terabaytuz | Technologies

Telegram-канал terabaytuz - Terabayt.uz | Хабарлар

14782

Terabayt.uz сайтининг канали Facebook: fb.com/terabaytuz Instagram: instagram.com/terabaytuz YouTube: youtube.com/TerabaytUzOfficial Мурожаатлар: @Terabaytuz_aloqabot Тижорий ҳамкорлик: @almmedia

Subscribe to a channel

Terabayt.uz | Хабарлар

Terabayt.uz сайти киберҳужумга учради

Ўтган куни сайтимиз киберҳужумга учради. Ҳужумни уюштирган ўсмир сайт контенти ўрнига уятсиз ва бемаъни сўзлар қолдирган. Ҳозирда муаммо бартараф этилган ва сайт тўлиқ режимда ишламоқда.

Ушбу ҳужумни уюштирган водийлик "хакер"нинг шаҳси IP манзили ва IMEI коди маълумотлари орқали аллақачон аниқланган ва ҳуқуқни мухофаза қилувчи органларга ариза киритилган. Тез орада ушбу жиноятчи қилмиши учун жавоб бериши муқаррар.

Ёшларимизга кибержиноятчилик учун жиноий жавобгарлик борлигини ва арзимаган кўнгилхушлик учун ҳаётини барбод қилмасликларинги сўраб қоламиз.

@terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Deyarli inson omilisiz

Xiaomi o‘zining ilk elektromobili SU7'ning robotlar yordamida ishlab chiqarish jarayonini namoyish etdi.

@terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Apple Vision Pro аллақачон Ўзбекистонда!

@terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Samsung Galaxy S24 seriyasi taqdim qilindi!

Kecha Samsung kompaniyasi “Galaxy Unpacked” taqdimotini o‘tkazdi. Shimoliy Amerika bozorlarida ikkala smartfon ham Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3 protsessorlari, Yevropada Exynos 2400 chiplari bilan jihozlanadi. S24 modeli 8 GB operativ xotira, S24 Plus esa 12 GB xotiraga ega bo‘ladi.

S24 ekranining o‘lchami 6,2 dyuym, S24+ 6,7 dyuymli, 1440p aniqlikda. Displeylarning maksimal yorqinligi 2600 nit. Akkumulyator sigʻimi S24 uchun 4000 mA/soatga, S24+ uchun esa 4900 mA/soatga oshdi.

Kichik versiyalarida 2x (50 megapiksel), 3x (telefoto) va 30x gacha (raqamli zum) rejimlari mavjud. Fotosurat sifatini yaxshilash uchun AI Zoom va Galaxy AI algoritmlari qo‘llaniladi.

Smartfonlarning ramkalari alyuminiydan tayyorlangan bo‘lib, IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoya qiladi.

Galaxy S24 liniyasi uchun asosiy yangilik o‘rnatilgan sun’iy intellekt funksiyalari boʻlgan. Shunday qilib, “Notes”, “Voice Recorder” va “Keyboard” ilovalari audio transkripsiya va matnni tahrirlash uchun bulut orqali “Google Gemini Pro” modelidan foydalanadi.

“Google Imagen 2” neyron tarmog‘idan foydalanib, foydalanuvchilar galereyadagi fotosuratlarni tahrirlashlari mumkin. Masalan, obyektlarni o‘chirish yoki ko‘chirish.

“Gemini Nano” modeli esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilmalarda ishlaydi va xabarlarda matnlar, kulgichlar va reaksiyalarni yaratish imkonini beradi.

Galaxy S24 va S24+ qo‘ng‘iroqlar uchun real vaqtda sun’iy intellekt tarjimasini qo‘llab-quvvatlaydi. U 13 ta til bilan ishlaydi, shu jumladan ingliz, xitoy, fransuz, italyan, ispan, portugal, yapon va boshqalar.

“Circle to Search” funksiyasi smartfonlarda ham paydo bo‘ldi. U istalgan ilovada matn, video va tasvirlarni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi va tanlangan element uchun tezkor “Google” qidiruvini boshlaydi.

Qurilmalar to‘rtta rangda bo‘ladi: qora, kulrang, binafsha va sariq. Galaxy S24 narxi $800 dan, S24+ $1000 dan boshlanadi. Smartfonlarni yetkazib berish 2024-yil 31-yanvardan boshlanadi.

Smartfonning ramkasi xuddi iPhone 15 Pro kabi titandan qilingan. 6,8 dyuymli ekran endi egri qirralarga ega emas.

Galaxy S24 Ultra 2x zumga (200 megapikselli kamera), shuningdek, 3x (telefoto), 5x (telefoto), 10x (gibrid zum) va 100x gacha raqamli zumga ega. Fotosurat sifatini yaxshilash uchun AI Zoom va Galaxy AI algoritmlari qo‘llaniladi.

Smartfon 45 W tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 5000 mA/soatli akkumulyatorga ega.

Mazkur modeldagi smartfon ham to‘rtta rangda bo‘ladi: qora, kulrang, binafsha va sariq.

S24 Ultraʼda Snapdragon 8 Gen 3 protsessori joylashgan bo‘lib, uning yordamida smartfon barcha sotiladigan hududlarga yetkaziladi.

Smartfon qatordagi boshqa modellar bilan bir xil sun’iy intellekt imkoniyatlarini, shu jumladan real vaqtda turli tillardan tarjima qilish funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilma 256 GB xotiraga ega model uchun $1300 dan boshlab oldindan buyurtma berish mumkin. Yetkazib berish 2024-yil 31-yanvarda boshlanadi.

@terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Xiaomiʼning birinchi avtomobili 28-dekabrda namoyish etiladi!

Xiaomi o'zining ilk elektromobilini taqdim etish sanasini rasman e'lon qildi – tadbir ertaga, 28-dekabr kuni bo'lib o'tadi!

@terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Vanihoyat! Yangi GTA o'yini haqidagi ilk rasmiy ma'lumotlar tasdiqlandi!

Rockstar uzoq kutilgan GTA VI (6) o'yinining ilk rasmiy treylerini kutilganidan bir necha soat avval chiqarib yubordi. Bunga esa treyler rejalashtirilgan vaqtdan avval Twitter'da ayni damda bloklangan akkaunt tomonidan tarqatib yuborilgani sabab bo'ldi.

https://youtu.be/QdBZY2fkU-0

*treyler bolalar uchun noma'qul sahnalarni o'z ichiga olgan bo'lishi mumkin

GTA VI rasman 2025-yili chiqarilishi kutilmoqda.

@terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Samsung qurilmalariga noyabr oyi yangilanishlari keldi!

Samsung kompaniyasi muayyan modellar uchun 2023-yil noyabr oyi uchun xavfsizlik yangilanishini yuborishni boshladi.

Ularning roʻyxati bilan tanishing:
Galaxy S21 seriyasi
Galaxy S23 FE
Galaxy Z Flip 4
Galaxy Z Fold 4
Galaxy Z Fold 5
Galaxy A53
Galaxy F23
Galaxy A54
Galaxy A52
Galaxy Z Flip 3
Galaxy Note 20 seriyasi
Galaxy S20 FE
Galaxy Note 10 Lite

Smartfoningizdagi Sozlamalar boʻlimidan > Dasturiy ta’minotni yangilash bo‘limiga oʻtish orqali so‘nggi yangilanishni yuklab va oʻrnatib olishingiz mumkin.

Axborot texnologiyalariga oid so‘nggi xabarlar: @terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Pavel Durov Telegram ilovasi Apple Vision Proʼdagi VisionOS operatsion tizimida qanday aks etishini ko‘rsatdi.

Telegram Apple’ning bo‘lajak koʻzoynayi jahoni uchun uchinchi tomon ilovasini rasman taqdim etgan birinchi kompaniya bo‘ldi.

Vision Pro‘da klaviatura bo‘lmasa ham, Telegram foydalanuvchilari matnli xabarlar yuborishlari mumkin bo‘ladi: ilova og‘zaki nutqni matnga o‘gira oladi. Ovozli xabarlar ham qo‘llab-quvvatlanadi. Ilovada esa siz nafaqat muloqot qilishingiz, balki videolarni tomosha qilishingiz va Telegram’da qilgan barcha ishlarni kompyuteringiz yoki smartfoningizda qilishingiz mumkin.

Afsuski, Durov VisionOS uchun Telegram qachon foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lishi haqida ma’lumot bermadi. Shubhasiz, bu 2024 yil boshida chiqarilishi rejalashtirilgan Apple Vision Pro garniturasining debyutidan oldin sodir bo‘lmaydi.

Axborot texnologiyalariga oid so‘nggi xabarlar: @terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

“X”да видеоқўнғироқлардан фойдаланиш имконияти пайдо бўлди

“Twitter” ребрендинги натижасида яратилган “X” ижтимоий тармоғида янги функция ишга туширилди. Энди унда аудио ва видеоқўнғироқлардан фойдаланиш мумкин, деб хабар берди Kazinform.

“X” тармоғи Бош директори Линда Яккарино бу ўзгариш ҳақида август ойида маълум қилган эди. Кўриниб турибдики, “X” Илон Маск раҳбарлигида битта иловада янада кўпроқ функцияларни тақдим қилмоқчи.

Айримлар учун аудио ва видеоқўнғироқлар имконияти жуда яхши янгилик, аммо хавотирга соладиган бир жиҳат бор: қўнғироқ функцияси ишланмага мувофиқ ёқилган. Агар сиз “X” тармоғидаги қўнғироқларни қабул қилишни истамасангиз, унда шахсий хабарлар созламасига кириб, уни ўчириб қўйишингиз керак бўлади. Бундан ташқари, сизга кимлар, яъни текширилган аккаунтлар ёки фақатгина обуначилар қўнғироқ қилиши мумкинлигини танлашингиз ҳам мумкин.

Ахборот технологияларига оид сўнгги хабарлар: @terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Xiaomi расман ўзининг янги HyperOS номли операцион тизими чиқарилишини эълон қилди. У Xiaomi 14 серияси билан тақдим қилиниши кутилмоқда.

Маълум бўлишича, янги система кейинчалик компания экотизимидаги 200 дан ортиқ бошқа маҳсулотлар, хусусан, бўлажак автомобиллар учун ҳам қўлланилади.

Ха, у ҳали ҳам Android'га асосланган система.

Ахборот технологияларига оид сўнгги хабарлар: @terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Бўлажак Xiaomi 14 смартфони, эҳтимол, мана шундай кўринишга эга бўлади.

Xiaomi'чилар нима дeйди?

Ахборот технологияларига оид сўнгги хабарлар: @terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Sony компанияси кутилмаганда янги PlayStation 5 Slim моделини тақдим қилди

Янгиланган консоль ҳозиргача чиқарилган одатий PS5 версиясига қараганда анча ихчам (30%) ва енгилроқ бўлган. Янги PS5 нинг ўлчамлари 358 × 216 × 96 мм, олдинги версияда эса 390 × 260 × 104 мм. Ўз навбатида, янги PS5 Digital Edition ўлчами 358 × 216 × 80 мм, унинг олдинги версияси эса 390 × 260 × 92 мм.

Ноябрь ойида консоль икки хил версияда – 550$ (дисководли) ва 450$ (дисководсиз) нархда сотувга чиқади.

Шунингдек, PS5 Digital Edition дисководи ҳам тақдим қилинди. 80 долларли ушбу қурилма орқали оддий моделда ҳам дискдан фойдаланиш мумкин бўлади.

Ахборот технологияларига оид сўнгги хабарлар: @terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Дўстлар! Telegram каналимиз Stories қўйишда навбатдаги босқичларга чиқиши учун бизга кўпроқ boost'лар керак. Янада кўпроқ ва қизиқарли технология сторислари учун бизга овоз беришни унутманг ;)

/channel/terabaytuz?boost

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Журналистларни онлайн ишлашга таклиф қиламиз!

Ахборот технологиялари соҳасига қизиқасизми?
Гаджетлар билан ишлаш сизга қизиқми?
Улар ҳақидаги хабарларни инглиз ёки рус тилидан ўзбек тилига бехато, равон таржима қила оласизми?
Креатив ғоялар билан лойиҳани янада ривожлантириш бўйича сизда таклифлар борми?

Агар юқоридаги саволларга ҳа, деб жавоб берсангиз, Terabayt.uz'нинг ёш, қувноқ ва аҳил жамоаси сизни ишга таклиф қилади.
Тажриба ва малакага қараб яхши маош берилади.

Ўзингизни муносиб номзод деб ҳисобласангиз, Телеграм орқали @ukkuuz профилига ёзинг. Мурожаатингизда нима учун Terabayt.uz сайтида ишлаш ниятингиз борлигини ва сиз бу лойиҳа ривожига қандай ҳисса қўша олишингиз ҳақида ёзишни унутманг.

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Каналимиздаги 558 нафар Premium обуна эгаларидан бизни қўллаб-қувватлашларини сўраб қоламиз. Атиги 49 та овоз қолди)

/channel/terabaytuz?boost

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

vivo X100s smartfonida suratdagi fasllarni o‘zgartirish mumkin boʻladi

vivo X100s noyob ega bo‘ladi. Uning yordamida siz suratga olishingiz va keyin undagi fasllarni oʻzgartirishingiz mumkin. Masalan, Qor va yomgʻir kabi narsalar yozgi manzarani suratga olishga to‘sqinlik qilmaydi (yoki aksincha).

Rasmlar Ice Universe insayderi tomonidan Twitter’ga (hozirda X) sizdirildi. Smartfon uchta sensorli kamera moduliga ega boʻlishi kutilmoqda: 64 MP va ikkita 50 MP. MediaTek Dimensity 9300+ samaradorlik uchun javobgar boʻladi.

@terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Neuralink ko‘zi ojizlar uchun qurilma yaratdi

Ilon Maskning “Neuralink” kompaniyasining ko‘zi ojizlar uchun navbatdagi qurilmasini taqdim qildi. Bu haqda Maskning o‘zi “X” (avvalgi Twitter) sahifasida ma’lum qildi.

Tadbirkor “X"dagi foydalanuvchilardan biriga javoban “Blindsight — “Telepathy"dan keyingi “Neuralink” mahsuloti” deb yozgan.

Mask qurilma implant maymunlarda ishlayotganini qo‘shib qo‘ydi.

“Dastlab, piksellar sonini “Nintendo"ning dastlabki grafikasi kabi past bo‘ladi, ammo oxir-oqibat insonning normal ko‘rish qobiliyatidan oshib ketishi mumkin”, dedi u.

Mask 2023-yilda “Neuralink” ko‘zi ojiz odamlarning ko‘rish qobiliyatini tiklaydigan qurilma ustida ishlayotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chip bir necha yil ichida tayyor bo‘ladi. 2024-yil boshida tadbirkor “Blindsight” nomini tilga oldi.

2016-yilda asos solingan “Neuralink” bevosita miyadan kompyuterga aloqa uchun interfeyslarni ishlab chiqadi.

2024-yil yanvarida kompaniya birinchi marta odamga neyrochip o‘rnatganini, fevralda esa odam allaqachon “fikr kuchi bilan” sichqoncha kursorini harakatlantirganini e’lon qildi.

21-mart kuni kompaniya bemor bilan videotasvir o‘tkazdi — u onlayn shaxmat o‘ynadi.

@terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Bugun "Apple"ning 3500 dollarlik "Vision Pro" virtual voqelik shlemi AQShda do'konlarga chiqdi.

O'yin, ish va boshqa ko'ngilochar maqsadlarga xizmat qiladigan bu jihoz virtual voqelik olamida katta burilish yasashi kutilyapti.

Uzoq yillardan beri bunday shlemlar allaqachon boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladi. Lekin o'yinga "Apple"ning qo'shilgani bunday jihozlar endi yanada ommalashishini anglatadi.

Uning qo'shimcha nazorat aksessuari yo'q. Virtual ekranda ko'rinadigan obyektlar ko'z va barmoqlar orqali boshqariladi.

Narxi ancha qimmat va bu apparatning navbatdagi versiyalari yanada yaxshiroq bo'lishi aniq. Shu bois uni hozircha sotib olish niyatim yo'q.

@bmamadiev ©️

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Xiaomi o'zining Xiaomi SU7 deb nomlangan birinchi avtomobilini taqdim etdi!

Uning uzunligi 4997 mm, g'ildirak bazasi 3000 mm, kengligi 1963 mm va balandligi 1440 mm. Ishlab chiqaruvchi ushbu xususiyatlar o'rtasidagi munosabat nuqtai nazaridan buni "oltin nisbat" deb atadi.

Avtomobil yorug'lik o'zgarishiga aqlli ravishda moslasha oladigan, tunda haydashda ajoyib yoritishni ta'minlaydigan 12 pikselli massivga ega ADB 4-linzali moslashtirilgan fara dizaynini qabul qiluvchi faralar bilan jihozlangan. 160° ultra keng burchakli yoritish (har tomondan 80°) yo'l sirtining aniq ko'rinishini ta'minlaydi, yordamchi chiroqlar esa burchaklarning ichki qismini avtomatik ravishda yoritadi.

Yarim yashirin avtomobil eshigi tutqichi dizayni nafaqat avtomobilning aerodinamik samaradorligini optimallashtiradi, balki sovuq havoda muzlash muammosini ham hal qiladi va tortib olinadigan eshik tutqichlari bo'lgan avtomobil egalari duch kelishi mumkin bo'lgan muammolarni oldini oladi.

Xiaomi SU7 avtomobili 2,78 soniyada 0 dan 100 km/soatgacha tezlashadi va maksimal tezligi 265 km/soatni tashkil qiladi.

CLTC sikli bo'yicha Xiaomi SU7 quvvat zaxirasi 800 km deb baholangan. U 800V ultra tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi, 5 daqiqada 200 km va 15 daqiqada 510 km yo‘lni to‘ldiradi, bu Tesla Model S Plaid’dan yaxshiroq.

Avtomobil Xitoyda $26 000 dan boshlab sotuvga chiqarilishi aytilmoqda.

@terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Odamlar 99 000 soʻmdan boshlab Samarqand va Qarshiga parvoz qiladilar!

Faqat 6 kun, 11-dekabr soat 21:00 dan 16-dekabr 21:00 gacha Toshkentdan Samarqand va Qarshiga borish va qaytish uchun aviachiptalarga maxsus chegirma mavjud.

Hozir xarid qiling va siz uchun qulay vaqtda, masalan, Yangi yil bayrami arafasida parvoz qiling.

Aksiya doirasida chiptalarni flyhumo.com sayti va butun Oʻzbekiston boʻylab faoliyat yurituvchi aviakassalarida xarid qilishingiz mumkin!

👋

Люди летают в Самарканд и Карши от 99 000 сум!

Всего 6 дней, с 11 декабря 21:00 до 16 декабря 21:00, действует специальная цена на авиабилеты в Самарканд и Карши из Ташкента и обратно.

Покупайте сейчас, а летите, когда удобно вам, например, на новогодние праздники.

Акция доступна при покупке на сайте flyhumo.com и в авиакассах по всему Узбекистану!

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

⚡️ 2023 йил ноябр ойидаги янги уйлар нарҳлари ва рўйхати.

Котлован босқичидаги ва кадастрга эга таъмирланган хонадонларнинг барчасини
Yangi Uylar телеграм каналидан топишингиз мумкин.

👉
Уйларни кўриш

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Xiaomi SU7 – Xiaomi oʻzining birinchi elektromobilini taqdim etdi!

Avtomobilning maksimal tezligi 210 km/soat. Sedan avtopilot, ETC tizimi bilan jihozlangan boʻlib, pullik yoʻllar uchun toʻxtamasdan toʻlash imkonini beradi va Face ID orqali eshikni ochish funksiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.

Sotuvlar dekabrda, buyurtmalarni yetkazib berish esa 2024-yilning fevral oyidan boshlanishi taxmin qilinmoqda.

Axborot texnologiyalariga oid so‘nggi xabarlar: @terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

M3 процессорли Macbook Pro ва iMac тақдим этилди

Apple янги М3 оиласи процессорларининг янги линейкасини ҳам тақдим этди – M3, M3 Pro ва M3 Мах. Замонавий график архитектура ва тезроқ процессор туфайли MacBook Pro янада кучлироқ бўлди.

Ҳозирда олдиндан буюртмалар очилган бўлиб, 7 ноябрдан расталарга чиқарилади.

Батафсил: https://www.terabayt.uz/?p=68596

Ахборот технологияларига оид сўнгги хабарлар: @terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Операторларга қарамлик тугади! Эндиликда рақамингизни сақлаб қолган ҳолда алоқа операторини ўзгартиришингиз мумкин!

Хизмат кўрсатувчи компания эълон қилган кўрсатмаларга қараганда, буни жуда осон амалга оширса бўлади.

Батафсил: https://www.terabayt.uz/?p=68595

Ахборот технологияларига оид сўнгги хабарлар: @terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

НУЖлар стилидаги iPhone 15 Pro смартфонлари чиқарилди

🛸 Ҳашаматли дизайндаги флагманлар тайёрловчи Caviar бренди яқинлашиб келаётган Хеллоуин учун ўзининг НУЖлар стилидаги iPhone 14/15 Pro ва Pro Мах смартфонлари коллекциясини чиқарди.

☄ Маълум бўлишича, смартфонларда Мурчисон метеорити парчаларидан фойдаланилган. Метеоритнинг ўзи, эҳтимол, 7 миллиард ёшда бўлиши мумкин. Бу Ер ва Қуёш системасидан 4,54 миллиардга кўпдир ёхуд уни ҳозирги вақтда Ердаги энг қадимий материал дейиш мумкин.

Коллекция учта моделни ўз ичига ва уларнинг нархи қуйидагича:

Alien – 8200 доллардан
Astral – 9310 доллардан
Starship – 7910 доллардан

— Агар шунча пулингиз бўлганда, олармидингиз?

Ахборот технологияларига оид сўнгги хабарлар: @terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

🖥 Сенсорли Apple iMac бундай экранлар оммалашишидан анча аввалроқ яратилган эди.

1999 йилда (!) сотувга чиқарилган all-in-one компьютери савдо нуқталари терминаллари сотишга ихтисослашган Apple iMac маҳсулотларининг дилери Elo Touch Solutions компанияси томонидан ишлаб чиқилган. Ажабланарлиси, унинг сенсорига қўлланилган технология ҳатто босиш кучини ўлчашга имкон берарди.

Ахборот технологияларига оид сўнгги хабарлар: @terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Миш-мишлар якунланди: Galaxy S23 FE расман тақдим қилинди!

Samsung компанияси бир йиллик танаффусдан сўнг ўзининг янги авлод Fan Edition смартфонини чиқарди.

Батафсил: https://www.terabayt.uz/?p=68593

Ахборот технологияларига оид сўнгги хабарлар: @terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Galaxy S24 илк бора сифатли рендерларда!

OnLeaks тахаллуси билан танилган ликстер Smartprix орқали бўлажак Galaxy S24 смартфонининг эҳтимолий ташқи кўриниши тасвирларини улашди.

📱 Видео ва суратларга қараганда янги Samsung смартфони четлари юмалоқланган эмас, балки Apple'нинг iPhone'лари каби текисроқ, қиррали стилга эга бўлади. Интернет аҳолиси бу ўзгариш билан Galaxy S24 қўлда ноқулай туришидан шикоят қилишмоқда. Бу борада бир неча йиллик тажрибага эга айфончилардан изоҳ кутиб қоламиз: хўш, iPhone смартфонлари қўлда қандай туради?

📡 Шунингдек, тасвирлардан Galaxy S24 модели UWB (Ultra-Wideband) антеннасига эга бўлишини билиб олишимиз мумкин. Бундан ташқари қурилманинг LED чироғи энди юқоридаги икки камера ўртасида жойлашган.

— Миш-мишларга кўра, Galaxy S24 серияси тақдимоти ҳар йилгидек февралда эмас, январ ойида бўлиб ўтади.

Ахборот технологияларига оид сўнгги хабарлар: @terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Ўзбекистонда Xiaomi 13T серияси тақдим қилинди!

Leica билан ҳамкорликда яратилган янги серияга Ўзбекистонда олдиндан буюртмалар олиш бошланди. Дастлабки харидорларга эса совға тариқасида Xiaomi Watch S1 Active қўшиб берилади.

Батафсил: https://www.terabayt.uz/?p=68592

Ахборот технологияларига оид сўнгги хабарлар: @terabaytuz

Читать полностью…

Terabayt.uz | Хабарлар

Энди Telegram каналлар ҳам Stories қўя олади!

🆕 Навбатдаги Telegram янгиланиши шу ерда ва у қуйидаги ўзгаришларни ўз ичига олади:

- Telegram каналлар учун Stories'лар;
- Stories'ларда реакция стикерлари;
- Stories'ларда сизнинг мусиқаларингиз;
- Бир марта кўришлик медиа;
- Аккаунтга кириш ҳақида янги огоҳлантириш ва бошқалар (батафсил):

🚀 Дуровнинг таъкидлашича, каналларга чекловларсиз Stories қўйиш имкониятини бериб бўлмайди — бу Telegram'да катта тартибсизликка сабаб бўлади. Шунинг учун Telegram жамоаси каналлар учун boost тизимини ишлаб чиқишган. Бунда Telegram Premium обунасига эга фойдаланувчилар ҳар куни ўзлари хоҳлаган битта каналга овоз беришлари мумкин.

🫶 Telegram каналлар буст олганлари сари даражалари ошиб боради ва бу администраторларга Stories қўйиш имконини беради. Шундай экан каналимиздаги Premium обуна эгаларидан бизни қўллаб-қувватлашларини кутиб қоламиз.

— /channel/terabaytuz?boost

Ахборот технологияларига оид сўнгги хабарлар: @terabaytuz

Читать полностью…
Subscribe to a channel