Ота ҳақидаги ҳақиқий тушунча!
1. Отанг сенга танбеҳ берганида у сени кариҳ кўрмайди.
2. Отанг сенга босим қилганида у сени ўсишингни истайди.
3. Отангни жим турганини кўрганингда у сени келажагинг ҳақида бош қотираётган бўлади.
4. Отанг иқтисод қилган пайтда билиб қўй, у ўз нафсини бутунлай маҳрум қилган бўлади.
5. Отанг ҳансираб қолганини кўрсанг билиб қўй, у сен сабабли шундай бўлган.
6. Отанг кулган пайтида билиб қўй, бунинг ҳам сабабчиси сенсан.
7. Отанг қаттиқ қўл бўлиб қолса билиб қўй, сен унинг кўрсатмаларига юрмаган бўласан.
8. Отанг эшик хонасини қулфлаб олган пайтида билиб қўй, у йиғлаётган бўлади.
9. Отангга нисбатан овозингни баландлатсанг уни тириклайин гўрга тиққанингни билиб қўй.
10. Сен ўзингни дарбадар ва саргардон ҳолда кўрсанг билиб қўй, отанг сендан ғазабланган бўлади.
11. Отанг тўшакка чўзилиб олиб, гапирмаётганини кўрсанг билиб қўй, сен улкан суячиқ тоғни йўқотиб, бўшлиққа юз тутган бўласан. У бўшлиқни ҳеч қандай хотира ҳам тўлдира олмайди.
Вақтида қадрлашни одат қилинг!
🌿 Keksa ayol kafega kirdi. Ofisiant qiz unga taomnoma keltirdi va nima buyurtma qilishini so‘radi.
Onaxon so‘radi:
- Bir bo‘lak tort qancha turadi?
- Uch yevro,- deya javob berdi ofisiant.
Keksa ayol cho‘ntagidan bir hovuch mayda-chuyda pul chiqardi va ohista sanay boshladi. So‘ng yana so‘radi:
- Bir bo‘lak oddiy keks qancha?
Ofisiant qiz ayolga g‘azab bilan tikildi. Ko‘p stolga qarashi kerak edi,shuning uchun biroz shoshayotgandi. Besabrlik bilan javob berdi:
- Ikki yevro!
- Yaxshi.Unda bir bo‘lak oddiy keks olaman!- dedi onaxon.
Ofisiant qiz jahl bilan keksni olib keldi va hisob varaqasini stol ustiga tashladi. Ketayotib "Qurumsoqlar" deya o‘zicha g‘udranib qo‘ydi.
Keksa ayol shirinlikni yeb bo‘lib ohista qo‘zg‘aldi. Pulni stol ustiga qo‘yib,kafedan chiqdi. Ofisiant qiz stolni tozalash uchun kelib, keksa ayolning bir yevro choychaqa tashlab ketganini ko‘rdi. Ko‘zlari yoshlandi. Ayol qizga choychaqa berish uchun oddiy keks yegandi.Lekin u onaxondan uzr so‘rashga kechikkandi...
@Hikoyalar
Аччиқ ҳақиқат
Кампир ўйланиб ўтириб ўтмишни эслади. Набираси ёшлигида "Буви, ота-онам нега биз билан эмас, улар қаерда?" савол берганида у "Болам, улар узоққа кетишган. Бир кун келиб сенга кўп совға-саломлар олиб қайтиб келишади" деб жавоб берарди.
Набираси анча улғайиб қолди. Энди у савол бермайди, фақат маъюс қарайди холос. Унинг бундай қараши кампирга "ота-онамни топиб беринг, алдоқчи" дегандай бўлиб туюлаверади. Аммо кампир унга "Отанг сен чақалоқлигингда автоҳалокатга учраб вафот этган. Онанг эса "ёнимда бўлса оёғимга тушов бўлади, қайта турмушга чиқа олмайман" деб, сени менга ташлаб кетган" деб қандай айтсин?
✍ Алп Арслон
🦅 Burgut qoyalar bag‘riga to‘rtta tuxum qo‘ydi. Qattiq zilzila bo‘lib, ulardan bittasi indan dumalab, tovuq katagigacha bordi. Kurk tovuq o‘zinikilar qatori burgut tuxumini ham bag‘riga oldi.
Vaqti kelib tuxum yorildi, undan burgutcha chiqdi. Tovuqlarning tarbiyasini olib katta bo‘ldi va tabiiyki, o‘zini tovuq deb bildi. Bir kuni burgutcha osmonda uchib o‘tayotgan burgutlarni ko‘rdi. Ular kabi samoda parvoz qilishni xohladi. Biroq urinishlari zoye ketib, kulgiga qoldi. Hamkataklari unga: “Sen tovuqsan! Burgutlardek ucholmaysan!” deyishdi. Kichik burgutning umidlari puchga chiqdi va yer titkilashda davom etdi...
P.S.: Sizni buyuk ishlardan to‘sib qoladigan "tovuq"larning so‘zlariga taslim bo‘lmang. Doimo yuksalish payida bo‘ling!
@Hikoyalar
* * *
Mana 5 kundan oshdiki Lobar hech qayerda yo'q. Ota-onasi adoyi tamom bo'lishdi. Dadasi Olimjon aka hammayoqni ag'dar-to'ntar qildi: hamma qarindoshlarinikiga bittama-bitta borib ko'rdi, qizini o'rtoqlari yaqin dugonalaridan surushtirdi. Hullas qidirmagan joyi qolmadi. Oxiri melitsiyaga habar berishdi.
Gavhar opa - Lobarning onasi, yakkayu yolg'iz farzandi, 12 yil deganda Allohdan tilab-tilab olgan qizini yo'qolganini eshitib og'ir dardga chalinib qoldi. Boshi to'xtovsiz og'rir, qo'l oyoqlarida mador yo'q. G'am odamni ezib qo'yarkan. Olimjon akaning ham Gavhar opaning ham bir pasda qadlari bukulib qoldi. Olimjon akaning uncha oq oralamagan sochlari oqarib qoldi. Bu qiz qayerda bo'lishi mumkin? Alloh saqlasin, birov o'g'irlab ketgan bo'lsachi? Yoki uydan qochib kettimikan?
* * *
Temur o'sha kundan buyon maktabga deyarli kelmay qo'ydi. Uydan ko'chaga chiqolmas, qilib qo'ygan ishining daxshatini endi his qilayotgan edi. Yo'q! U qizni buzib qo'yganidan aslo uyalmayapti, bu ishidan afsuslangani ham yo'q! U qo'rqqanidan chiqolmayapti. Qamalishdan qo'rqyapti xolos. Mana o'sha voqeaga ham 6 kun bo'ldi. Temur qizni burniga ancha vaqt uxlatib qo'yadigan dorini hidlatib hushsiz qilgach, unga kiyimlarini kiygizdi. Kimdir kelib qolmasmikan degan qo'rquvda biroz o'zini yo'qotib qo'ydi. So'ng xona shkafiga oldindan tayyorlab qo'ygan qopini oldi, qizni uni ichiga solib, shkaf ichiga berkitdi. Maktabda odam qolmasligi kutdi. Xona kalitini qorovulxonadan olib, o'rniga boshqa kalitni qo'yib qo'ygani uchun qorovul buni sezmadi. Hamma ketgach, qorong'uda shkafda qizni olib ko'targanicha axlatxonaga olib borib uni o'sha yerga yotqizdi, keyin qo'llarini yechib qo'ydi...
Qattiq g'azab, nafrat Temurning ko'zlarini ko'r qilgan edi. U Olimjon akaning alamini qizidan oldi. Lekin bu ishning oxiri nima bilan tugashini o'ylamagandi...
* * *
Melitsiya hodimlari Lobarni ko'prik ostida behush yotgan holida topishdi. Uni zudlik bilan shahar shifoxonasiga olib keldilar. Ochlikdan, suvsizlikdan madori yo'q, kechalari qorong'udan qo'rqib uxlamay chiqqan bo'lsa kerak qo'zlari qip-qizarib ichlariga botib ketibdi. Guldek qiz edi, chiroyli, aqlli. Olov yonib turgan chaqnoq ko'zlari bugun odamga mo'ltirab qaraydi, hech qanday ma'no anglatmaydi...
Ota-onasi qizini topilganiga suyunishganicha shifoxonaga uchib yetib kelishdi. Uning ahvoli haqida doktorlar ba'zor gap boshlashdi:
- Qizingiz qattiq stressga tushib qolgan. Bir ahvolda olib kelishdi...
- Nima bo'libdi qizimizga doktor? Gavhar opa qarshisida o'tirgan shifokorga javdirab qaraganicha uning og'zini poylar edi.
- Halegi... Nima desam ekan? Ochig'i...
Doktor bir-ikki yutinib oldi. So'ng past ohangda so'zini davom ettirdi.
- Qizingizni zo'rlab tashlab ketishganga o'xshaydi. Bu jinoiy ish bo'lgani uchun melitsiya xodimlari ham shu yerda. Uni kim bu ahvolga solgan, bunisi hozirch qorong'u...
- Nima?!
Olimjon akaning ko'zlaridan o't chaqnab ketdi. O'rnidan sakrab turganicha pishillab nafas olar, eshitganlariga hech ham ishonolmas edi.
- Nimalar deyapsiz?! Meni qizimniya?! Kim bunday qiladi? Qaysi iflos qiladi?!
Olimjon aka xona bo'ylab tinmay u yoqdan bu yoqqa yurar. Alamdan baqirib-chaqirganicha zarda bilan qo'llarini silkib-silkib qo'yardi. Gavhar opa esa esankiragan ko'chi o'tirgan joyida o'tirib qoldi. Ikki ko'zida achchiy yosh sizganicha, "Qizim... Lobarim..."deb shilq etib polga yiqildi... Ona bu dardni ko'tarolmdi. O'zi yuragi tez-tez bezovta qilib turar edi. Bu gapni eshitgach esa yuragi xuruj qildi, doktorlar Gavhar opani jonlantirish xonasiga olib kirishdi. Qo'llaridan kelgan barcha ishni qildilar... Lekin... Lekin uni saqlab qolisholmadi. 12 yil! Farzandsizlikdan oh urib Allohga nola-yu duolar evaziga erishgan yakka-yu yagonasi, ko'zining nuri, yolg'iz dilbandi, erkatoy qizi, joni, jahoni, Lobarining bu qismati Gavhar opaga qattiq tasir qildi. Bolasini diydorini ko'rolmay, unga qalbidagi gaplarini aytolmay armonda bu dunyodan ko'z yumdi...
* * *
Temur uyqu to'la ko'zlarini erinibgina ochdi. Tong'illaganicha dadasiga zarda bilan gapirdi.
- Eee dada! Bugun Yakshanba-ku... Dam olishgayam qo'ymaysiz.
- Uyquga to'ymadingmi, hoy? Tur deyapman. Daraxtlarni tagini yumshat.
- Ayam qani? O'zlari qilaversinlar. Meni qilgim yo'q. Quyoshni qarang jizg'anak qilib tashlaydi-ku?!
- Ayang ishga ketgan. Men mehnatga yaramay qolyapman, o'g'lim. Endi sen ham yosh bola emassan. Bo'sh payting u yoq bu yoqda ishlab sal oilaga, ro'zg'orga yozdam bersang bo'lardi.
- Men ishlaymi?! Yo'o'o'q. Men o'qishim kerak-ku. O'qib boshliq bo'laman. Hammaga ish buyurib o'tiraman.
- Ha endi ishlasang yomon bo'lmaydida o'g'lim. Mehnatga, qiyinchilikka o'rganasan...
Temur yuzini bujmaytirganicha dadasiga ters buruldi. Bu uning " Meni o'z holimga qo'ying" degani edi. Bahtiyor aka boshini og'ir chayqatganicha "Ha bolasi tushmagura!" deb qo'ydi.
* * *
Maktab hovlisi nihoyatda chiroyli. Kiraverishdagi ikki taraf turli tuman gullar bilan bezalgan. Did bilan parvarish qilingan archalar maktab husniga husn qo'shib turibdi. Darvoza lang ochiq. Bir necha soatdan so'ng shu yerdan yuzlab qora ko'zlar bilim olish uchun kirib kelishadi. Qo'llariga so'mka, turli daftar, hujjatga o'xshash fayllari ko'targanicha o'qituvchilar ham bolalarga bilim bermoq uchun shosha-pisha maktab tomon kelishyapti...
Chiroyli oq mashina kelib maktab ostonasida to'xtadi. Undan Yoshi 50 larga borib qolgan bo'lsada sochlari anchayin qalin (uncha oq sochi ham yo'q), kelishgan, barvasta kishi tushdi. Bu odam shu maktabning drektori Olimjon aka bo'ladilar. Tabiatan juda mehribon, oqko'ngil kishi, lekin ishga kelganda anchayin talabchan, qattiqqo'li...
Qo'ng'iroq chalinib hamma darsiga kirib ketdi. Hozirgina gavjum bo'lgan maktab hovlisi, bir pasda bo'shab qoldi.
Temur papkasini yelksiga qiyshiq osgani ko'yi maktabga shoshilmasdan bemalol kirib keldi. Hovlida hech kim yo'q, hamma darsda. Temur atrofga alanglab bir qarab oldida daraxtlar ostiga o'tib ketdi. O'g'rincha hammayoqni bir-bir kuzatgach papkasidan sigaret chiqardi. Shoshilganicha bir donasini og'ziga solib gugurt chaqti. Temurning ilk marotaba chekishi shekilli ko'zlari yoshlanib, bir ikki yo'talib ham qo'ydi.
- Samadov! Senmisan?!
Temur qo'rqib o'rnidan turdiyu, direktor Olimjon akani ko'rib qotib qoldi. Qo'lidagi sigaretini yerga otib yubordi.
- Samadov Temurmisan?!
- Haa... Men...
Temur boshini quyi solganicha labini tishlab uzoq turib qoldi. U ancha besaramjon edi.
- Nima qilyapsan? Sigaretmidi qo'lingdagi?
Temur javob bermadi.
- Sendan so'rayapman?! Tilingni yutvordingmi? Sigaret chekdingm?
- Ha.
- Esing joyidami yosh bola narsa. Nega darsga kirmading? Hoziroq ota-onangni oldimga olib kelasan! Eshitdingmi? Sen bilan boshqacha gaplashamiz endi? Shuncha ayblaringni kechirganman. Bunisi oshib tushdi. Bugun chekasan, ertaga ichasan, undan keyin esa... Gapirishga ham qo'rqaman!
- Iltimos, Olimjon aka. Uyimdagilar bilishmasin.
- Yo'q. Bu yashiraydigan narsamas Temur. Bor, uyingdagilarni aytib kel!
- Yo'q!!!
Temur direktorga qattiq baqirib yubordi. Olimjon aka o'zini to'xtatolmadi. Temurning yuziga bir shapaloq tushirdi. "Tars!" etgan shapaloq ovozi hammayoqqa jaranglab ketdi. Temur chap yuzini changallagancha Olimjon akaga g'azab bilan qaradi.
- Bor dedim! Dadangni chaqirib kel!
Temur indamay tishini g'irchillatganicha ortiga burilib uyi tomon ketdi.
"Hali ko'rasan mendan! Urganingga pushaymon qildirmasammi Temur otimni boshqa qo'yaman. Meni urdiyaa! Hatto dadam chertmagan meni, sen kimsanki meni urasan!" Temur shunday hayollar bilan uyiga ketarkan qalbida direktorga nisbatar nafrat urug'i unib o'sa boshladi...
Temurga 10 kunlik hashar qilish hamda 3 ta sinfni parta-stullarini artish jazosi berildi. Ota-onasi hamda sinf rahbari, direktor yonida boshqa chekmaslikka va'da berdi. Shu orada kunlar o'tdi. Maktab imtixonlari ham ancha yaqinlashib qoldi. Yaqinda 25-may "So'nggi qo'ng'iroq". Temurlar bitiruvchi sinf. Bayram tadbiriga tayyorgarliklar avjida.
Сир
—Ойижон, тушликка нима овқат тайёрласам бўларкин?
—Истаган таомингизни тайёрлайверинг, болам, биз бугун жума намозидан кейин бир жойга ўтиб келишимиз керак.
Қайнонасининг ҳар жума намозидан сўнг қаерга ўтиб келиши ёш келинчак учун қизиқ эди, аммо бу сирдан орадан тўрт йил ўтибгина воқиф бўлди.
Ўша куни ҳам жума эди. Жума намозидан тарқаган одамлар уйларига етиб олган.
Муниса шифокор кўригидан ўтгач, қорни очқаганини ҳис қилди, шундоққина шифохона ёнидаги пештоқига "Боли ҳовуз" деб ёзилган емакхонага кириб, иссиққина шўрва ичиб олишни мўлжаллади. Ёлғиз ўзи овқатланаётгани учун уялиб, бурчакдаги жойни эгаллади. Таомномани кўздан кечириб, жойига қўяркан, кўзи емакхонанинг тўридаги бурчакда ўтирган қайнота — қайнонасига тушиб қолди. Ана, қайнотаси косасидаги суякни олиб қайнонасининг ликопчасига соляпди.
"Демак, ҳар жума куни шу ерга келишар эканда!"
Аёл тўрт йилда ота-онасидек қадрдон бўлиб қолган яқинларини бироз кузатиб турди, сўнг, қорни оч бўлса ҳам, эшикка қараб юрди. Яхшиси, уйда овқатланади.
Муниса бир жуфт кабутардек ўтирган жуфтликни чўчитиб юборишни истамагандек эшикдан оҳиста чиқиб кетди.
Феруза Салходжаева
Жиддадаги қирол Абдулазиз университетида ўқувчи бир йигит ҳикоя қилади:
Университет имтиҳонлари яқинлашиб қолганда дадам қаттиқ оғриб қолдилар. Бошларида туриб тузук тайёрлана олмадим. Имтиҳон кунига бир кун қолганида дадам аҳволи оғирлашиб, касалхонага олиб кетдим. Ўша кечаси дўхтирлар тинчлантирувчи уколлар бериб, осма уколга боғлаб қўйишди.
Қўлимда имтиҳонга тайёрланиш учун олиб келган, дарслар хулосаси тўлдирилган дафтарни ушлаганча дадам бошида ўтирар эканман, кўзим кетиб қолибди. Эрталаб бомдодга яқин уйғондим. Дадам ўзларига келиб, анча енгиллаб қолган эканлар.
- Дада, бугун бироздан сўнг имтиҳон топшираман, дуо қилинг, - дедим.
Қўлларини кўтариб дуо қилдилар.
Эрталаб университетга кетдим. Имтиҳонга кирдим. Имтиҳон варақасини кўриб, саволларни ўқиб тарвузим қўлтиғимдан тушди. Дарс пайтида яхши ўзлаштирган мавзуларни ҳам дадам хаста бўлган охирги кунлардаги ташвишим, асабийлашишим туфайли унутгандек эдим. Бошимни чангаллаб ўтириб, саволларга жавоб беришга ҳаракат қилдим. Ваҳиманинг зўридан жавобини билган саволлар ҳам миямда бир-бирига қоришиб кетган эди. Варақада келган олтмиш саволнинг анчасига хато ёзиб чиқдим. Берган жавобларимни китобларда келган маълумотларга солиштириб тамоман умидим узилди. Йиқилишим аниқ эди.
Бир-икки кундан сўнг имтиҳон натижалари эълон қилинди. Ҳамма деворда осилган рўйхатга чопди. Истар-истамас бордим. Рўйхатдан исмимни излар эканман, исмимдан кўра ҳамманикидан ажралиб турган натижага кўзим тушди.. Менга тўлиқ баҳо қўйилган эди! Кўзларимга ишонмадим. Кўзимни ишқалаб яна қайта қарадим. Баҳо тўлиқ қўйилган. Бунга шубҳа йўқ эди. Энди хаёлимга бошқа эҳтимол келди: "устоз янглишипти.. бошқанинг баҳосини менга қўйиб юборипти".
Устоздан бунинг ҳақиқатини сўраб билиш учун унинг хонасига кирдим.
- Кел, - деди у. - Нима хизмат?
- Домла, имтиҳон натижасининг аниғини билиш учун кирдим, - дедим. - Менга аниқ неча баҳо қўйилган?
- Исминг нима эди?
- Файсал.
- Хўш..., - деди у рўйхатни кўздан кечириб. - Сен тўлиқ баҳо олибсан, хотиржам бўл.
- Имтиҳон варақамни кўра оламанми? - дедим мен.
- Биласанми, - деди у пешонасини бир қашлаб олиб. - Имтиҳон варақаларини уй балконида текшираётган эдим. Шамол қўзғалиб, варақалардан бирини учириб кетди. Фарзандлар билан қанча изласак ҳам топа олмадик. Студентлар рўйхатини текшириб, варақа сенга оидлигини ўргандим. Сенга зулм бўлмасин дея энг юқори баҳони қўйдим.
Мен унга бошимдан ўтган воқеани рўйи рост ҳаммасини айтиб бердим.
- Унда буни дадангга қилган хизматинг эвазига берилган Аллоҳ инъоми деб бил. Шу зайлда хизматда давом эт, кам бўлмайсан, - деди устоз.
Коинотнинг Яратувчиси ҳаётни шундай яратганки, ҳатто ҳар томонлама муваффақиятга эришган бўлса ҳам, у ҳаётнинг расмини онгли равишда тўлиқсиз қолдиради.
Ушбу номукаммалликнинг мавжудлиги доимий равишда оёқлар ердан узилмаслиги учун эслатмадир.
Март ойи бошида дунёнинг ўн биринчи ва Осиёнинг энг бадавлат тадбиркори Reliance Group компаниясининг раҳбари Мукеш Амбани ўғли Анант Амбанининг дунёдаги энг қиммат тўй маросими бутун дунё бўйлаб сарлавҳаларга ва ижтимоий тармоқларда ҳам муҳокамаларга сабаб бўлди.
Тадбир давомида меҳмонларга нонушта, тушлик, пешиндан кейин чой, кечки овқат ва ярим тунги газак учун 12.000 та маҳсулот тақдим этилди. Ушбу тадбирда кино саноатининг барча супер юлдузлари рақсга тушишди. Бутун дунёдан машҳур ва юлдуз шахслар борлигига қарамай, барчанинг эътибори жисмонан баҳайбат бўлган Анант Амбанида эди. Чунки у оғир хасталикдан азият чекмоқда. Бу анъанавий тиббиёт билан даволаш мумкин бўлмаган касаллик. Даволаш учун унга доимий стероидлар берилиши керак. Ушбу кортикостероидлар назоратсиз иштаҳани келтириб чиқаради, бу эса одамни кўп миқдорда озиқ-овқат истеъмол қилишга олиб келади. Натижада, у назорат қилиб бўлмайдиган вазнга эга бўлади.
Миллиардлаб доллар бойликка эга бўлишига қарамай, Мукеш Амбани севимли ва кенжа ўғли касалликдан азият чекмоқда, бу оламда стероидларнинг ножўя таъсиридан бошқа давоси йўқ.
Анант филга ўхшаш (еlephantiasis) касалликка чалинганида, Мукеш Амбани минглаб гектар ерларни филларни даволаш, ўйин-кулги, курорт ва массаж воситалари билан тўлдирилган сафари боғига айлантиради. Ушбу сафари боғида ҳар куни филларга юзлаб тонна қуруқ мевалар берилади. Фил касаллиги (еlephantiasis) - шиш пайдо бўлишига олиб келадиган касаллик бўлиб, терини филнинг терисига ўхшаш қалин ва қаттиқ қилади.
Бу Мукеш Амбани касал ўғли билан шахсий курашининг бир кўриниши. У ўғлига мукаммал бир кунлик “соғлом кун”ни сотиб ололмайди, гарчи барча қулайликлар унинг оёқлари остида бўлса ҳам.
Мукеш Амбани маросимда минглаб меҳмонларга мурожаат қилар экан, унинг ҳаёти атиргул тўшаги эмас, балки тиканларга тўла саёҳат эканини айтди.
Мукеш Амбани бу сўзларни айтар экан, камера Осиёнинг энг бой одамининг юзини катталаштирди, унинг юзи чуқур қайғуда, кўзларида ёш оққан ҳолда кўринди. Бу кўз ёшлардаги оғриқ ва ночорлик сезилиб турарди. У миллиардлаб доллар бойлигига қарамай, ўғлига бир кун ҳам мукаммал соғлик сотиб ололмаганидан афсусда эди.
Яратганнинг адолати қанчалик ғалати? У қаердадир ҳаёт тасвирини тугалланмаган ҳолда сақлайди. Бу эса комилликнинг моҳияти мана шу номукаммалликда ётганини кўрсатади...!
Бунинг маъноси – Мукеш Амбани ёки кимнингдир бойлигига ҳавас қилиш ўрнига, ҳаётимизнинг тўлиқ бўлмаган сурати учун Яратганга шукр қилишимиз керак. Чунки бизнинг расмимиз Амбани тўлиқ бўлмаган расми каби жарроҳлик талаб қиладиган эмасдур.
Шундай экан, келинглар, хурсанд бўлиб, Аллоҳга ҳамд ва шукроналар айтиб яшайлик.
Азамат Акбар
Уларнинг бу гапларидан сўнг кўз олдимдаги барча суратлар йўқолиб фақат отамнинг суратлари пайдо бўлди. Отамнинг насиҳатлари зоҳири қаттиққўллик аммо ботини раҳмат, муҳаббат, шафқат, хотиржамлик бўлган катта бир эшик экан. Отамга нисбатан қаттиқ бир соғинчни ҳис қилиб оёқ-қўлларини ўпиш учун уйим томон шошилдим...
Аммо дарвозамиз олдида қўшнилар, қариндошлар жамланишганини кўрдим. Улар менга умидсиз ва шафқат билан қараб туришар эди. Ҳаммасини тушундим. Кечикибман...вақт ўтибди.
Отамнинг овозларини эшитишга муштоқ эдим. Насиҳатларига қулоқ тутишга тайёр эдим. Нега отамни олдинроқ англамадим?! Нега у кишини олдинроқ кўрмадим?!
Бадалсиз атоларини, ҳудудсиз муҳаббатларини нечук ҳис қилмадим?!
Отажоним!
Bayyinauz
Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda
📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇
https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A
👆 ni bosing va OK.
Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!
Ибратли Ҳикоя.
ОБДАСТА
Бу воқеага салкам ўттиз йил бўлиб қолди. Бавосил (Гемарой) касали билан оғриб юрардим. Муродуллахонни тажрибали, қўли енгил жарроҳ деб эшитган эдим.
Дард мени кундан-кунга ўз исканжасига олар эди. Ниҳоят, чидай олмай, бир куни Муродиллахонни ҳузурига бордим.
Муродиллахон менга бўш ўриндиқни кўрсатиб; "Ўтиринг, аввал бир оз сухбатлашайлик, ахир сиз билан қадрдонмиз~ку!" дея мулозамат кўрсатди.
Кейин аста сўз бошлади: " Биламан, сиз зиёли одамсиз, аммо намозхон эмассиз. Кундалик хаётингизда обдастадан фойдаланмайсиз, чамамда. Акс холда, хозирги аҳволга тушмаган бўлардингиз. Дўстим, сизни даволашда, аввало халқона усулни қўллаб кўрамиз. Шу бугундан эътиборан обдастани ўзингизга дўст деб биласиз ва ҳар гал хожатга борганингизда илиқ сув билан покланиб юрасиз. Иш жойингизда, сафарга чиққанингизда бошқа идишлардан ҳам фойдалансангиз бўлаверади. Бундан ташқари, ҳар куни эрта тонгда, уйқудан уйғонишингиз биланоқ, 0.5 литр миқдоридаги қайнатилган сувни, бироз илиқ ҳолда ичасиз ва нонушта қилмай, ярим соат ховлида сайр қилиб юрасиз. Бу қабзиятни олдини олади. Бу муолажа усулини канда қилмай бажарасиз. Аллоҳ насиб этса, 4-5 ой ичида касалликдан бутунлай фориғ бўлиб кетасиз. Бу усул хаётда синаб кўрилган, ўзини оқлаган. Ҳузуримга шифо излаб келишган кўплаб беморлар, шу оддийгина халқона усул билан шифо топиб кетишган. Сиз ҳам ҳеч нарса кўрмагандек бўлиб кетасиз, ИНШААЛЛОҲ ".
Жарроҳ тавсияларига риоя қилиб, олти ой деганда бавосил касаллигидан батамом халос бўлдим.
Энг муҳими шу дард баҳона, Аллоҳ буюрган фарз амалларни бажаришга киришиб кетдим: беш вақт намоз, рўза ва бошқа солиҳ амалларни адо этадиган бўлдим. Ҳозир руҳим анча тетик, соғлиғим яхши. Фарзандларимизнинг барчаларини уйли, жойли қилиб бўлдик. Энди, насиб қилса аёлим билан бирга ҳаж зиёратига боришни ният қилганмиз".
Ҳамроҳимнинг ҳикоясидан кейин динимиздаги ҳар бир амал, албатта бир ҳикматга эга эканига яна бир бор амин бўлдим. Мусулмон қилиб яратгани учун меҳрибон Аллоҳга ич-ичимдан шукроналар айтдим...
" Ҳидоят" журналидан....
Бир куни шогирд устозидан сўради:
— Нима учун чақалоқлар ҳамма ерда бир хил йиғлайдилар. Улғайганларида эса уларда ҳар хил хислатлар пайдо бўлади?
Устоз жавоб берди:
— Бу тарбиянинг натижасидир.
Шогирд сўради:
— Эй маънолар хосхонасини эгаллаган пири комил, тарбиянинг ҳосиласи ёшга ҳам боғлиқми?
Доно устоз дедилар:
— Ҳа, албатта. 20 ёшда ҳиссиёт, 30 да истеъдод, 40 да ақл ҳукмронлик қилади.
Илмталаб шогирд яна сўради:
— Эшитишимча, тана қартайганда, аҳлоқ мустаҳкамланади, дейдилар. Бунинг сабаби не?
Пири комил бир лаҳза ўйга чўмгач, шундай деди:
— Чунки инсон танасидаги барча аъзолар ўз нафсини қондиравериб чарчайди, ҳолдан тояди, руҳ эса ҳаёт чарҳида чарҳланиб, аҳлоқ орзу ҳолини бойитиб бораверади.
Қизиққувчан шогирд яна сўради:
— Эй, устоз, минг машаққат ила юксаликка кўтарилган инсонни нима пастга тушириши мумкин? Мен шундан огоҳ бўлайин.
Сермулоҳазали устоз шогирдига қараб, шундай деди:
— Киши қанчалик юксакликка эришмасин, аҳлоқда оқсаса, пастга тушиб кетиши муқаррардир. Эй, шогирд, мисқоллаб йиққан обрўйинг бир зумда тўкилмасин десанг, ақлингни ҳамиша раҳнамо этгил. Нолойиқ ишлардан олисга кетгил.
@Hikoyalar
“Одамлар нима дейди?...”
🍃
Кун жуда иссиқ бўлди. Кўчага кўйлакчан чиқдим. Қаршимдан бир танишим келиб қолди. Салом берар-бермас, жиддий туриб:
- Нимага бундай қилдингиз?! – деди.
Бу саволдан довдираб қолдим.
- Нима қилибман?
- Ахир кастимсиз юрибсиз-ку? Бундай юриш сизга ярашмайди. Одамлар нима дейди?
Жавоб қилмай ўйланиб қолдим.
Демак, мен одамларга савлатли кўринишим учун шу жазирамада ҳам кўчага кастим кийиб чиқишим керак экан-да!
Теваракка разм солдим. Илк кўрганим баланд пошнали туфли кийиб олган бир аёл эди. Бундай туфлида юриш қийин. Ишонмасангиз марҳамат, оёғингиз учида юз қадам юриб кўринг. Ўзини бундай қийнашда қандай маъно бўлиши мумкин? Трамвайда ўриндиқлар бўшлигига қарамай, тик туриб кетаётган аёлга кўзим тушди. Ўтиришга таклиф қилсалар-да, кўнмас эди. У жуда тор кийим кийиб олган, ўтира олмаётганининг боиси ҳам шу. Сўрашингиз мумкин: ўзини нега бунақа азоблайди? Чиндан ҳам, шўрлик аёл ичдан азобланиб турган бўлса ҳам, зоҳиран одамларга чиройли кўринмоқчи бўлади.
Баъзи йигитчалар сочини тартибга келтиришга ярим соат овора бўлади. Сўнг шабада эсишидан ёки автобусда бирор адашган қўл тегиб кетиб, бу антиқа кўргазмани йўққа чиқаришидан кунбўйи қўрқиб юришади.
Ҳеч кўрганмисиз, айрим аёллар меҳмонларни, дугоналарини очиқ чеҳра билан қаршилашади . табассум, мулойим гап-сўз, чиройли одоб кўрсатишади. Эри билан муомаласида эса, бошқача...
Баъзилар кўчага чиқса, бегоналар учун зийнатланади, либосларнинг энг чиройлисини кияди. Турмуш ўртоғига эса сочлари ҳурпайган, кир-чир кийим билан юзланаверади.
Тўй маросимлар ҳам хўжа кўрсинга елиб-югуришлар, машаққат чекишлар кўп. Барча ўйларимиз бир кунда ўтадиган тўй ҳақида бўлади. Одамлар кўриб: “Аллоҳ ёрлақасин, жуда зўр!” дейишлари учун сеп-сидирға йиғамиз. Никоҳ маросимида тўй-томошани дабдабали қилишга уринамиз. Молларни увол қилиш билан шайтонни хурсанд қиламиз. Бир-икки соатга кийиладиганкелин либосига қанча-қанча пул сарфлаймиз. Баъзиларнинг тўй дастурхонига қўядиган писта-бодом пулига ўртачароқ тўйни ўтказса бўлади.
Булар ҳаммаси нима учун Келин куёвнинг фойдаси учунми? Савоб учунми? Йўқ! Унда нима учун? Одамларга мақтаниш учун!
Бироқ биз ҳар қанча сарфласак, биздан ҳам кўпроқ сарфлайдиганлар топилаверади. Одамлар эса: “Фалончи мана бундай тўй қилган эди”, дея гапиришини ташламайди. Таъзияларимизда ҳам исроф оз эмас. Қўшнимиз бой-бадавлат бўлса-ю, бизнинг ойлик маошдан бошқа даромадимиз бўлмаса, шундаям паст кетмаймиз: агар у минг долларлик қандил, музлатгич, кир ювадиган машина, ё гилам сотиб олса, биз ҳам сотиб олишимиз керак, йўқса одамлар гап қилади.
Хулоса шуки, туришимиз, ўтиришимиз, ейишимиз, кийинишимиз, кундалик сарф-харажатларимиз одамлар хоҳлаганидек бўлиши керак. Бўлмаса, одамларнинг тескари тилига тушиб қоламиз...
Ахир биз қачон ўзимиз учун яшаймиз?
Биз қачон ақл чегарасида тура оламиз?
Орамизда мана шу исканжаларни синдирадиган ақлли, бақувват кишилар борми?!
Шундай иродали, иймони комил бўлишни истаганларга, мана, улуғлардан қолган насиҳат: ҳар ким, аввало динига эргашсин, бирор ҳаром иш қилмасин; сўнг ақлига эргашсин, нимани яхши деб билса, шуни қилсин, кўрпасига қараб оёқ узатсин. Бойларнинг бойи бўлса ҳам, зарурий харажатга пул сарфласин, исрофдан қочсин. Одамларнинг гапларидан қўрқмай яшасин...
"Ибратли ҳикоялар" китобидан.
© Hazrati Abbos namoz vaqtlari
@Oybek_Muallim
Қайсидир Африка қабиласида қизиқ бир одат бор экан. Бу қабиладан бирор киши ёмон иш қилса, уни гузарга олиб келиб, атрофини ўраб олишади ва икки кун давомида қабиладошлари унинг қилган барча яхши амалларини айтиб, эслашади, бунинг учун миннатдорчилик билдиришади.
Бу қабила фалсафасига кўра, ҳар бир инсон дунёга яхши бўлиб келади. Ҳар бир инсон муҳаббат, бахт, тинчлик, хавфсизликка муҳтож. Баъзида одам буларга эришиш учун хато қилади.
Қабила эса бу хатони шу одам ёрдамга муҳтож эканига ишора деб билади. Улар йиқилганларни кўтариш, уни асл табиатига қайтариш ва унинг кимлигини эслатиш учун бирлашадилар.
@Hikoyalar
Ҳатто эр қаттиққўлроқ, инжиқроқ бўлса ҳам, хотин ношукурроқ, итоатсизроқ бўлса ҳам, инсонга эр-хотин бўлиб яшаш роҳат, соғлиқ учун фойда, руҳият учун хотиржамлик ҳисобланади.
Қисқаси, машаққат билан оила қилиб яшаш арзийдими – арзийди!
@IkromSharif
Олимпиадага йўлланма олингач, мусобақага тайёргарлик қолиб, унинг атрофидаги популистик масалалар асосий планга ўтиб кетди. Клиплар, шиорлар, табриклар, мукофотлар...
Жамоа Парижга боргунича ютқазиб бўлганди. Олимпиадада баландпарвоз гаплар эмас, спортча принциплар ғалаба келтиради.
Хуллас, едик.
-----------------------------
Olimpiadaga yoʻllanma olingach, musobaqaga tayyorgarlik qolib, uning atrofidagi populistik masalalar asosiy planga oʻtib ketdi. Kliplar, shiorlar, tabriklar, mukofotlar...
Jamoa Parijga borgunicha yutqazib boʻlgandi. Olimpiadada balandparvoz gaplar emas, sportcha prinsiplar gʻalaba keltiradi.
Xullas, yedik.
@indallo
Gavhar opaning vafoti, Lobarning bu ahvoli Olimjon akani ezib qo'ydi. O'z xohishi bilan ishdan bo'shadi. Endi u bu yerlarda turolmasligini tushundi. Uyidan ko'chaga chiqolmay, odamlarga qo'shilolmay qoldi... Lobar ham oldingidek emas. Hech narsaga qiziqmas, hech kim bilan ishi yo'q. Xonasiga qamalib olganicha bir burchakda o'tirin yum-yum yig'laydi. Onasining barcha marakalari o'tdi, lekin Lobarning qalbida onasini bir bor to'yib bag'riga bosa olmagani, oxirgi marta "Ayajon sizni yaxshi ko'raman!"deyolmagani bir umrga armon bo'lib qoldi.
Surishtiruv ishlari nihoyasiga yetdi. Temur qilgan bu qabih ishining jazosini oldi. 8 yilga ahloq tuzatish kaloniyasiga jo'natildi. Endi u umrining eng navqiron davrlarini to'rt devor orasida o'tkazishga mahkum! Onasining undan umidlari anchagina edi, lekin bari puch bo'lib chiqdi. Bu tantiq o'g'il ota-onasiga rahmat emas, la'nat olib keldi. Olimjon aka bor budini sotib, qizi Lobar bilan chet elga - Koreyaga ketishdi. O'sha-o'sha ularni hech kim ko'rmadi ham, ular haqida hech kim eshitmadi ham...
TAMOM.
✍️ Usmonaliyeva Munira.
20.06.2024. ⌚22:12
@Hikoyalar
Lekin Temur na bayramni, na maktab imtoxonlarini o'ylar uning hayoli direktor Olimjon akadan qanday qilib qasd olishda edi...
* * *
Maktab kutubxonasi. Ozoda, sarishda, kitoblar tartib bilar terib chiqilgan. Bolalar bemalol o'qib o'tirishlari uchun stol-stullar taxt qilib qo'yilgan. Lobar - Temurning sinfdoshi, Olimjon akaning yolg'izgina qizi, kutubxona burchagidagi mo'jaz stolga qanaqadur kitobni qo'yganicha daftariga nimadurlarnidir yozib o'tirar edi. Juda aqlli qiz. Maktab olimpiadalarida hamisha qatnashib kelgan. Faxrli o'rinlarni egallagan. Ayniqsa tarix faniga mehri bo'lakcha, sport turlaridan stol tennisini yoqtiradi. Hatto bir marta viloyat bosqichigacha yetib borib 3-o'rinni egallab qaytgan...
Maktabda darslar allaqachon tugagan. Lobar kitob o'qishga berilib ketib soatga ham qaramabdi."Voy kech bo'libdi-ku! Ingliz tilidan kursga borishim kerak edi" Lobar endi narsalarini yig'ishtirayotgandi hamki Temur qo'lini cho'ntagiga solganicha kutubxonaga gerdayib kirib keldi. Undagi bu viqor Amir Olimxonda ham bo'lmasa kerak. Juda kibrli bu yigitcha hammaga past nazar bilan qaraydi. O'zini hammadan ustun deb biladi. Lobar uni hech yoqtirmaydi.
- Ooo maktabimiz malikasi kitob o'qiyaptilarmi?
Temur tulki qarash qilib Lobarga gap qotdi. Lobar ensasini qotirganicha unga bir so'z deyishni ep ko'rmay o'z ishida davomi etaverdi.
- Lobarxon, menga yozdamiz kerak edi...
Lobar kitobdan ko'zini uzib Temurga "qanaqa yordam?"degandek nigoh tashladi.
- Unaqa qaramang iltimos, qo'rqib ketyapman. Shunchaki yaqinda tarixdan imtixon-ku, siz zo'r bilasiz. Menga bir ikki narsalarni tushuntirib yuborsangiz degandim.
- Hozirmi? Men ketishim kerak Temur. Kursim bor. Kech qolyapman. Xohlasang ertaga shug'ullanamiz.
- Yo'q erta bo'lmaydi. Kursing 3 da boshlanadi. Hali vaqt borku. Uzog'i 10 minut vaqtingni olaman, yo'q dema Lobar, iltimos.
Lobar nima qilishini bilmay biroz turib qoldi.
- Mayli ko'rsat savolingni, men qaysi kitobdan, qaysi mavzulardan javoblarini topishingni qalam bilan belgilab beraman, bo'laqol kech qolyapman Temur.
- Yonimdamas, rus tili xonaga tashlab chiqibman papkamni o'sha yerda ko'rarmiz. Yur!
Temur tez-tez yurganicha xona eshigi oldiga keldi. Lobar ham uning ortidan yetib bordi.
- Kir!
Lobar kirdi. Temur atrofga bir qarab oldida ichkariga kirgach shart xona eshigini kalit bilan qulfladi.
Lobar qo'rqib ketdi. Ranglari dokadek oqarib oyoq-qo'li qaltirashga tushdi.
- Nega eshikni qulflading, Temur? Och, chiqib katay iltimos.
Temur hayvoniy bir kulish bilan Lobar tomonga asta yurib kela boshladi. Uning ko'zlarida qonxo'r yirtqichlarning o'z o'ljasiga qaragan nigohi bor edi. Shaytoniy bir irshayish bilan shart Lobarning bilagidan ushlab o'ziga tortdi. Lobar baqiraman deb endi og'iz juftlagan edi Temur kuchli kaftlari bilan uning og'zini to'sdi. Lobar bor kuchini ishga solib unga qarshilik qilishga urunar, sochlari to'zg'ib ketar, ko'zlaridan alamli, achchiq yoshlar tomchilar edi. Temur Lobarni shu qadar kuchli urdi-ki, Lobar bir qalqib polga yiqildi. Boshi qattiq tushgan bo'lsa kerak hushini yo'qotdi. Temur shundan so'ng cho'ntagidan bir bog'ich mato olib, Lobarning avval og'zini,keyin qo'llarini orqasiga qilib maxkam bog'ladi...
Lobar ko'zini ochib, o'zini axlatxonaga o'xshagan jirkanch bir joyda ko'rdi. Qo'llari yechib qo'yilgan ekan og'zidagi bog'ichni yechdi. O'rnidan turmoqchi bo'lgan edi belida kuchli og'riq turib o'tirib qoldi. U nomusidan ayrilgan edi. Dod solib bor ovozi bilan yig'ladi. Sochlari tartibsiz bo'lib ketgan, egnidagi ko'ftasi yirtilib bir chetiga qon tekkan. Lobar oyog'ida bazo'r turdi. Hali ham nima bo'lganiga tushunolmas, boshi muttasil aylanar, ko'ngli aynib tinmay o'qchirdi. Endi nima qiladi? Qayga boradi? Ota-onasining bor umidlari undan edi, endi ularning ko'ziga qanday qaraydi? Bu savollarga javob topolmas, biqinini changallagancha yo'l cheti bo'ylab asta qadam tashladi...
"Endi uyimga borolmayman. Dadamdan, ayamdan uyalaman. Oh! Bu qanday sharmandalik! Iflos! Maraz! Hayvon! Hezalak! Men senga nima yomonlik qilgandim?!"
Jazo
(Hikoya)
Bo'lgan voqea asosida yozildi.
Tashqari havo nihoyatda issiq, dim. Quyosh atrofni jizg'anak qilib, o'zining tillorang nurlarini ayamasdan sochmoqda. Vaqt ham allamahal bo'lib qoldi. Katta-katta daraxtlarning tanaga jon bag'ishlovchi soyasi ostida odamlar to'p-to'p bo'lib turishibdi. Ular - qora ishchilar, xalq tili bilan aytganda "Mardikorlar". Ertalab sahardan buyon oilasini boqaman deb chiqqan kishilar, o'qishimga, ota-onamga harna yordam qilay degan navqiron yigitlar, eri yo'q beva, yoki yolg'iz, boquvchisini yo'qotgan juvonlar, eri bo'la turib oiladagi chiqimlar, kamchiliklarning ko'pligidan noiloj shu ishga chiqqan ayollar. Bular orasida bugun ishga yangi chiqqan bir ayol - Nazira opa mittigina jussasi bilan qo'lida allaqandan so'mka ko'targanicha bir burchakda homush yo'lga ko'z tikib turibdi. Uning o'g'li Temur kap-katta yigit bo'lib qoldi. 5 ta qizdan keyin tug'ilgani uchundir balki, uni juda erkalatib yuborishgan. Og'ir ish qildirishmaydi, dadasi "Oftobga chiqsa qorayib ketadi" deb quyosh yuzini ko'rsatishi bilan Temurni ichkariga kirg'izib yuboradi. Aytgani aytgan, degani degan. Barcha ish: yer chopish, ko'chat ekish, daraxtlarni sug'orish bundan tashqari uy yumushlari hammasi Nazira opaning bo'ynida. 5 ta qizni voyaga yetqazib chiroyli tarbiya berishdi. Barchasini o'z egalariga topshirdilar. Endi ko'ngil to'q. Mana shu erkatoy - Temurni ham yaxshi o'qishlarda o'qitishsa, bir oqila qiz topib uylantirib qo'yishsa bas!
- Assalamu alaykum opa yaxshimisiz?
Nazira opa o'ylanib o'tirgani uchunmi begona ovozdan biroz cho'chib ketdi. Qarasa, yosh bir yigitcha unga kulimsirab turibdi.
- Va alaykum assalom o'g'lim. Shukr. Allohni izni bilan yuribmiz.
- Yangi hovli olgandim. Onamga sovg'a qilmoqchiman. O'sha uyni kechkacha tozalab hovlilarni tartibga keltirish kerak edi. Shunga nima deysiz?
Nazira opa juda quvonib ketdi. Ishchi ko'p. Aksiga olib bu issiqda ish ha deganda topila qolmaydi.
- Mayli o'g'lim. Boraveramiz.
- Unda yaxshi!
Yigit mamnun jilmaydi.
- Qani mashinaga o'tiring opajon.
Yigit Nazira opani qop qora Malibusi tomon boshlab bordi. Nazira opa bu yigitning ortidan borarkan o'zicha o'ylardi: " Tavbaa yoshgina ekan. Meni Temurjonimdan 3-4 yosh kotta bo'lsa kerak. Shu yoshida shunaqa zo'r mashina olibdi. Onasiga hovli sovg'a qilmoqchi. Juda havasim keldi. Mening ham o'g'lim insha'Allah shunaqa o't-olov yigit bo'ladi."
* * *
Uy ichi dim bo'lib ketdi. Soat millari 11 ni ko'rsatmoqda. Xona burchagidagi devanda yoshi 16 larga borib qolgan o'smir yigit - Temur barq urib uxlab yotibdi. Xona nihoyatda tartibsiz. Qadam bosgani joy topilmaydi. Dadasi - Bahtiyor aka istefoga chiqqan mayor. Mashg'ulotlar paytida oyog'i qattiq jarohatlanib oqsoqlanib qolgan. Sal ko'proq yurib qo'ysa oyog'i og'rishga tushadi.
Bahtiyor aka sekin kelib derazani taqillatdi.
- Temurbek... Tur! Peshin bo'lib ketti-ku o'g'lim. Bu yotishing nimasi?!
🤷🏻♂️ Очиғи, ғашим келади...
💥 Сўнгги пайтларда онасига муҳаббатини турли шаклда кўрсатадиган фарзандлар, айниқса ўғиллар кўпайди. Бири пойабзалини артади, бири бир кўзи камерада қўлини ўпади, яна бири буткул кўтариб оладимией. “Ярим тунда бу менинг онам” деб қичқириб келадиганларку, алоҳида мавзу.
🔥 Инжиқлашиб кетдим шекилли, ғашим келади шунақа видеоларга. Ростдир ҳам, аммо сохта меҳрдек, оний мақтанишдек туйилаверади. “Жаннатим онам” гулдасталари ва суратлари эса алоҳида индустрияга айланиб бўлди. Ишонинг, оналаримиз бунақа арзон пиарларга муҳтож эмас. Биз ўз йўлимизда тўғри юрсак, ишимизда, ибодатимизда, яқинларимизга силаи-раҳмда мустаҳкам бўлсак, оиламиз, яқинларимизга оқибатли бўлсак, улар ич-ичларидан хурсанд бўлаверишади.
👁 Ҳеч бўлмаса шу меҳрингизни видеога олмай кўрсатинг!
⚡️ Ана энди бошланглар танқидни.
Аброр Зоҳидов
@az_sss
Ҳиндистоннинг машҳур актёри Амитабҳ Баччан шундай ҳикоя қилади:
— Фаолиятим чўққисига чиққан, мамлакатда ҳам, хорижда ҳам таниқли бўлган вақтларим эди. Бир сафар манзилимга самолётда боришимга тўғри келди.
Ён томонимдаги ўриндиқда одмигина кийинган, кўринишидан ўқимишли, содда ва самимий тасаввур қолдирадиган бир киши жойлашди.
Табиийки, бортдаги бошқа йўловчилар мени таниб, мен билан мулоқотга киришишга ҳаракат қилишар, аммо бу киши бўлса пинагини ҳам бузмасдан, борлигимдан бехабардай хотиржам қўлидаги китобни мутолаа қилиб кетар, баъзан ильюминатордан ташқарига қараб қўяр эди.
Борт хизматчилари чой тарқатган вақтдан фойдаланиб, уни гапга солгандай жилмайиб қараб қўйдим. Кутилгандай у ҳам жавобан мулойим жилмайиб салом берди ва суҳбатлашишга шароит пайдо бўлди. Суҳбатимизни фильмлар тарафга бурдим-да, ундан қанақа кинолар кўришга қизиқишини сўрадим.
— Киноми, жуда камдан-кам ҳолларда кўраман, охирги бор кўрганимга бир неча йиллар бўлиб қолди, – деб жавоб берди жаноб.
Шунда унга ўзимни танитмоқчи бўлиб, кино саноатида ишлашимни айтдим. Шеригим эса:
— Шундайми, жуда яхши, кино саноатида нима иш билан шуғулланасиз, - деб сўради.
Таниса таниб қолар деб актёр эканлигимни кўплаб киноларда роль ўйнаганимни айтдим. Гапимга шунчаки, «шундайми, ҳа, яхши» деб бош ирғади-да, яна қўлидаги китобни мутолаа қилишга тушиб кетди.
Манзилимизга етиб, самолёт қўнганида у билан хайрлашиш олдидан «Айтганча, менинг исмим Амитабх Баччан» деб қўл узатдим.
У киши таббасум билан қўлимни сиқиб, “Раҳмат, сиз билан танишганимдан хурсандман, мен кичик Тата бўламан (тата фирмасининг раиси) деб жавоб берди. (изоҳ: “Tata Group” Ҳиндистонда машинасозлик, авиасозлик, металлургия, маиший техника ва бошқа соҳаларда йирик ишлаб чиқарувчи ҳисобланади. Бугунги кунда 8 та секторда 114 та компанияни бирлаштириб турадиган 935 минг ишчиси мавжуд гигант компания).
Ҳаёт қандай ҳамроҳларни йўлиқтиришини билмайсиз экан. Ўша куни тушундимки, ўзингизни қанчалик баланд санаманг, ҳар доим сиздан юқорироқ, каттароқ одам барибир чиқади экан. Киши камтар бўлса ҳеч нарса ютказмайди, ҳурмати ҳам, ҳиммати ҳам камайиб қолмайди.
“Банда вафот этиб, қабрга киргандан сўнг, 7 нарсадан унга ажр боради”
• Илм ўргатган бўлса,
• Ариқ ўтказган бўлса,
• Қудуқ қазиган бўлса,
• Ҳурмо ўтказган бўлса,
• Масжид қурган бўлса,
• Қурьон мерос қолдирган бўлса,
• Унга истиғфор айтиб турадиган фарзанд қолдирган бўлса.
Энди савол қай бирига харакатингиз бор ?
#Иноятуллох_Андижоний
ҲУДУДСИЗ МУҲАББАТ
У отаси ҳақида гапириб берди:
"Отам хонамга кирсалар хонамнинг чироғи ёниқ қолган бўлса ва мен ташқарида бўлсам менга танбиҳ берадилар:
- Нега чироғингни ёниқ қолдирдинг? Электрни исроф қилмаслик керак!
Агар ҳожатхонага кирганларида сув жўмрагидан сув томиб турганини кўрсалар:
- Нега жўмракни яхшилаб ёпмадинг. Сув исроф бўлаяпти ахир!- дейдилар.
Доимо мени танқид қиладилар. Салбий гаплар билан айблайдилар. Майда ва арзимас ишларда ҳам насиҳат қилиб тергайверадилар. Ҳатто бемор бўлсалар ҳам бу тўхтамайди...Ҳозир беморлар.
Бир куни анча интизорликдан сўнг янги иш топдим. Бугун катта бир ширкатнинг яхши лавозимига жойлашиш учун суҳбат бўлади. Шунга боришим лозим. Агар суҳбатдан ўтсам ва мени қабул қилишса шу уйдан ҳам, отамнинг ҳадеб тергайверишларидан ҳам қутуламан.
Эрталаб турдим. Энг чиройли кийимларимни кийдим. Хушбўй атирлар сепдим. Энди чиқаман деб турсам елкамга бир қўл тегди. Қарасам отам. Кўзлари бироз сўлғин. Касалликнинг белгилари юзларига урган. Аммо ним табассум қилиб менга озроқ пул бериб дедилар:
- Фақат ва фақат ийжобий(позитив) бўлишингни истайман. Ўзингга ишон. Саволлар олдида ҳаяжонланма. Ўзингни эркин тут!
Насиҳатларини истамасам ҳам эшитдим. Ичим "уфф" десада, сохта табассум қилиб турдим юзларига. Ҳатто шу лаҳзаларда ҳам насиҳат қиладилар-а! Ҳаётимдаги энг муҳим лаҳзаларда ҳам асабимни бузмоқчилар...
Уйдан тез чиқиб таксига ўтириб ширкат томон йўл олдим.
Етиб бориб ширкат эшигига киришим билан таажжубландим. Эшик олдида қўриқчи ҳам , кутиб оладиган ходим ҳам йўқ эди. Фақатгина учрашув бўладиган йўналишни кўрсатадиган бир лавҳа осиғлиқ турибди.
Эшикдан киришим билан биринчи мулоҳаза қилганим эшикнинг тутқичи бузилгани бўлди. Агар унга кимдир урилиб кетса узилиб тушиши мумкин эди. Мен отамнинг "ийжобий бўлишингни истайман" деган насиҳатларини эслаб уни жойига ўрнатиб тузатиб қўйдим.
Сўнг лавҳада кўрсатилган йўналишдан юриб ширкатнинг боғчасига кириб қолдим. У ерда ҳовуз тўлиб сув тошиб кетаётган эди. Йўлакларни сув босган эди. Афтидан боғбон бирор ишга машғул бўлиб ҳовузга сув қўйганини унутган кўринади. Мен ҳовуздаги сув шлангини олиб ёнидаги бошқа ҳовузга ташлаб қўйдим ва бу ҳам боғбон келгунича тошиб кетмасин деб сув жумрагидан сувнинг келишини камайтириб қўйдим.
Сўнг йўналиш бўйича хонага кирдим. Ичкарида зинадан кўтарилишда йўлакда кўп чироқлар ёниқ турганини кўрдим. Кундузи эди. Беихтиёр отамнинг овозлари қулоғимда жаранглагандек бўлди. Чироқларни ўчириб чиқдим.
Юқорига чиқдим. Жуда кўп кишилар мен кўзлаган мансабга даъвогар экан. Мени ҳам рўйхатга олишди. Келганларнинг юзларига, кийимларига боқаман. Улар олдида мен ва кўринишим жуда ғариб бўлиб қолди. Баъзилар Америка олийгоҳларидан олган дипломлари билан фахрланар эди.
Аммо ҳар бир киши билан бўлаётган суҳбат икки дақиқадан кўп вақтни олмаётганини сездим. Ўзимча булар шунақа кўринишлари ва шунақа дипломлари билан қайтарилаяпти. Менга йўл бўлсин, деб улар узр айтишидан олдин бу ердан кетишим керак деган ўйда ўрнимдан туриб чиқиб кетмоқчи бўлдим.
Шунда бир ходим исмимни айтиб, киришим кераклигини айтиб чақириб қолди. Мен "наилож, кириб кўрайчи нима гап", деб суҳбатлашиш хонасига кирдим. Хонада уч киши ўтирибди. Улар менга табассум қилиб туриб дейишди:
- Ишни қачон қабул қилиб оласиз?
Олдинига ҳайрон бўлдим. Улар мени масхара қилишаяптими ёки бу учрашувнинг саволларидан бирими, деб ўйладим. Отамнинг насиҳатлари ёдимга тушди: "Саволлар олдида ҳаяжонланма. Ўзингни эркин тут!".
Мен уларнинг саволларига дарҳол:
- Имтиҳондан иншааллоҳ муваффақиятли ўтганимдан сўнг, дея жавоб бердим.
Улардан бири:
- Сиз имтиҳондан ўтдингиз. Иш битди, деди.
Мен:
- Ахир мендан бирорта ҳам савол сўрамадингиз-ку!, дедим.
У деди:
- Биз шуни биламизки, бир неча савол билан инсонларнинг моҳиятига баҳо бериб бўлмайди. Шунинг учун биз кишиларга баҳо беришни амалий томондан белгилашга қарор қилдик. Биз бир нечта амалий имтиҳонлар жадвалини тузишга қарор қилдик. Улар бизга имтиҳон топширувчиларнинг иқтидорини белгилаб берар эди. Биз йўлда қўйиб қўйган камчиликларни фақат сиз тузатиб кирдингиз. Биз бу ишингизни кузатув камерасидан кўриб турган эдик.
ЯХШИЛИК ЗАНЖИРИ
Абдураҳим чўл йўлидан кетиб борарди. Тўсатдан кўзи йўл четидаги машинага тушди. Унда бир қария аёл ўтирар, атрофга чорасиз алангларди. Йигит машина ёнига келиб, эски уловини тўхтатди. Аёл қўрқиб кетди, чунки шунча вақтдан буён ҳеч ким унга эътибор бермаган, ёрдам қўлини чўзмаган эди. Бу одам бирор ёмонликни кўзламаганмикан?
– Менинг исмим Абдураҳим,– деб ўзини таништирди йигит.– Сизга ёрдам бераман, онахон. Унгача менинг машинамда ўтириб туринг, озроқ исиниб оласиз.
Йигит машинанинг у ёқ-бу ёғини текширган бўлди. Йўқ, унақа ваҳимали нарсанинг ўзи йўқ экан. Ғилдирак тешилибди, холос. Бироқ қария аёл буни қандай тўғрилашни билмай анча азоб чеккан кўринади. Абдураҳим чўккалаб, машина остига қаради. Қулай жой топиб, кўтармани қўйди. Сўнг қўлларини куҳ-куҳлаб иситгач, ишга киришди. Ғилдиракни алмаштириб бўлгач, юзига табассум инди. Муаммо ҳал бўлганини кўрган аёл:
– Сизга неча пул беришим керак? – деб сўради, сўнг шоша-пиша қўшиб қўйди. – Тортинмай айтаверинг, қанчалигининг аҳамияти йўқ. Абдураҳим шундай жавоб берди:
– Хижолат бўлманг, ҳеч нарсанинг кераги йўқ. Мен бир ёрдамга муҳтож одамга кўмаклашдим, холос. Менинг ўзимга шу пайтгача қанча одам ёрдам қўлини чўзган – биргина Худога аён. Агар миннатдорчилик билдиришни жудаям хоҳлаётган бўлсангиз, ёрдамга муҳтож бирор одамга дуч келсангиз, унга ёрдам беринг ва мени эсланг.
Аёл қайта-қайта раҳмат айтди ва машинасига ўтирди. Бир неча чақирим юргач, бир ресторанга кўзи тушди. Йўл олдидан бироз исиниб, тамадди қилиб олиш ниятида ресторанга кирди. Унга хизмат қилган жувон жуда истарали экан. Кун бўйи оёқда тик турган бўлса-да, табассум билан муомала қилди. Иши ҳам, ҳомиладорлиги ҳам, кундалик ташвишлар ҳам ундаги мулойимликни йўқота олмагани шундоқ кўриниб турарди. Аёл овқатланиб бўлгач, ҳақини ортиғи билан тўлади. Қайтим олиб келингунича эса ресторанни тарк этди. Унинг кетиб қолганини кўрган жувон ҳайрон қолди. Шу пайт кўзи стол устидаги қоғозга тушди. Унда ёзилганларни ўқиган жувоннинг кўзлари ёшланди:
“Ҳайрон ҳам, хижолат ҳам бўлманг. Мен шунчаки, йўлусти кирган эдим. Бугун менга бир инсон самимий ёрдам қилди ва мен ҳам сизга беғараз ёрдам қўлини чўздим. Агар чиндан ҳам менга миннатдорчилик билдирмоқчи бўлсангиз, ушбу оқибат риштасини узиб қўйманг. Вақти келиб бирор муҳтож кишига кўмак беринг”.
Жувон хатни ўқиб бўлгач, сочиқ остида бир даста пул турганини кўрди. Юраги тўлқинланиб, ҳайрат-ҳаяжонга тушди. Бу нотаниш аёл у ва эри анчадан буён пулга зориқиб юрганини қандай сезди экан-а? Жувон уйига келгач, эрига мамнунлигидан ял-ял ёниб боқди ва ички бир ишонч билан деди:
– Ҳаммаси яхши бўлади! Сиз яхши одамсиз, Абдураҳим ака!
Омонат
Ўғил кўча эшигидан чиқиши биланоқ бир даста пул топиб олди. Шошиб қўйнига яширди. Тўғри бозорга чопди. Aввал сархил ва маззали таомлар билан яхшилаб қорнини тўқлади. Сўнгра оёғига қимматбаҳо этик билан эгнига замонавий кастюм-шим сотиб олди.
Кечқурун кун бўйи пулларни тугатиб қайтгач гўштсиз овқатни нарига суриб қўйди. Яна ширин хаёлларга берилиб турган чоғи эшикдан отаси кириб келди.
- Онангга дори ололмадим деди оғир қайғу билан - қаергадир пулни тушириб қўйибман.
Унинг эри бир дўсти билан Қатар давлатига хизмат сафарига кетадиган бўлиб қолди. У хотинига эртаси куни кечқурун соат еттида қайтишини айтди. Хотини эртани интизорлик билан кутди, эр эса айтилган вақтда келмади. Хотин кутди, кутди яна кутди, эр келмади. Хотин қўшни хотиннинг олдига чиқиб, эри қайтиб келганида уни қандай кутиб олишини ва уч соатдан кўпроқ кечиккани учун уни қай даражада қаттиқ койишини режалаётганини айтди. Ахир нега кеч қолади, нега?!
Ногаҳон, Қатардаги мудофаа вазирлиги ходимлари унга қўнғироқ қилиб, ўша кеча эри минган кема катта тўлқинлар туфайли ҳалокатга учраб чўкиб кетганини, оқибатда эри ва дўсти ҳам денгизга ғарқ бўлиб вафот этганини айтишди.
Инна лиллаҳи ва инна илайҳи рожиъун!
Орадан бир неча кун ўтиб аёл дугоналарига оғир дард ва алам билан шундай деди: Қанийди, ўша кетганича бир ҳафта, икки ҳафта, уч ҳафта кечикса-да, лекин қайтиб эшик қоқиб кириб келса эди!..
Йўқотиш, айрилиш мунчалар оғир бўлмаса!..
——
Баъзан эр ҳам, хотин ҳам яқинлик онларидаги ҳаловатни билмайди. Ёки билишни истамайди. Ҳатто улар оддий суҳбат гаштини, озгина бўлса ҳам вақтини шунчаки бир-бирига термулиб, чақчақлашиб ўтказиш қанчалик мароқли, қимматли эканини ҳис қилишмайди. Чунки улар ҳеч қачон айрилиқ ва йўқотишнинг асл маъносини бошдан кечиришмаган-да.
Баъзида оддий бир тортишув туфайли ҳаётимиз тинчлигини ёки кунимиз ҳаловатини бузишимиз мумкин. Ҳолбуки, бир оғиз сўз кўп яхшиликлар боғлаган эр-хотонлик риштасини узишга, бир-бирига қовоқ-тумшуқ қилишга сабаб бўламаслиги керак эди.
Бир лаҳзада қовоғингизни уйиб, пушаймон бўладиган ҳолатлар ориз бўлишидан олдин ҳаётингиздан роҳатланиб, бахт туйиб яшашни ўрганинг.
Бу мен таъмини тотган ҳақиқий воқеа эди.
© Муҳандис Ғойс Ҳоний Қузот
Икром Шариф таржимаси
Аёл зоти турмуш қургунича отаси, ака-укаси ёки бошқа бирор эркак қариндоши нафақасида бўлиши маълум. У оила қуриши билан эрнинг нафақасига ўтади. Бас, оиласи бузулиб эридан ажраган аёлга ким қарайди? Уни нафақа билан таъминлаган киши савоб оладими? Агар савоб оладиган бўлса, қандай ишнинг савоғини олади? Бу каби саволарга жавоб ушбу бобда келади.
Суроқа ибн Жаъшам розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
«Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи вассалам:
«Эй Суроқа, сенга энг улуғ садақанинг ёки садақадан ҳам улуғроқ нарсанинг далолатини берайми?» дедилар.
«Ҳа, эй Аллоҳнинг Расули», деди.
«Ҳузурингга қайтиб келган ва сендан бошқа таъминотчиси бўлмаган аёл зотига икром кўрсатмоғинг», дедилар».
Шарҳ: қизми, сингилми турмуши бўлмай, оиласи бузилиб, қайтиб келган бўлса-ю, унга сендан бошқа касб қилиб садақасини ёки нафақасини қиладиган бўлмаган аёл зотини икром қилсанг, жаннатга кирасан. Қайтиб келган дегани турмуши бўлмай эридан қайтиб келган маъносини билдиради.
Одатда турмуши бузулиб эриникидан қайтган қиз ёки сингил ёхуд қай бир аёл зоти уйида яхши кутиб олинмайди. Иложи борича уни қайтаришга, ўша ерда туравергани яхшийди деган маънода, кимдир етишмовчиликдан кимдир одамларнинг гап сўзидан, яна кимдир бошқа ҳолатларни мулоҳаза қилиб қайтиб келган қизлар, келинлар, опа сингилларни ҳолати бироз тангликка дучор бўлиб қолади.
Аммо, Аллоҳнинг иродаси экан ана шунақа бўлибди, унга бир касб қилиб, икром қилиб турган одам энг улуғ садақа ишларидан бирини қилган бўлар экан. Бу Пайғамбаримиз алайҳиссалоту вассалламнинг ҳадислари, айтган гаплари, тавсиялари экан.
Турмуши бузулиб ота уйига қайтиб келган аёл зотини нафақа билан таъминлаш энг улуғ садақанинг ёки садақадан ҳам улуғроқ амал ҳисобланишни ушбу ҳадиси шарифдан билиб оламиз.
Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda
📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇
https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A
👆 ni bosing va OK.
Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!
Интернетсиз бир кун
Қишлоқ барибир бошқача-да. Эрталаб сигир-бузоқнинг маърашию, танани сескантирувчи елдан уйғониб кетаман. Яна бир кун, янги ташвишлар бошланади.
Энди буёғини сўрасангиз, замонавий ёшлар айтганидек ҳаммаси «окей», аммо кичкина муаммо бор. Айтсаммикин ёки айтмасам? Қишлоқда ҳаво беғубор эмас, дейсизми? Бе, шундай тозаки, ўпкани тўдириб нафас олар эканман, бутун дил-дунёйим равшанлашиб кетади. Айни ёз бўлганидан ҳаммаёқ ям-яшил, боғларда сайроқи қушлар, дала-даштда меҳнаткашлар тинмайди. Хуллас, китобларда тавсифланадиган «сахий ва қувноқ ёз»нинг ҳақиқий кўриниши!
Бу тарафдан-ку эътироз йўқ. Аммо қишлоққа келганимда бир-икки кун ўтгач, ўзимни қўярга жой тополмай қолдим. Шаҳарда юрган вақтимда қишлоғимизнинг баланд тоғлар билан ўралган водийда жойлашгани ва сиз таҳлил ва танқид қиладиган «ўргимчак тўри»нинг яхши ишламаслигини бироз унутиб қўйибман. Мендек «зукко ва янгиликка интилувчи» талабага эртаси куниёқ интернет зарур бўлиб қолди. Дарҳол уяли телефонимни олиб ишга киришдим. Афсус, қани энди «сигнал» деган нарса кўринсаю, телефоним қимир этса?! Бирпасда совуқ терга тушдим. «Шошганда лаббай топилмайди» деганларидек ойим буюрган ишлар ҳам эсимдан чиқиб кетибди. Ҳамма ҳайрон. Худди чироқ ўчиб қолиб, ўйиннинг давомини кўрмай қолган футбол ишқибози каби ғамга ботиб қолдим. На «ҳаётнинг ёрқин тарафида бўлиш»га ундайдиганлар, на «бир қадам олдинда бўл» дея даъват этадиганлар менга ёрдам бера олдилар.
Вақт худди бир жойда қотиб қолганга ўхшайди. Бошқа юмуш йўқлигидан атрофни жимгина кузатишга қарор қилдим. Шунчаки разм солиш ғалати машғулот, аммо мундоқ ўйлаб қарасам фойдали экан. Нуқул матн ва тасвир билан қотиб қолган нигоҳни жонли ифода аста-секин юмшатиб, бойитиб боради, ўшанда киши ҳаётнинг гўзаллигию, ҳар бир «ҳаёт» деб турган ҳужайранинг мўъжиза эканлигини англаб етади.
Аммо унинг ҳам ўз чегараси бор. Соатга қарасам ҳеч қанча ҳам вақт ўтмабди. Ов-асбобни кўтариб, боғга отландим, ахир у ерда ажойиб гуллар, сабзавотлар, мевалари ғарқ пишган ва пишаёзган дарахтлар кўп эди. «Қалам тегди — қўл тегди» қабилида у бу жойни кетмон билан тирнаган бўлдим. Жўякларга сув тарадим. Иш асносида кўкка боқаман, назаримда, қуёш қимир этмайди, уфқнинг чеккасига ёпишиб қолгандек.
Шу пайтда «Facebook»да нималар бўлаётган экан-а?
Боғдан қайтганимда ҳам қуёш ботмаган эди. Анҳорнинг салқини уриб турган салқин томонга қараб қурилган хонамда китобларим уюлиб ётган экан. Негадир аввал уларга эътибор бермас эдим, энди кўзимга китоблар ғаройиб ва қизиқарли туюлиб кетди.
…Мутолаадан зерикканимда қош қорайганди. Олдинда бутун бошли тун турардики, мен уни қандай ўтказишни билмас эдим. Мен уни нимага сарфлашни билмасдим. Ҳатто хаёлимга тузукроқ нарса келмасди. Тасаввур ва ўйларимнинг нақадар ғариблашиб қолганини ҳис қилдим.
Соат миллари эса ҳамон имиллаганича юриб борар эди.
Ҳамма нарсанинг давоси вақт, дейдилар. Кунлар ўтиши билан «интернетсизликка» ҳам ўрганиб қолдим. Энди мени табиат жозибаси, китоблар завқи ва муҳаббат қиссалари ва тоғнинг муздек нафаси олиб келадиган кумушранг дарё қизиқтирар эди.
Сиз-чи, қишлоғимизга бир келмайсизми?
Улуғбек Орипов