Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar/ Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
“Yosh kitobxon” tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi yakunlandi
📚Bilim va tafakkur maydonida eng kuchlilar aniqlanmoqda! Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan “Yosh kitobxon” tanlovida eng kuchli kitobxonlar keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Tanlov natijalari bilan tanishing:
10-14 yosh toifasida:
1-o’rin —Marqaboyev Inomjon Oybek o‘g‘li;
2-o’rin —Robitqulova Shoxsanam Ulug‘bek qizi;
3-o’rin —Razzoqova Sadoqat Jonibek qizi.
15-19 yosh toifasida:
1-o’rin —Murodova Shahnozabonu Abdurahmon qizi;
2-o’rin —Qarshiboyeva Zebo To‘lqin qizi;
3-o’rin —Mavlonova Madina Bahrom qizi.
20-30 yosh toifasida:
1-o’rin —Zikrillayeva Shoira Abduhakim qizi;
2-o’rin —Dadaboyeva Hilola Rizoqul qizi;
3-o’rin —Raxmonov Javoxir Saydulla o‘g‘li.
Yoshlar Forumi – yangi tashabbuslar va imkoniyatlar maydoni!
⚡️Xabaringiz bor, 2024-yil dekabr oyida unutilmas voqealarga boy “Yoshlar forumi” tadbirlari o‘tkazilgan edi. Forum doirasida yoshlar bir qator muhim sohalar bo‘yicha o‘z taklif va tashabbuslarini yoshlarforumi.uz platformasiga yubordilar.
Ertaga, 20-fevral kuni soat 10:00da Yoshlar agentligi binosida ushbu takliflarni qo‘llab-quvvatlash va amaliy yechim topish maqsadida ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuvda bildirilgan taklif va murojaatlarga amaliy ko‘mak berish maqsadida tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
“Yosh kitobxon” tanlovining Jizzax viloyat bosqichi yakunlandi
📚Bu tanlov nafaqat kitob o‘qish madaniyatini targ‘ib etish, balki yoshlarning mustaqil fikrlashi, mantiqiy tahlil qilish qobiliyatini oshirish uchun ham katta imkoniyat bo‘ldi. Jizzax viloyatida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichida ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, tafakkur va zukkolikda o‘zaro bellashdilar.
Tanlov natijalari bilan tanishing:
10-14 yosh toifasida:
1-o’rin — Obloqulova Durdona, Yangiobod tumani;
2-o’rin — Ravshanova Sevinch, Forish tumani;
3-o’rin — Abduolimova Rayxona, Baxmal tumani.
15-19 yosh toifasida:
1-o’rin — Eshqo’ziyeva Sevinch, Zomin tumani;
2-o’rin — Abdullayeva Madina, Forish tumani;
3-o’rin — Sobirova Sanjana, Baxmal tumani.
20-30 yosh toifasida:
1-o’rin — Tursunboyev Shoxrux, Mirzacho’l tumani;
2-o’rin — Abdurahmonova Farangiz, Baxmal tumani;
3-o’rin — Baratov Xojiakbar, Jizzax shahar.
🇺🇿Azizbekning muvaffaqiyatli qadami har bir o'zbekistonlik yosh uchun katta motivatsiya!
Azizbek kelgusidagi o'qish va ishlaringizda omad.
Ma'lumot o'rnida, Azizbek 4 yil ta'lim uchun Garvarddan jami 360 ming dollar grant yutib oldi 🔥
@alisher_sadullaev
⚡️Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga 70 ming dollar beriladi
🇺🇿Davlatimiz rahbari yoshlar bilan uchrashuvda maktab o‘quvchilari uchun muhim yangilikni e’lon qildi. Endilikda nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga ajratiladigan BHMning 500 baravari (187,5 mln. so‘m) miqdoridagi mukofot 5 karra oshib, 937,5 million so‘m (taxminan 70 000$) etib belgilandi!
Shuningdek, g‘olib o‘quvchilarning o‘qituvchilari ham 168 million so‘m (13 000$) miqdorida mukofot oladilar.
Eslatib o‘tamiz, bu olimpiada maktab o‘quvchilari uchun har yili o‘tkaziladi.
📰Ilm-fanni rag‘batlantirish yo‘lida bu juda katta qadam! Ko‘pchilik “faqat sportchilarga e’tibor beriladi” deb o‘ylashardi, ammo bu qaror ilm ahli uchun ham ulkan imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Yoshlar buyuk kelajagimizning asosiy bo‘g‘ini ekanligini tushunmagan rahbar bizning safimizda bo‘lishga haqqi yo‘q.
⚡️Jahongirmirzo Marg'ilonda ilm-fan, muhandislik hamda 3D bo'yicha global dunyo uchun kontent tayyorlaydi.
Ayni vaqta barcha ijtimoiy tarmoqlarda (YouTube, Instagram) 750 mingdan ortiq obunachilari bor.
Prezidentimiz Jahongirmirzoning loyihasini yuqori baholab, u bilan faxrlanishlarini aytib o'tdilar. Aynan shu kabi foydali kontentlarni boshlash uchun Yoshlar ishlari agentligi 100 million so'mgacha grantlar berishini e'lon qildilar.
Yana shunday foydali kontent yaratayotgan yoshlardan kimlarni bilasiz?
@alisher_sadullaev
Barcha rahbarlar yaxshilab eshitib olsin: 2025-yil - O‘zbekistonda yoshlar ishsizligiga barham berish yili bo‘ladi!
Men bir hayotiy fikrni takrorlashdan charchamayman: bitta qizni o‘qitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz. Oila bilimli, ma’rifatli bo‘lsa, butun jamiyat bilimli, ma’rifatli bo‘ladi. Bu boradagi ishlarni yanada jadal davom ettiramiz.
Buyuk jadid bobolarimiz “Ilmsiz inson, mevasiz daraxt kabidir” deb, bejiz aytmagan. Kambag‘allikdan chiqishning eng samarali yechimi ham - bu ta’lim. Shuning uchun, kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlarni yaratamiz!
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi #infografikada
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Kelgusida Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiylar qayerdan paydo bo‘ladi? Bu ulkan vazifalarni kim bajaradi? Men qayta-qayta takrorlashdan charchamayman: albatta, bu ezgu g‘oyalarni sizlar - bugungi Yangi O‘zbekiston yoshlari amalga oshirasizlar!
⚡️Ro‘yxatdan o‘tishga start berildi
🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” 2025-yilgi mavsumning tantanali ochilishidan so‘ng, loyihalarda ishtirok etish istagini bildirgan o‘g‘il-qizlar 5tashabbus.uz saytidan ramziy ro‘yxatdan o‘tishdi.
Ta’kidlash joizki, “Besh tashabbus olimpiadasi” ning joriy yilgi mavsumida birinchi marotaba mahallalardagi 30 yoshdan katta bo‘lgan aholi o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi, workout, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha 3 bosqichli musobaqalar ham tashkil etiladi.
🖐 Loyihalarida ishtirok etishingiz uchun 5tashabbus.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting!
#Beshtashabbusolimpiadasi #2025mavsum
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bilan uchrashuv yoshlarimiz salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi tarixiy voqea bo‘ldi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Olis hududlarda xorijiy til markazlari ochmoqchi va til o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️18 yoshlik Parviz SAT imtihonidan 100% natija, 1600 ball oldi
Parviz ota-onasing mehri, qo'llab-quvvatlashi va yordami bilan katta natijalarga erishdi. Endi uni katta marralar oldinda kutmoqda.
Parviz kelgusidagi o'qish va rejalaringizda omad tilayman!
@alisher_sadullaev
Bilimli yoshlar – yurtimiz kelajagi
🇺🇿Yaqinda davlatimiz rahbarining yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy muloqoti chog‘ida avtomobil yo‘llari sohasini yanada rivojlantirish borasida taklif bildirgan Kamola Irisqulova Transport vaziri yordamchisi lavozimida ish boshladi.
Bugun, Transport vaziri Ilhom Mahkamov Kamola bilan uchrashib, yo‘l xo‘jaligi sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar, amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar va kelgusi maqsadlar yuzasidan batafsil fikr almashdi. Uchrashuvda vazir Kamola Irisqulovaning yangi mas’uliyatli vazifasida muvaffaqiyat tilab, uning tashabbuslari sohaga ijobiy hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
✅Xorijiy bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan startap loyihalarga 2 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi
🇺🇿Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar masalalari bo‘yicha “Yoshlar komissiyasi” tashkil etildi
Komissiya a’zoligiga barcha fraksiyalar vakilligida 9 nafar tarkibda deputatlar bir ovozdan saylandi:
✅Shaxnoza Joldasova - Komissiya raisi;
✅Behzod To‘xtamurodov - Komissiya raisi o‘rinbosari;
✅Shahnoza Xolmaxamatova, Madina Baratova, Muhammad Valiyev, Anvarjon Temirov, Oybek Yo‘ldoshev, Otabek Musurmonov va Azizbek Akbarovlar - Komissiya a’zolari.
Mazkur komissiya Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan islohotlarda faol ishtirok etishni maqsad qilgan.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
✅Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi
Sardorlar shohsupada!
🇦🇪7-11-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida bo‘lib o‘tgan “Fujairah Open-2025” xalqaro turnirida Taekvondo (WT) bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar jamoasi ham ishtirok etdi.
Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston bolalar tashkilotining respublika “Vatan tayanchi” yo‘nalishi sardori Xudoynazar Shodmonov munosib ishtirok etib, kumush medalga ega chiqdi!
👏Bu g‘alaba yosh sportchilarimiz uchun katta motivatsiya bo‘lib, kelajakda ular ham Ulug‘bek Rashitov singari yurtimiz bayrog‘ini yuksak shohsupalarga ko‘tarishlariga ishonamiz!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning “oltin fondi” vakillari bilan uchrashdi
#Mirziyoyev #Yoshlar #Repost
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿⚡️Ular bunga qanday erishdi?
Kimlarga havas qildingiz? Kimlarni bu davrada ko'rishni xohlar edingiz?
#prezident #yoshlar #uzbekpower
“Yosh kitobxon” tanlovining Samarqand viloyati bosqichi yakunlandi!
📚Bilimdon yoshlarimiz o‘rtasidagi bahs-munozaralar qizg‘in pallaga kirdi. Kitobxonlar hududiy bosqichda o‘z bilim va tafakkurlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazib, final bosqichiga bir qadam yaqinlashdilar!
Tanlov natijalari bilan tanishing:
10-14 yosh toifasida:
1-o’rin — Norpo‘latova Gulmira, Nurobod tumani;
2-o’rin — Nasimova Guloyim, Jomboy tumani;
3-o’rin — Komiljonova Nozima, Kattaqo‘rg‘on tumani.
15-19 yosh toifasida:
1-o’rin — Muxtorova Mohinur, Nurobod tumani;
2-o’rin — Abdulakimova Gulsanam, Oqdaryo tumani;
3-o’rin — Bo‘riboyeva Diyora, Paxtachi tumani
20-30 yosh toifasida:
1-o’rin — Ochilova Muxlisa Kattaqo‘rg‘on shahri;
2-o’rin — Davirova Xurshida, Ishtixon tumani;
3-o’rin — Qayumova Gulsanam, Oqdaryo tumani.
14-fevral qanaqa kun?
🇺🇿Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy uchrashuvidan eng samimiy reportaj
📹 YouTube orqali ko‘rish
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
O‘g‘il-qizlarimiz, yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganini sezib, shundan o‘zlariga beqiyos kuch olmoqda.
Bugungi kunda biz mard va matonatli xalqimizga, serg‘ayrat yoshlarimizga ishonganimiz uchun o‘z oldimizga katta-katta maqsadlar qo‘ymoqdamiz, marrani baland olmoqdamiz!
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumiga start berildi
🖐Bugun poytaxtimizdagi “Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi”da “Besh tashabbus olimpiadasi” 2025-yilgi mavsumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat studiyalaridan mahalla yettiligi, avvalgi mavsum g‘olib va sovrindorlari, talabalar, yuqori sinf o‘quvchilari hamda hamkor tashkilotlar xodimlari onlayn qatnashdi.
Barcha yoshlarni 2025-yilgi mavsumda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
#Beshtashabbusolimpiadasi #2025mavsum
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratamiz”
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Qishloq xo‘jaligi, sanoat va servis sohalarida tadbirkor yoshlar uchun imkoniyatlar kengayadi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt