Республика таълим маркази директор ўринбосари, математика фани ўқитувчиси, блогер Исроилжон Тиллабоевнинг мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S
Ta'limga e'tibor bolalikdan boshlangani sabab rivojlanish tezligini ko‘rib turibmiz.
@domlajon
t.me/domlajon
Barcha direktorlar, ta’lim sohasi vakillari "Kuchsizlar kuchi" kitobini o‘qishi kerak yoki mana shu podkastni ko‘rishi kerak
Agar siz ta'lim sohasi vakili bo'lsangiz, "Tanaffus" podkastning navbatdagi sonini albatta ko'ring yoki hech bo'lmaganda, quyidagi fikrlardan birini tinglang.
O‘quvchilarning repetitorga borishi tabiiy jarayonmi?
➡️BATAFSIL
Xususiy maktabning bir oylik puliga, davlat maktabida bir yil o‘qiladimi?
➡️BATAFSIL
Ingliz tilida gaplasholmaydigan o‘qituvchining 25 yil davlat maktabida ingliz tilidan dars bergani haqidagi hikoya
➡️BATAFSIL
Xususiy maktablar jamiyatga qanchalik foyda bermoqda?
➡️BATAFSIL
Sinf rahbariga o‘zi rozi bo‘ladigan maosh berilyaptimi?
➡️BATAFSIL
Xususiy maktablar faqat boyning bolalari uchunmi?
➡️BATAFSIL
Xususiy maktablar o‘quvchilar reytingini nima bilan o‘lchaydi?
➡️BATAFSIL
Ota-onalar bilimga emas, maktabdagi sharoit uchun pul to‘laydimi?
➡️BATAFSIL
Davlat va xususiy maktablar o‘qituvchi ish faoliyatini qanday ko‘rsatgichlar bilan o‘lchayapti?
➡️BATAFSIL
Xususiy maktablarga ham malaka toifasi talabi belgilab qo‘yilganmi?
➡️BATAFSIL
Xususiy maktab o'qituvchilari o‘z hisobidan malaka oshirishi adolatdanmi?
➡️BATAFSIL
O‘qituvchi yaxshi ishlayotganini xususiy maktablar qanday qilib tekshiradi?
➡️BATAFSIL
Davlatning zimmasida o‘zi ko‘tarolmaydigan yuk bormi?
➡️BATAFSIL
Ta’lim pullik bo‘lsagina, o‘quvchilar o‘qishga qiziqadimi?
➡️BATAFSIL
Biz, o‘qituvchilar zamondan ortda qolib ketyapmizmi?
➡️BATAFSIL
Xususiy maktablarning ko‘payishi ta’limning tabaqalanishga olib kelmaydimi?
➡️BATAFSIL
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning mavjudligi tabaqalanish emasmi?
➡️BATAFSIL
Bolalarni iqtidorli yoki iqtidorsizlarga ajratishimiz qanchalik to‘g‘ri?
➡️BATAFSIL
Barcha direktorlar, ta’lim sohasi vakillari "Kuchsizlar kuchi" kitobini o‘qishi kerak yoki shu podkastni ko‘rishi kerak
➡️BATAFSIL
"Profi school" maktabi o‘qituvchilari qancha oylik oladi?
➡️BATAFSIL
O‘qituvchilar maoshi oshirib qo‘yilsa, hammasi zo‘r bo‘lib ketadimi?
➡️BATAFSIL
1000 dollar degan marra qo‘yib olmasligimiz kerakmi?
➡️BATAFSIL
Maktabning jozibadorligini oshirib, byurokratiyadan voz kechishimiz kerak
➡️BATAFSIL
Davlat maktablarida 70 xil to‘garak bor, xususiyda esa 3 dona, lekin rostdan ham ishlaydigan to‘garak bor
➡️BATAFSIL
Xususiy maktabda o‘qituvchining ish vaqti qanday hisoblanadi?
➡️BATAFSIL
Maktablar 5 kunlik ish kuniga o‘tishi kerakmi?
➡️BATAFSIL
To‘garak o‘tgani uchun o‘qituvchiga haq to‘lash kerak, tekinga hech narsa bo‘lmaydi
➡️BATAFSIL
Nega xususiy maktablar narxi qimmat?
➡️BATAFSIL
Davlat maktablarida o‘qituvchiga uddalab bo‘lmas topshiriq yuklatiladimi?
➡️BATAFSIL
Nega ko‘p ishlasak ham rivojlanmayapmiz?
➡️BATAFSIL
Xususiy ta’limning kelajagi qanday bo‘ladi?
➡️BATAFSIL
▶️ To'liq video — https://youtu.be/t5vqqXp9ReA
Telegram I Facebook I xalqtaliminfo">YouTube
Yoshlar ishlari agentligi jamoasidan Garvardda o‘qiydiganlar chiqmoqda! 😍
Tanishing, Azizbek Zaylobiddininov, Agentligimizning "Ibrat farzandlari" loyihasining "Ibrat debate" klubi prezidenti, butun O‘zbekiston bo‘ylab ingliz tilidan debatlar tashkil etib, yoshlar o‘rtasida xorijiy tilni ommalashtirib kelayotgan yosh kadrimiz endi Dunyoning Top o‘qishi Garvardga 100 foizlik grant yutdi! Bu eng kamida 450 ming dollar grant degani!
Jamoamizda mana shunday yoshlarning ishlayotgani bizga fahr beradi, Agentligimizning naqadar ulkan salohiyatli kadrlar jamlaganiga misol desak adashmaymiz, bu jamoadagi yoshlar endilikda O‘zbekistonlik yoshlarni yildan-yilga Garvard, Kembridj, Oksford va boshqa Top universitetlarga tortaverishadi, bu bo‘yicha ishlarimiz allaqachon boshlangan, biz "Top 100" loyihasi orqali yoshlarimizni 100 talik o‘qishlarga tayyorlab, jo‘natib kelmoqdamiz, siz ham shu loyihamizda ishtirok etib Azizbekka sherik bo‘lishingiz, Garvardga ketishingiz mimkin.
Bularning hammasi mutlaqo bepul!
Jamoadoshim Azizbekka omadlar tilaymiz!
Bardavom bo‘lsin bunday quvonchli kunlar.
@domlajon
t.me/domlajon
O‘zbekistonda kontrabanda tamaki: muammolar ko‘lami va kompleks yechim zarurati.
Tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi jahon miqyosida hajm jihatidan uchinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston uchun jiddiy tahdid soladi. Dunyoda sotiladigan barcha sigaretlarning taxminan 11 foizi noqonuniy, xavfsizlik standartlariga muvofiq kelmaydigan va iste'molchilar salomatligi uchun xavf soladigan sanaladi.
O‘zbekistonda bu muammo noqonuniy mahsulot hamma uchun ochiqligi bilan murakkablashadi.
2023 yilda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi 42 ta noqonuniy tamaki aylanmasi holatini bartaraf qildi va jami 5,78 mlrd so‘mga teng 327 531 quti mahsulot olib qo‘ydi.
Biroq, o‘tkazilgan jurnalistik tekshiruv aksiz markalari va raqamli markirovka kodlari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatining turli tumanlarida erkin sotilayotganligini ko‘rsatdi. Jurnalistlar so‘rovida qatnashgan iste'molchilar kontrabanda tamakini sotib olish osonligini tasdiqladilar. Ulardan biri noqonuniy sigaret chekishning zarari ikki barobar yuqori bo‘lishi mumkinligini ta'kidladi.
Vaziyat nafaqat chegarada nazoratni kuchaytirish va kontrabandani musodara qilishni, balki mamlakatga noqonuniy mahsulot kirib kelishining oldini olishga qaratilgan profilaktika choralarini, shuningdek chekish va kontrabanda tamaki mahsulotlari zarari haqidagi axborot kampaniyasini ham o‘z ichiga olgan kompleks yondashuvni talab qiladi.
Noqonuniy tamaki aylanmasi soliq tushumlarini kamaytirib va qonuniy biznesni barbod qilib, iqtisodiyotga salmoqli ziyon keltiradi.
@domlajon
t.me/domlajon
To'garak uchun o'qituvchiga haq to'lamasak, shunchaki undan voz kechishimiz kerak
"Davlat maktablarida 70 xil to‘garak, xususiyda esa 3 dona, lekin rostdan ham amalda ishlaydigan to‘garak bor. To‘garak o‘tgani uchun o‘qituvchiga qo'shimcha oylik to‘lash kerak, tekinga hech narsa bo‘lmaydi" — xususiy maktab direktori.
Yoshlar ishlari agentligining "Ibrat farzandlari" volontyori Azizbek Zaylobiddinov dunyoning eng nufuzli oliy ta'lim dargohi Garvard universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi!
@domlajon
t.me/domlajon
Respublika "O‘quv markazlari forumi" muhokama kuni Yoshlar ishlari agentligida davom etmoqda.
@domlajon
t.me/domlajon
Tarixda ilk marta O‘quv markazlar forumi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘quv markazlar ta'lim tizimining alohida bir bo‘g‘ini bo‘lib ulgurgani sir emas, ular ta'lim sifatiga handa yoshlar maqsadli bandligini ta'minlashda ulkan hissasini hech kim inkor qilolmaydi.
Yoshlar ishlari agentligi O‘zbekistonda ilk marta "O‘quv markazlari forumi"ni tashkilladi. Mazkur forum dastlab tumanlarda, so‘ng viloyat markazlarida vanihoyat Respublika markazida eng ilg‘or o‘quv markazlarni jamlab tashkillandi.
Bu juda katta tajriba almashish maydoni bo‘lib hizmat qilmoqda, barcha hududlardan tashrif buyurgan eng zo‘r o‘quv markazlarni bir joyda ko‘rish va ularni eshitish katta motivatsiya bermoqda.
Forumimiz ertaga ham davom etadi, har yili Agentligimiz tomonidan an'anaviy o‘tkaziladi.
@domlajon
t.me/domlajon
Yoshlar ishlari agentligi xorijiy tillarni yoshlar orasida ommalashtirishga ulkan hissasini 4 yillik mevasini ko‘ring va zavqlaning, O‘zbekistonlik yoshlarning xorijiy tillarga o‘qitishini kompensatsiya mablag‘lari to‘lab qo‘llab-quvvatlayotganimiz samarasida 4 yilda 8-10 baravar oshdi xalqaro sertifikat sohiblari!!!
@domlajon
t.me/domlajon
Камбағал оила фарзандларини чет тили, IT ва касб-ҳунарга ўқитиш учун қўшимча имкониятлар яратилади.
Мутасаддиларга 1 мартгача тўгараклар очиб, камбағал оиладаги 118 минг ёшларни ўқитишни бошлаш топширилди.
Тўгарак харажати 80 фоизгача бюджетдан қопланади.
Камбағал оилалар фарзандларини тайёрлаб, 2025 йилда 3,5 минг ёшларни олийгоҳга грант асосида қабул қилиш зарурлиги қайд этилди.
Олийгоҳ ректорлари ҳам камбағал оиладан жами 4 минг нафар ёшларни ўқитишга бош-қош бўлади. Вазир Қ.Шариповга бу борада тегишли топшириқлар берилди.
@domlajon
t.me/domlajon
Бу асал қизалоқни қаранг😍
Атлас кўйлак кийиб, дўппи билан безаниб, рақсга тушганига қойил. Болаларимизга болалигидан миллий қадриятларимизни сингдириш қанчалар муҳим эканини яна бир бор ҳис этасиз. Миллий либослар ва урф-одатларимиз уларнинг тарбиясида чиройли из қолдиради.
@domlajon
t.me/domlajon
Ustoz AI haqida eshitgansiz, yoshlarga eng zamonaviy kasblarni bepul o‘rgatuvchi Yoshlar ishlari agentligi loyihasidir.
Mana shu loyihaning bir kursi, "Saytlar yaratish" kursini Agentligimiz maktab, o‘rta-maxsus va oliy ta'lim o‘quvchi-talabalariga targ‘ib qilib, sayt yaratishga o‘rgatish uchun sentabrdan boshlab pilot tarzda bir maktab, bir kasb hunar maktab, bir Akademik litsey va Iqtisodiyot universitetini tanlab oldik. Quvonarlisi, natijalar a'lo, 4 ta pilot joyimizda o‘quvchilar va talabalar osonlik bilan kursimizni 20 kunda yakunlab, bemalol kodsiz sayt yaratishyapti (bir misol yuqoridagi saytlar kabi pul ishlaydigan saytlar). Masalan reportajdagi 51-maktabning 6-11-sinfning barcha yuz foiz(!) o‘quvchisi mustaqil sayt yarata oladigan darajaga chiqdi!
Keyin O‘zbekiston tumani barcha 70 maktabida tajriba qildik, mazkur tajriba asosida hozirda Farg‘ona viloyati MMT boshqarma boshlig‘i Sherzod Dolimov bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatining 955 ta maktabi o‘quvchilarini sayt yaratishni o‘rgatib, "Farg‘ona tajribasi" sifatida davom etyapmiz. Maqsadimiz, birgina viloyatda 100 mingga yaqin o‘quvchilarni sayt yaratishni o‘rgatsak, ulardan hech yo‘q 10 000 nafari professional saytlar yaratib, shu kasb orqali daromad topishini yo‘lga qo‘ysak katta natijaga erishamiz!
Tajribadagi maktablarda ko‘rdikki, o‘quvchi yigit-qizlarning saytlar yaratish qobiliyati kuchli bo‘lib, uni mana shunday turtki berolsak bu qobiliyatlari ochilib, bu kasbga mehri tushib ketmoqda.
Siz ham mazkur Ustoz AI ilovamizni yuklab olib, yoki yotubeda ko‘rsatib, o‘quvchilaringizga eng zamonaviy kasblarni bepul o‘rganishiga sababchi bo‘ling, keyingi reportajimiz aynan sizning maktabingiz bo‘ladi!
@domlajon
t.me/domlajon
Janubiy koreyalik San'at universiteti amaliy raqs kafedrasi mudiri, professor Byung Sun ekan)
Koreyada professorlar juda qattiqqo‘l bo‘lishadi, deyishardi, bunaqasini endi ko‘rishim)
@domlajon
t.me/domlajon
Vazirlikdanku so‘rashni hojati yo‘q, ulardagi javob tayin. Siz ustoz sifatida nima deysiz, Finlyandiya ta'lim tizimi, endilikda Singapur ta'lim tizimidan olishga o‘tildi, bu davlatlar ta'lim tizimini o‘zimizni qora ko‘zlarga joriy qila olasizlarmi?
@domlajon
t.me/domlajon
Президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 32 йиллиги муносабати билан барча ўзбекистонликларга табрик йўллади.
“Конституция куни муборак бўлсин, Ўзбекистон! Юртимиз ҳамиша қудратли, обод ва ҳар биримиз учун ифтихор рамзи бўлсин!”, деб ёзади у ўз саҳифасида.
@domlajon
t.me/domlajon
Baxtning yaqindan ko‘rinishi😍
Hayajon bilan pochtangizni ochyapsiz va siz shu sekundlarda dunyoning Top uchlikdagi o‘qishi, Nobelchilaru prezidentlar bitirgan Garvardga kontrakt emas, yuz foiz grant bilan talabalikka qabul qilinsangiz bu endi... daxshat!
Azizbek Zaylobiddinov 7-osmonga uchgan sekundlarini do‘stlari muhrlagan ekan, shu sabab birgalikda butun umr esdan chiqmaydigan quvonchiga sherik bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldik, har birimizni farzandlarimiz shunday baxtli bo‘lsin!
Azizbek ofarin, Yoshlar ishlari agentligi siz bilan faxrlanamiz, jamoamizdan endi Garvardda elchimiz bor!
@domlajon
t.me/domlajon
Yangilikni e'lon qilsam!
Bachkana, qaynona, qaynota hamda kelin mavsuzidan nari o'ta olmaydigan kino va seriallardan charchagan bo'lsangiz, yosh ijodkorlar Sizlar uchun oila davrasida ko'rish mumkin bo'lgan yangi veb-serialni taqdim etishadi. Veb-serial yoshlarni qiynayotgan aktual muammolarni yuzaga olib chiqish bilan birga, ularning asl sabablari nimada ekanligiga ham e'tibor qaratadi.
Ochig'i bir nafasda ko'rib tugatdim, yosh va ko'pchiligi havaskor ijodkorlar e'tiborni bunday darajada ushlab tura olishadi deb o'ylamagan edim. Sizlar uchun qattiq tavsiya qilaman, ayniqsa har bir yetakchi va rahbarlar ko'rishi kerak bo'lgan veb-serial. Ota-onalar uchun haqiqiy ko'zgu. Yosh ijodkorlarga gap bo'lishi mumkin emas, kichik xatolar ham hatto serialni bezab turibdi. Serial uchun bastalangan maxsus musiqa va yangi yuzlar odamga haqiqiy yoshlikni qaytarib beradi. Omad va faqat omad!
P.S. YouTubedagi serialning birinchi qismida yozib qoldirilgan eng mazmunli izoh egalariga ijodkorlar tomonidan maxsus sovg'alar taqdim etilar ekan.
Marhamat tomosha qiling: https://youtu.be/T4swCbMEz7Y?feature=shared
📌 ALBATTA USHBU PREMYERANI HAMMA KO'RISHI KERAK!
Hozirda Registon ta’lim loyihasining 10 yillik video premyerasida aks etadi!
Ushbu video sizga:
🔗 Loyihaning tarixini.
🔗Ilhomlantiruvchi hikoyalarini.
🔗Kelajakka intilishlarini ko‘rsatadi.
➡️ Videoni tomosha qilish uchun pastdagi havolaga o‘ting va Registonning 10 yillik hikoyasidan bahramand bo‘ling!
✉️ Premyera davomida o‘z fikrlaringizni izohlarda yozib qoldirishni unutmang!
Premyera: https://youtu.be/4Ik3QqtZB-g?si=smkHGic9XU422t7n
Шавкат Аюпов Фанлар академияси президенти этиб сайланди
Аюпов 2021 йилда "Ўзбекистон қаҳрамони" унвони билан тақдирланган. Олий Мажлис Сенати аъзоси.
@domlajon
t.me/domlajon
O‘z o‘quvchisini bir og‘iz gapidan taniydigan ustozlar juda ko‘p, buni chiroyli tasvirlab bergan mazkur ustozga rahmat.
@domlajon
t.me/domlajon
2 йилда Ўзбекитонда давлат рўйхатидан ўтган ўқув марказ субъектлари 12 мингтадан 22 мингга ошди. Алишер Саъдуллаев янги ғояни ўртага ташлади: Агентлик томонидан ўқув марказларнинг туман, вилоят ва республика кесимида тизимли ягона электрон рейтинг платформасини яратиш. Мазкур платформа рейтинг критерийлари содда ҳаммага қулай бўлиши ва бу борада форумга йиғилган ўқув марказлар раҳбарлари таклифларидан келиб чиқиб белгиланади.
@domlajon
t.me/domlajon
Xususiy yoki davlat maktabi: Qay biri samaraliroq ishlayapti?
Xususiy maktablar o'qituvchiga ishonch, erkinlik va eng asosiysi yaxshigina maosh bermoqda.
Xo'sh, buning siri nimada? Xususiy maktablar pullik bo'lgani uchungina shunday natijaga erishmoqdami? Yoki bu yerda boshqa masalalar ham bormi?
"Tanaffus" podkastning navbatdagi sonida aynan shu masalalar turli xil rakurslardan qarab muhokama qilindi. Bu safargi mehmonimiz, "Profi school" xususiy maktabi direktori Xurshidbek Shavkatbekovich bo'ldi.
Podkastni ko'ring, xulosa chiqaring va "Xususiy va davlat maktablari aynan nimasi bilan farq qiladi?", degan savolga izohlarda fikringizni yozing.
Youtube'dagi videosuhbat ostida yaxshi izoh yozgan va shu izohi uchun eng ko'p layk to'plagan bir nafar obunachiga 500 ming so'mlik kitoblar jamlanmasi yoki shu miqdordagi pul mukofoti va'da qilganmiz.
▶️ To'liq video — https://youtu.be/t5vqqXp9ReA
@domlajon
t.me/domlajon
⚡️Bugun sizlar bilan quvonchli xabarni bo‘lishmoqchiman!
Kuni kecha British Council hamda IDP IELTS imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlarimiz haqida ma’lumot taqdim etishdi.
Unga ko‘ra, IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilda 10 152 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 52 706 nafarga yetgan. Ya’ni 4 yilda 5 barobarga o‘sish kuzatilgan.
Shuningdek, 7-8 ball (C1 daraja)ni qo‘lga kiritganlar soni 2020-yilda 1807 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil holatiga 13 424 nafarni tashkil etmoqda. O‘z navbatida bu 7,4 barobarga o‘sish kuzatilganini anglatadi.
8,5-9 ball (C2 daraja)ga erishganlar soni esa 2020-yilda 14 nafar bo‘lgan, 2024-yil holatiga esa ularning soni 332 nafarga yetgan.
Albatta, Prezidentimiz har tomonlama yoshlarimiz chet tillarini o‘rganishlari uchun yaratayotgan imkoniyatlari natijasida, xorijiy til imtihonlarida yuqori natija qayd etayotganlar soni nafaqat miqdor bo’yicha, balki sifat bo‘yicha ham oshib bormoqda.
Yoshlarimizni chet tillarini o‘rganishlari, global dunyoda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib olga intilishlarida omad tilaymiz.
@alisher_sadullaev
Дилором Йўлдошевага “Мардлик” ордени топширилди
Президент дунёнинг энг руҳлантирувчи “Топ-100” аёли рўйхатига кирган деновлик Дилором Йўлдошеванинг ишларини эътироф этди.
Қойил, хақиқий мардлик тимсолига давлат раҳбаридан бошлаб барча тик туриб ўз ҳурматини билдирдилар!
@domlajon
t.me/domlajon
Сиз қайси гуруҳга кирасиз?
Телефон ишлатишда баъзи оилалар ўта қаттиққўл, баъзилар эса жудаям бепарволигини кўрамиз.
Қуйида, телефон ишлатишда оилаларнинг фарзандига бўлган 7 хил муносабатини кўриб чиқамиз:
1. Авторитар оила — бу турдаги оилаларда ота-она ҳаддан ортиқ назоратчи бўлади. Уйда қатъий қоидалар ўрнатилар экан — боланинг ривожланиш хусусияти ва талаб-истаклари умуман эътиборга олинмайди.
Ички қоидалар бузилса — автоматик жазо чоралари қўлланилади ва ҳеч қандай тушунтириш берилмайди.
Бундай оилада ўсган болалар — бошқаларнинг фикрига қарам, ўзига ишончи паст ва иродасиз бўлиб улғайишади. Вояга етгач атрофда уларни бошқарадиган авторитар муҳит излашда давом этишади.
2. Эътиборсиз оила — бу оилаларда боланинг хоҳиш-истакларига чегара қўйилмайди, тамоман бефарқлик ҳукм суради.
Одатда бу турдаги оилалар ё кўп ишлайдиган олий маълумотли, ёки таълим даражаси паст ота-оналардан иборат.
Бола ўзига диққат қаратиш учун турли — ижобий, салбий йўлларни синаб кўради.
Эътиборсизлик — хулқ-атвор бузилишига олиб келади. Натижада, ота-она кескин жазо кўришни бошлашади.
Бу муҳитдаги болалар — тажовузкор, ўзига ишончи паст, беқарор характерли бўлади.
3. Ўта бағри кенг оила — одатда бир фарзандли оилаларда кузатилади. Бу оилаларда боланинг "оғзидан чиққани" муҳайё қилинади. Таъқиқ йўқ — эркинлик чегараси осмону фалаккача чўзилади. Бола уй хўжайинига айланади ва телевизор пульти ҳам унинг қўлида туради.
Бу оилада ўсган болалар — тўғри ва нотўғрини ажрата олмайди, хавф-хатар ёқасида яшайдиган, масъулиятсиз инсон бўлиб улғаяди.
4. Тутуриқсиз оила — бу оилада қачон нима қилиш кераклиги аниқ эмас. Бир кун бола 10 соатлаб телефон ўйнаса индалмайди, эртасига энди қўлига олгач бақириш бошланади. Ота-она зид ҳаракати болани чалғитади — болага ота телефон совға қилади, онаси эса уни олиб қўяди.
Бу каби оилаларда бола — инсонларга ишонмайди, қарор қабул қилишга қийналади, ё ўта ўзбошимча, ёки доим бўйин эгадиган бўлади.
5. Ҳаддан ташқари ҳимояловчи оила — ота-она доимо боладан хавотирда бўлади. Боланинг йўлидаги барча тўсиқлар олиб ташланади — қоқилишга берилмайди. Бола улғайганда ҳам технологиядан фойдаланишга рухсат беришга ўта эҳтиёткор бўлишади.
Бундай болалар — ўзини ҳимоя қила олмайдиган, қарор қабул қилишни билмайдиган бўлиб вояга етади. Ҳимоя қобиғларидан четга чиқишлари билан довдираб — уларга паноҳ бўладиган одам излашади.
6. Перфекционист оила — болани ҳар қандай соҳада муваффақиятли бўлишга мажбурлашади, балет курсидан тортиб математикагача. Фарзандлари мактабига тинимсиз қатнашади.
"Барчаси фарзандим келажаги учун", деб югураётган ота-она — аслида ўзларининг ўтмишдаги жароҳатларига малҳам қўяётган бўлишади. Болани планшетда ўтказган ҳар бир дақиқасини фойдага йўналтириш керак, деб билади.
Бу оилаларда бола — хавотирчан, ўзига ишончи паст бўлади. Қолаверса, қадрсизлик ҳисси ва муваффақиятсизлик қўрқуви бола руҳиятига сингиб кетади.
7. Демократ оила — болага ишонади, қўллаб-қувватлайди, самимий муносабатда бўлади. Технологик жиҳозлардан фойдаланиш бўйича қарорлар биргаликда қабул қилинади. Фарзандга ишонилсада, ёш хусусиятлари назоратдан четда қолмайди. Болаларга масъулият юкланади. Тартиб қоидалар бузилса — жазолар аниқ ва аввалдан белгиланган бўлади. Ишонч туйғуси биринчи ўринда туради.
Бундай оилада катта бўлган болалар — ўзига ишонадиган, мослашувчан, мустақил ва масъулиятни ҳис қиладиган бўлади.
Пост: «Виртуал дунёда ота-оналик машаққати» китобидан олинди.
©️Ustoz kundaligi
@domlajon
t.me/domlajon
⚡️Farzandlarga injiq Mashaning multigidan ko‘ra milliy Bek va Lola multfilmimizni qo‘yish foydali, Agentlik yaratayotgan milliy serial multfilmimiz 11 million marta ko'rildi! 😍
Bugun Bek va Lola multserialining 5-qismi e'lon qilindi.
Bu safar qahramonlarimiz bolalar uchun qanday qadriyatlarni ilgari surishganini albatta ko'rishingiz shart.
Izohlarda bugungi qism haqida yozilgan mazmunli va batafsil sharh egalariga jamoamiz nomidan maxsus sovg'alar yetkazilib beriladi. Sizlarning g‘olib bo‘lishingizni istayman, olg‘a o‘rtoqlar!
👉https://youtu.be/n0TMTQ3ik74
@domlajon
#namunali_sayt_taqdimoti
"Ustoz AI" loyihasi doirasidagi darslarni ko‘rib, o‘z saytlarini yaratgan o‘quvchilarning natijalari ⭐️⭐️
📱@ustozai2
🇺🇿 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun qutlug‘ bo‘lsin!
Milliy madhiyamizni yapon yigiti Tomoki Ogava kuylayapti. U o‘ziga o‘zbekcha ism-familiya ham qo‘yib olgan – Odiljon Ogaev! Bir yarim yilda o‘zbek tilini shu darajada o‘rganibdi.
@domlajon
t.me/domlajon
Qoyil. Xaqiqiy san'at avloddan-avlodga mana shunday o‘tib yashash kerak! 👏👏👏
Bolalarbop temp zo‘r tanlangan, Botir Qodirov zo‘r ustoz ham ekan
@domlajon
t.me/domlajon
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi muborak!
@domlajon
t.me/domlajon