Kitoblar, sanʼat, tarjima, koʻngil, musiqa va hokazo haqida 🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda: https://taplink.cc/usmonosphere 🥂 Iqtiboslar: @sanduvoch_uz 💰 Donat uchun: https://tirikchilik.uz/usmonip 📬 Aloqa: @munshaotbot
#iqtibos
Shoir derki, “Qalbim eshigiga «Kirish mumkin emas» deb yozdim”.
Ishq keldi-yu, dedi: “Men besavodman”
© “Billur yomgʻir” filmidan
@usmonosphere
🎉 Результаты розыгрыша:
Победители:
1. Aziz Samiyev (@Ablaxello)
2. Nozima.. (@lekin_n42021)
Проверить результаты
#tanlov
Hechdan koʻra kech deganlaridek, kichik tanlov oʻtkazamiz. Ikki nafar gʻolibga Jubron Xalilning "Devona" kitobi sovgʻa qilinadi.
Demak, shartlar quyidagicha:
1) @usmonosphere va @sanduvoch_uz ga obuna boʻlasiz;
2) postni yaqin doʻstlaringizga yuborasiz;
3) pastdagi "qatnashaman" tugmasini bosasiz.
Boʻldi, shu. Gʻoliblarni ertaga 15:00 da bot avtomatik aniqlaydi. Hammaga omad! Bayramni yaxshi oʻtkazing. Tanlovga yaqinlaringizni ham jalb qilish esdan chiqmasin :)
@usmonosphere
#bugun_bayram
Qamar kitoblar doʻkonidan ajoyib sovgʻa keldi. Bayram kayfiyati va e’tibor uchun katta rahmat.
Sovgʻa oʻrami esa alohida san’at!
@usmonosphere
#anons
Mana bu roʻyxatdagi birinchi film bugun 23:00 da Mahalla telekanalida namoyish etilarkan.
Faqat boshqa nom bilan tarjima qilingan.
@usmonosphere
#tavsiya
Tinib-tinchimaydigan MuhammadAli doʻstim kitobxonlar uchun yangi loyiha yoʻlga qoʻyibdi. Nomi: “kitobdan nima topdim”.
Qisqasi, mutolaa uchun kitob tanlanadi, har kuni 50 sahifadan oʻqish shart. MuhammadAli va yana toʻrt kishi kitobni belgilangan muddatda oʻqishadi. Va oxirida “Kitobdan nima topdim” heshtegi bilan kamida 70-100 soʻzli matn yozish kerak.
Qiziq jihati, qatnashchilarga (4 kishi) kitob tekinga beriladi. Sizdan faqat vaqtida oʻqish va fikr bildirish talab etiladi xolos.
Sovgʻalar va jarimalar ham bor. Xullas, kanaliga kirsangiz, batafsil ma’limit olasiz.
👉🏿 /channel/Muhammadali_Akramjonov_Blog
P.S: birinchi soniga “Jinoyat va jazo” asari tanlangan.
@usmonosphere
Xo'sh, kelishib olaylik, birodarlar! Rostanam telefon olgunimcha (qachon olaman, bilmadim) shunaqa rasmsiz, videosiz, faqat aql ishlab chiqaradigan, zerikarli-kulgili postlarimga chidab turinglar.
Axir oyning o'n beshi qorong'i, o'n beshi yorug'-ku. Qolaversa, aslida noto'g'ri yozayotgan o' va g' harflarimgayam.
Ehtimol, shu bahonada Usmonipni qayta kashf qilarsizlar. Lekin va'da bermayman. Hozircha faqt shu, orada yaxshi kontentlarni repost qilib turishim mumkin.
Aslida yangi telefon olishimga donat (o'zbekchasiga, tortiq) qilinglar derdim-ku, lekin birinchidan, telefon olgulik tortiq kelmaydi, ikkinchidan, telefon menga kerak, sizlarga emas. (Naqadar, kengfe'l odamman-a).
Shuning uchun blog yuritish imkoniyatim cheklangan, kam ta'minlangan kunlarimga chidab turishning o'zi sizlardan katta yordam deb hisoblayman.
Shu bahona fikrlarimni, o'z tarafimni bildiradigan longridlar (uzunbitiklar) yozishga bir imkon bo'ladi shekilli.
Aytmoqchi, bayram uchun tanlov uyushtirmoqchi edim, ammo texnik imkoniyatim yetmasa kerak. Sizlarga atab qo'ygan sovg'alarim bor edi. Hech qisi yo'q, keyin ham o'tkazaveramiz, sovg'a ulashish qochib ketmas.
Mayli, gapni indallosi, sizlar zerikmasanglar bo'lgani. Yoqimli kunlar hammaga :)
@usmonosphere
Oramizda Farg'onalik she'rsevarlar bo'lsa, marhamat, qatnashing. Ham chipta, ham kitob yutib olasiz. Juda Farg'onaga borolmasangiz, ana biror farg'oanlik do'stingizga chiptani sovg'a qilasiz-u, kitob yonda qoladi.
O'rningizda bo'lsam, hech ikkilanmay qatnashish tugmasini bosgan bo'lardim :)
@usmonosphere
Tilshunosga
Juda odam,
Sal odamroq.
Qaysi biri eng odam?
Odamlarni darajalab
Bo'lmaydimi, ey odam?
Ko'rganlarim, bilganlarim,
Odamsifat bo'lsaydi.
Siz "odam"ni Ot dedingiz,
"Odam" SIFAT bo'lsaydi!
✍Vinera
@venera_inoyatovna
#premyera
Hattoki o‘zimizdan ham qizg‘anadigan sirlarimiz bor…
Tarjimon:
Ilhom Salimov
Sahifalari soni:
336 bet
Muqova:
qattiq
Narxi:
60 000 so‘m
STALINNING SHEʼRLARI
Adolf Hitler rassom edi. Motsartga hasad qilib zahar bergan Salyeri Motsartdan ziyoda musiqa yozardi. Zolim va daho bir shaxsda jamlanganlar ham koʻp. Voyaga yetib, dohiyga aylanganida eng koʻp ruhoniylarni, taqvodorlarni va shoirlarni qirgʻin qilgan Stalin Tiflis ruhoniy seminariyasida saboq olgan hamda Iosif Jugashvili imzosi ila sheʼrlar yozgan, ularning bir qanchasi gazetalarda ham chop etilgandi. Uning dastlabki beshta sheʼri 1895-yilning 14-iyunida gurji madaniyatining mashhur arbobi Ilya Chavchavadze tomonidan “Iveriya” (№№123, 203, 218, 234 va 280) gazetasida, oxirgisi — 1896-yil iyulida “Kvali” gazetasida chop etilgan. “Dila” (Tong) sheʼri esa 1912-yilda atoqli olim Yakob Gogebashvili tartib bergan boshlangʻich sinflar uchun “Ona tili” darsligiga ham kiritilgan.
TONG
Atirgullar gʻuncha ochdilar,
Boshin moviy binafsha egdi,
Shabadalar ifor sochdilar,
Marvaridgul maysaga tegdi.
Soʻfitoʻrgʻay kuylar samoda,
Bulutlardan baland uchar ul
Va butalar uzra havoda
Bolalarga kuylaydi bulbul:
“Gulla, ona Gurjiston, yerim!
Tinchlik boʻlsin yurtda, boʻldiring!
Sizlar esa oʻqib, doʻstlarim,
Bu Vatanni shonga toʻldiring!”
OYGA BAGʻISHLOV
Suz samoda har doimgiday,
Bulut yopgan yer uzra suzgin,
Kumush nurlar bilan paydar-pay
Tumanlarning zulmatin buzgin.
Uyqusi kam yurt tuprogʻiga
Egil shirin tabassum bilan,
Alla aytgin Kazbek togʻiga,
Uning muzi yuksakda, baland.
Shuni bilgin, kimdir, qachondir
Ezgʻilansa, xoʻrlansa bedod,
Turar – goʻyo ul Mtasminda,
Umidlari yozajak qanot.
Nur soch qora samoda yorqin,
Oppoq nurlar bilan yayratgin,
Doimgiday tekis va sokin
Yorishtirgin yurtim siyratin.
Men koʻksimni senga ocharman,
Qoʻllarimni uzatarman jim,
Yana titroq dilni socharman,
Oyga boqib, yonar koʻzlarim...
* * *
U yurardi, kezib uyma-uy,
Eshiklarni ketma-ket chertib,
Eski eman pandurida kuy
Taratib va qoʻshiqlar aytib.
Uning soʻzi, qoʻshigʻi gʻoyat –
Oftob nuri kabi muazzam,
Unda buyuk, yuksak haqiqat,
El orzusi, dardi mujassam.
Eritardi tosh yuraklarni
Uning soʻzi, isyonkor bongi,
Uygʻotardi bul zimistonda
Mudrayotgan aqlni, ongni.
Ammo uni eʼzozlashmasdi,
Hamyurtlari, ul tuproqdoshlar
Rad etilgan bu otashinga
Qadah ichra berdilar zahar.
Unga derlar: “Ey sen, laʼnati,
Soʻngigacha zaharni ich, bas...
Teginmagin bizning yolgʻonga,
Haqiqating bizga kerakmas!”
* * *
Oy ham sim-sim nurlari bilan
Yoritarkan dunyo yuzini,
Uning nuri olis qirradan
Oʻynatarkan ufqning tusini,
Oʻrmonzorlar uzra jaranglab,
Taralarkan bulbul ovozi,
Salamuri sasida mahzun
Jaranglarkan ozod tavoze,
Togʻlardagi buloqlar bir dam
Tinib, soʻngra qilarkan shovqin
Va shamolning mayin esishi
Uygʻotarkan oʻrmonni ichkin,
Qorongʻuda toriqqan jonni
Oʻz bagʻriga olsa bu Vatan,
Qorongʻuda toriqqan bu jon,
Bu oftobni koʻrsa dafʼatan, -
Shunda qalbni ezgan bulutlar
Tarqaladi goʻyoki tumon,
Umidimning qudratli sasi
Yuragimdan chiqar nogahon.
Koʻkka uchar shoirning ruhi,
Yuragi ham tinmaydi sira:
Men bilaman, ana shu umid
Sharaflidir hamda bokira!
15 yoshli Iosif Jugashvili,
1894-yil.
Karim BAHRIYEV tarjimalari
@usmonosphere
Kecha Mirshakar Fayzullayevning konsertiga bordik. Konsertga soʻnggi daqiqalarda bilet olib borganimiz bir tomon-u, konsertgdagi intriga bir tomon boʻldi.
Hazillar, mavzular doimgidek zoʻr. Avvaliga Mirshakarni ancha ulgʻaygan, egosi bilan kurashayotgan inson sifatida koʻrdim. Chunki u oʻz prinsiplarini ezgu niyatda aylanib oʻtishi mumkinligini konsert boshida koʻrsatgandi.
Ammo oxirida bu taassurot yana parchalandi: orzu qilish haqida hazillar, qora jentra, kotta bollar... Va qora jentra koʻrinishida insonlarning maishiy orzulari “majaqlandi”!
Ha, bu isrofgarchilik, yaxshigina xarajat. Lekin uning ortidan keladigan internetdagi gap-soʻzlar, PR va reklama anchagina qimmat turadi. Jentrani esa uch-toʻrt soʻm sarflab tuzatib olish muammo emas.
Qoyil. Mirshakar hazillari ham, uslubi ham, egosi ham oʻziga yarashadigan komik ekanini yana bir marta isbotladi: “oʻzinglaga boshqa orzu topingla”
Video manbasi: @nofalsafiy
@usmonosphere
Agar soʻrasalar mendan u haqida,
Yuzimda paydo boʻladi tabassum
© Konsta
@usmonosphere
Xaloyiq, ertaga 14:00 da Respublika bolalar kutubxonasiga qadam ranjida qilingiz, kitobxonlar mashvarati boʻlgay.
Mashvarat ahli Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” roʻmonini muhokama qilgay.
Kelganlar darmonda, kelmaganlar armonda qolgay. Bizdan xabar, sizdan ixtiyor.
P.S: kitobxon doʻstlaringizni ham xabardor qiling, eshiklar barchaga ochiq :)
@usmonosphere
Bu dunyoning g‘amlarida
ko‘p kuyundim – jigar ketdi.
Otdan tushgan damlarimda
egar mindim – egar ketdi.
Do‘stdan – vafo, yordan – safo,
g‘animlardan ko‘rdim jafo.
“Yor tark etdi, do‘st ham yitdi”,
deb o‘kinsam – digar ketdi.
Ko‘ksim yalang, sipar ketdi;
hal bo‘ldi jang – zafar ketdi.
Bu sar ketdi – sarsar etdi;
agar qolib, magar ketdi.
Egar ketdi…
Gʻulom Mirzo
@usmonosphere #nazm
#ajabtovur
“Jang san’ati”... “Muhoraba san’ati”... “Urush san’ati”...
Jumboqni toping-chi, gap nima haiqda ketyapti?
@usmonosphere
#tavsiya
Xoʻsh, do‘stlar, hayot nima bilan go‘zal? Albatta, sayohat bilan-da. Hayotimni go‘zallashtiraman desangiz, jannatmakondan chetga chiqib ketish ham shart emas. Shundoqqina yon-verimizda bir talay ertaknamo go‘shalar bor. Ana shu yerlarga boring.
Masalan, indinga 16-fevral kuni Reverietour'dagilar Chukuraksu bilan Paltau sharsharasiga ketishyapti emish. Vaqt borida qo‘shilib oling, bir aylanib kelasiz.
Narxi esa hamyonbop: 269 ming so‘m.
Joyingizni band qilish uchun @thewakh ga yozib qoʻyasiz. Usmonipni ukatoyi ekansiz-u, desalaring ikki qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib javob beradi. (20% chegirma ham qiberadi 🤫)
Bo‘pti, yakshanbani yaxshi taassurotlar bilan o‘tkazib qaytasizlar degan umiddaman.
@usmonosphere
Xo'sh, ertaga xalqaro kitob hadya qilish kuni, yaxshigina bilasizlar. Shu paytgacha aloqa botlari orqali tanish-u notanish obunachilar kitob sovg'a qilish niyati borligini aytganman. 99.9 foiz holatda rad qilganman.
Endi shu imkoniyatdan foydalanishingiz mumkin. Istasangiz, ilingan kitobingizni yuboring, anonimdan yoki o'zimga yozsangiz, manzil beraman.
Istasangiz, ilinmoqchi bo'lgan kitobingizni "havo orqali papalnen shcyot" qilib yuboring, buning uchun karta raqam qoldiraman.
Duo qilib-duo qilib o'qiyman sizlarni!
👉🏿 5614688704115897
👉🏿 /channel/anonaskbot?start=sanduvoch
Hey, topdim!
Siz dangasa emassiz, shunchaki prokrastinator, ya'ni o'zbekchasiga, orqayinsiz xolos!
Endi "oldayin" bo'lishga erinmang :)
P.S: telefon olgunimcha shunaqa rasmsiz, "aqlli" postlarimga chidagaysizlar...
@usmonosphere
She'riy Konsertga BEPUL CHIPTA 🎉
Vodiyda ilk bor o‘tkazilayotgan she'riy konsertga bepul chipta yutib olishni xohlarmidingiz? Balki, kitob yutgingiz bordir?
Bu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Ishtirok etish juda oson:
✅ 1-qadam: Lirika kanaliga a’zo bo‘ling.
✅ 2-qadam: Pastdagi “Yashasin she'riyat” tugmasini bosing.
🎁 Telegram orqali 3 nafar g‘olib tasodifiy tanlanadi:
- 1 va 2-g'olibga: She'riy konsertga chipta + Aziz Saidning "Vaqt manzili" kitobi (muallif imzosi bilan).
- 3-g'olibga: "Yashamoq" va "Vaqt manzili" kitoblari sovg‘a sifatida taqdim etiladi.
Oʻzbek tiliga oid kitob va lugʻatlar
Mana bu postda koʻrsatilgan kitoblarni yuklab boʻlmayapti ekan. Chunki sayt ishlamayapti. Baʼzi kitoblarni Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi saytidan olib, toʻpladim. Bemalol yuklab olishingiz mumkin.
Agar sendan tonar boʻlsam nasibim oh-u zor oʻlsin,
Bahorim qishga aylansin, chechaksiz bir diyor oʻlsin.
Chamanzorim, bogʻim-bogʻcham toʻkilsin, bori xor oʻlsin,
Mazorim oʻt olib yonsin, bu ishqim oshkor oʻlsin.
Qoʻy ey bulbul! Tin, ey dovul, ki xohish istirohatdir,
Bu yerlarda ilinjim yoʻq, yupanchim bir sayohatdir.
Oʻlim, eyvoh, bu ne’matdir, bu bir shonli saodatdir,
Agar bevaqt oʻlar ersam, raqibim baxtiyor oʻlsin.
Falakdan intiqom istar joʻshib ruhimda boʻronlar,
Na insofni, na vijdonni bilar, yo rab, bu insonlar.
Yoz, ey Vurgʻun, yana joʻshsin bugun olamda toʻfonlar,
Yiqilsin mehvari olam, u tubdan tor-u mor oʻlsin!..
Samad Vurgʻun
(Razzoq Abdurashid tarjimasi)
P.S: Dadaxon Hasanov shedevr qoʻshiq qilgan buni
@usmonosphere #nazm
Hilola G'ayratova
Hilola G'ayratova ,, SEVGI"
Sevgi haqida gaplashamiz va kuylaymiz.
Sevishganlar uchun ajoyib sov’g’a! Uni taklif qiling, gul va sevgi izhori esa bizdan!
Chiptalar : Shu yerda
🗓 Sana: 14.02.2025 20:00
🎫 Narx: 300 000 UZS
NAVOIYNI O‘QIR BO‘LSAM
Navoiyni o‘qir bo‘lsam
Har so‘z navolanib kelgay.
Navokim qat-baqat hikmat,
Sehri safolanib kelgay.
Navosiz bu nazm basdur,
Ki go‘yo sabzarang xasdur.
Har lutf-kuy hushnafasdur,
Umr savdolanib kelgay.
Ne zamonlar na’rasidan,
Ham quyosh-u zarrasidan,
So‘z dunyosin g‘aznasidan.
Lafzi laylonanib kelgay.
Berib dilga ixtiyorlar,
Oh urgay oshiq-u zorlar
Ki Majnunchalik abgorlar
Aqli rasolanib kelgay.
Ham shariat, ham tariqat,
Ham ma’rifat, ham haqiqat,
Vatandek bepoyon hilqat
Sharhi ma’nolanib kelgay.
Nosiro, o‘zni hurram tut,
Odamlikni mukarram tut,
Faqat mehringni san jam tut,
U nur siymolanib kelgay.
✍️Nosir ABBOS
@mehrnoz_abbos
Kimdir men becharani chin koʻngildan qargʻagan shekilli... Bugun telefonim oʻz-oʻzidan taq etib oʻchdi-qoldi. Umri tugabdi shoʻrlikning.
Mayli, aslida nahorgacha yangi telefon olish rejasi bor edi. Endi yangi telefon kelgunicha qadrdon noutbukimdan post yozib turaman.
Faqat Facebook, Instagram va hkz tarmoqlardan yozilgan biror xabarga, sms va telefon qoʻngʻiroqlariga javob bera olmayman. Munshaotbot ham faqat telefonimda bor edi xolos.
Reklama, hamkorlik, yoki biror mavzudagi savollar boʻlsa, bemalol quyidagi shaxsiy hisobimga murojaat qilishingiz mumkin: @qori_ishkamba
Ungacha ahil boʻlinglar!
@usmonosphere
Baʼzi-baʼzida keladigan uzuq-yuluq fikrlarni ham shu yerga yozib boraversammikan?
@usmonosphere