Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar/ Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha tarixiy qonun kuchga kirdi!
🇺🇿2025-yil 15-maydan boshlab “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun rasmiy kuchga kirdi. Bu — mamlakatimiz tarixida ilk bor bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllari aniq belgilangan va ularga nisbatan javobgarlik tizimi joriy etilgan hujjatdir.
Shu munosabat bilan O‘zbekistonda keng ko‘lamli axborot kampaniyasi start oldi. Axborot kampaniyasini boshlash tashabbuskori — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shaxnoza Mirziyoyeva.
✅26-may kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan: “Majburiyatdan harakatga: Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida milliy konferensiya o‘tkaziladi. Tadbirda 10 yillik strategiya va Harakatlar rejasi taqdim etiladi. Unda BMT, UNICEF va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etadi.
✅27-may, 12:00 – City Mall, Cinematics (3-qavat): “Haqqim bor” nomli qisqa metrajli film premyerasi.
Filmda turli shakldagi zo‘ravonlikni boshdan kechirgan bolalarning haqiqiy hikoyalari aks ettirilgan. Bu — jamiyatda uzoq vaqt jim bo‘lib kelgan muammolar haqida nihoyat gapirish va ularni tan olishga chaqiriq.
Premyeradan so‘ng City Mall 1-qavatida joylashgan bolalar chizgan ekspozitsiya ko‘rgazmasi ochiladi.
Bu ko‘rgazma — og‘riqli haqiqatlar haqida ochiq muloqot uchun platforma.
“Talaba Expo – 2025” qizg‘in pallaga kirdi!
🎓🎓Poytaxtimizda ikki kundan buyon davom etayotgan “Talabalar festivali” doirasida yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Festival doirasida ochiq muloqotlar, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, startap va biznes g‘oyalarni ilgari surish kabi ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda.
🎓“Talaba Expo – 2025” ko‘rgazmasining ikkinchi kunida quyidagi muhim voqealar bo‘lib o‘tdi:
• Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining biznes loyihalarini moliyalashtirish taqdimoti;
• “Ilm-fan, biznes va xalqaro imkoniyatlar” mavzusidagi ochiq uchrashuv;
• Yirik tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” loyihasi.
Ushbu uchrashuvlar davomida yoshlar muvaffaqiyatga erishish, daromadli biznes boshlash, shuningdek, o‘z qobiliyatlarini tadbirkorlikda namoyon etish borasidagi savollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob oldilar.
📚“Yosh kitobxon” tanlovining 2025-yilgi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda
Tanlov nizomi 👉havola
Kitoblar ro‘yxati 👉havola
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting 👉 @yoshkitobxon_bot
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🎓“TalabaExpo–2025”ning 1-kuni qanday o‘tdi?
Kuni kecha poytaxtimizdagi “Zakovat” arena hududida yoshlar, ta’lim, innovatsiya va tadbirkorlik olamining eng yirik va nufuzli tadbirlaridan biri – “TalabaExpo–2025” tadbirlarining 1-kuni bo‘lib o‘tdi.
🎓🎓Talabalar festivali doirasidagi “Talaba Expo – 2025” tadbirlarining tantanali ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “O‘zMilliybank”, “Aloqabank” hamda Savdo-sanoat palatasi mas’ullari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbirda 1 500 nafar talaba va yosh mutaxassislar ishtirok etib, tajribali mutasaddilar bilan bevosita suhbatlashish, o‘z g‘oyalarini taqdim etish va kelajak imkoniyatlari bilan tanishish baxtiga muyassar bo‘ldi.
“Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida o‘quv-seminar boshlandi
Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da bo‘lib o‘tayotgan seminarda respublika, viloyat va tuman (shahar) yosh targ‘ibotchilar guruhlari, Yoshlar parlamenti, Xalq deputatlari Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda faol yoshlar ishtirok etmoqda. Shuningdek, 12 ta hududiy va 208 tuman/shahar studiyalaridan 1000 nafar yoshlar Zoom orqali qatnashmoqda.
Ochilish marosimida Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Kutbidin Burxonov hamda Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzugul Kozixonova so‘zga chiqdilar.
Ikki kun davom etadigan tadbir doirasida mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
#LIVE 🎓🎓
🎓“Talaba Expo – 2025” ochilish marosimidan jarayonlar!
Manzil: “Zakovat arena” hududi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🎓“Talaba Expo – 2025” boshlandi!
🎓🎓Talabalar festivali doirasidagi eng yirik ko‘rgazmalar barcha yoshlarni kutmoqda!
Ishga joylashish, startapni taqdim etish, bilim va aloqalarni kengaytirish – barchasi bu yerda!
⚡️Faol talabalar va yoshlar shoshiling!
Manzil: “Zakovat arena” hududida
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🎓“Talaba Expo – 2025”ga marhamat!
🎓🎓“Talabalar festivali”ning eng yirik ko‘rgazmasi ertadan start oladi — “Talaba Expo – 2025”! 3 kun davom etadigan ushbu yirik loyiha yoshlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi.
Poytaxtimizdagi “Zakovat arena” hududida o‘tkazilayotgan ko‘rgazma doirasida talaba yoshlar va bitiruvchilar ishga joylashish, startaplarini taqdim etish, bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilish, shuningdek, yetakchi mutaxassislar bilan tarmoq tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tashkilotchilar: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, Milliy Banki va Savdo-sanoat palatasi.
⚡️Barcha talabalarni va faol yoshlarni ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qilamiz!
Manzil: “Zakovat arena” hududida
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🎓 “IBRAT Debate” – bilimdonlar bahsi yakunlandi!
🎓🎓 “Talabalar festivali” doirasida poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilgan “IBRAT Debate” turniri chinakam ilm, mantiq va nutq bayramiga aylandi!
12 ta nufuzli universitet talabalari va faol yoshlar bir sahnada to‘qnashib, ingliz tilida o‘z fikrini dadil ifoda etdi, jamoaviy ishlash va yetakchilik ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘rsatdi.
👏Musobaqa g‘oliblariga maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi!
#TalabalarFestivali #IbratDebate
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🌎Global yoshlar festivali: BMT va O‘zbekiston vakillari o‘rtasidagi muloqotlar
🇺🇿🇺🇳Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Global yoshlar festivali tadbirlarida ishtirok etgan BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Felipe Paulliyerning O‘zbekistonga tashrifi muloqot va uchrashuvlarga boy bo‘ldi.
Uchrashuvlar davomida Felipe Paulliyer BMT va O‘zbekiston o‘rtasidagi yoshlar masalasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanishini, kelgusida yoshlar uchun ko‘plab yangi imkoniyatlar yaratilishini ta’kidladi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash holati o‘rganilmoqda
Respublikamiz bo‘ylab yoshlar masalalarini chuqur tahlil qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish maqsadida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhining o‘rganishlari davom etmoqda.
Navbatdagi manzillar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlari.
Ishchi guruh a’zolari va DXX xodimlari tomonidan mahallalarda yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish holati o‘rganilmoqda.
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin DXX Call-markazi ishga tushdi. Endilikda fuqarolar, yuridik shaxslar va yoshlar Davlat xavfsizlik xizmati vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tezkor murojaat qilishlari uchun 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib murojaat yo‘llashlari mumkin.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
📚Bilimdonlar orziqib kutgan “Yosh kitobxon” tanlovi yana siz bilan! 2025-yilgi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
⚡️Yoshlar ishlari agentligi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan bu yilgi tanlov yangilangan format, kuchli raqobat va sovrinlarga boy bo‘ladi. Asosiy qurolingiz esa kitob va bilim!
🇺🇿Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan eng faol kitobxon yoshlarga — BYD elektromobili sovg‘a qilinadi! Ha, adashmadingiz kitob orqali avtomobil yutish imkoni bor!
Tanlov nizomi 👉havola
Kitoblar ro‘yxati 👉havola
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting 👉 @yoshkitobxon_bot
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Aziz ota-onalar, qadrli yoshlar!
🌎Shahrimizda start olgan Global yoshlar festivali doirasida, 17–18-may kunlari Yapon bog‘ida o‘tkaziladigan ekologik tadbirlarga sizlarni taklif etamiz!
Tadbirlar salqin paytda, soat 18:00 da boshlanadi. Ikki kun davomida quyidagi yo‘nalishlarda tadbirlar tashkil etiladi:
– “Yashil makon” va “Bek va Lola” multfilmlari namoyishi;
– Madina Muminovaning ekologiyaga bag‘ishlangan kitoblari asosida sahna ko‘rinishi;
– Raim Farhodiy va Saida Rashidovaning asarlari asosida o‘tkaziladigan mutolaa mashg‘ulotlari.
➡️Manzil: Yapon bog‘i
⚡️Kirish mutlaqo bepul. Yashil kelajak sari birgalikda odimlaylik!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
BMT delegatsiyasi Buxoroda
🇺🇿🇺🇳BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Felipe Paulliyer hamda Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi delegatsiya Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Mehmonlar ta’lim muassasasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, startaplar, innovatsion loyihalar va zamonaviy o‘quv sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
#LIVE Felipe Paulliyer Yoshlar ijod saroyi faoliyat yuritayotgan Kulolchilik markaziga ham tashrif buyurdi. Bu yerda u yosh hunarmandlar bilan muloqot qilib, ularning ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Eng qizig‘i, mehmon kulolchilik buyumini yasash jarayonida shaxsan ishtirok etdi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🎓🎓 Ayni vaqtda Talabalar festivali doirasidagi “Talaba Expo – 2025”ning 3-kun tadbirlari start oldi.
Jarayonlarni Agentlikning rasmiy sahifalarida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin!
📹 YouTube va Facebook
Bu yerda erishilgan katta natijalarni xalqimizga yetkazishda sizlar ko‘prik bo‘lasizlar - Shavkat Mirziyoyev
🇺🇿Prezidentimiz Sloveniyada ta’lim olib, yurtimizga qaytgandan so‘ng sun’iy intellekt loyihalarini rivojlantirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba bilan suhbatlashdi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🎓🎓“TalabaExpo–2025” tadbirlarining 1-kunidan eksklyuziv lavhalar
#TalabalarFestivali
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
“Tashabbusli sport” loyihasining yangi mavsumiga start berildi!
🇺🇿Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan respublikamizning barcha tuman va shaharlarida bittadan sport maydonchasi qurish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi.
✅Sport maydonchalari ovoz berish yo‘li bilan aniqlangan har bir tuman/shahar hududidagi g‘olib mahallalarga qurib beriladi.
✈️Ovozlar 21-maydan boshlab 31-may kuniga qadar tashabbus.sport.uz saytida qabul qilinadi.
Loyihada faol ishtirok eting va mahallangiz hududiga sport maydonchasi yutib oling!
📞Call-markaz: (55) 520-90-07
📢Telegram: @tashabbus_sport_support
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🎓“Talaba Expo – 2025” davom etmoqda!
#LIVE Ayni vaqtda poytaxtimizdagi “Zakovat arena” hududida talaba yoshlar va bitiruvchilarga ishga joylashish hamda startaplarini taqdim etish imkoniyatini yaratayotgan ko‘rgazmalar davom etmoqda!
Eslatib o‘tamiz tadbir tashkilotchilar: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, Milliy Banki va Savdo-sanoat palatasi.
🎓🎓 Talabalar festivali doirasidagi “Talaba Expo – 2025” tadbirlarini jonli efirda kuzatishingiz mumkin!
📹 https://youtube.com/live/dc-JwnvBqd4
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalda
🇺🇿Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ilgari surilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida respublikamiz bo’ylab tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida aholi muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish borasida Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev aholi va yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotlari haqida xabar bergan edik.
Kuni kecha, Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi Ishtixon tumanida bo‘lib, Damariq, Chimqo‘rg‘on, Barlos, Boylata, Zarbuloq, Mirzaqul va Yangiravot mahalla a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida o‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan yoshlarga subsidiya asosida tikuvchilik, sartaroshlik, chorvachilik, kompyuter xizmatlari uchun asbob-uskunalar va sport anjomlari topshirildi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi iqtidorli, faol va tashabbuskor talabalar hamda bitiruvchilarni amaliyot dasturida ishtirok etishga chorlaydi!
✅Amaliyot dasturi sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
🟢Yoshlar ishlari agentligi tizimida 3 oylik amaliyot o‘tash;
🟢O‘z sohasining yetuk mutaxassislari bilan birga ishlash;
🟢Amaliy tajriba, qimmatli bilim va ko‘nikmalarni egallash;
🟢Real loyihalarda faol ishtirok etish;
🟢Rivojlantiruvchi treninglar va qiziqarli mashg‘ulotlarda qatnashish.
✅ Dasturda kimlar ishtirok etishi mumkin?
🟢Oliy ta’lim muassasalaridagi 3–4-kurs talabalari va oliygoh bitiruvchilari ushbu amaliyotda qatnashish huquqiga ega.
✅ Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat:
🟢 Arizalarni dastlabki saralash;
🟢Oflayn suhbat (shortlist bosqichi);
🟢Bo‘lim rahbari bilan yakuniy suhbat.
Kelajagingiz sari birinchi qadamingizni bugunoq tashlang!
📥 Ariza topshirish uchun havola
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Farg‘onada “Yoshlar oqshomi” gala-konserti bo‘lib o‘tdi
⚡️Farg‘ona shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi san’at saroyida yoshlar uchun katta madaniy tadbir “Yoshlar oqshomi” gala-konserti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Farg‘ona shahri yoshlari tantanali ravishda taqdirlandi. Shundan so‘ng, estrada yulduzlari ishtirokidagi gala-konsert yoshlarga bayramona ruh va yorqin taassurotlar ulashdi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Orolbo‘yida xalqaro yoshlar tashabbuslari
🌎Dunyoning 11 mamlakatidan Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari Global yoshlar festivalining 2-kunida Mo‘ynoq tumani va Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida o‘tkazilgan tanlov va tadbirlarda faol ishtirok etdi.
“Green Spark” startaplari hamda “Yoshlar va iqlim” xalqaro tanlovlari doirasida yoshlar ekologik platformalar yaratish, o‘simliklar ekish, raqamli o‘yinlar ishlab chiqish va innovatsion yechimlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Bellashuv yakunida eng ilg‘or g‘oyalar egalari g‘olib deb topilib, munosib taqdirlandi.
➡️Batafsil: gov.uz/yoshlar
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Aziz talabalar, qadrli yoshlar!
🎓🎓Sizlarni “Talabalar festivali” doirasida o‘tkaziladigan “Talaba talant” shousiga taklif etamiz!
🎼Vokal, cholg‘u, rassomchilik yoki stand-up yo‘nalishlaridan birida katta sahnaga chiqishga tayyormisiz?
Unda ijodiy ishingizni 30 soniyadan 1 daqiqagacha bo‘lgan videorolik shaklida tayyorlab, 20-may soat 24:00 ga qadar quyidagi Telegram profiliga yuboring.
🏆 G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari kutmoqda.
🎓Isteʼdodingizni namoyon eting – yorqin kelajakka yo‘l oching!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🛫“Work and Travel” dasturi uchun 15-maydan arizalar qabuli boshlandi!
⚡️Har yili 2 ming nafar talaba rivojlangan davlatlarda ishlash va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Davlat tomonidan foizsiz ssuda ajratiladi.
Ushbu imkoniyatdan:
▪️16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan;
▪️O‘zbekiston fuqarosi yoki O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan;
▪️Oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lgan (bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) yoshlar foydalanishi mumkin.
Ssuda olish uchun:
▪️Ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi.
▪️“Work and Travel” dasturiga oid viza.
▪️Qarzni qaytarishga kafilning roziligi yoki sug‘urta polisi kerak bo‘ladi.
Ssuda har yili 2000 nafar talabaga BHMning 40 baravari (15 mln so‘m) miqdorida ajratiladi. Ssuda olgan talabalar uni xorijiy vizaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng 1 oy ichida Yoshlar ishlari agentligiga to‘liq qaytarishi shart.
➡️Ariza topshirish uchun 👉havola
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Orolbo‘yida yoshlarning “yashil” tashabbuslari
🌎Toshkentda start olgan Global yoshlar festivali Nukus shahrida davom etmoqda. Xorijlik va mahalliy yoshlar ekologik loyihalar, startaplar, COP modeli va “Yoshlar va iqlim” tanlovida ishtirok etmoqda.
Mo‘ynoqda esa “Future Muynak” markazi va saksovulzorlar bilan tanishuv rejalashtirilgan.
🤝Yoshlar iqlim muammolarini birgalikda hal etmoqda!
➡️Batafsil: gov.uz/yoshlar
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
BMT vakili O‘zbekiston yoshlari bilan fikr almashdi
🇺🇿🇺🇳BMT Bosh kotibining yordamchisi Felipe Paulliyer Yoshlar ijod saroyidagi loyihalar bilan tanishuvni yakunlanlab, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston yoshlari o‘z fikrlarini bildirib, xalqaro maydondagi ishtiroklari, orzulari va maqsadlari haqida so‘z yuritishdi. Felipe Paulliyer esa BMT doirasida yoshlar uchun yaratilayotgan global imkoniyatlar, istiqbolli dasturlar va hamkorlik yo‘nalishlari haqida gapirib o‘tdi.
Bu muloqot nafaqat ilhomlantiruvchi, balki ikki tomonlama ishonch va hamkorlikning amaliy ko‘rinishiga aylandi. O‘zbekiston yoshlari o‘zining faol, tashabbuskor va dunyoqarashi keng avlod ekanini yana bir bor isbotladi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
#LIVE | BMT vakili yoshlar bilan
🇺🇳Avval xabar berganimizdek, ishchi tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev hamrohligida Yoshlar ijod saroyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida u mamlakatimiz yoshlari uchun yaratilgan sharoitlar, ilgari surilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt