Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi
Prezident farmoni (PF-76-son, 05.05.2025 y.) bilan Prezident Administratsiyasi huzurida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etildi.
62 shtat birligidan iborat mazkur agentlik “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi negizida tashkil etilmoqda (ya’ni loyiha ofisi yopildi, o‘rniga agentlik ochildi).
Agentlik mustaqil davlat boshqaruv organi hisoblanib, ta’limda sifat nazoratini amalga oshiradi. Buning uchun ta’lim tashkilotlarini maxsus va kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi hamda ularning reytingini yuritadi.
❌ Lekin Agentlik nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun litsenziya berMAYdi. Litsenziya avvalgidek Oliy ta’lim vazirligi tomonidan beriladi.
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Agentlik tizimiga o‘tkaziladi.
Agentlik direktori Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi hamda uning maqomi Prezident maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Manba
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 2025-2026-o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv reja tasdiqlandi. Ingliz tilida o'zgarishlar bor!
🔖 O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining "Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 2024-2025-o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv rejani tasdiqlash to'g'risida"gi 121-sonli buyrug'i imzolandi.
🗂Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 2025-2026-o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv reja BUYRUG'I va unga ILOVALAR bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.
🗓 Tasdiqlangan vaqti: 2025 yil 10 aprel.
❗️ Chet tilida asosiy o'zgarish:
7-sinflar ham huddi 5-6-sinflar kabi haftasiga 4 soatlik bo'lgan. Oldin 3 soat edi.
Ularning hisobi 10-sinfdan olingan. Ya'ni oldin 10-sinf 3 soat edi. Hozirda 10-sinf 2 soatga qisqargan.
Qolgan sinflar avvalgi holicha qolgan.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
🎥 Our Students Are in Turkey! 🇹🇷✨
A group of students from Profi University has traveled to Turkey as part of an international exchange program!
They’re studying at a foreign university and gaining amazing academic and cultural experiences. 🌍🎓
In this video, one of the students shares:
💬 how they were welcomed,
🏫 what classes are like,
🌟 and what new opportunities Profi University opened up for them!
📌 Education is more than just lectures — it’s about opportunities, travel, and personal growth!
Watch till the end. Then go for it.
Profi University — your ticket to a new life.
@profiuniversity
🤫 Eng birinchi sizni xabardor qilyapmiz!
Kompyuter va ofis-texnika jihozlari bo'yicha sotuv do'koni tashkil qilganimizdan xabaringiz bor. 2 yil davomida juda ham ko'plab ustozlarimizga kompyuter va ofis-texnika jihozlarini qulay narxlarda yetkazib berib keldik.
Bugungi kunda do'kon faoliyatini biroz qisqartirib, ayrim toifadagi tovarlarnigina qoldirishni ma'qul deb topdik. Shu sabab ayrim boshqa toifadagi mahsulotlarimizni tugatish uchun juda ham qulay narxlarda berib yuborishga qaror qildik. Bizda olgan narximizda optom joyga qaytarish varianti ham bor edi. Lekin bunday qulay narxlarni faqat ingliz tili ustozlarimizga ilindik. Sizlardan ortsa keyin olgan joyimizga topshiramiz.
Shoshiling, mahsulotlarimiz soni juda ham cheklangan.
Har kuni bitta kategoriya mahsulotlari joylab boriladi.
O'zbekiston Respublikasi bo'ylab yetkazib berish xizmati bor.
Kanalimiz: 👉 /channel/+ko5UcE187ENhZGUy
💻 @hr_laptops
Chat GPT Plus endi arzon narxda!
Ko'pchiligimiz hozirgi kunda sun'iy intellektga ishimiz tushadi. Bepul versiyasi biz kutganday ishlamaydi. Pullik versiyasi esa ancha qimmat turadi!
Lekin bepulga solishtirganda ancha aqlliroq, tezroq va mukammalroq javob beradi.
Rasm/PDF fayllar, Word/Excel fayllari bilan ham ishlay oladi.
Rasm generatsiya qilishdan tashqari video generatsiya qilish xususiyatlari ham bor.
Sizga ChatGPT Plus shared account taklif qilamiz.
Bitta accountda 5-10 tagacha a'zo bo'ladi.
Narxi 85 ming so'm - oyiga
Telefon/Kompyuter/Planshet orqali foydalansa bo'ladi.
Dostup olish uchun @uzteachers_admin ga yozing.
To'lovdan keyin sizga Premium obunali login parol beriladi.
Joy soni cheklangan!
Rasmiy ChatGPT, bot yoki norasmiy ilova emas!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Ertaga mamlakatimizda PISA 2025 xalqaro sinovlariga start beriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan PISA 2025 asosiy sinovlariga tayyorgarlik bosqichida test administratorlari uchun maxsus treninglar tashkil etildi.
Unda kompyuter va texnik qurilmalarni soz holatda tayyorlash, AKT mutaxassislarining vazifalari, shuningdek, umumiy tashkiliy jarayonlar bo‘yicha zaruriy ko‘nikmalar berildi.
Ma’lumot uchun: joriy yil 233 ta maktabdagi 9 ming nafarga yaqin 15 yoshli oʻquvchining bilimi PISA xalqaro dasturi orqali baholanadi.
©️ Hilola Umarova
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Green Card natijalari chiqdi!
"Has not been selected"lar uchun
🏛♻️❌☘
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Hali ham yuribsizmi o'tib ketgan attestatsiyani muhokama qiliiib? Biz kuzgisiga tayyorgarlik boshlab yubordik! 😎
Test platformamiz bu yilgi natijalari SUPER bo'lganidan xabaringiz bo'lsa kerak!
👉 NATIJALARIMIZ
Kuzgi attestatsiyaga tayyorgarlik uchun sizga TEST PLATFORMAmizni taklif qilamiz!
Ushbu Platforma sizga INGLIZ TILI FANIDAN huddi haqiqiy imtihondagidek 50ta testni taqsimlab beradi.
➡️ Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading, Fonetika, Pragmatika) 35ta
➡️ Kasb standartidan 5ta
➡️ Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.
✅ 5000 ga yaqin savollar bazasi
✅ Aniq taqsimlangan savollar
✅ Har ishlaganda har xil savol
✅ Test so'ngida javoblari IZOHLARI BILAN beriladi
✅ Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi
FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!
Green Card lottery results to be announced on May 3
Citizens of Uzbekistan will be able to check the results of the Green Card lottery after 9:00 PM Tashkent time on May 3, according to the U.S. Department of State.
👉 https://kun.uz/en/22065403
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
😂
Meni bugundan "Firibgarlar ovchisi" deb atashingiz mumkin.
Batafsil 👉 /channel/uzteachers/17259
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Qanday holatda o'qituvchiga emaktab.uz'da bahoni vaqtida qo'ymagani uchun haq to'lanmaydi
Darsda qatnashgan o'quvchilarni 30% ni baholanishi, dars sahifasi bo'limidagi "Dars o'tildi" qaydiga belgi qoʻyish zarur.
O'quvchilar o'z vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars o'tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to'lanmaydi.
✅ Sinf rahbari "bir kunlik jurnal" da fanlar ostidagi "PR" ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qo'yib boradi:
➖ s- "kichik", hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
➖ dq "kichik", sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
➖ k-"kichik", kasallik sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
➖ kq "kichik", darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m "kichik", surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
➖ ch "kichik", respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko'rsatish uchun;
➖ q "kichik", ta'lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
➖ ns "kichik", ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun;
tq "kichik", turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun qoʻyish belgilanadi.
✅ Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:
➖ s-"kichkina", hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
kq- "kichik", darsga kechikishni koʻrsatish uchun.(baxolash mumkin).
⚠️ Sinf jurnallarida oʻquvchilarning familiyasi va ismi maktab ta'lim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosiga asoslangan yozuvlarda kiritilishi sinf rahbariga yuklatiladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi
🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2025/2026 o‘quv yilida 599 ta texnikumga 370 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllarida jami 311 009 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.
✔️Shundan:
➖ davlat granti asosida — 205 729 ta;
➖ to‘lov-kontrakt asosida — 105 280 ta.
Shu bilan birga, xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilishi belgilangan 14 ta texnikumga jami 1680 nafar o‘quvchini davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish belgilandi.
Qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun 515 ta texnikumga jami 139 245 ta kvota (to‘liq davlat granti), 11-sinf bitiruvchilari uchun esa 549 ta texnikumga jami 171 764 ta kvota (shundan 66 484 ta grant) ajratilgan.
© Ta'lim nazorati
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?
Har yili «1-oktyabr «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan o‘z sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan hamda o‘zlarining boy bilim va tajribalarini yosh avlodga o‘rgatib kelayotgan barcha ustozlar tabriklar qurshovida qoladi. Quyida mamlakatimiz qonunchiligida Ustozlarga belgilangan imtiyozlar bilan tanishitirib o‘tamiz.
1. O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son Qonuniga asosan, bolalarga ta’lim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
2. O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son Qonuniga asosan, davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’tillar beriladi.
3. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodekisiga muvofiq, pedagoglar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilangan.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son Qaroriga asosan, maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilangan.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021-yildagi 562-son Qaroriga binoan, ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining , 30.09.2019-yildagi 823-son Qaroriga muvofiq, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son Farmoniga asosan, o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021-yildagi 562-son Qaroriga binoan, “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021-yildagi 638-son Qaroriga muvofiq, inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.01.2021-yildagi PQ-4940-sonli Qaroriga binoan, olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023 yildagi 120-son Qaroriga asosan, pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.09.1994-yildagi 490-son Qaroriga asosan, tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Manba: @yurist_xizmati
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Bir o'qituvchi toifa testlarida 90 ball olibdi. Uning bu natijasi o'zi ishlayotgan tumanidagi o'qituvchilari orasida eng yuqori bo'lgani uchun keyingi yilda Vazir jamg'armasidan to'lab beriladigan ustamalarga birinchi raqamli talabgor sifatida e'tirof etilib turibdi.
Shu o'qituvchi testdan chiqib, eslab qolgan savollarini hammasini testga kirmagan hamkasblariga ulashibdi.
Natijada, undan keyin kirgan tumandosh hamkasblaridan to'qqiz nafari 92 va undan yuqori ball to'plab, tumanidagi eng yuqori natija qayd etgan o'qituvchilar sifatida Vazir jamg'armasining birinchi bosqichidan o'tgan hisoblanibdi.
90 ball olgan o'qituvchi esa, o'z-o'zidan bu ustama uchun tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo'lib qolibdi.
Manba: @pka_tdi_uz
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Oʻzbekistonda Taʼlim kodeksi ishlab chiqiladi
Ta’lim sohasidagi qonunchilik bazasi kompleks tizimlashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihaga ko‘ra:
▪️ta’lim olish sohasini tartibga soladigan qonun va qonunosti hujjatlarining tushuncha va normalarini tizimlashtirish;
▪️insonning ta’lim olish konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan qoidalarni takomillashtirish;
▪️pedagoglar maqomini mustahkamlash, qadr-qimmatini himoya qilish va ularga g‘amxo‘rlik qilish;
▪️pedagoglarga imtiyozlar yaratish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash;
▪️ta’lim tashkilotlarida inson huquqi madaniyatiga asoslangan muhitni shakllantirish bo‘yicha ta’lim sub’yektlari va ota-onalar javobgarligini belgilash nazarda tutiladi.
Ushbu kodeks loyihasini ishlab chiqish Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»da belgilangan.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz
👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)
👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)
👉 Teacher's book
👉 Konspektlar (4-chorak)
👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR
👉 Tarqatmalar (4-chorak)
👉 Tezislar (4-chorak)
👉 Choraklik testlar
👉 To'garak hujjatlari
👉 ATTESTATSIYA TEST
👉 ChatGPT PLUS
☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Talabalarga chetda ishlab kelish uchun 15 mln so'mgacha foizsiz qarz beriladi
Endi har yili ikki ming nafar talabaga “Work and Travel” dasturi orqali rivojlangan davlatlarda ishlash va sayohat qilish uchun foizsiz ssuda beriladi.
Bu dastur talabalarga nima beradi?
1. Talabalarga ta’til davrida Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yevropa Ittifoqi davlatlarida ishlash va tajriba orttirish;
2. Borish-kelish aviachiptasi uchun davlat tomonidan 15 million so‘m foizsiz qarz (ssuda);
3. Haftasiga 30-40 soat ishlash va bu orqali bir mavsumda o‘rtacha 3-7 ming dollargacha daromad topish imkonini beradi.
Dasturda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan talaba yoshlar (kunduzgi, kechki yoki sirtqi) ishtirok etishi mumkin.
Ariza topshirish 15-maydan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali amalga oshiriladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ O'zbekistonliklar 9 may munosabati bilan necha kun dam oladi?
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu kun munosabati bilan dam olish kunlarini e'lon qildi.
Unga ko'ra:
➖ 9 may (juma) — Xotira va qadrlash kuni;
➖ 10 may (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
➖ 11 may (yakshanba) — dam olish kuni.
SHunday qilib, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun faqat juma va yakshanba dam olish kuni bo'ladi. Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar esa 3 kun juma, shanba va yakshanba kunlari dam olishadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
🔴 Joriy yilgi Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagoglarni saralash jarayonlarining 2-bosqichi boshlandi.
➖Mazkur bosqich ustozlarning kasbiy mahoratini baholash bo'yicha suhbat jarayonlari tarzida o‘tkaziladi.
❓ Dekretga ketgan xodimning darslari soatbay asosda beriladimi?
Assalomu alaykum. Savolim shundan iboratki, men 2024-yil 1-noyabrdan Ingliz tili o'qituvchisi bo'lib ishga kirdim. Dekretga ketgan hodimni o'rniga ishga qabul qilishdi. Buyrug'imda muayyan muddatga deb yozilgan. Endi savolim shuki, dekretga ketgan hodimni o'rniga qabul qilingan hodimga (soatbay) deb haq to'lashi to'g'rimi? Bir joyda eshitgandim, 4oygacha soatbay sifatida, undan keyin esa asosiy qilib haq to'lanadi deb. Hisoblasam meni ishga kirganimga 5oy bo'libdi, endiyam menga soatbay sifatida haq to'lashda davom etiladimi?
YURIST JAVOBI:
✅ Dekretga ketgan xodim o'rniga boshqa xodimni ishga qabul qilish mumkin. Buning huquqiy asoslari mavjud.
Mehnat kodeksining 112-moddasiga muvofiq mehnat to'g'risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq ish joyi o'zida saqlanib qoladigan, yo'q bo'lgan xodimning majburiyatlarini bajarish vaqti uchun muddatli mehnat shartnomasi asosida yangi xodimni ishga qabul qilish mumkin bo'ladi.
Bunda xodim boshqa joyda ishlasama, u asosiy xodim sifatida ishga olinadi, biroq shartnoma muddatli holatda tuziladi.
Ushbu kodeks 237-moddasida homiladorlik va tug'ish ta'tillari, bola parvarishlash ta'tili ijtimoiy ta'til ekanligi keltirilgan. Endi qarang! MK 239-moddasida barcha ijtimoiy ta'tillar vaqtida xodimning avvalgi ish joyi (lavozimi) saqlanib qolishi belgilangan.
Mana shu qoidaga ko'ra ish beruvchi dekretga ketgan xodim o'rniga yangi xodimni ishga olishi mumkin. Bunda ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi asosida boshqa xodimni ishga olishi mumkin bo'ladi.
✅ Shunga ko'ra sizni muddatli mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilish to'g'ri. biroq soatbay haq to'lash noto'g'ri.
💁♂️ Aslida Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qaroriga 3-ilovada tasdiqlangan Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lash to'g'risidagi Nizom 12-bandiga ko'ra ketma-ket ikki oydan ortiq bo'lmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda bo'lmagan xodimlarning o'rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq to'lashda soatbay haq to'lash qoidalar qo'llaniladi.
Mehnat kodeksining 404-moddasiga binoan homiladorlik va tug'ish ta'tili 126 kun (4 oydan ko'proq) etib belgilangan.
✅ Shunday ekan, sizdagi holatda dekretga ketgan xodimning darslari soatbay haq to'lash asosida emas, “Umumta'lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikasiya ro'yxatlarini shakllantirish tartibi to'g'risida”gi nizomga (ro'yxat raqami 3271) muvofiq tarif asosida taqsimlanishi kerak.
Manba: @Yurist_Xizmati
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Endi musiqa va jismoniy tarbiyadan ham milliy sertifikat berish yo'lga qo'yiladi
Yangi qaror loyihasiga ko'ra, musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berishda test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, ulardan amaliy imtihon ham olinadi:
Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar beriladi.
Test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining oʻrtacha natijasiga koʻra:
70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olgan talabgorga A daraja;
60 — 64,9 ball olgan talabgorga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olgan talabgorga B daraja;
50 — 54,9 ball olgan talabgorga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.
❗️ B2 sertifikatingiz bor lekin ustama bermaydi - muammo!
❗️ C1 (Multi-level) sertifikati ustamasi 20 foizga tushib ketgan - muammo!
💡 Yechim - TKT!
🆕 May 12 New Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna
Imtihonda yetarli ball to'plaganingizda TKT imtihoni uchun qilgan xarajatlaringiz Davlat tomonidan 100% qoplab beriladi.
Kurs uchun esa 1 marta 350 Ming so'm to'lov qilasiz va TKT ni sizlarga boshdan oyoq o'rgatamiz.
Kursga yozilish uchun hardoimgidek➡️@forcefr ga murojaat qiling
To'liqroq ma'lumotlar pastda
Direktor jamgʻarmasidan ustama belgilashda baholanadigan koʻrik tanlovlar roʻyxati
2025-2026-oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy taʼrif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olinadigan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar, tadbirlarni roʻyxati tavsiya qilinmoqda.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
#natija_chet_tili
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2025-yil 5-apreldan 25-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
Bilimni baholash agentligi
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Sirtqi ta'lim shakli tugatilgan ta'lim yo'nalishlar ro'yxati.
Ushbu ro'yxatda ko'rsatilgan pedagogik ta'lim yo'nalishlari sirtqi ta'lim shakli tugatildi. Endilikda faqatgina kunduzgi va kechki ta'lim shakllarida qabul jarayonlari amalga oshiriladi.
Huquqiy asos: Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-73-sonli farmoni.
❗️ Ko'plab takliflarni inobatga olib, chegirma muddatini 5-maygacha cho'zdik. Shu sanagacha to'lov qilib TEST PLATFORMAmizga 20 foizlik chegirmada ulaning!
Читать полностью…2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz
👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)
👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)
👉 Teacher's book
👉 Konspektlar (4-chorak)
👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR
👉 Tarqatmalar (4-chorak)
👉 Tezislar (4-chorak)
👉 Choraklik testlar
👉 To'garak hujjatlari
👉 ATTESTATSIYA TEST
👉 ENG YAXSHI MAKTAB TANLOVI TEST
☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Oliy toifali o‘qituvchilar uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi
Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga umumiy o‘rta ta’lim maktablarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasida maqsadli magistraturani joriy etish bo‘yicha 2025-yil dekabriga qadar taklif kiritish vazifasi belgilangan.
Unga ko‘ra;
➖2026/2027 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida maqsadli magistratura tashkil etish;
➖Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning ishidan ajralmagan holda bilim olishlari uchun ta’lim jarayonini masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilish;
➖Magistraturaga faqat xalqaro tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tizimda oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni qabul qilish;
➖Magistraturada masofadan o‘qish va davlat namunasidagi diplom berish tartibi, to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash hamda talabalar bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
IELTS 7.5 sertifikati yoniga B2 so'rashyapti ekan... 😁
Surxondaryo viloyatidan murojaat qilgan obunachimizga ko'ra, unga yaqin vaqtgacha IELTS 7.5 uchun 50 foiz ustama to'lab kelingan. Oxirgi 2 oydan bu yog'iga ushbu ustama to'xtatib qo'yilibdi. Sababi esa juda kulgili: yoniga B2 sertifikat bo'lishi kerak ekan 😂 Bu huddi pasportiz yonida ID karta ham bo'lishi kerak deganday talabda! 😁
Jarqorgo'on tuman MMTB tuman metodistini talabi deyildi.
Tegishli tashkilotlar, ma'sullar, iltimos sohangiz bo'yicha ozroq tushunchaga ega bo'lib keyin biror nima talab qo'yinglar....
IELTS o'zi daraja beradigan sertifikatku!
Faqatgina TKT, TESOL/TEFL singari til bilish darajasini emas kasb mahoratini o'lchaydigan imtihon yoki shunga yo'nalgan kurslardan olingan sertifikatlardangina ustama olish uchun B2 qo'shimcha so'raladi.
IELTS, Milliy sertifikat (Multi-level), TOEFL iBT, FCE, CAE kabi imtihonlar o'zi shundoq ham til bilish darajasini o'lchagani uchun ularga yana bitta qo'shimcha sertifikat shart emas.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Kelasi yildan "Yil o'qituvchisi" hamda "Kasbiy mahorat yetakchisi" tavlovlari tashkil etiladi
“Yil oʻqituvchisi” tanlovi qachon, qanday shartlar asosida oʻtkazilishi haqida juda koʻp murojaatlar kelardi. Biz hurmatli pedagoglarimiz, jamoatchilikdan takliflar ham soʻradik, har birini oʻrganib chiqdik.
Nihoyat, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori imzolandi.
Qarorga koʻra, “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.
“Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzodlar oʻzlari dars beradigan bitta fandan, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari esa boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida ishtirok etadi. Ishtirokchilar vazirlikning maxsus platformasi orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:
birinchi bosqichda — nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlari baholanadi;
ikkinchi bosqichda — nomzodlarning pedagogik mahorati baholash mezonlari asosida hakamlar hayʼati hamda pedagoglar tomonidan baholanadi. Bunda nomzod oʻtgan darsning videoyozuvi baholash uchun maxsus platformaga joylashtiriladi;
uchinchi bosqichda — nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati hamda kitobxonligi baholanadi.
Tanlov yakunlariga koʻra, har ikki yilda bir marta oktabr oyida gʻolib deb topilgan har bir nomzod reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladigan hamda Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.
Ushbu sertifikat asosida gʻoliblar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Pedagogik mahorat markazlari direktorlari oʻrtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovida esa ishtirokchilarning 4 ta yoʻnalish boʻyicha faoliyati natijalari oʻrganiladi. Bular — hududda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha erishilgan natijalar, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash boʻyicha erishilgan natijalar, zamonaviy uslubda taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha erishilgan natijalar, Markazni tajribali kadrlar bilan taʼminlash va zamonaviy boshqaruv usullarining joriy qilinganligi.
Gʻoliblar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovlar haqida batafsil maʼlumot, yangiliklarni vazirlik sahifalari orqali berib boramiz. Biz ushbu megatanlovlarni adolatli, shaffof, faxriy pedagoglarimiz, ekspertlar va jamoatlik vakillari bilan hamkorlikda tashkil etamiz.
© Hilola Umarova
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿