umarsadullayev | Unsorted

Telegram-канал umarsadullayev - Umar Sadullayev | Blog

5208

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Subscribe to a channel

Umar Sadullayev | Blog

"React.js esingizdami? Shu tugatilibdi..." — deb gap boshlaymi?)

#hazil

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Marketpleyslarni kallasi ishlasa foydalanuvchi yig'ib olishni ayni payti kecha va hozir edi.

#uzum

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

AI -> SI

Qanchalik uddalashar ekan AI ismini o'zgartirishni?

Elon Musk ham SpaceX AI'ni SpaceX SI deb nomlayotgan ekan.

O'zbeklar tortishmasin deyishdimikin yoki?

#ai #si

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Sizlar ham sezasizlarmi? Istalgan AI agentga birinchi marta kattaroq kodingizni “review” qildirsangiz, doim xato topadi 😄

Topgan xatosini tuzatib, kodni boshqa agentga bersangiz, u ham yana nimadir topadi. Hali birorta agentning “Xato topolmadim” deganini ko‘rmadim.

Instruksiyalarni yaxshilab tekshirib chiqishim kerak, shekilli.

#ai

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Kecha safarim davomida Susan ning Stanford GSB’dagi suhbatini tingladim. U DOJ’da — AQSh Adliya vazirligida ishlagan davrini eslab, yosh data scientistlarni davlat sektoriga jalb qilish unchalik qiyin bo‘lmaganini aytadi.

Yosh mutahassislarning ko‘pchiligini faqat maosh emas, qilayotgan ishining ma’nosi va jamiyatga ta’siri motivatsiya qilgan. Ular shunchaki ma’lumotlarni tahlil qilishni emas, balki muhim qarorlar qabul qilinishida bevosita ishtirok etishni xohlashgan.

Menimcha, jamiyat boyib, odamlarning bazaviy ehtiyojlari tobora ko‘proq qondirilgani sari, faqat oylikka qarab ish tanlamaydigan, o‘ziga yaqin missiya va mazmun izlaydigan yoshlar kogortasi ham kattalashib boradi.

Bunday avlod uchun “qancha to‘lashadi?” dan ko’ra, men qanday o’zgarish qila olaman degan savol muhimroq bo’ladi.

http://youtu.be/lNsl76AD1kE

@paiziev24

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Ba'zi "muommo"lar siz e'tibor berganingiz uchungina mavjud.

#fikr

@umar_shares

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Noto'g'ri albatta 🙂

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Eng qiziq va foydali savol egasiga Hacker'lik bo'yicha 2 ta kitob sovg'asi bor. Saud aka bergan kitoblardan ozgina qolgan edi.

#sovga

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Yaxshi yangilik ham bor.

Notarius deb nimani qistirib ketganimni sezdingiz a?)

Uy oldik, Xudoga shukur. Qarashgan hammaga rahmat. Ko’chishni reja qilyapmiz 1 haftadan keyin.

Suyunchi yuboraman deganlarga karta raqamim 🌚:
5614 6885 1817 9907

#uy

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Oxirgi kunlarda davlat xizmatlariga ko'p ishim tushdi. Notarius, davlat banklari va hokazo.

90% holatda dasturda xatolik bilan ishimiz kechikdi, rad qilindi va hokazo.

Rosa alam qilarkan. Bunday jiddiy joylarda loyihalar ham jiddiy qaralishi kerak. Hali ishlashi shunaqa ahvol bo'lsa, xavfsizligi qanchalik ekan?

Sababini ham bilaman buni, siz ham bilasiz.

#fikr

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Backend dasturchimizga Claude orqali savollar va xatoliklar yuzasidan fayl tashlab berdim. Backend'chi agentiga o'qitdi, to'g'irlatdi va manga boshqa fayl qaytardi. Man esa u faylni olib Claude'ga tashladim.

Ana bo'lmasam.

#ai

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Mana bu yaxshi yangilik bo'libdi.

#youtube

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Hozirgi "workflow" ko'rinishi.

Sal xira bo'lib qoldi. Buyerda deyarli har bir qadam uchun alohida "role"lar va "rule"lar bor. Plan uchun alohida, arxitektura uchun alohida va hokazo.

Hozir "Jira ticket"ga link tashlab choy ichib o'tiradigan paytga kelib qoldik.

Bundan keyingi qadamlar "PR" ochish va pipeline tekshirish bilan bog'liq, ularni hali to'liq qo'shmadim.

Bu sxema hamma loyihaga ham tushmaydi. O'zingizga mosini o'zingiz qurasiz.

#aiWorkflow

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Codex'da limit ancha tez keladigan bo'lib qolganmi? Sezyapsizlarmi?

#codex

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Shunaqa gaplar

/channel/khumoyun_codes/970

#hazil

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Deno.js esingizdami? Shu tugatilayotgan ekan.
Sababi butun jamoa Cloudflare tomonidan ishga olinibdi.

Ha mayli, real loyihada ishlatishga ulgurmagandik baribir 😅

#deno

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

#layf_hak

Claudedan unumli foydalanish usuli

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

👆 bunga bir necha sabablar bor ekan.

Eng muhim ikkitasi:
1. Boshida kod yozishdan oldin berilgan Context, review payti berilmasligida. Ficha haqida bergan "spec"ni review payti ham bering. Reviewer nimani tekshirayotganini bilsin.

2. Agent fichada yozilgan har bir yechimni nega yozilganini va to'liq maqsadini yozib borishi va Reviewer'ga shu faylni ham qo'shib topshirish. Istasangiz fayl emas, har bir block kod uchun "context-rich comments" yozdirib borish ham yaxshi yechim. Review tugagandan so'ng esa xohlang izohlarni o'chirib tashlang, xohlang qoldiring va xohlang o'chirib, kerakli qismlarini alohida faylga "ficha" haqida ma'lumot sifatida qo'shing.

#ai

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Nima deb o'ylaysizlar, bizda oylikdan ko'ra shaxsiy missiya va ishdagi o'zining jamiyatiga ta'siriga(impact) qarab ish tanlaydiganlar qanchalik ko'p va qachon bu son oshishi mumkin?

Masalan, katta oylik turganda, o'rtacharoq oylik va jamiyatga ta'sir doirasi kengroq yoki ko'proq tajriba oladigan muhitni tanlaydiganlar.

#fikr

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Juda o'xshash rasmlar a? 😅

#hazil

P.s: Sonnet 5.5 chiqibdi.

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Qani boost qilib ko'raylikchi, kanalda reklamalarni o'chira olamizmikan. Qimor reklamalari chiqayotgan ekan Telegram tomonidan.

/channel/UmarSadullayev?boost

#boost

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Suhbat tugadi, qatnashganlarga rahmat.

Qiziq bo'lsa yozib olingan audiosi mana 👆
(Telegram sifatini buzib yuboribdi)

#askMeAnything

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

"Ask me anything" qilamizmi bugun?

Soat 21:00'da shu kanalimizda Jonli efir ketadi. Xudo xohlasa. Savollarni faqat yozma ravishda shu post ostiga qoldiring.

#askMeAnything

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Lekin tan ham olish kerak O'zbekiston davlat xizmatlarini raqamlashtirishda juda ham oldinga chiqib ketdi. Uncha-muncha davlatda hali my.gov.uz kabi gigant loyihalar yo'q.

Gap yo'q bu tomonimizga. Endi sal sekinlashib sifatni ham parallel olib ketsak bo'ldi 🙂

#fikr

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Ko'tarilib ketsam, "5 yulduzcha edi shu bolaga yozish" demanglar deb oldindan oshirib qo'ydim.

#hazil

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

🔲 Dev Dasturxon — 26-sentabr kuni TATUda

Dasturlashni o‘rganayotgan va IT sohasida karyera boshlashni istaganlarni Dev Dasturxonga taklif qilamiz. Turli universitetlar talabalari va dasturlashda ilk qadamlarini qo‘yayotganlar bilan bir davrada uchrashamiz!

Yandex Uzbekistan mutaxassislari bilan muhandislik masalalarini muhokama qilamiz, amaliy topshiriqlarda o‘zimizni sinab ko‘ramiz va jamoamizda amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida suhbatlashamiz.

Dasturda:
— dasturlash va muhandislik haqida texnik ma’ruzalar;
— real vazifalar ustida ishlash uchun Dev Case va Code Battle;
— rezyumelar tahlili uchun CV Workshop hamda rekruterlar va xodimlar bilan Career Speed Dating;
— yangi tanishuvlar, merch va yeguliklar.
Asosiy dasturdan so‘ng — kechki ovqat, musiqa va norasmiy muloqot. Tadbir asosan o‘zbek va ingliz tillarida o‘tadi.

📅 26-sentabr, 12:00
📍 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Ishtirok bepul, joylar soni cheklangan. 24-sentabrgacha ariza topshiring. Har bir ariza alohida ko‘rib chiqiladi, ro‘yxatdan o‘tish ishtirokni kafolatlamaydi — tasdiq xatini elektron pochta orqali yuboramiz.

➡️ Ariza topshirish

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Claude Opus 5.5 chiqibdi.

Fable 5.1'dan ko'ra ko'rsatkichlari anchagina yaxshiroq. Narxi ham arzonroq ekan eng qizig'i.

Batafsil

#claude

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Loyihamizga to‘liq “Agentic Workflow” joriy qilganimizdan keyin 3 oylik natijalarni oldingi 3 oy bilan solishtirdik.

Natija: ~26% ko‘proq ish bajarilgan. 📈

Qizig'i — jamoada 1 ta dasturchi kam bo‘lgan holatda. (Lay-off sabab 😢😅)

Loyiha katta Enterprise loyiha bo'lgani sabab ko'rsatkichlar haddan tashqari katta emas. Lekin biznes uchun katta natija shu ham.

#ai

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

HTTP Query metodi chiqibdi, xabarsiz qolibman.
Iyunda chiqqan ekan.

Ishlatib ko'rganlar bormi?

Biz "complex filter"lar uchun asosan "POST" ishlatar edik. Endilikda bunday holatlar uchun HTTP Query metodini ham ishlatsa bo'lar ekan.

Hozircha "production" uchun tavsiya bermayman.

Batafsil

#httpQuery

@UmarSadullayev

Читать полностью…

Umar Sadullayev | Blog

Kim AyTi'dan tashqari nima ish qilyapti?

#savol

@UmarSadullayev

Читать полностью…
Subscribe to a channel