Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads
Green Card natijalari chiqdi!
"Has not been selected"lar uchun
🏛♻️❌☘
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Hali ham yuribsizmi o'tib ketgan attestatsiyani muhokama qiliiib? Biz kuzgisiga tayyorgarlik boshlab yubordik! 😎
Test platformamiz bu yilgi natijalari SUPER bo'lganidan xabaringiz bo'lsa kerak!
👉 NATIJALARIMIZ
Kuzgi attestatsiyaga tayyorgarlik uchun sizga TEST PLATFORMAmizni taklif qilamiz!
Ushbu Platforma sizga INGLIZ TILI FANIDAN huddi haqiqiy imtihondagidek 50ta testni taqsimlab beradi.
➡️ Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading, Fonetika, Pragmatika) 35ta
➡️ Kasb standartidan 5ta
➡️ Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.
✅ 5000 ga yaqin savollar bazasi
✅ Aniq taqsimlangan savollar
✅ Har ishlaganda har xil savol
✅ Test so'ngida javoblari IZOHLARI BILAN beriladi
✅ Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi
FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!
Green Card lottery results to be announced on May 3
Citizens of Uzbekistan will be able to check the results of the Green Card lottery after 9:00 PM Tashkent time on May 3, according to the U.S. Department of State.
👉 https://kun.uz/en/22065403
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
😂
Meni bugundan "Firibgarlar ovchisi" deb atashingiz mumkin.
Batafsil 👉 /channel/uzteachers/17259
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Qanday holatda o'qituvchiga emaktab.uz'da bahoni vaqtida qo'ymagani uchun haq to'lanmaydi
Darsda qatnashgan o'quvchilarni 30% ni baholanishi, dars sahifasi bo'limidagi "Dars o'tildi" qaydiga belgi qoʻyish zarur.
O'quvchilar o'z vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars o'tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to'lanmaydi.
✅ Sinf rahbari "bir kunlik jurnal" da fanlar ostidagi "PR" ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qo'yib boradi:
➖ s- "kichik", hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
➖ dq "kichik", sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
➖ k-"kichik", kasallik sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
➖ kq "kichik", darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m "kichik", surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
➖ ch "kichik", respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko'rsatish uchun;
➖ q "kichik", ta'lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
➖ ns "kichik", ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun;
tq "kichik", turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun qoʻyish belgilanadi.
✅ Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:
➖ s-"kichkina", hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
kq- "kichik", darsga kechikishni koʻrsatish uchun.(baxolash mumkin).
⚠️ Sinf jurnallarida oʻquvchilarning familiyasi va ismi maktab ta'lim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosiga asoslangan yozuvlarda kiritilishi sinf rahbariga yuklatiladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi
🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2025/2026 o‘quv yilida 599 ta texnikumga 370 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllarida jami 311 009 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.
✔️Shundan:
➖ davlat granti asosida — 205 729 ta;
➖ to‘lov-kontrakt asosida — 105 280 ta.
Shu bilan birga, xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilishi belgilangan 14 ta texnikumga jami 1680 nafar o‘quvchini davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish belgilandi.
Qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun 515 ta texnikumga jami 139 245 ta kvota (to‘liq davlat granti), 11-sinf bitiruvchilari uchun esa 549 ta texnikumga jami 171 764 ta kvota (shundan 66 484 ta grant) ajratilgan.
© Ta'lim nazorati
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?
Har yili «1-oktyabr «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan o‘z sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan hamda o‘zlarining boy bilim va tajribalarini yosh avlodga o‘rgatib kelayotgan barcha ustozlar tabriklar qurshovida qoladi. Quyida mamlakatimiz qonunchiligida Ustozlarga belgilangan imtiyozlar bilan tanishitirib o‘tamiz.
1. O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son Qonuniga asosan, bolalarga ta’lim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
2. O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son Qonuniga asosan, davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’tillar beriladi.
3. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodekisiga muvofiq, pedagoglar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilangan.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son Qaroriga asosan, maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilangan.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021-yildagi 562-son Qaroriga binoan, ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining , 30.09.2019-yildagi 823-son Qaroriga muvofiq, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son Farmoniga asosan, o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021-yildagi 562-son Qaroriga binoan, “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021-yildagi 638-son Qaroriga muvofiq, inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.01.2021-yildagi PQ-4940-sonli Qaroriga binoan, olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023 yildagi 120-son Qaroriga asosan, pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.09.1994-yildagi 490-son Qaroriga asosan, tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Manba: @yurist_xizmati
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Bir o'qituvchi toifa testlarida 90 ball olibdi. Uning bu natijasi o'zi ishlayotgan tumanidagi o'qituvchilari orasida eng yuqori bo'lgani uchun keyingi yilda Vazir jamg'armasidan to'lab beriladigan ustamalarga birinchi raqamli talabgor sifatida e'tirof etilib turibdi.
Shu o'qituvchi testdan chiqib, eslab qolgan savollarini hammasini testga kirmagan hamkasblariga ulashibdi.
Natijada, undan keyin kirgan tumandosh hamkasblaridan to'qqiz nafari 92 va undan yuqori ball to'plab, tumanidagi eng yuqori natija qayd etgan o'qituvchilar sifatida Vazir jamg'armasining birinchi bosqichidan o'tgan hisoblanibdi.
90 ball olgan o'qituvchi esa, o'z-o'zidan bu ustama uchun tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo'lib qolibdi.
Manba: @pka_tdi_uz
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Oʻzbekistonda Taʼlim kodeksi ishlab chiqiladi
Ta’lim sohasidagi qonunchilik bazasi kompleks tizimlashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihaga ko‘ra:
▪️ta’lim olish sohasini tartibga soladigan qonun va qonunosti hujjatlarining tushuncha va normalarini tizimlashtirish;
▪️insonning ta’lim olish konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan qoidalarni takomillashtirish;
▪️pedagoglar maqomini mustahkamlash, qadr-qimmatini himoya qilish va ularga g‘amxo‘rlik qilish;
▪️pedagoglarga imtiyozlar yaratish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash;
▪️ta’lim tashkilotlarida inson huquqi madaniyatiga asoslangan muhitni shakllantirish bo‘yicha ta’lim sub’yektlari va ota-onalar javobgarligini belgilash nazarda tutiladi.
Ushbu kodeks loyihasini ishlab chiqish Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»da belgilangan.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Xabaringiz bor, savollarni takroranayotgani bo'yicha post joylab, UzBMB dan izoh so'ragan edim. Ushbu tashkilotdan menga chiqishdi. Va holat bo'yicha tushuntirish berishdi.
Ushbu xabarni o'zgartirishsiz siz obunachilarga havola qilaman:
Chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlari ingliz, nemis, fransuz va arab tillari uchun ko‘p darajali (multilevel) formatda o‘tkaziladi. Turli qiyinlik darajasidagi test variantlari o‘rtasidagi farqni bartaraf etish hamda imtihon natijalarini hisoblashda inson omili ro‘lini kamaytirish uchun imtihonning tinglab tushunish va o‘qish bo‘limlari topshiriqlari “equating” (tenglashtirish) tamoyili asosida generatsiya qilinadi. Bunda test bankida mavjud bo‘lgan, oldingi imtihonlarda qo‘llanilgan ayrim test topshiriqlari yangi variantda ham takrorlanadi va bunday topshiriqlar baholash nazariyasida “anchor items” deb ataladi. Qiyinlik darajasi aniq bo‘lgan ushbu topshiriqlar natijalarni hisoblashda keyingi test variantlarining qiyinlik darajasini bazadagi boshqa test variantlari qiyinlik darajasiga muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi.
Agar yuqoridagi tamoyilga amal qilinmasa, qobiliyat yoki bilim darajasi bir xil bo‘lgan ammo qiyinlik darajasi farqli ikki xil test variantini bajargan talabgorlarning natijalari har xil bo‘lishiga olib keladi hamda test natijalarining validligi, ishonchliligi va adolatliligi ta’minlanmaydi.
UzBMB izohi shu yerda tugaydi. Men savollarimga qisman javob oldim. Ochiq qolgan savollarim bor hali. Ushbu savollarni agentlik xodimlariga yetkizganman. Bee'tibor bo'lmagani va tezkorlik uchun agentlikka minnatdorchilik bildiraman.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️13 ta pedagogika oliygohlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkaziladi
Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra yuqoridagi pedagogika sohasida kadrlarni tayyorlaydigan davlat oliygohlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkaziladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️ CHEGIRMAMIZ TUGASHIGA 2 KUN QOLDI!
Hali ham yuribsizmi o'tib ketgan attestatsiyani muhokama qiliiib? Biz kuzgisiga tayyorgarlik boshlab yubordik! 😎
Test platformamiz bu yilgi natijalari SUPER bo'lganidan xabaringiz bo'lsa kerak!
👉 NATIJALARIMIZ
Kuzgi attestatsiyaga tayyorgarlik uchun sizga TEST PLATFORMAmizni taklif qilamiz!
Ushbu Platforma sizga INGLIZ TILI FANIDAN huddi haqiqiy imtihondagidek 50ta testni taqsimlab beradi.
➡️ Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading, Fonetika, Pragmatika) 35ta
➡️ Kasb standartidan 5ta
➡️ Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.
✅ 5000 ga yaqin savollar bazasi
✅ Aniq taqsimlangan savollar
✅ Har ishlaganda har xil savol
✅ Test so'ngida javoblari IZOHLARI BILAN beriladi
✅ Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi
FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!
2024-2025-o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun ingliz tili fanidan yakuniy attestatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiya va materiallar
👉 Listening audiosi 👉 BU YERDA
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz
👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)
👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)
👉 Teacher's book
👉 Konspektlar (4-chorak)
👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR
👉 Tarqatmalar (4-chorak)
👉 Tezislar (4-chorak)
👉 Choraklik testlar
👉 To'garak hujjatlari
👉 ATTESTATSIYA TEST
👉 ENG YAXSHI MAKTAB TANLOVI TEST
☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Attestatsiya tizimi xalqaro akreditatsiyadan o'tkazildi
Endi oxirgi attestatsiyada 86 va undan yuqori ball bilan oliy va birinchi toifaga ega bo'lgan ustozlar 70 foizlik ustamaga ega bo'ladilar
Bu haqda vazirlik ma'sul xodimi S.Rahimboyev xalqtaliminfo.uz tahririyatiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️ B2 sertifikatingiz bor lekin ustama bermaydi - muammo!
❗️ C1 (Multi-level) sertifikati ustamasi 20 foizga tushib ketgan - muammo!
💡 Yechim - TKT!
🆕 May 12 New Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna
Imtihonda yetarli ball to'plaganingizda TKT imtihoni uchun qilgan xarajatlaringiz Davlat tomonidan 100% qoplab beriladi.
Kurs uchun esa 1 marta 350 Ming so'm to'lov qilasiz va TKT ni sizlarga boshdan oyoq o'rgatamiz.
Kursga yozilish uchun hardoimgidek➡️@forcefr ga murojaat qiling
To'liqroq ma'lumotlar pastda
Direktor jamgʻarmasidan ustama belgilashda baholanadigan koʻrik tanlovlar roʻyxati
2025-2026-oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy taʼrif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olinadigan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar, tadbirlarni roʻyxati tavsiya qilinmoqda.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
#natija_chet_tili
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2025-yil 5-apreldan 25-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
Bilimni baholash agentligi
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Sirtqi ta'lim shakli tugatilgan ta'lim yo'nalishlar ro'yxati.
Ushbu ro'yxatda ko'rsatilgan pedagogik ta'lim yo'nalishlari sirtqi ta'lim shakli tugatildi. Endilikda faqatgina kunduzgi va kechki ta'lim shakllarida qabul jarayonlari amalga oshiriladi.
Huquqiy asos: Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-73-sonli farmoni.
❗️ Ko'plab takliflarni inobatga olib, chegirma muddatini 5-maygacha cho'zdik. Shu sanagacha to'lov qilib TEST PLATFORMAmizga 20 foizlik chegirmada ulaning!
Читать полностью…2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz
👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)
👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)
👉 Teacher's book
👉 Konspektlar (4-chorak)
👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR
👉 Tarqatmalar (4-chorak)
👉 Tezislar (4-chorak)
👉 Choraklik testlar
👉 To'garak hujjatlari
👉 ATTESTATSIYA TEST
👉 ENG YAXSHI MAKTAB TANLOVI TEST
☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Oliy toifali o‘qituvchilar uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi
Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga umumiy o‘rta ta’lim maktablarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasida maqsadli magistraturani joriy etish bo‘yicha 2025-yil dekabriga qadar taklif kiritish vazifasi belgilangan.
Unga ko‘ra;
➖2026/2027 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida maqsadli magistratura tashkil etish;
➖Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning ishidan ajralmagan holda bilim olishlari uchun ta’lim jarayonini masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilish;
➖Magistraturaga faqat xalqaro tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tizimda oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni qabul qilish;
➖Magistraturada masofadan o‘qish va davlat namunasidagi diplom berish tartibi, to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash hamda talabalar bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
IELTS 7.5 sertifikati yoniga B2 so'rashyapti ekan... 😁
Surxondaryo viloyatidan murojaat qilgan obunachimizga ko'ra, unga yaqin vaqtgacha IELTS 7.5 uchun 50 foiz ustama to'lab kelingan. Oxirgi 2 oydan bu yog'iga ushbu ustama to'xtatib qo'yilibdi. Sababi esa juda kulgili: yoniga B2 sertifikat bo'lishi kerak ekan 😂 Bu huddi pasportiz yonida ID karta ham bo'lishi kerak deganday talabda! 😁
Jarqorgo'on tuman MMTB tuman metodistini talabi deyildi.
Tegishli tashkilotlar, ma'sullar, iltimos sohangiz bo'yicha ozroq tushunchaga ega bo'lib keyin biror nima talab qo'yinglar....
IELTS o'zi daraja beradigan sertifikatku!
Faqatgina TKT, TESOL/TEFL singari til bilish darajasini emas kasb mahoratini o'lchaydigan imtihon yoki shunga yo'nalgan kurslardan olingan sertifikatlardangina ustama olish uchun B2 qo'shimcha so'raladi.
IELTS, Milliy sertifikat (Multi-level), TOEFL iBT, FCE, CAE kabi imtihonlar o'zi shundoq ham til bilish darajasini o'lchagani uchun ularga yana bitta qo'shimcha sertifikat shart emas.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Kelasi yildan "Yil o'qituvchisi" hamda "Kasbiy mahorat yetakchisi" tavlovlari tashkil etiladi
“Yil oʻqituvchisi” tanlovi qachon, qanday shartlar asosida oʻtkazilishi haqida juda koʻp murojaatlar kelardi. Biz hurmatli pedagoglarimiz, jamoatchilikdan takliflar ham soʻradik, har birini oʻrganib chiqdik.
Nihoyat, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori imzolandi.
Qarorga koʻra, “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.
“Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzodlar oʻzlari dars beradigan bitta fandan, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari esa boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida ishtirok etadi. Ishtirokchilar vazirlikning maxsus platformasi orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:
birinchi bosqichda — nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlari baholanadi;
ikkinchi bosqichda — nomzodlarning pedagogik mahorati baholash mezonlari asosida hakamlar hayʼati hamda pedagoglar tomonidan baholanadi. Bunda nomzod oʻtgan darsning videoyozuvi baholash uchun maxsus platformaga joylashtiriladi;
uchinchi bosqichda — nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati hamda kitobxonligi baholanadi.
Tanlov yakunlariga koʻra, har ikki yilda bir marta oktabr oyida gʻolib deb topilgan har bir nomzod reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladigan hamda Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.
Ushbu sertifikat asosida gʻoliblar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Pedagogik mahorat markazlari direktorlari oʻrtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovida esa ishtirokchilarning 4 ta yoʻnalish boʻyicha faoliyati natijalari oʻrganiladi. Bular — hududda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha erishilgan natijalar, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash boʻyicha erishilgan natijalar, zamonaviy uslubda taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha erishilgan natijalar, Markazni tajribali kadrlar bilan taʼminlash va zamonaviy boshqaruv usullarining joriy qilinganligi.
Gʻoliblar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovlar haqida batafsil maʼlumot, yangiliklarni vazirlik sahifalari orqali berib boramiz. Biz ushbu megatanlovlarni adolatli, shaffof, faxriy pedagoglarimiz, ekspertlar va jamoatlik vakillari bilan hamkorlikda tashkil etamiz.
© Hilola Umarova
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
O'zingizning sohangizda kichkinagina masalada hech bolmaganda adolat bilan fikr bildira olmayapsizmi, sizni boshqa sohadan adolat talab qilishga haqqingiz yo'q!
© Hasanboy Rasulov
P. S.: Muallifga bejizga o'zimni yozmadim. Hayotiy tajribamda ko'p guvohi bo'ldim. Adolatsizlikka uchradim deb dod-voy solayotganlarning aksariyati o'zining sohasida adolatni ta'minlab qo'ya olmaydiganlar bo'ladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️2025-2026-oʻquv yilidan boshlab pedagog yo‘nalishlariga sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi
Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra: 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:
➖ pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etilib, sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;
➖ oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
11-sinf Ingliz tili yakuniy imtihon uchun audio material. 1-10-variantlar uchun
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Maktab imtihonlari 26-maydan boshlanadi
🗓 Imtihonlar sanasi:
🔹 9- va 11-sinflar uchun — 26-maydan 15-iyungacha
🔹 9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya imtihoni — 1-6-may
🔹 11-sinflarda Kasbiy ta’lim fani imtihoni — 17-20-iyun (amaliy shaklda)
📝 Imtihon fanlari:
📚 9-sinf: ▪️ Ona tili va adabiyoti / Davlat tili (yozma)
▪️ Matematika (yozma)
▪️ O‘zbekiston tarixi (yozma/og‘zaki)
▪️ Jismoniy tarbiya (amaliy)
📚 11-sinf: ▪️ Ona tili va adabiyoti / Davlat tili (yozma)
▪️ Matematika (asosiy yoki chuqurlashtirilgan) (yozma)
▪️ Tarix (yozma)
▪️ Tanlov fanlari (yozma)
▪️ Chet tili-tanlov (yozma/og‘zaki)
Eslatma: milliy sertifikati bor va chet tili sertifikati bor o'quvchilar tegishli fan bo'yicha imtihondan ozod qilinadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Ingliz tili o'qituvchilari uchun chinakam motivatsiya!
Zulhumor Samatova guruhida tayyorlangan ustozimiz attestatsiyada maksimal 100 ballni qo'lga kiritdi.
Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumani, 81-maktab ingliz tili o'qituvchisi Ozoda Toshtemirova 2025-yil attestatsiya imtihonida 100 foiz natija bilan 2-toifaga sazovor bo'ldi.
Ozoda Toshtemirova aslida fransuz tilida o'qigan, ingliz tili ikkinchi mutaxassisligi hisoblanadi.
Lekin shunga qaramay, Yanvar oyida tashkil qilingan Zulxumor Samatovaning 2 oylik kursida juda ham faol ishtirok etib, o'zining tirishqoqlogi, izlanuvchanligi bilan barchani lol qoldirdi.
Ustozni butun Attestatsiya INFO kanali jamoasi nomidan tabriklaymiz!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Post ayrim savollarni qaytarilishi haqida edi. Qaytaraman ayrim savollarning QAYTARILISHI HAQIDA!
Izohlar:
Yolg'on!!! Men topshirganda birorta savol qaytarilmagan - Siz topshirmaganda qaytarilmagan degani, doim ham shunday degani emas. Siz bilmadiz degani yolg'on degani ham emas. Shunchaki muammo o'rtaga tashlanib tegishli tashkillotdan izoh so'ralyapti xolos.
Hecham osonmas o'zi multi-level olish - Hech kim oson deyayotgani yo'q! Post oson/qiyinligi haqida emas!
Endi sizni deb battar qiyinlashtirib tashlashadi savollarni - Savollarni oson/qiyinlik bo'yicha formulasi bor. Begilagan darajadan qiyin qilolmaydi. Savollar takroran tushmasin, shaffofroq bo'lsin muhit deyilyapti xolos.
Rus tili/Informatikalarga nega indamaysiz? Nega faqat ingliz tili o'qitucvhilarini gapirasiz? - Birinchidan aynan o'qituvchilar deyilmagan, umuman post ma'lum bir kasb egalari yoki shaxslar haqida emas edi. Keyin kanal tematikasi ingliz tiliga oid. Informatika yoki rus tili bo'lganda, shularni yoritgan bo'lardik.
Shunaqa gaplarizni deb Multi-level 20 foizga tushib ketdi - Multi-level Prezident qarori bilan tushirilgan. O'sha qaror 2022-yilda chiqarilgan. Meni bir gram aloqam yo'q. Ustamarni foizlarini tushurib yuborish vakolatiga ega emasman.
Umuman o'rtoqlar, bu murojaat UzBMB uchun. U yerda hech qanday yomon gap yozilmagan. Holat ko'rsatilib, shunga izoh so'ralgan. Bunday postlarni ko'p marta joylab, ko'p tashkilotlardan izoh so'rab kelaman. Menimcha bu yangilik emas! Faqat bu safargisi, aynan siz olgan sertifikat imtihoni haqida bo'lgani uchun ko'pchiligingizga tegib ketayotgan ko'rinadi.
Hech ham siqilmang/o'ylanmang, hech kim sizni bir narsada aybalamayapti. Qo'lizdan sertifikatizngizni hech kim tortib olmoqchi emas. Savollarimiz tegishli tashkilotlarga, fikriz bo'lsa yozib qoldiring, bo'lmasa biror fikr yozishga majbur emassiz!
☝️ Izohlarda haqorat va hurmatsizlik qilganlar qo'ra ro'yxatdan joy oladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿