Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar/ Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi AQShda bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi
Xabar berganimizdek, O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi AQShga safari davomida Silikon vodiysidagi nufuzli kompaniyalar va universitetlar bilan mamlakatimiz yoshlari uchun manfaatli samarali uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqotlar nafaqat bilim almashinuvi, balki kelajakdagi yirik tashabbuslarga asos bo‘ladigan kelishuvlar bilan yakunlandi.
✅“500 Global” kompaniyasining dastur menejeri Ella Shukho bilan muloqot davomida Yevrosiyo mintaqasidagi faoliyat, O‘zbekistondagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari va venchur kompaniyalar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Natijada, “Yoshlar Ventures” va “500 Global” o‘rtasida strategik aloqalarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.
✅“Silkroad Innovation Hub” kompaniyasi Markaziy Osiyo uchun mo‘ljallangan “Silikon vodiysi amaliyot dasturi”ni taqdim etdi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari o‘rtasida startaplar chempionati o‘tkazilib, g‘oliblar Kaliforniyada 1 oylik maxsus dasturda ishtirok etadi. Delegatsiya ushbu tashabbusni takomillashtirish bo‘yicha takliflar berdi.
✅Stanford universitetida, taniqli olim va “Venture Mindset” kitobi muallifi Ilya Strebulayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. U O‘zbekistondagi startaplar rivoji va venchur fondlar ekotizimi bo‘yicha qimmatli maslahatlar berdi.
✅Safarning yakuniy nuqtasi — “Plug and Play” kompaniyasi bo‘ldi. Kompaniya asoschisi Saed Amini va vitse-prezident Emeri Han bilan uchrashuvda kompaniyaning global muvaffaqiyatlari, O‘zbekistondagi filial faoliyati hamda “Yoshlar Ventures” bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. E.Hanning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan kelishuvga erishildi.
🤝Mazkur uchrashuvlar yoshlar tashabbuslarini global darajaga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
#NyuYork #Koliforniya
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️Bugun final!
U-17 Osiyo kubogida finalida O’zbekiston milliy terma jamoamiz bugun Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi. Mazkur o’yin “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.
🇺🇿Olg‘a, O‘zbekiston!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️Dunyoning eng nufuzli universitetlari O‘zbekiston yoshlari uchun o‘z eshiklarini ochmoqda – bu esa hali boshlanishi!
Do‘stlaringiz orasida dunyoning TOP universitetlariga qabul qilinganlar bormi?
@alisher_sadullaev
O‘zbekiston yoshlari Minerva universiteti tajribasini o‘rganmoqda: innovatsion ta’lim sari yana bir qadam
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasining AQSh safaridagi muhim bosqichlardan biri San-Fransiskoda joylashgan Minerva universitetiga tashrifi bo‘ldi. Dunyoning eng innovatsion oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan ushbu universitet bilan uchrashuv mamlakatimiz oliy ta’lim tizimining global standartlarga moslashtirilish yo‘lidagi navbatdagi qadam sifatida e’tirof etiladi.
So‘nggi uch yil mobaynida (2022–2024) innovatsion yondashuvi bilan dunyo miqyosida tan olingan Minerva universiteti o‘zining startaplarni rivojlantirish, zamonaviy o‘quv uslublari va venchur moliyalashtirishdagi muvaffaqiyatli tajribasi bilan ajralib turadi. Universitet asoschisi va rektori Ben Nelson bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdа aynan shu tajribalarni O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga moslashtirish masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiya a’zolari Minervaning ta’lim modelidan ilhomlanib, mamlakatimizda ham startap ekotizimini mustahkamlovchi va talabalarga amaliy bilim berishga yo‘naltirilgan dasturlarni joriy etish zarurligini ta’kidladi. Bu esa nafaqat innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, balki ilm-fan bilan biznes o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish imkonini beradi.
Uchrashuv yakunida Ben Nelson O‘zbekistonga taklif etildi va bu taklif iliq qabul qilindi. Bu tashrif Minerva bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek, xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish uchun muhim platforma bo‘lishi mumkin.
Xulosa: O‘zbekiston yoshlarining Minerva tajribasini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi mamlakatimizda innovatsion ta’limga bo‘lgan ehtiyoj ortayotganini ko‘rsatadi. Uzoq muddatli istiqbolda bunday tashabbuslar global bilim maydoniga integratsiyalashuvning asosiy omillaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
“Besh tashabbus paralimpiadasi”ning yangi mavsumiga start berildi
🖐Bugun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining 2025-yilgi mavsumiga start berildi.
Ochilish marosimda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Sport tashkilotlari faxriylar kengashi rahbariyati ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning ushbu mavsumida 79 ming nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etish uchun ariza topshirgan.
#Beshtashabbusparalimpiadasi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
O‘zbekiston – Coursera: Raqamli ko‘nikmalar va global ta’lim imkoniyatlari yo‘lida
🇺🇿🇺🇸AQShga xizmat safari doirasida O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi Kaliforniya shtatining Palo Alto shahrida joylashgan, dunyodagi yetakchi onlayn ta’lim platformalaridan biri — Coursera Inc kompaniyasi vakillari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot Coursera’ning Enterprise yo‘nalishi bo‘yicha vitse-prezidenti Karine Allouche Salanon bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston yoshlarini global raqamli bilimlar tizimiga integratsiya qilish, zamonaviy ko‘nikmalarni rivojlantirish, onlayn kurslar orqali kasbiy malaka va raqobatbardoshlikni oshirish, ta’limni mehnat bozori talablariga uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.
🤝Tomonlar O‘zbekiston va Coursera o‘rtasida ta’lim sohasidagi strategik hamkorlikni kuchaytirish, yoshlarni sifatli ta’lim resurslariga jalb etish hamda ularning bandligini ta’minlash yuzasidan fikr almashdi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT ta’lim uyushmasi tomonidan Coursera bilan hamkorlikda yoshlar uchun manfaatli loyihalar samarali amalga oshirilmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Bugun 🇺🇿O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 🇰🇵KXDRga qarshi o‘ynaydi
Saudiya Arabistonida davom etayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Bugun, 17-aprel kuni O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yarim finalda KXDR (Koreya Xalq Demokratik Respublikasi)ga qarshi maydonga tushadi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:15 da boshlanadi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
“Yoshlar ovozi” gazetasining navbatdagi soni bilan tanishing
🗞 Gazetaning bu galgi sonida:
🟢Yoshlar siyosati xalqaro maydonda;
🟢Kelajak muhandislari;
🟢Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi yig‘ilishi;
🟢Yashil tashabbus;
🟢Muammoli yoshlar bilan ishlash;
🟢O‘zbek talabasi xalqaro tanlov g‘olibi.
✏️Eslatib o‘tamiz, dolzarb masalalar, tashabbuslar yoki yangiliklarni “Yoshlar ovozi” sahifalarida chop etish imkoniyati mavjud! Taklif va tashabbuslaringizni @yoshlarovozigazetasibot’ga yuborishingiz mumkin!
Gazetaning yangi sonini ushbu havola orqali 📥 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilishingiz mumkin!
#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
YuNESKO Yoshlar forumi – endi Samarqandda!
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston delegatsiyasi AQSHga tashrifi davomida YuNESKOning Nyu-Yorkdagi vakolatxonasi rahbari Elliot Minchenberg bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda joriy yilning oktyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan YuNESKOning 43-sessiyasi doirasida tashkil etiladigan 14-YuNESKO Yoshlar forumi yuzasidan fikr almashildi.
Quvonarlisi, YuNESKO O‘zbekistonni bunday yuksak ishonch va mas’uliyat bilan tabriklab, forumni hamkorlikda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Dunyoning 150 ga yaqin mamlakatidan yoshlar siyosati yetakchilari va innovatsion fikrlovchi yoshlar ishtirok etadigan ushbu forum — O‘zbekiston yoshlari uchun xalqaro sahnada o‘z ovozini eshittirish, hamkorlik va tajriba almashish uchun noyob imkoniyatdir.
⚡️Endi butun dunyo yoshlari diqqat markazida bo‘lgan forum Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
#NyuYork #ECOSOC #YuNESKO2025
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston yoshlari BMT minbarida: inklyuziv va sog‘lom kelajak sari!
Nyu-York shahrida o‘tayotgan BMTning Yoshlar Forumi (ECOSOC) doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z taqdimotini o‘tkazdi. Unda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston yoshlari nomidan nutq so‘zladi.
Nutq davomida A.Sa’dullayev bugungi kunda yoshlar duch kelayotgan muammolarni bartaraf etishda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va ijodiy iqtisodiyot imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligi, bu borada davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy jamg‘arma tashkil etilgani haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, forum ishtirokchilarini raqamli savodxonlikni oshirish, yoshlar ta’limiga sarmoyani kengaytirish va inklyuziv makonlar yaratishga chaqirdi.
Alohida ta’kidlash joizki, jahon hamjamiyati mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va berilayotgan e’tiborni yuksak e’tirof etdi.
📹Panel muhokamasidagi to‘liq nutqni e’tiboringizga havola etamiz!
#NyuYork #ECOSOC
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇸Ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan BMTning Yoshlar Forumini (ECOSOC) jonli efirda kuzatishingiz mumkin!
E’tiborli jihati, 200 ga yaqin mamlakatlar ichida O‘zbekiston yoshlariga BMT tomonidan birinchi bo‘lib taqdimot qilish imkoniyati beriladi.
https://webtv.un.org/en/asset/k12/k129ipdvfc
🇺🇸Xorijdagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot!
Nyu-York shahridagi uchrashuvlar davom etmoqda. Agentlik direktori A.Sa’dullayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari va IVY League (Pechak ligasi) universitetlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda texnologiya, ta’lim, iqtisodiyot, tibbiyot kabi dolzarb yo‘nalishlarda fikr almashildi, taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Ayniqsa, “El-yurt umidi” stipendiati, Nyu-Yorkda tahsil olayotgan qoraqalpog‘istonlik Gulhumor Jaxsilikovaning hikoyasi – chekka qishloqdan boshlangan yo‘li, orzulari va jasorati bugungi islohotlar samarasi sifatida e’tirof etildi.
Shuningdek, BMT Bosh qarorgohi huzuridagi Xalqaro savdo markazida (ITC) faoliyat yuritayotgan Diyora Shukurova ham yoshlarimizning xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor namoyon etdi.
🤝Nyu-Yorkdagi bu samimiy uchrashuv yangi rejalar va xalqaro loyihalar uchun mustahkam zamin bo‘ldi.
📹Tez orada uchrashuv jarayonlaridan video lavhalar ulashamiz!
#NyuYork #ECOSOC
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Xabar berganimizdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-York shahridagi BMT Bosh qarorgohiga yetib keldi. Kun tartibidagi uchrashuvlar boshlanmoqda.
Forum doirasida Agentlik direktori A.Sa’dullayev boshchiligidagi delegatsiya BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Dengiz imkoniyati cheklangan davlatlar bo‘yicha Oliy vakil Fatima Rabab bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanish tendensiyalari, Toshkent shahrida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida tashkil etilgan “Dengizga chiqish imkoniyati cheklangan, rivojlanayotgan davlatlarda oziq-ovqat xavfsizligi va Barqaror rivojlanish maqsadlari” xalqaro forumining ahamiyati, shuningdek, kelgusidagi yuqori darajadagi tadbirlar va loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, Turkmanistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Dengizga chiqish imkoniyati cheklangan rivojlanayotgan davlatlarning 3-Konferensiyasi” doirasida yoshlar forumini tashkil etish hamda 2025-yil may oyida o‘tkaziladigan Raqamli yashil tashabbuslar Global yoshlar forumida Fatima Rababning ishtiroki yuzasidan ijobiy kelishuvga erishildi.
#NyuYork #ECOSOC
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Prokuror kubogi” uchun kurash musobaqasining mahalla bosqichi start olmoqda!
Quyidagi havolalar orqali musobaqaning mahalla bosqichi o‘tkazilish manzillari va vaqti bilan tanishishingiz mumkin:
1. Qoraqalpog'iston Respublikasi;
2. Andijon viloyati;
3. Buxoro viloyati;
4. Farg’ona viloyati;
5. Jizzax viloyati;
6. Namangan viloyati;
7. Navoiy viloyati;
8. Qashqadaryo viloyati;
9. Samarqand viloyati;
10. Sirdaryo viloyati;
11. Surxondaryo viloyati;
12. Toshkent viloyati;
13. Toshkent shahri;
14. Xorazm viloyati;
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Yoshlar siyosati xalqaro maydonda
🇺🇿🇺🇸Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi delegatsiya 13-18-aprel kunlari AQShda bo‘lib o‘tadigan BMTning Yoshlar Forumida (ECOSOC) ishtirok etadi. Forumda O‘zbekistonda yoshlar siyosati sohasida olib borilayotgan ishlar haqida taqdimotlar o‘tkaziladi.
Shuningdek, AQSHdagi vatandoshlar va “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan muloqot ham reja qilingan.
Bundan tashqari, Kaliforniyada joylashgan Kremniy vodiysida faoliyat yuritayotgan yosh vatandoshlar, startap egalari bilan uchrashuvlar hamda Stanford universiteti bilan hamkorlik loyihalarini muhokama qilish ham rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 14-fevral kuni davlat rahbarining yoshlar bilan ochiq muloqotida juda ko‘plab yangi imkoniyat va tashabbuslar yangradi. Bunda xorijda ta’lim olayotgan yoshlarga e’tibor va “El-yurt umidi” jamg‘armasining kvotalarini oshirish kabi bir qancha masalalarga ham urg‘u berilgandi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🏆 U-17 Osiyo kubogi finalida tarix yozildi!
🇺🇿O‘zbekiston yoshlar milliy terma jamoasi hal qiluvchi bahsda 🇸🇦Saudiya Arabistoni ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi!
Bu oddiy natija emas — bu qat’iyat, jamoaviy ruh va Vatan sha’ni uchun maydonda jon kuydirgan yigitlarimizning tarixiy zafari!
👏Barakalla, yigitlar!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Euronews Nodirbek Abdusattorov haqida maxsus reportaj tayyorladi!
Yevropaning mashhur axborot agentligi Euronews o‘zbek grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov haqidagi maxsus reportajni e’lon qildi. Unda Nodirbekning shaxmatdagi yutuqlari, yoshligidan boshlangan iqtidori va xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari yoritilgan.
🇺🇿Dunyo shaxmat sahnasida O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan Nodirbek – yosh avlod uchun chinakam ilhom manbai!
Reportajni tomosha qiling va o‘z fikrlaringizni izohlarda qoldiring!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim!
Bugun Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida maktab o‘quvchilari uchun “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari hamda o‘qituvchilar o‘rtasidagi “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostidagi sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mas’ullari hamda viloyat studiyalaridan respublikamizdagi 208 ta tuman (shahar) umumta’lim maktablari jamoalari ishtirok etdi.
🚀 “RIVOJLAN!” MEGA MARAFONI
Yoshlar uchun yana bir yangi loyiha! Uydan chiqmagan holda onlayn bilim va amaliy tajriba to‘plash, xalqaro grant va stipendiya olgan tengdoshlaringiz bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati bir haftalik marafonda.
✅Joriy yilning 20–27‑aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan marafon davomida sizni:
✅️xalqaro grant sohiblari bilan jonli suhbatlar;
✅️tajribali mutaxassislarning amaliy master‑klasslari;
✅️faqat ishtirokchilarga mo‘ljallangan eksklyuziv maslahatlar kutmoqda.
Manzil: Qizlar ovozi telegram kanali
⚡️Marafonda qatnashing, bebaho bilimlarga qo‘shimcha ravishda 50 ta ajoyib sovg‘a yutib olish imkoniga ega bo‘lasiz, marafonni to‘liq tamomlaganlarga esa rasmiy sertifikat topshiriladi!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali
Toshkent shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali 5 000 dan ortiq yoshni bir joyga jamladi.
Festival doirasida 11 ta musobaqa va 10 ga yaqin seminarlar bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar tomonidan yaratilgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va muhandislik ishlanmalari namoyish etildi.
Tadbir yosh muhandislarga tajriba almashish va yangi loyihalarni boshlash uchun mustahkam maydon bo‘ldi. G‘olib ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
“Yoshlar banki” tashabbusi amalda!
🇺🇿Joriy yilning 14-fevralidagi Prezidentimizning yoshlar bilan ochiq muloqoti chinakam tarixiy voqea bo‘ldi, deyish mumkin. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan takliflar, tashabbus va yangi qarorlar millionlab yoshlarning hayoti o‘zgarishiga, o‘z biznesi va doimiy daromadi bo‘lishiga zamin yaratmoqda.
Ayniqsa, Aloqabankning “Yoshlar banki” sifatida e’tirof etilishi, davlat tomonidan yoshlarga bildirilgan ulkan ishonch namunasi bo‘ldi.
Bugun Toshkent viloyatida “Biznesga birinchi qadam” loyihasi doirasida 14 nafar yoshga umumiy qiymati 1,5 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kredit vaucherlari topshirildi. Yoshlar taqdim etgan biznes rejalar asosida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ta’lim, va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida 50 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇳🇺🇿AQShda bo‘lib o‘tayotgan ECOSOC Yoshlar forumi doirasida Agentlik direktori A.Sa’dullayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer bilan uchrashuv o‘tkazdi.
⠀
Ko‘tarinki va iliq ruhda o‘tgan suhbatda F. Paulliyer O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida yoshlar siyosati bo‘yicha haqiqiy namuna sifatida ajralib turganini ta’kidladi.
⠀
Xususan, BMTning “Yoshlar strategiyasi — 2030” doirasida O‘zbekiston dunyoning eng ilg‘or 10 mamlakati qatoridan joy olgani, “Kelajak pakti” tashabbusining mintaqada aynan O‘zbekistonda namuna sifatida yo‘lga qo‘yilgani alohida e’tirof etildi.
⠀
Shu yil 15-may kuni Felipe Paulliyer Orolbo‘yi mintaqasida bo‘lib o‘tadigan Raqamli “yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivalida ishtirok etishini ma’lum qildi.
⠀
🤝Tashrif davomida BMT va O‘zbekiston o‘rtasida yoshlar siyosati yo‘nalishida qator yangi tashabbuslar va hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.
#NyuYork #ECOSOC #BMT
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Yangi pilot loyiha: Mahalladagi yoshlar markazi
BMT, BMT Taraqqiyot dasturi, Unicef, “Yuksalish” harakati, Shveysariya rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida yangi loyihaga qo‘l urildi.
Pilot loyihaning birinchisi – Shahrisabz shahridagi “Zingiron” mahallasida “Yoshlar markazi” ish boshladi. Mazkur loyiha yoshlar taraqqiyotiga jamoaviy yondashuvning yaqqol namunasi bo‘ldi.
Yoshlar innovatsion markazida 14–30 yoshli o‘g‘il-qizlarni raqamli texnologiyalar, tadbirkorlik, xorijiy tillar, psixologiya, jamoaviy faollik, kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatiladi. “Yoshlar bilan birga” tamoyili asosida zamonaviy menejment asoslari bo‘yicha ta’lim beriladi.
2028-yilgacha markazda 8 ming nafar yosh mahalliy boshqaruv jarayonlarida ishtirok etishi, 2 ming nafari esa zamonaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi rejalashtirilgan.
Ushbu markaz kelgusida mamlakatimizning boshqa hududlarida ham tashkil qilish uchun namuna bo‘ladi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
16-aprel — O‘zbekiston bolalar tashkiloti tashkil topgan kun!
🇺🇿Bugun, Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston bolalar tashkiloti uchun muhim sana. Ushbu tashkilot farzandlarimizning orzulari, iste’dodi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim platformaga aylanib ulgurdi.
📹Videoni tomosha qiling va tengdoshlaringizga ulashing!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida xalq saylida ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari tantanali tadbirda so‘zga chiqib, Yangi Andijonga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi.
#Mirziyoyev #safar #Andijon #sayil
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇸Nyu-York shahrida O‘zbekiston delegatsiyasining navbatdagi manzili — startap ekotizimidagi ilg‘or amaliyotlari bilan mashhur “Starta Ventures” kompaniyasi bo‘ldi.
Tashrif davomida AQShda startap va texnologiyalar sohasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, jumladan, Nyu-York meriyasi tomonidan yaratilgan imkoniyatlar chuqur o‘rganildi. Ayniqsa, 60 mingga yaqin texnologik kompaniya va startaplarni birlashtirgan “NY Tech Alliance” tashkiloti direktori Doug Binnet bilan o‘tkazilgan muloqot yoshlarimiz uchun xalqaro tajribani o‘zlashtirish borasida muhim qadam bo‘ldi.
Shuningdek, “The FedCap” tashkiloti vitse-prezidenti Jim Malatras bilan AQShda ta’lim va fan yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ishlari bilan tanishildi.
🤝Uchrashuvlar yakunida “Yoshlar Ventures”, “Starta Ventures” va “NY Tech Alliance” o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Bu esa texnologik rivojlanishga qiziqqan o‘zbekistonlik yoshlar uchun yangi imkoniyatlar, tajriba almashuvi va mutaxassislarni jalb qilish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.
Bizni kuzatishda davom eting. Jarayonlarda qisqa roliklar ulashamiz!
#NyuYork #ECOSOC
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Qizlar uchun yilning eng qaynoq yangiligi!
⚡️AI GIRLS BOOTCAMP — 28-apreldan 3-maygacha tog’ bag’ridagi maqsadli 5 kun!
Xotiz-qizlarimiz uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan AI Girls Bootcamp — bu IT, marketing va dizayn yo‘nalishlarida rivojlanishni istaganlar uchun unutilmas imkoniyat!
3 ta yo‘nalish, 1 ta maqsad — kuchli qizlar jamoasini yaratish:
💬Marketing — SMM, targeting va kontent yaratish asoslari
💬Kreativ dizayn — storytelling, grafik dizayn, kreativ fikrlash
💬Dasturlash — HTML/CSS, Python, JavaScript, mobil ilovalar
Batafsil: 👇👇👇
Bootcamp qayerda bo’ladi?
Bo’stonliq tumani “Yoshlar oromgohi” — tabiat quchog‘ida, toza havoda, ilhomga to‘la muhitda o‘tadi!
📅 Qachon? 28-aprel – 3-may kunlari
❓Nega aynan AI Girls Bootcamp?
✔️ Mentorlar bilan jonli suhbatlar va master-klasslar
✔️ Portfolio uchun real loyiha
✔️ Sertifikat va amaliyot haqida rasmiy hujjat
✔️ Psixolog, motivator va nutq ustalari bilan sessiyalar
✔️ AI Hackathon – eng yaxshi jamoa g‘olib bo‘ladi!
✔️ Eng faol ishtirokchilar Qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
🙋♀️Talablar: 18–30 yosh oralig‘ida bo’lish, shaxsiy noutbuk va tanlangan yo‘nalish bo‘yicha boshlang‘ich tushuncha.
📴Yana qanday imkoniyatlar bor?
— Bootcamp mutlaqo tekin!
— Barcha xarajatlar: yo‘lkira (Toshkent ichida), yotoq, ovqatlanish — hammasi qoplanadi
— Viloyatliklar faqat Toshkentgacha bo‘lgan yo‘l xarajatini o‘zlari qoplaydi. (Qatnashchilar Toshkent shahridan oromgohgacha olib borilib, Bootcampdan so’ng Toshkentga yana olib kelinadi)
ECOSOC — BMTning Yoshlar Forumi haqida bilasizmi?
🇺🇸Bugungi kunda xalqaro siyosiy jarayonlarda yoshlarning ishtiroki asosiy zaruratga aylangan. “ECOSOC Youth Forum” esa aynan mana shu ishtirokni rasmiy darajaga olib chiqadigan eng muhim maydonlardan biridir. Forum davomida ilgari surilgan tavsiyalar BMTdagi boshqa yirik siyosiy jarayonlar, xususan, High-Level Political Forum va World Social Summitga yo‘naltiriladi.
Dunyo yoshlarining kelajagi haqida muhim qarorlar muhokama qilinadigan ushbu nufuzli forum har yili BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (ECOSOC) tomonidan tashkil etiladi. Mazkur forum yoshlarni barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) doirasida faol ishtirok etishga undaydi.
Forumning asosiy maqsadi — yoshlarning 2030-yilgacha dunyoni yaxshilashga qaratilgan rejalar (ya’ni Barqaror Rivojlanish Maqsadlari) bo‘yicha o‘z fikr va g‘oyalarini xalqaro miqyosda bildirishlari hamda BMT qarorlariga ta’sir ko‘rsatishi uchun imkoniyat yaratishdir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil mazkur forumda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etadi. Forumda mamlakatimiz yoshlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida taqdimotlar o‘tkaziladi.
🇺🇿O‘zbekiston delegatsiyasi 2018-yildan beri mazkur forumda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Bu esa davlatimiz rahbarining yoshlarga bo‘lgan e’tibori, mamlakatimizning xalqaro miqyosda tan olinayotgani va jahon hamjamiyatidagi nufuzining ortib borayotganidan darak beradi.
#NyuYork #ECOSOC
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🏆Yoshlar yetakchilari TOP-100 reytingi!
✅2025-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, mahalla yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda eng faol va tashabbuskor yoshlar yetakchilari aniqlanib, TOP-100 reytingi shakllantirildi.
Ushbu yoshlar yetakchilari o‘z mahallalarida yoshlarni ijtimoiy faollikka undash, ularning muammolarini hal qilish, tashabbuslarini amalga oshirish va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash orqali butun mamlakatimizga namuna bo‘lib kelmoqda.
👏Yoshlar ishlari agentligi aynan mana shunday fidoyi, faol va tashabbuskor yetakchilarga ega ekanligidan faxrlanadi!
#Yetakchilar #TOPreyting
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Bolalar uchun tavsiya etiladigan eng yaxshi adabiyotlar
📚Ko‘pchilik ota-onalar farzandlariga yoshiga mos kitob tanlashda qiynaladi. Shu sababli, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan mutaxassislar ishtirokida 7-10, 11-14 va 15-18 yoshli bolalar uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi.
Ro‘yxatdan jahon va o‘zbek adabiyotining bolalarga mo‘ljallangan eng sara asarlari o‘rin olgan. Ushbu adabiyotlarni kitob do‘konlari va “Mutolaa” ilovasida elektron va audio formatda topish mumkin.
Farzandingizga munosib kitob tanlash vaqti keldi!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt