yupiterlik | Unsorted

Telegram-канал yupiterlik - Yupiterlik Markayeva

-

I have a lot to say to you. Sizlarga aytadiganlarim ko'p. Connect with me: @Yupiterlikk_bot

Subscribe to a channel

Yupiterlik Markayeva

Shunday qilib bu kommentlardan keyin hamma yigitlar ko'p kulishni to'xtatgan ekan.

Ana shunaqa gaplar.

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Ana endi faqat qizlar javob bersin,
xuddi shu savolga:

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Faqat yigitlar javob bersin.

Siz uchun yangi tanishgan qizlardagi birinchi yaxshi taassurot qoldiradigan jihat qaysi?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Eng yomon xarakteringiz-chi? Doim o'zgartirishni istaydigan jihatingiz?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

‼️‼️

Regret is stronger than failure.

t.me/moodswitches

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

"Tug'ma talant" tushunchasiga munosabatingiz?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

"Yer chekkasidagi qahvaxona" ni ta'siridaman hali ham)

Jon Strelekini bu asari ko'plab odamlarning hayotini o'zgartirgan.

Mavjudlik sababingizni axtarishga undaydigan, savollaringizga javob beradigan kitob.

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Sizlardayam shundaymi?

Iftorlikkacha uni yeyman buni yeyman deb kutib turasiz-da, iftorlik paytidan keyin suvdan boshqa hech narsa tomog'ingizdan o'tmaydi.

Eh.

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Highlights of the day:

1. Afrosiyobga qaytib minmaydigan bo'ldim. Xurrak otuvchi amakilar va 1 yoshga to'lmagan chaqaloqlilar uchun alohida platforma ajratish kerak.

2. Ota-onamning to'ylari bo'lganiga bugun 32 yil to'ldi, bir paytlar "og'izda quruq gap" dek tuyuladigan va'dalarimizni ustidan chiqdik bugun, farzand bo'lib. Bundan ortq baxtni his qilmaganman.

3. Quyosh chiqib berdi, eng muhimi. Sovuuuuq bo'lsa-da, vujudim nurni his qildi.

4. Kichik narsalar bilan quvonch hadya qila olasiz hammaga ayniqsa oila, yaqinlarga. Samimiy e'tibor va bir chimdim mehr - odamzod so'rashga iymanadigan lekin bir umr kutib yashaydigan his.

5. 24 soat ichida 2 soat uxlagan odamga million dollar bermaysizmi, ustidan zar sochib, oyog'ini tagiga qo'y so'yib tandir qilmaysizmi, baribir ko'ziga yostig'idan boshqa hechnima chiroyli ko'rinmaydi. Uyqu - odam oxiri borib zombie ga aylanmasligi uchun, shu qadar muhimki.

6. Seshanba kuni magistrlik dissertatsiyamni himoyasi bo'ladi (kichik himoya) Menga qariyb 1,5 yil avval berilgan mavzuni ko'rib qon bosimim ko'tarilib ketgandi. shunaqayam mavzu bo'ladimi deb ilmiy rahbarimga shikoyat qilgandim. ChatGPT bu qadar rivojlanishi tushimga kirmagandi-da. 😄 (30 bet bo'ldi, yana 50 bet yozishim kerak, zombie bo'lishga tayyorgarlik)

7. Va oxirgi, eng muhimi bu,

"Uy - baribir boshqacha" degan his.

shunaqa gaplar)

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

boshladik:)
questions here:

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Qaysi biri og'irroq? Joylarga bog'lanish yoki odamlarga?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Google ham eslatyapti, "Leap kuni" ni, 4 yilgacha bu sana mavjud bo'lmasligini.

Bir kun kalendardan prosta yo'q bo'lib qolish - g'alati😅

Bugun tug'ilgan kunini nishonlayotganlar bormi, tabriklar~~

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Xalq🌙

kuningiz qanday o'tdi, o'zingizni qanday his qilyapsiz?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Eng sevimli o'quvchilarimdan biri IELTS dan yuqori natija olibdi bugun, ota-onasi telefon qilib quvonchini bo'lishdi, "o'zi hali maktabda, ballini ko'rgani yo'q, bu sizniyam yutug'ingiz, Gulruh" deb. O'qituvchi uchun bundan ortiq baxt yo'q.
Ilk marta o'quvchilarim yutuqlarini his qilishni boshlaganimda hali o'zim kichik talaba edim, bir olam motivatsiya edi menga bularning hammasi.

Garchi endi teaching ni tashlab ketgan bo'lsam ham, oxirida yolg'iz qoldirib ketgan bo'lsam ham, ortiq o'qituvchilik bilan shug'ullanmasamda, haligacha ularning yutug'i meni tom ma'noda ko'kka o'stirishini his qilyapman.

Hurmatli o'quvchilarim, sizlar bilan faxrlanaman, men sizlarga faqat ingliz tilini o'rgatmadim, sizlar mening oilam bo'lgansiz doim. Ishonchim komil, kelajakda mendan o'zib ketadigan o'qituvchi pedagog, psixolog, kim bo'lsa ham, shu kasbni egallaysiz, va intervyularingizda men haqimda "Hammasi o'sha kuni Markayevani darsiga birinchi marta kirganimdan boshlangan..." deb aytib berishingizga umid qilaman.🙃

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Oxirgi paytlarda ko'pchilik anglab yetishi kerak bo'lgan insaytlar:

1. Hind kinolarini hammasiyam kopeykamas.

2. O'zbekistonda bloggerlar - doktorlardan boyroq.

3. Tez ko'tarilib ketishing uchun yo juda aqlli bo'lishing kerak, yo juda ahmoq. Lekin bu jamiyatda aqllilar - "aql o'rgatuvchi" sifatida ko'riladi, ahmoqlarga esa sig'iniladi.

4. Bitta oilada bitta ota ishlab bir oyda o'rtacha 3-4 mln topadi itdek ishlab sovuqda, 14 yoshli vayner 1 sutkaga $1000 ga story qo'yib pul topadi.

5. Kafkani 2 ta kitobini o'qib qo'yib, "Alkimyogaram kitobmi" deydigan odamlardan nariroq yurish kerak.

6. Senga yoqmagan narsa - kimgadir yoqishini normal qabul qilish kerak, sen axlat tashlagan oddiy ariq yoki ko'ldan kimdir suv ichadi.

7. Qayerga borsang ham qayerdan chiqqaningni unutmasliging kerak.

8. Hozir hayotingda mavjud barcha ixtiro, qulayliklar - kimdir ularni yaratmagunicha "imkonsiz" bo'lgan. Sengacha imkonsiz bo'lganlar haqida o'yla endi.

9. Ba'zilar senga muvaffaqqiyat tilashadi, lekin o'zlaridan muvafaqqiyatliroq bo'lib ketishingni istashmaydi.

10. O'zingda bor narsalarni qadrlash, o'zingni boringcha qabul qilish - o'zingga qilishing mumkin bo'lgan eng oliy darajadagi yaxshiliging bo'ladi.

11. Hech narsa osonlashmaydi, sen kuchlilashib boraverasan. Va shunisi bilan hikoyang qiziqarli tus olishda davom etadi.

12. Oson kelyaptimi hammasi? Qo'rq.
Qiyinchilik ko'pmi? Rohatlan.

13. Yangi nimadir o'rgandingmi, qolganlargayam o'rgat:)

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Hozir ko'rasizlar nechta komment bo'lishini, qizlar portlatishga tayyor)

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Kanalda yigitlar juda kamayib ketibdi.
Yoki ular uylanib ketishgan😁
yoki judayam bandlashib ketishgan.

yo bo'lmasa "introvert" lashib.

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Yangi tanishgan odamlarda birinchi bo'lib qaysi jihatiga e'tibor berasiz?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

O'zingizdagi eng kuchli sifat, eng yaxshi xarakter qaysi?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

​Odamga "dux" (jur'at/qat'iyat/ishonch) nimaga kerak?

1. O'ziga ishonchi past odamning biri ikki bo'lishi juda qiyin, ayniqsa hozirgi jamiyatda, nafaqat o'zi, qolganlarni oldida ham qadri pasayib boraveradi. Gap ideal ko'rinish, ideal fikrlash, ideal hayot tarziga ega bo'lishdamas. Gap - borini ideallashtira olishda, o'zini "to'g'ri baholay olish" da, kerak bo'lsa yuqori baholay olishda.

2. O'zini to'g'ri baholamagan, o'z bilimi, kuchidan hadeb shubha qiladigan odamni tepib o'tib ketishadi o'sha bilimi yetarli bo'lmasayam o'ziga ishonchi baland bo'lganlar. Hayotimdan misol keltiraman:

Mendan psixologik kurs ochishimni, darslarni sotishimni, pulli psixologik 1:1 sessiya o'tkazib soqqa qilishimni taklif qilishgan 2 yil avval. Men rad etganman, "Men qonuniy psixolog emasman, bilganlarim yetarlimas, yetarli bo'lsayam bundan pul topishni istamayman" deganman. Juda yaxshi, sen bo'lmasang boshqasi deganlaridek, qo'shtirnoq ichidagi psixologlikka nomzod boshqa odamlar esa men yozgan postlar-u, kontentni "kitobi"ga yozib sotvorishga ulgurdi. Ba'zilar esa psixologik kurs o'tib, soqqa qildi. Ko'rdingizmi? Ularda "self-confidence" beton. Dux bor, qiladi.

3. Zerikarli hayot. O'ziga ishonchi past odamlar - "qo'rquvni yengib sarguzasht sari olg'a!" demaydi hecham. Ularga qulaylik muhim. Joyidan siljimaslik muhim. Yangilikdan qo'rqadi, o'zgarishlarga chiday olmaydi, hayoti bir xil ertadan kechgacha. Biror vahimaliroq tajriba chiqsa, u pardani orqasida bo'ladi doim. Nega? Chunki u - pessimist. Yomon tarafini o'ylayveradi, o'zini past baholayveradi. Ertaga qariganda nimani eslab kuladi bu odam bilmadim.

4. Afsuslar zanjiri. Umuman urinib ko'rmaslik - xato qilib yiqilishdan ayanchliroq, ishoning menga. Bir surat bo'lardi, nishonga tegmasdan chekkaga tekkan bir olam o'qlar bir tomonda, mutlaqo o'q uzilmagan, ochiq turgan nishon bir tomonda. Va "qaysi biri ayanchliroq?" deb so'ralgan. Albatta ikkinchisi. Shak-shubhasiz. O'ziga nisbatan ishonchi past odam "Ertaga boshlayman, tayyor bo'lganimda boshlayman, qachondir boshlayman" degan aldovlardan sira to'xtamaydi va uni nishoni doim ochiq, o'q ko'rmagan bo'lib qolaveradi.

Tupuring hammasiga,
kim uchun yashayapsiz? Kimga yoqish uchun, kim tomonidan qabul qilinish uchun? Nima uchun "right time" ni kutayapsiz haliyam? Kim aytdi sizga right time bor deb? Kim aytdi sizga oyni boshidan boshlash kerak, dushanbadan boshlash kerak deb? Jadvallar? Qo'ysangizchi.

Butun borliqda naqadar zarracha ekanimizni, mortal ekanimizni, ertaga hammamiz o'lib ketishimizni yaxshilab anglaganingizda, balki tezroq harakat qilishni boshlarmidingiz.

Shunchaki boshlang.

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

"Uchlik" ga egamisiz?

1. Istalgan biror sport turi bilan shug'ullanuvchi.
2. Istalgan biror san'at turidan xabardor.
3. Istalgan biror chet tilida erkin so'zlashuvchi.

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

O'zim uchun yangi challenge boshlaganman, "1 oyda eng kamida 7 ta kitob o'qish" - 1 yilda 84 ta kitob bo'ladi, tassavur qiling-a, dunyoqarashingiz, fikrlashingiz qanchalik rivojlanadi.

Social detox qilgan paytlarim "habit tracking" ni mustahkamlab olishga ko'proq e'tibor qarataman. Instagram, Telegramda vaqt shunday tez o'tadiki, odam o'z-o'zini aldab yashaganini bilmay qoladi. Shuning uchun bir oyda hech bo'lmasa 5 kun yoki 1 hafta barcha ijtimoiy tarmoqlardan chiqib,
"offline" (real va yagona) hayotingizda yashashingiz, o'zingizni rivojlantirish uchun harakat qilishingiz kerak.

Duolingoda streak ni davom ettirdim, fransuz, ispan, koreys tillarida. Hech bo'lmaganda 20 daqiqa vaqt ajratsangiz, bir kunda 15+ yangi so'zlar o'rganasiz.

Bu kitoblarni esa yarimini o'qib bo'ldim. Haliroq voicechat qilsak, og'zaki review qilib beraman hammasini. O'tgan safar "G'ayriixtiyoriy ong mo'jizalari" ni gapirib bergandim)

Shunday gaplar, xalq.
Duolingoni mashhur bir gapi bor:

"15 daqiqada til o'rganishing mumkin, social media ga sarflagan 15 daqiqang nimayam qilib bera olardi?"

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Qashqadaryo, 2-3 kun ichida kim sumalak qilyapti, meni chaqiringlar, yordamga boraman

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Hayrli tong xalq💕

Kuningiz super muper ajoyib o'tsin:)

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

kechroq voicechat qilamiz bir)

qiziqarli mavzularni muhokama qilamiz.
soat nechchida qulay sizlarga?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

O'zingizni eng xavfsiz his qiladigan joyingiz?

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

quyosh bormi kimdadir, urgent

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Biz kunlarni eslab qololmaymiz, biz lahzalarni, momentlarni eslab qolamiz.

baxtli,
qayg'uli,
stressli,
hayajonga boy,
kutilmagan,
qo'rqinchli.

Bir xil rang va mazadan iborat kuningizdan hech qanday xotira parchasi qolmasligi mumkin, lekin achchiq bo'lsa-da, "yangi ta'm" qo'shgani uchun, qora bo'lsa-da, "yangi rang" qo'shgani uchun, bir umr xotirlaydigan lahzalaringiz bo'ladi.

Baxtni ham, g'amni ham birdek ochiq qo'llar bilan quchib qabul qilishingiz kerak. Zotan, hech bir emotsional holat - abadiy emas. Yomg'irdan keyin quyosh albatta chiqadi.

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Ha, haliyam o'zimga kelolmayapman.

Oilamdan uzoqda yashayotganimga 1 oy bo'ldi, yangi shahar, yangi apartment, yangi ish. Ukam bilan ikkimiz birga yashayapmiz. U yonimdaligi uchun uyni kamroq sog'inyapman. Dam olish kunlari sovuq bo'lgani uchun, uyda qolib mazza qilib filmlar, multfilmlar tomosha qildik.
Va kecha ko'rgan bitta hind kinodan haliyam o'zimga kela olmayapman.

Noqonuniy migratsiya haqida hammangiz eshitgan bo'lsangiz kerak. Bizda ham ancha hot topic bu. Amerikaga viza ololmaganidan Meksika orqali chegaradan noqonuniy o'tib-o'tolmay, timsohlarga yem bo'lgan odamlar haqida ham eshityapmiz. Pul topish ilinjida o'z yerini tashlab chegarada bir tiyinsiz qolib ketgan odamlarni ham bilamiz. Afsuski bu holat Hindistonda 2 barobar ayanchliroq.

Mendan yaxshi kino taqrizchi chiqadi deb o'ylamayman, lekin umumiy xulosa berib ketishim mumkin. 4 ta asosiy qahramon, har xil qiyinchliklar tufayli Angliyaga viza olib ketishga urinishadi, lekin agentliklar ularni "chuv" tushurib, soqqani olib quyonni rasmini chizishadi. Keyin ular IELTS olib talabalik vizasi bilan Angliyaga ketishga harakat qilishadi. Lekin afsus, bu ham ish bermaydi. Keyin ular noqonuniy yo'l bilan, "Dunki" yo'li bilan chegaralarni kesib o'tishga kirishadi.

O'rmonlardan, suv ostidan, cho'llardan o'tishadi, mashina bagajlarida, truck larda yashirinib o'tishadi. Lekin chegarada ularning 3 tasini harbiylar otib tashlaydi.
Birgina Angliyaga borib, ishlab pul topib ota-onasini, oilasini nochorlikdan qutqarish orzusi 3 ta o'smirni juda daxshatli ahvolga soladi. Va Angliyaga borganida, ular orzu qilgan Angliya mutlaqo boshqacha ekanligini tushunishadi. Lekin hammasi kech bo'ladi. Yaxshisi davomini filmni tomosha qilib bilib oling, "Dunki" filmning nomi.

Bu film - globallashishini istayman judayam. Hamma ko'rishi kerak, butun dunyodagi migratsiyani orzu qiladiganlar.
Viza olish protseduralarini murakkablashishi - oddiy xalq uchun, orzumand xalq uchun falokatli yakunlanayotganligini ma'sullar ham bilishi kerak. Chunki bularning bari ko'z o'ngimizda sodir bo'layotgan voqealar.

Subyektivni shu haqidagi hujjatli filmini ko'rib chiqqandim qachonlardir. Ko'pchilik auditoriyaga yaxshi yetib bormagandi. Lekin, aynan shu haqida hamma bilishi kerak, minglab odamlar "refugee camp" larda yashayapti, boshpanasiz, yuzlab bolalar yo'lda halok bo'lishyapti, ozuqasiz, yoki kasallik tufayli.

Ko'chib borgan tinch aholi boshqa mamlakatda o'qqa tutiladi, diskriminatsiya qilinadi, irqchilik bilan
yomon qarashadi.

Hech qayer - hechkimniki emas.
Yer sayyorasi butunligicha barchamizniki.
Hamma joyda tenglik, insoniylikni ta'minlash uchun birga kurashishni targ'ib qilaman va shu uchun tinmay harakat qilaman. Yo'q deysizmi, millatchilar O'zbekistonda? Ehh.

Xullas, filmni ko'ring va shu post kommentariyasida fikrlarigizni kutaman.

@yupiterlik

Читать полностью…

Yupiterlik Markayeva

Javob bergan hammaga rahmat! ❤️🙌

Ijtimoiy muloqotga kirishuvchanligingizni oshirib borasiz bunday savollarga javob berish orqali, va saqlab qo'ying o'zingiz uchun, suhbatlarni qiziqarli qilib davom ettirishingizga shunday savollar yordam beradi🙃

Читать полностью…
Subscribe to a channel