mkhan404lab | Unsorted

Telegram-канал mkhan404lab - MKhan 404 Lab

539

Software Engineer • AI • Career • StartUp • GovTech Donat: taps.uz/mkhan404lab Contact: @mkhasanov

Subscribe to a channel

MKhan 404 Lab

⚡️ #Anthropic agentlar ishlab chiqish bo‘yicha rasmiy va bepul qo‘llanmani taqdim etdi.

Materialni o‘qishga bor-yo‘g‘i 9 daqiqa ketadi, shundan so‘ng siz:
🔅 Har kuni Slack va GitHub’ni tekshiradigan;
🔅 Loyihalardagi yangi xabarlar va o‘zgarishlarni topadigan;
🔅 Yopilmagan vazifalarni topadigan va ular bo‘yicha hisobot yuboradigan agentlarni tayyorlay olasiz.

Agent avval nima haqida xabar berganini eslab qoladi va eski yangiliklarni qaytarmaydi: u uchun tayyor kod, bosqichma-bosqich sozlash yo‘riqnomasi hamda ruxsatlar va xarajatlarni cheklash bo‘yicha tavsiyalar mavjud.

@webmakon

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

ChatGPT'ga savol berib ko'rdim:

"Kelajakda robotlar odamlar ustidan hukmronlik qilsa, meni yonimni olasanmi?" 😁

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

⏳ Ertaga 09:00 da bu muammoni yechimini topamiz!

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

Bu fayl virus emas lekin, xavfsiz😁

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

To'ydan.apk ☠️

Kontaktlarimdan biri yuboribdi. Oxiri qani ichida nima bor ekan deb, Claude'ga "reverse engineering" qildirdim.

Dasturlarini o'rnatib olgandan keyin, rasmdagi ishlarni qilishar ekan.

Raqamingizni aniqlash uchun USSD so'rovlar, SMS'larni ilib olish, pul yechilganda bank dasturlarini xabarlarini yashirib turish va hokazo.

Xaromxo'rlar yaxshi o'ylashibdi lekin 😄

P.s.: Izohda to'liq O'zbek tilidagi tahlilni tashlab qo'ydim.

#hack

@UmarSadullayev

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

💻 Sun'iy intellektga hujum qilish!

📺 Yangi video:
https://youtube.com/shorts/7uVzvPB6Jq0?si=g7cr3p2hazIW7oyp

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

Vibe coding davri eskirdimi? Keyingi bosqich nima deb o'ylaysiz?

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

🤖 AI'ga kompyuteringizni to‘liq boshqarish huquqini bersangiz nima bo'ladi?

U sichqonchani harakatlantiradi, fayllarni ochadi, browserdan foydalanadi, terminalda command ishga tushiradi — xuddi sizdek.

Bu allaqachon AI agentlar rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri.


Masalan, “GitHub'dan projectni clone qil, ishga tushir, xatolarni top va tuzat.” deysiz.
Agent esa buni o‘zi bajarishga harakat qiladi.

Lekin, agentga juda katta permission bersangiz, u xato qilib faylni o‘chirishi, noto‘g‘ri command ishlatishi yoki maxfiy ma'lumotlarga kirishi mumkin.

AI agentlar kuchaygani sari permission, sandbox va security ham shunchalik muhim bo‘ladi.

Savol:
❓ AI'ga nimalar qilishga ruxsat berish kerak?

👨‍💻 @MKhan404Lab

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

Assalamu alaykum hammaga 👋

▶️ Youtube'ga 1-video tayyor bo'ldi

Tez orada linkini yuboraman 🔥

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

Clean Code haqida noto‘g‘ri tushunchalar

☹️ Kod qancha kam bo‘lsa, shuncha clean.
Kam kod har doim ham yaxshi kod emas.

☹️ Har bir funksiya 5-10 qatordan oshmasligi kerak.
Muhimi — funksiya tushunarli va bitta aniq vazifani bajarishi.

☹️ Har narsaga abstraction kerak.
Keraksiz abstraction kodni yanada murakkablashtiradi.

☹️ Clean Code = ko‘p design pattern.
Pattern maqsad emas. Muammoni hal qilish — maqsad.

☹️ Clean Code faqat naming.
Naming muhim, lekin architecture, coupling, complexity va maintainability ham muhim.

Maqsad — kodni boshqa dasturchi ham oson tushunishi, o‘zgartirishi va qo‘llab-quvvatlashi.


👨‍💻 @MKhan404Lab

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

😣 Qachon kodni optimizatsiya qilish kerak?

Ba'zida kod yozishimiz bilan uni optimizatsiya qilishga tushamiz.
Lekin har doim ham bu kerak emas.

Optimallashtirish kerak bo‘ladigan holatlar:
— Kod real sekin ishlayotgan bo‘lsa
— Database query'lar ko‘p vaqt olayotgan bo‘lsa
— Server resurslari ortiqcha sarflanayotgan bo‘lsa
— Memory yoki CPU muammosi paydo bo‘lsa
— Performance monitoring muammo borligini ko‘rsatsa

Muhimi:

Avval ishlaydigan kod yozing, keyin kuzating, undan keyin optimizatsiya qilsak boladi.


Chunki taxminan optimizatsiya qilish — ba'zida muammoni hal qilmasdan, kodni faqat murakkablashtiradi.

👨‍💻 @MKhan404Lab

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

2-qism — ChatGPT, man haqimdagi fikrlari)

SQL query’ing 150 qator bo‘lsa:
Lekin o‘zing har bir left joinni hayot-mamot masalasiga aylantirasan.

Eng kuchlisi: “Meni advanced PostgreSQL’ga tezda olib chiq.”

PostgreSQL:
> “Avval group by bilan yarashib ol, aka.”

Sen esa:
> “FUNCTION, TRIGGER, EXPLAIN ANALYZE, ADVANCED!!!”😂

Lekin eng katta roast shuki: senda qiziqish juda ko‘p, lekin fokus RAM’i 4 GB.
Potential bor, lekin task switching shunchalik kuchliki, CPU ventilyatori ham seni ko‘rib stressga tushadi.

Bir narsani 6 oy tinmay bossang, ancha kuchli developer bo‘lib ketasan.

Hozircha esa sen “100 ta tab ochiq, qaysi biridan musiqa chiqayotganini topolmayotgan Chrome”san. 💀

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

2026-yilda o'rganishga arziydigan texnologiyalar

Texnologiyalar tez o'zgaradi, lekin ayrimlari yaqin yillarda ham talabda qoladi.

AI
AI bilan ishlashni biladigan dasturchilarga talab ortib bormoqda.

Python
AI, Data Science va Backend uchun eng ommabop tillardan biri.

TypeScript
Frontend va Backend loyihalarida deyarli standart.

Docker
Ilovalarni bir xil muhitda ishga tushirish va deploy qilish uchun muhim.

Kubernetes
Containerlarni boshqarish va masshtablash uchun.

PostgreSQL
Ko‘plab kompaniyalarning asosiy ma’lumotlar bazasi.

Redis
Cache va real-time tizimlar uchun muhim texnologiya.

RabbitMQ / Kafka
Asinxron ishlar va mikroservislar uchun.

Cloud (AWS, Azure, GCP)
Zamonaviy ilovalarning asosiy infratuzilmasi.


💬 Siz 2026-yilda qaysi texnologiyani o‘rganmoqchisiz?

👉 @MKhan404Lab

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

Middle Backend level uchun eng kerakli mavzulardan

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

Junior dasturchilarning 5 ta xatosi

Juniorlar kod yozishni o'rganadi, lekin kuchli dasturchi bo'lish uchun kerakli odatlarni e'tibordan chetda qoldiradi.


1. Debug qilishni bilmaslik
Kuchli dasturchi xatosiz kod yozadigan emas, xatoni tez topa oladigan dasturchi.
Console, debugger, loglardan foydalanishni o'rganing.

2. Clean Code'ga e'tibor bermaslik
Ishlaydigan kod yozish yetarli emas.
Boshqa dasturchi tushunadigan:
- nomlash; - struktura; - arxitektura ham muhim.

3. Dokumentatsiya o'qimaslik
Har safar YouTube qidirish o'rniga rasmiy dokumentatsiyani o'qish odatini yarating.

4. Katta loyihalardan qo'rqish
"Men hali tayyor emasman" deb kutish — rivojlanishni to'xtatadi.
Katta loyihalar orqali tajriba keladi.

5. Tez natija kutish

Bir necha oyda asoslarni olish mumkin, lekin kuchli muhandis bo'lish uchun yillar davomida amaliyot kerak.

Junior darajadan keyingi bosqichga o'tish uchun ko'proq kod yozishning o'zi yetmaydi.

Muhimi:
— muammoni yecha olish
— tizimni tushunish
— to'g'ri fikrlash
— doimiy o'rganish

👉 @MKhan404Lab

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

#malumot

PostgreSQL — butun dastur xotirasi

Ma’lumotlarni saqlash, boshqarish va bog‘lash uchun ochiq manbali ma’lumotlar bazasi

👨‍💻 @MKhan404Lab

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

Buni optimallashtirish uchun bir nechta usullar

1. "Memory Saver" yoqing: chrome://settings/performance
Bu ishlatilmayotgan tablarni vaqtincha keshdan tozalaydi.

2. Keraksiz extensionlarni o‘chiring: chrome://extensions/

3. Qaysi tab RAM yeyotganini kuzating: Shift + Esc

4. Sizda 8 GB RAM bo‘lsa:
Chrome + VS Code + Docker kabi dasturlar bilan RAM tez to‘ladi.
Bu holatda 16 GB RAMga o'tish kerak.

👨‍💻 @MKhan404Lab

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

🌐 Chrome nega ko‘p operativ xotira ishlatadi?

Chrome har bir tabni alohida ishlatadi. Shuning uchun, juda ko'p tab ochilsa boshqa dasturlarni yuklashda sekinlashadi.


10 ta tab bo'lsa, har biri alohida RAM ishlatadi.

Extensionlar ham RAM yeydi.

Chrome tez ishlashi uchun RAM'dan kesh sifatida foydalanadi.

Shuning uchun Chrome'da 2–4 GB RAM ishlatilishi odatiy.

🕳 Endi buni qanday qilib optimallashtirish mumkin?

👨‍💻 @MKhan404Lab

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

APK Virus — qanday ishlashini to'liq tahlili.

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

❤️ Sun'iy intellektni himoya qilish!

https://youtube.com/shorts/Lbc_QplYnbM?si=-cK1Nolk-LVhPQxT

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

🧑‍💻 Vibe coding → Agentic development

"Prompt yozib → kodni oling" davri asta-sekin boshqa bosqichga o‘tyapti.
Oldin AI'ga: “Login page yozib ber” derdik.


Endi esa:
“Repository'ni tahlil qil, authentication muammosini top, tuzat, test yoz va PR tayyorla.” deyishimiz mumkin.

AI agent kodni shunchaki generatsiya qilmaydi — repository'ni o‘qiydi, fayllarni o‘zgartiradi, commandlarni ishga tushiradi, test qiladi va natijani tekshiradi.

Ya’ni developerning roli ham o‘zgaryapti:
Kod yozuvchi → AI agentni boshqaruvchi va natijani review qiluvchi.
Shu sababli faqat kod yozishni bilish yetarli emas.

❤️ Architecture, debugging, security, code review va muammoni to‘g‘ri qo‘yish — yanada muhim bo‘ladi.

Vibe coding — AI'dan kod olish.
Agentic development — AI'ga ish topshirish.

👨‍💻 @MKhan404Lab

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

🤖 Kompaniya o‘z mahsulotidan qo‘rqib ketishi mumkinmi?

3-sentabr kuni OpenAI Astra'ni chiqardi — 100,000+ GPU bilan o‘qitilgan yangi model.


Eng qizig‘i:
Astra OpenAI'ning “Critical” cybersecurity threshold'idan o‘tgan birinchi model. Ya’ni u nazariy jihatdan murakkab tizimlarga mustaqil cyberattack uyushtira oladi.

Ammo 3 kundan keyin OpenAI bosh olimi Jakub Pachocki:
“Hech qanday lab alignment va monitoringni hal qilmagan.” deb yozdi.

Ironiyasi?
Modelni yaratishdi. Kuchaytirishdi. Lekin uni to‘liq nazorat qilish hali ham muammo.

❓AI poygasi endi faqat “kim kuchliroq model yaratadi?” emas.
“Kim uni nazorat qila oladi?” — demoqda.

👨‍💻 @MKhan404Lab

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

😣 Yangi loyihaga kirganizda, Kod yozishga shoshilmang...👇👇

https://youtube.com/shorts/QlhNwGNOU88?si=WZu_5eNycHyDgc1h

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

🖥 SQL Injection haqida

SQL Injection — firibgar foydalanuvchi kiritadigan ma’lumot orqali SQL Queryning ishlash mantig‘ini o‘zgartirishga urinadigan hujum.

Masalan, foydalanuvchi bergan qiymat SQL Queryga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shilsa, hujumchi undan foydalanishi mumkin.

Bu orqali:
— Ruxsatsiz ma’lumotlarni olish
— Ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki o‘chirish
— Databasega zarar yetkazish
mumkin.

🛡 Qanday himoyalanish kerak?

User inputni SQL Queryga string sifatida qo‘shmang.

Buning o‘rniga:
— Prepared statements
— Parameterized queries
— ORM/query builder
— Input validation
ishlatiladi.

👨‍💻 @MKhan404Lab

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

Bir lahza tafakkur...

Biror narsa o'rnini yaxshilik egallamadimi — albatta yomonlik egallaydi.

Yaxshilik egalladimi — yomonlikga joy qolmaydi.

Uchinchi variant yo'q — Bo'shliq, Neytrallik yo'q.

Pulingiz, Umringiz, hatto telefon va megabaytingizni ham —
Yoki yomonlikga yoki yaxshilikga sarflaysiz.

❓Bular sizga hozir — yomonlikga xizmat qilyaptimi yoki yaxshilikga?

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

PostgreSQL'da «Transaction» ishlatmaslik qachon muammo bo'ladi?

Tasavvur qiling, pul o'tkazish uchun 2 ta query bor:

UPDATE accounts
SET balance = balance - 100000
WHERE id = 1;

UPDATE accounts
SET balance = balance + 100000
WHERE id = 2;


Birinchi query ishladi, ikkinchisi esa xato berdi. Natijada:
❌ Pul 1-account'dan ketdi
❌ 2-account'ga tushmadi

Shuning uchun bog‘liq bir nechta operation'larni transaction ichida bajarish kerak:
BEGIN;

-- queries

COMMIT;


Xato bo‘lsa:
ROLLBACK;


Qoidasi:
bir nechta query bir-birisiz ma'nosiz bo‘lsa — transaction ishlating.

👨‍💻 @MKhan404Lab

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

🖥 ON CONFLICT bilan muammoni hal qilamiz

Real loyihada bitta muammo chiqdi: bir xil PINFL bilan nomzod qayta-qayta yuborilishi mumkin edi.

✖️ INSERT qilsak parallel requestlarda muammo bo'ladi:

ERROR: duplicate key value violates unique constraint


✅ Shuning uchun databazaning o‘ziga qo'yib beramiz:
INSERT INTO candidates (pinfl, name)
VALUES ($1, $2)
ON CONFLICT (pinfl)
DO NOTHING


⚠️ Lekin bu uchun pinfl ustunida UNIQUE constraint bo‘lishi kerak:
ALTER TABLE candidates
ADD CONSTRAINT candidates_pinfl_unique UNIQUE (pinfl);


✅ Endi:
PINFL mavjud emas — yangi record qo‘shiladi
PINFL mavjud — hech narsa qilinmaydi
duplicate error — yo‘q

❗️ Muhim: ON CONFLICTning kuchi — duplikatni shunchaki ushlab qolish emas, balki bu qarorni database constraint bilan atomic qilishida.
Real loyihalarda SELECT → INSERT o‘rniga ko‘p holatda INSERT ... ON CONFLICT ancha to‘g‘ri yechim.

👉 @MKhan404Lab

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

📊 Qilayotgan ishizda o'sish bo'lmasa — tez so'viysiz

Man bir paytlar dasturlashda bir kompaniyada ishlab yurganimda, o'zimda deyarli o'sish sezmadim, na moliyaviy, na aqliy. Kompaniyani o'zi ham o'sishdan to'xtab qolgandi. Bir xillikdan zerikib, bu sohadan sovishni boshladim.

Dasturlash zo'r kasb, bu sohada qolgim keldi, lekin o'sha sabablarni deb ketishga majbur bo'ldim, "pauza" qildim. Umuman noutbukni ochgim kelmay qolgandi.

Oradan 6-7 oy o'tib dasturlashga qaytdim, ancha sog'ingan ekanman ).

Hozirgi kompaniyamda kuchli o'sish bor, loyihalar juda katta. Dasturlashni har sohasida o'zizni sinab ko'rsez bo'ladi.

Nima demoqchiman, doim o'sishga intiling, to'xtab qolmang, har kuni yangi narsa o'rganing, har kuni kamida bitta "challenge" qiling.
Shunda o'sish bo'ladi va eng asosiysi ishizdan ham ma'no topasiz.

👉 @MKhan404Lab

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

RabbitMQ va Redis haqida

RabbitMQ — Message Broker, ya'ni servislar orasida xabarlarni navbat (Queue) orqali uzatadi.

Foydalanish joylari:
— Email va SMS yuborish
— Buyurtmalarni qayta ishlash
— Mikroservislar orasida xabar almashish

Redis — In-Memory Database, ya'ni ma'lumotni RAM'da saqlaydi va juda tez ishlaydi.

Asosan:
— Cache
— Session
— OTP kodlari
— Rate Limiting

📨 RabbitMQ → Vazifalarni navbatga qo'yadi.
⚡️ Redis → Ma'lumotni tez saqlaydi va qaytaradi.

Masalan, internet do'konida:
— Mahsulotlar ro'yxati Redis orqali tez yuklanadi.
— Buyurtma berilgach email yuborish RabbitMQ orqali fon rejimida bajariladi.
— Shuning uchun zamonaviy backend loyihalarida bu ikki texnologiya ko'pincha birgalikda ishlatiladi.

👉 @MKhan404Lab

Читать полностью…

MKhan 404 Lab

Git va GitHub haqida

Git — bu versiyalarni boshqarish tizimi (Version Control System), loyiha tarixingizni saqlaydi.
Har bir o'zgarishni yozib boradi. Xatolik bo'lsa, eski holatga qaytish imkonini beradi. Bir nechta dasturchi bir loyihada ishlashini osonlashtiradi.

GitHub — bu Git loyihalarini internetda saqlash va jamoa bo'lib ishlash uchun platforma. GitHub orqali siz, Repository yaratishingiz, Kodni internetga yuklashingiz, Code Review qilishingiz mumkin.

Qisqacha:
Git — kod tarixini boshqaradi.
GitHub — shu tarixni internetda saqlash va jamoa bilan ishlash imkonini beradi.

Git internetsiz ham ishlaydi. GitHub esa Git repository'ni boshqalar bilan ulashish va birgalikda ishlash uchun xizmat qiladi.

👉 @MKhan404Lab

Читать полностью…
Subscribe to a channel