domlajon | Unsorted

Telegram-канал domlajon - Isroil Tillaboyev blogi

13834

Республика таълим маркази директор ўринбосари, математика фани ўқитувчиси, блогер Исроилжон Тиллабоевнинг мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S

Subscribe to a channel

Isroil Tillaboyev blogi

“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚

(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun 6 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Shukur Xolmirzayevning “Notanish odam” hikoyasi

Shukur Xolmirzayevning hikoya boshidanoq oʻquvchini ergashtirib ketish mahoratiga qoyil qolaman. «Notanish odam»ning birinchi jumlalarini oʻqigan odam beixtiyor voqea ichiga kirib ketadi. Notanish odam kamarga kirgan ovchi yigit oldiga borini toʻkib tashlaydi. Lekin yigit yuragida unga nisbatan bir gumon kuchayadi:

“Isina bering? Olovini minnat qilganimi!” Pidjakni kiyib, oʻrnimdan turdim. Kamardan chiqarkanman, notanish odamni koʻrdim. U pastda, soyning yoqasida yugura-yela, daryo toshqini toshlarning tagiga tiqib tashlagan shox-shabbalarni terardi. “Ha, pishiq odam. Bu oʻtinlarni uyga olib ketadi. Eshagiyam tayyor”


Koʻp oʻtmay, yigit oʻzining shubhali xayollaridan uyalib ketadi. U odam oʻtinlarni uyiga olib ketish uchun emas, boshqa bir yoʻlovchilar sovuq havoda oʻt yoqib isinishlari uchun tashib kelgan ekan. Yomgʻirda ivib! Buni oʻzbekona xarakter deydilar! Haqiqiy togʻ odamini xarakteri! Kichik hajmli bu hikoyaning yozilganiga bunday hisoblab qarasam, oltmish besh yil boʻlibdi. Zamon oʻzgardi, zamonni oʻzgartirgan boshqa odamlarga qoʻshilib, koʻpchilik oʻzgardi. Lekin haligacha faqat oʻzini emas, balki boshqalarni ham oʻylaydiganlar, buning uchun oʻzini oʻtga-choʻqqa uradigan insonlar bor! Shukr!

Hikoyani “Mutolaa” da o'qing:

📖 Hikoyani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/notanish-odam

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/notanish-odam

🎙Hikoya audiosini Ahmadjon Mirzayev o‘qigan.

“Mutolaa” ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚

(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun 44 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Shukur Xolmirzayevning “Oʻzbek xarakteri” hikoyasi

Men bu hikoyani birinchi marta o‘qiganimda ich-ichimdan yulqinib chiqqan alam aralash quvonch ko‘zlarimni tinch qo‘ymagandi. Yo‘qolgan qo‘zisining qoldiqlarini to‘qaydan topgan Botir cho‘pon hech qachon bu ishni odam bolasi qilgan, deya xayoliga keltirmagan. O‘rmonjon, Azimjon, Mirzag‘olib kabi hamma narsadan nafsini ustun ko‘radigan, bag‘rikeng insonning tuzini yeb, tuzlug‘iga tupurib ketadigan qorinqullariga yana qo‘y so‘yib ziyofat beradigan odamlar qaysi zamon bo‘lmasin, o‘zbekning nomini baland tutib turaverishadi. Hikoyani so‘zlab berayotgan talaba yigit – Ergash garchi arxeolog bo‘lsa-da, halol, pokiza insonlar dasturxonidan totinmaydi, axir, cho‘ponning chirik yashayotganini ko‘rib, uning to‘kib tashlaganlari tomog‘idan qanday o‘tsin?! Men quyidagi satrlaringizni o‘qiganimda titrab ketganman:

U kishi hamma bilan qo‘l berib xayrlashdi-da, menga kelganda, burilib ketdi. Shunda ayoli ham xoʻshlasha boshladi. Qadoq qo‘llarining uchini berib xoʻshlasha-xoʻshlasha menga yetganda, u ham burilib ketdi.
Hikoyani “Mutolaa” da o'qing:

📖 Hikoyani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/o-zbek-xarakteri

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/o-zbek-xarakteri

🎙Hikoya audiosini Ahmadjon Mirzayev o‘qigan.

“Mutolaa” ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚

(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun 19 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qahhorning “Ming bir jon” hikoyasi

Hikoya insonning hayotga muhabbatini, umuman, hayotning qudratini, inson irodasini ulug‘laydigan hikoya. Bu hikoya noumid odamlarning ko‘nglida umid chirog‘ini yoqadi, ularni yashash uchun kurashga chorlaydi, umr yo‘lidagi har qanday, g‘ovlarni sabot va bardosh bilan yengishga o‘rgatadi. Hikoyani o’qir ekanmiz, Mastura obrazi misolida chinakam o’zbek ayolining jasorati, hayotga bo’lgan shijoati, bir insonning hayotga bo’lgan muhabbati, so’nmas irodasi timsolini koʻramiz.

Birdan koʻcha eshigimiz ochildi-yu, qizil bir narsa kirdi, nima ekan deb qarasam – tobut! Akramjonning ikki oʻrtogʻi hovlimizga tobut koʻtarib kirdi! Yuragim shigʻ etib ketdi... Voy shoʻrim, nahot oʻlgan boʻlsam...
Hikoyani “Mutolaa” da o'qing:

📖 Hikoyani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/ming-bir-jon

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/ming-bir-jon

🎙Hikoya audiosini Fotima Kalandarova (Mirsoatova) o‘qigan.

“Mutolaa” ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚

(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun 37 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Shukur Xolmirzayevning “Tabassum” hikoyasi

“Tabassum” hikoyasi oʻzbek adabiyotidagi eng zoʻ hikoyalardan biridir va shunday boʻlib qoladi.
Eʼtiqodda sobit turishni hikoya qahramoni Jalil otadan oʻrgansak arziydi. Tuzalmas dardga giriftor boʻlgan bobo nevarasining baxtini koʻrishni istaydi. Lekin unga kelgan sovchilarning kimdan ekanligini bilib, tinchini yoʻqotadi. Sadafni oʻsha Moʻminning nevarasiga bermanglar, deydi, lekin sababini ayta olmaydi. Chunki bir paytlar soʻz bergan. Yillar oʻtsa-da, oʻsha suronli yillardagi voqeani unutmaydigan Jalil ota soʻzidan qaytadiganlar xilidan emas.
Shoʻrolar davrida bosmachilar birinchi marta ijobiy qahramon sifatida qoʼrqmasdan(!) tasvirlangan favqulodda zoʻr hikoyani albatta oʻqing, aziz mushtariy!

Hikoyani “Mutolaa” da o'qing:

📖 Hikoyani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/tabassum

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/tabassum

🎙Hikoya audiosini Ahmadjon Mirzayev o‘qigan.

“Mutolaa” ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Mana shu videodan keyin Sevinch Mo‘minovaga hurmatim oshdi. Ayniqsa oxirgi gapi-daxshat.

Hech qanday piarsiz, ko‘z-ko‘zlarsiz yurakdan, samimiy gapirib tashladi. Odamlarga oyna tutdi, tabiatni asrash hammaning burchi ekanligi haqida xitob qildi.

O‘zini biz uchun bir tiyinga qimmat ovqatlanishiyu, kiyimini reklama qilmasdan umuminsoniy qadriyatlar haqida gapirsa bo‘lardi boshqalar ham.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Mana shu videoni hamma yoshlarga, ayniqsa qizlarga ko‘rsatish kerak.
Intervyuda bir yoshning qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tganigi, o‘zbeklarda azaldan singib qolgan streotiplarni qanday iroda bilan yengib o‘tgani haqidagi juda zo‘r intervyu.

Orzugul G‘oyibova Yoshlar ishlari agentligining "Top100 Uni" loyihasi menejeri. U endi o‘zi kabi minglab yoshlarni dunyoning top100 o‘qishlariga yuborishni maqsad qilib biz bilan birga faoliyat olib boryapti.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

"Dream park" (G‘ofur G‘ulom)da bir haftadan buyon davom etayotgan kitob yarmarkasiga bolalarni aylantirib yuribmiz. O‘ziyam bir dunyo kitob oldi uchalalari, ancha vaqtgacha kitobim qolmadi, demaydi endi.
Bugun oxirgi kuni ekan, kelinglar.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚

(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun 34 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Said Ahmadning “Qishdan qolgan qargʻalar” hikoyasi

Hikoya bugungi kunimizda ham hanuz dolzarb mavzuni ochib bergan. Hikoyamiz qahramoni ota-ona mehriga to’yishga haqli edi. Biroq taqdir sinovlari uni ham ota-onadan, ham qarindoshlardan qisdi. Ammo vaqtlar o’tishi bilan “Oyning o’n beshi yorug’, o’n beshi qorong’u”, deganlaridek uni ham yorug’ va porloq kelajak kutdi. O’sha yorug’ kunlarini kelishini bilmagan yaqinlari unga qorong’u kunlarida tirgak bo’lish o’rniga unga dushmandek muomalada bo’lishdi. Nasibjon ham o’z qarindoshlarining qandayligini
anglab yetgan edi.

Nasibjon yigirma yildan ortiq yoʻq boʻlib ketgan, och-yalangʻoch qolganda holing ne, deb bir marta xabar olmagan, bir kosa oshini ravo koʻrmagan, brezent tuflida qor kechib kelganda uch soʻm pulini ayagan, sakson ming gʻisht quydirib, haqqini bermagan, endi yurtga qoʻshilib, mehnati bilan el nazariga tushganda, hukumat iltifotiga erishganda, vazirlik lavozimiga loyiq topilganda, goʻsht isini sezgan aridek paydo boʻlgan urugʻlaridan nafratlanib ketdi.
Hikoyani “Mutolaa” da o'qing:

📖 Hikoyani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/qishdan-qolgan-qarg-alar

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/qishdan-qolgan-qarg-alar

🎙Hikoya audiosini Fatxulla Maʼsudov o‘qigan.

“Mutolaa” ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Attestatsiya savollari o‘qituvchilarni testdan yiqitish uchun tuzilganmi?

Attestatsiya test sinovlarida qatnashgan pedagoglardan @domlajonʼga juda ko‘plab shikoyatlar yetib kelmoqda.

Undan tashqari ijtimoiy tarmoqlarda ham attestatsiyada tushayotgan testlardan norozi pedagoglar murojaatlari tez-tez yangrab turibdi.

O‘qituvchilarning asosiy e’tirozi testlarning xato va ortiqcha murakkab tuzilganligida bo'lishi mumkin.

Shu sababli, bizning xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">"Tanaffus" podkasti loyihasi bu borada mutaxassis, testolog hamda o‘qituvchilarga va shu bilan birga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga mikrofon tutmoqchi.

Attestatsiya testlari tahlilini xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">"Tanaffus" podkastining navbatdagi sonida muhokama qilish reja qilinmoqda.

Buning uchun esa test savollaridan norozi pedagoglar @muallimxatbot orqali attestatsiyada tushgan ayrim test savollaridan bizga yozib yuborishlari kerak bo‘ladi.

Biz esa barcha testlarni jamlab, uni testologlar bilan birgalikda muhokama qilamiz va barchasiga oydinlik kiritamiz.

Muhokamani o‘tkazib yubormaslik uchun hoziroq xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">sahifamizga obuna bo‘ling.

▶️ xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">Obuna bo'lish

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Maktablarda erkinlik bo'g'ilganmi?

O‘qituvchilarning akademik erkinligi borasida turli qarashlar mavjud.

Ayrimlar o'qituvchiga erkinlik berilishi kerak desa, ba'zilar esa ularni muntazam nazorat qilib turish kerakligini aytadi.

"Tanaffus" podkastining 15-sonida aynan shu mavzuda ham so'z bordi.

Xo'sh, sizningcha, o'qituvchi erkin bo'lishi kerakmi yoki aksincha?

📝 Izoh yozish

▶️ To'liq video — https://youtu.be/wYhP74SfMM0

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

"Tanaffus" podkastida suhbatlashganimiz Inoyatxon Sodiqova o‘z kanalida qozog‘istonlik jurnalistlar podkastini yaxshi sharhlabdi.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Bo‘ldi endi futbol tamom! Hammang qo‘linnga kitob ol!

Chempionlarimiz maktabga o‘qishga qaytdi, qoldirilgan darslarni yetkazishadi endi)

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

“Rayono”, “gorono” va “oblono”larni butunlay tugatish kerakmi?

"Tanaffus" podkastining 15-sonida “rayono”, “gorono” va “oblono”larga ajratilayotgan pullarni aslida bolalarning ta’limiga sarflash mumkinligi haqidagi fikrlar ilgari surildi.

Xo'sh, bu fikrga siz qanday qaraysiz?

📝 Izoh yozish

▶️ To'liq video — https://youtu.be/wYhP74SfMM0

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Daxshaaaaattttt!!!!!! 😭😭😭
Naqadarrrrr tarixiy g‘alaba!!! G‘alabaa!!!! 2 ta qizil olib ham 2 ta gol bilan biz CHEMPION!!!!!!!
Qoningda g‘alaba!

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Super gooool! 2 ta kam bo‘lib turib bizning YOSHLAR 2 ta urib tashladilar!!!

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Ota-onalar yig‘ilishiga umuman qadam bosmaydigan ota-onalarga juda kerakli xizmat ochilibdi😉😉

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Lara Fabian. Bu nomni eshitganingizda hayolingizga beixtiyor insonning qalbining nur tushmagan joylarigacha ta'sirlantiradigan, beqiyos ovoz sohibasi va albatta JE T'AIME qo'shig'i kelsa kerak. Ushbu video Laraning 2002-yili Parijda o‘tkazilgan "Nue" konsertidan olingan. Bu konsertda Laraning muxlislari uni qanchalik sevishlari va qo‘llab-quvvatlashini ko'rishingiz mumkin. Ushbu qo'llab-quvvatlashning sababi bor. Lara o‘sha paytda (2000-2002) kasbiy va shaxsiy hayotida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan edi. Muxlislari bu haqda bilar va Parijdagi konsertda Laraga o‘z sevgilari hamda qo‘llab-quvvatlashlarini izhor etmoqchi edilar. Laraning bir guruh muxlislari konsertdan oldin uning pianinochisi va musiqiy rahbari Pyer Grimard bilan kelishib, "Je T’aime" qo‘shig‘ini Laradan oldin kuylashga qaror qilishadi. Ular qo‘shiqni ijro etayotganda "Je t’aime" (Men seni sevaman) so‘zlarini "On t’aime" (Biz seni sevamiz) deb o‘zgartirdilar. Butun zal (6000 dan ortiq tomoshabin!) u uchun qo‘shiq kuylaydi. Buni tasavvur qila olasizmi? Keyinchalik Lara aynan shu lahzada hayotning go‘zalligini anglaganini va chindan ham yashashga arzigulik ekanligini tushunganini aytgan ekan.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

😀 Talablarga binoan yana siz kutgan olimpiada!


📆 Navbatdagi olimpiadalarimiz 4-may (yakshanba) kuni bir vaqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida o‘tkaziladi!

📌 Olimpiadada 1-2-3-4-5-6-7-8-9-10-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etishadi hamda savollar o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida taqdim etiladi.

😀 Bu safar savollar Xalqaro Copernicos olimpiadasi final roundiniki kabi bo‘ladi!


Shoshiling, barcha olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish 2-may kuni soat 23:59 da yakunlanadi!

👍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun: ➡️ NUKUS

😀 Toshkent shahar uchun: ➡️ TOSHKENT

👍 Andijon viloyati uchun: ➡️ ANDIJON

👍 Buxoro viloyati uchun: ➡️ BUXORO

👍 Farg‘ona viloyati uchun: ➡️ FARG‘ONA

👍 Jizzax viloyati uchun: ➡️ JIZZAX

👍 Namangan viloyati uchun: ➡️ NAMANGAN

👍 Qashqadaryo viloyati uchun: ➡️ QASHQADARYO

👍 Samarqand viloyati uchun: ➡️ SAMARQAND

👍 Sirdaryo viloyati uchun: ➡️ SIRDARYO

👍 Xorazm viloyati uchun: ➡️ XORAZM

📘 Har bir ishtirokchi va ustoziga elektron sertifikat taqdim etiladi.

G‘oliblar medallar, diplomlar va darslarimiz uchun grantlar bilan taqdirlanadi.

📊 O‘quvchilar reyting ballarni jamg‘arib borishadi va "YOZGI MAKTAB-2025" da bepul qatnashish imkoniyati uchun kurashishadi.

O‘z sinfida eng yuqori natijali o‘quvchilari "SUPER FINAL" yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Telegram kanalga a’zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: ➡️ @khiso

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Innovatsiyani jinnisi😉👍

Ilm-fan olimlari har bir sohani ishini yengillashtiradilar, endi cho‘pon itlarniyam "sokrasheniye"ga tushirisharkan😂

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚

(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun 19 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Pirimqul Qodirovning “Ilinj” hikoyasi

Adibning “ILINJ” hikoyasida qalamga olingan mavzu barchamizga tanish. Urush va uning asoratlari hattoki, oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da insonlar boshiga kulfat solib turgani, farzandini kutayotgan onalar, turmush o‘rtog‘ining yo‘liga intiq bo‘lib kutayotgan ayollar, otasining eshikdan kulib kirib kelishiga ko‘z tikkan yetim bolalar, jigarining yarim jon bo‘lsa-da bag‘riga qaytishini intizor kutayotgan qondoshlar… Mana shunday adadsiz g‘am va kulfatlarga qaramay so‘nggi umidini, ilinjini saqlab turgan onalar haqida adib hikoya qilgan.

Yozuvchining o‘zi ham o‘sha suronli yillarning bevosita guvohi sifatida quyidagicha qayd etadi:

Mening ikki opam urush davrida Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan erlariga sadoqat saqlab, boshqa turmush qurishmadi. Biri ikki o‘g‘ilni, biri uch farzandni otasiz o‘stirib odam qilishdi. Bunday onalar har bir qishloqda, har bir shaharda bor. Men shu hikoya orqali ularning hammasiga cheksiz ehtiromimni izhor qilmoqchiman.


Hikoyani “Mutolaa” da o'qing:

📖 Hikoyani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/ilinj

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/ilinj

🎙Hikoya audiosini Nargiza Mirzayeva o‘qigan.

“Mutolaa” ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

“24 ёшгача ҳаётимни катталар бошқарган” – Бристол университети магистранти Орзугул Ғойибова ҳикояси

Хизматчи оиласида улғайган Орзугул пойтахтдаги тенгдошлари билан танишгунга қадар чет элда ўқишни имконсиз деб билган. Бир нечта халқаро таълим дастурларида 2 йил кетма-кет муваффақиятсизликка учраганига қарамай, у ҳаракатни давом эттириб, “Эл-юрт умиди” жамғармаси стипендиати бўлган. Kun.uz мухбири билан суҳбатда Орзугул вазирлик тизимида нега ишлай олмагани, Бристолдаги таълим, илм соҳасидаги сохталиклар, қизларнинг хорижда ўқишига қарши шаклланган стереотиплар ҳақида гапириб берди.

📹 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Бугун 26-апрел Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф таваллуд топган кун.

Римни бедапояга алишмайдиган даражада ватан севгисини содда тараннум этиб яшаган Муҳаммад Юсуфнинг ушбу шеърини мактаб чоғида ёдламаганлар кам бўлса керак...

Муҳаммад Юсуфдан чиройли шеърлар ва ажойиб қўшиқлар хотира бўлиб қолди.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Shu video heyt qilinyapti. Bechora yigit masʼullarning ishni to‘g‘ri tashkil qilmagani sababli tuxmatga qolgani achinarli. Eng maksimum nima bo‘lishi mumkin edi keling o‘ylab ko‘ring, bu yigitni o‘rniga ayni paytda birov shunday kiyimda kirib yechib beryapti, deb o‘ylayapsizmi, unda bu yigit test payti kelib nima qiladi, qarsak chalib davay deb turadimi, indamay kelmay qo‘yoradiyu)) yigit vohmachi hamkasbini gaplariga tushunib ulgurmay o‘zini rasmini videoda ko‘rib, o‘zi ham nima deyishga hayron, tushungan yo‘q nima bo‘layotganini, tuxmat payti gapiz og‘zizga kelmay qolasizu, shu holatda. Bu yerda yuz foiz tashkilotchilarda ayb, internet ishlamay qolgan, eski kadrni ko‘rsatgan, shu xolos. Vazirlik hozirda birov o‘rniga birovning kirishini olmasligini yo‘qotishni uddalay olyapti, lekin testni to‘g‘ri tuzishni eplay olmayapti. Shu uchun har attestatsiyada o‘z kasbidan ko‘ngli sovugan minglab o‘qituvchilarning arzlariga guvoh bo‘lyapmiz.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚

(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qahhorning “Yillar” hikoyasi

Hikoya inson hayotining oʻtkinchiligini va vaqtning inson taqdirini qay darajada oʻzgartirishi mumkinligini aks ettiradi. Hojimirsiroj obrazi oʻz umri davomida koʻp narsalarga erishgan boʻlsa-da, vaqt oʻtishi bilan oʻzining ojizligini his qiladi. Bunday voqealar orqali Abdulla Qahhor boylik va qudratning vaqt oldida ojiz ekanini, insonning faqatgina maʼnaviy boyligi bilan yodda qolishi mumkinligini koʻrsatadi. Asarda yosh bola, oʻrta yoshdagi inson va katta yoshdagi insonlar qahramon qilib olinganning sababi shundaki, yillar oʻtar ekan oʻz davrining eng bilimli, eng boy yoki hurmatga sazovor insonlari ham yosh avlodga qarab havas qiladi. Ular bizni oʻtmish, bugun va kelajak haqida oʻylab koʻrishga majbur qiladi.

...qarasa, hamma, ayniqsa, shofyorning orqasida kitob koʻrib oʻtirgan kishi oʻzini kulgidan zoʻrgʻa tiyib turganga oʻxshaydi. “– Bu hozir kulib yuboradi, hozir kulmasa keyin, uyiga borib kuladi; bola-chaqasi bilan kuladi!


Hikoyani “Mutolaa” da o'qing:

📖 Hikoyani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/yillar

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/yillar

🎙Hikoya audiosini Davron Otajonov o‘qigan.

“Mutolaa” ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

⚡️ Yangi baholashni bekor qilish bo'yicha murojaat 10 mingdan ortiq ovoz to'pladi

"Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portaliga "Родители против 100 бальной системы обучения!" (Ota-onalar 100 ballik o'qitish tizimiga qarshi) sarlavhasida petitsiya e'lon qilingan edi.
Ushbu petitsiya hozirda 10 mingdan ortiq ovoz to'plab, ko'rib chiqish uchun qonunchilik palatasiga yuborildi.

Petitsiyani yoqlab ovoz berilganlar soni 10150 ta, qarshi ovozlar 10170ta

Eslatib o'tamiz, o'qituvchilar petitsiyaga qarshi ovoz berishga va trollik qilishga majburlanayotgani haqida xabar berilgan edi.
Komil Jalilovga ko'ra, ushbu jarayonga vazirlik ma'suli ham aralashgan bo'lishi mumkin.

Manbaa: 🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Sport birlashtiradi!

Qozoq baurlarimizni mazza qilib tingladim.

Menga ta'sir qilgan gaplari:

- Jamoada barchasi (kamida 99%) o'zbek millatiga mansub ekan. Bordir, qoraqalpoq, boshqa, lekin toza o'zbek tilida gapirishyapti barchasi. [Bu gaplaridan qozoq elining o'z tillari o'rnini rus tiliga berib qo'yganligi alamini sezdim. Shuningdek, terma jamoalarida boshqa millat vakillari ko'p deb tahmin qildim]

- O'zbek bolalari qanday bunchalik "pisiq"? Toshkent oshi bo'lsa kerak )) ["Pismiq" deb tushinippan boshida )) "Pishiq" ekan]

- Biz mana tinmay, o'zbeklarga havas qilib, ularni olqishlab gapiryappiz. Bir kun kelib o'zbek blogerlari ham bizning futbolistlarni gapirib o'tirisharmikin?!

Iloyim shunday kunlar kelsin, qondoshlarimiz! Bu g'alabalar barchamizniki! 🥳

PS. Doimgidek, "comments section"da ham qiziq gaplar ko'p ekan. Masalan, qozoq yoshlarining giyohvandlik, ichkilikka berilgani haqida ham yozishipti.

PPS. Kechadan beri o'yin payti ishlashga majbur bo'lgan fotograf va videochilarga rahmim keladi - momentlarda na sakray olishgan, na baqirishga imkon bo'lgan ularda )

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚

(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun 46 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Shukur Xolmirzayevning “Koʻk dengiz” hikoyasi

Hikoya istiqlol mavzusida yaratilgan, o‘quvchini mushohada qilishga, fikrlashga chorlaydigan eng yorqin asarlaridan biridir. Shukur Xolmirzayev “Ko‘k dengiz” asariga faqat oltoy, o‘zbek xalqini emas, Sovet Ittifoqi deb atalgan sho‘rolar mamlakatidagi ko‘pdan ko‘p xalqlarning XX asr nihoyasidagi milliy dard-alamlarini singdira oldi. “Ko‘k dengiz” o‘zbek hikoyachiligining xalqaro nufuzini ko‘taradigan, jahon
hikoyachiligining nodir namunalari qatorida tura oladigan darajadagi asardir.

Hikoyani “Mutolaa” da o'qing:

📖 Hikoyani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/ko-k-dengiz

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/ko-k-dengiz

🎙Hikoya audiosini Ahmadjon Mirzayev o‘qigan.

“Mutolaa” ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Yoshlar ishlari agentligi barcha yoshlarga "Taʼlim va kasb" 27-xalqaro ko‘rgazmasini boshladi. Xalqaro ko‘rgazmada 15 ga davlarning 100 dan oshiq OTMi o‘zlarini O‘zbekistonlik yoshlarga reklama qiladilar.

Xalqaro ko‘rgazma bir oy davomida 12 ta shaharda bo‘lib o‘tadi.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

ГОООООООООЛ! СУПЕР!

Дарвозабон Неъматуллоҳ Рустамжонов кетма-кет сейвлардан  сўнг тезкор қарши ҳужумни бошлади, уёғига Садриддин Ҳасанов супер рейди билан рақиб посбони билан бирга-бир чиқди ва унинг оёқлари орасидан иккинчи голни урди

Яна таъкидлаймиз: биз 9 киши бўлиб ўйнаяпмиз!

🟢 Ўзбекистон — Саудия 2:0

Бу ЁШЛАР қандай ёшлар!!!

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Ta'limdagi dolzarb mavzular haqida fikr yuritdik, endi navbat sizda

"Tanaffus" podkastining 15-sonida ta'limga oid juda ham dolzarb mavzular haqida so'z bordi. Ular orasida aynan sizni qiziqtirgan fikrlar bo‘lsa, siz ham o'z qarashlaringizni yozib qoldiring.

O‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo'lsa, belgilab qo'yilgan sarlavhalar ustiga bosing:

05:30 - O‘quv markazi ochish g‘oyasi haqida
➡️ BATAFSIL

08:43 - Hamma o‘quvchilar oliygohga kirishi shartmi?
➡️ BATAFSIL

12:05 - Oliy ta’lim nima beradi?
➡️ BATAFSIL

17:02 - Aslida maktabning vazifasi nima?
➡️ BATAFSIL

20:31 - Maktab bolalarni erkin fikrlashga o‘rgatmaydimi?
➡️ BATAFSIL

23:50 - Oliy ta’limga kirish testlari faqat faktlarga asoslanib qolgan
➡️ BATAFSIL

28:20 - DTM testlari juda ko‘p iqtidorli bolalarni sindirib tashlagan
➡️ BATAFSIL

33:37 - Oliy ta’limga kirish testlarini PISA ga moslash kerakmi?
➡️ BATAFSIL

37:52 - Bolalarga nimanidir tushuntirish uchun aslida ko‘p narsa kerak emas
➡️ BATAFSIL

39:26 - Maktablarda erkinlik bo‘g‘ilgan
➡️ BATAFSIL

42:09 - O‘qituvchiga ham erkinlik kerak
➡️ BATAFSIL

42:35 - Repetitor va maktabning farqi nimada?
➡️ BATAFSIL

45:10 - Maktablar qurishni to‘xtatish strategik xato bo‘lgan
➡️ BATAFSIL

46:37 - Xususiy maktablar davlat yukini ko‘taryapti
➡️ BATAFSIL

50:37 - Xususiy maktablar yaxshi o‘qituvchilarni tortib olyaptimi?
➡️ BATAFSIL

53:40 - Davlat maktabidan xususiyga o‘tganlar shokni boshidan o‘tkazadi
➡️ BATAFSIL

55:11 - Nima uchun davlat maktablari o‘qituvchiga erkinlik berolmaydi?
➡️ BATAFSIL

57:57 - Xususiy maktabning bir oylik to‘lovi davlat maktablari uchun bir yilga ajratiladi
➡️ BATAFSIL

01:00:54 - Maktablar o‘rtasidagi tafovutlarlarining ortib borishi juda yomon
➡️ BATAFSIL

01:03:13 - “Rayono”, “gorono” va “oblono”ga ajratilgan pullarni bolalar ta’limiga sarflash kerak
➡️ BATAFSIL

01:07:32 - Vazirlik o'z tizimidagi kadrlarni keraksiz jadvallarni to‘ldirish bilan band qilib qo‘ygan
➡️ BATAFSIL

01:10:26 - Bolalarning ta’limiga aloqador bo‘lmagan ishlardan voz kechish kerak
➡️ BATAFSIL

01:13:12 - Ta’lim vazirligi ham tugatilishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL

01:18:51 - Yaponiyada teng imkoniyatlar yo‘lga qo‘yilgan
➡️ BATAFSIL

01:23:16 - Finlandiyada xususiy maktab uchun davlat pul to‘laydimi?
➡️ BATAFSIL

01:25:56 - Nima uchun xususiy maktab to‘lovi qimmat?
➡️ BATAFSIL

01:30:00 - Yoshlar o‘rtasida ingliz tilini o‘rganish ommalashmoqdami?
➡️ BATAFSIL

01:33:26 - Insonga pul tikishimiz kerak
➡️ BATAFSIL

01:34:57 - Xorijga chiqib ketayotgan yoshlar qaytib kelmasa nima qilamiz?
➡️ BATAFSIL

01:39:35 - Vatanparvarlik, milliy libos deyaverib yoshlarni bezdirib qo‘ymayapmizmi?
➡️ BATAFSIL

01:43:41 - Maktab formasi majburiy bo‘lishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL

01:45:43 - Ta’limdagi diskriminatsiyadan tezroq qutulishimiz kerak
➡️ BATAFSIL

01:52:24 - Bektosh Xatamov ham kasb tanlashda adashganmi?
➡️ BATAFSIL

01:56:53 - Har oyda bir nafar o‘qituvchi xorijga sayohatga yuboriladimi?
➡️ BATAFSIL

02:01:40 - Xorijga yuboriladigan o‘qituvchini qanday tanlaymiz?
➡️ BATAFSIL

02:04:32 - Nima uchun "Tanaffus" podkastini ko‘radigan o‘qituvchilar soni kam?
➡️ BATAFSIL

➡️ Izoh yozish

Ko‘rsatuvni ko‘rishni boshlashingiz bilanoq bir dona layk va izoh yozib, bizning loyihamizni qo‘llab-quvvatlab qo‘yasiz degan umiddamiz.


▶️ To'liq video — https://youtu.be/wYhP74SfMM0

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel