Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Aziz bolajonlar!
Qishki taʼtil kunlari — kitob o‘qish uchun eng yaxshi imkoniyat!
Aynan Siz uchun tajribali mutaxassislar tomonidan qiziqarli kitoblar ro‘yxati tayyorlandi.
Tavsiya etilayotgan kitoblarning har biri o‘zgacha! Mutolaa jarayonida o‘z qahramoningiz bilan suhbatlashish hamda kelajak rejalaringizni qanday tuzishni o‘ylab olish imkoni bo‘ladi!
Qishki taʼtilni maroqli va sermazmun o‘tkazing!!!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Tavsiya
“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI QISHKI TA’TIL KUNLARI BOLALAR UCHUN AUDIOKITOBLAR KETMA-KETLIGINI TAVSIYA ETADI!
✅Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan texnika asrida o‘quvchilar ilmiy-badiiy asarlarni onlayn tarzida o‘qish balki eshitish imkonlari ham mavjud.
▪️ Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi qishki ta'til kunlari oʻquvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazishlarini ta’minlash maqsadida bolalar uchun audiokitoblar ketma-ketligini e'lon qiladi!
Audiokitoblar bilan quyida tanishishingiz mumkin!
✔️"Shum bola"
✔️"Sariq devni minib"
✔️"Ufq"
✔️"O‘tkan kunlar" - 1-qism
✔️"O‘tkan kunlar" - 2-qism
✔️“Omadyor va sehrlangan qush"
✔️"Robinzonlar"
✔️"Cho‘loq turna"
✔️"Qorxat"
✔️"Kecha va kunduz"
✔️"Eski maktab"
✔️"Turkman xalq ertaklari"
✔️"Anor"
✔️Hikoyalar
✔️"Osmon ostidagi sir"
Barcha onlayn audiokitoblarni
Kitob.uz 👈
saytidan olishingiz mumkin.
☝️Qishki ta’tilni biz bilan maroqli oʻtkazing!
©️Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
Axborot xizmati
✅ Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
#xavfsiz_yangiyil
❓ Xavfsiz yangi yil uchun nimalarni yodda tutish va rioya qilish lozim?
👉 Batafsil infografikada.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Yangi yil shukuhi: Mehrli maktab va viloyat filiallarida bayram tadbirlari.
Yangi yil eng uzoq kutilgan va sevimli bayramdir. Mazkur bayramni bolajonlar katta quvonch bilan qarshi olishadi. Bu albatta, yangi yil archasi, qorbobo, turli sovg‘alar hamda ko‘tarinki kayfiyat ostidagi o‘yin-kulgilar bilan bog‘liq.
Yaqinlashib kelayotgan mazkur bayram munosabati bilan Mehrli maktab va Mehrli maktabning viloyat filiallari nomidan barcha bolajonlar va ularning ota onalarini muborakbod etamiz.
Instagram
Facebook
Twitter
#Президент_совғаси
"PREZIDENT SOVG'ASI" RESPUBLIKAMIZNING BARCHA HUDUDLARIGA YETIB BORDI
✅ Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladigan “Prezident sovg‘asi” karvonlari barcha hududlarga yetib bordi.
❗️Ushbu sovg'alar hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi.
➖ Ma'lumot o'rnida: "Prezident sovg'asi" tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, dars magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.
⚡️Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg‘alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Siz boshlang‘ich sinf o‘qituvchisimisiz?
Bu sohaga oid eng so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lish va hamkasblaringiz tomonidan yaratilgan dars ishlanmalari, metodik tavsiyalar hamda boshqa qiziqarli materiallar bilan muntazan tanishib borishni xohlaysizmi?
Unda «Boshlang‘ich ta'lim» jurnalining telegram-kanaliga a'zo bo‘ling.
Sizga kerakli bo‘lgan barcha ma'lumot shu yerda jamlangan!
🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️
Вы - учитель начальных классов?
Хотите быть в курсе последних новостей сферы начального образования, знакомиться с передовыми разработками уроков, методическими рекомендациями коллег, а также другими интересными и полезными публикациями?
Тогда присоединяйтесь к Телеграм-каналу журнала "Начальное образование".
Вся необходимая для Вас информация собрана тут!
#Sarhisob
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi boshqarma boshlig'i Erkin Muradov "Mening yurtim" telekanalining "Obyektiv" ko'rsatuvida ishtirok etdi va 2023-yilda ta'limda amalga oshirilgan islohotlar haqida to'xtalib o'tdi.
➖ Unda ta'lim tizimida joriy yilda amalga oshirilgan yirik loyihalar xususan:
➖o'qituvchilarning huquqiy maqomini oshirish,
➖4K metodikasi asosida o'qitish,
➖xorijiy tillarni o'qitishni yangi bosqichga olib chiqish,
➖yurtimizdagi umumta'lim maktablarida faoliyat yuritish uchun taklif etilgan xorijlik mutaxassislar hamda
➖maktablarda o'quvchilarni kasb-hunarga o'qitishni yo'lga qo'yish haqida so'z bordi.
👉 Batafsil: https://youtu.be/lKezCvD1f2k
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Президент_совғаси
“Prezident sovg‘asi” karvoni Qashqadaryo viloyatiga yetib keldi
✅ Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladigan “Prezident sovg‘asi” karvonlari Qashqadaryo viloyatiga ham yetib keldi.
❗️“Prezident sovg‘asi” hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati bo'yicha umumiy 1010 ta sovg'alar bayram tadbirlari arafasida o'z egalariga yetkazilishi ko'zda tutilgan.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ўқитувчилар_қурултойи
TOSHKENT VILOYATI: SOHANI YANADA RIVOJLANTIRISHGA DOIR 200 GA YAQIN TAKLIFLAR BILDIRILDI
✅ Bugun Toshkent viloyatida “Ustoz – ta’lim bunyodkori” shiori ostida “O‘qituvchilar qurultoyi”ning viloyat bosqichi tashkil etildi.
Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxo’jayev ochib berib, tizimda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar hamda istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritdi.
❗️Tadbirda, shuningdek, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilgan samarali ishlar, erishilgan yutuqlar xususida to‘xtalib o‘tildi.
⚡️Qurultoy davomida ishtirokchilar tomonidan sohani yanada isloh etish yuzasidan 200 ga yaqin takliflar bildirildi.
Shuningdek, tadbir doirasida bir guruh faol, tashabbuskor va fidoyi o‘qituvchilarga tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
➖ “O’qituvchilar qurultoyi” doirasida kunning birinchi yarmida ustozlar uchun seminar- treninglar ham tashkil etildi.
Shoʻbalarda xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan:
➖ ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan darsliklar majmualari asosida o‘qitish metodikalari,
➖o‘qish savodxonligi va ona tili fanlari doirasida 4K modelini qo‘llash,
➖o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish, loyihaga asoslangan ta’lim,
➖mavjud muammolar va ularni yechimi bo‘yicha treninglar bo‘lib o‘tdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz
✅ Karimov Rasuljon Rafiq o’g’li —Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U 1992-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug’ilgan.
Bunga qadar turli yillarda:
➖Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi tashkiliy-kadrlar va axborot-taxlil bo‘limi mudiri, Toshkent shahar Kengashi apparati jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mudiri,
➖ “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Kreditlash va investision faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti, kichik biznesni kreditlash va mikrokreditlash bo‘limi mutaxassisi,
➖ Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bo‘lim mudiri, “Harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish” bo‘limi bosh mutaxassisi va “Kamalak” bolalar tashkiloti bo‘limi bosh mutaxassisi,
➖Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi raisi,
➖Andijon shahridagi Prezident maktabi direktorining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari,
➖Prezident ta’lim muassasalari agentligi Andijon viloyati hududiy bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
❗️Qabul kuni: haftaning dushanba kuni, soat 15:00 dan 17:00 gacha.
👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: /channel/Murojaatlar_robot
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalarining 3-qabuli uchun mashg‘ulotlar yakunlandi. Nukus, Qarshi, Andijon va Toshkentlik bolalar o‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashish, o‘rganganlarini namoyish etish uchun ota-onalari va do‘stlarini taklif qilishdi. Bir necha oy davomida ular mediasavodxonlik, dizayn va teatr san’ati asoslarini o‘rganishdi. Videolavhalar yaratish, 3D formatda dizayn loyihalarini ishlab chiqish va sahnada chiqish qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.
"Yolg‘iz kemacha", "Kichkina farishta", "Yerning orzulari", "Imkoniyat". Bitiruvchilarimizning teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari shunday nomlanadi... Ularga yana bir bor e’tibor qaratsangiz, “Zamin Creative” loyihasining asosiy maqsadi — bola orzusini ro‘yobga chiqarish uchun birlashish va imkoniyatlar yaratish haqida qisqacha hikoyani o‘qigandek bo‘lasiz.
“Zamin Creative” studiyasiga 4-qabul yanvar oyida boshlanadi.
—
Завершились занятия 3-го набора в инклюзивных творческих студиях Zamin Creative. Ребята из Нукуса, Карши, Андижана и Ташкента пригласили своих родителей, и друзей, чтобы поделиться своими достижениями и показать, чему они научились. В течении нескольких месяцев ребята изучали основы медиа-грамотности, дизайна и театрального искусства. Они учились создавать видеоролики, разрабатывать дизайнерские проекты в 3D и выступать на сцене.
«Одинокий кораблик». «Маленький ангел». «Мечты земли». «Возможность». Это названия театральных постановок наших выпускников… А если взглянуть на них ещё раз, то получится короткий рассказ о главной цели проекта Zamin Creative — объединиться и создать возможности для воплощения детской мечты.
4-й набор в студию Zamin Creative начнётся уже в январе.
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz
✅ Hayitova Ra'no Zokirovna —Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U 1981-yilda Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tug’ilgan.
Bunga qadar turli yillarda:
➖Navoiy davlat konchilik instituti qoshidagi 2-sonli akademik litsey tarix va huquq fani o‘qituvchisi, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda direktori,
➖ Navoiy shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri,
➖Navoiy shahar “Binokor” MFY va Orzu” MFY da tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi sifatida ishlagan.
❗️Qabul kuni: haftaning seshanba kunlari 15:00 dan 17:00 gacha va payshanba kunlari 09:00 dan 11:00 gacha
👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: /channel/Navoiy_viloyat_MMTBbot
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#live
#Jarayon
🔴 Xabaringiz bor, 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarining baholash (choraklik summativ baholash) dasturi mamlakatimizdagi 500 ta umumta’lim maktabiga tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan.
❗️Bugun mazkur maktablarda joriy o‘quv yilining ikkinchi chorak yakuniy CHSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari o‘tkazilmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ўқитувчилар_қурултойи
Qurultoy Namanganda: joriy o‘quv yilida viloyatdagi iqtidorli o‘quvchilar 200 millionlik grant sohibi bo‘lishdi
✅ Bugun Namanganda “O‘qituvchilar qurultoyi” bo’lib o’tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, mas'ullar hamda viloyatdagi ilg‘or o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda o‘qituvchi nufuzini oshirish, maktablarda zamonaviy sharoitlarni yaratish va ta’lim sifatini oshirishga ulkan e’tibor qaratib kelinayotgani ta’kidlandi.
➖ Xususan, birgina joriy yil viloyatdagi umumta’lim maktablari bitiruvchilarining muddatidan oldin xorijiy va Respublikadagi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingani, buning natijasida 200 mln AQSH dollaridan ortiq grant mablag‘lari yutib olingani aytib o’tildi.
Tadbir yakunida ta'lim-tarbiya tizimiga munosib hissa qo'shgan ustoz-murabbiylarning 6 nafariga "Xalq ta'limi a'lochisi” , 1 nafariga “Xalq ta’limi fidoyisi” ko’krak nishonlari topshirildi.
❗️Shuningdek, 1 nafar o‘qituvchi va joriy qilingan baholashning yangi tizimida o'quvchilari yuqori natija ko'rsatgan Davlatobod tumanidagi 58-, Chust tumanidagi 52-umumta'lim maktablari direktorlari vazir tashakkurnomalari hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.
⚡️Shuningdek, ushbu qurultoy ishi doirasida shoʻba ishlari – trening mashg’ulotlari tashkil etildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Press_tur
✅ “Prezident sovg‘asi”ni qadoqlash, hududlarga jo‘natish jarayonlariga bag'ishlab tashkil etilgan press-turdan videolavha.
#25_dekabr #Toshkent
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#live
🔴 “Prezident archasi” bayram tadbiri boshlandi
❄️ Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan "Yangi yil ertaklari" mavzusidagi “Prezident archasi” tadbirining dastlabki seans dasturlariga start berildi.
❗️ Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etmoqda.
⚡️ Mazkur bayram tadbiri Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun tashkil etilmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz
✅ Suyarova Sanobar Zarfullayevna —Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U 1975-yilda Jizzax viloyati, G'allaorol tumanida tug’ilgan.
Bunga qadar turli yillarda:
➖Jizzax shahar 17-umumiy o'rta ta'lim maktabi yoshlar yetakchisi,
➖Jizzax viloyati“Umid” maktab-internati Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari,
➖ Jizzax viloyati “Umid” maktab-internati direktori;
➖ Jizzax shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Sanobar Suyarova shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, senator.
❗️Qabul kuni: haftaning chorshanba kunlari 09:00 dan 11:00 gacha va juma kunlari 09:00 dan 11:00 gacha
👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: /channel/JizzaxVMMTB_murojaatlar_bot
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Sarhisob
HILOLA UMAROVA: “O'TGAN YIL DAVOMIDA ERISHGAN BARCHA YUTUQLARIMIZDA SOHA FIDOYILARINING O'RNI BEQIYOS”
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida vazirlikning joriy yil faoliyati sarhisobi hamda kelgusi yildagi istiqboldagi rejalarni amalga oshirishga doir kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
❗️Vazir Hilola Umarova rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik hamda tizim tashkilotlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi va kelgusi faoliyat rejalari belgilab olindi.
Vazir vazirlik muassisligidagi nashrlarga noutbuk va fotoapparat jamlanmalarini topshirdi
🖥 Tadbir doirasida vazirlik muassisligidagi bosma nashrlar — “Ma’rifat” – “Учитель Узбекистана”, “Tong yulduzi”, “Класс!” gazetalari, “Xalq ta’limi”, "Til va adabiyot ta'limi" – " Преподавание языка и литературы " – "Language and literature teaching”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallari tahririyatlariga noutbuk va fotoapparat jamlanmalari taqdim etildi.
👏 Shuningdek, joriy yilda faol va samarali mehnat qilgan vazirlik hamda tizim xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Yangi_yil_bayrami
👏 Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Yangi yil shodiyonasi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik markaziy apparati xodimlarining farzandlari uchun turli tomosha ko‘rinishlari hamda konsert dasturi tashkil etildi.
✍️ Shuningdek, bolajonlar ishtirokida kibersport, robototexnika, kulolchilik, tasviriy san’at yo‘nalishlarida mahorat mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz
✅ Dolimov Sherzod Abdumutalovich – Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U 1978-yil Farg'ona viloyati, Quva tumanida tug'ilgan.
Bunga qadar turli yillarda:
➖ Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi “Metodika markazi” AKT mutaxassisi,
➖ Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multmediа umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi Server maydonchasini boshqarish bo‘limi veb xizmati administratori,
➖Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Nazorat-tahlil bo‘limi boshlig‘i, umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim muassasalari va darsliklar bo‘limi boshlig‘i,
➖O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash 4 oylik kursi tinglovchisi,
➖Farg‘ona viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, yoshlar siyosati bo‘yicha yetakchi mutaxassisi,
➖Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari,
➖Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.
❗️Qabul kuni: haftaning chorshanba kunlari 16:00 dan 18:00 gacha
👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @FVMMTBaloqaBot
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Yoshlar Ishlari agentligi oʻquvchilar uchun ajoyib sovgʻa tayyorladi!
Nobel mukofoti laureati Karl Viyeman tashabbusi bilan yaratiligan dunyoga mashhur Kolorado Universiteting PhET platformasi agentligimiz tashabbusi bilan endi toʻliq oʻzbek tilida!
Endilikda uydan chiqmasdan, hech qanday zarur laboratoriya jihozlarisiz 100 dan ortiq interaktiv simulyatsiyalar orqali Matematika, Fizika, Biologiya, Kimyo hamda Tabiat haqidagi fanlarga oid mavzularni yanada mukammal oʻrgana olasiz! Eng muhimi platformaning oflayn nusxalari orqali undan internetsiz foydalanish imkoni ham mavjud.
Oʻqituvchilar esa oʻzlarining simulyatsiya mavzulariga oid boʻlgan topshiriq, test va dars ishlanmalarini platforma orqali hamkasblari hamda oʻquvchilar bilan ulasha oladilar. Bunday hamkorlikda oʻqish va oʻqitish orqali yoshlarimiz yanada fanlarni mukammal oʻzlashtirishadi.
Umid qilamizki, taqdim etilgan ushbu imkoniyaidan barcha unumli foydalanadi.
Oʻylanib oʻtirmang, PhET orqali oʻrganing!
Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
#Hududiy_rahbarlar_bilan_tanishtiramiz
✅Qurbonov Farrux Ergashevich – Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
U 1985-yilda Buxoro viloyati, Jondor tumanida tavallud topgan.
Bunga qadar turli yillarda:
➖Buxoro viloyati, Jondor tumani xalq ta’limi bo‘limi hisobchisi;
➖Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasining Nazorat va tahlil guruhi rahbari va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari;
➖Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti Nazorat materiallarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘i,
➖Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;
➖Buxoro viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimlarida tizimda samarali faoliyat olib borgan.
❗️Qabul kuni: haftaning seshanba kunlari 9:00 dan 13:00 gacha
👉 Boshqarma boshlig'ining murojaatlarni qabul qilish boti ishga tushirilgan bo'lib, fuqarolar ushbu manzil orqali o'z taklif va murojaatlarini yo'llashlari mumkin: @bvxtb_bot
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Yangi yil shukuhi: maktab va bog‘chalarda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
Yangi yil eng uzoq kutilgan va sevimli bayramdir. Mazkur bayramni bolajonlar katta quvonch bilan qarshi olishadi. Bu, albatta, yangi yil archasi, qorbobo, turli sovg‘alar hamda ko‘tarinki kayfiyat ostidagi o‘yin-kulgilar bilan bog‘liq.
Yaqinlashib kelayotgan mazkur bayram munosabati bilan joylarda turli tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Jumladan, bayram Urgut tumanidagi 121-maktab, Surxondaryo viloyatidagi 18-DMTT, Kitob tumani maktabgacha taʼlim muassasalari, Buxoro shahridagi 27- va 71-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faollik bilan nishonlandi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Yurtimiz maktablarida Yangi yil bayrami o‘tkazilmoqda
Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 219-umumtaʼlim maktabida Yangi yil bayrami bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida maktab jamoasi va o‘quvchilar faol ishtirok etdi. Ertak qahramonlari va o'quvchilar quvnoq musiqalarga raqsga tushib, qo'shiq aytdi.
Tadbirga Qorbobo va Qorqizning tashrifi bayramga yana-da fayz kiritdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⚡️500 ta maktabda yangi baholash imtihonlari o‘tkazildi. Yangi tizimning afzalliklari nimada?
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 500 ta umumta’lim maktabida CHSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur maktab o‘quvchilarining ikkinchi chorak yakuniy bilimlari yangi baholash tizimi orqali sinaldi.
🔴 Imtihon jarayonlari mos ravishda ikki smenada hamda o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida tashkil etildi.
🔹Bunda o‘quvchilar choraklik davomida olgan bilimlarini tegishli fanlarga oid berilgan test savollariga to‘g‘ri javobni belgilash orqali sinovdan o‘tkazdi. Maktablarga test savollari kitobchalari va javoblar varag‘i to‘liq yetkazib berildi.
🔹Imtihon jarayonlari vazirlik hamda sohadagi tegishli mutaxassislar tomonidan kuzatib borildi.
❗️Ma’lumot uchun: yangi baholash tizimi ikki turga — summativ va formativ baholash tizimiga bo‘linadi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1410
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
"Zamin" fondi, MMTV, "O‘zsuvta’minot" AJ tomonidan YUNISEF ko‘magida amalga oshirilayotgan "Umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena" qo‘shma loyihasi doirasida 2021-yildan boshlab Buxoro viloyatidagi markazlashgan suv ta’minotiga ulanmagan maktablarda suv ta’minoti tizimlari barpo qilinmoqda.
O‘tgan davrda loyihada ishtirok etayotgan maktablar joylashgan mahallalardagi 100 ming nafardan ziyod aholi xavfsiz ichimlik suvidan bahramand bo‘ldi.
Maktablarda YUNISEF bilan birgalikda sanitariya va gigiyenaga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularning maqsadi Markaziy Osiyodagi eng qimmatbaho ne’matlardan biri — Suvga hurmat munosabatini tarbiyalashdan iborat.
Suvni tejash — tabiat va ekologiyaga g‘amxo‘rlik qilish demakdir. Bu kelajakka e’tibor hamdir.
Ushbu lavhani tomosha qiling. Nima deb o‘ylaysiz, siz suvni tejash uchun nima qila olasiz?
—
В рамках совместного проекта Фонда Zamin, МДШО, АО «Узсувтаъминот» при поддержке ЮНИСЕФ «Водоснабжение, санитария и гигиена в общеобразовательных школах» в Бухарской области с 2021 года создаются системы водоснабжения в школах, в которых прежде не было доступа к централизованному водоснабжению.
За это время доступ к чистой безопасной питьевой воде предоставлен для более чем 100 тыс. жителей населенных пунктов, где расположены проектные школы.
В школах проводятся различные мероприятия по санитарии и гигиене совместно с ЮНИСЕФ. Их главная цель — воспитание уважительного отношения к одному из самых драгоценных ресурсов Центральной Азии — Воде.
Бережное отношение к воде — это забота о природе и экологии. Это забота о будущем.
Посмотрите этот ролик. Как вы думаете, что можете сделать вы для экономии воды?
Zamin | Facebook | Instagram
#Vazir_va_yoshlar
VAZIR BILAN UCHRASHGAN O’QUVCHINING TAKLIFLARI TINGLANDI
✅ Xabaringiz bor, yaqinda poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘g‘il-qizlar bilan uchrashgandi.
➖Uchrashuvda ayrim o‘quvchilar maktabdagi ta’lim jarayoni borasida takliflari borligini bildirgandi.
✔️Bugun ana shunday tashabbuskor yoshlardan biri Yuqori Chirchiq tumani 20-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Saidakbar Xadjayev vazirlikka taklif qilinib, loyihalari muhokama etildi.
❗️Saidakbar boshlang‘ich ta’limda ko‘proq tarbiya va tabiatni o‘rganishga vaqt ajratish zarur degan fikrda. Yosh tashabbuskorning aytishicha, inson miyasi 6 tagacha tilni o‘zlashtirishga qodir. Uning bobosi Tohir ota 5 tilda bemalol suhbatlasha oladi.
⚡️Shuning uchun Saidakbar tengdoshlariga kamida 2-3 tilni bilishni taklif etadi. O‘rta maktabda asosan hayotda kerak bo‘ladigan fanlarni chuqurroq o‘rgatish, o‘quvchilar bilimlarini amaliyotda qo‘llashiga alohida ahamiyat qaratish muhim, deydi 11-sinf o‘quvchisi.
✔️E’tibor bersangiz, Saidakbar Xadjayevning fikrlari aynan bugun maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan yangilanishlarga to‘la hamohang! Tashabbuskor yosh do‘stimizning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Yangi_yil_shukuhi
✅ Termiz shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan Yangi yil bayramidan videolavha.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⚡️Maktab direktorligiga nomzodlarni o‘qitish va menejerlik sertifikatini berish tartibi belgilandi
✅ Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi.
➖ Unga ko‘ra:
➖2024-yil 1-yanvardan boshlab — Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilinadi;
➖2024-yil 1-sentabrdan boshlab — menejerlik sertifikatiga ega umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar хodimlariga sertifikat amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
🔹maktab direktorlariga – 50 foiz;
🔹direktor o‘rinbosarlariga – 30 foiz.
❗️Shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra:
umumta’lim maktablari direktorlari har 5 yilda bir marotaba belgilangan talablarga muvofiq menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi;
nomzodlar maxsus portal orqali elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tadi;
sertifikat 5 yil davomida amal qiladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Президент_совғаси
#Press_tur
“Prezident sovg‘asi” karvoni yo'lga tushdi
✅ Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladigan “Prezident sovg‘asi” karvonlari hududlarga jo‘nab ketmoqda.
➖ Bugun poytaxtimizda “Prezident sovg‘asi”ni qadoqlash, hududlarga jo‘natish jarayonlari doir tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil etilib, jarayonlar bilan yaqindan tanishtirildi.
⚡️Umumiy hisobda 11 000 dona tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.
Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg‘alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.
❗️“Prezident sovg‘asi” hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1406
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram