409850
“Daryo.uz”ning rasmiy kanali. Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Lifestyle — @daryo_lotin Tezkor xabarlar — @daryo_live Sport — @daryo_sport24 Dunyo — @daryo_world На русском — @daryo_central_asia Global — @daryo_global
“Bola bogʻchada va boshlangʻich taʼlimda oʻz ona tilida tarbiya koʻrishi kerak” — Alisher Qodirov
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi rus sinfga berilgan ayrim o‘zbek bolalar faqat til o‘rganish bilan shug‘ullanib, fundamental bilim olmayotganini, bola qaysi tilda taʼlim olishini o‘zi belgilashi kerakligini aytdi.
Batafsil — https://daryo.uz/UB8FZf4DR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Efiopiyada Afrikadagi eng yirik aeroport qurilishi boshlandi
Loyiha qiymati 12,5 mlrd dollarga teng bo‘lib, 2030-yilda qurib bitkazilishi rejalashtirildi.
Batafsil — https://daryo.uz/iFaqQEVDg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Andijonda mahkumadan pul undirmoqchi boʻlgan inspektor aniqlandi
U shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan maxsus yigʻilishda zaldan olib chiqib ketilgan va oʻz xohishi bilan ishdan boʻshagan.
Batafsil — https://daryo.uz/LXYT7yVvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Angliya Kubogi: Abduqodir Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda “Manchester Siti” “Ekseter Siti” darvozasiga 10 ta gol urdi
O‘zbekistonlik futbolchi o‘yinni ancha faol tarzda o‘tkazdi. Jumladan, jamoasining birinchi va ikkinchi gollarida ishtirok etdi.
Batafsil — https://daryo.uz/9YvsnyVvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston Eron bilan durang o‘ynadi
Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa “C” guruhida 4 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.
Batafsil — https://daryo.uz/e5Jvms4vR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Vatikan AQSHdan Maduroning Rossiyaga qochishiga ruxsat berishni so‘radi — WP
Kardinal Petro Parolin “ko‘p kunlar davomida AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan bog‘lanishga harakat qilib, Venesuelada qon to‘kilishi va vaziyatning yomon tus olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun jon-jahdi bilan harakat qilgan”.
Batafsil — https://daryo.uz/f9-2WPVvg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Coca-Cola yangi yil karvoni O‘zbekiston bo‘ylab bayramona sayohatini yakunladi
Batafsil — https://daryo.uz/DA7RWEVDg
Reklama
Markaziy Osiyo davlatlari 2026-yilda barqaror iqtisodiy o‘sishni saqlab qoladi — BMT
Iqtisodiy o‘sishning asosiy sababi odamlarning daromadlari o‘sishi va ishsizlikning kamayishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, xorijdan yuborilayotgan pullar va oilalarga ajratilayotgan kreditlar ham o‘sishga turtki bergan.
Batafsil — https://daryo.uz/0gG6uY4vR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Nomli davlat stipendiyalariga 2025/26-o‘quv yili uchun maxsus test o‘tkazilmaydi — vazirlik
Nomli davlat stipendiyalarini tayinlashning yangi tartibi tasdiqlangan. Mazkur tartibga ko‘ra, axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillar bo‘yicha maxsus test sinovlari joriy etilishi nazarda tutilgan. Biroq ushbu talablar 2026/27-o‘quv yilidan boshlab kuchga kiradi.
Batafsil — https://daryo.uz/J4iu5E4vR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda 2021-yilgacha “prava” olganlar uchun majburiy qayta imtihon bo‘lishi haqidagi xabarlar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda “2021-yilgacha milliy haydovchilik guvohnomasini olgan haydovchilar yangi imtihon markazlarida grafik asosida majburiy tartibda, bepul qayta imtihondan o‘tkaziladi” mazmunidagi xabarlar tarqalgan edi.
Batafsil — https://daryo.uz/nhU7NPVvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Telegram’da payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni haqorat qilgan samarqandlik yigit qamaldi
22 yoshli yigit Telegram’dagi kanallardan birining izoh qismida diniy adovatni targ‘ib qiluvchi ma’lumot tarqatgan.
Batafsil — https://daryo.uz/hFZikE4Dg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
“To‘rt oylik kelin bo‘lgan”. Samarqandda chelakka tashlab ketilgan chaqaloqning onasi topildi
Tibbiyot birlashmasiga qaynonasi bilan kelgan ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortib, qabziyatdan shikoyat qilgan va klizma so‘ragan. Shifokor tekshiruvi hamda UTT qilish taklif etilgan, biroq bemor bunga rozi bo‘lmagan.
Batafsil — https://daryo.uz/p668wL4vg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Qashqadaryoda 279 mln soʻmdan ortiq mablagʻ noqonuniy kriptovalyuta ayirboshlash oqibatida talon-toroj qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/MBdehf4Dg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekistonlik olimlar suv va havoni tozalaydigan qurilma yaratdi
U tibbiyotda yaralarni davolash va antibakterial qoplamalar yaratishda, farmatsevtikada dori vositalarini yetkazib beruvchi tashuvchi sifatida, sanoatda esa mustahkam va chidamli materiallar ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkin.
Batafsil — https://daryo.uz/2-mpLB4Dg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Jizzaxda qurilishdagi sherigini pichoqlagan erkak 3 yilga qamaldi
Sudlanuvchi oshxona pichog‘i bilan tanishiga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Mojaroga spirtli ichimlik sabab bo‘lgan.
Batafsil — https://daryo.uz/57LHtBVDR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistondan 1 mlrd so‘mlik dorilarni yashirincha olib chiqib ketayotgan shaxs ushlandi
Fuqaro uni oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirib, Bekoboddagi chegara bojxona postidan Tojikistonga o‘tmoqchi bo‘lganida qo‘lga tushgan.
Batafsil — https://daryo.uz/3meID8VDR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Namanganda oʻtgan yilda davlat va byudjet tashkilotlaridan fuqarolar foydasiga 198,4 mlrd soʻm undirildi
Viloyatda jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan inshootlari uchun 24,2 mlrd soʻm olib berilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/gkLUSs4vg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Xitoy, Rossiya va Eron Janubiy Afrikada harbiy-dengiz mashg‘ulotlar boshladi
Mashg‘ulotlar Keyptaun shahri qirg‘oqlarida bir hafta davom etadi va undan ko‘zlangan maqsad dengiz xavfsizligini ta’minlash, qaroqchilikka qarshi kurash choralarini mashq qilish va o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirishdan iborat.
Batafsil — https://daryo.uz/JBwjgs4Dg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Avstraliya shtatlaridan birida o‘rmon yong‘ini sabab favqulodda holat e’lon qilindi (video)
Viktoriya shtatida 300 ming gektardan ortiq maydon alanga ichida qolmoqda. Yong‘inga havo haroratining 40 darajadan oshgani sabab bo‘lib, oqibatda 38 ming xonadon elektrsiz qoldi. Yana 130 ga yaqin bino vayron bo‘ldi.
Batafsil — https://daryo.uz/l6QXqEVDg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Toshkentda 8 yilga nohaq qamalgan tadbirkorga 300 mln so‘m ma’naviy zarar to‘lab beriladi
U jazo muddatining 5 yilini panjara ortida oʻtagan va shundan soʻng ozodlikka chiqarilgan. Fuqaro sudga murojaat qilib, 1 mlrd so‘m ma’naviy zarar talab qilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/AZgvrEVvg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
“AQSH Grenlandiyani ruslar va xitoylar egallab olmasidan oldin qo‘lga kiritishi lozim” — Tramp (video)
Oq uy rahbari orolni qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham egallashini aytdi. Tramp Xitoy va Rossiya xalqini hurmat qilishini, ammo ular bilan qo‘shni bo‘lishni istamasligini ta’kidladi.
Batafsil — https://daryo.uz/NOPCxP4Dg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Fuqarolar xorijda vafot etgan oʻzbekistonliklarni vatanga qaytarish bahonasida pul yigʻayotganlardan ogohlantirildi
Eski yoki notoʻgʻri maʼlumotlar asosida odamlarning his-tuygʻularidan foydalanib firibgarlik qiluvchi shaxslar koʻpaymoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/505mBPVvg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Credit House ishi: kompaniya qurilishga ruxsati yoʻq tashkilotlarga ham xonadonlar uchun pul toʻlagan
Sud majlisida prokuror Credit House mansabdorlaridan biri — Shoira Rahimovaga yuzlanib, ushbu holat yuzasidan izoh so‘radi. Ayblanuvchi esa ular ham hamkoriga ishonib, aldanib qolganini ta’kidladi.
Batafsil — https://daryo.uz/j1WrFE4vR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Eron bilan o‘ynaydi. So‘nggi uchrashuvlarda qanday natijalar qayd etilgan?
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogining 2-turida Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Avvalgi turdagi g‘alaba va bugungi uchrashuvdagi 3 ochko Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoani keyingi bosqichga muddatidan avval yo‘l ochishi mumkin.
Batafsil — https://daryo.uz/-bNsDPVvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Hindistonning ba’zi hududlarida VPN’dan foydalanish taqiqlandi
Chora vaqtinchalik bo‘lib, faqat huquq-tartibotni ta’minlash va jinoiy guruhlarni javobgarlikka tortishga qaratilgan. Agar vaziyat barqarorlashsa, cheklovlar muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Batafsil — https://daryo.uz/7Xr0lY4DR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Eron valiahd shahzodasi Trampdan namoyishchilarga yordam berishga tayyor turishni so‘radi
U Oyatulloh Ali Xomanaiy namoyishlarni bostirishga urinayotganini, shuningdek, “yosh qahramonlar”ning erkinliklarini cheklash maqsadida aloqaning uzilishidan foydalanmoqchi ekanini ta’kidlagan.
Batafsil — https://daryo.uz/kmSDQYVvg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
KXDR Janubiy Koreyani o‘z havo hududiga bostirib kirishda aybladi
Dron kameralarida KXDR hududida olingan deyarli yetti daqiqalik yozuvlar topilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/kiQ3ELVvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Yevropa Ittifoqi 25 yillik urinishlardan so‘ng Janubiy Amerika bilan savdo bitimini ma’qulladi
Merkosur davlatlari bilan bitim global bozorda Xitoy va AQSH bilan raqobatda Yevropaning pozitsiyasini mustahkamlashi kutilmoqda. Ovoz berish jarayonida ittifoq aholisining 65 foizini tashkil etuvchi davlatlar bitimni yoqlab chiqdi. Bu esa hujjatni tasdiqlash uchun yetarli sanaladi.
Batafsil — https://daryo.uz/-VgBfB4vR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
AQSH Karib dengizida Venesuelaga tegishli yana bir neft tankerini qo‘lga oldi (video)
Tanker “Olina” deb atalib, “soyalar floti” tarkibiga kiradi.
Batafsil — https://daryo.uz/2E0f0f4vR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
“Tramp ag‘dariladi”: Eron oliy rahnamosi namoyishchilarni xorijiy kuchlarga xizmat qilishda aybladi
Oyatulloh Ali Xomanaiy AQSH prezidentining “qulashi” muqarrarligini aytib, namoyishchilar Trampni xursand qilayotganini ta’kidladi.
Batafsil — https://daryo.uz/5h2c2B4vR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo