yetimdasturchi | Unsorted

Telegram-канал yetimdasturchi - Yetim dasturchi kundaligi

34918

Murakkablik - avvalgisidan unchalik yaxshi bo'lmagan voqeligingizni qabul qilishingizdir. https://manu.uz/ https://diary.manu.uz/ Bog'lanish uchun: @yetim_robot

Subscribe to a channel

Yetim dasturchi kundaligi

MyID Palm Pay’ni qanday ulash mumkin? ✋

Bir marta ulashning o‘zi kifoya – keyin buyurtmalar uchun kaftingiz bilan to‘lashingiz mumkin 😊

Hozircha Palm Pay xizmati Bellissimo Pizza’ning faqat Oybek filialida mavjud. U yerga keling va Palm Pay’ni sinab ko‘ring

Palm Pay xizmatini ulash juda oson:
1️⃣ Zoomrad ilovasini yuklab oling iOS, Android
2️⃣ Kartangizni ulang
3️⃣ Palm Pay xizmatini tanlang
4️⃣ Kaftingizni ro‘yxatdan o‘tkazing
5️⃣ Tayyor! Endi kaftingiz bilan to‘lov qilishingiz mumkin ✋

Qadamma-qadam yo‘riqnomani karuselda ko‘ring 👉

Как подключить MyID Palm Pay? ✋

Достаточно один раз настроить услугу Palm Pay – и дальше вы сможете оплачивать заказы ладонью😊

Пока сервис Palm Pay доступен только в филиале Bellissimo Pizza на Ойбеке. Приходите и попробуйте Palm Pay в действии.

Подключить Palm Pay очень просто:

1️⃣ Скачайте приложение Zoomrad iOS, Android
2️⃣ Привяжите карту
3️⃣ Выберите сервис Palm Pay
4️⃣ Зарегистрируйте ладонь
5️⃣ Готово! Теперь вы можете оплачивать ладонью ✋

Пошаговую инструкцию смотрите в карусели 👉

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

O'zimizni ballar tirikchiligi, ishonchli manba. Nonvoy xonadan topib oldim, qo'l o'yog'i chaqqon xizmatlarizni qilib yuradi)

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Soda o'z rangini ko'k qilipti. Tug'ilganimdan beri uyda hali qizili tugamagandi)

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Dasturlash, elektronika va robototexnikaga qiziquvchilar ko‘p. Lekin sohaga endi kirib kelayotganlarning aksariyatida nimadan boshlash, qanday bilimlar va jihozlar kerakligi, umuman, nimalarga tayyor bo‘lish lozimligi haqida yetarlicha tasavvur bo‘lmaydi. Ayniqsa, farzandini shu yo‘nalishga qiziqtirmoqchi bo‘lgan ota-onalarda bunday savollar ko‘p uchraydi.

Menimcha, bu sohalar bilan tanishish uchun Arduino yaxshi boshlang‘ich nuqtalardan biri. Chunki unda dasturlash, elektronika va fizika bir-biri bilan bevosita bog‘liq. Yozgan kodingizning natijasini haqiqiy qurilmada ko‘rasiz.

Bir necha yillik tajribam va izlanishlarim asosida avval yozgan ikkita qo‘llanmamni bepul ulashishga qaror qildim.

🔸 Arduino va uning so‘zsiz tarixi — platformaning kelib chiqishi, rivojlanishi, texnik tuzilishi, imkoniyatlari va cheklovlari haqida.

🔸 Arduino. Yangi va ilg‘or foydalanuvchilar uchun qo‘llanma — kerakli jihozlar, elektronika asoslari, radiokomponentlar, dasturlash muhiti, amaliy loyihalar va xavfsizlik qoidalari haqida.

Hozirda Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator — UZINFOCOM’da apparat-dasturiy biznes yechimlarni amalga oshirish bo‘limiga rahbarlik qilaman. Asosan R&D, reverse engineering, robototexnika va turli maqsadlardagi qurilmalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanamiz.

Qizig‘i, bularning barchasi bir paytlar oddiy elektronika, radiokomponentlar va dasturlashga bo‘lgan qiziqishimdan boshlangan. Ko‘p narsani mustaqil izlanish, qurilmalarni titkilash, buzish, qayta yig‘ish va tajribalar orqali o‘rganganman. Bugun esa o‘sha qiziqish va bilimlar ancha murakkab loyihalar ustida ishlashimga imkon beryapti.

Albatta, bu qo‘llanmalarni to‘laqonli darslik deb bo‘lmaydi. Maqsad 60 sahifani o‘qib, muhandis bo‘lib chiqish emas. Shunchaki, sohaga kirishdan oldin umumiy tasavvur hosil qilish, nimalarga tayyor bo‘lishni tushunish va keyingi mustaqil izlanishlar uchun boshlang‘ich nuqtani topish.

Kim biladi, bugun oddiy LEDni yoqishni o‘rganayotgan odam ertaga qanday qurilmalar yaratadi. Muhimi, qiziqish va izlanishdan to‘xtamaslik.

Xullas, ikkala PDFni ham shu yerda qoldiraman. Kimlargadir asqotib qolar.

@yetimdasturchi

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Qiziqib bu rasmlar oilaviy albomga qanday qo'shilib qolganini kattalardan surishtirib ko'rdim pastda o'tirganlarda biri buvim ekan. Va rostdanam o'sha davrda jadidlardan va jadidchilikga doir ta'lim olishgan ekan. Buvim Namanganda birinchi savodsizlikka qarshi ta'lim berishni boshlaganlardan.

Bular orasida va boshqa rasmlarda qatag'on davrida aynan shu ta'limlar orqasidan aybdor deb topilganlar va qurbon bo'lganlaram bor ekan.

Uyda nega o'qish pod kapot majburiy bo'lgani, nostandart o'rgatish miyyaga quyilgani, fors tili default bo'lgani (mengayam majburlab o'rgatilingan). Tarixiy narsalar ko'pligi endi yanada qiziqroq bo'lib qolarkan odamga.

Uyda kitoblar ham ko'p bo'lardi doim. Bazan qoplab qo'yilganini ham ko'rganman bolaligimda. Rasmdagi ayolni viloyat kutubxonasi rahbari bo'lgan deyishdi. Uyam xuddi shu albomlar orasida bor.

Eng qizig'i tirikligida birov bunga izoh bermagani yanada ajablanarli. Bazan gapni olib qochishardi prosta. Nimalarnidir yashirishga urinishardi.

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

1978-yildagi holatga hisoblasa 170-180 rubl 1000-1500$ degani (taxminan).

Qolgan to'lovlar va boshqaniyam hisobga olib qo'shib ko'rdim umumiy summani. O'sha davrda bir o'qituvchining oylik daromadi hozirgi kursda 4000-5000$ ga to'g'ri kelgan ekan (balkim hammada unday bo'lmagandir).

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

1947-yilda chop etilgan "Массовая радиобиблиотека" (Ommaviy radiotexnika kutubxonasi) turkumidagi broshyura.

Men elektronikani asosiy qatlamini shulardan o'qib o'rganganman. Hozirgi har qanday indusdan ko'ra yaxshiroq tushuntirib berilgan buyerda. Qanday tuzilgan va nega ishlayapti degan savolga erinmasdan javob berishgan.

Elektronikani faqat amaliy emas. Nazariy o'rganish uchun ham eng yaxshi manbaalardan.

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Xullas uydagi arxivlarni ochib ko'rdim. To'g'risi bitta muzey ochib soqqa qilsayam bo'ladigan holat aslida.

Oldin qiziqib qaramagan ekanman. Albomlar ichida 19-asrdan boshlab 21-asr oralig'igacha rasmlar bor ekan.

Lekin hozirgi instagram yoki boshqa joylardagi rasmlardan ko'ra tabiiy va qiziq.

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

— Ishingizda stress bo‘lmasa kerak-a? Kompyuter qarshisida mazza qilib o‘tirasiz.
— Ha, faqat ba’zida butun karyerangiz va kelajagingiz bitta connection lostga bog‘liq bo‘lib qoladi.

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Cyberkentdagi STM32 challengeni nega hech kim yecha olmadi?

Kecha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Cyberkent 4.0 — O‘zbekiston Milliy Kiberxavfsizlik Musobaqasida STM32 firmwaresiga oid bir topshiriqni hech kim yecha olmaganini aytishdi. Qiziqib firmwareni biroz titkilab ko‘rdim. Boshida unchalik dahshatli ko‘rinmaydi, lekin ichkariga kirgan sari topshiriq ancha puxta o‘ylanganini sezadi odam.

Eng qizig‘i, bir joyini yechganingizda masala tugamaydi, aksincha keyingi bosqichda butunlay boshqa muammo chiqadi. Shu tariqa boshida oddiy ko‘ringan topshiriq oxiriga borib nega hech kim yecha olmagan darajada qiyinlashib ketganini quyida qisqacha ko‘rib chiqamiz 👇

https://telegra.ph/Cyberkentdagi-STM32-challengeni-nega-hech-kim-yecha-olmadi-10-07

@yetimdasturchi

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Faqat qishlaqda aerofobiyasi bor odamni tepaga olib chiqib uzum ham tervor deb paqir uzatishsa kerak)

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Bugun reverse engineering bo‘yicha o‘z rekordimni yangiladim. Bir dasturni buzib ko‘rishga atigi bir soatcha vaqt ketdi.

Tabiatan x86_64 assemblyni uncha yoqtirmayman. ARM va turli mikrokontrollerlarning assemblysi menga ancha qiziqroq tuyuladi. Lekin strukturani tushunsangiz, aslida ularning hech biri katta muammo emas.

Mantiqan qaraganda, assembly va boshqa low-level tillar ko‘p high-level tillardan ham sodda. Abstraksiya kam, hamma narsa deyarli ko‘z oldingizda. Muammo ularning qiyinligida emas detallarining cheksizligida.

Shuning uchun low-levelni o‘rganish qiyin emas, uni to‘liq o‘rganishga va unda ishlashga shunchaki umr kamlik qiladi ))

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Manabuyerda matematikaka oid shunaqa boshqotirma emas bosh og'riq bo'ladigan qiziq narsalarni yana topsangiz bo'ladi: /channel/otabekmath

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Katta maqsad qo‘yib, uning ortidan harakat qilishning foydasi faqat o‘zingizga tegmasligi mumkin. Ba’zida bir odamning maqsadi, mehnati va harakati uning atrofidagi joyni ham, odamlarni ham o‘zgartiradi.

Behruzning o‘zi bunga yaxshi misol. Chekka bir tumandan chiqqan oddiy bola milliy terma jamoagacha, Jahon chempionatigacha va Yevropa klubigacha yetib bordi.

Menimcha, uning eng katta yutuqlaridan biri faqat futbol maydonidagi natijalari ham emas. U shu yerdagi ko‘plab bolalar va ularning ota-onalariga “demak, bizdan ham chiqishi mumkin ekan” degan ishonchni bera oldi.

Oldin katta futbol, terma jamoa yoki Yevropa klublari bu yerdagi bola uchun juda uzoq narsadek tuyulgan bo‘lsa, bugun mahalladagi bir bola Behruzga qarab buning imkoni borligini ko‘radi. Ota-ona ham bolasini mashg‘ulotga olib borayotganda uning oldida haqiqiy misol borligini biladi.

Menimcha, bir odamning yutug‘i boshqalarning imkoniyat haqidagi tasavvurini o‘zgartira olsa, bu ham juda katta natija.

Masalan, buning yana bir ko‘rinadigan natijasi bu stadion. Uni xalq orasida “Eski stadion” deb atashardi. Sababi tumanimizda ikkita katta stadion bor, bunisi esa juda ko‘p yillar davomida deyarli qarovsiz qolgan edi.

Bolaligimdan eslayman, bu stadionning sigir boqish, vertolyot qo‘nishi va bekinmachoq o‘ynashdan boshqa narsaga foydasi tekkanini deyarli ko‘rmaganman.

Aslida mening bolaligimning bir qismi ham shu yerda o‘tgan. Kech tushishi bilan butun mahalla bolalari stadionga chiqardik. Qorong‘i tushguncha o‘ynardik, shu vaqt ichida qorovuldan yer yuzida mavjud bo‘lgan so‘kinish va qarg‘ishlarning katta qismini eshitib ulgurganmiz. Menimcha, so‘kinish bo‘yicha boshlang‘ich tajribam ham aynan shu yerda shakllangan))

Men futbolga o‘zi unchalik qiziqmayman.

Lekin Behruz Karimov va uning ustozining katta maqsadlari ortidan qilayotgan harakatlari sabab bugun shu stadionning yaxshilanayotgani, uning ortidan mahallamiz ham asta-sekin chiroyliroq joyga aylanayotgani meni xursand qiladi.

Shunda katta maqsadning natijasi faqat o‘zing bilan tugamasligini yana bir bor tushunasan.

Sen o‘zing uchun nimadir qurayotgandirsan, biror natijaga erishishga harakat qilayotgandirsan. Lekin shu yo‘lda yaratgan narsalaring, qilgan ishlaring va ortingdan qoladigan o‘zgarishlar boshqa odamlarga ham foyda berishi mumkin.

Menimcha, hozirdanoq shunaqa maqsadlar haqida o‘ylash kerak. Faqat “men nimaga erishaman?” emas, “men erishsam, atrofimda yana nima yaxshi tomonga o‘zgaradi?” degan savolni ham o‘zimizga berib turish foydali.

Albatta, chetdan qaraganda bularning hammasi chiroyli ko‘rinadi. Aslida esa katta natijaning ortida ko‘p mehnat, vaqt, sabr va ko‘p narsadan voz kechish turadi. Havas qiladigan natijaga yetib kelish, odatda, havas qiladigan darajada oson bo‘lmaydi.

Balki katta maqsadlarning eng yaxshi tomoni ham shudir. Unga erishish uchun qilgan mehnating oxir-oqibat faqat sening hayotingni emas, atrofingdagi odamlar hayotini ham oz bo‘lsa-da yaxshilashi mumkin.

https://youtu.be/-upxUllX_A0

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Dasturlar uchun foydalanish shartlarini yozgan aka bilan raqobat qilmoqchiman)

P.S: Kimdir macbook sovg'a qilsa relizga chiqarib qo'ysa ham bo'ladi hamma os uchun)

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Xullas qiziq research chiqib qoldi:

Odamlarda SI-psixoz (sun’iy intellekt psixozi) tashxisi qo‘yila boshlandi. Olimlar bemorlarning 578 mingdan ortiq tibbiy yozuvlarini o‘rganib, chatbotlar bemorlardagi alahsirashga oid noto‘g‘ri tasavvurlarni kuchaytirgan yoki hatto ularning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan holatlarni aniqlashdi. Bu holatlar shifokorlar tomonidan tasdiqlangan.

Bemorlarning 61 foizida psixoz hayotida birinchi marta kuzatilgan, holatlarning yarmidan ko‘pi esa ChatGPT bilan muloqot qilish bilan bog‘liq bo‘lgan.

https://jamanetwork.com/journals/jamapsychiatry/fullarticle/2854891

P.S: Ro'yxatda bizdagi startupchilar yo'q degan yaxshi gumondaman)

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

🔥Google Gemini PRO’ning 18 oylik taklif berishni to‘xtatishini rasman e’lon qildi. Taklif yakunlangach, uni qayta olish imkoni bo‘lmaydi!

Linklarni topish ham kundan-kunga qiyinlashib bormoqda.

Hozir yangi 30 ga yaqin aktiv link sotib oldim. Ular ham 1 kun ichida ishlatilmasa, kuyishi mumkin. 😢

Faqat kanal a’zolariga ‼️ 60 000 so‘mdan berib yuboraman

Kimga kerak bo‘lsa, @javohircoder ga “Gemini pro 5$” deb yozing.

💳 To‘lovdan keyin link darhol yuboriladi.

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Telegramda batch replace yo'q ekan)

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

😄 https://www.olx.uz/oz/obyavlenie/rabota/uylanaman-qiz-kerak-ID4umCm.html

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Hayot judayam qiyin deb o'ylaydigan odam menimcha rich editor yasab ko'rmagan. Haqiqiy rasvo ish ekan.

Unisini qilsa bunisi, bunisini qilsa unisi ishkal chiqarib turadi.

Albatta o'ziyam pachti ms worddek bo'lib ketdi, lekin asablarni qulatdi.

Export modellar bilan ishlashni deb excel va word faylinini esa pachti koddan yasab beradigan bo'lib qoldi odam.

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Bunisi esa yoshingizni testdan o'tkazadigan daftar 😅

Old schoollar bu modani bilishadi.

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Buyerda rasmga tushayotgan bolalar o'zlarini yuz yildan keyin tasavvur qilib ko'rishmagan bo'lishsa kerak.

Fotoaparatni o'zi ular uchun shaytonmashina bo'lgan. Menimcha hozir internetdan bu narsani tomosha qila olishni o'zi esa ularga tushuntirish uchun alohida masala bo'lardi.

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Asl mutaxassisligim bo‘yicha radiotexnikman yoki harbiy tilda aytganda, aloqachi.

Bu sohani o‘rganayotgan vaqtimizda bizga urushda aloqachilar birinchilardan bo‘lib nishonga olinishi ochiq-oydin o‘rgatilgan. Ularni o‘ldirish yoki asirga olish harbiy jihatdan muhim natija hisoblanadi, buning uchun hatto yaxshigina mukofot va obro‘ ham berilishi mumkin. Chunki zamonaviy urushlarda aloqa nafaqat qo‘shinlarni boshqarish, balki razvedka, navigatsiya, logistika va deyarli barcha harbiy tizimlarning o‘zaro muvofiq ishlashini ta’minlaydigan asosiy infratuzilmalardan biridir. Shu sababli aloqachi sifatida bunday infratuzilmalarga boshqacharoq qarash vaqt o‘tishi bilan kasbiy odatga aylanib qoladi.

Lekin kecha Yandex data-markazi bilan bog‘liq voqeani ko‘rib, bunday zarbalarni har doim ham oqlab bo‘lmaydi, deb o‘yladim.

Sababi XXI asrda data-markazlar shunchaki serverlar joylashgan binolar emas. Ular zamonaviy raqamli infratuzilmaning asosiy qismlaridan biri. Minglab saytlar, ilovalar, bizneslar va oddiy foydalanuvchilarning kundalik hayoti bevosita yoki bilvosita ularga bog‘liq.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush boshlanganidan beri server uskunalari, hosting va infratuzilma xizmatlari bozorida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. Sanksiyalar, logistika va uskunalar ta’minotidagi muammolar narxlarga ham ta’sir ko‘rsatdi. Endi mavjud data-markazlarning jismonan yo‘q qilinishi bu vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin.

Albatta, Yandex kabi yirik kompaniyalarda zaxira data-markazlar, trafikni qayta yo‘naltirish va avariyadan tiklanish mexanizmlari bor. Ammo bular xizmatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi, xolos. Yo‘qotilgan infratuzilmani tiklash uchun baribir vaqt, mablag‘ va resurslar kerak bo‘ladi. Bu xarajatlar esa oxir-oqibat xizmatlar narxiga ham ta’sir qilishi mumkin.

Harbiy nuqtayi nazardan aloqa va hisoblash infratuzilmasining strategik ahamiyatini yaxshi tushunaman. Ammo bugungi kunda harbiy va fuqarolik raqamli infratuzilmasi bir-biriga shu qadar bog‘lanib ketganki, biriga berilgan zarba ikkinchisiga ham ta’sir qilmasligiga kafolat yo‘q.

Shu sababli bunday hodisalarga faqat qancha server yo‘q qilingani yoki qaysi kompaniya qancha zarar ko‘rgani nuqtayi nazaridan qarash yetarli emas. Bu infratuzilmadan foydalanayotgan, urushga umuman aloqasi bo‘lmagan odamlar va bizneslar ham borligini unutmaslik kerak.

Texnik, harbiy yoki strategik jihatdan nimanidir ishdan chiqarish mumkinligi uni ishdan chiqarish har doim ham to‘g‘ri degani emas.

Urushda kim g‘alaba qozonishidan qat’i nazar, eng katta yo‘qotish baribir farzandidan ayrilgan ota-onalar, beva qolgan ayollar va yetim qolgan bolalar zimmasiga tushadi. Menimcha, bu ro‘yxatning yanada uzayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham har bir qarorning insoniy oqibatlarini hisobga olish kerak.

@yetimdasturchi

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

🚨 Iskratel Innbox routerlarida xavflilik darajasi 9.8 ball bo‘lgan kritik zaiflik aniqlandi!

Bu xabar ayniqsa O‘zbekiston uchun juda dolzarb. Chunki mamlakatimizda internet abonentlarining katta qismi aynan Iskratel Innbox routerlaridan foydalanadi.

Aniqlangan zaiflik hujumchiga routerga login va parolsiz, masofadan turib buyruqlar yuborish va ularni root (administrator) huquqi bilan bajarish imkonini beradi. Ya’ni hujumchi qurilma ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritishi mumkin.

Bu qanday xavflarni keltirib chiqaradi?

🔸 Router sozlamalarini foydalanuvchidan yashirincha o‘zgartirish;
🔸 Internet trafikni kuzatish yoki boshqa manzilga yo‘naltirish;
🔸 DNS sozlamalarini o‘zgartirib, foydalanuvchilarni soxta saytlarga yo‘naltirish;
🔸 Routerni botnet tarmog‘iga qo‘shib, kiberhujumlarda foydalanish;
🔸 Internet aloqasini uzish yoki qurilmani ishdan chiqarish.

Eng xavfli jihati hujum uchun foydalanuvchining hech qanday harakati talab qilinmaydi. Ya’ni zararli havolani bosish, fayl yuklab olish yoki parolni kiritish shart emas. Hujumchi zaif boshqaruv interfeysiga tarmoq orqali kira olsa, shuning o‘zi yetarli.

⚠️ O‘zbekiston uchun xavf nimada?

Iskratel Innbox qurilmalari mamlakatimizda keng tarqalganini hisobga olsak, ushbu zaiflik mahalliy internet infratuzilmasi uchun ham jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Albatta, barcha Innbox modellari zaif degani emas bu. Qurilmaning modeli va dasturiy ta’minot versiyasiga bog‘liq.

Nima qilish kerak?

Internet provayderlari qurilmalarning firmware versiyalarini tekshirishi, zaif modellarni aniqlashi va xavfsizlik yangilanishlarini taqdim etishi zarur. Foydalanuvchilarga esa router boshqaruv paneliga internet orqali kirishni cheklash va yangilanishlar bo‘yicha provayderga murojaat qilish tavsiya etiladi.

🔴 Texnik ma’lumotlar:

Zaiflik turi: Unauthenticated Remote Code Execution (RCE)
Zaif endpoint: /login.xgi
Muammo: autentifikatsiyasiz buyruqlar bajarilishi (CWE-78, CWE-306)
CVSS 3.1: 9.8/10 — Critical
CVSS 4.0: 9.4/10 — Critical

Router shunchaki internet tarqatuvchi qurilma emas. U butun uy yoki ofis tarmog‘ining internetga chiqish nuqtasi. Uning xavfsizligi buzilishi esa unga ulangan barcha qurilmalar uchun qo‘shimcha xavf tug‘dirishi mumkin.

@yetimdasturchi

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Selom hozirdan o'rgangan yaxshi. AI ishimizni olib qo'ysa shunaqa dehqonchilik bilan shug'ullanaveramizda)

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Windowsda .exeni debug qilyapsan, bir qarasang allaqachon qandaydir DLL ichida yuribsan. Linuxda GDB bilan bunaqa adashib ketganim esimda yo‘q. Balki Windows debugging muhiti menga hali ham begonadir.

Aslida Linuxda ham .solar ichiga tushib ketish mumkin, faqat GDB odatda source-level debugging bilan ishlashga o‘rgatgan. Albatta, stepi bilan instruction level yursang, manzara unchalik farq qilmaydi.

Demak, masala qaysi muhit murakkabroq ekanida emas, qaysi birining murakkabligiga ko‘zing o‘rganib qolganida.

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozirgi aksiya orqali uni 18 oyga atigi 10$ evaziga olish mumkin. (Ishonchli to'lovni obuna muvaffaqiyatli olingandan keyin qilasiz, xohlasangiz.)

‼️ Linklar soni atigi 15 ta qoldi.

Obuna sizning rasmiy Google akkauntingizga olinadi.
Google AI tarkibida:
• Gemini Pro
• Video yaratish • Rasm yaratish
• Coding • Antigravity
• 5 TB bulutli xotira • +20 Imkoniyatlar

Olib berish narxi bir martalik 10$. To'lovni obuna muvaffaqiyatli olinganidan keyin qilishingiz mumkin.

Kimga kerak bo'lsa @javohircoder ga «Gemini PRO» deb yozing.

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Odatda asabiy bo‘lsam, miyamni qiynab ko‘radigan odatim bor. Bir-biriga umuman o‘xshamagan narsalarni chatishtirib ko‘raman. Albatta, bu qo‘chqor bilan echki bo‘lmaydi hech qachon. Turli algoritmlar, metodlar yoki yondashuvlar bo‘lishi mumkin, xolos. Harna, odam shu bilan chalg‘iydi.

Xullas, videodagi dasturni yasaganimga 10 yil bo‘libdi. O‘sha davrda trendda bo‘lgan Object Pascalda qilingan. Lekin undagi metodlarni eslab, qiziq bir narsani eksperiment qilib ko‘rdim.

Odatda Rubik kubigini dasturiy yechishda Two-Phase (Kociemba) algoritmi ishlatiladi. Judayam mazoxist bo‘linsa yoki buning tagida nima yotganini chuqurroq tushunishni xohlaganlar uchun Group Theory va CSP ham qo‘l keladi. To‘g‘ri, bular algoritm emas. Biri matematik struktura, ikkinchisi esa masalani cheklovlar orqali ifodalash modeli. Lekin Rubik kubigini tushunishda ikkalasi ham juda qiziq nuqtai nazar beradi.

Men esa bularni morfologiya bilan ozgina chatishtirib ko‘rish haqida o‘ylab qoldim.

Rubik kubigida barcha mumkin bo‘lgan holatlarni bazaga yozib chiqmaymiz. Boshlang‘ich holat bor, ruxsat etilgan transformatsiyalar bor va kerakli holatga olib boradigan yo‘l hisoblanadi. Morfologiyada ham bunga biroz o‘xshash manzara bor.

Masalan: kitob > kitoblar > kitoblarimiz > kitoblarimizni

Bularni alohida-alohida tayyor so‘z sifatida saqlash mumkin. Yoki kitobni boshlang‘ich holat deb olib, ko‘plik, egalik va kelishik kabi operatsiyalarni hamda ularning qaysi tartibda ishlashi mumkinligini saqlash mumkin.

Shunda masala bazadan kitoblarimizni degan qatorni topishdan, kitob holatidan berilgan grammatik xususiyatlarga olib boradigan to‘g‘ri yo‘lni topishga aylanadi. Teskari yo‘nalishda esa kitoblarimizni > kitob > PL > POSS.1PL > ACC. Ya’ni morfologik analiz ham ma’lum ma’noda state-space search bo‘lib qoladi.

CSP esa masalaga boshqa tomondan qaraydi. Unda yechim tayyor variantlar orasidan qidirilmaydi, balki o‘zgaruvchilar, ularning mumkin bo‘lgan qiymatlari va ular orasidagi cheklovlar beriladi. Morfologiyada ham so‘zning turkumi, soni, egaligi, kelishigi yoki boshqa grammatik xususiyatlarini shunday o‘zgaruvchilar sifatida ko‘rish mumkin. Masalan, ot uchun kelishik mavjud bo‘lishi mumkin, fe’l uchun esa zamon va shaxs boshqa qoidalar asosida ishlaydi. Shu cheklovlarning barchasini qanoatlantirgan kombinatsiya to‘g‘ri morfologik holatga aylanadi.

Shunda ikki fikr bir joyda uchrashadi. Transformatsiyalar mumkin bo‘lgan holatlar orasida yurish imkonini beradi, CSP esa qanday holat va kombinatsiyalar umuman mumkinligini belgilaydi. Qidiruv esa shu variantlardan kerakli yechimni topadi. Bunga ko‘ra lemma, transformatsiyalar, cheklovlar va qidiruv birgalikda morfologik analiz va generatsiyani hosil qiladi.

Xullas, eksperimentning maqsadi yuz minglab generatsiya qilingan so‘z shakllarini bazada tayyor saqlash qanchalik zarurligini tekshirish edi. Ularning qanchasini faqat lemma, transformatsiya qoidalari va cheklovlar orqali qayta tiklash mumkin? Va bundan ham qiziqrog‘i, shu yondashuvda db hajmi qanchaga kichrayadi, qidirish tezligiga qanday ta’sir qiladi va aniqlikdan yutamizmi yoki yo‘qotamizmi? Hozircha gemoroyga uchradik xolos.

Rubik kubigi bilan o‘zbek morfologiyasining qarindoshligi yo‘q, albatta. Lekin ba’zida bir sohada ishlaydigan fikrlash usulini boshqa sohaga olib o‘tib ko‘rishning o‘zi qiziq natija beradi yoki yo‘l ochadi. Natija bermasa ham, hech bo‘lmasa asabni buzgan narsadan chalg‘ib, asabni buzadigan boshqa narsa topilib keladi.

@yetimdasturchi

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Bazan ichim to'lib ketsa shuyerga kirib ko'z yoshlarimni to'kib chiqaman. Bu Linux Mint distrosi uchun donat sahifasi. Uyerda donation statistikasi ham bor qiziq tomoni.

Bizda odatda Maryam opa samolyot olaman desa butun tarmoq shunga yopisha oladi. Lekin opensource yoki boshqa turdagi dasturiy ta'minotlarni qo'llash uchun emas.

O'zbek open source segmentida ham juda ko'p foydali narsalar bor, ammo buni orqasidan ko'kargan biror dastur muallifini bilmayman.

https://www.linuxmint.com/donors.php

Читать полностью…

Yetim dasturchi kundaligi

Odatda O‘qituvchilar kunida ko‘pchilik ustozlarimni tabriklashga harakat qilardim.

Kecha esa ustozimning xonadonida farzandlari vafot etgani bilan bog‘liq noxush holat bo‘ldi. Telefon qilishganida miyamga kelgan birinchi narsa o‘zlari yaxshimikan? degan o‘y bo‘ldi. Yuraklari bilan muammosi bor edi, bunaqa holatni qabul qilish esa oson emas.

Borganimda rostdan ham ahvollari yaxshi emas ekan, tez yordamni endigina chaqirishgan edi.

Oramizdagi yosh farqi juda katta bo‘lsa ham, munosabatimiz faqat ustoz-shogirdlik bilan cheklanmagan. Oilaviy yaqinligimiz azaldan bor, keyinchalik esa ustoz-shogird bo‘lish bilan birga ulfat ham bo‘lib ketganmiz. Ustoz sifatidagi hurmat o‘z joyida, lekin oramizda yosh farqini sezdirmaydigan, do‘stlardek erkin munosabat ham bor.

Ba’zan gap orasida hazillashib hali ko‘p muvaffaqiyatlarni birga yuvishimiz kerak. Siz ham bir betayinni odam qilganman deb faxrlanib yurasiz, derdim. Hazil bo‘lsa ham, tagida rost gap bor edi. Chunki bugun nimagadir erishayotgan bo‘lsam, buning ichida u kishidan olganlarim ham ko‘p.

Elektronika bo‘yicha menga ko‘p narsani aynan shu inson o‘rgatgan. Lekin bergan bilimlaridan tashqari, o‘rganganlarimni amalda sinab ko‘rishim uchun juda katta erkinlik va sharoit ham yaratib berganlar. Biror narsani buzib qo‘yishimdan qo‘rqib tajribalarimga to‘sqinlik qilmas, aksincha, sinab ko‘r deb qo‘llab-quvvatlardilar. Uskuna yoki detal kerak bo‘lsa, topib berishga harakat qilardilar.

Bir safar shoshilinch boshqa shahardagi tanlovga borishim kerak bo‘lib qolgandi. O‘shanda yonlaridagi bor pulni chiqarib sen borib, yutib kelaver, qolganini bir amallab hal qilamiz, deganlari hali ham esimda. Adashmasam, bergan pullari o‘sha paytda o‘zlarining uch-to‘rt kunlik xarajatiga yetadigan pul edi. Shunga qaramay, bir soniya ham ikkilanmay menga tutqazganlar. Hozir o‘ylasam, gap pulning o‘zida ham emas ekan, gap mening imkoniyatimni o‘zlarinikidan ustun qo‘ya olganlarida ekan.

Shu sabab juda yoshligimdan elektronikani faqat nazariy o‘rganib qolmay, sxemalarni o‘z qo‘lim bilan yig‘ib, ishlamasa sababini izlab, buzib, qaytadan qilib ko‘rib o‘rganganman. Hozir ham yangi narsalarni qo‘rqmay sinab ko‘rishimda o‘sha paytda olgan bilimlarim, yig‘gan tajribam va menga bildirilgan ishonchning o‘rni katta.

Sen uchun shuncha narsa qilgan, hayotingda katta iz qoldirgan insonni bunaqa holatda ko‘rish og‘ir. Ayniqsa unaqa ahvolda ko‘rganingda nima deyishni va qilaringni ham bilmaysan.

Men kasallik, o‘lim va yo‘qotishlarga nisbatan ancha sovuqqon odamman. To‘g‘rirog‘i, bunaqa vaziyatlarda o‘zimni nazorat qila olaman. O‘sha paytda hissiyotga berilmay, nima qilish kerak bo‘lsa, shuni qilishga harakat qilaman. Keyinroq yolg‘iz qolganimda portlasam ham, lekin vaziyatning o‘zida o‘zimni ushlab turaman.

Balki shuning uchun ham kimningdir yaqini olamdan o‘tganda ko‘p gapirishni xohlamayman. Sabr tilab, bo‘lgan voqeani qayta-qayta eslatish ham menga to‘g‘ri tuyulmaydi. Chunki o‘sha paytda odamning o‘z o‘ylari, o‘z og‘rig‘i bo‘ladi. Sen nima desang ham, uning ichida kechayotgan narsani o‘zgartirib qo‘ya olmaysan. Shunaqa paytda ba’zan gapirishdan ko‘ra, shunchaki yonida bo‘lish muhimroqdek tuyuladi.

Bugun O‘qituvchilar kuni. Ustozimni qanday tabriklashim, nima tilashim haqida o‘yladim, lekin odatda aytiladigan gaplarning hech biri hozir o‘rniga tushmaydigandek. Hozir chin dildan xohlayotganim tezroq o‘zlariga kelib, sog‘ayib ketishlari. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, vaqt o‘tib bu og‘ir yo‘qotishni ko‘tara olishlari. Bu yil ustozimga eng katta tilagim shu.

Читать полностью…
Subscribe to a channel