domlajon | Unsorted

Telegram-канал domlajon - Isroil Tillaboyev blogi

13834

Республика таълим маркази директор ўринбосари, математика фани ўқитувчиси, блогер Исроилжон Тиллабоевнинг мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S

Subscribe to a channel

Isroil Tillaboyev blogi

Ta’lim haqida hech eshitmagan faktlar!

🔖 Siz tug‘ilgan payt miyangizda taxminan 86 MILLIARD neyron bo‘ladi! Bu son katta tuyulishi mumkin, lekin agar ulardan foydalanmasangiz, ularning bir qismi vaqt o‘tib yo‘qoladi. O‘rganish – bu miyani mashq qildirishning eng zo‘r usuli!

📌 Siz hech qachon “to‘liq” o‘rganib bo‘lmaysiz! Olimlarning fikricha, inson miyasi hatto 100 yoshda ham yangi bilimlarni o‘zlashtirish qobiliyatiga ega. Ya’ni, “O‘qishning yoshi yo‘q” degan gap mutlaqo to‘g‘ri!

📚 Ko‘proq bilim – ko‘proq baxt! Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘qish va yangi narsalarni o‘rganish insonda dopamin (baxt gormoni) ishlab chiqarilishini oshiradi. Demak, har safar yangi narsa o‘rganganingizda, miyangiz sizni mukofotlaydi! 🎉

📖Daho bo‘lish siri – tinimsiz o‘rganish! Leonardo da Vinchi, Isaak Nyuton va boshqa buyuk shaxslar kuniga kamida 4-5 soat ilmga vaqt ajratishgan. Balki sizning ham ichingizda bir daho yashayotgandir?

📙 Xato qilish – eng yaxshi ustoz! Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xatolarimiz orqali o‘rgangan bilimlar miyamizda uzoqroq saqlanadi. Shuning uchun adashishdan qo‘rqmang – bu sizni kuchli qiladi!

🧐 Siz uchun qaysi fakt eng qiziq bo‘ldi? Izohlarda bo‘lishing! ⬇️

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Muammolardan qutilishning eng oson yechimi, u bor narsani otib yuborish va eslamaslik😉

Zero, Mark Avreliy ta'biri bilan aytkanda:

Agar biror narsa sizni asabiylashtirsa, bunga oʼsha narsa emas, balki oʼsha narsa toʼgʼrisida sizning fikrlashingiz sabab boʼladi. Fikrlashni oʼzgartirishga esa sizning kuchingiz yetadi.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

"Ta’lim - usti chiroyli, tagi esa gazak olib yotgan masaladir" — Hamid Sodiq

Siyosatshunos Hamid Sodiq "Tanaffus" podkastiga nima uchun rozi bo‘lganligi haqida so'zlar ekan, o‘qituvchilar jamlangan auditoriya ilm bilan bog‘liq bo‘lgan juda ham sifatli auditoriya ekanligini e’tirof etdi.

"Bunday sifatli auditoriya bu fikrlarni turli xil yo‘llar orqali kerakli shaxslarga yetkazishda muhim rol o‘ynaydi", deydi siyosatshunos.
Agar siz "Tanaffus"ning yangi sonini ko‘rmagan bo‘lsangiz, hoziroq tomosha qiling.

O‘qituvchilar qadriga biroz bo‘lsa-da qayg‘ursangiz, podkastni hoziroq ko‘ring va munosabat bildiring!

▶️ To'liq video — https://youtu.be/FBozrrgJmLU

Youtubeʼdagi videomiz ostiga 5000 like to‘plashga yordamingizni ayamang, 1000 ga yaqinlashdi hozircha😉

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Siyosatshunos Hamid Sodiq bilan

"Tanaffus" podkastining bu galgi mehmoni ko'pchiligimiz kuzatib boradigan "Fikrat" tahliliy dasturi eksperti, siyosatshunos Hamid Sodiq bo'ldi.

Bu safar ta'limga oid qaysi mavzu muhokama qilingan deb o'ylaysizlar?

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

🇺🇿 Jamg'arma stipendiatlaridan yangi chellenj!

Har juma milliylik targ‘ibot kunidagi menga eng yoqqan targ‘ibot roligi qaysi bo‘ldi, desa mana shu rolikni ko‘rsatgan bo‘lardim. Vatandosh yoshlarimiz Amerikada milliy kiyimlarimizni targ‘ib qilishidan faxrlanib ketdim.

"El-yurt umidi" jamg'armasining Minnesota universitetida tahsil olayotgan stipendiatlari, haftaning har juma kuni milliy kiyimlar kiyish chellenjini o'tkazmoqda.

Aytgancha, ular orasida men 2 yil oldin intervyu olgan qizimiz Shahzodani ham ko‘rishimiz mumkin.

Lavha El-yurt umidi telegram kanalidan

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

📖 Kichik bepul kutubxona haqida ishlangan ajoyib videorolik.

Jamiyatdagi har qanday buyuk insonlar faqat va faqat kitob orqali buyuklikka erishgan. Jamoat kutubxonalarining bunda o‘rni beqiyos. Lavhada y
Yevropa madaniyatining bir qismiga aylangan kichik kitob javonlarining ijtimoiy ahamiyati yaxshi ochilgan.

Bizda bunday kutubxonachalar yo‘q deya kuyunmang, bizda birdaniga 3000 dan oshiq kitoblarni audio shaklida telefoningizga jamlab bergan "Mutolaa" ilovasi bor, shu orqali ehtiyojingizni qondirishingiz mumkin.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Nega ayrim maktablarga fan olimpiadalarida doim birinchi o'rinni berishga harakat qilishadi?

Sizga bu holat begona bo'lmasa kerak. Quyi tizimda ishlovchi mas'ul shaxslarda fan olimpiadalarida har safar IDUM yoki ixtisoslashtirilgan maktablarga ularning natijasidan qat'i nazar birinchi o‘rin berilishi shart degan qarash mavjud.

Ushbu fikrimizga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi sobiq fan olimpiadalari departamenti rahbari Umid Rahmonov javob berdi.

Nima deb o'ylaysiz, fan olimpiadalarining tuman (shahar) bosqichlari 100 foiz adolatli o‘tishiga ishonasizmi?

Bu boradagi fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring. Bu biz uchun muhim!

👉 Izoh yozish

👉 To'liq video — https://youtu.be/vrwPkbNqz_M

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Hamma narsaga "intellektual shubha" bilan qarang!

To'g'ri angladingiz! Odamlarga, o'zingizga, borliqqa 'intellektual shubha" bilan qarash, har qanday ma'lumotni to'g'riligini tekshirish va hatto o'zingizni tanqid qilish orqali tafakkuringizni o'stirasiz.

Tanqidiy fikrlaydigan inson ko'rsatmalarni ko'r-ko'rona bajarmaydi yoki yot g'oyalar targ'ibotiga uchmaydi.

Tanqidiy fikrlash tug'ma qobiliyat emas, uni siz "intellektual shubha"lar asosida shakllantirasiz.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

⚡️18 yoshlik Parviz SAT imtihonidan 100% natija, 1600 ball oldi

Parviz ota-onasing mehri, qo'llab-quvvatlashi va yordami bilan katta natijalarga erishdi. Endi uni katta marralar oldinda kutmoqda.

Parviz kelgusidagi o'qish va rejalaringizda omad tilaymiz!

@alisher_sadullaev

t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

O'quvchilarni majburlab olimpiadalarga olib borish mantiqsizlikmi?

Odatda fan olimpiadalariga start berilgan vaqtda barcha o'qituvchilar bir nafardan o'quvchisini fan olimpiadasiga olib borishga majburan jalb etiladi.

Aslida bu to'g'ri ishmi? Bu haqda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi sobiq masʼuli Umid Rahmonov gapirib berdi.

Xo'sh, siz nima deb o'ylaysiz? O'quvchilarni majburlab olimpiadalarga olib borishimiz kerakmi?

➡️ Izoh yozish

▶️ To'liq video — https://youtu.be/vrwPkbNqz_M

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Ernest Xeminguey "Adan bog‘i" romanida shunday yozgan edi:

Intellekti yuqori odamlardagi baxt - men bilgan eng nodir narsa.


Sizningcha, bu haqiqatga qanchalik yaqin? Aqlli bo'lish baxtga olib keladimi yoki ko'proq tashvish tug‘dirib, odamni baxtsiz his qilishiga sabab bo'ladimi?

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Ranglarning haqiqiy nomlarini bilib qo‘yish foydadan xoli bo‘lmaydi.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

2025-yilgi dunyodagi eng nufuzli universitetlar roʼyxati eʼlon qilindi. 2025-yilda Garvard universiteti 14 yillik reputatsiyasini saqlagan holda 1-oʼrinni egallagan boʼlsa, 2-o'rinni Massachusets texnologiya instituti va Oksford universiteti band qilgan.

Avvalroq, Garvard universitetiga 100 foiz grand asosida o'qishga qabul qilingan Azizbek Zaylobiddinov haqida ma'lumot bergan edik.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Бир аёл ўтган йили қўлига тушган закот пулларини жамлаб 80 млн сўмга қизини ўқишга киритибди. Ҳа, пул уники. Хохлаган жойига сарфлиди, лекин...

Жахон тилларини инглиз тили йўналиши учун СУПЕР КОНТРАКТга! 80.000.000 сўм тўлаш шартми? Мақсад инглиз тилини ўрганиш бўлса хусусий университет ёки бир-икки йиллик ўқув курслари ҳар қадамда бор-ку?!

Олти йил олдин эри вафот этган, тўрт нафар етими ( 9ёш, 14ёш, 15ёш, 18ёш) бор бу бева аёл шу кунгача 60 млн сўм тўлов қилган. Қолган 20 млнни тўлашга қурби етмай Хайрия гуруҳидан ёрдам сўрамоқда. Биз, жамоа билан маслаҳат қилиб бу тўловни ўринсиз деб топдик ва пул бермадик. Агар мақсад илм ўрганиш бўлса хусусий секторда анча самарали йўл билан илм олиш мумкин. Биз буни ақлсиз одамни иши деб биламиз, агар ақл бўлса мақсадини аниқлаштириб олади ва шунга қараб сарф-харажат қилади. Ҳа, Рамазон ойида етимларга катта миқдорда закот боради, лекин бундайларгамас.

©Абдувоҳид Атаметов
@domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Yaqinda Umid Rahmonov bilan "Tanaffus" podkastida fan olimpiadalariga sport olimpiadalaridek katta mukofot berish haqida gaplashgan edik.

Niyatimiz xolis ekan, 3 kundan keyin prezidentimiz fan olimpiada g‘oliblariga har bir oltin medalga salkam bir milliard so‘m mukofot berilishini Yoshlar bilan uchrashuvlarida eʼlon qildilar.

▶️ Suhbatning davomihttps://www.youtube.com/watch?v=vrwPkbNqz_M&t=6312s

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

O'qituvchilar qadri uchun biroz bo‘lsa-da qayg‘ursangiz, ushbu podkastni albatta ko'ring va munosabat bildiring

O‘qituvchiga tajovuz qilish holatlari kundan-kunga ko'payib bormoqda. Shuning uchun ham haqiqiy holatni doimo muhokama qilib borishimiz juda muhimdir.

Bunda esa pedagoglarning vazifasi hech bo'lmaganda, bir daqiqa vaqt ajratib, ushbu podkastda ko'tarilgan quyidagi mavzularning bittasini tanlab, ko'rib, izohlarda o'z munosabatini bildirib, like bosib qo'yishdir.

Ana shunda bizning "Tanaffus" podkastida ko'targan masalalarimiz tezroq ommalashadi va kerakli shaxslarga yetib boradi.

Sirdaryodagi holat yuzimizga oyna tutdimi?
➡️ BATAFSIL

O‘qituvchi kaltaklanganda qanday reaksiya bildirilishi kerak edi?
➡️ BATAFSIL

O‘qituvchilar mavqeyi hokimiyatga tenglashtirilishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL

Maktabga ortiqcha yukdek qaraladimi?
➡️ BATAFSIL

Jamiyat siyosiy elitaning harakatidan nusxa oladi
➡️ BATAFSIL

Maktab himoyasizligi uchun har kim u yerdagilarga hujum qilaveradi
➡️ BATAFSIL

Sirdaryoda o‘qituvchiga hujum qilgan shaxs ruhiy kasalligiga shubha bormi?
➡️ BATAFSIL

Milliy gvardiya maktablarni himoya qila olmaydi
➡️ BATAFSIL

Nima uchun fuqarolar o‘qituvchilarni kaltaklayapti?
➡️ BATAFSIL

Maktablarning hozirgi ahvolga tushib qolishiga tizim aybdormi?
➡️ BATAFSIL

"Yangi baholash tizimi tufayli farzandlarimni davlat maktabidan oldim" — Hamid Sodiq
➡️ BATAFSIL

Sifatli ta’lim bu...
➡️ BATAFSIL

Davlat maktabi nima uchun kerak?
➡️ BATAFSIL

Nega hamma bor alamini maktabdan olmoqda?
➡️ BATAFSIL

Ta’lim vaziri Prezident bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashishi kerak
➡️ BATAFSIL

Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonun o‘qituvchi maqomini oshirolmadi
➡️ BATAFSIL

Deputatlarning farzandi davlat maktabida o‘qiydimi?
➡️ BATAFSIL

Bu auditoriya juda ham qadrli...
➡️ BATAFSIL

Pedagoglar huquqi poymol bo‘lganida nega deputatlarimiz jim turibdi?
➡️ BATAFSIL

O‘qituvchilarni videoga olib, ijtimoiy tarmoqda tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL

O‘qituvchiga tajovuz bo‘lgan vaqtda butun siyosiy tizim oyoqqa turishi kerak
➡️ BATAFSIL

Masalaga kompleks yondashilsa, 5 yilda o‘qituvchini hurmatli shaxsga aylantirsa bo‘ladi
➡️ BATAFSIL

Sirdaryoda o‘qituvchi bilan bo‘lgan voqeadan keyin vazirlik qanday harakat qilishi kerak edi?
➡️ BATAFSIL

Nima uchun axborot xizmatlari yaxshi ishlamayapti?
➡️ BATAFSIL

Sirdaryoda o‘qituvchi bilan bo‘lgan voqealar fonida vazirlik matbuot anjumani o‘tkazishi kerak
➡️ BATAFSIL

Milliy gvardiya oldiga 3 ta savol qo‘ydik
➡️ BATAFSIL

Bolalar juda katta psixologik jarohat olmoqda
➡️ BATAFSIL

O‘qituvchilar davlat maktabidan ketishni boshladi
➡️ BATAFSIL

O‘qituvchilarning xususiy maktablarga ketishi tabaqalanishni kuchaytirmaydimi?
➡️ BATAFSIL

O‘qituvchilarning katta qismi o‘zini maktabda xavfsiz his qilmaydi
➡️ BATAFSIL

Sinfdagi o‘quvchilar soni ko‘pligi maktabda agressivlikni kuchaytiradi
➡️ BATAFSIL

O‘qituvchida avtoritet va bilim bo‘lishi kerak
➡️ BATAFSIL

Pedagoglar "Z" va "Alfa" avlodlar bilan ishlashni ham o‘rganishlari kerak
➡️ BATAFSIL

O‘qituvchi o‘quvchilarga jismoniy kuch ishlatishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL

Nima uchun o‘quvchini kaltaklash ommalashgan
➡️ BATAFSIL

Toshkent shahridagi maktab o‘quvchilari ancha erkinroq
➡️ BATAFSIL

O‘quvchilar Milliy gvardiya xodimlari bilan o‘rtoq bo‘lib olganmi?
➡️ BATAFSIL

Qattiqqo‘l maktablarning aksariyati muvaffaqiyatlidir
➡️ BATAFSIL

Maktab o‘quvchilarni nimalarga tayyorlashi kerak?
➡️ BATAFSIL

O‘quvchilarni kasb tanlashga noto‘g‘ri yo‘naltiryapmizmi?
➡️ BATAFSIL

Bunyodkor buzg‘unchilik bo‘lishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL

O‘zbekiston bilimli yoshlarni qo‘llab-quvvatlayaptimi?
➡️ BATAFSIL

Hokimlar sababli, yaxshi kadrlar ta’lim tizimidan siqib chiqarilmoqdami?
➡️ BATAFSIL

Hokimlarning ta’limga aralashuvini oldini olish uchun nima qilish kerak?
➡️ BATAFSIL

Maktablar hovlisi o‘rab olinmaganmi?
➡️ BATAFSIL

Eng yaxshi izoh yozgan 5 nafar obunachi taqdirlanadi
➡️ BATAFSIL

Ushbu sonimizda e’lon qilingan yutuqli savol
➡️ BATAFSIL

📝 Izoh yozish

▶️ To'liq video — https://youtu.be/FBozrrgJmLU

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Tutun soyasida: kontrabanda tamaki O‘zbekiston bozorini zaharlamoqda.

O‘zbekiston noqonuniy tamaki bozori timsolida jiddiy chaqiriqqa duch kelmoqda. Yaqinda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Toshkentda va Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan qator reydlar aksiz markasi bo‘lmagan tamaki mahsulotining noqonuniy sotilishiga oid yangi holatlarni fosh etdi va ushbu yashirin industriyaning ko‘lami hamda yashovchanligini yaqqol ko‘rsatdi.

Toshkent shahri Shayxontohur tumani tezkor xodimlari Bosh prokuratura va IIBdagi hamkasblari bilan birga o‘z uyini omborga va noqonuniy tamaki sotuvi shoxobchasiga aylantirgan fuqaroning faoliyatiga chek qo‘ydilar. Uning turar joyidan salmoqli hajmda – 4310 quti aksiz belgilari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari olib qo‘yildi.

Poytaxtning Mirobod tumanida huquq muhofazachilari e'tiborini “GS” MChJ bilan bog‘liq do‘kon jalb qildi. Tekshiruv davomida aniqlanishicha, sotuvchi ayol 2122 ta elektron sigaret va 3393 quti tamaki mahsulotini aksizlarsiz, noqonuniy sotayotgan bo‘lgan. Umumiy summasi qariyb 5890 million so‘mni tashkil qilgan bu tovarlar musodara etildi.

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida muqaddam sudlangan fuqarodan yetti xil rusumdagi 4169 quti kontrafakt tamaki olib qo‘yildi. Olib qo‘yilgan tovarning umumiy narxi qariyb 100 million so‘mni tashkil qiladi.
Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda yashirin tamaki bozori umumiy bozorning salmoqli 12,4%ini tashkil qiladi. Qashqadaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 9,7% ga, Toshkentda esa – 9,5% ga teng. Bu raqamlar noqonuniy tamaki aylanmasi hanuz qat'iy choralarni talab qiladigan jiddiy muammoligicha qolayotganini yaqqol namoyon etadi.
Noqonuniy tamaki mahsuloti aksiz yig‘imlaridan byudjetga tushumlarni qisqartirish orqali davlatga iqtisodiy ziyon keltiribgina qolmay, aholi salomatligiga ham tahdid soladi. Kontrabanda sigaretlari ko‘pincha sifati past, xavfsizlik standartlariga muvofiq kelmaydigan xomashyodan tayyorlanadi va salomatlik uchun xavfli moddalarga ega bo‘lishi mumkin.
Shuni inobatga olish kerakki, tamaki noqonuniy aylanmasi ko‘pincha jinoiy faoliyatning pullarni “yuvish”, terrorizmni moliyalash va korrupsiya kabi boshqa ko‘rinishlari bilan bog‘liq bo‘ladi.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Maktab bedarvozami?

Maktabga istalgan odamning kirishi va o‘qituvchiga tahdid qilishi juda ko‘plab uchramoqda. Yaqinda hatto ruhiy kasallikka chalingan shaxsning maktabga bemalol kirib, o‘qituvchini o‘ldirish bilan tahdid qilishi bu masalani yanada eʼtibor berishga majbur qilishi shart masʼullarni.

Rostdan ham maktablarimiz xavfsizligi duch kelgan odam bostirib kirib, o‘qituvchiga hujum qila oladigan darajada zaifmi?

Xo‘sh, nega o‘qituvchilar kaltaklanyapti?

Bunday holat kuzatilganda nima uchun mulozimlarimiz pinagini ham buzmadi?

Jamiyatning maktab ta’limiga bo‘lgan munosabati nega bu darajaga borib qoldi?

Xuddi shu savollar atrofida mulohaza yuritish maqsadida siyosatshunos Hamid Sodiq bilan "Tanaffus" podkastida suhbatlashdik.

O'qituvchilar qadri haqida biroz bo‘lsa-da qayg‘ursangiz, podkastni albatta ko'ring va munosabat bildiring!

Ko‘proq odam ko‘rishi uchun Yotubedagi bu videomizga like bosib 5000 ta like yig‘ishga hissa qo‘shing🙏

▶️ To'liq video — TANAFFUSʼni ko‘rish

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Ajoyib hayotiy fizik jarayonlardan lavhalar.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Mana shu kanaldagi reklamalarning o‘ziyam bir sanʼat asaridek ishlanadi, mahsulotlariku dunyo brendlari darajasiga chiqqan.
Kanaldagi tarix va zamonaviy taraqqiyot uyg‘unligini kuzatib borsangiz arziydi.

/channel/presidentbusinessgifts

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Hindistonlik 19 yoshli talaba muhim bir imtihonni o'tkazib yuborishiga oz qoldi. Biroq u tavakkal qilib g'ayrioddiy yo'l tutdi — imtihon topshirish joyiga paraplanda uchib bordi😅 Asosiysi, imtihon boshlanishidan oldin yetib borishni muvaffaqiyatli uddaladi.


@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Benfika-Monoko uchrashuvida Portugaliyaning Benfikasi muxllisi hakam VAR ko‘rayotgan paytda hakamga 50 yevro tutib turgan holati kadrga chiqib qolibdi😅😅😅

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

#yutuqli_savol

Fan olimpiadasi g'oliblaridan jamiyat taraqqiyoti uchun nimalarda foydalanish mumkin?


Ushbu savolga video ostidagi izohlarda javob yozgan 5 nafar obunachimiz "Tanaffus" podkastining ajoyib sovg'alariga ega bo'ladi.

"Tanaffus" podkastining fan olimpiadalari mavzusiga bag'ishlangan sonida pedagoglar va barcha ta'lim tizimi xodimlari uchun navbatdagi yutuqli savolni e'lon qildik.

❗️Ushbu savolga eng yaxshi javob yozgan 5 nafar obunachi quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi

1-o‘ringa: 500 ming so‘mlik kitoblar jamlanmasi yoki shu miqdordagi pul mukofoti;

2-, 3-, va 4-o‘ringa: "Mutolaa" platformasining bir yillik premium sovg'asi;

5-o‘ringa: Podkast mehmoni Umid Rahmonovning matematikaga oid ajoyib kitobi.

Obunachilarimiz ushbu sovg‘alarni qo‘lga kiritish uchun e’lon qilingan savolga video ostida izoh yozib qoldirishi va shu yozgan izohi uchun ko‘proq layk yiqqan bo‘lishi lozim.


➡️ Javob yozish

▶️ To'liq video — https://youtu.be/vrwPkbNqz_M

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Бугун бир видеога дуч келдим ва кўриб она сифатида жиддий хавотирга тушдим. Дарҳол фарзандларимга ҳам юбориб, охиригача кўришларини тавсия қилдим.

Ҳар куни интернетдан фойдаланиш одатий ҳолга айланган бўлса-да, унинг айрим хавфли томонлари борлигини ҳам тан олишимиз керак.

Энг муҳими, болалар учун смартфон ва гаджетлар қандай аҳамиятга эга? Улар ривожланиш ва таълимда ёрдам берадими ёки хавф туғдирадими?

Кимдир технологиялар болаларнинг билим олиши ва дунёқарашини кенгайтиришини таъкидлайди. Бошқалар эса гаджетлар орқали ҳаддан ташқари кўп вақт ўтказиш болаларнинг руҳий ва жисмоний саломатлигига салбий таъсир кўрсатиши мумкинлигини айтади.

Ота-оналар учун энг муҳим савол:
Болаларнинг интернетдан фойдаланишини қандай назорат қилиш мумкин ва бу масалада қайси ёндашув энг самарали?

Сиз бу ҳақда қандай фикрдасиз? Болалар ва гаджетлар мавзусидаги фикрларингиз билан ўртоқлашинг?

https://www.youtube.com/watch?v=OuH-D-au1Ho&list=PPSV

©Kamola Rahmonova

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Xitoyda qoʼyilgan mana bu haykalda koʼp kitob oʼquvchi qizaloqning tarozida ogʼir "tosh"ni bosishi aks ettirilgan.

Zero, ingliz faylasufi Frensis Bekon ta'kidlaganidek:

Ipsa scientia potentia est - Bilim bu kuchdir.


@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladigan "Bilimlar bellashuvi" tanlovlari yana qaytadimi?

Prezidentning tegishli qarori bilan 2025-yil 1-yanvardan boshlab, Fan olimpiadalari markaziga 5–8-sinf o‘quvchilarini xalqaro olimpiadalarga tayyorlab borish vazifasi qo'yilgandi.

"Tanaffus" podkastining 10-sonida aynan shu masala ham muhokama qilindi.

Sizningcha, 5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladigan "Bilimlar bellashuvi" tanlovlari yana o'tkazilishi kerakmi?

➡️ Izoh yozish

▶️ To'liq video — https://youtu.be/vrwPkbNqz_M

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Mana shu postda Garvardga kirgan Azizbek Zaylobiddinovdan prezidentimiz naqadar faxrlanib, to‘lqinlanib gaplashganlarini ko‘rib ham Garvardga kirgingiz kelib ketadi😍😍😍
👇👇👇
https://www.instagram.com/reel/DGN-JffNrr1/?igsh=MTNpajBpbm10eDhxcA==

Kirib, yaxshi niyat qilib bitta tabrik yozib qo‘ysangiz arziydigan lavha.

Prezident boshchiligida zaldagilar ham, butun O‘zbekiston bo‘ylab tumanlardan kirgan qatnashchilar ham o‘rnidan turdilar, Azizbekni orqasida ilm-fanning daholaridan Fanlar Akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston qahramoni Shavkat Ayyupov domlaning turishi ham katta maʼno bermoqda!

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Биринчи изоҳ синдроми ёки биринчи хабар синдроми

Жамиятда шундай ҳолат бор, яъни бирор воқеа-ҳодиса биринчи бўлиб қандай ёритилса ёки шарҳланса, аксар одамлар ўша мавзу атрофида фикрни давом эттирадилар.

Ижтимоий тармоқлардаги изоҳларда ҳам шундай. Аксар ҳолатда биринчи изоҳ қандай бўлса, қолган одатий изоҳлар ҳам шу мазмунда давом этади. Яхши бўлса—яхши, ёмон бўлса—ёмон.

Қўйидаги экспериментда ҳам, ҳатто мутахассисларни чалғитувчи шартлар олдиндан тақдим этилмоқда.

Мутахассислар эса, ўша шартлар таъсирида турлича хулосага келмоқдалар. Бу ҳам билиб-билмай манипуляция таъсирига тушиш ҳисобланади.

Шунинг учун, маълумот ва хабарларни имкон қадар совуққонлик билан, турли ёндашувлардан четга чиқиб, хулоса қилишга ҳаракат қилиш керак.

Лекин бу ҳар доим ҳам осон бўлавермайди.

©Саид Комил Муҳаммад Карим

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Yaqinda kanalimizda suhbat qilganimiz SAT bo‘yicha O‘zbekiston bo‘yicha 1-marta 1600 ballik eng yuqori natija olgan yigitimiz Parviz To‘qsonov bilan Prezidentimiz uchrashdilar. Uning onasi prezidentimiz bilan suhbatda butun O‘zbekiston ota-onalariga ajoyib murojaat yo‘lladilar:
Investitsiyani farzandingiz to‘yiga emas, o‘qishiga sarflang deya.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Men qayta ko‘rdim, tushunmadim. Bolalar bilan qilib ko‘rgach tushundim.
Sinab ko‘ring)

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…
Subscribe to a channel