🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali 🌐 Veb-sayt: http://jtsu.uz/ 🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz 🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/ ➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Audio nomi: Yaxshilik
✏️ Janr: hikoya
🎰 Hajmi:12 mb
👤 Muallif: Odil Yoqubov
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#xizmat_safari
✈️Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifbayev Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
✅ Vakilimiz, mazkur davlatning nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatorida, yuqori davlat tashkilotlari bilan ham Universitetimiz o‘rtasidda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatilishiga erishmoqda.
📆Xususan, safarning 24-dekabr sanasida prorektor Jasur Zarifbayev Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKAda bo'lib, agentlik prezidenti Serkan KAYALAR bilan uchrashdi. Uchrashuvda universitetda yangi sport laboratoriyasini tashkil qilish va talabalar uchun o'quv xonalarini zamon talabiga mos tarzda jihozlash bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishdi.
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#yil_sarhisobi
📣DIQQAT E’LON!!
🏆Qadrli, universitetimiz ustoz va murabbiylari, aziz talaba-yoshlar hamda shu oliygohning barcha fidoiy xodimlari!
🎄Sizlarni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2024-yil yakuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “YIL SARHISOBI” nomli yangi yil shou bayramiga taklif etamiz!
👑🎅🏻🎼Yilning eng yaxshilarini aniqlab beruvchi mazkur tadbirdan qorbobo va qorqiz ishtirokidagi bayramona shou o‘yinlar hamda taniqli san’atkorlar ijrosida konsert dasturi o‘rin olgan.
🏢Manzil: Universitet madaniyat saroyi.
📆⏰Sana va vaqti: 2024-yil 26-dekabr, soat 11:00 da.
🙋♂️Barchangizni bayram tadbirida kutib qolamiz!
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
Audio nom: Aftob oyim
✏️ Janr: hikoya
🎰 Hajmi:14 mb
👤 Muallif: Said Ahmad
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#talaba_yutuqlari
🏆Para taekvondo: Universitet talabalari O‘zbekiston chempioni!
🧑🏻🦽🥋Joriy yilning 20-23 dekabr kunlari Toshkent viloyatida joylashgan "G'azalkent sog‘lomlashtirish markazi" sport bazasida para taekvondo bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
✅Ushbu mamlakat birinchiligida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 15 ta jamoadan jami 130 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.
📍Aytish joizki, ko'plab sport turlari bo‘yicha nufuzli musobaqalarda yuqori o‘rinlarni band qilib kelayotgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabalari mazkur chempionatda ham o‘z iqtidorlarini namoyon etib, faxrli o‘rinlarni egalladi. Ular bilan tanishing:
🥇 80 kg Qudrat Muhammadiyev
🥇Kamola Joʻrayeva
👏💐Matonatli talabalarimizga g‘alaba muborak bo‘lsin!
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
💼 Sport vazirligida kurashni ommalashtirish va rivojlantirish hamda o‘zbek milliy qadriyati bo‘lgan mazkur sport turini YUNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
📑 Ma’lumki yurtimizda kurash milliy sport turini rivojlantirish, uni xalqaro miqyosda ommalashtirish va ushbu sport turiga xorijiy davlatlar aholisini keng jalb etish, shuningdek kurashni rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha faoliyatni tizimli qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan joriy yilning 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori qabul qilindi.
#xizmat_safari
🏆O‘zDJTSU Turkiyaning Kirkkale universiteti bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatdi!
🇺🇿Xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifbayev 🇹🇷Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
📆Vakilimiz, 23-dekabr kuni Turkiyaning Kirkkale universitetiga tashrif buyurib, oliygoh rektori, professor Mehmet Bashalan bilan uchrashdi.
🤝Uchrashuv davomida tomonlar ikki universitet o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy dastur va tadqiqotlarni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan xalqaro loyihalar ishlab chiqish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Shuningdek, universitet prorektori J.Zarifboyev tomonidan oliygohimiz haqida umumiy ma’lumot berilib, ikki universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#KUN_HIKMATI
Gimnastika inson yoshligini uzaytiradi.
© J.Lokk
#filial_yangiliklari
#yangi_yil
🏆O‘zDJTSU Nukus filiali yangiliklari…
🎄2024-yil 23-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida YANGI YIL bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🎉Tantanali bayram tadbiri Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri A.Allanazarov hamda filial direktori, professor B.Erimbetovlar tomonidan ochib berilib, barcha mehnat jamoasi a’zolari va talaba-yoshlarni bayram bilan tabrikladilar.
⏩Batafsil
✍🏻Filial matbuot xizmati
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#tashrif
🏆O‘zDJTSU va Pendidikan Sultan Idris universiteti hamkorligi yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda
✅Aytish joizki, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Malayziyaning Pendidikan Sultan Idris universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda.
✔️Xususan, bugun hamkorlik doirasida belgilab olingan ustuvor vazifalar ijrosi hamda universitetga xorijiy talabalarni jalb etish maqsadida Pendidikan Sultan Idris universitetining 6 nafar professor-o‘qituvchilari va 24 nafar talabalaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
⏩Batafsil
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#KUN_HIKMATI
Agar yoqtirmaslik, nafrat degan narsalarni elektr manbaiga aylantirish mumkin bo‘lganida edi, bu bilan butun dunyoni yoritsa bo‘lardi.
© Nikola Tesla
HAFTA_DAYJESTI
Haftaning eng muhim yangiliklari bir satrda:
⏩ Universitet prorektori xalqaro simpoziumda ishtirok etdi
⏩ “Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi
⏩ O‘zDJTSU rektori boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston Respublikasi Olmata shahrida xizmat safarida bo‘ldi
⏩ O‘zDJTSUga Ozarbayjon davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi
⏩ O‘zDJTSU Yuksalish maktablari va Yuksalish liderlar akademiyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi!
⏩ Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Yakın Dog‘u universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi
⏩ O‘zDJTSUda vazir va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
⏩Universitet talabalari ishtirokida "Yangi yil kechasi" o‘tkazildi
⏩O‘zDJTSU Turkiyaning Ege universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi
⏩O'ZDJTSU VA O‘ZBEKISTON VOLEYBOL FEDERATSIYASI O‘RTASIDA O‘ZARO HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
/channel/uzdjtsu_rasmiy
#KUN_HIKMATI
Seni kasodu inqirozga ogoh qiluvchi kishiga lutf bilan muomalada bo‘l, “qo‘rqma”, “zarari yo‘q”, “ziyoni yo‘q”, deb yupatuvchilardan uzoqroqda bo‘l.
© Mahmud Az-Zamaxshariy
#hamkorlik
🤝O'ZDJTSU VA O‘ZBEKISTON VOLEYBOL FEDERATSIYASI O‘RTASIDA O‘ZARO HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
📆Bugun, 21-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan O‘zbekiston voleybol federatsiyasi o‘rtasida o‘quv-mashg‘ulotlari, ilmiy-uslubiy va innovatsion texnologiyalar asosida voleybol sport turini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
✅Mazkur tadbirda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, universitet professor-o‘qituvchilari, shuningdek, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev, O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev,
Jamoat Xavfsizligi Departameti bo‘lim boshlig‘i Anvar Mo‘ydinjanov,
Serbiyalik trener Moro Branislav hamda federatsiya xodimlari ishtirok etdi.
⏩Batafsil
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#seminar
🏃♂️Jismoniy tarbiya va sport ilmi: muammolar va istiqbollar
✅Bugun, ana shu mavzuda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yosh olimlar, magistrantlar va talabalar uchun ilmiy seminar tashkil etildi.
✔️Seminar universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh.Gaziyev va professor G.Korobeynikov tomonidan olib borilib, unda onlayn tarzda sohada faoliyat yuriyatigan xorijiy mutaxassislar ham ishtirok etdi.
📊Ilmiy seminar davomida jismoniy tarbiya va sport sohasida kasbga yo‘naltirilgan taʼlimni tashkil qilishning ilmiy-nazariy asoslari, nomutaxassislik yo‘nalishlarida jismoniy tarbiya va sport taʼlimini tashkil qilishning zamonaviy muammolari, olimpiya va paralimpiya sport musobaqalari natijalari asosida sport taʼlimini rivojlantirish yo‘llari to‘g‘risida fikr va tajribalar almashildi.
💻Shuningdek, universitetning yosh olimlari va magistrantlar tomonidan mavzuga oid muhokamalar o‘tkazildi.
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#yangi_yil
🏆O‘zDJTSUda bir guruh fidoiy ishchi xodimlar taqdirlandi…
✅Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 🎄yangi yil munosabati bilan oliygohning bir guruh ishchi xodimlari munosib taqdirlandi.
📜🛍Universitetning Moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlari departamenti hamda Xotin qizlar bilan ishlash bo‘limi mas’ullari hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda ko‘p yillik samarali mehnati va talaba-yoshlarning sog‘lom turmush tarzini kechirishdagi g‘amxo‘rligi uchun bir guruh fidoiy ishchi xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
♻️O‘z navbatida, ishchi xodimlar ham universitet rahbariyati tomonidan qaratilayotgan mana shunday e’tibor uchun minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#yangi_yil
🏆O‘zDJTSUda yangi yil kayfiyati hukm surmoqda…
🎄Hech kimga sir emaski, Yangi yil – bu barcha intiqib kutadigan bayramlardan biri bo‘lib, ushbu shodiyona hamma mamlakatlarda xush kayfiyatda nishonlanadi. Ayniqsa, jajji bolajonlar uchun yangi yil – o‘zida ko‘plab orzular va sovg‘alari bilan kirib kelishi bilan yilning eng mo‘jizali bayramidir!
🎁Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh Kasaba uyushmasi tomonidan barcha professor-o‘qituvchilar hamda rahbar va ishchi xodimlarning kichik yoshdagi farzandlariga yangi yil sovg‘alari ulashilmoqda.
👆Jarayonlarni yuqoridagi fotolavhalar orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#KUN_HIKMATI
Sport ishonch-e‘tiqod madaniyatini, tetiklik madaniyatini shakllantiradi.
© A.V.Lunacharskiy
#xizmat_safari
#xalqaro_aloqalar
🏆O‘zDJTSU prorektorining Turkiya Respublikasidagi xizmat safari davom etmoqda…
✈️Ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifboyevning Turkiya Respublikasidagi xizmat safari davom etib, safar davomida mazkur davlatning qator oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalar o‘rnatilishga erishilmoqda.
📆Jumladan, universitet vakili 23-dekabr kuni Turkiyaning Balikesir Universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida vakilimiz universitetining ta'lim va ilmiy ishlari bilan tanishib, tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik qilish, o'zaro tajriba almashish va ilmiy-tadqiqot sohasida birgalikda loyihalar amalga oshirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
⏩Batafsil
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
📹Videomuloqot tarzida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Sport vaziri Adkham Ikramov, Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi (IKA) Prezidenti Haydar Farmon, xalqaro va mahalliy mutaxassislar, madaniyat, sport va meros sohasining yetakchi vakillari, shuningdek, YUNESKOning mintaqaviy vakillari ishtirok etdi.
📑Ta’kidlash joizki, kurash sportini insoniyat nomoddiy madaniy merosi sifatida YUNESKO tomonidan e’tirof etilishi O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosini dunyo miqyosida tan olishga qaratilgan yirik qadamdir. Ushbu qadimiy sport turi nafaqat jismoniy mashg‘ulot, balki o‘zida tinchlik, halollik va hurmat kabi umumbashariy qadriyatlarni mujassamlashtiradi. Mazkur jarayonlarni tashkil etish borasida Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Xalqaro Kurash instituti va Yunesko ishlari bo‘yicha milliy komissiya vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan nomzodlik hujjatlari ishlab chiqildi.
🇺🇳YUNESKO xalqaro hukumatlararo tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Kurash sportini insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilishi bo‘yicha bir yil davomida nomzodlik loyihasi tayyorlandi. Unga ko‘ra, nomoddiy madaniy meros obyekti –Kurash sporti bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Bu jarayon davomida O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Kurash Xalqaro Instituti va O‘zbekiston Kurash federatsiyalari bilan amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston tomonidan mazkur ro‘yxatga Navro‘z, palov madaniyati va an’analari, askiya, katta ashula, Boysun tumanining madaniy muhiti, shashmaqom va baxshichilik san’atlari kiritilgan. Yig‘ilish davomida kurashning ushbu ro‘yxatga kiritilishi borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Bu jarayon esa kelgusida sportning madaniy rolini tan olishda katta ahamiyatga ega ekanligini ma’lum qiladi. Bu borada hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
#talaba_yutuqlari
🏆O‘zDJTSU talabalari Osiyo chempionatida g‘oliblar shohsupasidan joy oldi!
🏋️♂️Joriy yilning 20-dekabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati start oldi.
✅Ushbu qitʼa birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi 18 nafar tarkib bilan medallar uchun kurash olib bormoqda. Eng ahamiyatlisi, ularning orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining og‘ir atletika yo‘nalishi talabalarining ham borligi yanada quvonchlidir.
🥇🥈🥈Jumladan, talabamiz Nigora SUVONOVA umumiy 214 kg natija qayd etib, barcha yo‘nalishlarda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Diyorbek RO‘ZMETOV 310 kg ko‘rsatkich bilan kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, Ziyoda Xudoyqulova dast ko'tarish mashqida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 92 kg natija bilan kumush medalni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
📍Mazkur qit'a birinchiligi 25-dekabr kuni yakunlanadi.
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#e’tirof
🏆O‘zDJTSU murabbiyining soha rivojidagi mehnati munosib taqdirlandi!
🎉Kecha, 23-dekabr kuni poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Milliy sport mukofot-2024” taqdirlash marosimi o‘tkazilib, tantanali tadbiri bo'lib o'tdi.
✅Dastlab, joriy yil kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida shohsupaga koʻtarilgan sportchilarga Prezident qarori asosida bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
🌟Quvonarlisi, ularning qatorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti, xotin-qizlar bo‘yicha mas’uli Dilnoza Xolbekova ham shogirdi para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallagani uchun sertifikat hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.
💐👏Ustoz Dilnoza Xolbekovani mazkur e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz!
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#OAV_biz_haqimizda
🏆Joriy yilning 19-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov hamda universitet talabalari va yosh olimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Vazir va yoshlar” uchrashuvi tafsilotlari 📺“Nurafshon TV” telekanali ijodkorlari nigohida.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#yangi_yil
🏆O‘zDJTSUda yangi yil bayrami tadbirlari davom etmoqda…
🎄Bugun, 23-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2-sonli Talabalar turar joyida oliygohning TTJ va sport inshootlarini boshqarish direksiyasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali hamkorligida YANGI YIL bayram tadbiri tashkil qilindi.
✅Unda filial hamda direksiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tarbiyachi pedagoglar va talabalar ishtirok etishdi.
♻️Tadbir davomida filialda 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar erishilgan yutuqlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Yangi yil archasi hamda qorbobo va qorqiz ishtirokida o‘tgan bayram tadbirida yil davomida namunali odob-axloqi, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlardagi faol ishtiroki hamda sportdagi yutuqlari uchun bir guruh talabalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
📍Eslatib o‘tamiz, Bayram tadbirlari davom etmoqda.
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Karimov Avazjon Qudratillayevich Sport vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
Tayinlovga qadar A.Karimov Sport vazirining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Audio nomi: Qora ko‘z Majnun
✏️ Janr: hikoya
🎰 Hajmi:17 mb
👤 Muallif: Said Ahmad
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#mutolaa_uchun
🏆Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining www.uza.uz saytida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan O‘zbekiston voleybol federatsiyasi o‘rtasida o‘quv-mashg‘ulotlar, ilmiy-uslubiy va innovatsion texnologiyalar asosida voleybol sport turini yanada takomillashtirish bo‘yicha imjzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumga oid xabar eʼlon qilindi.
👉Mutolaa qilish uchun: https://uza.uz/posts/671042
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
Audio nomi: Mohitob
✏️ Janr: hikoya
🎰 Hajmi: 8 mb
👤 Muallif: Ma'fura Muhamedova
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi
#videorolik
🏆Joriy yilning 19-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov hamda universitet talabalari va yosh olimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Vazir va yoshlar” uchrashuvi tafsilotlariga oid qisqa videorolik e'tiboringizga havola qilinmoqda.
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
🏢O‘zDJTSU tarix muzeyi yangi medal va kuboklar bilan boyishda davom etmoqda!
⚽️Bugun, 21-dekabr kuni universitetimizning Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan universitet tarix muzeyiga topshirilgan kafedra talabalarining futbol bo‘yicha “Talabalar ligasi-2024” Toshkent viloyati musobaqasida qo‘lga kiritgan chempionlik 🏆kubogi hamda joriy yilning 9-13 dekabr kunlari Qarshi shahrida bo'lib o'tgan '"Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining Respublika final bosqichida qo'lga kiritilgan oltin medallari muzeyni yana bir yorqin eksponat sifatida bezadi.
📌Ma’lumot o‘rnida, universitet Tarix muzeyida bugungi kunda 400 ga yaqin oliygoh talabalari va murabbiylari tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar aks etgan eksponatlar hamda xorijiy davlat vakillarining hadyalari saqlanmoqda.
✔️O‘ylaymizki, bu ezgu tashabbus davomli bo‘ladi...
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook