bmamadiev | Unsorted

Telegram-канал bmamadiev - Vashington kundaligi

5030

AQSh va dunyoda bo'layotgan eng muhim voqealarga Vashingtondan nazar.

Subscribe to a channel

Vashington kundaligi

Asr oxiriga borib, dunyo aholisi qisqarishni boshlarkan. Agar bu trend o’zgarmasa, 2300 yillarga borib, odamzot soni uch milliarddan pastga tushishi va bu ketishda hatto tugab bitishi mumkin, deydi tadqiqotchilar.

To’rt yil burun ham shu haqda yozgan ekanman.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Eron va Isroil o’rtasida o’t ochishni to’xtatish haqidagi sulh kuchga kirishi ortidan Isroil kelishuvni buzishga urinib ko’rdi.

Kutilganidek, u Tehronni sulhni buzishda ayblab, Eronga qarata yana raketalar otgan.

Bu Trampni darg’azab qildi. U NATO sammitiga jo’nab ketish oldidan jurnalistlar savollariga javob berarkan, Isroildan qattiq xafa ekanini yashirmadi.

Erondan bir dona raketa kelgan bo’lsa, bunga shunaqa javob berish kerakmi, deya bir necha bor Isroilni malomat qildi.

Gapining oxirida u hatto, o’zbekcha jargon bilan aytganda, “bu jalablar nima qilayotganini bilmaydi”, deb so’kindi.

Sulh hozircha o’z kuchida turibdi.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

📣 BEPUL Onlayn Yozgi Dastur!
11–15 yoshli qizlar va ularning ittifoqchilari uchun (ozgina katta yoshdagilar ham qatnashishi mumkin!)

💻 Har kuni atigi 2 soatlik virtual dastur
🧠 Ilova yaratish, sun’iy intellekt (AI), media savodxonligi va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar
👩‍💻 Wellesley kolleji talabalaridan va ekspertlardan o‘rganish
🌍 Har qanday davlatdan qatnashish mumkin!
📜 Rezyumega yozish uchun ajoyib imkoniyat. Universitetga kirish uchun ham katta muvaffaqiyatlardan biri sifatida portfolioda ko’rsatishingiz mumkin.
🎁 $20 lik sovg‘a kartasi va community service soatlari berarkan Hamma bitiruvchilariga.

📅 Sana: 23–27 iyun
🕐 Vaqt: 13:00–15:00 (EST - New York Vaqti)

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/hpSiuUstppfMaCU78
📨 Savollar uchun: youthmediawellbeing@wcwonline.org
📄 Dastur haqida batafsil: https://www.wcwonline.org/summerworkshops

📢 Buni albatta do‘stlaringizga ulashing – ayniqsa maktab o‘quvchilari va texnologiyaga qiziqqanlar uchun juda foydali! 💡

Читать полностью…

Vashington kundaligi

AQShda o’qishni istagan xorijliklar endi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini hammaga ko’rinadigan qilib ochib qo’yishlari talab qilinmoqda.

Ariza to’ldirganda, oxirgi besh yil ichida ishlatilgan ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifalar manzillarini kiritish so’raladi.

Bu degani, agar tarmoqlarda Isroilni tanqid qiluvchi postlar qo’ygan bo’lsangiz, viza berishmaydi.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

🌞 Kids Summer Camp 2025! 🌈
Hosted by Mahalla USA & Ziyoart Academy
📍 Brooklyn, NY

📅 Season 1: June 30 – July 25
📅 Season 2: July 28 – August 22
🕘 Monday to Friday | 9:00 AM – 5:00 PM
👧🧒 For kids ages 6–14
💰 $350/week
🍽️ Hot HALAL meals provided

🎯 What’s Included:
✅ Sports: Soccer, Chess, Swimming
✅ Trips: Zoo, Aquarium, Museum
✅ Education: Uzbek Language, Ethics, Math, Coding
✅ Fun: Dance, Music, Movies & More!

📍 Location: 8778 Bay Parkway, Brooklyn, NY 11214
📞 Register now: +1 (347) 307-5455

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Bugun AQSh Prezidenti Donald Tramp 79 yoshga to’lgani munosabati bilan Vashingtonda harbiy parad o’tkazilmoqda.

Rasman AQSh armiyasining 250 yilligini nishonlash uchun deyilgan bo’lsa-da, aslida uning Tramp sharafiga o’tkazilayotgani sir emas.

Bu orada Isroil va Eron de fakto bir-biriga qarshi urush ochdi. Ikki kundan beri har ikki mamlakat bir-biriga qarata raketa otmoqda.

Isroil va Eron chegaralari o’rtasida kamida 2 ta mamlakat bor. Ya’ni otilayotgan raketalar kamida 2 davlat - odatda, Iroq, Suriya yoki Iordaniya - osmonidan uchib o’tib, ming kilometrdan ortiq uzoqlikdagi nishonlarga borib tushyapti.

Hujumni Isroil boshladi. Harbiy jihatdan ham u qudratliroq. Ayni paytda Falastinda urush olib borayotgan yahudiy davlat so’nggi oylarda Eronning zaiflashganidan unumli foydalanib, bir yo’la Eron muammosini ham bir yoqli qilmoqchi.

Isroilning yo’qotadigan ko’p narsasi yo’q. Vaziyat keskinlashsa, albatta, AQSh yordamga oshiqishiga ishonadi. Chunki Isroil AQShning arzandasi. Vashington uning har qanday xarxashasiga ko’nishga majbur.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Ilon Mask va Donald Tramp o'rtasidagi mashmasha poyoniga yetgandek. Ilon Mask Trampga qaratilgan tvitlarini o'chirib tashladi va qilgan ishlaridan taassufda ekanini aytdi. Tramp ham uni ortiq nishonga olmayapti.

Alanga lop etib yondiyu, yana o'chdi. Lekin ular o'rtasida ilgarigi aloqalar qayta tiklanishi endi dargumon.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Chiroyli o’yin va ajoyib g’alaba bo’ldi. Igor Sergeyevning so’nggi daqiqalarda qo’shilishi va so’nggi golni urishi super yakun bo’ldi 👏

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

5-iyun kuni o’tgan BAA - O’zbekiston futbol o’yinida arablar safida bor-yo’g’i 5 nafar mahalliy futbolchi o’ynabdi. Zaxiradan qo’shilganlarni ham hisoblasa, jami 8 ta xorijlik futbolchi O’zbekistonga qarshi o’ynagan; ularning 7 nafari braziliyalik.

Braziliyaliklarga qarshi bemalol to’p suradigan darajaga chiqibmiz-da. 😃

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Assalomu alaykum, hurmatli dindoshlar!

Nyu York shahrida MahallaUSA jamiyati Qurbon Hayiti Namozini Siz aziz yurtdoshlarimiz uchun tashkil qilmoqda.

06-Iyun kuni Nyu Yorkda yomg'irli havo bo'lish ehtimoli borligi uchun, ushbu Hayit Namozi yopiq joyda o'tkazilishi ta'minlanmoqda.

Barcha tashrif buyuruvchilar o'z JOYNAMOZLARI bilan kelishlarini so'rab qolamiz.

Hayit Namozida ma'ruza, suhbatlar O'zbek tilida olib boriladi.

Hayit Namozidan keyin tashrif buyuruvchilarga nonushta tortiq qilinadi.

Vaqti: 06-Iyun, 2025 Juma

1-jamoat ma'ruzasi soat 06-00

2-jamoat ma'ruzasi soat 07-30

Manzil:
ROYAL HALL - Banquet Hall
2896 W 12th St, Brooklyn, NY 11224

https://maps.app.goo.gl/cnPr7JB1vnGm5MQ77

Telefon:
718-737-2319

Читать полностью…

Vashington kundaligi

O'yinning birinchi bo'limi tugadi. Hozircha hisob 0:0. Bu O'zbekistonni qanoatlantiradi.

Bo'limning birinchi yarmida mezbonlar ancha faol va xavfli o'ynadi. Keyinroq O'zbekiston ham faollashib, to'pni nazorat qilishi ancha yaxshilandi.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

2025-yil 5-iyun - O'zbekiston futboli uchun tarixiy kun. Shu kuni Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) qarshi safarda bo'ladigan o'yin O'zbekistonni ilk bor futbol bo'yicha jahon chempionatiga olib chiqishi mumkin.

O'yindan keyin yuz beradigan ehtimoliy natija va raqamlarni tahlil qilamiz.

1. O'zbekiston yutdi - jahon chempionatiga chiqamiz.
2. Natija durang bo'ldi - jahon chempionatiga chiqamiz.
3. O'zbekiston yutqazdi - ochkolar bo'yicha hanuz BAAdan oldinda bo'lamiz, ammo jahon chempionatiga chiqish ehtimoli keyingi o'yinlar taqdiriga bog'liq bo'lib qoladi.

Endi O'zbekiston BAAga yutqazgan taqdirda hosil bo'ladigan vaziyatni tahlil qilamiz. Bu holatda O'zbekiston jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishi uchun oxirgi o'yinlar quyidagi natijalar bilan tugashi kerak.

1. Agar so'nggi o'yinda Qatarni yutsa, O'zbekiston jahon chempionatiga chiqadi.
2. Agar so'nggi o'yinda Qatar bilan durang o'ynasa, O'zbekiston jahon chempionatiga chiqishi uchun BAA oxirgi o'yinida Qirg'izistonga yutqazishi yoki durang yuz berishi kerak.

Agar BAA O'zbekistonni ham, Qirg'izistonni ham yutsa, O'zbekistondan ochkorlar bo'yicha o'zib ketadi va chempionat uchun o'rinni tortib oladi. Bu holatda O'zbekiston uchun chempionatga to'g'ridan to'g'ri chiqishning yagona yo'li - so'nggi o'yinda Qatarni yengish. Bu holatda durang kifoya qilmaydi.

Xullas, hozirgi ssenariy har tomonlama O'zbekiston jahon chempionatiga chiqishini osonlashtirish uchun tuzilgandek. Bunday yaxshi imkoniyatni qo'ldan boy berish sensatsion omadsizlik bo'lsa kerak.

"ChatGPT"ning bashorat qilishicha, ertaga natija 1:1 yoki O'zbekiston hisobiga 1:0 bo'ladi. Sizningcha, natija qanday bo'ladi? 😃

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Oilaviy muammolar hamma joyda, hammada bo’ladi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Vyetnamda samolyotdan tushish arafasida xotinidan tarsaki yebdi.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Yozga bir hafta qoldi. Nyu-Yorkda hamma kurtka kiyib yuribdi.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

"Bitcoin" kriptovalyutasi narxi bugun yangi rekord o'rnatdi. U 110 000 dollarlik marrani ilk bor kesib o'tdi.

Bir oy avval ham "bitcoin" narxi 76 ming dollar atrofida edi. Uning narxi oldinda hali yana ko'p o'sadi va tushadi. Yaqin orada barqarorlashib, faqat o'sib boradi, deyish ham xato.

Lekin shunisi haqiqatga yaqinki, uzoq muddatda u faqat o'sib boradi. Bu, asosan, bozorda "bitcoin"lar soni, ya'ni taklif kamligi va uning miqdorini sun'iy ravishda hech kim ko'paytira olmasligi bilan bog'liq.

Bu haqda bundan 5 yil oldin, "bitcoin" narxi 15 ming dollarlik paytida ham yozgan ekanman.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

- “NVIDIA”ning bozor qiymati 4 trillion dollardan oshdi. U insoniyat tarixida bunday qiymatga ega bo’lgan yagona kompaniya hozircha. Sun’iy intellektning sharofati bilan, albatta. Menimcha, bu hali boshlanishi.

- “Bitcoin”ni ham eplab bo’lmay qoldi. Donasi 116 ming dollardan oshdi.

- Bu orada Ilon Mask yangi “Amerika” siyosiy partiyasi tuzilganini e’lon qildi. AQSh tarixida shu paytgacha Respublikachilar va Demokratlardan keyin 3-partiya hech qachon muvaffaqiyat qozonmagan. Ammo Ilon Maskka qarshi garov boylamagan yaxshi. Uning loyihalari doim amalga oshgan. Darvoqe, bu bilan Tramp-Mask mojarosi davom etadi.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Isroil va Eron o'rtasidagi "12 kunlik urush" nihoyasiga yetdi. AQSh Prezidenti Donald Trampning aytishicha, tomonlar o'zaro bir-biriga o't ochishni to'xtatishga rozi bo'lgan.

AQShning so'nggi bombardimon amaliyoti ortidan, Eron Qatardagi AQSh bazasiga raketa otdi. Tehron 19 ta raketadan 6 tasi manzilga yetib borganini da'vo qilmoqda. AQSh esa barcha raketalar urib tushirilganini aytdi.

Qizig'i - Eron Qatarni ham, AQShni ham raketalar qayerga va qachon otilishini aytib, oldindan ogohlantirib qo'ygan. Buning uchun Tramp Eronga realDonaldTrump/114734424268466099">rahmat ham aytdi. Eron bu mujdasi bilan go'yoki, sizlarga raketa otamiz, lekin bu jiddiy bo'lmaydi; bunga qarshi javob bermanglar, degandek.

Isroil o'z maqsadiga erishdi: Eronning yadro inshootlari yo'q qilinib, harbiy jihatdan mamlakat deyarli majruh holatga keltirildi. Isroil Eronda rejim o'zgarishidan emas, balki harbiy jihatdan zaif hukumat bo'lishidan ko'proq manfaatdor.

Trampning ham yuzi yorug' bo'ldi: Ixtilof kengayib ketishining oldi olindi; AQSh bir hamla bilan dushmanini tiz cho'ktira olishi haqida maqtansa bo'ladigan amaliyotga bosh-qosh bo'ldi.

Eron ham qaysidir ma'noda vaziyatdan yengilroq chiqdi. Agar AQSh zarbalariga keskinroq javob berganda, AQShning javob zarbalari yanada qattiqroq bo'lishi, bu hatto Tehrondagi rejimning qulashiga olib borishi ham mumkin edi.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

AQSh Isroil-Eron urushiga rasman qo’shildi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Erondagi uchta yadro inshooti AQSh havo kuchlari tomonidan bombalanganini e’lon qildi.

Tog’ ostidagi Fordo yadro maskaniga 13 tonnalik ulkan bomba tashlangani aytilmoqda. Bu bomba AQSh tarixida ilk bor qo’llanilgan.

Tramp shu bilan ish bitganini, endi tinchlik o’rnatish vaqti ekanini ham qistirib o’tdi.

Hozircha Eronning bu hujumga qanday javob qaytarishi noma’lum.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Hurmatli hamkasblar va vatandoshlar!

AQShdagi o‘zbekistonliklar va Vashingtondagi O’zbekiston elchixonasi hamkorligida 2022-yildan beri amalga oshirib kelinayotgan Rishta Fellowship dasturi haqida sizni yana bir bor xabardor qilmoqchimiz.

Ushbu tashabbus American Uzbekistan Association (AUA) doirasida yuritilib, AQShlik mutaxassislarni O‘zbekistonga qisqa va uzoq muddatli fellowship faoliyati uchun jalb etishni maqsad qilgan.

So‘nggi 3 yil ichida 4 nafar Rishta Fellow ingliz tili o‘qituvchisi, tibbiyot sohasi tadqiqotchisi-amaliyotchisi va huquqshunos lektor sifatida O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi.

Hozirda ingliz tili o‘qitish va tibbiyot sohasida tajribaga ega bir nechta amerikalik yoshlar Rishta Fellow bo‘lishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Shu munosabat bilan, AQShdan Rishta Fellowlarni qabul qilishga tayyor tashkilot va muassasalarni hamkorlikka taklif qilamiz. Agar siz bilgan davlat yoki xususiy muassasa bunday tashabbusga qiziqsa, iltimos, ular quyidagi aloqa ma’lumotlari orqali bizga murojaat qilsin:

📧 E-mail: mturdiev@americanuzbekistan.org
📱 Telegram: @Mir_Jahon

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Isroil-Eron o’rtasidagi so’nggi mojaro shuni ko’rsatdiki, hech kim va hech qanday tizim raketalar “yomg’iri”dan to’liq himoyani ta’minlay olmas ekan.

Dunyoning eng kuchli havo mudofaa tizimlaridan biri sifatida e’tirof etiladigan “Temir gumbaz” ham Isroilni Eron raketalaridan to’sa olmadi.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Isroil Eronga yana hujum boshladi. Bu safar mamlakatning yadro tadqiqotlarini olib boradigan inshootlari nishonga olingan.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Xuddi jahon chempionatiga borib, kubokni yutib kelishgandek nishonlashdi. 🙂

34 yilda erishilgan bu natija, albatta, shunday nishonlashga arziydi.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

O’zbekiston - Qatar o’yini boshlanmoqda.

Bu o’yinning natijasi har ikki jamoa uchun ham ahamiyatsiz. Chunki O’zbekiston allaqachon jahon chempionatiga chiqib bo’ldi. Qatar ham pleyoff bosqichi yo’llanmasini hal qilib bo’lgan.

Lekin BAAdagi tarixiy yutuq ortidan bu o’yinning gashti boshqacha. Stadion odamga liq to’laligidan ham buni sezish mumkin.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

AQSh Prezidenti Donald Tramp va dunyoning eng boy odami Ilon Mask o'rtasidagi apoq-chapoqlik uzoqqa cho'zilmadi.

Saylov paytida Tramp uchun millionlab dollar sarflagan Mask Tramp ma'muriyatida bir necha oy davlat xarajatlarini qisqartirish bo'yicha maslahatchi lavozimida ishladi. O'tgan hafta u bu faoliyatini rasman yakunlaganini e'lon qildi va Tramp ishtirokida Oq uyda o'tgan marosimda Ilon Mask bilan hatto tantanali xayrlashuv marosimi ham o'tkazildi.

Ammo Mask Trampning byudjet dasturini defitsitni keskin oshiradi deya qoralashni boshlagach, prezident bilan o'rtasida ola mushuk o'tishni boshladi.

Dunyoning eng qudratli siyosatchisi va eng boy odami hozircha ijtimoiy tarmoqlarda bir-biriga qarshi dahanaki jang olib bormoqda.

Mening yordamimsiz Tramp saylana olmagan bo'lardi, dedi Mask "X"dagi postlaridan birida. Trampni impichment qilib, o'rniga Vitse-Prezident J.D.Vensni qo'yish kerak, degan g'oyani ilgari surdi u yana bir postida.

Mask hatto Trampni odam savdosi va qo'shmachilikda aybdor deb topilgan Jeffri Epshteyn bilan hamtovoq bo'lganini aytib, Trampning Epshteyn ziyofatlaridan birida ko'ngilxushlik qilib yurgani aks etgan eski videoni ham ulashdi.

Tramp o'z navbatida "Truth Social" ijtimoiy tarmog'ida Mask kompaniyalarining federal hukumat bilan kontraktlarini bekor qilish haqida tahdid qildi. Tramp tarafdorlari, shuningdek, kelib chiqishi Janubiy Afrikadan bo'lgan Maskning huquqiy maqomini tekshirib, uni deport qilish kerakligini aytmoqda.

Xullas, AQShning eng mashhur ikki qudratli shaxsi o'rtasidagi bu "jang" aql bovar qilmas darajaga yetdi va buning nima bilan tugashi hozircha noma'lum.

Donald Tramp va Ilon Mask bizni hayratda qoldirishdan hech charchamayapti.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Nurli va g'alabali durang muborak, vatandoshlar!!! BAA-O'zbekiston o'yini 0:0 hisobida tugadi va O'zbekiston o'z tarixida ILK BOR futbol bo'yicha jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Xudo xohlasa, 2026-yilda Amerikada bo'ladigan O'zbekistonning o'yinlarini stadiondan tomosha qilamiz.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Futbolni o'zbekcha sharh bilan qayerda ko'rsa bo'ladi? Faqat "Telegram"da emas. Biror kanal "YouTube"da jonli beryaptimi?

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Amerikada bugundan xorijda ishlab chiqarilgan po’latga qo’yilgan boj 50% ga oshdi.

Bundan maqsad o’sha eski gap: mahalliy kompaniyalarni qo’llab-quvvatlash va ularni bankrot bo’lishdan asrash.

Bu, albatta, AQShdagi po’lat ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning hamyonini semirtiradi. Lekin boshqa barcha uchun - po’lat sotib oluvchilar uchun xarajatni oshiradi.

Amerikada po’lat ishlab chiqarish sohasidagi bitta ishchiga po’lat iste’mol qiluvchi sohada 80 ta ishchi to’g’ri kelar ekan.

Ya’ni, bitta odamni himoya qilish uchun 80 barobar ko’p boshqa odamlarga zarar yetkazilmoqda.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

Manxettenning (Nyu-York) Nyu-Jersidan ko’rinishi. Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarini o’rtada Xadson daryosi ajratib turadi. Nyu-Jersida yashab, ishlash uchun Nyu-Yorkka qatnaydiganlar ko’p. Jumladan, men ham shular qatoridaman.

Video ishdan qaytishda avtobusda olindi. Avtobus daryo ostidan o’tadigan tunnel orqali qatnaydi.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

O’tgan 10 yilda “bitcoin” narxining yillik o’rtacha o’sishi 84% ni tashkil qilgan. Oxirgi besh yilda esa 64%.

Agar bundan keyin yillik o’sish o’rtacha 30% bo’lsa, 2033-yilda “bitcoin”ning narxi 1 000 000 dollarga yetar ekan. Agar o’sish 50% bo’lsa, 5 yildan keyin, 2030-yilda bir millionlik marrani kesib o’tadi.

@bmamadiev

Читать полностью…

Vashington kundaligi

AQSh va Xitoy import bojlarini kamaytirish bo’yicha 90 kunlik kelishuvga erishdi. Xitoy tovarlariga qo’yilgan bojlar 30 foizga, AQSh mollariga qo’yilgan tarif esa 10 foizga tushirildi. 90 kun ichida doimiy kelishuvga erishish kutilyapti.

Moliya bozorlari bu yangilikni olqishlar bilan kutib oldi: birjalarda narxlar osmonga sapchimoqda.

@bmamadiev

Читать полностью…
Subscribe to a channel