yoshlaragentligi | Unsorted

Telegram-канал yoshlaragentligi - Yoshlar ishlari agentligi

221356

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar/ Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Subscribe to a channel

Yoshlar ishlari agentligi

🇺🇿 “Bek va Lola” bu safar muhim mavzulardan biri – yo‘l harakati qoidalariga eʼtibor qaratdi.

Farzandlarimizning xavfsizligi har doim birinchi o‘rinda. Shu sababli, ular svetofor ranglari va yo‘llarda qanday harakatlanish kabi muhim qoidalarni o‘zlarining jajji qahramonlari – “Bek va Lola” bilan birga o‘rganishadi.

Ushbu xabarni ota-onalar, yaqin do‘stlaringiz va tanishlarga jo‘natib qo‘ysangiz, yanada ko‘proq bolalarning hayoti xavfsiz bo‘lishiga yordam bergan bo‘lar edingiz!

📹 YouTube havola

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Tayinlov

🇺🇿Inamova Moxinur Ixtiyorjon qizi - Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati Strategik rejalashtirish, istiqbolli loyihalar va metodologiya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Moxinur Inamova —shu vaqtga qadar Janubiy Afrika Respublikasi, Yoxannesburg shaxrida joylashgan “RAMJACK TECHNOLOGY SOLUTIONS” kompaniyasida xodimlar bilan ishlash va administrativ muammolarni hal qilish bo‘yicha menejer sifatida faoliyat olib borgan. Moxinur Davlat va xususiy sektordagi amaliyot dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni rivojlantirishni maqsad qilgan.

Taʼkidlash lozim, mazkur lavozim uchun o‘tkazilgan ochiq tanlovda 523 nafar nomzod ariza topshirgan bo‘lib, tanlangan nomzod o‘tkazilgan test va suhbatlar natijasida mazkur lavozimga tayinlandi.

💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Moxinur Inamovani yangi masʼuliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

#tayinlov

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

1-mart – O‘zbek xalqining ardoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun!

💐Bugun bahor nafasi tuyulgan ushbu kunda, nafis va takrorlanmas she’rlari bilan qalblarga bahor olib kirgan, millatimizning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan.

🖌1915-yil 1-martda Toshkent shahrida dunyoga kelgan shoiraning ijodi, go‘zal tabiat, insoniy tuyg‘ular va samimiy muhabbat bilan yo‘g‘rilgan. Uning quyidagi satrlari har bahorda yuraklarga iliqlik baxsh etadi:

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…


#Zulfiyaxonim #Bahor #1Mart

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Tayinlov

🇺🇿Azizbek Turdimurodov — Sirdaryo tuman hokimi lavozimiga tayinlandi

Davlat rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan yuksak ishonchning yana bir yaqqol namunasi. Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Azizbek Turdimurodov Sirdaryo tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Azizbek Turdimurodovni ushbu masʼuliyatli lavozim bilan tabriklab, uning yangi islohot va tashabbuslari sirdaryolik yoshlar uchun manfaatli bo‘lishiga tilakdoshmiz!

#tayinlov

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

“Yosh kitobxon” tanlovining Namangan viloyati bosqichi yakunlandi!

📚Kitobga oshno yoshlar o‘z bilim va tafakkurlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi. Qizg‘in bahs va mushohadalarga boy bo‘lgan tanlov yakunlariga ko‘ra, eng kuchli kitobxonlar Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi!

Tanlov natijalari bilan tanishing:

10-14 yosh toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin Komiljonov Muhammadziyo Xikmatillo o‘g‘l;
2-o‘rin Sobirov Abdulaziz Abduqaxxor o‘g‘li;
3-o‘rin Abduqaxxarov Iqboljon Ibrohimjon o‘g‘li.


15-19 yosh toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin Mahmudjonova Dilnavoz Salohiddin qizi;
2-o‘rin Rahimberdiyev Hasanboy Mirzohid o‘g‘li;
3-o‘rin Abdullajonova Gulyora Javlonbek qizi.


20-30 yosh toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin Sotiboldiyeva Shahnoza Solijon qizi;
2-o‘rin To‘ychiyeva Dilafruz No‘monjon qizi;
3-o‘rin Boqiyeva Shahnoza Tolibjon qizi.


#YoshKitobxon #Namangan

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanini “O‘zbekiston“ telekanali va Yoshlar ishlari agentligining Facebook sahifasi orqali to‘g‘ridan-tog‘ri kuzatishingiz mumkin.

#matbuotanjumani

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

“Yosh kitobxon” tanlovining Toshkent shahar bosqichi yakunlandi!

📚Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichlari qizg‘in davom etmoqda. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan bellashuvda ishtirokchilar “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlari orqali o‘z bilim hamda zakovatini sinovdan o‘tkazishdi.

Tanlov natijalari bilan tanishing:

10 -14 yosh toifasi g‘oliblari;
1-o‘rin — Haydarova Dilbarxon Firuzovna;
2-o‘rin — Bekmurodova Zumrad Rizamat qizi;
3-o‘rin — Valiyev Feruzbek.


15-19 yosh toifasi g‘oliblari;
1-o‘rin — Xaldurdiyeva Oguljeren Abajan qizi;
2-o‘rin — Tursunova Mushtariy Omonjon qizi;
3-o‘rin — Mavlonova Munisa Begzodjon qizi.


20-30 toifasi g‘oliblari;
1-o‘rin — Ismoilov Kamronbek Dilshodjon o‘g‘li;
2-o‘rin — Omonqulova Iroda Bahodir qizi;
3-o‘rin — Bozorova Maftuna Rustam qizi.


#YoshKitobxon #Toshkentshahar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Bu gazeta faqat o‘qish uchun emas, balki yozish uchun ham!

“Yoshlar ovozi” gazetasi – yoshlarning fikri, tashabbuslari va izlanishlari aks etadigan gazetalardan biri bo‘lib, unda yoshlar hayoti, jamiyatdagi o‘zgarishlar va dolzarb ijtimoiy-siyosiy masalalar yoritiladi.

✏️Agar sizda ham shunday dolzabr masalalar, tashabbuslar yoki muhim mavzulardagi yangiliklar bo‘lsa – “Yoshlar ovozi” sahifalarida maqolangizni chop etish imkoniyati bor!

Taklif va tashabbuslaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

🗞Gazetaning yangi soni 📥 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Yosh tadbirkorning muvaffaqiyat sirlari!

Orzular ortidan intilgan insonlar albatta muvaffaqiyatga erishadi! Qashqadaryoning Jalajin mahallasida yashovchi Eshbo‘riyev Shahzod bunga yaqqol misol!

Mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi bilan kredit olib, 14 sotix yer maydonida issiqxona barpo etdi. U yerda pomidor va bodring yetishtirishni yo‘lga qo‘yib, 15 nafar yoshni ish bilan ta’minladi. Issiqxonadan tushgan daromadni asalarichilikni rivojlantirishga yo‘naltirgan Shahzod yana 5 nafar yoshga mavsumiy ish o‘rni yaratdi. Bugungi kunda u yiliga 600 million so‘m daromad topmoqda!

Shahzod davlatimiz rahbarining yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish borasida bildirgan takliflaridan ilhomlanib, o‘z faoliyatini kengaytirish va yana 30 nafar yoshni ish bilan ta’minlashni maqsad qilgan.

📹Qahramonimizning muvaffaqiyat sirlarini o‘zidan eshiting!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🎙Muloqotimiz boshlandi. Marhamat quyidagi havola orqali muloqotda ishtirok etishingiz mumkin:

👉👉/channel/yoshlaragentligi?livestream

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Diqqat! Premyera!

🤔O’zbekistonda bu joy borligini ko’pchilik bilmaydi. “SeeYoUzbekistan” loyihasi tomonidan Toshkent viloyati, Parkent tumanidagi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutiga qarashli
Katta quyosh pechi bo’yicha kichik video film tayyorlandi.

📹To‘liq video YouTube sahifasida

#QuyoshPechi #SeeYoUzbekistan

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

“Yosh kitobxon” tanlovining Toshkent viloyat bosqichi yakunlandi

📚Bilimga chanqoq yoshlar yana bir bor o‘z iqtidori va kitobga bo‘lgan muhabbatini namoyon etdilar. Tanlov davomida ishtirokchilar nafaqat kitoblar mazmunini yoddan bilish, balki tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va adabiyotni chuqur anglash borasida ham o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi.

G‘oliblar bilan tanishing:

10-14 yosh toifasida:
1-o’rin — Azizova Jamila Eldor qizi;
2-o’rin — Zohidov Alisherxon Said o‘g‘li;
3-o’rin — Suvonqulova Odina Dilshod qizi.

 
15-19 yosh toifasida:

1-o’rin — Abduxamidova Ra’no Atxamboy qizi;
2-o’rin — Abduraximova Karomat Erpo‘lat qizi;
3-o’rin — Po‘latova E’zoza Abdulatif qizi.


20-30 yosh toifasida:

1-o’rin — Yunusova Ozoda Ulug‘bek qizi;
2-o’rin — Qo‘ziyev Baxtiyor Murod o‘g‘li;
3-o’rin — Erboyeva Barno Botir qizi.


#Yoshkitobxon #Toshkentviloyati

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Yosh iste’dod egalari To‘dako‘lda

Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidagi Xalqaro shaxmat maktabida yosh shaxmatchilar uchun maxsus o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari boshlandi. Ushbu yig‘inda hududlardagi Shaxmat akademiyalaridan 70 nafarga yaqin iste’dodli yoshlar ishtirok etib, tajribali murabbiylar qo‘lida mahoratini oshirmoqda. Shuningdek, xalqaro grossmeyster Ortiq Nigmatov tomonidan shaxmat darslari va seanslar o‘tkaziladi.

10 kunlik dastur davomida shaxmatchilar uchun nafaqat o‘quv mashg‘ulotlari, balki sport va intellektual o‘yinlar ham tashkil etiladi. Bu esa yosh sportchilarga strategik fikrlashni o‘rgatish uchun ajoyib imkoniyat!

#Shaxmat

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

VII Toshkent xalqaro marafoni: yilning asosiy yugurish musobaqasi

Bugun Yoshlar ishlari agentligida yetakchi respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman Markaziy Osiyoning eng yirik sport tadbirlaridan biri - VII Toshkent xalqaro marafonini o‘tkazishga bag‘ishlandi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar

#Matbuotanjumani

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Kunni “Yoshlar ovozi” gazetasi xabarlari bilan boshlang

🗞Gazetaning bu galgi sonida:

🟢Yoshlar — xalqimizning oltin fondi!
🟢Mehnat shartnomasisiz ish? Bunga rozi bo‘lmang!
🟢“Moliyaviy yostiqcha”ngiz bormi?
🟢Bedanachilik ortidan daromad topayotgan yosh oila;
🟢Muzbuloqning tayanchi.

✏️Eslatib o‘tamiz, dolzarb masalalar, tashabbuslar yoki yangiliklarni “Yoshlar ovozi” sahifalarida chop etish imkoniyati mavjud! Taklif va tashabbuslaringizni @yoshlarovozigazetasibot’ga yuborishingiz mumkin!

Gazetaning yangi sonini 📥 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilishingiz mumkin!

#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

⚡️Mahliyo O‘roqova bilim va kitobga bo‘lgan ishtiyoqi bilan hayotini o‘zgartira oldi. U 15 yoshida kitob o‘qib otasiga avtomobil sovg‘a qilgan! Bu uning tirishqoqligi va matonatining yorqin isbotidir.

Ayni damda kitobxonimiz O‘zbekistondagi eng katta mobil kutubxona “Mutolaa” jamoasida mehnat qilmoqda.

Jamoamiz nomidan Mahliyoga yanada yuksak zafarlar tilaymiz!

#prezident #yoshlar

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar – kelajak bunyodkori

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida yosh xodimlar, vazirlikka biriktirilgan yoshlar hamda mahalliy tadbirkor-eksportchilar ishtirokida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yoshlar uchun istiqbolli startaplar, sun’iy idrokdan foydalangan holda yaratilgan chet tillari, audiokitoblar mobil ilovasi, zamonaviy kasblar va shaxmat o‘ynashni o‘rganish dasturlari taqdim etildi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

“Yosh kitobxon” tanlovining Andijon viloyati bosqichi yakunlandi!

📚 Yuz minglab yoshlarni kitob o‘qishga ilhomlantirgan “Yosh kitobxon” tanlovi vodiy yoshlari orasida ham katta qiziqish bilan o‘tkazilmoqda. Tanlov davomida turli hududlardan eng bilimdon yoshlar saralanib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

📰Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi g‘oliblarini Prezident sovg‘asi (Elektromobil) kutmoqda!

Tanlov natijalari bilan tanishing:

10-14 yosh toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin Erkinova Samira Xurshidbek qizi;
2-o‘rin Zokirjonova Gulruxbegim Farruhbek qizi;
3-o‘rin Shavkatova Farangiz Sardorbek qizi.

15-19 yosh toifasi g'oliblari:

1-o‘rin Soliyeva Gulnigor Qudratillo qizi;
2-o‘rin Mamasoliyeva Qunduzoy Shukrullo qizi;
3-o‘rin Abduqodirova Dilnavo Bektosh qizi.

20-30 yosh toifasi g‘oliblari:
1-o‘rin  Abduvahobova Shoira Abdirasuljon qizi;
2-o‘rin O’rinqo’ziyeva Sevara Dilshodbek qizi;
3-o‘rin Mamatova Maxro’ya Azizbek qizi.


#YoshKitobxon #Andijon

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

“Yoshlar yashil bog‘lari” loyihasi doirasida 300 ming tup daraxt ekiladi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Yoshlar ishlari agentligi va “Ekolog” jamoat birlashmasi mas’ullari ishtirokida o’tkazilgan matbuot anjumanida ekologik madaniyatni rivojlantirish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, 2024-yilda yoshlar tomonidan 1,5 mlndan ortiq daraxt ko‘chatlari ekildi;

💬Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida Mahalla yoshlarining ma’naviyat bog‘i barpo etildi;

💬Yoshlarni ekologik bilimini oshirishga qaratilgan “Yashil makon” animatsion multseriali yaratildi;

💬2024-yilda 530 ta maktab va bog‘chada ekologik ta’lim dasturi asosida 15 ming yosh o‘qitildi;

💬2025-yilning bahorida 121 ta shahar va tumanda “Yoshlar yashil bog‘lari” loyihasi doirasida 300 ming tup daraxt ekiladi.

💬Markaziy Osiyo va Turkiy davlatlar bilan hamkorlikda yoshlar manfaatlari uchun ekologik va innovatsion loyihalar ishlab chiqilmoqda.


Batafsil: gov.uz/yoshlar

#matbuotanjumani

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Farzand kamoli — ulug‘ baxt!

Xabaringiz bor, mahallalarda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda eng samarali natija ko‘rsatgan yoshlar yetakchilari aniqlanib, har chorak yakunida taqdirlanadi. Bugun esa, ularning muvaffaqiyatiga bevosita hissa qo‘shgan ota-onalari ham e’tirof etilmoqda!

Xususan, Andijon, Namangan, Jizzax, Samarqand va Buxoro viloyatlarida Yoshlar ishlari agentligi hamda Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan yoshlar yetakchilarining ota-onalariga minnatdorlik bildirildi.

📰Jamiyatni yoshlar o‘zgartiradi, ammo ularning qanotiga kuch bag‘ishlovchi insonlar – ota-onadir!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Matbuot anjumaniga taklif etamiz!

Bugun, 27-fevral
kuni soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Yoshlarda ekologik ta’lim va madaniyatni rivojlantirish” va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Ishtirok etadi: Yoshlar ishlari agentligi, “Ekolog” jamoat birlashmasi mas’ullari va eko faollar.

Barcha OAV vakillari va blogerlarni matbuot anjumanida ishtirok etishga taklif etamiz.

“O‘zbekiston“, “Uzreport“ telekanali va Yoshlar ishlari agentligining Facebook sahifasi orqali anjumanni to‘g‘ridan-tog‘ri kuzatishingiz mumkin.

#matbuotanjumani

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🇺🇿Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Qo‘shma deklaratsiya hamda Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladilar.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Yoshlar tadbirkorligi rivojlantiriladi

Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga ko‘ra, 2025-2027-yillarda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshiriladi:

➡️dastur doirasida 350 mingta yoshni qamrab olinadi, shu jumladan, 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun kamida 100 mingta qo‘shimcha ish orinlari yaratiladi;

➡️yosh tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi, ularning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida AT “Aloqabank” tayanch “yoshlar banki” etib belgilanadi;

➡️zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yoshlarning startap va investitsiya loyihalariga imtiyozli moliyaviy mablag‘lar ajratiladi;

➡️iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovatsion loyihalar hamda ijtimoiy tadbirkorlik yo‘nalishidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi.

Biznesga birinchi qadam” loyihasiga muvofiq 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda imtiyozli davr bilan 7-yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi.

Yoshlar uchun ish o‘rinlari” loyihasi asosida YATT sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlarning kamida 20 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga imtiyozli davr bilan 7-yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘lar ajratiladi.

Innovatsion yoshlar” loyihasi bo‘yicha venchur jamg‘armalari orqali yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.


Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar siyosatidagi xalqaro hamkorlik yangi bosqichda!

Yoshlar ishlari agentligida BMT Yoshlar ofisi departamenti rahbari S.Balakrishnan hamda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonalari vakillari ishtirokida muhim hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, BMT bilan olib borilayotgan hamkorlik va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

➡️Batafsil: Uzb | Rus | Eng

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🎙 Garvardga grant yutgan yigit bilan jonli suhbat!

🔥 360,000 dollar grant yutgan Oltiariqlik Azizbek Zaylobiddinov bilan eksklyuziv ovozli chatda ishtirok eting!

Vaqt: 24-fevral 20:00 da

Manzil:
Yoshlar ishlari agentligi telegram sahifasi

💬O‘zingizni qiziqtirgan savollarini izohlarda qoldiring.

⭐️Eng yaxshi 10 ta savol egalariga “Ibrat academy”dan Super Start va “Mutolaa” mobil ilovasi uchun Premium obuna sovg‘a qilinadi!

Ishtirok etish uchun havola: /channel/yoshlaragentligi?livestream

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Ko‘pchilikni o‘ylantirgan savol!

❓...men ijtimoiy tarmoqlardagi kontentga shaxsiy fikr-mulohazamni sharh sifatida qoldirganim uchun haqorat sifatida baholanib, javobgarlikka tortildim. Tushuntirib bersangiz: tuhmat, haqorat yoki yolg‘on axborot qanday tasniflanadi va ularga qanday huquqiy javobgarlik belgilangan?


📹Videorolik AOKA tomonidan tayyorlandi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

⚡️Sirdaryolik Kamola 24 yoshida transport vaziriga yordamchi bo‘ldi

Kamola o‘z oldiga katta marralar qo‘ygan. Ayol-qizlarimizning yo‘l qurilishi sohasida ham munosib o‘rinlariga ega bo‘lishlari uning eng asosiy maqsadlaridan biri.

Jamoamiz nomidan Kamola Irisqulovaga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

#prezident #yoshlar

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Chekka hududlarda tizimli ishlar olib borilmoqda

🇺🇿Yaqinda davlatimiz rahbari yoshlar uchun bir qator yangi imkoniyatlarni e’lon qildi. Ushbu yangiliklarni chekka hududlardagi yoshlarga yetkazish va ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida amaliy ishlar jadallik bilan davom etmoqda.

Ayni shu maqsadda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova Sirdaryo viloyatining chekka tumanlariga chiqib, yoshlar uchun ajratilayotgan yer maydonlari, mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish tajribasi hamda chet tillariga o‘qitish bo‘yicha o‘quv markazlari faoliyati bilan tanishdi.

Yoshlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning taklif va murojaatlarini tinglash maqsadida Guliston shahar Namuna mahallasi binosida sayyor qabul tashkil etildi, unda 60 dan ortiq yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ta’lim, bandlik, zamonaviy kasblarga o‘qish va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha muammo hamda takliflar bildirildi. Yoshlarning murojaatlari soha mutaxassislari ishtirokida o‘rganilib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Iqtidorli yoshlar bilan ochiq muloqot

Xabar berganimizdek, Agentlikning “Yoshlar press klubi”da yoshlarforumi.uz portali orqali kelib tushgan takliflar hamda uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirgan tashabbuslar muhokama qilindi. Ochiq muloqotda 47 nafar yosh tomonidan turli yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar bildirildi.

Muhokamalar 4 yo‘nalishda olib borildi:

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
Fan va ta’lim, jumladan, inklyuziv ta’limni rivojlantirish;
Yoshlar bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish;
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish.

Muhokamada Madaniyat, Sport, Ta’lim, Bandlik, Ekologiya vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligi vakillari qatnashdi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Asilbek Ashurov Chikago universitetiga 100% grant asosida qabul qilindi!

🇺🇸Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Asilbek Ashurov AQShning nufuzli Chikago universitetiga 420 000 AQSh dollari miqdoridagi to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

Chikago universiteti dunyodagi eng nufuzli oliygohlardan biri bo‘lib, hozirda xalqaro reytinglarda 14-o‘rinda turadi. Asilbek ushbu universitetning to‘liq grantini qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik o‘quvchi sifatida tarixga kirdi!

👏Barakalla Asilbek!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel