uztdi | Unsorted

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Subscribe to a channel

Ta'lim nazorati

👍Shoshiling! UBSda qabul yakunlanmoqda!

"University of business and science"ning Namangan va Toshkent shaharlaridagi oʻquv binolarida 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari yakunlanmoqda.

Talaba bo‘lish istagidagi yoshlar, nufuzli universitetda o‘qish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. UBSda oliy ma’lumot olishdan tashqari, ingliz tili va zamonaviy kasblar (dasturlash, dizayn, SMM va boshqa)dan birini egallash uchun ham sharoitlar yaratilgan.

UBS — rivojlanishni istaganlar tanlovi!

👉 UBSning 33 ta bakalavr yo‘nalishlari
👉 Qarindoshlar uchun 10% chegirma
👉 Sinfdoshlar uchun 10% chegirma


Hujjat topshirishga ulgurib qoling. Qabul tugashiga oz qoldi.
☎️
+998948830030 | @UBS_manager2 +998940119889 | @manageroff_3

Kunduzgi ta’lim — 18 360 000 soʻm 15 640 000 so‘m
Sirtqi ta’lim — 9 860 000 so‘m.

📹 UBS haqidagi ko'rsatuv

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ertaga, 30-sentyabr kuni pedagog kadrlar attestatsiyasiga hujjat topshirishning oxirgi kuni

Joriy yilning 1-avgust kuni boshlangan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborish jarayoni 1-oktyabrga qadar davom etadi. Bugun va ertaga hujjat topshirish mumkin.

Buning uchun pedagoglar pedkadr.uzedu.uz platformasi, DXM yoki my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Hujjat topshirishdan avval o‘zingizni qiziqtirgan savollarga quyidagi javob olishingiz mumkin:

👉 Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi

👉
Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov miqdori qancha?

👉
Attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tishda pedagoglar tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko’riladi?

👉
Talabalar attestatsiyada ishtirok eta oladimi?

👉
Ishga yangi kirgan pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

👉Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaat qabul qilinganligi yoki rad etilganligini qanday bilish mumkin?

👉 Tugʻruq taʼtilidagi oʻqituvchilar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!

👉Parolni tiklash bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Quyidagi telegram botlar yordamida esa attestatsiyaga bepul tayyorlanishingiz mumkin:

👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot

Tez kunlarda yangi testlar ham yuklanadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bayramda oʻqituvchilarga qancha mukofot puli toʻlanishi kerak?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumtaʻlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Bunda, mukofot puli miqdorini hisoblashda oʻqituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 mln 155 ming soʻm etib belgilangan.

Ammo umumtaʻlim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash toʻgʻrisida Ishchi guruh qarori hamda maktab direktorining buyrugʻi sentyabr oyida imzolanadi. Shundan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori esa rasman 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab oshiriladi, yaʻni 1 mln 155 ming soʻm hisoblanadi.

Hozirgi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1 mln 50 ming soʻmni tashkil etib, uning 50 foizi miqdori 525 ming soʻmni tashkil etadi.

Shu sababli, umumtaʻlim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash toʻgʻrisidagi Ishchi guruh qarori hamda maktab direktorining buyrugʻi sentyabr oyida imzolanishini inobatga olgan holda mukofot puli miqdorini 525 ming soʻm bo’lishi mumkin.

👉 @Oylikhisoblaydigan_bot — Oylik hisoblash uchun bot.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/10487/

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников"

Подробно: https://talimxabarlari.uz/ru/10495/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Eng arzon kontrakt qaysi Universitetda ekanligini bilarmidingiz?

🔺 Navoiy innovatsiyalar universiteti O’zbekiston bo’ylab eng arzon 8 million so’mdan boshlanadigan kontrakt narxlarini taqdim qilmoqda!

🏛Universitetda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari mavjud. Orzuyingizdagi universitet sizni kutmoqda!


Shoshiling, 2024-2025 o'quv yili uchun Navoiy innovatsiyalar universitetida qabul yakunlanmoqda.

🤔 Hoziroq bizga ariza qoldiring va talaba bo'ling

🌐 Onlayn ariza topshirish

📞 Bog‘lanish uchun: +998(55)500-00-43

Manzil: Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
Mo‘ljal: Navoiy Avtoshox bekat
📍Lokatsiya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🎓 Talabalikni kelgusi yilga qoldirmang!

⚡️ Osiyo xalqaro universitetida qabul jarayonlari yakunlanayotganidan xabaringiz bormi? Soʻnggi 5 kun!

📚 Universitetda 20 ta bakalavr va 8 ta magistratura yoʻnalishi boʻyicha qabul ochiq. Universitetda talaba boʻlish uchun shoshiling. Qolaversa, xalqaro universitetda masofadan turib ta’lim olishingiz mumkin. Kontrakt narxlari 10 mln soʻmdan boshlanadi!

❗️Qabul 1-oktabrga qadar davom etadi.

Litsenziya (№ 364928, 22.08.2024)

📨 Hoziroq ariza qoldiring: qabul.oxu.uz

📞 Qoʻshimcha savollar uchun: +998553050009

🌐 www.oxu.uz | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Talaba bo'lishga hali imkon bor

⚡️ ZARMED Universitetida 21 ta bakalavr bosqichida kunduzgi va sirtqi, 5 ta magistratura va 10 ga yaqin qo'shma dasturlar bo'yicha qabul davom etmoqda.

UzBMB (DTM) natijangiz bilan hech qanday imtihonsiz talaba bo'lasiz. 🔥

📄 Litsenziya (№034355, 06.08.2022 y.)

😉 Shoshiling, hoziroq ro'yxatdan o'tib, talabalarimiz safiga qo'shiling!

👉 Ro'yxatdan o'ting

Qabul 1-oktyabrgacha davom etadi!

📞 Murojaat uchun:
+998 65 505-70-70 (Buxoro kampusi)
+998 55 704-70-70 (Samarqand kampusi)

Telegram | Facebook | zarmeduni">YouTube | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Sinoni hattoki Qoraqalpogʻistondan turib tanlashgan!

💛 Bilim masofa tanlamasligini isbotlagan matonatli talabamiz aynan Sino tibbiyot texnikumini tanlab, bu yerda tahsil olayotgani va bu ishidan mamnun ekanligi haqidagi ushbu videoni oxirigacha koʻring.

📞 +99873-200-00-88
🚀@stt_admin

📍Manzil: Fargʻona shahar, Sohibqiron Temur koʻchasi 245-uy.
Moʻljal: monomarkaz binosi

Telegram | Instagram | Facebook | sinotexnikum">YouTube | sinotexnikum">TikTok

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓Men 2024-yil 29-iyulga qadar TKT sertifikatini 3 ta modul bo‘yicha band 3 darajasini olganman. Menga ustama to‘lanishida B2 sertifikati talab etiladimi?

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (Adliya vazirligidan 2024-yil 29-may kuni 3515-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) qabul qilingan.

Mazkur qarorning 3-bobi kuchga kirgunga qadar olingan (2024-yil 29-iyuldan kuchga kirgan) TKT (bunda, 3 ta modul boʻlishi va har bir modul kamida band 3 darajada boʻlishi zarur) sertifikatiga ega boʻlgan oʻqituvchi sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida ustama toʻlanishi hamda ushbu pedagoglardan kamida CEFR B2 va undan yuqori boʻlgan sertifikatlar talab etilmasligi maqsadga muvofiq.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Kasb-hunar maktablari va kollejlar ham texnikumga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.

Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, ilgari kollejlar turli vazirlik va idoralarga qarashli edi. Endi bu tizimda boshqaruv, tashkiliy va metodik jihatdan yagona davlat siyosati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuritiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Kambagʻal oilalar farzandlari davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

Prezident Qaroriga koʻra, quyidagilar amalga oshiriladi:

2025-yil 1-yanvardan kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

2025/2026 oʻquv yilidan, kambagʻal oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;

— 2025-yildan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan kambagʻal oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!

🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yil 5-noyabr kuni “Yangi taraqqiyot bosqichida maktab taʼlimini rivojlantirish strategiyalari: chaqiriqlar, muammolar, tadqiqot- lar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda.

🔹 Maqolalarni 2024-yil 30-oktyabr qadar @TRM_2024_bot ga yoki rtrimmarkaz@gmail.com manzilidagi elektron pochtaga orqali yuboring.

🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida.

Konferensiya to'plamida maqolalarni chop etish bepul!

— — — — — —

🔹 Вниманию профессорско-преподавательского коллектива, методистов, преподавателей-практиков, докторантов, независимых исследователей, магистрантов, студентов и сотрудников всех учреждений системы образования!

🔹 Республиканским научно-методическим центром развития образования продолжается прием статей в связи с проведением 5 ноября 2024 года международной научно-практической конференции «Стратегии улучшения школьного образования на новом этапе развития: вызовы, проблемы, исследования и решения»

🔹 Вы можете отправить статью до 30 октября 2024 года на Telegram @TRM_2024_bot.

🔹 Подробная информация в информационном письме.

Публикация статей в сборнике конференции бесплатна!

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

TMC Institute da qabul yopilishiga 10 kun qoldi!

• 17ta dan ortiq yo'nalishlar
• Kunduzgi, sirtqi va ma'sofaviy ta’lim shakli
• Kontrakt miqdori 12 mln so’mdan boshlanadi
• To'lovni oʻquv yili davomida boʻlib toʻlash mumkin

Shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va TMC Institute talabasi bo‘ling!

🖥 Roʻyxatdan oʻtish: tmci.uz/apply
☎️ Telefon: +998712070032
📍 Yandex Lokatsiya
❤️ Telegram Yozish

📄Litsenziya (№032937, 21.07.2022-y.)

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⭕️⭕️⭕️ Qabul tugashiga 7 kun qoldi!

NIU eng ilg'or xususiy oliy ta'lim maskanidir! Kelajakdagi kasbingiz kafolati faqatgina NIUda!
NIU sizni kutmoqda, tanlovda adashmang!


📞 Bog‘lanish uchun: +998(55)500-00-43

Shuning uchun vaqtni qo'ldan boy bermay, hoziroq ariza qoldiring va talabalik baxtiga erishing.


🌐 Onlayn ariza topshirish

Manzil: Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
Mo‘ljal: Navoiy Avtoshox bekat
📍Lokatsiya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Qanday hollarda pedagoglarning attestatsiyada ishtirok etish to‘g‘risidagi murojaatlari rad etilishi mumkin?

Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, quyidagi holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki Vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi rad etilishi mumkin:

👉 pedagog kadrlar tomonidan so‘rovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;

👉 pedagog kadrlar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani ma’lum bo‘lib qolganligi;

👉 so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;

👉 attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatganlik uchun belgilangan yig‘imning to‘lanmaganligi (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish holatlari bundan mustasno).

📌 Davlat xizmatlari ko‘rsatishni mazkur bandda ko‘rsatilgan asoslardan boshqa holatlar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti

🔹 Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

🔹 Doktoranturaga qabul jarayoni boshlandi. Kimlardan milliy yoki xalqaro sertifikat talab etilmaydi?

🔹 10-sinf o‘quvchisi IELTS dan 8,5 ball oldi

🔹 Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni verifikatsiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

🔹 Pedagoglar malaka toifasi olish uchun necha ball to‘plashi kerak?

🔹 To‘langan kontraktning 12 foiz miqdorini qaytarib olish mumkinmi?

🔹 Pensiya yoshidagi pedagoglarga haftasiga necha soat dars berilishi kerak?

🔹 Kasb-hunar maktablari va kollejlar texnikumga aylantiriladi

🔹 Ba’zi kollej binolari maktablarga aylantiriladi

🔹 Pedagoglar attestatsiyadan o‘tishga majburmi?

🔹 Bayramda o’qituvchilarga qancha mukofot puli to’lanishi kerak?

🔹 O‘zbekistonlik 7-sinf o‘quvchisi xalqaro ingliz tili olimpiadasida sovrindor bo‘ldi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov miqdori qancha?

Pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdori(BHM)ning bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Toʻlovlar miqdori:

a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda BHMning 100 foizi (hozirgi kunda 340 ming soʻm -01.10.2024 dan boshlab 375 ming so'm)

b) https://pedkadr.uzedu.uz/ — platformasi orqali murojaat etilganda, BHMning 90 foizi (hozirgi kunda 306 ming soʻm01.10.2024 dan boshlab 337 ming 500 so'm)

v) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda,murojaat etilganda BHMning 90 foizi (hozirgi kunda 306 ming soʻm01.10.2024 dan boshlab 337 ming 500 so'm)

Toʻlovlar attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Yaʼni, “navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlanganda har bir pedagog uchun toʻlov toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatilgan xabarnoma (kvitansiya) yuboriladi. Toʻlovlarni shu kvitansiyada koʻrsatilgan INVOYS raqamiga oʻtkazish kerak.

❗️To‘lov qilishdan avval toifa sertifikatingiz muddatiga qarab aniqlashtirib oling. Siz uchun joriy attestatsiya navbatdagi (majburiy)mi yoki navbatdan tashqarimi? Agar siz uchun joriy attestatsiya majburiy bo‘la turib, navbatdan tashqariga hujjat topshirsangiz arizangiz rad etiladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

Quyidagi telegram botlar yordamida esa attestatsiyaga bepul tayyorlanishingiz mumkin:

👉 @uztditestbot
👉 @uztdi_testbot
👉 @uztditestt_bot

Tez kunlarda yangi testlar ham yuklanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Talaba bo'lishingiz uchun sizda yana 2 kun qoldi!

⚡️ ZARMED Universitetining Samarqand va Buxoro kampuslarida 2024-2025 o'quv yili uchun qabul 1-oktyabrgacha davom etadi.

Universitetimizda 21 ta bakalavr bosqichida kunduzgi va sirtqi, 5 ta  magistratura va 10 dan ortiq xalqaro qo'shma dasturlarda tahsil olish imkoniyati mavjud. 🔥

📌 Eslatib o'tamiz, UzBMB (DTM) natijangiz bilan hech qanday imtihonlarsiz talaba bo'la olasiz.

📄 Litsenziya (№034355, 06.08.2022 y.)

 Ro'yxatdan o'ting va talabalarimiz safidan joy egallang 🚀

👉 
Ro'yxatdan o'ting

📞 Murojaat uchun:
+998 65 505-70-70 (Buxoro kampusi)
+998 55
704-70-70 (Samarqand kampusi)

Telegram | Facebook | zarmeduni">YouTube | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bugun, 1-bosqich talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan ariza yuborishning so‘nggi kuni

24-sentyabr kuni 1-bosqich talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza qabul qilish boshlangan edi. Bugun, 27-sentyabr onlayn ariza yuborishning so‘nggi kuni.

Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

Nizomga asosan “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, ammo joylar soni cheklanganligi bois ijarada turishi taqozo qilgan talabalar tushuniladi. Shu bois, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijarada turuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmasligi eslatib o‘tiladi.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda Milliy malaka tizimini isloh qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi. So‘nggi yillarda bu borada muayyan ishlar qilindi. Lekin vazifalar undan-da ko‘p. Mingdan ziyod ishchi kasblarning standartlari ishlab chiqilmagan. Ayrim kasblar bo‘yicha kvalifikatsiyalar xalqaro talablarga mos kelmaydi.

Shu bois endi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish respublika kengashiga Bosh vazir raislik qiladi. Uning tarkibida 24 ta yangi tarmoq kengashlari tuziladi.

Shuningdek, Ta’lim sohasidagi loyihalar ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Institut rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Milliy malaka ramkasini yangi tahrirda qabul qiladi. Lavozim va kasblar klassifikatori qayta ko‘rib chiqiladi, 100 ga yaqin zamonaviy kasblar kiritilib, hozir amaliyotda bo‘lmaganlari chiqarib tashlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Ayrim telegram kanallari yoki guruhlarida 2024-yil avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan Pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari o‘tkazilishi muddatlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Pedagoglardan mazkur xabarlarga e’tibor bermasliklarini so‘rab qolamiz, zero, bu sanalar o‘tgan yoki undan oldingi yillarda test sinovlari o‘tkazilgan sanalar ekanligini ma’lum qilamiz.

Pedagog kadrlar attestatsiyasi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar vakolatli vazirliklarning (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) rasmiy manbalarda e’lon qilinishini eslatib o‘tmoqchimiz.

❗️Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra attestatsiya to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, shu jumladan test sinovlarining o‘tkazilish muddatlari pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS xabar yuborish orqali ma’lum qilinadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘quvchi dars vaqtida o‘qituvchiga hurmatsizlik qilib kamsitsa qanday chora ko‘riladi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 15-bandiga asosan o‘quvchilarga o‘zaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo so‘zlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zo‘ravonlikni ko‘rsatishi taqiqlanadi.

Bunday holatda ota-onaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47-moddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#rasmiy_bayonot

“Abu Rayhon Beruniy universiteti” NTMda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun 2024-yil 21-avgust kuni tizimda yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli xato berilgan (avtomatik shakllangan) litsenziyani (№ 363695-raqamli) bekor qilish shaklidagi huquqiy ta’sir chorani qo‘llash to‘g‘risida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritildi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga “Abu Rayhon Beruniy universiteti” nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirmaslik, to‘lov shartnomasini olmaslik va o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirmaslik tavsiya etiladi.

Shuningdek, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan talabgorlar vazirlikning stat.edu.uz saytidagi ro‘yxatda mavjud oliy ta’lim tashkilotlariga hujjat topshirishi maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Uzum British Management University bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Uzum milliy raqamli ekotizimi mutaxassislari talabalar uchun ma’ruzalar o‘tkazadi, shuningdek, bitiruvchilarni ishga joylashtirishga yordam beradi.

Uzum operatsion direktori Roman Lavrentev va Toshkentdagi British Management University rektori Konrad Ozog hamkorlik memorandumini imzoladilar — memorandum doirasida kompaniya va universitet qo‘shma kurslar va tadbirlarni, shuningdek, bitiruvchilar uchun amaliyot va ishga joylashish dasturlarini o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

— Ushbu hamkorlik talabalarimiz uchun yangi ufqlarni ochadi — birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan biz Uzum bilan yosh mutaxassislarga qiyinchiliklarga tayyor bo‘lish va kelajakda o‘z o‘rnini topishga imkon beradigan noyob ta’lim dasturlarini yaratishimiz mumkin

— deydi Konrad Ozog.

— Biz mamlakatimizning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Uzum ham orzudagi ish beruvchi, ham o‘z sohasida eng yaxshi ustozlarning komagi bilan karyera qurish mumkin bo‘lgan joy bo‘lishini istaymiz. Va biz millionlab o‘zbekistonliklar uchun raqamli servislarni birgalikda yaratish uchun tajriba almashish, yosh mutaxassislarni o‘qitish va ularga yordam berishga doim tayyormiz. Shunday ekan, qadrli talabalar va bitiruvchilar, bizni katta maqsadlar va buyuk ishlar kutmoqda!

— deydi Uzum operatsion direktori Roman Lavrentev.

British Management University menejment, moliya, moliyaviy tahlil, audit va ular bilan bog‘liq fanlar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi.

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️1-bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.


Shu munosabat bilan, joriy o‘quv yilida talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan birinchi bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi.

❗️Eslatma: Nizomga asosan “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, ammo joylar soni cheklanganligi bois ijarada turishi taqozo qilgan talabalar tushuniladi. Shu bois, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijarada turuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmasligi eslatib o‘tiladi.

Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili 9-sentyabrdan boshlanganligini inobatga olib, ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida ishchi tartibda talabalardan onlayn ariza qabul qilish joriy yilning 16-sentyabr sanasiga qadar amalga oshirildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni verifikatsiyadan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 11-sentabrdagi 301-sonli buyrug‘i bilan quyidagilar tasdiqlandi:

1️⃣-ilovaga muvofiq milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarning haqiqiyligini tekshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi;

2️⃣-ilovaga muvofiq milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni verifikatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

Verifikatsiyani tashkil etish va oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

➖talabgor o‘zi ishlayotgan maktabdagi masʼul xodimga ERP tizimiga kiritishi uchun sertifikat aslini va ushbu sertifikat nusxasini taqdim etadi.

➖maktab direktori yoki oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan ushbu sertifikat nusxasini bir ish kuni ichida ERP tizimiga yuklaydi va haqiqiyligini tekshirish uchun hududiy boshqarma masʼuliga yuboradi.

➖hududiy boshqarmalardagi masʼul xodimlar: kiritilgan hujjatlarni belgilangan talablarga mosligini oʻrganadi.

➖belgilangan talablarga mos boʻlmagan sertifikatlarni tahrirlab maktab direktori yoki oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosariga qaytarib yuboradi.

➖kiritilgan maʼlumotlar sertifikat nusxasiga mos va haqiqiyligi tasdiqlangandan soʻng verifikatsiyani tasdiqlaydi.

✔️ Sertifikatlar maktab direktori yoki oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan ERP tizimiga yuklangandan keyin 15 kun mobaynida buyruq bilan tasdiqlangan masʼul hududiy xodimlar tomonidan verifikatsiyadan oʻtkaziladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Ovozli_chat   #Chet tili   #Gapirish

Bilimni baholash agentli tomonidan chet tillarining gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning audiosi (videotaqdimot).

Shuningdek, talabgorlar gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali ham tanishishlari mumkin: https://talimxabarlari.uz/9871/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

✅ Ro‘yxatga olish jarayonlari 29-sentyabrga qadar davom etadi.

💴 To‘lovlar esa 30-sentyabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 12-13-oktyabr kunlari o‘tkaziladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti

🔹 1-oktyabrdan boshlab pedagog xodimlar oyligi oshiriladi

🔹 Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

🔹 O’qishni ko’chirish imtihonidan o’tgan talaba oliygohga qanday hujjatlar taqdim etishi kerak?

🔹 Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi

🔹 Umumta’lim fanlaridan sertifikat imtihonlariga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

🔹 Milliy gvardiya xodimi bo‘lish uchun qanday imtihonlardan o‘tiladi?

🔹 Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasigacha onlayn ariza berish kerak

🔹 Qisqarishga tushgan psixolog, kutubxonachi hamda laborantlarning qanday huquqlari bor?

🔹 Pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari tasdiqlandi

🔹 Xorijda olingan diplomlarni tasdiqlatish uchun qancha mablag‘ talab etiladi?

🔹 Endilikda medinstitutlarni tugatayotgan talabalar shifokor bo‘lib ishlash uchun imtihon topshiradi

🔹 “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkaziladi

🔹 Chet tili imtihoni o‘tkazilish sanalari e’lon qilindi

🔹 Kollej va texnikumlarda qo‘shimcha qabul ochildi – vazirlik

🔹 Yangi oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ikkinchi xorijiy til sifatida qaysi tillar o‘qitiladi?

🔹 Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Shifokor bo’lmoqchimisiz? Lekin hali ham qayerda o’qishni bilmayapsizmi?
Eng to’g’ri tanlov Sino
tibbiyot texnikumi!

Yo'nalishlar:
🩺 Hamshiralik ishi;
🚑 Feldsherlik ishi

📁 Litsenziya №217206

Murojaat uchun:
📞 +99873-200-00-88
🚀 @stt_admin

📍Manzil: Fargʻona shahar, Sohibqiron Temur koʻchasi 245-uy.
Moʻljal: monomarkaz binosi

Telegram | Instagram | Facebook | sinotexnikum">YouTube | sinotexnikum">TikTok

Читать полностью…
Subscribe to a channel