadali_Eshonqulov