shevashunos | Unsorted

Telegram-канал shevashunos - SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

2323

Dr. Avazxon Umarov O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. @Avaz_Han https://www.instagram.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj

Subscribe to a channel

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

#qutlov

Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган ёшлар мураббийси, Туркия тил қуруми фахрий аъзоси, филология фанлари доктори, профессор, замонамизнинг атоқли туркшунос олими Қосимжон Содиқов 70 ёшда ✅

➡️@sharq_xabar

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Maza, xayol, qayg’u*

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Xoʻmraymoq

Ushbu soʻzning sinonimlarini, oʻrnida ishlatiladigan iboralarni, sizning shevangizdagi shakllarini keltiring!

👉Viloyat, tumanni ham yozishni unutmang!

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Bil, oʻgʻlim!

Serhat Kabakli soʻzi
Esat Kabakli musiqasi va ijrosi

Kunlar ketib, oy kelganda kel, oʻgʻlim,
Dunyo kular sen kulganda, kul, oʻgʻlim.
Bir yoʻl bordir – haq yoʻlidir, top, oʻgʻlim,
Yer-u koʻkni oʻrgan, ilmin bil, oʻgʻlim.

Tezroq ulgʻay, qatorga kir tez, oʻgʻlim,
Shaqal kezgan shu togʻlarda kez, oʻgʻlim.
Tezroq ulgʻay, qatorga kir tez, oʻgʻlim,
Shaqal kezgan shu togʻlarda kez, oʻgʻlim.

Kez, oʻgʻlim!
Vataningga koʻz tikkanni ez, oʻgʻlim!
Doʻsting kimdir, dushmaning kim – sez, oʻgʻlim!
Tarixingni sharafing-la yoz, oʻgʻlim,
Yoz, oʻgʻlim!

Sen boshlarsan mangulikka yoʻl, oʻgʻlim,
Toʻrt tomonga chuqur nazar sol, oʻgʻlim.
Muhtojga ber noning, joʻmard boʻl, oʻgʻlim,
Harom yema, haq yoʻlida oʻl, oʻgʻlim!

Zulm qurgan taxt-u baxtdan kech, oʻgʻlim,
Zolim boʻlsin nafratingga duch, oʻgʻlim.
Nafs degani – mantiq yutar dev, oʻgʻlim,
Kibrlanma, insonlarni sev, oʻgʻlim.

Naqarot:

Tezroq ulgʻay, qatorga kir tez, oʻgʻlim,
Shaqal kezgan shu togʻlarda kez, oʻgʻlim.
Tezroq ulgʻay, qatorga kir tez, oʻgʻlim,
Shaqal kezgan shu togʻlarda kez, oʻgʻlim.

Kez, oʻgʻlim!
Vataningga koʻz tikkanni ez, oʻgʻlim!
Doʻsting kimdir, dushmaning kim – sez, oʻgʻlim!
Qarshimda tur, soʻz ber menga, soʻz, oʻgʻlim,
Soʻz, oʻgʻlim!

Turkchadan
Orif Tolib
tarjimasi

🟢 Oʻzbekchada ham shunaqa vatanparvarlik qoʻshiqlari yaratish kerak. Toʻgʻri, oʻzimizda yoʻq emas. Lekin xalqona uslubda, hamma joʻr boʻlib kuylaydigan qoʻshiqlar kam, menimcha.

Yuqoridagi sheʼr – qoʻshiq matni. Mabodo yuksak badiiy sanʼatlar topolmasangiz, jigʻibiyron boʻlmang. Menga maʼqul keldi. Shu holida ham.

@oriftolib

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Bir muncha uzilishdan keyin yana “so’zlar orasida” kezishda davom etamiz.

Uzilishning sababi bir qancha ilmiy va tashkiliy ishlarni yig’ilib qolgani bo’ldi. Bu oraliqda “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning o’rni” xalqaro konferensiyasida tashkilotchilar va qatnashuvchilar orasida ishtirok etdim. Konferensiyada “Ilk turkiy Qur’on tarjimalarida islomiy terminlar” haqida ma’ruza qildim. Ko’pchilik tilimizda ilk Qur’on tarjimasi XX asrda qilingan degan tushunchaga ega. Holbuki unday emas. Turkiy xalqlar X asrdan keyin ommaviy ravishda islom dinini qabul qila boshlagan bo’lsa, ma’lum bir qismi undan oldinroq qabul qilgan. Lekin davlat miqyosida islom dini Qoraxoniylar davrida X asrda Satuq Bug’raxon bilan boshlandi. Demak eng kamida X asrdan e’tiboran musulmon bo’lgan xalqimiz XX asrgacha (qariyb 1000 yil!) Qur’oni karimni o’z tiliga o’girmaganini o’ylash katta xato. Agar tilimizga XX asrda o’girilgan deb hisoblasak unda oldingi davrlardagi til bizniki emasmi?

Temuriylargacha bo’lgan davrda yaratilgan va bizgacha yetib kelgan bir necha Qur’on tarjimalari bor. Bularda islomiy termin va iboralar turkiy tilga sof shaklda, birma-bir ma’nosi sifatida o’girilgan. Turkiy tilning so’z yasash, atama yuzaga keltirish imkoniyatidan keng foydalanilgan. Bular orasida bir necha misol beramiz: arabcha duo o’rniga alqïş yoki oquğ, oyat o’rniga belgü, ajal o’rniga ödläg, atalmïş öd, ne’mat o’rniga erinç, hamd o’rniga ögdi, gunoh o’rniga yazuq, vahy o’rniga yarlïq kabi. Eng qizig’i Qur’on so’zining o’zi ham bir necha yerda o’girilgan: oqïğlï yoki oqïmaq sifatida. O’qig’li va o’qimoq so’zlari Qur’on so’zining to’g’ridan to’g’ri tarjimasi ekani ma’lum bo’lmoqda. Chunki arab tilida ham Qur’on so’zi o’qimoq ma’nosidagi “qara’a” fe’lidan yasalgan.

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

“Jadidchilik Turkistonning umum harakatidir”—turkiyalik professor Ahmet Bijan Erjilasun

“Jadidchiik harakati Oʻzbekstonda, Qozogʻiston, Turkiya, Germaniya, Yaponiyada, Amerikada, hamma yerlarda oʻrganilmoqda. Jadidchilik deganda yolgʻizgina oʻzbek jadidchilarini emas, qozoq, qirim, ural jadidchilarini birga oʻylash kerak”.

@daryo_live

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Qor

Qor turkiy soʻz sanaladi. Biz tomonlarda qor yogʻadi, uchqunlaydi, pagʻalaydi, pagʻa-pagʻa yogʻadi, boʻralaydiLaylakqor, qor kuramoq, qorbobo, qor suvi kabi iboralar bor. Qolgan ishga qor yogʻmasin desangiz, siz ham fikr qoldiring 😇☺️

Siz tomonda nima gaplar? Qor yogʻishini qanday soʻzlar bilan ifodalaysiz? Umuman qor bilan bogʻliq soʻzlarni yozishingiz mumkin.

👉 Viloyat, tumanni yozishni ham unutmang.

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

O’tmishdan dars ol! O’zligingga ega chiq!

#O’zbektilim #Turkistonim #Millatim
#Dinim

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Yuqoridagi videoda ko’rsatilgan konferensiyaning kun tartibini sizlarga ham ilindim!
👇👇👇👇

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Siz yashayotgan viloyat, shahar, qishloqda biror narsani, kishini axtarasizmi, qidirasizmi yoki izlaysizmi?! Yoki boshqa so’z bilan ifodalaysizmi?

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Siz uchun yozilgan kitob…

Video muallifi: Avazxon Umar
@Menbasqilnafs

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Bayroq haqida

Bayroq har bir millatning eng muhim ramzlaridan biridir. Davlat paydo bo’libdiki bayroq bordir. Bayroqning mohiyatini, uning milliy gʻurur masalasi ekanligini har birimiz yaxshi bilamiz. Endi bayroq soʻzi haqida gaplashsak!

Eski turkiy tilda, jumladan Mahmud Qoshgʻariyning Devonida batraḳ [uchiga ipak parchasi osilgan nayza, tug’. Jang kuni otliq, suvoriylarning turgan joyini ko’rsatib turuvchi belgi] deb berilgan. batraq/batruq, nayzali bayroq, ushbu so’z eski turkiy tilda batur- nayza sanchimoq, botirmoq so’ziga k +(g)Ak qo’shimchasi qo’shib yasalgan. Eski turkiy tilda so’z oʻrtasidagi d lar keyinchalik y ga aylangan (adıḳ > ayıḳ; adaḳ > ayaḳ; adırmaḳ> ayırmaḳ kabi). Natijada batrak/ badrak/ batruk so’zlari bayraḳ (bayroq) shakliga oʻzgargan.

İzoh: G. Clauson bu so’zning Eroniy tillardan biriga oid bo’lishi mumkinligi haqida fikr yuritadi. Semih Tezcan esa Sog’d (= Sans paṭākā) ”bayrak” so’ziga bog’laydi. Ammo ilmiy izlanishlar bu so’zning Turkiy ekanligi haqidagi fikrlarni qo’llab quvvatlamoqda.

Ushbu so’z Usmonlilar Saltanati va Usmonlicha orqali Arabcha (Livan, Liviya, Misr, Sudan, Suriya, Yaman)ga va kurdcha, zazacha, forschaga hamda Bolqon davlatlari bo’lgan Serbiya, Romaniya (Ruminya), Bulg’oriston (Bolgariya), Arnavut (Albaniya) tillariga ham o’tgan.

Yana bir manbada shu fikrlar keltirilgan:
Bayroq so’zini asli nayza ma’nosida kelgan “batrak”dir. O’g’uzlar batrak shaklida ishlatgan bu so’z Uyg’urlarda, Qarluqlarda botirmoq, sanchimoq ma’nosida ishlatilgan batruq so’zi edi.

Eski Turkiy xalqlarda tuproqga sanchib qo’yilgan nayzaning uchiga o’sha urug’, xonadonning ramzini va rangini ifoda qiluvchi matolar ilinib qo’yilar edi. Nayzaning uchiga oltin yoki qimmatbaho ma’danlardan qilingan bo’ri kallasi kabi xoqonlik ramzlari ham osib qo’yilar edi.

Demak, “tuproqqa sanchilgan, botirib qo’yilgan” ma’nosidagi batrak/badrak so’zining ma’nosi keyinchalik "hilpirab turuvchi milliy ramz" bayroq soʻziga almashgan.


Moddiy va maʼnaviy mustaqil, ilm-fanda ilgʻor va yetuk Oʻzbekiston uchun!
https://t.me/joinchat/WCWnkzH0KgxpkfZC

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Bayroq so’zi qayerdan keladi?

Bugun davlatimiz bayrog’i 🇺🇿 qabul qilingan kun. Mustaqil yurt bayrog’i uchun to’kilgan qonlarga munosib nasl bo’lish umidi bilan bayroq so’zining kechmishini o’rtoqlashaylik.


Biror so’zning etimologiyasini, ildizini topmoqchi bo’lsak, eng eski matnlardagi shakli bizga yo’l ko’rsatadi. Ba’zan eng eski shakli eng eski matnlar, ya’ni ko’kturk harfli matnlarda o’tmasligi mumkin. Axir toshga yozilgan matnlarning so’z boyligining chegarasi yana-da cheklangan.


Bayroq so’zini ilk bor uyg’ur harfli matnlarda ko’ramiz. Ular bilan ayni davrda yashagan qoraxoniy matnlarida so’z batraq shaklida. Mahmud Koshg’ariy uni shunday ochiqlaydi: “Uchiga maxsus ipaklik osilgan yog‘och, jangchi jangda shu bilan o‘zini belgili qiladi.” (⛳)

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Hayvon bolalarining shirinligi turkiy xalqlarni o’z bolalarini ham hayvon bolalarining otlari bilan erkalashiga sabab bo’lgani ma’lum.

Onalar bolalarini “qo’zichog’im”, “bo’talog’im” kabi so’zlar bilan hozirda ham erkalaydi. Demak ma’lum davr oralig’ida “qush bolasi” ma’nosidagi “bola” ham erkalash uchun ishlatilar edi. Biroq keyinchalik tilimizda “farzand” ma’nosida umumiylashdi.

Boshqa turkiy tillarda holat qanday bo'lgan? Buni bilish uchun so'zlar ochunida kezishda davom etamiz.

Etimologiya burchagi

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Bugun sizlarga qadrdon ustozim turkolog Prof. Dr. Qosimjon Sodiqov bilan bogʻliq ma’lumot, postlar berib boraman.

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Assalomu alaykum! Fotih Dumanning ushbu asarini bitirdim. Goʻzal asar. Mazza qildim. Yaqinda muharrirga beramiz. Asar yozuvchining ichki kechinmalariga toʻla. Har xil mavzular bor. Asosan ishq, oʻzlik, hayol, millat qaygʻysi kabi sarlavhalardan iboratdir. Bir soʻrovnoma qilmoqchiman. Koʻmagingizni ayamang!

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

https://youtu.be/e9MFwOkDeoA?si=6pCpVTUqyoB29ML0

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiqlarni koʻp eshitaman. Qadrdon doʻstim Orif Tolibga ushbu qoʻshiqni tavsiya qilgandim! Juda chiroyli o’giribdi! Qutlayman! 👏📝✍️👇

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

#jadidlar

Jadidlar millatni, Vatan saodati, uning baxti va ravnaqi, millat taraqqiy topishi, yurt ozodligi uchun fidoiylik ko‘rsatishga da’vat etgan edilar.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Yomgʻir

Yomgʻir turkiy soʻz sanaladi. Biz tomonlarda yomgʻir yogʻadi, savalaydi, tomchilaydi, sharros quyadi, paqirlab quyadi… Qordan qutulib, yomgʻirga tutilmoq, oʻtgan bulutdan yomgʻir kutma, yoz yomgʻiri, o’q yomgʻiri kabi iboralar bor😇☺️

Siz tomonda nima gaplar? Yomgʻir yogʻishini qanday soʻzlar bilan ifodalaysiz? Umuman yomgʻir bilan bogʻliq soʻzlarni yozishingiz mumkin.

👉 Viloyat, tumanni yozishni ham unutmang.

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Yostiq
Rasmdagi narsani esimni taniganimdan beri yastiq (adabiy tilda yostiq) deb ataymiz! Bir yostiqqa bosh qo’ymoq; Boshingga yostiq qilasanmi? kabi iboralarda ko’p eshitgansiz! Bolish deydiganlar ham bor! Siz tomonlarda nima deb atashadi? İzohlarda fikr qoldiring!

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Konferensiya dasturi (2)

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

"Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning o‘rni"

Turkiy millatlar Movarounnahr tuprog‘ida jamlanmoqda.

OqvaQora

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Ho’pitmoq
Qo’qon va atrofida insonlar ho’pitishadi! ☺️🏊 Siz tomonda ushbu harakat qanday ataladi?’

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Turkiy ismlar

Xayrli tong, qadrdonlar! Bir masalada fikr almashamizmi?! O’zbeklarda, o’zbekistonliklar orasida mavjud turkiy tilga oid qiz bola ismlarini eslaylik! Qani qancha to’planar ekan! Masalan: Sevinch, Kumus, Barchin… qolganini siz davom ettiring!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Turk tilidan o’zbek tiliga va o’zbek tilidan turk tiliga tarjima kitoblarim, maqolalarim, Men kitobi, she’riy satrlar uchun ochilgan sahifam! 🤝😊👇

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Eng eski shakli batraq va Koshg’ariyning izohiga ko’ra so’zning ildiziga yetib borishga imkon bor. So’zning o’zagi bat- (botmoq) fe’liga borib taqaladi, orttirma nisbat qo’shimchasi bilan batur- (botirmoq) fe’li hozirda ham tilimizda bor. Katta ehtimol bilan shu fe’lga -ğaq qo’shimchasi qo’shilgan va “yerga botirluvchi, suquluvchi ipaklik yog’och” ma’nosida baturğaq so’z yasalgan. Dastavval so’z ichidagi -ğ- tovushi tushgan. Bunday holat tilimizda ko’rilib turadi. Qulğaq > quloqqa, qazğan > qozonga aylangandek baturğaq > baturaq bo’lgan, so’ngra o’rta bo’ginning tushishi batraq shakli yuzaga kelgan.

Batraq qanday qilib bayraq/bayroqqa aylandi?

Yuqorida qadimgi turkiy tildan o’zbek tiliga tovushlarning taraqqiyotida so’z oxiri va so’zning o’rtasidagi -d- tovushlari hozirda -y-ga aylangani ega so’zi haqidagi yoyinda aytdik. Demak batraq so’zining ayni paytda badraq shakli ham bo’lgan. -d-ning -y-ga o’zgarishi natijasida bayraq / bayroq shakli yuzaga kelgan.

Etimologiya burchagi

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Panshaxa
Ushbu ish qurolining ismi panshaxa(besh shoxli)dir. Turkchada tırmık deyiladi. Siz tomonlarda nima deb ataladi? Viloyat, tumanni aytib ketinglar!

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

“O’g’il”dan “uloq”qa tilimizda “farzand” ma’nosidagi so’zlar

Uloq deb echki bolasiga aytiladi. So’zning eski turkiy tildagi shakli oğlaq (ya’ni o’g’laq). Egizak so’zi haqidagi yoyimda so’zning aslida “bolacha” ma’nosini bildirishi haqida ishora berdik. Chunki so’z oğïl+aq shaklida yasalgan. Oğïl (o’g’il) so’zining tub ma’nosi esa farzand degani. Zero ko’kturk harfli yodgorliklarda urï oğïl “o’g’il bola”, qïz oğïl “qiz bola” deganidir.
Biroq keyinchalik bu so’z o’g’il bola ma’nosida umumiylashib bordi. Natijada tilda endi “farzand” ma’nosiga keluvchi so’zga ehtiyoj sezildi. O’zbek tilida bu vazifani bala (bola) so’zi o’tab berdi. Aslida bola so’zining ma’nosi “qush bolasi” ekani “Devonu lug’atit-turk”da ham ko’rsatilgan. “Polapon” so’zi ham “bola”ning asl ma’nosidan qolgan. “Qush bola”sidan “kishi bolasi”ga ma’no evrilishi qanday bo’ldi?

Читать полностью…
Subscribe to a channel