fiz_bookxatirchi | Unsorted

Telegram-канал fiz_bookxatirchi - FIZIKA FINE

-

Fizika 1996-2003 Axborotnoma yechimlari uchun ochilgan kanal. FIZIKA NAZARIYANI MUKAMMAL O'RGANISH yo'lga qo'yilgan. Fizika ATTESTATSIYA savollari BOR! Kanalda boshqa loyihalar ham bo'ladi Murojaat: @FizikaFineAdmin Guruh: @fizikafine Sayt:fizika-fine.uz

Subscribe to a channel

FIZIKA FINE

Mock test demangizlarey.
Undan ko'ra ko'prik test denglar
Мост-ko'prik
Mast-Alkash

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Gabriel Garsiya Markesning o'limi oldidan insoniyatga yo'llagan
"VIDOLASHUV MAKTUBI"

👉@Fiz_BookXatirchi

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Joriy etiladi, yanada takomillashtiriladi, endi, yangi, rejalashtirilmoqda ... degan so'zlardan bezor bo'ldim

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Oliy toifali o‘qituvchilar uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi

O‘qituvchilar ishdan ajralmagan holda o‘qishi uchun ta’lim jarayoni masofaviy ta’lim shaklida o‘tkaziladi.

Batafsil — https://daryo.uz/lam74vzo

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

FIZIKA FINE

"Oʻqituvchi degani - hamma narsani biladigan maʼlumotlar bazasi degani emas".

"Yangi Oʻzbekiston" nashri pedagog kadrlar attestatsiyasidan norozi oʻqituvchilarga mikrofon tutibdi. Videoda oʻqituvchilar test topshiriqlari sifatini, validligini shubha ostiga olishdan tashqari, X-variantlar tarqalganini ham iddao qilishgan. Attestatsiya masalasi bugun kechki payt MY5 telekanalida efirga uzatiladigan "Gapiring" koʻrsatuvida ham muhokama qilinishi aytilmoqda. Oldinroq "Ozodlik" radiosi ham attestatsiya atrofidagi mojarolarga eʼtibor qaratgan edi. Attestatsiya natijalaridan norozi oʻqituvchilar maxsus guruhlar ochishmoqda, prezident portali va OAVlarga murojaatlar yoʻllashmoqda. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi esa bilvosita oʻqituvchilarning oʻzini bilimi pastligida ayblash va apellyatsiya shikoyatlariga shablon javoblar yuborish bilan cheklanmoqda.

Pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun test topshiriqlarini tuzish Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markaziga yuklatilgan. Bu markaz taʼlim tizimi uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqargan va ota-onalarning maxsus petitsiya bilan chiqishiga sabab boʻlgan "yangi baholash tizimi"ni ham joriy qilgan edi.

Читать полностью…

FIZIKA FINE

https://youtu.be/-L2m9vl5iHM?si=7RMLnNZAMxZhI-b5

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Missiyalar ko'payip qoldi.
Tom Kruzni aytyapman

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Hududlar kanalida e'lon qilingan ekan.
Bor ekan

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Hozir Vazir ustamasi uchun fan yo'nalishlari o'zgargan ekan.
Fizika "Tabiiy va iqtisodiy fanlar" yo'nalishiga kirib, bu yo'nalishda 5ta fan bor:

Fizika
Kimyo
Biologiya
Geografiya
Iqtisod

Читать полностью…

FIZIKA FINE

VM 130 sonli qarorning Vazir ustamasiga tegishli bandlari

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Kelasi 2026-yil uchun Vazir jamg'armasiga da'vogarlar esa 2025-yil bahor va kuzdagi toifa testlari natijalariga ko'ra tanlab olinadi

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Xabarlar bir-biriga mos kelmayapti
👇👇👇
/channel/Fiz_BookXatirchi/12838
bilan
mana bu
👇👇👇
/channel/Fiz_BookXatirchi/12841

Читать полностью…

FIZIKA FINE

#Янгиликнинг_зўри

Соврини 525 млн. сўмлик “Йил ўқитувчиси” кўрик танловининг биринчи босқичи ғолиблари 2025 йил август- декабрь ойларида ўтказиладиган Тоифа тестлари натижасида аниқланади!

Вазирлар Маҳкамасининг 2025 йил 28 апрелдаги 264 сон қарори билан тасдиқланган Низомга кўра “Йил ўқитувчиси” танловида олий ёки биринчи малака тоифасига ҳамда камида 5 йиллик пед стажга эга, асосий штатда фаолият юритаётган фан ёки бошланғич синф ўқитувчиси иштирок этиши мумкин.

Танлов уч босқичда ўтказилади:

биринчи босқичда — номзодларнинг мутахассислик фани, педагогик маҳорати ва касб стандарти бўйича назарий билимлари баҳоланади;

иккинчи босқичда — номзодларнинг педагогик маҳорати баҳолаш мезонлари асосида ҳакамлар ҳайъати ҳамда педагоглар томонидан баҳоланади. Бунда номзод ўтган дарснинг видеоёзуви баҳолаш учун махсус платформага жойлаштирилади;

учинчи босқичда — номзодларнинг маънавий-маърифий фаолияти ҳамда китобхонлиги баҳоланади.

Танлов якунларига кўра, ҳар икки йилда бир марта октябр ойида ғолиб деб топилган ҳар бир номзод реестри Вазирлик томонидан юритиладиган ҳамда Вазирликнинг расмий веб-сайтига жойлаштириладиган ҚР-кодли сертификат билан тақдирланади.

Ушбу сертификат асосида ғолиблар Мактабгача ва мактаб таълими вазири жамғармасига қўшимча ажратилган маблағларни қайта тақсимлаш ҳисобидан базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 400 бараварига тенг пул мукофоти
(тахминан 40 минг АҚШ доллари) билан тақдирланади.

Эндиликда, Тоифа тестларида қайд этилган юқори натижалар орқали қуйидаги имкониятларга эга бўлиш мумкин:

1. Амалдаги малака тоифасини ошириш ёки тасдиқлаш ( бу орқали кейинги беш йил давомида мажбурий аттестациядан озод қилиниш ҳамда юқори тоифа бўйича ойлик олиш);

2. Кейинги 2 йил давомида 70 фоизлик устама олиш ( агарда 86 ва ундан юқори балл тўплаб Олий ёки биринчи тоифа олинса ёки сақланса);

3. Вазир жамғармасидан тўлаб бериладиган устамалар (57 млн.сўмдан ортиқ) учун ўтказиладиган саралашнинг биринчи босқичидан ўтган ҳисобланиш ( бу учун эса ўз фани бўйича ўтказилган тоифа тестларида ўз туманида ўз йўналиши бўйича 1-9 ўринларда бўлиш);

4. Соврини 525 млн. сўмлик
“Йил ўқитувчиси” кўрик танловининг биринчи босқичидан ўтган ҳисобланиш (бу учун эса тоифа тестларида ўз туманидаги барча ўқитувчилар орасида 1-3 ўринларда бўлиш);

Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot

Читать полностью…

FIZIKA FINE


#Вазир_жамғармаси

📣📣📣 PEDAGOGLAR UCHUN AJOYIB YANGILIK!

Vazir jamgʻarmasi hisobidan ustama olmoqchimisiz — malaka sinovlarida qatnashing!

✅ Vazir jamgʻarmasidan ustama berish tartibiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha tayyorlanayotgan Hukumatning yangi qaror loyihasiga binoan, endilikda barcha pedagoglar mazkur ustamani olishga daʼvogarlik qilishi mumkin.

Buning uchun talabgor pedagoglar malaka toifasi sinovlarida qatnashishi lozim.


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tayyorlangan ushbu qaror loyihasiga koʻra, kelgusi yildan boshlab Vazir jamgʻarmasi uchun oʻtkaziladigan birinchi bosqich (test) sinovlari oʻtkazilmaydi.

Keyingi bosqichga nomzodlar sifatida malaka sinovlarining birinchi bosqich natijalariga koʻra umumiy ballning kamida 80 foizini qoʻlga kiritgan fan oʻqituvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari orasidan eng yuqori natijani koʻrsatgan uchta nomzod tanlab olinadi (hududlar kesimida fan yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlangan har bitta kvota uchun).

🟢 2026-yilgi Vazir jamgʻarmasidan ustama oluvchi nomzodlar joriy yilgi malaka sinovlari ishtirokchilari orasidan tanlab olinadi. Shunday ekan, bu yil oʻtkaziladigan malaka sinovlarida faol ishtirok eting.


👉 Eslatib oʻtamiz, yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilayotgan murojaatlar:

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz platformasi;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali 2025-yil 1-martga qadar qabul qilinadi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Vazir ustamasiga nomzodlar Attestatsiyani 1-bosqichida (ya'ni 35ta mutaxasislik va 5ta kasb standartidan iborat 40ta savol) maksimal ballning (80ball) kamida
80% ini (64 ball) va undan yuqori ball to'plaganlar ichidan eng yuqori 3tasi tanlab olinadi. Fanlar yo'nalishlari bo'yicha



Demak, vazir ustamasiga da'vogarlik qilish uchun 1-bosqich bali kamida 64 ball bo'lishi kerak.
Men 60ball olgan edim.
Da'vogarlik qila olmas ekanman.

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Attestatsiya bilan bogʻliq muammolar MY5 telekanali "Gapiring+" koʻrsatuvida

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Gabriel Garsia Markes
VIDOLASHUV MAKTUBI...


Agar Tangrim meni lattali qo‘g‘irchoq tarzida ko‘rib bir lahzagina men haqimda unutganda va menga ozgina hayot tiriklik onlarini tuhfa etganda edi, ayni paytda tilga olayotganlarim haqida ko‘proq xayol surgan bo‘lardim.
Narsalarning qancha turishiga qarab emas, ma’no-mazmuniga qarab baholardim. Kamroq uxlagan, ko‘proq orzu qilib, yumuq ko‘zlarimda dunyoni kashf etardim.
Yumuq ko‘zlar bilan kechayotgan har bir daqiqa – olamning boy berilayotgan oltmish soniyasidir.
Kimlardir oyoqlarini yurishdan tiyganda men to‘xtovsiz qadam urgan, boshqalar uxlaganda uyg‘ongan, o‘zgalar gapirganda jim turib quloq solgan bo‘lardim. Va shokoladli muzqaymoqdan huzurlanib tamaddi qilardim!
Agar Parvardigor menga bir ozgina hayot tuhfa etganida edi, odmi kiyingan, jismimnigina emas, ko‘nglimni ham to‘q qilib, ilk quyosh nurlari bilan birga o‘rnimdan turardim.
Yo Parvardigorim, agar mening yana jindakkina vaqtim bo‘lganida edi, nafratimni muzga kishanlab, quyoshning jamoli yuz ko‘rsatishini intiqib kutardim. Van Gog kabi yulduzlar soyasida rasm chizgan, Benedetti she’rlarini o‘qib orzu qilgan, Serra kuylari mening oyli Serenadamga aylanardi.
Atirgullarning gulbarglaridagi alvon o‘pichlar va tikanaklardan tortayotgan og‘riqlarini terib olish uchun ko‘z yoshlarim bilan ularni cho‘miltirib qo‘yardim.
Men yana ozgina, bir ozgina yashashim mumkin bo‘lganda edi...
Men sevgan insonlarimga ularni sevishimni aytishni kanda qilmagan bo‘lardim. Har bir erkak va har bir ayolni ularni sevishimga ishontirar, muhabbatning ichida muhabbat bilan nafas olardim.
Odam qarigan sari sevishdan to‘xtaydi, degan fikrlar naqadar noto‘g‘ri ekanligini isbot qilardim:
Aksincha ular sevishdan to‘xtaganlari bois qariydilar!
Go‘dakka qanot sovg‘a qilib, uni o‘zim parvoz qilishga o‘rgatardim.
Qariyalarga esa o‘lim qarilik oqibatida emas, beparvolik sabab qadam ranjida qilishini aytardim.
Axir juda ko‘p narsalarni men sizlardan o‘rgandim!
ODAMLAR!
Angladimki, haqiqiy baxt bizni pastda kutayotganligini payqasak ham har birimiz tog‘ning qoq cho‘qqisida yashashga intilamiz.
Shuni tushundimki, qachonki, yangi tug‘ilgan chaqaloq otasining barmoqlarini o‘zining ushshoqqina qo‘lchalari bilan ushlab olar ekan, bu butun bir umrga yetadi.
Yana shuni tushundimki, har bir inson kimningdir oyoqqa turishi uchun boshqa bir cho‘qqidan pastga qarashga haqli. Axir men sizlardan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim...
To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, bulardan naf jindakkina, negaki ularni sandiqqa liq to‘latib, men ketib boryapman . . .

👉@Fiz_BookXatirchi

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Maqsad nima maqsadd?

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Qani vazirlik xodimlari qanday izoh berishar ekan.

Shaxsan men ham 2025-yil bahordagi fizika testlarni VALIDLIGI bo'yicha e'tiroz bildiraman.
Testlarni VALIDLIGINI tekshirish uchun xolis testolog va ekspertlar ishtirokida har bitta fanni tahlil qilib chiqishlarini talab qilaman.
Har bitta tahlilda albatta Komil Jalilov qatnashishini so'rayman.
U kishi aytgan yetuk testologlarni ham chaqirishlarini talab qilaman

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan o'tkazilayotgan pedagoglar Attestatsiyasining kunlik statistikalarini e'lon qilib borishni yo'lga qo'yish kerak.

Har qaysi tumandan har qaysi fandan jami necha kishi testga kirdi, har qaysi toifa bo'yicha o'tganlar soni, 86balldan oshirganlar soni, vazir ustamasi uchun da'vogarlik qilishi mumkinlar soni (har qaysi yo'nalishlar bo'yicha).

Ayniqsa, vazir ustamasi uchun bu muhim.
Chunki endi bu narsa toifa testi natijasiga bog'lab qo'yildi.
Shuningdek, yil o'qituvchisi tanloviga ham bu statistika kerak.

Shunda adolatli bo'ladi.
Aslida bunaqa statistikalarni yuritish markaz va vazirlik uchun umuman muammo emas.
Hamma narsa kompyuterda olinayotgan bo'lsa.
Hamma narsa avtomatlashgan bo'lsa.
Hamma narsa integratsiya qilingan bo'lsa.
Nima xalaqit qiladi hayronman?


Ozgina siyosiy iroda kerak xolos.
Ozgina hohish.
Ozgina.
Xalq tomonida bo'lsangiz albatta

Читать полностью…

FIZIKA FINE

https://youtu.be/4U7mkYG_t6g?si=GTuKk_h1_RJZWj_P

Читать полностью…

FIZIKA FINE

#pedagogika
#kasbstandart
#attestatsiya


🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Pedagogikadan 2025-yilda tushgan testlar:
👇👇👇


1)Pedagogik mahorat testlari No40 2025-1 (25ta)
2)Pedagogik mahorat testlari No41 2025-2 (25ta)
3)Pedagogik mahorat testlari No42 2025-3 (25ta)
4)Pedagogik mahorat testlari No43 2025-4 (25ta)
5)Pedagogik mahorat testlari No44 2025-5 (25ta)
6)Pedagogik mahorat testlari No45 2025-6 (25ta)
7)Pedagogik mahorat testlari No46 2025-7 (25ta)
8)Pedagogik mahorat testlari No47 2025-8 (25ta)
9)Pedagogik mahorat testlari No48 2025-9 (25ta)
10)Pedagogik mahorat testlari No49 2025-10 (25ta)
11)Pedagogik mahorat testlari No50 2025-11 (25ta)
12)Pedagogik mahorat testlari No51 2025-12 (25ta)
13)Pedagogik mahorat testlari No52 2025-13 (25ta)
14)Pedagogik mahorat testlari No53 2025-14 (25ta)
15)Pedagogik mahorat testlari No54 2025-15 (25ta)

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Kasb standarti 2025 testlari:
👇👇👇

1)Kasb standarti No1
2025-1 (25ta)

2)Kasb standarti No2
2025-2 (25ta)

3)Kasb standarti No3
2025-3 (25ta)

4)Kasb standarti No4
2025-4 (25ta)

5)Kasb standarti No5
2025-5 (25ta)

6)Kasb standarti No6
2025-6 (25ta)

7)Kasb standarti No7
2025-7 (25ta)

8)Kasb standarti No8
2025-8 (25ta)



⬜️⬜️⬜️⬜️⬜️⬜️⬜️⬜️⬜️
Telegram:
👉
@Fiz_BookXatirchi
👉
@Fiz_BookXatirchi
👉
@Fiz_BookXatirchi

Sayt:
👉
fizika-fine.uz

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Bittayam 86 dan oshgan fizik e'lon qilinmabdiku
👇👇👇
/channel/uzedu/34287

Читать полностью…

FIZIKA FINE

/channel/fizikafine/144889
👆👆👆
Farxod Nizomiddinov ustozni fikrlariga qo'shilaman.

Kvotalarni fanlar kesimida taqsimlash kerak edi.
Adolatdan bo'lar edi

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Общий доступ ВМҚ-130 28-02-2025.pdf

Читать полностью…

FIZIKA FINE

2025-yil uchun Vazir ustamasiga ajratilgan kvotalar.
Kvota juda kam.
Bu yili qancha ajratishi noma'lum.
Yildan yilga kamayib boryapti

Читать полностью…

FIZIKA FINE

👆👆👆
👆👆👆

Mana bunda esa 1-bosqichidan o'tgan hisoblanishni quyidagicha talqin qilingan:
O'z fani bo'yicha, o'z yo'nalishi bo'yicha, o'z tumanida 1-9 o'rinlarda bo'lish

Читать полностью…

FIZIKA FINE

👆👆👆
👆👆👆
Mana bu joyga qarang

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Ammo ikki xil ma'lumot bor ekan
👇👇👇

Читать полностью…

FIZIKA FINE

Agar Attestatsiya bo'yicha haqiqiy statistika e'lon qilinsa qancha mablag' ishlanganini bilib olardik.
Shu uchun ham e'lon qilinmasa kerak.


Menimcha kamida 150mlrd so'm sof foyda ko'rishadi yiliga

Читать полностью…
Subscribe to a channel