-
Oʻtmishi nursiz, ertasi mavhum. Zohiri gʻamsiz, botini mahzun. Pushmonlari cheksiz, umidlari ham uzundan-uzun... Murojaat: @javohirga_murojaat_bot
Hayotda shunday kunlar bo'ladi, yozging keladi. Yozaverasan, aytaverasan, ichingdagini izhor qilib charchamaysan. Ammo shunday davr ham bor ekanki, qo'ling yozishga bormaydi. Befoyda deb o'ylaysanmi, befarqlikka mubtalo bo'lasanmi yoki o'z tashvishlaringdan ortmaysanmi, aniqmas. Ikki davr ham vaqtincha va ikkisi ham o'tib ketadi deb o'ylayman. Tavfiq Allohdan.
P.S. Lekin yozish kerak. Oz-ozdan bo'lsa ham yozaverish kerak.
📌 @javharuz 📌
🌙 Ramazonning qolgan kunlarida muammoingizga yechim topishga harakat qilamiz
(2024-yil)
Koreyada yashayotganlar orasida kimning viza va immigratsiya masalasida muammosi va bu muammo bo'yicha to'g'ri yo'nalishga ehtiyoji bo'lsa, qo'ldan kelganicha qonuniy yechim va maslahat bilan xolis yordam berishga harakat qilamiz.
Buning uchun maxsus bot orqali murojaatlarni oldindan qabul qilamiz va /channel/SalomKoreya guruhida Telegram orqali jonli suhbatlar o'tkazamiz.
Murojaatlar soniga qarab, vaqt va imkoniyatni ham inobatga olib, birinchi navbatda eng zarurlari va yechimi faqat sanoqli kishilarga emas, balki ko'pchilikka foydali bo'ladiganlarini saralab olamiz.
Muammosi bo'lmasa ham, murojaatlar bo'yicha foydali ma'lumot olmoqchi yoki bermoqchi bo'lgan istagan kishi suhbatda qatnashishi mumkin.
✳️ Murojaat Koreyadagi faqat viza va immigratsiya sohasidagi aniq bir muammoingiz haqida bo'lsin.
👉 Viza almashtirish yoki viza cho'zish tartibi va talablari haqidagi odatiy savollarni 1345 (immigratsiya call-markazi) orqali ham so'rab, bilish mumkin.
📝 Muammoni imkon boricha to'liq va aniq yozishga harakat qiling va bir nechta mayda xabarlarga bo'lmay, bitta qilib yuboring.
📨 Murojaatlar faqat quyidagi bot orqali qabul qilinadi: /channel/MaktubUchunBot
🎙 Onlayn suhbatlar Telegramdagi /channel/SalomKoreya guruhida bo'ladi (aniq kuni va vaqti guruhda alohida e'lon qilib boriladi).
Yordam kerak bo'lgan tanishingiz bo'lsa, bu postni u kishiga yoki boshqa guruhlarda ham o'rtoqlashib qo'ying.
Guruhga a'zo bo'lish uchun:
👉 t.me/SalomKoreya
Andijonlik Do'stmatov Azizbek gepatitning eng og'ir darajasi bilan kasallanib, jigar serroziga chalingan.
U 1988-yil tug'ilgan va 8 yildan beri shu kasallik bilan kurashib keladi. Oxirgi tashxis natijalariga ko'ra, aprel oyigacha Hindistonga borib jigar ko'chirish amaliyoti bajarilmasa, kasallik o'lim bilan tugashi aytilgan.
Oila qiyin vaziyatda. Operatsiya uchun 35 000 $ miqdorida mablag' kerak ekan. A.Do'stmatov oilada yolg'iz o'g'il farzand, uning otasi ham rak hastaligidan vafot etgan. Hozirda nafaqada onasi, ayoli va 2 nafar qizchasi bor.
Saxovatli yurtdoshlarimizga murojaat qilamiz, oila qiyin vaziyatdan chiqib ketishi uchun oz bo‘lsa ham yordamingizni ayamang.
“Ehsonning mukofoti faqat ehsondir” Ar-Rohman surasi, 60-oyat.
UzCard💳 5614 6816 0231 0389
Dosmatov Azizbek
Visacard💳 4790 9122 1089 0242
Azizbek Dosmatov
Tel.shaxsiy: +998994318018
Musulmonlar idorasi Fatvo markazi 2024-yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini belgiladi
👉 @kunonline
Gʻazodan boshqa mavzu haqida yozsam adolatsizdek tuyilmoqda. Chunki bugungi kundagi eng muhim mavzu - albatta G’azo. Meni va butun dunyodagi barcha normal insonlarni qalbi Gʻazoliklar bilan. Qanday katta tarixiy fojiani koʻrib, shohidi boʻlib turibmiz. Tasavvur qilish qiyin, lekin har kuni oʻnlab, yuzlab oʻlimlar, adolatsiz tugatilgan hayotlar haqida oʻqiyapmiz, koʻryapmiz.
Masalan bugun Associated Press 10 yildan beri farzand orzusidagi boʻlgan oila juda qiynalib oxir oqibat egizaklik boʻlgani lekin shu ikki orziqib kutilgan besh oylik goʻdaklar oʻz otasi bilan birga bombardimon natijasida halok boʻlgani haqida yozibdi. Bu oila bugun o’ldirilgan bir nechta oilalardan biri xolos.
Ukraina urushi boshlanganida, yigirma birinchi asrda bunday qirgʻinbarot boʻlishiga ishonish qiyin deb oʻylagan edim, yozgan edim. 2022 yilni boshida boshlangan urushda, bugungi kunga kelib sal kam 600 ta bola halok boʻldi — nihoyatda katta fojia. Gʻazoda oxirgi toʻrt oyda taxminan 12000 bola oʻldirildi - buni nima deb atashni ham bilmayman. “Fojia” so’zi kulfatni o’lchamini yetarli darajada adolatli ko’rsatib bera olmayapti, menimcha.
Hammani xursand qilmoqchi boʻlsangiz, rahbar boʻlmang. Muzqaymoq soting.
@premiumfikrlar
Allohga yaqinlashtiradigan qaygʻu Allohdan uzoqlashtiradigan baxtdan afzaldir.
© In'ikos
Tabiatni asrash insoniy burchimiz
🆘 Hozirgi kunda texnologik taraqqiyot va AyTi sohasidagi yutuqlarimiz bizni faxrlantirsa-da, ekologik muammolar hamon dolzarb mavzu bo'lib qolmoqda.
Shu sababli, tabiatga va o'zimizga bo'lgan mas'uliyatni his qilish va uni asrashga qaratilgan harakatlarimizni oshirishimiz zarur. Bu faqat o'zimiz uchun emas, balki kelajak avlodlar uchun ham muhimdir.
🌳 Keling, tabiatga befarq bo'lmaylik va o'zimizni ham, atrof-muhitimizni ham asrashni o'rganaylik.
@najottalim
Bugun Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Sherzodxon Qudratxo’janing O’zbekistonda yashab turib, o’zbek tilini bilmaydigan insonlar haqida aytgan gapi uchun O’zbekiston elchisini chaqiribdi.
Qiziq, elchimizni taklif qilishmabdi, balki chaqirishibdi. Butun boshli “O’zbekistonni bosib olaylik” degan ahmoqning gapidan keyin bizning TIV Rossiya elchisini taklif qilgan edi. Kim bilsin, balki biznikilar o’shanda xijolat bo’lib, uzr ham so’ragandir.
Xullas, Rossiya TIV fikricha, Sherzodxon Qudratxo’janing keskin fikri ikki tomonlama do’stona munosabatlariga teskari emish va ruslar O’zbekiston TIVdan shu holat bo’yicha izoh talab qilishibdi.
Iya, O’zbekistonda yashaydiganlardan o’zbek tilini hurmat qilishni so’rash, qachondan buyon O’zbekiston-Rossiya aloqalariga zid bo’lib qoldi? Mantiq yo’q.
Xullas, biznikilar ham xuddi ruslarning o’zi kabi javob berishi kerak: Sherzodxon Qudratxo’janing fikri o’zining shaxsiy pozitsiyasi bo’lib, so’z va fikr erkinligidan foydalanyapti. Bu fikrlar Toshkentning rasmiy pozitsiyasini anglatmaydi. Tamom. Yetadi.
Axir Rossiya tomoni ham Zaxar Prilepinga o’xshagan potensial bosqinchi-okkupantlarning fikriga xuddi shunaqa javob berdiku.
Tag’in, uzr so’rab, sharmanda qilib o’tirmanglarey, hurmatli mas’ullar.
👉 @xushnudbek 👈
NAMUNA
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohga "ko'p ig'volar bo'lyapti, javob bermaymizmi", deyishganda "sizning vaqtingiz bormi?" degan ekanlar.
Vaqtlarining qadriga yetishlari natijasida yuzlab asarlar dunyoga keldi, yurtga ilm-u irfon taraldi, xalq manfaatlandi, o'zlari esa oxiratlariga zahira to'pladilar.
Ig'vogarlarchi... Ular qani?
Shunday ekan, o'zimizning oramizdan chiqib o'zimizning hayot bilan yashagan Shayx hazratlarida biz uchun bu fitna zamonlarda juda katta o'rnak bor!
2018.02.12
📌 @javharuz 📌
Xalqimizning kitob o'qish darajasi uni qiynayotgan masalalar ko'lami bilan to'g'ri proporsional. Tafakkurimiz o'zgarsa, muammolar ham o'z yechimini topa boshlaydi.
📌 @javharuz 📌
Hamma tarbiya qilgan, biz ham qilamiz!
👉 To'liq suhbat uchun havola
Videoni yaqinlaringizga ham ulashing, sahifamizga obuna bo'ling!
@alohidamavzu
Bugun Raqamli Texnologiyalar Vazirligi va IT Park tomonidan o’tkazilgan tadbirda Najot Ta'lim eng yaxshi ta’lim muassasasi sifatida taqdirlandi.
Ushbu e’tirof uchun tashakkur izhor qilgan holda, Najot Ta’lim jamoasida faoliyat yuritayotgan/yuritgan barchaga tashakkur bildiraman!
2024-yil uchun rejalar katta, xususan, Xorazm va Samarqandda filiallar ochilishi, yosh bolalar uchun maxsus ta’lim loyihasini ishga tushirish, onlayn platformani yangi nom va brend bilan taqdim etish, 2 yildan oshiq vaqtdan beri tayyorlayotgan mulftilm loyihamizni omma uchun premyera qilish va shu kabi boshqa ishlar bizni kutyapti )
Alloh taolo dunyo-yu oxiratda yuzimizni yorug’ qilsin, bizga ta’lim va tarbiya bergan ota-onamiz va ustozlarimizdan O’zi rozi bo’lsin!
Bizda parlament vazirlarni hisob berish uchun chaqira olarkan.
Читать полностью…
Siz ulg'ayishga tayyormisiz?
🎤 Farg'ona filialida 2024-yildagi ilk master-klass «Najot Ta'lim» O'quv bo'limi rahbari ustoz Javohir Izzatulloh bilan «Katta hayotga qadam» mavzusida bo'lib o'tadi.
📅 Qachon: 20-yanvar, shanba, soat 14:30
📍 Qayerda: «Najot Ta'lim», Farg'ona filiali
🔗 Ro'yxatdan o'tish
Suhbatda qatnashish bepul va barcha uchun ochiq.
Rislig‘oy Siddiqova Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidada yashaydi. Pensiyada. Turmush o‘rtog‘i 2015-yilda vafot etgan.
Qizi Naima Abdurahmonova 1991-yilda tugilgan. Bolalikdan kasallik tufayli 1-guruh nogironi. 900 ming so‘m nafaqa puli oladi.
Rislig‘oy opa yetishmovchilik tufayli 4 yildan beri qizini davolata olmayapti. Naimaning ahvoli tobora og‘irlashib boryapti.
Yaxshi gapirolmaydi. Kasalligi tutganda o‘zini duch kelgan joyga tashlaydi, oqibatda turli tan jarohatlari oladi, tishlari singan, tilini chaynab yuboradi. Boshi ham bir necha bor yorilgan, qon bosimi doimiy baland yuradi. O‘zini mustaqil eplay olmaydi.
Saxovatpesha insonlardan ulug‘ oyda zakot va ehsonlaringizdan shu oilaga ham ajratishlarini so‘raymiz.
“Ehsonning mukofoti faqat ehsondir”.
Rislig‘oy opaning iltimosiga ko‘ra, o‘zimizga tegishli kartani joyladik. Yig‘ilgan mablag‘ yetkazilgach, hisobotini beramiz.
UzCard Agrobank (UnionPay): 6262570031613914
UzCard Kapitalbank(Visa):4278320024650508
Xudayberdiyev Temur nomida.
Rislig‘oy opaning telefon raqami: +998950529111.
🎁 «Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari umumiy qiymati 3,5 mlrd so'mli grant e'lon qiladi!
«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida «Kelajak yoshlari» nomli ta'lim grantini yo'lga qo'ygan.
🌙 Ramazon oyida boshlanib, kelasi Ramazon oyining oxirigacha davom etuvchi ushbu grantga bu yilgi qabul boshlanganini e'lon qilamiz.
Ushbu ta'lim granti orqali 130 nafar yigit-qizga ingliz tili hamda dasturlash yoki grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim berish reja qilingan. Bunda 100 ta Toshkent filiali va 30 ta Farg'ona filiali uchun grantlar ajratilgan.
✅ «Kelajak yoshlari» grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 16 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Talabgorlar motivatsion xat va suhbat orqali «Najot Ta'lim» hamda «Cambridge LC» jamoalari tomonidan saralab olinadi.
«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» jamoalari ushbu xayrli ishni hech qanday moddiy manfaat ko'zlamagan holda, o'z qadriyatlaridan kelib chiqib, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda!
🔗 «Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish
Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 26-martdan 5-aprel soat 23:59 gacha davom etadi. Natijalar Ramazon hayitidan so'ng e'lon qilinadi.
✈️ P. S. Grant o'z egalariga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yetkazing.
📞 78-888-9-888
Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga tabrik yoʻlladi
“Dunyo musulmonlari uchun eng aziz va qadrli bo‘lgan, barcha ezgu niyatlar ijobat bo‘ladigan Ramazoni sharifning kirib kelishi bilan siz, azizlarni, butun xalqimizni chin yurakdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etaman.
Avvalo, qalblarimizga iymon nurini bag‘ishlaydigan ushbu ulug‘ ayyomni yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik muhitida, oilamiz, el-yurtimiz davrasida kutib olayotganimiz uchun Parvardigori olamga cheksiz shukronalar aytamiz”,
Xorazm viloyatida «Najot Ta'lim» ustozlaridan katta master-klass
Avvalroq xabar berganimizdek, «Najot Ta'lim» markazi o'zining viloyatlardagi navbatdagi filialini Xorazm viloyatida ochmoqda.
📣 Shu munosabat bilan zamonaviy kasblarga qiziqishi bor, Xorazm va unga qo'shni viloyat yigit-qizlari uchun «Najot Ta'lim» ustozlari tomonidan dasturlash, dizayn va marketing yo'nalishlari bo'yicha katta bepul master-klass tashkil etilmoqda.
🔥 Master-klassda «Najot Ta’lim» markazi rahbari Temurbek Adhamov tomonidan ham zamonaviy kasblar boʻyicha tavsiyalar beriladi.
📅 Qachon: 9-mart, shanba, soat 14:30
🙋 Kim uchun: Barcha uchun ochiq
🙌 Qatnashish: Bepul
📍 Qayerda: Xorazm viloyati, Urganch shahri, Yoshlar markazi binosi zali
🔗 Ro'yxatdan o'tish
Xabarni zamonaviy kasblardan birini o'rganish istagidagi do'stlaringizga ham ulashib qo'ying!
Endi siz otasiz
Erkak kishining rosmana kamolga yetishida birinchi bosqich uylanishi bo‘lsa, ikkinchisi otalikdir.
“Endi siz otasiz” kitobidan otalar uchun manfaatli bo‘ladigan ko‘plab maʼlumotlar joy olgan.
Kitob nafaqat otalarga, balki onalarga ham foydali, degan umiddamiz. Zero undagi ko‘rsatmalarni ota-ona birgalikda bajarsalar, taʼlim-tarbiya yo‘lidagi intilishlarini birxillashtirsalar, kutilayotgan natijaga tezroq erishiladi.
“Qamar” kitoblar do‘konidan so‘raysiz.
🎉 «Najot Ta'lim» Xorazmda o’z filialini ochadi!
«Najot Ta'lim» zamonaviy kasblar markazi 2018-yilda tashkil etilib, dasturlash, dizayn va marketing yo’nalishlari bo’yicha Toshkent va Farg'ona filiallarida 6500 dan ortiq o'quvchilarga ta'lim berdi.
«Najot Ta'lim» IT-park tomonidan 2023-yilda O'zbekistondagi eng yaxshi ta'lim muassasasi deb e'tirof etildi va "IT learning leader" mukofoti bilan taqdirlandi.
📍 Endilikda, «Najot Ta'lim» Xorazmda ham o'z filialini ochib, yoshlarning AyTi sohasi bo'yicha zamonaviy kasb egasi bo'lishida ko'maklashishni niyat qildi.
Xorazmlikla, jollimi? 😊
🔥 Bu yangilik AyTi sohasini o'rganishga qiziqish bildirgan ko'plab yoshlar uchun ajoyib imkoniyat bo'ladi degan umiddamiz.
🔥 «Najot Ta'lim» — kelajagingiz ishonchli qo'llarda!
Namanganlik Feruza Idrisovaning to‘rt nafar farzandining ikki nafari 1-guruh nogironi.
Ahmadjonova Robiyaxon 2021-yilda tug‘ilgan bo‘lib, qizaloq onkologik xastalik — yuz-jag‘ qismida o‘simta (limfangioma) kasali bilan tug‘ilgan. O‘zbekistonda birinchi marotaba bo‘lgan jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan.
O‘g‘li Ahmadjonov Mirziyo 2018-yilda tug‘ilgan. U nefrit kasalligiga chalinib (qon siyish, peshob chiqmasligi), reanimatsiyaga tushib qolgan.
Oila qiyin vaziyatda. Farzandlarini davolatish uchun 5 ming dollar qarz bo‘lib qolgan. Ayni paytda uy musodara qilinmasligi uchun qarzni yopish zarur.
Saxovatli yurtdoshlarimizga murojaat qilamiz, oila qiyin vaziyatdan chiqib ketishi uchun oz bo‘lsa ham yordamingizni ayamang.
“Ehsonning mukofoti faqat ehsondir” Ar-Rohman surasi, 60-oyat.
UzCard💳 5614681812553653
Humo. 💳 9860030119476346
Visa. 💳4231200009136291
Tel. onasi +998902156263
Nega o'zbek tilini hurmat qilishmaydi, deb ko'p kuyinaverish yaramaydi. Yurtimizdagi boshqa tilda so'zlashadigan vatandoshlarimiz o'zbek tilini o'rganishni istamasliklariga asosan o'zimiz sababchimiz. Siz, men, jamiyat, davlat – hammamiz!
Shaxsiy tajribamdan aytaman. Rossiyada ham, Yaponiyada ham, Koreyada ham bo'lganman. Ingliz tilini zo'r bilishimga va ular ham bu tilni yaxshi bilishiga qaramay, menga ularning davlat tilisiz u yerda yashay olmasligimni juda yaxshi his qildirishgan. Qattiq gapirib emas, o'z tillariga nisbatan yuksak ehtirom va bundan kelib chiqqan tartib-qoidalari orqali.
O'zbekistonda davlat tilini bilmasdan yashash ilojsiz bo'lganida, uni albatta o'rgangan bo'lishardi.
📌 @javharuz 📌
“Rossotrudnichestvo” Sherzod Qudratxo‘ja bilan har qanday muloqot va aloqalarni to‘xtatdi
Sherzod Qudratxo‘ja o‘zi yashayotgan mamlakat tilini bilmaydiganlar “bosqinchi yoki ahmoq” bo‘lishini aytgandi.
Batafsil — http://dy.uz/iuNZ0
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Ikki nafar voyaga yetmagan farzandning otasi Bahodir Avezmetov jigar serrozidan vafot etganini aytgandik.
U kishining vafotidan keyin ko‘pchilik oilasiga yordam berish istagini bildirdi.
Bahodir aka bo‘lib to‘lashga uyiga mebel xarid qilgan, o‘zi yurgizayotgan kompyuter xizmatlari shaxobchasiga texnika olish maqsadida kredit olgan.
Kredit olish jarayonida o‘zi yashab turgan uyni garovga qo‘ygan. Qilgan ishi noto‘g‘riligi aniq. Lekin ayni paytda uy musodara qilinmasligi uchun qarzni yopish zarur.
O‘tgan safar operatsiyaga deb yig‘ilgan pulning bir qismi dafn marosimi xarajatlariga, bir qismi mebeldan qarzga to‘landi.
Endi kredit qarzini yopish va yetim qolgan go‘daklarning o‘z uylarida yashashlariga ko‘maklashish zarur.
Pulni o‘zimizga tegishli kartaga yig‘amiz va marhumga tegishli qarzni yopib, sizlarga hisobotini beramiz.
Saxovatli yurtdoshlarimizga murojaat qilamiz, go‘daklar uysiz qolmasligi uchun oz bo‘lsa ham yordamingizni ayamang.
UzSard Agrobank (UnionPay): 6262570031613914
UzSard Kapitalbank(Visa):4278320024650508
Xudayberdiyev Temur nomida.
Atrof-muhit insonni yo bor qiladi yo yo'q qiladi.
📌 @javharuz 📌
"Merit School" maktabi o'quvchilari uchun "Najot Ta'lim"da bepul ochiq dars tashkil etdik.
Tadbir haqida batafsil: havola
📌 @javharuz 📌
Farg'onada o'tkazilgan mahorat darsidan foto-hisobot. Keyinchalik video-hisobotni ham taqdim etamiz.
Читать полностью…
O‘zbek jamiyatiga psixolog kerakmi? Yoxud zamonaviy psixologiyaning ta’siri qanday?
Hech kimga sir emaski, bugungi kunda
• O'zingizni seving;
• Kuniga 500 marta shu so'zni aytsangiz baxtingiz ochiladi;
• Sehrli so'zlarni aytsangiz pullar o'zi keladi, — kabi fikrlarni soxta psixologlar tomonidan gapirilganini ko'p eshitamiz.
Xo‘sh, aslida psixologiya foydasiz maslahatlarni berish uchun xizmat qiladimi?
🎞 Bu safar "Alohida mavzu"da "Psixologiya" mavzusini mutaxassislar bilan muhokama qildik.
📌 Premyerani 17-yanvar — chorshanba kuni 20:00 da havola orqali tomosha qiling!
👉 https://youtu.be/acBN2boyulM
Biznesingiz yaxshi, lekin mijozlar oqimi kutilgandek emas
Tushgan daromad ham cho‘ntakka yetmay, o‘zini-o‘zi qoplash bilan band. Tashvishlanmang, balki muammo sizda emas, reklamadadir?
Sifatli brend o‘zini tanitishni ham yaxshi bilishi kerak. “Matn Makon” jamoasi aynan shu masalada yordam berishi mumkin.
Biz sizga:
➖ sotuv postlari;
➖ videoroliklar uchun ssenariylar;
➖ tayyor matnlarni tahrirlash;
➖ PR maqolalar yozish;
➖ maʼlum tillarga tarjimalar;
➖ bannerlaringiz uchun kreativ matnlar yozish kabi sifatli hamda vaqtidan kechikmaydigan xizmatlarimizni taklif qilamiz.
“Matn makon”da hammasi ishonchli! Hoziroq murojaat qiling:
✉️ @matnmakon_admin
+998 95 157 17 47