Dr. Avazxon Umarov O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. @Avaz_Han https://www.instagram.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj
“Boburnoma”dan olingan misollarga e’tibor berilsa, muallif Kobul viloyatidagi xalqlarning tili to‘g‘risida ma’lumot berar ekan, sart yoki tojik tilini eslamaydi, u arabiy, forsiy, turkiy, mug‘uliy va boshqa tillarni eslaydi, xolos. Yana Bobur Marg‘ilon elini ham sartlar deb ataydi. Chamasi, marg‘ilonlik sartlar deyilganda ustachilik bilan shug‘ullanuvchi (o‘troq hayot kechiruvchi) toifa ko‘zda tutilgan ko‘rinadi. Bulardan anglashiladiki, sart atamasi o‘sha chog‘lar ham forsiy, ham turkiy tilli o‘troq, shahar aholisiga nisbatan qo‘llanilgan.
@shevashunos
O’zbek tili o’tmishda qanday atalgan?!
Davomi
Čïğatay so‘zi atama sifatida XIII asrdan boshlab qo‘llanilgan. Manbalarga qaraganda, bu atama boshlab (XIII–XIV asrlarda) Chig‘atoyxon sulolasi (turk-mo‘g‘ullar), davlat hokimiyatining oliy tabaqa vakillari, shuningdek, cherikka nisbatan qo‘llanilgan. Keyinchalik (XV asrda) butunMavoraunnahr va Xurosondagi turk ulusiga nisbatan, XVI asrdan boshlab Mavoraunnahrdagi ham turkiy, ham forsiy tilli ulusga nisbatan qo‘llanilgan (Благова 1982,155–156).
XV–XVI asrlarda bu atamaning ijtimoiy-siyosiy vazifasi o‘ta kengaygan bir sharoitda butun Mavoraunnahr elini, uning xalqini, xalqining tilini ham ifodalay boshladi: yurtini, elini Čïğatay, Čïğatay eli, xalqini Čïğatay ulusï, uning tilini esa čïğatay türkîsi deyildi. Jumladan, Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asarida:
Čïğatay el meni özbek demäsün,
Behuda fikr qïlïp ğam yemäsün (ŠN.111).
“Abushqa” lug‘atida “yurt” ma’nosida Čïğatay, Čïğatay diyārï atamalari qo‘llanilgan (DDT.96,276).
“Nasim Kutub”dan bayram tanlovi!
Yozuvchimiz Fotih Dumanning kitoblar to’plami 7 kishiga hadya qilinadi.
Tanlovdagi hadyalar telegramdagilar uchun alohida, instagramdagilar uchun ham alohida.
Ishtirok etish shartlari:
✅ Kanalimizga obuna boʻling.
✅ Postni uchta tanishingizga yuboring.
✅ Shartlar bajarilganini skrinshot orqali @nasimkitob ga bildirib, ishtirok raqami oling.
Gʻoliblar 16-iyun kuni soat 21:00 da jonli efir orqali aniqlanadi.
@nasimkutub — Eng yaxshisini baham koʻramiz
“Tovar” turkiy so’zmi?
Tunov kuni tarmoqda bir do’konning “tovar tugab qoldi” jumlasini ishlatgani, buning ortidan ba’zilar “tovar” o’rniga mahsulot deyish kerakligini aytgani, boshqalar esa “tovar”ning turkiy so’z ekani bo’yicha tortishuvlariga ko’zim tushdi.
Turkiyada doktorantura uchun oʻzbekistonliklarga stipendiyalar taʼsis etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovni Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar qabul qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yoʻnalishlari xususida fikr almashildi.
Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar oʻzbekistonlik yosh tadqiqotchilar uchun Turkiya universitetlarining doktorantura bosqichida tahsil olishga stipendiyalar ajratilishi joriy yildan yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qildi.
https://gov.uz/edu/news
“Nasim Kutub” nashriyoti jamoasi ilk bor Toshkent “G’ofur G’ulom” bog’ida 30/31/1- kunlari bo’lib o’tayotgan kitob ko’rgazmasida ishtirok etmoqda. Kitoblarni arzon narxlarda xarid qilishingiz mumkin. Sizlarni kutib qolamiz. Bizni yolg’izlatib qo’ymaysiz degan umiddamiz…
/channel/nasimkutub
Dada so’zi esa etimologik jihatdan ochiqlanishi zarur. Dadaning ichida ikkita so’z bor: ta + ata. Ta “katta” degani. Ba’zi tadqiqotlarda bu so’zning asli xitoy tilidan kirgani ta’kidlanadi. Ba’zilarga ko’ra esa turkiy so’z.
Tata keyinchalik jarangsiz undoshlarining jaranglisiga aylanishi natijasida “dada” so’ziga aylangan: tata > dada. Demak aslida dada “katta ota” degani ekan. Lekin bizning tilimizda “katta ota” ma’nosini yo’qotgan. Hozirgi turk tilida esa bu ma’nosi saqlangan. Turkiyada bobo ma’nosida dede deyiladi. Bu esa dada so’zining fonetik eshidan boshqasi emas. Turk tili va o’zbek tili orasida bu ma’noda aldoqchi so’zlar yuzaga kelib qolgan. Bizdagi bobo ularda “dada” ma’nosida; bizdagi dada ularda “bobo” ma’nosida. Turkiyaliklar bilan muloqotda tag'in afandi bo'lib qolmang. 😊
Ana endi yana-da qizig’i. Ba’zi joylarda bobo ma’nosida opodada yoki opoqdada ham deyiladi. Yuqorida aytilganidek, opo/apa ham kattalarga nisbatan ishlatiluvchi hurmat so’zi. U ham katta ma’nosini bildiradi. So’zning ochiluvi shunday: opo+ta+ata. Unda opodada so’zida katta ma’nosida ikki so’z bor: opo + da. Hatto ba’zi joylarda “katta dada” ham ishlatiladi. Unda ham katta ma’noli ikki so’z bor ekan.
Xo’sh bu yanhlishmi? Yanglish deb aytgandan ko’ra buning sababini izohlash to'g'riroq. Ikkita “katta” ma’nodagi so’z orqama-orqa kelyaptimi, demak ulardan birining ma’nosi allaqachon unutilgan bo’ladi. Dada so’zidagi “katta” ma’noli “ta/da” so’zi faol qo’llanilmagach, opo/katta kabi so’zlar bilan qo’llanilavergan.
Tepada berilgan testdagi so’z Ķarluķ edi! Rasmda uchinchida turibdi. Qolgan so’zlarni o’qishga urinib ko’ring
@shevashunos
Endi turkiy (o‘zbek) tilning o‘tmishdagi otlarini yozma yodgorliklar misolida ko‘rib chiqaylik. Turkiy tilning o‘tmishda keng qo‘llanilgan otlaridan biri türk (türkčä, türk tili) atamasidir. Bu ot buddizmning VII–IX asrlarga mansub “Maytri simit no‘m bitig” asarida qo‘llangan. Chunonchi, asarda Partanarakshit Karnavajiki otli kishi uni to‘xri (tohar) tilidan turk tiliga tarjima qilganligi qayd etiladi: Partanarakšit Karnavajiki türk tilinčä ewirmiš Maytri simit nom bitig (MS.145).
X asrda yashab o‘tgan beshbaliqlik mashhur tarjimon Shingku Sheli tudung ham o‘z tarjimalarida ana shu atamani qo‘llagan. Uning tavg‘achcha (xitoycha) versiya asosida turkiyga o‘girilgan “Syuan-szan kechmishi” asari turk tilida ekanligi ta’kidlanadi: Tawğač tilintin yana bešbalïqlïğ Šïŋqu Šeli tuduŋ yaŋïrtï türk tilinčä ewirmiš (Tavg‘ach tilidan yana beshbaliqlik Shingku Sheli tudung turk tiliga o‘girdi) (ST.V.87). Türk tili atamasi Shingqu Shelining boshqa bir tarjimasi – “Vujud va ko‘ngilni anglash kitobi”da ham uchraydi. Unda asar qanday tildan o‘girilgani to‘g‘risida shunday ma’lumot berilgan: Šïŋqu Šeli tuduŋ tawğač tilintin türk tilinčä ewirü tegintim (Shingqu Sheli tutung tavg‘ach tilidan turk tiliga tarjima qildim) (Hazai 1975,95). Lekin bu tarjimon ijodiga mansub “Oltun tusli yorug‘” sutrasining yakunida asar tavg‘achchadan turk-uyg‘ur tiliga o‘girilgan debqayd etilgan: bešbalïqlïğ Šïŋqu Šeli tuduŋ tawğač tilintin türk
uyğur tilinčä ikiläyü ewirmiš Altun öŋlüg yaruq yaltïrïqlïğ qopta kötrülmiš nom eligi atlïğ nom bitig tügädi (Beshbaliqlik Shingqu Sheli tudung tavg‘ach tilidan turk-uyg‘ur tiliga tarjima qilgan “Oltin rangli nurli yaltiroqli hammadan ustun turadigan no‘m tojdori” otli no‘m bitig tugadi). Chamasi, mazkur atama asar qulyozmasining ko‘chirilgan davri (XVII asr) bilan bog‘liq qo‘llangan chiqar (Qosimjon Sodiqov, Turkiy Til tarixi). Davomi bor…👇✍️
@shevashunos
Telegram tarmog‘idagi naf olish mumkin bo‘lgan sara sahifalar
📚 Adabiy, ijodiy:
• @Jahon_kitoblar_olami – onlayn “kitob do‘koni”
• @Kitobshunoslik – barchasi kitoblar haqida
• @Maktub_Gazeta – ilm va ijod uyg‘unligi
• @Nosirjon_Jorayev – ko‘ngillarga malham she'riyat
• @Uzbekmunaqqidi (Adabiy jarayonlar)
• @ZakAdabiyot – adabiyot ummoni
⏳ Ilmiy, tarixiy:
• @AmirTemurtarixi (Amir Temur va Temuriylar tarixi)
• @Brain_Gamess – faktlar, testlar va biroz yumor
• @Burxonov_lite – nomsiz jurnalistning ilmiy izlanishlari
• @Ibtido_tarix (Sirli dunyo tarixi)
• @Jahon_statistikalar – qiziqarli va foydali raqamlar
• @Kadrdagi_tarix – biz bilmagan tarix
• @Mening_tilim (O‘zbek tili xazinasi)
• @Nota_bene1 – kamyob va kerakli ma'lumotlar
• @Svoyak_savollar – mavzulashtirilgan savollar
• @Tarix_uz_qollanma – tarixiy va ilmiy adabiyotlar
• @Tarix_va_biz_official – bizda son emas, sifat muhim
• @Tarixi_dunyo – tarix va tahlil
• @TikiPediya – har sohadan bir shingil
• @Uzbtarixkanal – qiziqarli faktlar va tarixiy suratlar
• @Shevashunos – dialekt va dialektologiya
🌎 Ijtimoiy, siyosiy:
• @Azizbekh17mem – o‘ta nozik yumor
• @Harbiy_texnik – siyosiy va harbiy yangiliklar
📽 Kino, media:
• @Enigma_uz – sara filmlar
👉 Barcha kanallarga ulanish uchun bosing
Telegram tarmog‘idagi naf olish mumkin bo‘lgan sara sahifalar
📚 Adabiy, ijodiy:
• @Jahon_kitoblar_olami – onlayn “kitob do‘koni”
• @Kitobshunoslik – barchasi kitoblar haqida
• @Maktub_Gazeta – ilm va ijod uyg‘unligi
• @Nosirjon_Jorayev – ko‘ngillarga malham she'riyat
• @Uzbekmunaqqidi (Adabiy jarayonlar)
• @ZakAdabiyot – adabiyot ummoni
⏳ Ilmiy, tarixiy:
• @AmirTemurtarixi (Amir Temur va Temuriylar tarixi)
• @Brain_Gamess – faktlar, testlar va biroz yumor
• @Burxonov_lite – nomsiz jurnalistning ilmiy izlanishlari
• @Ibtido_tarix (Sirli dunyo tarixi)
• @Jahon_statistikalar – qiziqarli va foydali raqamlar
• @Kadrdagi_tarix – biz bilmagan tarix
• @Mening_tilim (O‘zbek tili xazinasi)
• @Nota_bene1 – kamyob va kerakli ma'lumotlar
• @Svoyak_savollar – mavzulashtirilgan savollar
• @Tarix_va_biz_official – bizda son emas, sifat muhim
• @Tarixi_dunyo – tarix va tahlil
• @TikiPediya – har sohadan bir shingil
• @Shevashunos – dialekt va dialektologiya
📽 Kino, musiqa:
• @Enigma_uz – sara filmlar
🌎 Harbiy, siyosiy:
• @Harbiy_texnik – siyosiy va harbiy yangiliklar
👉 Barcha kanallarga ulanish uchun bosing
/channel/gulomjonsobirov kanalining egasi G’ulomjon do’stimiz turkiy tilning davrlari haqida bir post qo’yibdi! Balki buni ko’pchiligingiz bilarsiz! Yana ham takror bo’lsin!
Turk tilining tarixiy bosqichlari.
Turk tili uzoq asrli yozma adabiy til an’anasiga ega. Hozirgi ko‘rinishiga erishgunga qadar u juda katta tarixiy takomil bosqichini bosib o‘tgan.
Turk tili tarixini quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganish mumkin:
1. Eng qadimgi turkiy til (En eski Türkçe)
Bu bosqich eng qadimgi davrlardan to milodning V yuzyilliklariga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrdan yozma yodgorliklar saqlanib qolmagan. Lekin keyingi asrlardan qolgan yozma obidalar tiliga asoslaniladigan bo‘lsa, ular uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida shakllanganligining guvohi bo‘lamiz.
2. Qadimgi turkiy adabiy til (En eski Türk Yazı Dili)
Bu bosqich VI-X asrlarni o‘z ichiga oladi. VI-VIII asrlarda tarix sahnasiga kelgan Birinchi va Ikkinchi turk (ko‘k turk) xoqonliklari davridagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot turkiy xalqlar adabiyoti va tilining yangi bir bosqichga ko‘tarilishi uchun zamin hozirladi. Yozuv madaniyati gurkirab rivojlandi, Yozma adabiyotning ilk namunalari ham ayni kezlar yaratildi. Yozma adabiy til, matn tuzish an’anasi shakllanib, butun bir saltanatga yoyildi. Ko‘k turk, uyg‘ur xoqonliklari davrida yaratilgan yozma obidalar qadimgi turkiy adabiy tilning manbalaridir. Ular ko‘k turk (o'rxun-enasoy), uyg‘ur, moniy, brahma, sug‘d, suryoniy yozuvlarida bitilgan. Muhimi, bulardan brahma xatidan boshqa barchasi alifbo tizimiga ega bo‘lgan fonetik yozuvlar bo‘lib, ularning imlo prinsiplari puxta ishlangan va qadimgi turkiy tilning fonetik-fonologik xususiyatlariga yaxshigina moslashgan edi.
3. Eski turkiy adabiy til (Eski Türk Yazı Dili)
Bu bosqich XI asrdan XIII yuzyillikning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘at-it-turk” asarida keltirilgan turkiy parchalar, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul-haqoyiq” dostonlari, “O‘g‘uznoma” dostoni, Turkiy tafsir shu davrlarga oiddir. Muhimi shundaki, bu davrlarda yaratilgan asarlar hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun mushtarak yodgorliklar bo‘lib, ular til tarixini o‘rganishda muhim manbalar sanaladi.
4. Eski Anadolu turkchasi (Eski Anadolu Türkçesi)
Bu yozma adabiy til XIII asr o‘rtalari va XV asrlarni o‘z ichiga oladi. Ulug‘ ijodkor Yunus Emrening asarlari bu davr tilining ajoyib namunalaridandir.
5. Usmonli turkchasi (Osmanlı Türkçesi)
Turk tilining ushbu tarixiy bosqichi XVI asrdan XX asr boshlariga qadar bo‘lgan davrni qamraydi. Bu davr yozma adabiy tilining lug‘at tarkibida arab va fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlar miqdori nihoyatda ko‘p. Usmonli turkchasi usmonlilar saltanatining oxiriga qadar saltanatning yozma adabiy tili sifatida amal qilgan.
6. Hozirgi zamon turk adabiy tili (Çağdaş Türk Yazı Dili)
XX asrning 10- yillaridan turk adabiy tilining yangi (hozirgi zamon) davri boshlanadi.
@gulomjonsobirov
Gʻoʻra
İzohli lugʻatdagi ma’nosi: Oʻrikning pishib yetilmagan mevasi, dovuchcha.
Toshxoʻja qayoqqa ketayotganini ham unutdi shekilli, shoʻxligi tutib, shoxlari devordan oshib yotgan oʻrikdan bir hovuch gʻoʻra sidirib, ogʻziga soldi. A. Muxtor, Chinor
Gʻoʻraning shevalardagi nomi dovuchchadir.
Devorlar osha egilib yotgan oʻrik shoxida danak qotirgan dovuchchalar marjondek tizilgan, oqarib qolgan giloslar ustida chumchuqlar parvona boʻlardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
G’o’raning turkchadagi umumiy nomi çağla deb ataladi. Körpe ham deyishadi. Bozorlarda kayısı çağlası, badem çağlası degan yozuvlarni ko’rasiz. Siz tomonlarda go’ra qanday ataladi!
👉Viloyat, tumanni yozishni ham unutmang!
@shevashunos
Tilimizda zamonni ifodalovchi ayrim so'zlar
Kecha ravish so'z turkumiga oid so'zdir. Turkiy tillarda ravish yasovchi alohida qo'shimcha yo'q, shu sababli asosan ravishdosh qo'shimchalari qoliplashgan holda ravishlar yuzaga keltiradi. Demak kecha so'zi kechmoq fe'liga -a ravishdosh qo'shimchasi qo'shilishi bilan yuzaga kelgan. Bunday yasalish yana ("qaytmoq" ma'nosidagi yanmaq fe'liga -a ravishdoshi kelgan), qayta (qayt- fe'li +a) so'zlarida ham bo'lgan.
Zamonni ifodalovchi erta so'zi ham ayni qolipda yasalgan. Ert- ham "o'tmoq, oshmoq" ma'nosidagi fe'l. Qizig'i ikkisiga ham ravishdosh qo'shimchasi kelgan va zid ma'noli so'zlarga aylangan.
Yuqorida pahlaviy tilidagi ç/j tovushlari hozirgi fors tiliga z tovushiga o’zgarib kelganini aytgandik. Islomning besh farzidan biri bo’lgan namoz so’zi ham forscha bo’lib, arablar aslida salât (ko’pligi salavât) deydi. Demak bu so’zning ham bizga arabchasi emas, forschasi kirib kelgan ekan. Bu ham o’zida bir qancha tarixiy jarayonlarni aks ettirib turibdi. Bu esa alohida mavzu. Biz so’zning etimologiyasiga kirsak, aslida islomdan oldin ham tilimiz tarixida ayni negizdan boshqa so’z bor ekanini ko’ramiz.
Namaç/namazning xoh sanskrit, xoh pahlaviy tilida “hurmat bilan egilish, ta’zim qilish” ma’nosi bor edi. Sanskrit tilidan bir necha buddizmga oid termin dunyo tillariga tarqalib ketgan. Bular orasida aynan shu so’z ham bor. Chunki buddizm e’tiqodida kaftlarni birlashtirib ta’zim qilish keng yoyilgan. Haligacha Hind tomonlarda shu uslubda salomlashilar ekan “Namaste” deyilishi ma’lum. Aynan namaste so’zi ham namaz/namaç bilan bir o’zakdan kelgan. Buddizmga e’tiqod qilgan turkiylar orasida esa o’ziga xos “buddizm basmalasi” bor edi: namo bud, namo darm, namo sang. Ma’nosi: buddaga ta’zim, ta’limotga ta’zim, jamoatga ta’zim. Buddizm muhitidagi turkiy asarlarda ana shunday so’z boshini ko’ramiz. Bu yerdagi namo so’zi ham namoz so’zi bilan o’zakdosh. Demak islomdan oldin ajdodlarimiz uchun bu so’z begona bo’lmagan ekan.
O‘tmishda o‘zbek xalqi va uning tilini anglatgan atamalardan boshqa biri sart dir. Sart (<skr. sartha) so‘zi Yusuf Xos Hojib va Mahmud Koshg‘ariy asarlarida “savdogar” ma’nosini bildirgan. Masalan, “Qutadg‘u bilig”da:
Nekü ter ešitkil bu sartlar bašï (Bu savdogarlar boshi nima deydi, eshitgin) (QB.474). Yoki: Sartnïŋ azuqï arïğ bolsa, yol üzä yer (Savdogarning moli toza bo‘lsa, yo‘l ustida yoyadi. So‘zma-so‘z: Savdogarning ozig‘i halol bo‘lsa, yo‘l ustida yeydi) (MK.I.97).
Ushbu so‘z etnonim sifatida keyingi davrlardan boshlab ishlatilgan. U boshlab forsigo‘ylarni, keyinchalik turkiy o‘troq ulusga nisbatan ham qo‘llanilgan.
“Muhokamatu-l-lug‘atayn”da Alisher Navoiy forsiy tilda so‘zlovchilarni sart (sart, sart ulusï, sart eli) hamda fārsîgoy otlari bilan tilga oladi. Ularning tilini esa sart tili, sart lafzï, fārsî (fārsî, fārsî til, fārsî alfāz) deb ataydi.
Bu so‘zning “Boburnoma”dagi ma’nosi e’tiborga molik. Zahiriddin Bobur Marg‘ilon (Marğïnān)ni ta’riflar ekan, uning eli sartlar ekanini ta’kidlaydi. U yozadi: Eli sarttur va muštzan-u puršaru šor eldür. Jaŋaralïq rasmï Māvarāunnahrda šāye‘dur. Samarqand-u Buxārāda nāmdār jaŋaralar aksar marğïnānidur (BN.7).
Kobul viloyatining ta’rifida sartlarni tojik va atrok (turklar) bilan qorishtirmaydi; ayri oladi. U shunday yozadi: Julgasïda va tüzläridä atrāk-u aymaq va ’arābdur. Šahrïda va ba’zi kentläridä sartlardur. Yana ba’zi kentläridä va vilāyatïda pašāyi-vu parāji va tājik-u baraki va afğāndur (BN.120). Ushbu viloyatda yashovchi ellarning tili xususida yozadi: On bir-on ikki lafz bilä Kābul vilāyatïda talaffuz qïlurlar: ’arabî, fārsî, türkî, moğulî, hindî, afğānî, pašāyî, parājî, gabrî, barakî, lamğānî. Munča muhtalif aqvām-u muğāyir alfāz ma’lum emäs-kim, heč vilāyatta bolğay (o‘sha joyda).
Manba: Prof. Qosimjon Sodiqov, Turkiy Til tarixi
@shevashunos
Ilm va ijod ixlosmandlari uchun telegram tarmog‘idagi naf olish mumkin bo‘lgan sara sahifalar jamlanmasi. Marhamat:
Barcha kanallarga ulanish uchun
To’g’ri tovar turkiy so’z bo’lib, ilk ma’nosi “hayvon, mol” degani. Keyinchalik “mulk” ma’nosiga aylangan. So’z turkiy tildan mo’g’ul tiliga tabar, rus tiliga tovar shaklida o’tgan. Lekin tovarni tabiiy ravishda tilimizda yashab kelgan so’z deb bo’lmaydi. Boshqacha aytganda bu so’z ruschadan qayta o’zlashgan so’zdir. Ya’ni avval turkiy tildan rus tiliga o’tgan, rus tilida ommalashgan, keyinchalik biz aynan rus tilidagi shaklini olganmiz. Zero asliy shakli bilan bizda tabiiy ravishda yashasa edi, uni ruslardek yozib, ruslardek talaffuz qilmas edik.
So’zni asosan tavar deb talaffuz qila turib, nega tovar deb yozyapmiz. Yo’qsa olma so’zidagi o bilan tovar so’zidagi o tovushini bir xil talaffuz qilishimiz kerak edi. Tovardagi o, huddi konditsioner so’zidagi ilk o kabi a talaffuz qilinadi. Bu rus tilidagi orfografik hodisa. Xullas, tovar turkiy so’z, lekin tilimizga qayta olingan so’zlardan biri.
Etimologiya burchagi
Prezidentimizga Turkiya oliy davlat ordeni taqdim qilindi
Turkiya Prezidenti R.T. Erdoğan: Turkiya davlatining eng oliy mukofoti "Davlat ordeni" taqdim etishdan mamnunman.
Kanalimiz kuzatuvchisidan ba’zi mulohazalar
Bilamiz,har bir viloyatning alohida shevasi bor. Andijon shevasida ham shunday holatlar borki, aslida so‘z boshqa ma'no anglatadi, lekin biz boshqa ma'noda ishlatamiz. Masalan, bozor, do‘konlarni aylanib yurganimizda, sotuvchilar:
"Nima istadingiz?" deb so‘rashadi.
İstamoq-aslida xohlamoq degan ma'noni bildirsa ham, bu holatda qidirmoq, axtarmoq degan ma'no uchun ishlatiladi.
Yana bir holat. Xijolat bo‘lmoq so‘zi-uyalmoq va shunga yaqin ma'nolarni anglatadi. Biz tomonlarda esa bu “xavotir olmoq” degan ma'noda ishlatiladi. Masalan, kattalar nega kech qolding, men buyoqda xijolat bo‘lib o‘tiribman, deydi!
Bundan tashqari, eshik - uyga kirish uchun mo‘ljallangan jihozdir. Andijon shevasida esa eshik jihoz ma'nosidan tashqari hovli, “tashqari” ma'nosida ham ishlatiladi. Masalan, eshikka chiqib ketdi,eshikni supurib keldim va hokazo. Ha aytgancha, bizning shevada "katta eshik" degan ibora ham mavjud va bu butun oila to‘planadigan, bobo buvilar yashaydigan asosiy uy ma'nosida...
O‘zbek tilini juda yaxshi bilamiz deymiz-u, ayrim so‘zlarni noo‘rin qo‘llayotganimizni bilmaymiz. Misol uchun, lahm go‘sht so’zini olaylik! Bu iborani barchamiz eshitganmiz va foydalanamiz ham. Suyaksiz, yumshoq go‘shtni lahm go‘sht deb ataymiz,lekin lahm so‘zining o‘zi ham arabcha so‘z bo‘lib,go‘sht degan ma'noni anglatishini bilarmidingiz? Demak,biz go‘sht so‘zini takrorlab ishlatarkanmiz. Yana boshqa misolga to‘xtalsam. Boshdan oyoq sarpo iborasi ham hech birimizga notanish emas, biroq sarpo tojikcha so‘z bo‘lib, sar-bosh,po-oyoq deganidir.Boshdan oyoq degan so‘zni ham shunchaki takrorlab qo‘yar ekanmiz. Bundan tashqari,qish faslida quruq yerga yaxob suvi qo‘yiladi.Yaxob tojikcha so‘z bo‘lib, yax-muz,ob-suv, yaxob suvi deb suv so‘zidan ham ikki marta foydalanar ekanmiz. Men topgan so‘zlar hozircha mana shular! Siz qanday misollarni bilasiz?! Biz bilan bo‘lishing!
Dilorom Mamanazarova tayyorladi.✍️
@shevashunos
Aziz kitobxonlar! “Nasim Kutub” ham qatnashayotgan ushbu kitob ko’rgazmasiga borishingizni tavsiya qilaman! Kitoblar arzon narxda sotilmoqda! 🎉Kaminaning tarjimalari ham bor😊✍️
Читать полностью…Dada va ota so’zlarining o’zagi birligini bilasizmi?
Mehribon onamizdan keyin, orqamizda tog’dek qo’llovchi otamizga o’tamiz. Turkiy tilda ota ma’nosidagi eng qadimgi so’z: qang. Huddi ög kabi keyingi davrda eskirgan so’zga aylanib, o’rniga ata so’zi ishlatila boshlangan. Ata ham huddi ana kabi bola tilidagi so’z ekani taxmin qilinadi. Keyinchalik adabiy tilga kirgan. O’zbek tilida uzun a tovushi natijasida ilk bo’g’inda a>o tovushiga aylangan: ota.
Biroq ona so’zi kundalik hayotda oz ishlatilgani singari ota so’zi ham ko’p qo’llanilmaydi. Xalqimiz orasida men bilganimcha ota, dada, ada, aka so’zlari bor. Bu yerdagi ota va ada so’zlari ayni so’z ekanini payqash uchun etimolog bo’lish shart emas. Ada ota so’zining bir fonetik eshi xolos. Zero t va d tovushlarining talaffuz o’rni bir xil: til oldida talaffuz qilinadi. “t” o’rniga “d”, “d” o’rniga “t” bo’lib qolishi oddiy holat.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida asarning tili türkčä deb atalgan (türkčä qošuq, türkčä masal singari):
Bu türkčä qošuqlar tüzättim seŋä,
Oqïrda unïtma du‘a qïl meŋä.
(Bu turkcha qo‘shiqlarni sen uchun bitdim, O‘qirda unutma, meni duo qil) (QB.58).
Alisher Navoiy o‘z asarlarida turkiy tilda so‘zlashuvchilarni türk (türk, türk ulusï), türkigoular, atrāk nomlari bilan tilga oladi. Turkiy tilni esa türk (türk tili, türk lafzï, türk alfāzï), türkčä(türkčä, türkčä til), türkî (türkî, türkî alfāz) deb ataydi. Ulug‘ mutafakkirning ta’kidlashicha, uning asarlari ana shu tildadir. Masalan, “Lisonu-t-tayr”da bu to‘g‘rida shunday satrlarni o‘qiymiz:
Türk alfāzï bilä sürdüm maqāl (LT.253).
Türk alfāzï bilä taptï adā (LT.271).
Shundan kelib chiqib, Navoiy turkiy she’riyatni türk nazmï deb atagan edi. Navoiy qo‘llagan atamani Zahiriddin Bobur asarlarida ham uchratamiz. Masalan, u “Boburnoma”da Andijon to‘g‘risida ma’lumot bera turib, elini türk, uning tilini türkî deb ataydi
(BN.6). Yoki Navoiy ijodi haqida fikr yuritib, turkiyda “hech kim uningdek ko‘p va xo‘p” bitmaganligini ta’kidlaydi: türkî til bilä tā še‘r aytupturlar, heč kim anča köp va xob aytqan emäs
(BN.153).
Muhammad Solih o‘zining “Shayboniynoma” asarida Shayboniyxon fazilatlarini ta’riflar ekan, uning turkiy asarlarini türkî ab’yāt, tilini esa türkčä til deb atagan:
Türkî ab’yātï erür šarbat-ï nāb,
Fārsî še’rlarï ham serāb (ŠN.29).
Türkčä til bilä îmālarï bar (ŠN.30).
Bu atama keyingi asrlarda yaratilgan asarlarda ham uchraydi. Lekin türk atamasining xalq nomi sifatidagi
qo‘llanuv doirasi toraygan: uni Anato‘li turklarigina o‘zining va tilining oti sifatida saqlab qoldi. Butun turkiy tillar oilasiga nisbatan esa tirkî (türkî, türkî tillär singari) atamasini qo‘llaymiz.
Hozirgi zamon orientalistikasida XV asrning ikkinchi yarmi – XVI asr boshlaridagi turkiy adabiyotning klassik bosqichini chig‘atoy adabiyoti, tilini esa turkiy, eski o‘zbek tili nomlari bilan yonma-yon “chig‘atoy tili”, “chig‘atoy turkiysi” deb atalmoqda. Ushbu atamaning kelib chiqishi Chingizxonning o‘g‘li Chig‘atoyxon otiga bog‘lanadi. Ma’lumki, Chingizxon o‘zi bosib olgan yerlarni o‘g‘illariga
ulashganda, O‘rta Osiyo yerlari Chig‘atoyga tekkan edi. Shunga ko‘ra, bu yerlar “Chig‘atoy eli”, yerli xalqlar esa “Chig‘atoy ulusi”, xalqning tili esa “Chig‘atoy tili” deb atalgan. Bu ot o‘zining semantik taraqqiyoti davomida kishi otidan ma’muriy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy atamaga aylangan. Ta’kidlash kerakki “Chig‘atoy ulusi”, “Chig‘atoy tili” atamalarining mo‘g‘ullarga yoki ularning tiliga hech bir bog‘liqlig‘i yo‘q. Chunki, bu o‘lkada mo‘g‘ullar emas, turkiy ulus yashagan. “Chig‘atoy tili” atamasi ham turkiy tilning (eski o‘zbek tilining) nisbiy atamasidir.
@shevashunos
O’zbek tili o’tmishda qanday atalgan?
Xalq va tilining yoshi har qachon ham u atalayotgan ot tarixi bilan o‘lchanavermaydi. Chunki muayyan til o‘z tarixi davomida bir qancha nom bilan yuritilgan bo‘luvi mumkin. Buning misoli: hozirgi o‘zbek, o‘zbek tili atamalarining kelib chiqish tarixi uning qadar eski emas. Aslida esa o‘zbek xalqi va tilining tarixi juda eski zamonlarga ildiz otgan bo‘lib, hozirgi otining tarixi uning yoshini o‘zida aks ettirmaydi. O‘tmishda hozirgi o‘zbeklar va ularning tili bir qancha nom bilan atab kelingan. Qadimgi turk ijtimoiy-siyosiy muhitida “xalq, ulus tushunchasini äl~el, bodun~bodun, el-kün, el-ulus so‘zlari ifoda etgan. Bizgacha yetib kelgan ilk yozma obidalarda turkiy
qavmlarning otlari ham tilga olinadi. Masalan, ko‘k turk bitiglarida turkiy qavmlarning umumiy oti türk (türk, türk bodun, türk eli) deb atalgan. Turkiy qavmlar esa oğuz (bu qavm uyushmalari säkiz oğuz, toquz oğuz deyilgan), uyğur, tatar (tatar, toquz tatar, otuz tatar), qarluq, qïpčaq, qïrqïz, basmïl otlari bilan qayd etiladi. Ba’zan bular bodun so‘zi bilan birikma shaklida ham qo‘llangan: oğuz bodun, toquz oğuz bodunï, qarluq bodun, “mamlakat, yurt” tushunchasini el so‘zi ifodalagan: türk qïpčaq eli singari. Muhimi, yozma manbalarda turkiy til va uning dialektlari ana shu qavmlarning oti bilan atog‘liq. Bu atamalar til so‘zi bilan ham qo‘shib ishlatilgan. Masalan: oğuz tili, uyğur tili.
Davomi bor…✍️👇
Tarjimadan
“Qushlarning fillarni yenga olishiga ishonmasang, nima uchun Fil surasini o’qiyapsan?” (Dujona Junduo’g’li)
@shevashunos
İqbol Mirzoning she’rlarini yaxshi ko’raman! Siz shoirning qaysi parchalarini miriqib o’qiysiz?!
Kechagina g‘o‘r shoir edim…
Kechagina g‘o‘r shoir edim,
G‘o‘r edim-u, zo‘r shoir edim.
She’r to‘qirdim dangal, qo‘rqmasdan
Va o‘qirdim har gal qo‘rqmasdan.
Bugun esa o‘ylab yozaman,
Bitta she’rni oylab yozaman.
G‘azal bitsam, biror jononga
Tegmasmikan quda tomonga?
Atrofimda qiz ko‘p, ayol ko‘p,
Javob beray desam savol ko‘p.
Na ko‘nglimni to‘ka olaman,
Na o‘g‘limni so‘ka olaman.
Shabbodalar so‘z bo‘lib oqar,
Yulduzlar ham ko‘z bo‘lib boqar.
Unvoni bor katta shoirman,
Lek o‘lguday latta shoirman.
Kechagina g‘o‘r shoir edim,
G‘o‘r edim-u, zo‘r shoir edim…
@shevashunos
/channel/etimologiya_burchagi o'gay so'zi haqida shunday deydi:
Ögäy so’zi ikki bo’lakdan iborat: ög+äy. Tilimiz tarixida “ona” ma’nosidagi ilk so’z ög so’zi bo’lib, toshbitiklarda “ota” ma’nosidagi qang so’zi bilan birga ko’p ishlatiladi. Ög ona uchun ishlatilgan turkiy tildagi asliy so’z bo’lishi kerak, biroq hozir birorta turkiy tilda ishlatilmaydi. Turk tilida “yetim” ma’nosidagi öksüz shu so’zdan kelgani aniq.
O’zbek tilidagi ögäy so’zi ham shu so’zdan keladi. So’zdagi ikkinchi bo’lak +äy esa kichraytirish qo’shimchasi bo’lib, unli bilan tugovchi so’zlarga to’g’ridan-to’g’ri +y sifatida, undosh bilan tugaganda esa +ay sifatida qo’shiladi. Masalan bobo > boboy, tog’a > tog’ay/tog’oy, opa > opoy, og’a > og’oy. Demak bu so’zlar “bobojon”, “opajon/opacha”, “tog’ajon”, “akajon” kabi ma’nolarni bildirsa, ögäy “onajon, kichik ona” ma’nosida bo’ladi. So’zning dastlabki ma’nosi shunday edi, vaqt o’tib nafaqat ona uchun balki qon qarindoshligi bo’lmagan har qanday yaqinlik uchun ishlatila boshlandi.
Turkiyaning Hatay viloyatida joylashgan Ovakent mahallasida mehmon bo'ldik. Mahallada II jahon urushida Afg'onistonga borgan, 1980- yillarda esa Turkiyaga olib kelingan o'zbeklar yashaydi.
O'tgan yili fevralda bu yerda zilzila bo'lib katta talofat yetgandi. Hayot haligacha to'la iziga tushmagan. Lekin odamlar birdam, kelajakdan umidli. Shu qatori og'ir kunlarda O'zbekistonning yordamlaridan minnatdor.
To'la o'zbek tilida so'zlashib, urf-odatlarimizni davom ettirib kelishyapti. Tillari bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilishi, qayd ostiga olinishi kerak deb o'ylayman.
Andijonning Qo'rg'ontepasidan ekanini aytgan suratda o'ngdan ikkinchidagi Mahmud aka shunday deydi:
Bultur köp yamon yer qimirladi. Tek yatğan yerimda panjara barobar irğitib jubardi.
Ro’za va namoz so’zining turkiysi yo’qmi?
Bu savol boshqalarning ham aqliga kelgandir. Islomdan oldin ajdodlarimizda ro’za tutish albatta bor bo’lgan. Buddizmda, moniylik dinida bu ibodat borligi ma’lum. Ro’za ma’nosida baçağ so’zini, “ro’za tutmoq” ma’nosida baça- (baçamoq) fe’lini ko’ramiz. Balki bu so’z bog’lamoq ma’nosidagi ba- fe’liga borib taqalishi mumkin.
Namoz ma’nosida esa turkiy Qur’on tarjimalarida va “Devonu lug’atit-turk”da yükünç, namoz o’qimoq ma’nosida yükün- (yukunmak) fe’li uchraydi. Bu so’z “tiz cho’kmoq, ta’zim qilmoq” ma’nosidagi yükün- fe’lidan kelgan.
Namoz so’zi haqida shevashunos kanali quyidagi ma’lumotni berib o’tdi:
Musulmonlarning kunda besh mahal o'qiydigan ibodatining ismi namozdir. Ushbu so'z bizga forscha orqali kirib kelgan. Ikki xil ma'nosi bor.
1. Hurmat va ta'zim ma'nosida yerga egilish
2. "Islomiy ibodat shakli"
Bu so'z o’rta forschada ayni ma'noni bildiruvchi namaç yoki namâz so'zidan kelib chiqqandir. Avesto tilida nəmah - ibodat, so'zi bilan ayni negizdandir. Sanskritchada esa námas-/namaskar bilan aynidir.
Namoz bilan bog'liq so'zlar: namozxon✔️ namozgoh✔️ namozxona ✔️
benamoz✔️ namozsiz✔️ namozlik✔️
joynamoz✔️ namozshomgul✔️
namozgar (<namozi digar) odatda peshin namozidan keyingi namozlar uchun qo'llaniladi)✔️
Undan tashqari Namozbek, Namozboy, Namozxon kabi atoqli ismlarda ham uchraydi.