Nurmetov Tursunbek Kenjayevichning telegram kanali ⚖️ kanalni kuzating va huquqiy savodxonligingizni oshirib boring 💺 Reklama uchun: @T_N_Reklamabot 📝 Savol yo‘llash: @Nurmetovbot
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari endilikda Instagram profilimni ham ozroq rivojlantirishga qaror qildim. Agarda kimga qiziq bo‘lsa ulanib olishlaringiz mumkin bo‘ladi.
📷Instagramga ulanish 👈👈
✈️@T_Nurmetov
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💖💖💖💛💛💛
Hurmatli APro foydalanuvchilari endilikda APro platformasida testlar toʻliq yangilandi va 🇺🇿oʻzbek hamda 🇷🇺rus tillarida tashkil etildi.
Педагог кадрлар аттестациясининг малака (тест) синовлари ўтказилиши режалаштирилаётган жойлар рўйхати:
💖💖💖💙💙💙
Bugun Xorazm viloyati Yangiariq tumani 2-son DMTT direktori Qurbonnazarova Sevara Allashukurovna menejerlik kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab sertifikatni qo‘lga kiritdi. Ushbu ustozni hayajonli intervyularini oldik
@T_Nurmetov
#Biologiya
#Intensiv_mashgʻulotlar
BIOLOGIYA FANIDAN KUCHAYTIRILGAN OʻQUV MASHGʻULOTLARI BOSHLANDI!
⚡️Fan olimpiadalari markazi tomonidan biologiya fani bo‘yicha Terma jamoaga nomzodlarni saralashning III (yakuniy) bosqichi doirasida intensiv oʻquv mashgʻulotlariga START BERILDI!
🔴Saralash davomida ishtirokchilarga amaliy va nazariy mashgʻulotlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ishtirokchilar intensiv mashgʻulotlar davomida:
✅ Bioinformatikaning asosiy tarmoqlari,
✅ Laboratoriyada mikroskopik tahlillar oʻtkazish,
✅DNK, oqsillar hamda genetika kabi muhim mavzular oʻrgatilmoqda.
Ma'lumot uchun:
➡️Ushbu saralashning yakuniy natijalariga ko’ra 6 nafar ishtirokchi saralab olinadi.
💠 Eslatib o‘tamiz, Terma jamoaga nomzodlar saralashning III (yakuniy) bosqich 1-turi 5-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 91-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xiva tuman 15-son DMTT da Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom mazmun-mohiyati yuzasidan viloyat seminari bo'lib o'tdi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 91-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xiva tuman 15-son DMTT da Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom mazmun-mohiyati yuzasidan viloyat seminari bo'lib o'tdi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditasiyadan o'tkazish yuzasidan seminar davom qilmoqda
Seminarda Urganch va Xiva shahri, Xonqa, Urganch, Yangiariq tumanlarining maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari qatnashdi. Seminarda ichki baholash jarayoni Xiva tumani 15-son DMTT misolida o'tkazib berildi.
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari T.Nurmetov, bo'lim boshlig'i M.Matyaqubovlar seminarni olib borishdi va ichki baholash komissiyalari raislarini qiziqtirgan savollariga javob berishdi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
✅✅✅✅
Bogʻcha tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat festivali” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Shaxmat festivali” musobaqasiga start berildi. Unda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilari (oʻgʻil va qiz bola) ishtirok etmoqda.
📍 Musobaqani oʻtkazishdan asosiy maqsad, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining shaxmat sport turiga qiziqishlarini yanada oshirish, ularning aqliy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat.
✅ Bahslar toʻrt bosqichda:
➖ maktabgacha taʼlim tashkiloti bosqichi — 1-11-aprel kunlari;
➖ tuman (shahar) bosqichi — 14-18-aprel kunlari;
➖ hududiy bosqich — 21-25-aprel kunlari;
➖ respublika bosqichi 1-2-may kunlari tashkil etiladi.
Soʻnggi bosqich sinovlarida hududiy bahslarda gʻolib boʻlgan 28 nafar tarbiyalanuvchi (14 nafar oʻgʻil va 14 nafar qiz bola) qatnashadi.
👉 Gʻolib ishtirokchilar vazirlikning maxsus Diplomi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Insonlar o‘rtasidagi mehr, oqibat diogrammasi 🥹
@T_Nurmetov
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Al-Xorazmiy olimpiadasining Respublika bosqichida Qo'shko'pir tumani ixtisoslashgan maktabning 8-sinf o'quvchisi Masharipov Mehriddin tabiiy fanlar yo'nalishida 1-o'rinni egalladi
@T_Nurmetov
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ёшлар билан очиқ мулоқотида белгиланган вазифаларни амалга оширишга доир чора-тадбирлар тўғрисида 26.03.2025 йилдаги ПФ-61-сон Президент Фармони
@T_Nurmetov
"BILIMDON O‘QUVCHILAR" TANLOVI G‘OLIBI TAQDIRLANDI
Xabaringiz bor, viloyatimizda umumiy o‘rta ta’lim maktabining 15 yoshli o‘quvchilari o‘rtasida “Bilimdon o‘quvchilar” tanlovi bo‘lib o‘tgan edi.
Mazkur tanlov ijodkor va mantiqiy fikrlashi yuqori bo‘lgan maktab o‘quvchilarini aniqlash va taqdirlash, ularning bilimini oshirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchining innovatsion texnologiyalarni keng ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda viloyatimizdan tanlangan 12 ta maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.
Mazkur tanlovda 5 nafar o‘quvchimiz g‘olib deb topildi.
Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov tanlovda g‘olib bo‘lgan Urganch shahridagi 10-sonli maktab o‘quvchisi Zuxra Sherimbetovani qutlab, unga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining faxriy yorlig‘i hamda sovg‘asini topshirdi.
Taqdirlash ishlari davom qiladi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
"BILIMDON O‘QUVCHILAR" TANLOVINING HAZORASPLIK G‘OLIBI MUNOSIB TAQDIRLANDI
Viloyatimizda umumiy o‘rta ta’lim maktabining 15 yoshli o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Bilimdon o‘quvchilar” tanlovi g‘olibi Hazorasp tumanidagi 16-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchisi Sayyora Ibodullayeva ham Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining faxriy yorlig‘i hamda noutbuk bilan taqdirlandi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
4 oyda 200 mingdan ortiq yoshlar "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida zamonaviy IT kurslarni Bepul o'qib xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.
⭐️Eng ko'p qiziqish bilan o'qilgan kurslar:
1. Code Yourself (An Introduction to Programming) - 77 472 ming;
2. Excel fundamentals for Data analysis - 55 281 ming;
3. Intro to UX - 46 391 ming;
4. Intro to Generative AI - 31 482 ming;
5. Data science Math Skills - 25 635 ming.
#Malaka_toifasi
📣 Joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilandi
✅ Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga koʻra:
➖ Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Geografiya fanlaridan — 15-16-aprel kunlari (2 kun);
➖ Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan va umumtaʼlim muassasasi psixologi — 17-aprel kuni (1 kun);
➖ Ingliz tili (umumtaʻlim), Fransuz tili (umumtaʻlim), Nemis tili (umumtaʻlim), Hind tili, Turk tili, Koreys tili, Xitoy tili fanlaridan — 18-19, 21-aprel kunlari (3 kun);
➖Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun), Oʻzbek tili (Davlat tili) fanlaridan — 22-24-aprel kunlari (3 kun);
➖ Jismoniy tarbiya (umumtaʻlim), Musiqa madaniyati, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 25-26-aprel kunlari (2 kun);
➖ Matematika fanidan — 28-29-aprel kunlari (2 kun);
➖Biologiya, Kimyo, Fizika fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun);
➖Boshlangʻich taʻlim fanidan — 2-3, 5-7-may kunlari (5 kun);
➖ Tarix fanidan — 8-may kuni (1 kun);
➖ Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Iqtisodiy bilim asoslari, Oʻqituvchi-defektolog (umumtaʻlim), Oʻqituvchi-logoped (umumtaʻlim), Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti fanlaridan hamda Badiiy akademiya va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi umumtaʻlim muassasalari pedagoglari uchun — 10-may kuni (1 kun);
➖ Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 12-may kuni (1 kun);
➖ Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Rus tili (maktabgacha), Ingliz tili (maktabgacha), Fransuz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha), Jismoniy tarbiya (maktabgacha), Oʻqituvchi-defektolog (maktabgacha), Oʻqituvchi-logoped (maktabgacha), Tarbiyachi-metodist (MTT direktor oʻrinbosari) — 13-14-may kunlari (2 kun);
➖Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-16-may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.
👉 Shuningdek, joriy yilning 15-may kuni (1 kun) Kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
💖💖💖💙💙💙
Bugun Xorazm viloyati Yangiariq tumani 3-son DMTT direktori Madraimova Dilfuza Davronbekovna ham menejerlik kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab sertifikatni qo‘lga kiritdi. Ushbu ustozni hayajonli intervyularini oldik
@T_Nurmetov
💖💖💖
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining buyrug'iga asosan Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'rtasida "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025" ko'rik tanlovi o'tkazilmoqda. bugun ushbu ko'rik tanlovning tuman shahar bosqichlari yakunlandi. Siz ushbu videorolikda Urganch shahar bosqichi jarayonlarini ko'rishingiz mumkin.
@T_Nurmetov
⭕️⭕️⭕️
⚡️ Abituriyentlar uchun muhim eslatma!
🇺🇿 Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.
2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).
E’tibor bering! 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.
Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda👈
✍️ @BBAXorazm
⚡️YANGI BAHOLASH TIZIMIGA O‘TGAN MAKTABLARGA 40% GACHA USTAMA BERISH TARTIBI BO‘YICH NIZOM
Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy o‘rta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisida NIZOM. 40%gacha ustama
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qarori
✅@T_Nurmetov
🎯Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2025 yil mart oyida "Menejerlik o'quv kurslari"da o'qigan maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorligiga nomzodlar uchun yakuniy sinovlar boshlandi.
📎Eslatib o'tamiz, mazkur kurslar joriy yilning 3-mart kunidan boshlangan edi.
📚Kurs 10 ta o‘quv modul va maktabgacha taʼlim tashkiloti amaliyoti modullari bo‘yicha muvaffaqiyatli olib borildi.
❤ telegram
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINI ATTESTATSIYA VA DAVLAT AKKREDITASIYADAN O'TKAZISH YUZASIDAN SEMINAR O'TKAZILMOQDA
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2025-yil 14-yanvardagi 7-sonli buyrug'i bilan 2025-yilda 60 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlarini attestasiya va davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish rejasi tasdiqlangan. Joriy yilning 2-aprel kuni Xiva tumanidagi 15-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash tartibi” mavzusida amaliy seminar o'tkazilmoqda.
РАҚАМЛАШТИРИШ – БУ ЖАРАЁН МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИ СОҲАСИДА ҚАНДАЙ КЕЧМОҚДА?
Читать полностью…Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini attestasiya va davlat akkreditasiyasidan o'tkazish yuzasidan seminar o'tkazildi.
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2025-yil 14-yanvardagi 7-sonli buyrug'i bilan 2025-yilda 60 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlarini attestasiya va davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish rejasi tasdiqlangan. Joriy yilning 1-aprel kuni Hazorasp tumanidagi 13-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash tartibi” mavzusida amaliy seminar o'tkazildi.
Seminarda Bog'ot, Gurlan, Hazorasp, Qo'shko'pir, Shovot va Tuproqqal'a tumanlarining maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari qatnashdi. Seminarda ichki baholash jarayoni Hazorasp tumani 13-DMTT misolida o'tkazib berildi. Xususan, ichki baholash komissiyasi tarkibi vazifalari nimalardan iborat, ota-onalar va pedagoglardan olinadigan so'rovnomalar o'tkazilishi, tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilaridan rivojlanish xaritasida qayd etilgan natijalarga mos ravishda koʻrsatkichlarni bajarilishi hamda pedagoglarning dars tahlil jarayonlari namunaviy tarzda ko'rsatib berildi.
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi o'rinbosari T.Nurmetov, bo'lim boshlig'i M.Matyaqubovlar seminarni olib borishdi va ichki baholash komissiyalari raislarini qiziqtirgan savollariga javob berishdi.
P.S: Ertaga 2-aprel kuni Xiva tumanidagi 15-sonli DMTTda seminar davom qiladi. Seminarga Urganch va Xiva shahar, Urganch, Xonqa, Yangibozor, Xiva va Yangiariq tumanlarining 2025-yil akkreditasiya rejasiga kirgan maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari ishtirok qiladi.
@T_Nurmetov
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
✅✅✅✅
Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichi bo‘lib o’tdi
✅ Bugun Qoraqalpog’iston Respublikasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining yakuniy — Respublika bosqichi o‘tkazildi.
Jarayonlar 2 tur asosida, yozma ish va test topshiriqlari tarzida tashkil etildi. Unda hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 84 nafar 7-8-sinf o‘quvchilari kuch sinashishdi.
📍Yakuniy natijalar bugun e’lon qilinadi, taqdirlash marosimi Nukus shahrida bo‘lib o’tadi.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Xonqa_IM. TAʼZIYA.
Bugun, 2025-yil 29-mart kuni qadrli va sevimli ustoz, ko‘p yillik tajribali pedagog, xalq taʼlimi sohasida 40 yildan oshiq fidokorona mehnat qilib kelgan, rahbarlik lavozimlarida ko‘p yillar davomida samarali ishlagan, bugungi kungacha Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritib kelgan ustozimiz O‘ktambek Jabborov Fayzullayevich 63 yoshida olamdan o‘tdilar.
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi va
Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi nomidan marhum ustozimizning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya bildiramiz.
Ustozning oxiratlari obod bo‘lsin!
Ustozning janoza namozlari bugun soat 16:00 da bo‘ladi.
Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!!!
"BILIMDON O‘QUVCHILAR" TANLOVINING NAVBATDAGI G‘OLIBI TAQDIRLANDI
Viloyatimizda umumiy o‘rta ta’lim maktabining 15 yoshli o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Bilimdon o‘quvchilar” tanlovi g‘olibi Urganch tumanidagi 45-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchisi Akrombek Saparbayev ham munosib rag‘batlantirildi.
Ushbu o‘quvchimiz ham Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining faxriy yorlig‘i hamda sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun, ushbu o‘quvchilar tabiiy fan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni qayd qilganlar.
Taqdirlash ishlari davom qiladi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Tuproqqal'alik 9-sinf o‘quvchisidan YUQORI NATIJA!
Kuni kecha Matematika fanidan Mart oyida o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” imtihonining natijalari e’lon qilindi va bu safar nafaqat Tuproqqal'a tumanidan balki Xorazm yurtidan yuqori natija qayd etildi!
🏆 Tuproqqal'a tumanidagi 1-AFCHO'SMUO'T maktabining 9-sinf o‘quvchisi Matyaqubov Anvarbek Mardon o'g'li 73,63 ball bilan A+ sertifikatini qo‘lga kiritib, nafaqat maktabining, balki butun tumanning faxriga aylandi!
Bu natija – mehnat, iroda va fidoyilikning yorqin namunasi! Anvarbekning ushbu yutug‘i minglab o‘quvchilar uchun ishonch, ustozlar uchun esa ilhom manbayi bo‘lishi shubhasiz.
Biz Anvarbekni, uning ustozlari, ota-onasi va 1-AFCHO'SMUO'T maktab jamoasini ushbu g‘alaba bilan Tuproqqal'a tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi nomidan samimiy tabriklaymiz! #Natijalar_2025
@T_Nurmetov