Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar/ Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Toshkent xalqaro marafoni – yilning asosiy yugurish musobaqasi!
⚡️ Toshkent xalqaro marafoni yangi sahifani ochmoqda. Bu yilgi tadbirda yangi hamkorlar va turli mamlakatlardan tashrif buyuradigan ishtirokchilar soni yanada ko‘payadi.
12-13 aprel kunlari poytaxtimiz yana sport ixlosmandlarini bir joyga jamlaydi. 12-aprel kuni Magic City dam olish va ko‘ngilochar bog‘ida Kids Run, Nordic walking musobaqalari, 13-aprel kuni esa bir qator masofalar bo‘yicha yugurish: 3 va 10 km, yarim marafon va marafon o‘tkaziladi.
Sovrin jamg‘armasi 639 million so‘mni tashkil etadi.
Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 2-aprelda yakunlanadi. Yugur.uz va Perfend.com platformalarida ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasiga start berildi
Kim eng mard? Kim eng jasur? Endi buni isbotlash vaqti keldi! Biz eng kuchli, eng shijoatli o‘g‘il-qizlarni mardlar maydoniga chorlaymiz! O‘z jamoangizni tuzing va musobaqada ishtirok eting!
Tanlov haqida 👉 batafsil
Hoziroq @YoshlarRegbot orqali ro‘yxatdan o‘ting!
“Xorazm yoshlarni sevadi”
💐Bahorning iliq nafasi Xorazm bo‘ylab taralib, yoshlarning qalbini quvonch bilan to‘ldirmoqda. Ayni kunlarda viloyatning har bir tuman va shaharlarida “Xorazm yoshlarni sevadi” festivali qizg‘in pallaga kirgan.
Festival doirasida sumalak sayli, “Beqasam-2025” milliy liboslar ko‘rgazmasi, milliy xalq o‘yinlari va yana ko‘plab qiziqarli loyihalar o‘tkazilmoqda. Bularning barchasi yoshlarimizga milliy g‘urur va bayram shukuhini ulashmoqda.
📹Festivalning eng yorqin lahzalari qisqa kadrlarda!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasiga start berildi
🇺🇿Bugun mahalla yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi yuzasidan matbuot anjumani hamda musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa 18-22 yosh toifasidagi mahalla yoshlari o‘rtasida jamoaviy tartibda tashkil etiladi. Musobaqaning respublika bosqichida eng yuqori natijaga erishgan jamoa a’zolariga oliy harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi. Shuningdek, g‘olib jamoalarning mahallalariga sport inshootlari qurib beriladi.
📰Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus mahalla yoshlari uchun chinakam vatanparvarlik maktabiga aylanishi va ularning ongida milliy g‘urur hamda fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi!
Batafsil: gov.uz/yoshlar
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Xabar berganimizdek, Agentlik direktori Alisher Sa’dullayevning Ishtixon tumani mahallalarida aholi va yoshlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda.
Navbatdagi manzil Chimqo‘rg‘on mahallasi. Bu yerda ham yoshlar va aholining takliflari tinglanib, ularning ta’lim va bandlik masalalari asosiy mavzuga aylandi. Uchrashuv davomida Chimqo‘rg‘on mahallasidan ham 100 nafar yoshning zamonaviy kasblarga o‘qitilishiga kelishib olindi.
💬Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvlar davomida aholining iqtisodiy va ijtimoiy muammolari, tadbirkorlik subyektlari faoliyati hamda yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari o‘rganilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ayni vaqtda navbatdagi uchrashuv Barlos mahallasida davom etmoqda!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Damariq mahallasida 100 nafar yosh zamonaviy kasblarni o‘rganadi!
Samarqand viloyati Ishtixon tumani Damariq mahallasida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirokida aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Muloqot davomida yoshlarning ta’lim va bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, ushbu mahallaning 100 nafar yoshi zamonaviy kasblarni egallashi uchun respublikaning eng yaxshi oromgohlarida professional o‘qituvchilardan ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishi ta’kidlandi.
Ishtixon tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan tizimli ishlar davom etmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿 Bek va Lola – Baroqvoy
Bolajonlarning sevimli qahramonlari yana ekranlarda! Bu galgi sonimiz uy hayvonlariga mehr va g‘amxo‘rlik hissini shakllantirishga bag‘ishlangan.
Baroqvoy – bolalarning yaqin do‘stiga aylangan mushukcha. Ushbu qismda kichkintoylar jonivorlarning hayotimizdagi muhim o‘rni haqida bilib olishadi.
📹Yangi qismni hoziroq tomosha qiling! https://youtu.be/sB24ZokEp78?feature=shared
💬 O‘z taassurotlaringizni izohlarda qoldiring va do‘stlaringizga ham jo‘natib qo‘ying!
“Digital Olmazor” loyihasi haqida bilasizmi?
Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent shahar Olmazor tumani hokimligi tomonidan Olmazor tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Digital Olmazor” loyihasi bo‘yicha press-tur o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Olmazor tumanidagi 10 ta maktabda robototexnika va IT xonalari tashkil etilib, ularning faoliyati kengaytirildi. Bugungi kunga kelib, ushbu maktablarda 3 mingdan ortiq yosh IT sohasi bo‘yicha bilim olib, amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Press-tur davomida loyiha rahbari Ziyodulla Bo‘taxonov robototexnika, 3D modellashtirish, elektronika va kosmik tadqiqotlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, DreamSat va TechnoCamp loyihalari tanishtirilib, OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.
#Presstur #Olmazor
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Hududiy mutaxassislar uchun o‘quv-seminar
⚡️Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida Yoshlar ishlari agentligining hududiy va mahalliy bo‘limlarida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Oromgohda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali boshqarish, yoshlar yetakchilarining faoliyatini metodologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda xodimlarning liderlik qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Batafsil: gov.uz/yoshlar
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
✅Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasining navbatdagi muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda yoshlar masalalariga masʼul bo‘lgan vazirlik va idoralar, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash tizimi, “Besh tashabbus olimpiadasi” va “Shijoat va G‘ayrat” sport musobaqalarini keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: gov.uz/yoshlar
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Tayinlov
Axadova Husnora Akbar qizi — O‘zbekiston bolalar tashkiloti Boshqaruv Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar H. Axadova O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
💐Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Husnora Axadovani yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!
#tayinlov
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
"Korrupsiyani oldini olish – davlat xizmatiga professional va fidoyi kadrlarni tanlash hamda ularni "halollik vaksinasi" bilan emlashdan boshlanadi",
🇺🇿Davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida o‘zining iqtidori, muhim g‘oyalari, tashabbuslari va ibratli ishlari bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida bilim hamda salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar!
🇺🇿Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati
#Zulfiya #Davlatmukofoti
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Qarori
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Qoraqalpog‘iston yoshlarining bandligi ta’minlanmoqda
Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Yarmarkada oliy ta’lim bitiruvchilari va ishsiz yoshlar ishtirok etib, Toshkent shahri hamda viloyatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlaridan kelgan yoshlar o‘z ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqib munosib ish o‘rinlarini tanlab, ish beruvchilar bilan shartnomalar imzolashdi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida O‘zbekistonning yetakchi tadbirkorlari ishtirokida “Biznes marafon” o‘tkazildi. Unda yoshlar o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Ochiq muloqotlari davom etmoqda. Navbatdagi manzil Zarbuloq va Mirzoqul mahallalari bo‘ldi.
💬Ochiq va samimiy o‘tgan muloqotda yoshlar chet tillarini mukammal o‘rganish uchun imkoniyat yaratish, kontrakt pullarida ko‘maklashish, kasb-hunar egalarini qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarni ko‘tarib, o‘zlari uchun muhim bo‘lgan tashabbuslarni ilgari surishdi.
Uchrashuvlar davomida ko‘plab murojaatlar joyida hal qilindi va vaqt talab etadigan masalalar tegishli tartibda nazoratga olindi.
Ayni vaqtda uchrashuv Yangirabod mahallasida davom etmoqda…
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
“Biz o‘z qishlog‘imizda o‘quv markazi bo‘lishini xohlardik”
Har bir yosh orzulari ushalishini, ta’lim olish va o‘z ustida ishlash imkoniyatlarini kengaytirishni istaydi. Bugun Ishtixon tumani Boylata mahallasida Agentlik direktori Alisher Saʼdullayevning bilan aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot boshlandi.
Muloqot davomida Navro‘zov Anvar barcha yoshlar nomidan mahallada o‘quv markazi ochilishi orzusini bildirdi va bu borada ko‘mak so‘radi. Abbos Butayev esa yoshlar uchun universial sport maydonchasi qurilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Samimiy va do‘stona muloqotlar davom etmoqda…
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
💬Ishtixon tumanidagi ochiq muloqotlar Barlos mahallasida davom etdi. Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev ishtirokidagi aholi va yoshlar bilan ochiq muloqotlarda yoshlarning ta’lim olishi, aholi bandligi va tadbirkorligini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Damariq va Chimqo‘rg‘on mahallalarida bo‘lgani kabi, Barlos mahallasining 100 nafar yoshi respublikamizning eng tajribali mutaxassislari tomonidan o‘qitilishi belgilandi. Bu tashabbus yoshlarning bilim olishi va kasbiy rivojlanishiga katta imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, uchrashuv davomida aholining dolzarb muammolari va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq reja va chora-tadbirlar belgilandi. Ma’lumot uchun, Damariq mahallasidan 24 ta, Chimqo‘rg‘ondan 25 ta, Barlosdan esa 16 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning aksariyati ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va zamonaviy kasblarni o‘rganish kabi masalalarga qaratilgan.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️Sizning ovozingiz biz uchun muhim!
Qadrli yoshlar! Endilikda Telegram sahifamizda yoshlar bilan bog‘liq eng so‘nggi xabarlarni yanada mazmunli va interaktiv tarzda yetkazish maqsadida storislar joylab borishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz!
🤝Buning uchun Premium obunachilarimizdan ushbu havola orqali ovoz berib qo‘llab-quvvatlashlarini so‘raymiz!
/channel/boost/yoshlaragentligi
⚡️Xorijiy tillar bo’yicha yuqori natijaga erishgan yoshlarga 80 mlrd so‘m kompensatsiya pullari qoplab berildi
Bugungi kunga qadar xalqaro imtihon tizimlaridan yuqori ball to‘plagan yoshlarga 80 mlrd 42 mln so‘m mablag‘ ajratish orqali 42 779 nafar yoshlarning imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berildi.
Muhim jihati, 2024-yilda birgina IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilga nisbatan 5 baravarga, 7-8 ball (C1 daraja)ni qo‘lga kiritganlar 7,4 baravarga, 8,5-9 ball (C2 daraja)ga erishganlar esa 23,7 baravarga oshganligi kuzatildi.
⚡️Shuningdek, tizimda yoshlar yana bir yangi imkoniyat yaratildi.
Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlari qoplab beriladigan minimal daraja bir pog‘onaga ya'ni B2 va unga tenglashtirilgan darajaga tushirildi hamda imtihon xarajati qoplab berilishi yo'lga qo'yildi.
Eslatib o‘tamiz, 18 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlar imtihon xarajatlarini “Xazna” ilovasi orqali qaytarib olishlari mumkin.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Matbuot anjumaniga taklif etamiz!
Bugun, 17-mart kuni soat 15:00 da Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va madaniyat departamenti binosida “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
✅Barcha OAV vakillari va blogerlarni matbuot anjumanida ishtirok etishga taklif etamiz.
#matbuotanjumani
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️Yosh musavvirlar, shoshiling!
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yosh musavvir” tanloviga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!
Hozirga qadar 300 mingdan ortiq yosh tanlovda ishtirok etish istagini bildirdi.
📝Hoziroq 5tashabbus.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting.
Tanlovning tuman bosqichi joriy yilning 24-25 mart kunlari bo‘lib o‘tadi!
Eslatib oʻtamiz, tanlovning umumiy sovrin jamg‘armasi 200 million so‘m!
#Beshtashabbusolimpiadasi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️Prezidentimiz har doimgidek yoshlarimiz, ayniqsa qizlarimizga keng yo‘l ochib, ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqdalar. Bu safar Davlat Rahbari e’tiboriga tushgan yana bir iqtidorli yosh Ummatoy Yo‘ldosheva Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga maslahatchi bo‘ldilar.
Ummatoyga faoliyatlari davomida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
@alisher_sadullaev
O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarida mutlaqo yangi davrni boshlab, ikki tomonlama aloqalar solnomasida oltin harflar bilan bitiladigan tarixiy tashrif.
🇺🇿🤝🇫🇷
#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
“Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi
Yoshlar ishlari agentligi va “Gazeta.uz” internet-nashri o‘rtasida “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini keng targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu hamkorlik yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan tanishtirishni maqsad qiladi. Loyiha doirasida kitob taqdimotlari, mualliflar bilan uchrashuvlar va kitobxonlik marafonlari tashkil etiladi.
Endilikda “Gazeta.uz” saytida maxsus sahifa ochilib, loyiha haqida tahliliy maqolalar va kontentlar joylashtirib boriladi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
“Islohotlarimiz natijadorligi avvalo, sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodga bevosita bog‘liq. Bu ishda fikri toza yosh avlodni tarbiyalash ustuvor vazifaga aylanishi shart”,
🇺🇿Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida islohotlar hal qiluvchi bosqichga kirayotgan hozirgi vaqtda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha ishlarga baho berib, kelgusi vazifalarni aniq belgilab olish zarurligini ta’kidladi.
“Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir. Buni dunyo tajribasi ham to‘liq tasdiqlaydi.
Korrupsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti yiliga 3 trillion dollar zarar ko‘rayotgani bu global xavf ekanidan dalolat.
Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi”,
🦅4-mart — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun
🇺🇿Bugun Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkil etilganligiga 29 yil to‘ldi! Yoshlar ishlari agentligi jamoasi favqulodda vaziyatlarda mardonavor xizmat qilib, inson hayoti va xavfsizligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan qahramonlarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklaydi!
📰Xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash yo‘lidagi mashaqqatli va sharafli vazifalarni ado etib kelayotgan soha vakillariga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
#FVV #FavquloddaVaziyatlar
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🖐Qadrli yoshlar! Siz kutgan kun keldi!
🖐 Mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumida ishtirok etishga tayyormisiz? Unda joriy yilning mart – noyabr oylarida bo‘lib o‘tadigan tanlov, loyiha va sport musobaqalarida faol ishtirok eting!
Olimpiada doirasida:
✅ Madaniyat va san’at (Yoshlar ovozi, Yosh musavvir, Mohir fortepianochi)
✅ Sport musobaqalari (Voleybol, Futbol, Stritbol)
✅ Kompyuter texnologiyalari va IT (Kibersport)
✅ Kitobxonlik (Yosh kitobxon, Yosh kitobxon oila)
✅“Zakovаt” intellektual o‘yinlari
✅ Kasb tanlovlari (Dizaynerlik, Novvoychilik, Sartaroshlik, Payvandlash, Elektromontaj)
“Hayotingizni o‘zgartirish vaqti keldi!”
Ba’zan hayot bizga sinovlar qo‘yadi. Muammolar ortidan muammolar keladi, harakat qilish esa mantiqsizdek tuyuladi…
📰Lekin bir qaror — bitta qadam barchasini o‘zgartirishi mumkin!
#Jizzaxyoshlari
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt