Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar/ Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Mahalla yoshlari millionlar o‘yinida kuch sinashmoqda
⚽️Futbol bugun millionlab insonlarning sevimli o‘yini bo‘lishi bilan birga, mahalla yoshlari uchun o‘z ustida ishlash, jismoniy va ruhiy salohiyatini sinovdan o‘tkazish imkonini beruvchi katta maydondir.
🇺🇿Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi DXX kubogi musobaqalari yoshlar salohiyatini ochib beruvchi muhim sport loyihalaridan biridir.
📹Jarayonlar Toshkent viloyatining Olmaliq shahridan.
#Beshtashabbusolimpiadasi #DXXkubogi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Yashil tashabbus — yashil kelajak!
🌱Yoshlar ishlari agentligi va “Bahor gullari” kompaniyasi hamkorligida keng jamoatchilik uchun “Yashil tashabbuslar” ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada noyob o‘simliklar, turli xil daraxt ko‘chatlari, yashil energiya loyihalari hamda ekologik mahorat darslari namoyish etildi.
Tadbirning eng e’tiborga molik jihatlaridan biri — yosh tadbirkor Sanjarbek Maxsudov tomonidan “Yoshlar yashil bog‘lari” loyihasini yanada kengaytirish maqsadida 2000 dona daraxt ko‘chatining sovg‘a qilinishi bo‘ldi.
Yoshlar ishlari agentligi nomidan ushbu tashabbusni ilgari surgan Sanjarbek Maxsudovga minnatdorchilik bildiramiz!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️“Yoshlar va talabalar” festivali
Surxondaryo viloyatida yoshlar uchun yuksak raqobat va iste’dod uyg‘unligida “Yoshlar va talabalar” festivali bo‘lib o‘tdi. Festival doirasida 5 mingga yaqin yoshlar sport musobaqalari va turli tanlovlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratlarini namoyon qilishdi.
📹Festivalning eng qiziqarli lahzalari maxsus videorolikda
#YoshlarFestival #Surxondaryo
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
O‘zbekiston yoshlari dunyo nigohida!
Shu kunlarda yurtimiz nufuzli xalqaro tadbirlarga mezbonlik qilmoqda. Jumladan, poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida 140 ga yaqin davlatdan 105 nafar parlament yetakchilari, 2000 dan ortiq parlament a’zolari va 50 ta xalqaro tashkilot delegatlari ishtirok etdi.
Bugun esa Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti sog‘liq xavfsizligi departamenti direktori Dr. Stella Chungong Agentlik direktori A.Sa’dullayev hamrohligida poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyi majmuasiga tashrif buyurdi. Xorijiy mehmonlar yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, ayniqsa eng ommabop loyihalar bilan yaqindan tanishib, ushbu tashabbuslarni iliq fikrlar bilan e’tirof etdilar. Uchrashuv davomida janob Martin Chungong “Kulolchilik akademiyasi”ga tashrif buyurib, yoshlar bilan birga amaliy jarayonda ishtirok etdi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🗞 Yangiliklar dunyosidan xabardor bo‘ling
✏️“Yoshlar ovozi”ning gazetasining navbatdagi sonidan qanday maqolalar o‘rin olgan?
🟢“Yosh kitobxon” mukofot qiymati oshib bormoqda;
🟢Bitiruvchilar bandligi muammosi;
🟢O‘zbekistonning global siyosatdagi faol ishtiroki;
🟢35 ta mahalla DXX kubogi uchun kurashga kirishdi;
🟢Toshkent viloyatidan 600 nafar yosh Germaniyaga jo‘natildi.
📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish
Ha aytgancha, maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Saida Mirziyoyeva bilan 6 kun
Biz odatda kameralar yoqilgandan keyingi voqealarni ko‘ramiz. Ungacha bo‘lgan jarayon, mehnat va mas’uliyat esa ko‘zga tashlanmaydi.
Nutqlarni tinglaymiz, ammo ularning yozilishi va ustidan ishlanishi mashaqqatini his etmaymiz.
Tadbirlar va uchrashuvlarni tomosha qilamiz, lekin tayyorgarlik jarayoni va katta jamoaning mehnati bizga ko‘rinmaydi.
Mana bu video aslida hammasi boshqacha ekanini ko‘rsatibdi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
“Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqalariga start berildi
⭐️Bugun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi Raisi lavozimiga Ichki ishlar vaziri Tashpulatov Aziz Anvarovich saylandi. Bundan tashqari, konferensiya davomida hududiy federatsiyaning bo‘limlari raisligiga nomzodlar tayinlandi.
🖐Shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sportning voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqalariga tantanali start berildi.
#Beshtashabbusolimpiadasi #Voleybol
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚔️Bugun, 9-aprel, o‘zbek xalqining g‘ururi, adolat timsoli bo‘lgan buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga 689 yil to‘ldi
“Kuch adolatda!” degan shiorni hayotiy tamoyiliga aylantirgan Sohibqiron bobomiz nafaqat yurtimiz tarixida, balki butun dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotida chuqur iz qoldirgan. Ilm-fan, madaniyat va adolatli boshqaruv Amir Temur davrining asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan. U yoshlarni har doim bilim olishga, jasoratli va vatanparvar bo‘lishga undagan.
Biz, yoshlar, buyuk ajdodlarimiz merosiga munosib bo‘lish uchun doimo intilishda bo‘lishimiz, bilimga chanqoq, tashabbuskor va sog‘lom g‘oyalarni ilgari suruvchi avlod bo‘lishimiz kerak.
Shijoat sinovlari boshlandi! Mahallangiz sha’nini himoya qilishga tayyormisiz?
🇺🇿Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi yoshlarimizda milliy g‘urur, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida yurtimiz bo‘ylab start oldi.
Yurtimizning mard va jasoratli o‘g‘il-qizlari, ushbu tanlovlarda faol ishtirok eting!
Yoshlar siyosati tizimidagi faol xotin-qizlar e’tirof etildi
🇺🇿Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynab kelayotgan Yoshlar ishlari agentligi tizimida 1000 dan ortiq xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda.
Ular orasidan eng faol 36 nafar xotin-qizning oliy ta’lim muassasalaridagi to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi.
Bu albatta davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz xotin-qizlariga qaratilayotgan e’tibor va ishonchning yaqqol namunasidir!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Yoshlar kelajakka ishonch va umid bilan qarashmoqda
🇺🇿Davlatimiz rahbari boshchiligida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Samarqand iqlim forumi” doirasida bir qator yuqori darajadagi sessiyalar tashkil etildi.
Jumladan, “Yoshlar kelajakka ishonch va umid bilan qarashmoqda” sessiyasida Markaziy Osiyo va Turkiy mamlakatlar vazirlari yosh ekologiya faollari bilan iqlim muammolari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. Ushbu muloqot yoshlarga o‘z mamlakatlari va mintaqalarida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar va tashabbuslarni bildirish imkonini yaratdi.
Sessiyada Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Butunjahon yoshlar ofisi va uning qoshida Xalqaro yoshlar qo‘mitasi tuzilgani hamda yoshlarni iqlim harakatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar alohida qayd etildi.
Forum doirasida ilk bor tashkil etilgan COP muzokaralari simulyatsiyasida o‘zbekistonlik 100 ga yaqin eko volontyor yoshlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar xalqaro iqlim bitimlari doirasida siyosiy muzokaralar olib borish jarayonini real vaqt rejimida amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Saida Mirziyoyeva forum ishtirokchilari bilan uchrashib, kelgusi faoliyatlariga omad tiladi.
Shuningdek, sessiya ishtirokchilari 15–18-may kunlari Toshkent shahrida va Orolbo‘yi mintaqasida bo‘lib o‘tadigan Raqamli “Yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivaliga taklif etildi.
#Samarkand2025
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasidagi nutqi
#Mirziyoyev
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Fortepianoning mohir yulduzlari sahnada
🖐Mamlakatimiz bo‘ylab yosh iste’dodlarni kashf etishga xizmat qilayotgan “Mohir fortepianochi” tanlovining sektor bosqichi qizg‘in pallaga kirdi. Tanlovda 3 yosh toifasidagi ishtirokchilar 2 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z mahoratini namoyon etmoqda.
📹Jarayonlar Qashqadaryo viloyatidan.
#Beshtashabbusolimpiadasi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
#1000kitob #1000kitobmaktabi
Yoshlar ishlari agentligining 1000KITOB loyihasi tarjimon va muharrirlar uchun ikki haftalik intensiv maktabni yo‘lga qo‘ymoqda!
Bu yerda siz tajribali ustozlardan ilmiy-ommabop tarjima va tahrir bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar olasiz. Bitiruvchilar 1000KITOB bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Ishtirokchilarga yosh, jins va ish tajribasi bo‘yicha cheklovlar qo‘yilmaydi. Asosiy urg‘u inglizchadan o‘zbekchaga tarjimaga beriladi, lekin boshqa tillardan tarjima qiluvchi mutaxassislar ham ishtirok etishi mumkin.
👉 Ariza topshirish:
Murojaat uchun: @mingkitob_admin
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Yosh kitobxonlarga Prezident sovg‘asi BYD Chazor elektromobillari topshirildi!
📚Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida ”Yosh kitobxon” tanlovining 2024-2025-yilgi mavsum g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eng quvonarli jihati, g‘oliblarning barchasi qizlar! Bu esa qizlarga berilayotgan e’tibor, ularning bilimga chanqoqligi va kitobga bo‘lgan qiziqishi qanchalik ortganligining belgisi.
G‘oliblar bilan tanishing;
• Dilbarxon Haydarova — Toshkent shahar “Bo‘z” mahallasidan 10-14 yosh toifasi g‘olibi. Otasi Bo‘ronov Firuzbek, hisobchi.
• O‘g‘iljayron Xaldurdiyeva — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani “Kaltaminor” mahallasidan 15-19 yosh toifasi g‘olibi. Toshkent shahri O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi. Otasi So‘yunov Abajan, yakka tadbirkor. Dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.
• Maftuna Ochilova — Xorazm viloyati, “Nurli hayot” mahallasidan 20-30 yosh toifasi g‘olibi. Onasi Ochilova Dildora, nafaqada.
👏Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha g‘olib kitobxonlarimizni va ularning ota-onalarini chin yurakdan tabriklaymiz!
Keyingi postlarimizda g‘oliblarimizdan eksklyuziv intervyularni ulashamiz!
#YoshKitobxon
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Firibgarlar sizni qanday aldaydi
‼️Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, telefon qo‘ng‘iroqlari yoki yolg‘on sahifalar orqali odamlarni aldab, pulini yoki shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga urinishlar tobora ko‘paymoqda.
Shunday holatlarni oldini olish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi “Verum Law Firm” advokatlik firmasi bilan hamkorlikda eksklyuziv onlayn seminar tashkil etgan. Spiker tajribali advokat Iqboliddin Ketmonov.
👉Seminar bugun 20:00 da @verumlf_uz telegram sahifasida bo‘lib o‘tadi!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi
🇺🇿Xabaringiz bor, joriy yil 14-fevral kuni davlat rahbari ishtirokida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilgan edi. Ushbu tashabbuslarning huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida 26-mart kuni PF-61-son Prezident farmoni qabul qilinib, tashkilotlar va rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, 60, 61 va 62-son Prezident qarorlari imzolanib, yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir keng ko‘lamli imkoniyatlar yaratildi.
✅Mazkur yo‘nalishlar ijrosi va kelgusidagi rejalarni muhokama qilish maqsadida Mahallalarda yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda vazirlik va idoralar vakillari, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda yoshlar jinoyatchiligini oldini olish, ishsiz yoshlarni rahbarlarga biriktirish, “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalari, “Talabalar bahori” festivali hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga doir masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Innovator yoshlar bilan ochiq muloqot
🇺🇿Joriy yilning 14-fevral kuni davlatimiz rahbari yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan juda ko‘plab tashabbuslarni ilgari surgan edi.
Ayni shu maqsadda Toshkent shahridagi “INNO” Texnopark binosida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev innovator yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘z loyihalarini taqdim etib, innovatsiya sohasida uchrayotgan muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflarini bildirishdi.
Uchrashuvda 20 nafarga yaqin innovator yoshlar o‘z loyihalarini taqdim etdi. Xususan, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish platformalari, quyoshda quritilgan ekologik toza pomidorlarni eksport qilish, maktab o‘quvchilariga harbiy tayyorgarlikni virtual qurilmalar va dasturlar orqali o‘rgatish kabi innovatsion loyihalar taqdim etildi. Muloqot davomida bir qator taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy yechimlar berildi.
#Yoshlaruchrashuvi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿Prezident tashabbusi bilan “yoshlar banki”ga aylantirilgan AloqaBank yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda
AloqaBank tomonidan yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishida “Yoshlar biznesi uchun” imtiyozli krediti e’lon qilindi.
Kredit shartlari:
✅️Yillik foiz stavkasi: 18,0%
Maksimal summa:
✅️O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun – 100 mln so‘mgacha;
✅️Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – 1,5 mlrd so‘mgacha;
✅️Yuridik shaxslar uchun – 5,0 mlrd so‘mgacha.
Mazkur kredit “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yildan oshmagan muddatga beriladi.
⚡️O‘z biznesingizni boshlash yoki kengaytirish niyatidamisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun yoshtadbirkorlar.uz
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️Qizlaringizni o‘qiting, ularga qanot bering!
Shunday shijoatli, bilimdon, ota-onasining, millatning faxri bo‘lgan qanday qahramon qizlarimizni taniysiz?
@alisher_sadullaev
Yoshlarga “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi sovg‘a qilinadi
🇺🇿Ayni vaqtda davlatimiz rahbari raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda bugungi kunga qadar Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga bormagan oilalar ko‘p ekanligi qayd etildi. Shu bois, har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb e’lon qilinadi.
⚡️Shuningdek, yoshlar o‘rtasidagi musobaqa g‘oliblariga “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini sovg‘a qilish yo‘lga qo‘yiladi.
#Mirziyoyev
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Buyuk sarkarda xotirasiga hurmat bajo keltirildi
⚔️Bugun, poytaxtimizdagi “Amir Temur xiyoboni”da buyuk sarkarda bobomiz yodgorligiga hurmat bajo keltirilib, gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿Tadbirda O‘zbekiston yoshlari nomidan Sohibqiron haykali poyiga gulchambar qo‘yildi. Bu nafaqat tarixga bo‘lgan hurmat, balki Temuriylar merosini bugungi avlod qalbida mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
#AmirTemur689
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
“Muhandislik oyligi”ga start berildi
Muhandislik – bu faqatgina texnologiyalar va qurilishdan iborat emas. Bu, avvalo, insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlar, innovatsiyalar va yechimlarni yaratishdir.
Bugungi kunda, dunyo bo‘yicha muvaffaqiyatli davlatlar va ilg‘or kompaniyalar eng avvalo muhandislik va texnologiyalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Muhandislik sohasida bilim olgan yoshlarga ehtiyoj har qachongidan ham katta.
Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning!
#muhandislik_oyligi #yoshlar_akademiyasi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️Yoshlar uchun eng dolzarb mavzular efirda!
Bugun, 8-aprel soat 16:50 da, “Yoshlar” telekanalida “Yoshlar press klubi”ning navbatdagi soni efirga uzatiladi.
🇺🇿Unda davlatimiz rahbarining faol yigit-qizlar bilan uchrashuvida ko‘tarilgan muhim masalalar, taklif va tashabbuslar hamda yoshlar hayotiga bevosita ta’sir qilayotgan yirik loyihalar haqida so‘z boradi.
Yoshlar uchun muhim bo‘lgan mavzularni o‘tkazib yubormang!
#YoshlarPressKlubi #YoshlarTelekanali
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️Bugun premyera!
Bolajonlarimizga ekologik bilim ulashuvchi “Yashil makon” animatsion multseriali haqida ko‘pchilik yaxshi biladi. Biz ushbu multserial qahramonlari orqali daraxtlar, qushlar, suv va havoga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini kichkintoylarga o‘rgatishni maqsad qilganmiz.
Hozirgacha multserialning 4 ta qismi YouTube sahifalarida e’lon qilingan.
1-qism Sarguzashtlar boshlanishi — https://www.youtube.com/watch?v=tLKC0V3_-1k
2-qism Xazonrezgilik — https://www.youtube.com/watch?v=vOdJQTdMTJI
3-qism Eko mashinalar qanday yasaladi? — https://www.youtube.com/watch?v=qD4UGJsi-5g
4-qismni bugun 20:00 da tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=VKv6DWZhMu8
Albatta, bu yangilikni yaqinlaringizga ulashing. Farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va tabiat haqida suhbatlashing!
🇺🇿Prezidentimiz Yoshlar parlamentlari global platformasini tashkil etishni taklif etdi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida yoshlarning parlament faoliyati bilan bir qatorda jamiyat hayotining barcha jabhalarida to‘laqonli ishtirok etishi uchun ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish o‘ta dolzarb masala ekanligini, shu sababli, Parlamentlararo Ittifoq tizimi doirasida Yoshlar parlamentlari global platformasini tashkil etish va uning ta’sis forumini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildilar.
#Mirziyoyev
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Gandbolchi yoshlar tuman-shahar bosqichida bellashadi
🖐 Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun o‘tkazilayotgan gandbol musobaqalarining sektor bosqichlari katta shiddat va kurashlarga boy tarzda o‘tdi.
Ayniqsa, Sirdaryo viloyatining Guliston va Boyovut tumanlarida o‘tgan musobaqa jarayonlarida yoshlarning gandbolga bo‘lgan qiziqishi va faolligini ko‘rishingiz mumkin.
⚡️Eslatib o‘tamiz, 7–8-aprel kunlari respublikamizning barcha hududlarida musobaqaning tuman-shahar bosqichi bo‘lib o‘tadi!
#Beshtashabbusolimpiadasi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Mahalla yoshlari harbiy-sport musobaqasida kuch sinashdi!
🇺🇿Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi mahalla yoshlari uchun nafaqat jismoniy tayyorgarlik sinovi, balki vatanparvarlik, jasorat va jamoaviylik ruhini mustahkamlovchi katta maktabga aylanmoqda.
Kuni kecha, Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida joylashgan harbiy qismda musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. 18-22 yosh toifasidagi o‘g‘il-qizlar 7 ta shart asosida o‘z iqtidor va jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazishdi. Eng kuchli va shijoatli jamoalar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🚀 TopCoach Platformasi taqdimotiga taklif etamiz!
✅Bugun soat 11:00 da Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan Top 100 Uni loyihasining TopCoach platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Taqdimot davomida siz nafaqat platforma haqida batafsil maʼlumot olasiz, balki muvaffaqiyatli insonlarning nutqlarini tinglash va unutilmas sovg‘alarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!
Manzil: Yoshlar ijod saroyi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt