Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads
UzBMB savollar bazasi ustida ishlamay qo'ydimi?
Menga kelayotgan murojaatlarga ko'ra, Respublikamiz hududida tashkil qilinayotgan Ingliz tili fanidan daraja aniqlash (Multi-level) imtihonlari savollar bazasi anchadan beri takrorlanib kelmoqda. Listening, Reading, Speakingdan aynan qaysi savollar tushishi, Writing qaysi turdagi essay yozish so'ralishini oldindan taxmin qilish mumkin bo'lyapti. Ayrim kanallar esa, qaytarilayotgan test bazalarini yig'ib savdosini ham boshlab yuborgan.
Skrinshotlardan ko'rinadiki, 20 ming so'mga sotilayotgan test bazalar o'zini oqlagan. Kanal muallifi aytganday, ayrim savollar (Listening) aynan qaytarilgan. Writing bo'yicha ham aynan o'sha essay turlari tushgan.
Hurmatli UzBMB ma'sullari, bunday yondashuv bilan til bilishni haqiqatdan o'lchab bo'ladimi?
Kimdandir 20 ming so'mga baza sotib olinsayu, u imtihonda takrorlanib tursa, sertifikat olishning mashaqqati qoladimi?
U olingan sertifikat bilan, Oliy o'quv yurtlariga, Magistratura va Doktoranturaga kirishga imtiyoz berilsa, ustama va boshqa bir qancha imtiyozlarni taqdim etsa, holat judayam achinarli.
UzBMBdan izoh kutib qolamiz!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Xorijiy tillarni oʼqitish bo'yicha eng yaxshi maktab tanlovi VILOYAT bosqichi 2025-yil varianti JAVOBLARI
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
📝 Xorijiy tillarni oʼqitish bo'yicha eng yaxshi maktab tanlovi VILOYAT bosqichida 2025-yilda tushgan savollar
👉 2-bosqich (VILOYAT bosqichi) –
Ushbu bosqichda ishtirokchilarning
➖ tinglab tushunish (listening),
➖ yozish (writing),
➖ o‘qish (reading)
➖ leksik-grammatik ko‘nikmalari baholanadi.
JAVOBLARI va AUDIOLARI: TEZ ORADA
Tuman bosqichi savollari 👉 BU YERDA
Viloyat bosqichi: 👉 2022 👉 2023 👉 2024
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ TOIFALAR BO'YICHA PEDAGOG XODIMLAR OYLIGI QANCHANI TASHKIL QILADI?
Xabaringiz bor, Oxirgi marta Prezident farmoniga ko'ra, 1-oktyabrdan ish haqlari miqdori 15 foizga oshishi belgilangan edi. Unga ko'ra, oktyabr oyidan pedagoglar 1 stavka dars uchun toifalar bo'yicha quyidagicha oylik oladilar:
👉 Oliy toifa– 4 674 594 soʻm
Qo'lga tegishi: 4 111 343 soʻm
👉 Birinchi toifa – 4 230 138 soʻm
Qo'lga tegishi: 3 722 521 soʻm
👉 Ikkinchi toifa – 3 796 213 soʻm
Qo'lga tegishi: 3 340 667 soʻm
👉 Mutaxassis – 3 390 824 soʻm
Qo'lga tegishi: 2 983 925 soʻm
☝️ Agar sizda kasaba uyushmasiga a'zolik bo'lsa, qo'lga tegish summasidan 1.12 foiz kasaba uyushmasi badalini ayirib tashlash orqali hisoblanadi. Undan tashqari ushbu summaga turli ustamalar, sinf raxbarlik, daftar tekshirish va boshqa qo'shimcha to'lovlar qo'shilmagan.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Hali ham yuribsizmi o'tib ketgan attestatsiyani muhokama qiliiib? Biz kuzgisiga tayyorgarlik boshlab yubordik! 😎
Test platformamiz bu yilgi natijalari SUPER bo'lganidan xabaringiz bo'lsa kerak!
👉 NATIJALARIMIZ
Kuzgi attestatsiyaga tayyorgarlik uchun sizga TEST PLATFORMAmizni taklif qilamiz!
Ushbu Platforma sizga INGLIZ TILI FANIDAN huddi haqiqiy imtihondagidek 50ta testni taqsimlab beradi.
➡️ Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading, Fonetika, Pragmatika) 35ta
➡️ Kasb standartidan 5ta
➡️ Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.
✅ 5000 ga yaqin savollar bazasi
✅ Aniq taqsimlangan savollar
✅ Har ishlaganda har xil savol
✅ Test so'ngida javoblari IZOHLARI BILAN beriladi
✅ Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi
FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!
⚡️ Yangi baholashni bekor qilish bo'yicha murojaat 10 mingdan ortiq ovoz to'pladi
"Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portaliga "Родители против 100 бальной системы обучения!" (Ota-onalar 100 ballik o'qitish tizimiga qarshi) sarlavhasida petitsiya e'lon qilingan edi.
Ushbu petitsiya hozirda 10 mingdan ortiq ovoz to'plab, ko'rib chiqish uchun qonunchilik palatasiga yuborildi.
Petitsiyani yoqlab ovoz berilganlar soni 10150 ta, qarshi ovozlar 10170ta
Eslatib o'tamiz, o'qituvchilar petitsiyaga qarshi ovoz berishga va trollik qilishga majburlanayotgani haqida xabar bergan edik.
Komil Jalilovga ko'ra, ushbu jarayonga vazirlik ma'suli ham aralashgan bo'lishi mumkin.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️ B2 sertifikatingiz bor lekin ustama bermaydi - muammo!
❗️ C1 (Multi-level) sertifikati ustamasi 20 foizga tushib ketgan - muammo!
💡 Yechim - TKT!
🆕 April 8 New Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna
Imtihonda yetarli ball to'plaganingizda TKT imtihoni uchun qilgan xarajatlaringiz Davlat tomonidan 100% qoplab beriladi.
Kurs uchun esa 1 marta 350 Ming so'm to'lov qilasiz va TKT ni sizlarga boshdan oyoq o'rgatamiz.
Kursga yozilish uchun hardoimgidek➡️@forcefr ga murojaat qiling
To'liqroq ma'lumotlar pastda
2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz
👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)
👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)
👉 Teacher's book
👉 Konspektlar (4-chorak)
👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR
👉 Tarqatmalar (4-chorak)
👉 Tezislar (4-chorak)
👉 Choraklik testlar
👉 To'garak hujjatlari
👉 ATTESTATSIYA TEST
👉 ENG YAXSHI MAKTAB TANLOVI TEST
☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
O'tgan yili 31-iyul sanasida vazirlik tomonidan 2ta xat chiqarilgan. U xatning asosiy mazmuni Vazirlar Mahkamasining qarori bo'yicha 2024-2025-o'quv yilidan xorijiy til o'qituvchilarida B2 sertifikat bo'lishi shart edi. Shuni bir yil ortga surish haqida edi. Birinchi xatda vazirlik sanalarda adashib ketib 2024-2025 o'quv yili o'rniga 2025-2026 o'quv yili deb yuborgan. Va shu kunni o'zida ushbu xatni bekor qilib, qaytadan to'g'risini chiqargan. Tarmoqlarda kimlardir eski xatni tarqatib, hammani hotirjam qilib qo'yyapti.
Avgust kelganda bu xat bekor bo'lganini bilib, ancha murakkab ahvolda qolishingiz mumkin. Shu sabab hotirjamlikka berilmasdan, avgustgacha B2 sertifikat olib qo'yishingiz tavsiya etiladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️ Avgust oyidan barcha xorijiy til o'qituvchilarida eng kamida B2 darajadagi sertifikat bo'lishi shart!
Vazirlar Mahkamasining 312-sonli XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHNI OMMALASHTIRISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAgi qarori 9-bandiga ko'ra, 2024-2025-o'quv yilidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o'qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo'lishlari lozimligi belgilangan. Lekin MMTV ning 31-iyul 2024-yildagi 03..12-1053-sonli xatiga ko'ra, B2 sertifikat olish talabi 2025-2026-o'quv yiligacha surilgan edi.
Keyingi o'quv yilidan, ya'ni 2025-2026-yildan barcha xorijiy til o'qituvchilaridan B2 sertifikat talab qilinadi. Shu sabab sertifikati yo'q ustozlar shu yil avgustgacha sertifikat olib qo'yishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Bugun chet tili o'qituvchilari uchun attestasiya jarayonlari boshlanadi
Respublikamizning barcha hududlarida maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun yanvar-iyun oylarida o'tkazilayotgan pedagoglar attestasiyasining malaka (test) sinovlari davom etmoqda.
Bugun, 18 aprel kuni Ingliz, Fransuz, Nemis, Hind, Turk, Koreys, Xitoy va Qoraqalpoq tili (davlati tili) o'qituvchilari o'z bilimlarini sinovdan o'tkazadilar.
❗️Mazkur jarayonlarda ishtirok etayotgan barcha pedagoglarga omadlar tilab qolamiz!
Eslatib o'tamiz, https://cams.uzedu.uz/ orqali ularni jonli kuzatib borish mumkin!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Darslik va reja masalasi yildan yilga mantiqdan uzoqlashib boryapti...
Sababi har yili qaysidir sinf darslari haftasiga kamaytirilyapti, qaysidir sinf darslari ko'paytirilyapti. Lekin darsliklar o'sha-o'shaligicha qolyapti.
Masalan xabaringiz bor Prepare level 2 darsligi 2ga bo'linib birinchi yarmi 7-sinf, qolgan yarmi 8-sinf sifatida o'tiladi.
Prepare Level 2 darsligida rostmana 100taga yaqin darslar bor. Uni yarmi 50ta bo'lsa, 7-sinfga deyarli 1-chorakda o'tib qo'yish mumkin buncha darsni. Endi ustozlar shu 50ta ham chiqmaydigan darsni 136 soatga cho'zib o'tib berishlari kerak bo'ladi. Ya'ni qolgan mavzular osmondan olinadi.
Mantiqsizlikning davomi 10-11-sinf darsliklarida ko'rinadi.
Ya'ni Prepare Level 4 va Level 5 darsliklarida takrorlash, nazorat ishlarini qo'shmaganda 100dan ortiq mavzu bo'lsa, endi shularni ustozlar 68 soatga nazorat ishlari, takrorlashlarni qo'shgan holatda o'tib berishlari kerak bo'ladi.
Birinchi sinfda esa vaziyat undanam "kasha".
1-sinflarga yil davomida 33 soat dars ajratilgan. Ya'ni haftasiga bir soatdan. 68 soatga mo'ljallangan darslikni ustozlar 33 soatda o'tib berishlari kerak. Va buni 1-SINF O'QUVCHILARIGA o'tish kerak!
Men hali bayramlar hisobidan beriladigan 5 kunlik dam olishlar, va uni tig'izlashtirib yetkazib olish haqida gapirmadim.
Agar uni ham qo'shsak, deylik 1 sinfga 1 soatda 2ta mavzu o'tilishi kerak. Qaysidir bayramga to'g'ri kelib qolib tig'izlashtirishga majbur bo'lindi. Shunda 1-sinf o'quvchisiga 4ta mavzu o'tib beriladimi?
Menimcha darslik masalani qaytadan obdon ko'rib chiqish kerak...
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Attestasiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish mumkin
Ertaga 18-aprel kuni xorijiy tillari o'qituvchilari attestatsiya imtihonlarida ishtirok etishadi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini to'g'ridan-to'g'ri efir orqali (real vaqt rejimida) kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.
📹 Jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin:
➡️ https://cams.uzedu.uz/
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Attestasiya bo'yicha e'tirozlarni test jarayonlari vaqtida dasturdan chiqmagan holda yuborish mumkin
✅Attestasiyada pedagoglar uchun yana bir qulaylik yaratilgan:
Bu yilgi attestasiyada toifa testlari bo'yicha e'tirozlarni test jarayonlari vaqtida dasturdan chiqmagan holda yuborish mumkin. Buning uchun oynaning chap tomonidagi "E'tiroz yuborish" tugmasi bosiladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
2024-yil Listening audiolari
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Kasbiy sertifikatlash sinovlari 15-may kuni o'tkaziladi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab 1-aprelgacha kasbiy sertifikatlash imtihoniga murojaatlarni qabul qilgan edi.
15-mayda barcha fanlardan kasbiy sertifikatlash sinovlari bo'lib otadi.
Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash sinovlariga:
➖ umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;
➖ avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;
➖ pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.
📤 Nazorat sinovi natijasi bo'yicha 56 va undan yuqori ball to'plagan talabgor nazorat sinovidan o'tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Ushbu sinovdan o'tganlik toifani oshirmaydi, hech qanday ustama taqdim etmaydi. Faqatgina ishda qolish imkoniyatini beradi.
⚠️ Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to'play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
☝️Oldinroq tashkil qilingan attestatsiya imtihonlarida ishtirok etib, toifani qo'lga kiritgan pedagoglar, kasbiy sertifikatlash sinovlaridan ozod qilinadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
2025-yil Viloyat Bosqich Listening audiolari
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Sinf rahbari o'quvchilarni ekskursiyaga olib borishi mumkinmi?
Assalomu alaykum ,savolim bor edi. Men sinf rahbariman. Oʻquvchilarimni yil davomida yaxshi oʻqisa, davomat 100 boʻlsa, barcha tadbirlarda faol qatnashsa, fanlardan aʼlo baho olsangiz ekskursiyaga olib boraman deb vaʼda qilgandim. Endi oʻquv yili yakunigacha olib borishim kerak, ular ota-onalaridan ustozi bilan borishi uchun rozilik tilxati ham olib kelishgan. Ularni olib borsam menga jazo yoʻqmi, oʻquvchilarimgachi? Dam olish kunida borishni rejalashtirganmiz. Milliy gvardiya, maʼnaviyatchi, direktordan qanday javob olsak boʻladi.
YURIST JAVOBI:
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qaroriga 2-ilovada tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida avtobuslarda yo'lovchilar tashish xavfsizligini ta'minlashga doir Talablari 40-bandiga ko'ra:
➡️ ta'lim muassasasi ma'muriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzilganidan keyin jo'nab ketish sanasigacha uch ish kunidan kechikmay harakatlanish sanasi va qatnov yo'lini, shuningdek, barcha yo'lovchilar ro'yxatini, avtobuslar to'g'risidagi (mansubliligi, markasi, davlat ro'yxatdan o'tkazish raqami belgisi) to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rsatgan holda hamrohlikni tashkil etish uchun buyurtmanomani O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo'l harakati xavfsizligi davlat xizmatiga kiritadi.
☝️Mana shu qoidaga ko'ra maktab rahbariyati bolalarni ekskursiyaga (sayohatga) olib borishdan oldin yuqoridagi harakatni amalga oshirishi kerak bo'ladi.
Bunda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo'l harakati xavfsizligi davlat xizmati tomonidan boriladigan qatnov yo'lida ob-havo yoki yo'l sharoitlarining nomuvofiqligi, shu jumladan, borish punktiga harakatlanishda cheklanishlar mavjudligi, shuningdek, transport vositalari va haydovchilar malakasining yo'l harakati xavfsizligi talablariga nomuvofiqligi holatlarida hamrohlik qilish rad etilishi haqida qaror qabul qilinishi mumkin.
👮♂️ DYXX ijobiy xulosa bergan taqdirda alohida kuzatuvchi ajratadi. Shundan so'ng bolalarni ekskursiyaga olib borish mumkin bo'ladi.
✅ Shuni aytish kerakki, maktab o'quvchilarini faqat darsdan tashqari vaqtdagina sayohatlarga olib borishga ruxsat beriladi.
❗️Chunki Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 20 - dekabrdagi 565-sonli buyrug'iga 37-ilovada tasdiqlangan Umumiy o'rta ta'lim muassasalari (ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlariga asosan maktab direktori, ularning o'rinbosarlari hamda o'qituvchilarning asosiy vazifasi maktabda darslarni o'z vaqtida va sifatli tashkil etish sanaladi.
Manba: @yurist_xizmati
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi? (yoki toifa sertifikatlari qachon tarqatiladi?)
Attestatsiya yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrugʻi (qarori) bilan attestatsiya natijalariga koʻra toifa olgan pedagoglarning roʻyxati tasdiqlanadi hamda QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.
Navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga koʻra pedagoglarning oylik ish haqlariga kiritiladigan oʻzgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi.
💵 Pedagoglarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.
🗓 Yanvar iyun oylarida oʻtkazilayotgan attestatsiyaning oxirgi kuni 31-may hisoblanadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
TKT, TESOL dan tegishli darajadagi sertfikatlar ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladimi?
Xabaringiz bor, VM 312-sonli qaror 9-bandiga asosan, 2025-2026-o'quv yilidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o'qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo'lishlari lozimligi belgilangan.
Qarorda esa kamida B2 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan sertifikat talabi haqida gap ketgan. Bilamizki TKT, TESOL/TEFL talabgorning til bilish darajasini ifodalamaydi. Lekin Vazirlikning 2024-yil 13-sentyabrdagi 03-12-2416-sonli xatiga asosan, 3515-sonli qarorning 3-bobi kuchga kirguniga (2024-yil 29-iyul) qadar olingan TKT va TESOL/TEFL sertifikatlari uchun o'z muddati davomida (3 yil) B2 serifikat talab qilinmasligi maqsadga muvofiq deb keltirilgan.
Ya'ni 2024-yilgacha olingan TKT (barcha modullar Band 3), TESOL/TEFL sertifikatlari ishda qolish talabini bajara oladi. Qarordan keyin olingan TKT, TEFL/TESOL sertifikatlari talabni bajarish uchun asos bo'lmaydi!
Lekin qonunchilikka yanayam chuqurroq qaralagadigan bo'lsa, 2024-yil 29-mayda TKT uchun B2 sertifikat shart qilib qo'yilgan bo'lsa, TESOL/TEFL uchun bu 2023-yil 29-iyuldagi 34-q/q, 15-xx sonli qo'shma qarorda belgilab qo'yilgan.
Shu sabab yanayam ehtiyotkorlik sifatida, 2024-yil 29-iyulgacha olingan TESOL/TEFL sertifikat egalari ham avgustgacha B2 olib qo'yishlari tavsiya etiladi. Chunki qonunchilikka ko'ra, xat/buyruq VM qaroridan ustun emas.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Xorijiy tillarni oʼqitish bo'yicha eng yaxshi maktab tanlovi VILOYAT bosqichi 25-aprelda o'tkaziladi
MMTVning 2025-yil 20-martdagi 92-son buyrug'iga ko'ra, ushbu tanlov ikkinchi hududiy (viloyat) bosqichi 25-aprel kuni o'tkazilishi belgilandi.
Ushbu bosqichda tumanda 1-o'rinni olgan maktablar ishtirok etishadi.
👉 2-bosqich (VILOYAT bosqichi) –
Ushbu bosqichda ishtirokchilarning
➖ tinglab tushunish (listening),
➖ yozish (writing),
➖ o‘qish (reading)
➖ leksik-grammatik ko‘nikmalari baholanadi.
Ushbu bosqichda qo'lga kiritilgan natijalar uchun maktablar quyidagicha rag'batlantiriladi:
🥇1-o‘rin uchun — 250 million so‘m,
🥈2-o‘rin uchun — 200 million so‘m,
🥉3-o‘rin uchun — 150 million so‘m miqdorida
👉 Oldingi yillarda tushgan savollar
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Attestatsiya natijasi yuzasidan apellyatsiya berish tartibi
Attestasiya natijalaridan norozi bo'lgan pedagog kadrlar natijalar e'lon qilingan kundan boshlab o'n kun mobaynida apellyasiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.
Apellyasiya komissiyasiga murojaat qilish yozma ravishda yoki vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti (https://pedagog.uzedu.uz/ - platformasidagi Shaxsiy kabinetingiz) orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.
Buning uchun shaxsiy kabinetingizga kirib menyudan:
1. Appelyatsiyalar bo'limini toping.
2. Apellyatsiya yuborish tugmasini bosing.
3. Ushbu bandlardan birini tanlashingiz kerak bo'ladi:
- Kasbiy standart savollarida xatoliklar mavjud edi
- Qo'shimcha fan savollarida xatolik mavjud edi.
- Asosiy fan savollarida xatolik mavjud edi
- Kompyuter va uning qurilmalar nosoz holatda edi
Kerakli bandni tanlab, pastdagi izoh qismiga e'tirozingizni batafsil yozib yuborasiz.
Agar e'tirozingiz o'rinli deb topilsa, har bir savol uchun sizga 2 balldan qo'shib beriladi va yakuniy natijangizga qo'shib hisoblanadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️O'quvchilar ijaraga berilgan darsliklarni yo'qotib qo'ysa yetkazilgan zarar qanday qoplanadi?
“Umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash tartibi to'g'risidagi nizom”ga muvofiq darsliklar yoki o'quv-metodik qo'llanmalardan foydalanish usulidan qat'i nazar, ular yo'qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o'quvchining ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o'qituvchilar zararni huddi shunday darslik yoki o'quv-metodik qo'llanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko'rsatilgan qiymatini to'lashi shart.
O'quvchilarning ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o'qituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda to'laydi:
👉 1 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-metodik qo'llanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;
👉 2 - 4 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-metodik qo'llanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
👉 5 - 11 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-metodik qo'llanmalari uchun — uning to'rt baravari miqdorida.
Umumta'lim maktabi kutubxona jamg'armasidagi darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular bo'yicha to'lov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdek o'quvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuyg'usini rivojlantirishga yo'naltirilgan tarbiyaviy ishlar umumta'lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
86 va undan yuqori ball bilan oliy va birinchi toifaga ega bo'lgan ustozlar 70 foizlik ustama va vazir ustamasiga da'vogarlik qilishi mumkin
Bu haqda attestatsiya bo'yicha o'tkazilgan jonli muloqotda xabar berilgan
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Test platformamiz orqali tayyorgarlik ko'rganlarda ham ajoyib natijalar kuzatilmoqda! Barcha o'tganlarni tabriklab qolamiz! Bundanam yuqori marralarni zabt etishingizga tilakdoshmiz!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Meni takliflarim quyidagicha:
1️⃣ 1-sinfga 2 soatni qaytarish kerak. Darsligi ham shunga moslashgan. Umuman olib tashlasa, birdan 2-sinfdan kitobni 2-qismidan o'tib ketolmaydi. 1-qismidagi mavzularni oz'lashtirib, kitob qahramonlarini yaxshilab tanib olishi kerak.
2️⃣ 7-8 sinfga berilgan darslikni 7-sinfni o'ziga berish kerak. 8-sinfga 9-sinf darsligini ikkiga bo'lib yarmini berish kerak.
Yoki revision, feedback, self-evaluation deb osmondan yo'q mavzularni yozib qo'ygandan ko'ra aniq bir qo'shimcha darslik yoki aniq manbalar berish kerak.
3️⃣ 10-sinf amaldagi darsligini ham 2ga bo'lib qolgan yarmini 11-sinfga berish kerak.
Shunda ozroq balans bo'ladi deb o'ylayman...
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 2025-2026-o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv reja tasdiqlandi. Ingliz tilida o'zgarishlar bor!
🔖 O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining "Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 2024-2025-o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv rejani tasdiqlash to'g'risida"gi 121-sonli buyrug'i imzolandi.
🗂Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 2025-2026-o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv reja BUYRUG'I va unga ILOVALAR bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.
🗓 Tasdiqlangan vaqti: 2025 yil 10 aprel.
❗️ Chet tilida asosiy o'zgarish:
7-sinflar ham huddi 5-6-sinflar kabi haftasiga 4 soatlik bo'lgan. Oldin 3 soat edi.
Ularning hisobi 10-sinfdan olingan. Ya'ni oldin 10-sinf 3 soat edi. Hozirda 10-sinf 2 soatga qisqargan.
Qolgan sinflar avvalgi holicha qolgan.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Siz bilimli va o‘z kasbingizga sodiq Ingliz tili fani o‘qituvchisi bo'lsangiz va sizni qadrlaydigan va yuqori maosh to'laydigan maktab izlayapsizmi?
Unda sizni, 2025-2026-o'quv yillarida Registon xususiy maktabi jamoasiga taklif etamiz!
💸 Takliflar:
📄 Talablar:
🏢 Manzillarimiz:
🤩 Tayyormisiz?
Xorijiy tillarni oʼqitish bo'yicha eng yaxshi maktab tanlovi VILOYAT bosqichi 2024-yil varianti JAVOBLARI va IZOHLARI
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
📝 Xorijiy tillarni oʼqitish bo'yicha eng yaxshi maktab tanlovi VILOYAT bosqichida 2024-yilda tushgan savollar
👉 2-bosqich (VILOYAT bosqichi) –
Ushbu bosqichda ishtirokchilarning
➖ tinglab tushunish (listening),
➖ yozish (writing),
➖ o‘qish (reading)
➖ leksik-grammatik ko‘nikmalari baholanadi.
JAVOBLARI va AUDIOLARI: 👉 BU YERDA
Tuman bosqichi savollari 👉 BU YERDA
Viloyat bosqichi: 👉 2022 👉 2023
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿