domlajon | Unsorted

Telegram-канал domlajon - Isroil Tillaboyev blogi

13834

Республика таълим маркази директор ўринбосари, математика фани ўқитувчиси, блогер Исроилжон Тиллабоевнинг мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S

Subscribe to a channel

Isroil Tillaboyev blogi

Instagramda Orif Shermatov ismli fizika astronomiya ustozi jaydari, sodda misollar bilan astranomiyani tushuntirib boryapti. Mana bu videosidan ham yaxshi maʼlumotlar oldim. Shunday lo‘nda, sodda yetkazuvchi ustozlar ko‘paysin, internet orqali yoshlarga moslashib bilim ulashish zo‘r!

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Ўзбекистон мактаблари ижтимоий табақаланишга олиб келмаяптими?

Сўнгги йилларда Ўзбекистонда турли хилдаги мактаблар сони ортиб бормоқда. Давлат ва нодавлат таълим муассасалари, Президент мактаблари, ижод мактаблари, ихтисослаштирилган мактаблар шулар жумласидан. Бугунги кунда республикамизда 10 196 та мактаб фаолият юритмоқда, шундан 458 таси нодавлат умумтаълим муассасалари ҳисобланади.


Масалан, вилоятларда хусусий мактабларнинг ойлик тўлови камида 1 миллион сўмдан 2 миллион сўмгача бўлса, Тошкент шаҳрида бу сумма 4 миллион сўмдан 20 миллион сўмгача етмоқда.

Батафсил: http://ishonch.uz/news/3673

Расмий саҳифаларимиз 👇
Telegram / Facebook  / Twitter / instagram  / You tube

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

⚡️Bilimdonlar tayyormisiz?

Bugun 18:00 dan boshlab “ZUKKOTEST” loyihasining ikkinchi bosqichiga start beramiz! 24 soat davomida obunachilarimiz o‘zlarining intellektual bilimlarini sinovdan o‘tkazishi mumkin!

Esingizda bo‘lsa, oldingi safar eng yuqori natija olganlarning barchasiga pul mukofoti va premiumlar sovg‘a qilgan edik. Bu safar testlarni qo‘shimcha ko‘rsatgichlar bo‘yicha 100% to‘g‘ri bajargan 10 ta ishtirokchiga 1 million so‘mdan pul mukofotlari beriladi. 70%+ natija uchun “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50% chegirmalar taqdim etamiz!

Agar ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz shoshiling, hoziroq @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

G‘oliblarni pul mukofotlari va premium obunalar kutmoqda!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

боши 👆👆👆
- Ие, тўхта-чи, бу нима деган гап? Давлат кучли, уни ҳеч қанақа мафия-пафия қўлга ололмайди. Аҳмоқона гап, бу интернетинг миянгни заҳарлаяпти. Ўзим ҳам аҳмоқман-да, ҳалидан бери сенинг гапингни эшитиб ўтирганимни қаранглар. Қани, тур, ишла, бунинг ўрнига. Сенга бир ҳафталик вазифа: томорқани чопасан, ўтинларни томга оласан ва ҳовлига киришдаги ғиштларни уйнинг орқасига ташийсан. Менга ҳар куни икки мартадан қилган ишларингни расмга олиб ташлайсан. Тушундингми?
Шундай деб сафарга кетдим. Болани назорат қилмаса интернет айнитади. Иш буюргач, назоратини қилиб туриш керак-да, янаям кунига тўрт мартадан ҳисобот сўрасам бўларкан, деб қўяман ўзимга ўзим. Келишганимиздек ўғлим ҳар куни икки мартадан расм ташлаб турди. Биринчи кун томорқанинг чети чопилган, бир машина ўтинниям бир қисми олинган. Эртасига ғиштларни ҳам ташиб ҳовлини тартибли қилибди. Кундан кунга чопилган ер майдони кенгайиб, ўтинлар сони ҳам камайиб бораверди. Ҳа, маладес, ишласа бўларкан-ку. Интернетни йиғиштириб ишлаётганидан хурсанд бўлиб, буюрган ишларимни тезроқ тугатса, мукофот ҳам ваъда қилдим. Эртасигаёқ бир қанча фотоҳисобот жўнатди. Эҳе, томорқамиз текис қилиб чопилган, ҳовлимизда ғиштлар уйнинг орқасига ажойиб қилиб терилган, тартибсизликдан асар йўқ, ўтинлар эса томимизга бўй-бўйига қараб тахланганини кўриб, санъат асари дейсиз. Қарангки, сафарим ҳам узоққа чўзилмади, ҳафта тугамасдан қайтадиган бўлдим. Кап-катта бўлиб, йўқлигимда уй ишларини тўла-тўкис бажариб қўйган ўғлимдан хурсанд бўлиб уйга боряпман, денг. Уйга саҳарлаб кириб бордим. Кирдиму, жин чалган одамдан серрайиб оғзимни очиб қолдим. Томорқанинг ярми чопилган, ўтинларам ярим-ёртиси қандай турган бўлса шундай жойида турибди, ғиштлар эса ҳовли юзида сочилиб ётибди. Дарҳол уйқуни уриб ётган ўғлимни турғазиб сўроққа тутдим. Ўғлим кўзини ишқалаганча, нима деди, денг:
- - Дада, тезроқ тугатсанг, мукофотим бор, дедингиз. Шунга сунъий интеллектдан фойдаланиб расмлар тайёрлаб жўнатгандим. Дада, ҳафтанинг охиригача барча буюрган ишингизни тугатиб қўяман, ўғилбола сўзим, ахир бошида ҳафта тугагунча бажаришга келишгандик-ку. Расмлар қалай чиқибди?

2024 йил, ноябр

Шукуржон Исломов.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

26-mart kuni yoshlarga oid juda katta yangiliklarni o‘z ichiga olgan PF-61-son Prezident qarori eʼlon qilindi.
Mazkur qarorda keltirilgan fan olimpiadalariga 70 ming dollar berilishi, Top100 da PHD qilib qaytgan yosh olimlarga uy-joy berish, kam taʼminlangan oilalarning bilimga chanqoq, iqtidorli farzandlarini tanlab Top100 o‘qishlarga yuborish mexanizmlari haqida Sevimli telekanali "Zamon" informatsion ko‘rsatuvi katta lavha tayyorladi, unda bu farmonni ozgina sharhlab o‘tdim

Hozirgi yoshlarga 10 yil oldingiga qaraganda 100 barobar ko‘p imkoniyatlar berilmoqda, buni hamma tan olmoqda.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Bilimdon yoshlarimiz uchun navbatdagi yangilikni e’lon qilmoqchiman!

Esingizda bo’lsa, “ZUKKOTEST” loyihasiga start bergan edik. Ko’plab takliflarga binoan loyihaning 2-bosqichini o’tkazmoqchimiz.

Test sinovlari 3-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Ungacha @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, quyidagi darsliklarni o‘rganishni boshlang! Eslatib o‘tamiz, test savollari aynan ushbu darsliklar asosida tuziladi!

1. “Mutolaa” ilovasidan Jadidlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy;
2. “Ibrat farzandlari” ingliz tili darsligi;
3. “Ustoz AI” loyihasidan zamonaviy kasblar;
4. “Uzchess” loyihasining Debyut darsligi;
5. “Zakovat” intellektual savollari

Shartlar o’sha-o’sha!

• 45 ta savol (turli mavzulardan tasodifiy tanlanadi);
• Har bir savolga 1 daqiqa vaqt va 1 ball.

⚡️Mukofotlar:

TOP10 bilimdon: Har biriga 1 million so‘m pul mukofoti;

TOP100 reytingdan o‘rin olganlarga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 3 oylik premium obuna;

70%+ natija: “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50 foiz chegirma;

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting @kitobxontestbot

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Замон ёшлари қаҳрамонларидан: Контейнерни ўқув марказига айлантирган водиллик талаба ҳикояси

Исломжон Муҳаммаджонов маҳалла ёшлар етакчиси - Тошкент ахборот технологиялари университетининг Фарғона филиалида таҳсил олади.
У ҳақда kun.uz репортаж тайёрлади. У пул йиғиб “контейнер” сотиб олиб, таъмирлаб, айнан унинг ичида ўқув маркази очди ва қишлоқ ёшларини замонавий касбларга бепул ўқитишни йўлга қўйди. “Контейнер сотиб олишга олдим-у, муаммо ана ундан кейин бошланди. Қаерга жойлаштиришни билмасдим, ҳаммаси ортда қолиб, ишимиз юришиб кетди, кичик бўлса-да мувафаққиятга эришиб келмоқдамиз”, – дейди у.

📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Mana shu uchrashuv bizning davlat rahbarimiz Markaziy osiyoda birlashtiruvchi asosiy figura bo‘lganini isbotladi. Yon qo‘shni qirg‘iz va tojik davlatlari yaqinda katta kelishmovchiliklarni o‘tkazdi, xatto chegarlarda bir-biriga o‘qlar otdi. Vanihoyat bugun O‘zbekiston lideri ishtirokida do‘stlik o‘rnatildi, O‘zbekistonning ishtirokida bu do‘stlikni o‘rnatilganidan juda xursandman! Markaziy Osiyo xalqlari bir makon, bir tan bo‘lib birlashaversin!

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

O‘zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning oilasi haqida samimiy reportaj bo‘libdi, oddiy qishloq oilasidan mana shunday kuchli futbolchi bo‘lib yetishishiga otasining roli katta ekan.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Bek va Loladan “Yomg‘ir yog‘aloq”

Bolajonlarimizning sevimli qahramonlari bu safar “Yomg‘ir yog‘aloq” qo‘shig‘i orqali sizni bolalik xotiralari, bahorning beg‘ubor nafasi va yurakni iliq qiladigan lahzalar sari yetaklaydi.

Bu videoni ko‘rgan kattalar ham yoshlik davrini eslashi aniq. Videoni tomosha qiling va yaqinlaringizga ulashing!

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

📹 https://youtu.be/Qn_dbcrW-cg?feature=shared

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Twitterdagilar yaxshi niyat bilan O‘zbekistonning jahon chempionatidagi formasining dizaynini o‘ylashni boshlavorshibdi)
Yaxshi forma chiqibdi lekin)

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

🖐Intizom qurish uchun 10 daqiqa vaqtingiz bormi?

Bugun, 🕚17:00 da
😉 YouTubeda 1️⃣ Bilim navbatdagi mini-podkast premyerasi bo‘ladi.

Mavzu: Intizom

➡️ Tomosha qilish uchun link: https://youtu.be/2Z1NlIsdU_g?si=1Cj6OIvmbrn41TAl

Havolani do’stlaringiz bilan ulashib manfaatli kontentni “super-manfaatli” bo’lishiga hissa qo’shing.

Samimiyat bilan,
💡 Xurshid.

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblariga 70 ming dollardan oshiq mukofot beriladi!

26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-61 farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

Natijada, endilikda mazkur eng kuchli beshlik fan olimpiadalari matematika (IMO), fizika (IphO), kimyo (IChO), biologiya (IBO), informatika (IOI) oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga BHMning 2500 baravar– 937 mln 500 ming so‘m, kumush medal olgan o‘quvchi uchun BHMning 1500 baravar miqdori –562 mln 500 ming so‘m, bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravari –375 mln so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadigan bo‘ldilar!

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

"Mutolaa" vaqti keldi #mutolaa📚

(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun  15 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Alfons Dodening ʻʻSoʻnggi saboqʻʻ hikoyasi

Hikoya ona tilining qadr-qimmati va vatanparvarlik ruhini aks ettirgan ta’sirli asarlardan biridir. Hikoya Fransiyaning Elzas viloyatida kechadi va Fransiya-Prussiya urushi natijasida ushbu hududning nemislar qo‘liga o‘tganidan so‘ng sodir bo‘ladigan voqealarni tasvirlaydi.

Hikoya juda qisqa bo‘lsa-da, unda ona tiliga bo‘lgan muhabbat, yo‘qotishning achchiq zavqi va o‘zligini anglash singari chuqur falsafiy g‘oyalar ilgari surilgan. Dode o‘quvchini til va millat tushunchalari ustida o‘ylashga undaydi. Hikoyaning oxirida janob Amelning "Vive la France!" (Yashasin Fransiya!) degan so‘zlari uning vatanparvarlik hissini yorqin aks ettiradi.

Hikoyani "Mutolaa" da o'qing:

📖 Hikoyani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/so-nggi-saboq

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/so-nggi-saboq

🎙Hikoya audiosi MTRK studiyasi tomonidan o‘qilgan.

"Mutolaa" ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

O'qituvchi konspekt yozishi kerakmi?

Garchi o'qituvchilardan konspekt yoki tezis talab qilish qonunchilikda mavjud bo'lmasa-da, ammo hozirgacha ulardan bu narsalar talab qilib kelinadi.

Ba'zilar o'qituvchi darsga albatta konspekt yozib kelishi kerak desa, ba'zilar buni ortiqcha qog'ozbozlik deydi. Bu borada bizning pozitsiyamizni esa videoning davomini ko'rib bilib olishingiz mumkin.

Xo'sh, sizchi, siz nima deysiz? O'qituvchi konspekt yozishi kerakmi yoki yo'q?

✍️ Izoh yozish

📱 Videoning davomi — https://www.youtube.com/watch?v=xOrYaa7vs3Y&t=5367s

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Марказий Осиё давлатлари раҳбарлари Самарқандда йиғилди.

Президентлар 4 апрель куни Марказий Осиё-Европа Иттифоқи биринчи саммитида иштирок этади.

Айни вақтда Шавкат Мирзиёев қўшни мамлакатлар раҳбарлари билан учрашувлар ўтказмоқда.

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

😀 Yangi chorakni yangi g‘alabalar bilan boshlang!


📆 Navbatdagi olimpiadalarimiz 6-aprel (yakshanba) kuni bir vaqda Toshkent shahar, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkaziladi!

📌 Olimpiadada 1-2-3-4-5-6-7-8 sinf o‘quvchilari ishtirok etishadi hamda savollar o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi.

Shoshiling, barcha olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish 5-aprel kuni soat 16:00 da yakunlanadi!

😀 Toshkent shahar uchun: ➡️ TOSHKENT

👍 Xorazm viloyati uchun: ➡️ XORAZM

👍 Buxoro viloyati uchun: ➡️ BUXORO

👍 Samarqand viloyati uchun: ➡️ SAMARQAND

👍 Jizzax viloyati uchun: ➡️ JIZZAX

👍 Sirdaryo viloyati uchun: ➡️ SIRDARYO

👍 Namangan viloyati uchun: ➡️ NAMANGAN

🏅 Farg‘ona viloyati uchun: ➡️ FARG‘ONA

🥇 Qashqadaryo viloyati uchun: ➡️ QASHQADARYO

📘 Har bir ishtirokchi va ustoziga elektron sertifikat taqdim etiladi.

G‘oliblar medallar, diplomlar va darslarimiz uchun grantlar bilan taqdirlanadi.

📊 O‘quvchilar reyting ballarni jamg‘arib borishadi va "YOZGI MAKTAB-2025" da bepul qatnashish imkoniyati uchun kurashishadi.

O‘z sinfida eng yuqori natijali o‘quvchilari "SUPER FINAL" yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: 👉 @khiso

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Nima uchun Garvard O‘zbekistonlik talabalarga 100% lik grant berayotgani haqida.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Ogʼaynim Shukurjon Islomov hozirgi bolalar haqida yangi narsa yozibdi

Youtube кўрган болалар
Қарасам, совуқда 12 яшар ўғлим бошяланг юрибди.
- Кий бошингга, - дедим шошиб.
У бўлса:
- Дада, бошяланг юрса ҳеч нарса қилмайди, - деди. – Оёқ иссиқ, бош эса совуқ бўлиши керак.
- Қаердан биласан?
- Ютубда кўрдим. Доктор айтди.
- Унда нега юпқа пайпоқ кийгансан. Шамоллаб қолишинг мумкин. Оёқдан, биласанми, томирлар ўтган. Ўша томирлар қулоққа, бурунга, тишга боради. Оёғинг совийди, кейин қулоғинг, томоғинг, тишинг оғрийди, бурнинг оқади, грипп бўласан.
- Йўғе, дада, оёқ совқотиши билан шамоллашнинг алоқаси йўқ, - деди яна у. Олдин этик бўлмаганда одамлар қордаям ялангоёқ юрган. Ўшаларни ялангоёқ дейишган. Совқотишдан грипп бўлмайди, грипп вирусдан чиқади. Лекин, оёқ совқотиб иммунитет пасайиши, кейин эса вирус организмни осонгина касал қилиб қўйиши мумкин.
- Ҳай, қаердан эшитдинг?
- Ютубда докторларнинг каналидан.
- Яна нима дебди ютубингда?
- Бемалол совуқ сув ичиб юрсак бўларкан. Сиз бўлса совуқ сув ичманглар, ангина бўласизлар, дейсиз.
- Муздек сув ичсанг, ангина бўласан-да.
- Йўқ, ҳамма томоқ касаллигини вируслар келтириб чиқаради, совуқ сув ичганда эса вақтинча иммунитет тушади, шунда вируслар танага ҳужум қилиши осонлашади. Чет элда бемалол одамлар ичимлигига муз солиб ичаверади. Сиз бўлса холодилникдан муз олиб компотга солишимга ҳам рухсат бермайсиз.
- Касал бўпқолмагин дейман-да. Сизларни осонликча катта қиляпмизми? Ҳар қишда шифохонага тушардиларинг, докторлар бир дунё дори-укол ёзарди, эсимда.
- Дада, шу дориларнинг ҳеч қандай фойдаси йўқ. Организм ўзи тузаларкан, дорилар эса сал ёрдамлашвораркан. Ҳеч нарса ичмасангиз бир ҳафтада, дори ичсангиз уч-тўрт кунда тузаларкансиз. Ютубда айтишди.
- Қўйсанг-чи.
- Рост. Германияга, Туркияга кўчиб борган ўзбеклар айтди. Қирқ иситмада дўхтирга борсаям, кўпроқ сув ичсин, деб қайтарворибди докторлар. Дори-пори ёзмаскан.
- Нега ёзмас экан?
- Чунки дори унча сотилмас экан.
- Бекор гап, одам бўлгандан кейин касал бўлади, касал бўлгандан кейин дориям бўлади. Бу интернетдагиларинг ҳар балони гапираверади, чунки интернетда назорат йўқ, нимани гапириш масъулияти йўқ, билдингми? Маза-бемаза блогерларни эшитгандан кўра, маърузалар топиб эшит. Яхши домлаларнинг диний маърузалари кўп-ку.
- Маърузаларда ҳам пайғамбаримиз замондошлари ҳеч касал бўлмаган, ҳозирги дорилар турган-битгани химикат, деяпти. Яна.. яна, айтаверайми? Дорихоначилар мафия экан, давлатни қўлга олибди..
давоми👇👇👇

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Жамоавий мурожаатлар порталига таълим тизимини тўлиқ 5 кунлик ўқиш ва иш режимига ўтказиш юзасидан петиция қўйилибди.

Қийин масала буни амалга ошириш, масалан 7-синфда бир ҳафтада 34 соат, 8-синфда 33 соат дарс белгиланган, бу дегани, 3 кун 5 соатдан, 3 кун 6 соатдан ўтишади. Шу дарсларни 5 кунга қўйилса деярли ҳар куни 7 соатдан ўтишига тўғри келади. Ўзбекистондаги 60 фоиздан ортиқ мактаблар 2 сменада ўқишини инобатга оладиган бўлсак, мактабларга бундай юкламада дарс қўйиш имкони қийин, деб ўйлайман. Бу, мазкур порталдаги таклифларни кимдир инобатга олади деб оптимистик қараган тақдиримиздаги ҳолат).

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Қандай қилиб оддий ходим 2,5 млн сўм маош билан "Малибу" олиши мумкин?

@domlajon канали қуйидаги мақолада ушбу нарсани хисоблаб чиқиб эътиборларингизга тақдим этмоқда:

https://telegra.ph/%D2%9Aandaj-%D2%9Bilib-15-mln-s%D1%9Em-maosh-bilan-Malibu-olish-mumkin-04-01

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Rahmatli yozuvchimiz Tohir Malikning har bir gapi nuqtasiga borar edi.
Buyuk yozuvchilar o‘tib ketdi afsuski.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

O'qituvchiga kasb kasalligiga chalingani uchun 70 mln so‘m tovon puli undirib berilganidan xabaringiz bormi?

20 yil bir maktabda ishlab, kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 million so‘m zarar va tovon pullari undirib berilgandi.

Ko'pchilik o'qituvchilarning hayoti sug'urtalanishi, ish joyida baxtsiz hodisa ro'y berganda yoki kasb kasalligiga chalinganda ularga qanday kafolatlar borligini bilishmas ekan.

Shu sababli, aynan shu mavzuni to'liq yoritib berish maqsadida "Tanaffus" podkastining 14-sonini Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligida tasvirga oldik.

Podkast davomida vazirlik hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mas'ul xodimlaridan mavzuga oid barcha savollarga to'liq javob oldik.

📹5-aprel, shanba kuni xalqtaliminfo">YouTube sahifamizda ushbu sonimizning premyerasini o‘tkazib yubormang!

Buning uchun hoziroq xalqtaliminfo">YouTube sahifamizga obuna bo'ling.

▶️ YouTube sahifamiz — xalqtaliminfo" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@xalqtaliminfo

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Mana shu videoni yaqin orada to‘y qilmoqchi bo‘lib yurganlarga yuborib qo‘ying.
Kelin-kuyov, molodes👏
Ming dollarga, bo‘lib hamki Toshkentda shunday to‘y qilish mumkinligini isbotlagan bu ikki yosh barcha yoshlar uchun islohotchi qahramon!

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Ramazon hayiti barchaga muborak bo‘lsin! Tutgan ro‘zalar dargohida qabul bo‘lsin!

🌙 Eid Mubarak to you all.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Mana shu suhbatga albatta kirish kerak, men hurmat qilgan juda kuchli bilimli Xurshidbek Maroziqov tashkil etmoqda, katta manfaat olishingiz aniq, foydalanib qoling!

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Maktabdagi rahbar xodimlar dars o'tishi kerakmi?

Juda ko'pchilik mutasaddilar rahbar xodimlarning dars o'tishiga qarshilik qiladi. Boshqalar ham ular dars o'tmasligi kerak degan fikrda.

Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Ya'ni, rahbar xodimlar dars o'tmasa ta'lim jarayonidan uzilib qolishi mumkin.

Yana bir tarafi borki, rahbarlar bunday yuklamada olgan darsini yig‘iishga ketib qolib o‘tmay qolish hollari ko‘p bo‘ladi...

Xo'sh, siz bu borada qanday fikrdasiz?

👉 Izoh yozish

➡️ To'liq video — https://youtu.be/xOrYaa7vs3Y

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

O‘zbekistonlik yana bir o‘quvchi Garvard oliygohiga o‘qishga qabul qilindi!
Jasurbek Umarovni bunday g‘alaba bilan tabriklaymiz, ofarin!

Jasurbek Toshkent shahar "Sodiq school" nodavlat maktabi bitiruvchisi hisoblanadi.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Prezident sovg’asi o’z egasiga topshirildi

Sparkdan boshlangan sovg‘a Cobaltga o‘tdi, mana endi bu yildan elektromobil berilmoqda!

📚 Kecha, Andijon viloyatining Marhamat tumanida “Yosh kitobxon” tanlovi respublika final bosqichining 10-14 yosh toifasidagi g’olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🏆G‘oliblarga Prezident sovg‘asi BYD Chazor elektromobili va pul mukofotlari topshirildi!

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

"Mutolaa" vaqti keldi #mutolaa📚

(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun  34 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Odil Yoqubovning "Yaxshilik" hikoyasi

Hikoya insoniy fazilatlar, fidoyilik va kechirimlilik mavzularini o‘z ichiga olgan ibratli asarlardan biridir. Urush yillari qahramonlar taqdirini keskin o‘zgartirib yuboradi va insoniy munosabatlar sinovdan o‘tadi.

Asarda eng muhim masalalardan biri insoniy munosabatlarda kechirimlilikning chegarasi borligi, ba’zan jarohatlar shunchaki unutilib bo‘lmasligi tasvirlanadi.

Muallif hikoya orqali o‘quvchini yaxshilik qilishga, sabrli va mehribon bo‘lishga undaydi. Shu bilan birga, kechirimlilik har doim ham oson emasligini va ba’zi jarohatlar shunchaki vaqt bilan bitmasligini ta’kidlaydi.

Siz nima deb oʼylaysiz: Munavvar Mansurjonga nisbatan adolatli munosabatda boʼldimi?

Hikoyani "Mutolaa" da o'qing:

📖 Hikoyani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/yaxshilik

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/yaxshilik

🎙Hikoya audiosini Aktyorlar jamoasi o‘qigan.

"Mutolaa" ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…
Subscribe to a channel