yoshlaragentligi | Unsorted

Telegram-канал yoshlaragentligi - Yoshlar ishlari agentligi

221356

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar/ Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Subscribe to a channel

Yoshlar ishlari agentligi

🇺🇿Prezident sovg‘alari o‘z egalarini kutmoqda!

Bugun, soat 16:00 da, poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlanadi.

📚Uchta yosh toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan yosh kitobxonlarga Prezident sovg‘asi — BYD Chazor elektromobilining kalitlari topshiriladi! Kitobxonlikka qiziqqan barcha bilimdon yoshlarni taklif etamiz!

Manzil: Yoshlar ijod saroyi

Tanlovning yangi mavsumini kutayotganlar bo‘lsa izohlarda ⚡️belgisini qoldiring!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

⚡️Qadrli yoshlar! Karyera yo‘lingizni hozirdanoq boshlashni xohlaysizmi?

Toshkent shahridagi Amity universiteti, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Milliy banki va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida “Job Fair 2025” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini tashkil etmoqda!

🚀Yarmarkada ko‘plab yetakchi kompaniyalar sizni o‘zlarining karyeraviy imkoniyatlari bilan tanishtirish uchun kutmoqda! Tadbir davomida qiziqarli lotereya o‘yinlarida ishtirok etish, qimmatbaho sovg‘alar yutib olish imkoniyati ham taqdim etiladi!

Manzil: Toshkent shahridagi Amity universiteti
Vaqt: 10-aprel, soat 14:00–16:00

Keling, o‘z imkoniyatingizni kashf eting va orzuyingizdagi ishni toping!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🎓Abituriyentlar uchun bahorning asosiy voqeasi — “Ta’lim va Kasb 2025” ko‘rgazmasi

Joriy yilning 21-apreldan 23-maygacha “Ta’lim va Kasb — 2025” XXVII xalqaro ko‘rgazmasi respublikamizning 12 ta hududida bo‘lib o‘tadi. Ko’rgazmada dunyoning 100 dan ortiq nufuzli universitetlari keng formatli ta’lim xizmatlarini taqdim etadi.

➡️ Toshkent 21-22-aprel;
➡️ Samarqand 24-aprel;
➡️ Buxoro 26-aprel;
➡️ Urganch 28-aprel;
➡️ Nukus 30-aprel;
➡️ Navoiy 2-may;
➡️ Farg‘ona 12-may;
➡️ Andijon 14-may;
➡️ Namangan 16-may;
➡️ Jizzax 19-may;
➡️ Qarshi 21-may;
➡️ Termiz 23-may.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar:

🟢yetakchi universitetlar va ularning dasturlari bilan tanishish;
🟢o‘qishga qabul, ta’lim dasturlari, yotoqxona va talabalar hayoti haqida ma’lumot olish;
🟢universitet vakillari bilan o‘qishga qabul tartibi;
🟢bepul ta’lim yoki grant olish tartibi va o‘zlari qiziqqan yo‘nalishdagi universitetlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ko‘rgazma Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda My Fair kompaniyasi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalaridagi bitiruvchi yoshlarning kasb-hunar o‘rganishlariga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilmoqda!


📝 Ko‘rgazmalarga kirish bepul. RO‘YXATDAN O‘TISH

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

O‘zbekistonda kitob o‘qilmaydi(mi)?

Ko‘pchilik yoshlar kitobga qiziqmaydi, O‘zbekistonda kitobxonlik darajasi past deb hisoblaydi. Bu ma’lumot haqiqatga qanchalik mosligi haqida ko‘p o‘ylayman. Yaqinda Asaxiy Books tomonidan o‘tkazilgan yirik aksiya bu fikrga shubha bilan qarashga asos berdi.

Xalq orasida "Kitobga navbatda turmagan xalq, nonga navbatda turadi" degan ibora bor. Ovqatga yoki kiyimga bo‘lgan navbatni ko‘p ko‘rgan edik, ammo bu safar kitob uchun navbatlarga ham guvoh bo‘ldik.

Aksiya o‘tkazilgan vaqtda Asaxiy do‘konlari odamlar bilan to‘lib-toshganini, kitob uchun bir nechta qatorlik uzun navbatlar paydo bo‘lganini kuzatdik. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aksiya davomida 22 367 kishi Asaxiyga tashrif buyurdi va rekord darajada - 132 700 dona kitob sotib olindi. Yanada quvonarlisi shundaki, xaridorlarning 90–95% qismini aynan yoshlar tashkil etdi.

Bu raqamlar faqat aksiyaning muvaffaqiyatini emas, balki jamiyatda kitobga bo‘lgan qiziqish o‘sib borayotganini ham ko‘rsatadi. Asaxiy Books o‘z loyihalari orqali kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, kitobga bo‘lgan ehtiyojni qondirish va yoshlarni bilimga ilhomlantirishga harakat qilmoqda. Bu esa nafaqat kitobxonlik, balki fikrlash madaniyatining ham o‘sishiga xizmat qiladi.

Ijodiy yondashuv va innovatsion fikrlash butun jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va uni uyg‘otishi mumkinligini Asaxiy isbotladi. Loyihaning tashabbuskorligi va kitobxonlik rivojiga qo‘shayotgan hissasidan juda xursandmiz. Asaxiyga chuqur minnatdorlik bildiramiz va bunday loyihalar ommalashishishi uchun doim ko‘makchi bo‘lamiz.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

⚡️Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!

🇺🇿Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

Masalan, endi eng nufuzli 5 ta olimpiadada (IMO — matematika, IBO — biologiya, IChO — kimyo, IPhO — fizika, IOI — informatika) g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagicha mukofot pullari beriladi:

1-o’rin: 937 mln 500 ming so‘m (2500 baravar);

2-o’rin: 562 mln 500 ming so‘m (1500 baravar);

3-o‘rin: 375 mln so‘m (1000 baravar).

#huquqiy_yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Yasminadan navbatdagi Gran-pri

🇺🇿Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yoshlar ovozi — Bo‘zatov FEST” respublika tanlovining 2024-yilgi g‘olibi yana bir bor xalqaro sahnada yurtimiz sha’nini yuksak pog‘onalarga olib chiqdi.

Ushbu tanlov g‘olibi Yasmina Husniddinova Italiyada o‘tkazilgan nufuzli “Sanremo Junior” xalqaro tanlovida qatnashib, 25 ta davlat vakillari o‘rtasida gran-pri mukofotini qo‘lga kiritdi!

Eslatib o‘tamiz, Yasmina Belarus Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda ham gran-pri sohibi bo‘lgan edi.

👏Bu nafaqat Yasmina, balki butun O‘zbekiston yoshlari uchun katta g‘urur!

#YoshlarOvozi #SanremoJunior

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Bek va Loladan “Yomg‘ir yog‘aloq”

Bolajonlarimizning sevimli qahramonlari bu safar “Yomg‘ir yog‘aloq” qo‘shig‘i orqali sizni bolalik xotiralari, bahorning beg‘ubor nafasi va yurakni iliq qiladigan lahzalar sari yetaklaydi.

Bu videoni ko‘rgan kattalar ham yoshlik davrini eslashi aniq. Videoni tomosha qiling va yaqinlaringizga ulashing!

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

📹 https://youtu.be/Qn_dbcrW-cg?feature=shared

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🇺🇿Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

“Qizlar ovozi” klubining Respublika koordinatorlari saylandi!

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yurtimiz bo‘ylab xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini oshirish va tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida “Qizlar ovozi” klubi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Kuni kecha Agentlik binosida “Qizlar ovozi” klubi Respublika koordinatorlarini aniqlash bo‘yicha saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Endilikda ushbu koordinatorlar mamlakatimiz bo‘ylab xotin-qizlar tashabbuslarini rivojlantirish va intellektual salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shadilar.

Batafsil: gov.uz/yoshlar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Futbol bo‘yicha DXX kubogi boshlanmoqda

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi”ning futbol va mini futbol bo’yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalariga aprel oyidan start beriladi.

16 yoshdan – 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogida ishtirok etishlari mumkin.

1 – bosqich. Tuman/shahar saralash musobaqalari: aprel-may oylarida;

2 – bosqich. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari: iyun-iyul oylarida;

3 – bosqich. Respublika final bosqichi musobaqalari: avgust oyida bo‘lib o‘tadi.

#beshtashabbusolimpiadasi #dxxkubogi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida farmoni (PF-61, 26.03.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab 2031-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga quyidagi soliq imtiyozlarini joriy etiladi:

kreativ park rezidentlariga ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to‘lash;

rezidentlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish. Bunda rezidentlar o‘z istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tishlari mumkin.

🔸 xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.

🔸2025-yildan boshlab mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari xorijning nufuzli top-100 talik ro‘yxatiga kirgan oliygohlarda o‘qish imkoniyatini yaratish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi;

🔸“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi;

🔸2025-yil 1-iyundan:
nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o‘n yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;

nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

2025/2026 o‘quv yilidan:
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining namunali kursantlari (talabalari) va tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi.

o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik-ixtirochilik yo‘nalishida olimpiadalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi va g‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar davlat oliy ta’lim muassasalarining olimpiada yo‘nalishiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

🔹Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi, tarbiyaviy va umummilliy qadriyatlarni shakllantiruvchi milliy mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi;

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

✈️ Xorijda ishlashni rejalashtirayotgan yoshlar uchun muhim tavsiyalar!

Bugungi kunda ko‘plab yoshlarimiz chet davlatlarda turli mehnat faoliyatlari bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bilasiz, har bir mamlakatning o‘ziga xos qonun va talablari mavjud.

Ayni shu maqsadda, xorijda ishlash istagida yurgan yoshlar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari haqida O‘zbekiston Migratsiya agentligi tomonidan foydali video-rolik tayyorlandi.

Shuningdek, muammolarni tezkor hal qilish uchun agentlikning 71-202-33-55 va 1282 (qisqa raqam) telefon raqami orqali bog‘lanish mumkin. Xorijdan turib bog‘lanish uchun 24/7 rejimida bepul ishlaydigan telefon raqamlar ro‘yxati mana bu yerda ko‘rsatilgan.

#Ulashing #Repost Xorijda mehnat qilayotgan do‘stlaringiz va yaqinlaringizga yuborib qo‘ying!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

“Qizlar ovozi” loyihasi o‘zining an’anaviy Respublika koordinatorligi uchun saralash bosqichiga start bermoqda!

Ertaga, 28-mart kuni soat 10:00 da, ushbu muhim jarayon Yoshlar ishlari agentligi binosida joylashgan “Yoshlar press klubi”da bo‘lib o‘tadi.

🤝Loyihaga qiziqqan, faol va tashabbuskor barcha xotin-qizlarni ushbu jarayonni bevosita kuzatishga taklif etamiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Prezident sovg’asi o’z egasiga topshirildi

📚 Bugun, Andijon viloyatining Marhamat tumanida “Yosh kitobxon” tanlovi respublika final bosqichining 10-14 yosh toifasidagi g’olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🏆G‘oliblarga Prezident sovg‘asi BYD Chazor elektromobili va pul mukofotlari topshirildi!

#Yoshkitobxon #Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🌾 Yosh fermerlar uchun innovatsion mobil ilova!

O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan yangi mobil ilova bilan fermerlik faoliyatingizni yanada samarali va oson boshqaring!

📱Mobil ilova sizga nimalar beradi?!

💬Ekin tanlash va ekish bo‘yicha tavsiyalar;
💬O‘g‘itlash va sug‘orish jadvali;
💬Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish;
💬Bozor narxlari va savdo imkoniyatlari.

Ilova yordamida yuksak hosildorlikka erishing va fermerlikni innovatsion tarzda rivojlantiring!

Ilovani yuklab olish uchun:

📱 Play Market 🍏 App Store

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

O‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazishga tayyormisiz?

⚡️Turli yo‘nalishlarni qamrab olgan “ZUKKOTEST” loyihasining 2-to‘plam test jarayonlari boshlandi. Ushbu onlayn tanlovda ishtirok etib zamonaviy kasblar, kitobxonlik, shaxmat, chet tillari va intellektual salohiyatingizni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz! G‘oliblarni ajoyib sovg‘alar kutmoqda.

👉Hoziroq @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting va omadingizni sinab ko‘ring!

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🇩🇪Yoshlar uchun Germaniyada ta’lim va ish imkoniyatlari

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Germaniyada kasbiy ta’lim” loyihasi doirasida minglab yoshlarimiz o‘z kelajagi sari dadil qadam tashlamoqda!

Agentlik binosida bo‘lib o‘tgan navbatdagi ochiq muloqotda Germaniyadan tashrif buyurgan Angela Papenburg xonim boshchiligidagi o‘nlab yirik kompaniya rahbarlari ishtirok etdi. Ular nemis tilini o‘rganayotgan yoshlarimiz bilan yuzma-yuz suhbatda bo‘lib, Ausbildung va boshqa ish dasturlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Shuningdek, Agentlik direktori A. Sa’dullayev ishtirokida delegatsiya a’zolari bilan Germaniyada ta’lim olish, ishlash hamda dual tizimdagi kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan yangi loyihalar muhokama qilindi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

“Milliy robototexnika tanlovi”ga marhamat!

Robototexnika sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun milliy musobaqa tashkil etilmoqda.

🔥 “Milliy robototexnika tanlovi”da 6 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bellashishadi:

🤖 Yo’nalishlar:

- RoboRace
- RoboSumo EV3
- RoboFutbol
- RoboSumo
- LineFollowing
- Robotlar jangi


Musobaqada quyidagi platforma orqali ro‘yxatdan o‘tganlar ishtirok eta oladi. Har bir ishtirokchi faqat bitta yo‘nalishda qatnashishi mumkin.

💬Ro‘yxatdan o‘tish

📍Barcha ishtirokchilar belgilangan manzilga 15-16-aprel kunlari soat 9:00 ga yetib kelishi so‘raladi. Manzil: Zakovat arenasi;

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

“Yoshlar ovozi” gazetasining navbatdagi soni bilan tanishing

🗞 Gazetaning bu galgi sonida:

🟢“Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichi yakunlandi;
🟢Afro‘za Xamdamovaga Zulfiya mukofoti topshirildi;
🟢“Do‘stlik timsoli” - tarixning yangi sahifasi;
🟢Arizona universiteti talabasi Asadbekning muvaffaqiyati nimada?
🟢Nogiron yoshlarni adaptiv sportga jalb etishga qaratilgan “Azatliq tajribasi”.

Gazetaning yangi sonini ushbu havola orqali 📥 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilishingiz mumkin!

#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijda ta’lim olganlar tanlovsiz ishga olinadi

🇺🇿Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoniga asosan 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

▪️har yili iqtidorli, bilimga chanqoq, og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kambag‘al oilalar farzandlarini xorijda o‘qitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash;

▪️saralab olingan yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida o‘qitish;


⚡️“Yorqin iste’dod” loyihasi uchun 300 milliard so‘m ajratiladi.

Jamg‘arma orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi.

#huquqiy_yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

⚡️“Ibrat Debate” dan super yangilik

Endi siz ham “Ibrat Debate” a’zosi bo‘la olasiz, chunki endi debate klublari har bir tuman va shaharlarda tashkil etiladi!

👥 Hoziroq quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tding 👉https://forms.gle/26119evrsefydhky9

Ro‘yxatdan o‘tish 13-aprelgacha davom etadi!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli yoshlar!

🌙Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan ezgu niyatlar ijobat bo‘ladigan muborak Ramazon hayitida yurtimizda, butun dunyoda tinchlik va farovonlik, mehr-oqibat barqaror bo‘lishini tilaymiz!

Yoshlikdagi kuch va g‘ayratingiz sizni doimo yurtimiz ravnaqi sari yetaklab borsin.

🌙Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Bo‘stonliq tumanida yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

⚡️Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning istak va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda asosiy kuch — bu yoshlar yetakchilaridir.

Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da yoshlar yetakchilari uchun 3 kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda Agentlik mas’ullari va eng ommabop loyihalar koordinatorlari yoshlar yetakchilari bilan tajriba almashib, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.

Seminarda Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Navbatdagi Prezident sovg‘asi o‘z egasini topdi

📚 “Yosh kitobxon” tanlovi 2024-yilgi mavsumining respublika final bosqichi yakunlandi. Joriy yilning 24-mart sanasida Andijon viloyatida start olgan tanlovning final bosqichi 10-14, 15-19 va 20-30 yosh toifalari o’rtasida o’tkazildi.

🏆Tanlovning 20-30 yosh toifasidagi g’oliblari bilan tanishing

1-o‘rinOchilova Maftuna (Xorazm viloyati) – 339 ball, Prezident sovg‘asi – BYD Chazor elektromobili;

2-o‘rin
Hamdamova Shamshoda (Buxoro viloyati) – 303.6 ball bilan 75 million so‘m;

3-o‘rin Ochilova Muxlisa (Samarqand viloyati) – 279.7 ball bilan 50 million so‘m;

🤝Final bosqichida qatnashgan ishtirokchilarning barchasi 10 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

#YoshKitobxon

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🎓Qoraqalpog‘istondan Garvardgacha

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligining Top 100 Uni Camp loyihasi va Special Admission Program ishtirokchisi, qoraqalpog‘istonlik Jasurbek Umarov 360 000 AQSH dollari miqdoridagi to‘liq grant asosida Garvard Universiteti talabasi bo‘ldi!

Dastlab NYU Abu Dabidan rad javobini olgan Jasurbek ortga chekinmadi. Aksincha, bu uni yanada kuchliroq harakat qilishga undadi. Mehnat, intilish va iroda uni dunyoning eng nufuzli universiteti Garvardgacha olib chiqdi!

👏Barakalla, Jasurbek!

#Garvard #QoraqalpogistonFaxri

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

✈️ Aziz yoshlar! Dunyo bo‘ylab karyera qurishga tayyormisiz?

Rivojlangan davlatlarda yuqori daromadli sohalarda ishlash uchun ingliz, nemis, fransuz yoki ishlamoqchi bo‘lgan davlat tilini kamida B1 darajada bilish talab etiladi. Shu maqsadda, Agentlikning Germaniyada kasbiy ta’lim va “Ibrat farzandlari” loyihalari orqali chet tillarini bepul o‘rganish imkoniyati yaratilgan.

Quyida keltirilgan davlatlarda yuqori daromadli tibbiyot sohasidagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishingiz va ariza qoldirishingiz mumkin:

🇩🇪 Germaniya – 20 160 ta ish o‘rni;
🇨🇭 Shvetsariya – 2 000 ta ish o‘rni;
🇶🇦 Qatar – 10 ta ish o‘rni;

Bundan tashqari, xorijiy davlatlardagi qonuniy kelishuvlarga ega bo‘lgan 53 298 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

#xorijdaish #tibbiyot

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

⚡️Kitob o‘qib ota-onasiga avtomobil sovg‘a qilayotgan yoshlar safi ko‘paymoqda!

🇺🇿Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida 15-19 yosh toifasi bo‘yicha bahslar yakunlandi.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lgan tanlov yakunida eng bilimdon yoshlar aniqlanib, Prezident sovg‘asi — BYD Chazor elektromobili va pul mukofotlari o‘z egalariga topshirildi.

🏆G‘oliblar bilan tanishing!

1-o‘rinXaldurdiyeva Oguljeren (Toshkent shahri) – 340.3 ball, Prezident sovg‘asi – BYD Chazor elektromobili;

2-o‘rin
Murodova Shahnozabonu (Sirdaryo viloyati) – 301.7 ball bilan 75 million so‘m;

3-o‘rinMuxtorova Mohinur (Samarqand viloyati) – 296 ball bilan 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

👏 Barcha g‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz! !

#YoshKitobxon

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

⚡️Sovrin jamg‘armasi — 10 mln so‘m. Buning uchun atigi 45 ta savolga to‘g‘ri javob berish kifoya!

Bundan tashqari, TOP100 reytingdan o‘rin olganlarga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 3 oylik premium obuna sovg‘a qilinadi!

👉Ishtirok etish uchun @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting!

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Kunni “Yoshlar ovozi” gazetasi xabarlari bilan boshlang

🗞Gazetaning bu galgi sonida:

🟢”Yosh kitobxon” — g‘olib kitobxonga elektromobil;
🟢Migrantlar mahallaga qaytadi;
🟢Prezident bilan uchrashuv nafaqat mas’uliyat, balki imkoniyat;
🟢Ijtimoiy himoya tizimi takomillashadi,
🟢Ayollar tadbirkorligiga 200 mln dollar.

✏️Eslatib o‘tamiz, dolzarb masalalar, tashabbuslar yoki yangiliklarni “Yoshlar ovozi” sahifalarida chop etish imkoniyati mavjud! Taklif va tashabbuslaringizni @yoshlarovozigazetasibot’ga yuborishingiz mumkin!


Gazetaning yangi sonini 📥 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilishingiz mumkin!

#yoshlarovozi #Yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel