t_nurmetov | Unsorted

Telegram-канал t_nurmetov - T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

23061

Nurmetov Tursunbek Kenjayevichning telegram kanali ⚖️ kanalni kuzating va huquqiy savodxonligingizni oshirib boring 💺 Reklama uchun: @T_N_Reklamabot 📝 Savol yo‘llash: @Nurmetovbot

Subscribe to a channel

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

🇺🇿 Xorazmlik kichik sinf o‘quvchilari ingliz tilidan yuqori natijalarga erishmoqda!

Avvalo, Xorazm viloyatida ta’lim olayotgan kichik sinf o‘quvchilarining ingliz tili bo‘yicha erishayotgan yutuqlari alohida e’tiborga loyiq.

Urganch shahar 5-son maktabining 3-sinf o‘quvchisi Zilola Sheripova ingliz tili bo‘yicha CEFR tizimida B1 darajani qo‘lga kiritib, yoshiga nisbatan juda yuqori natija qayd etdi.

Xorazm viloyati, Gurlan tumani 3-son umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Yo‘ldoshev Abbos ingliz tili bo‘yicha B2 sertifikatini qo‘lga kiritib, tengdoshlariga namuna bo‘ldi.

Shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilari ham munosib natijalarga erishmoqdalar:

Urganch shahar 10-son umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Humoyunmirzo Bekchanov — B2 (Upper-Intermediate).

Urganch shahar 22-son maktabining 6-sinf o‘quvchisi Mahliyo Sultanova — B2.

Urganch shahar 5-son maktabining 6-sinf o‘quvchisi Samira Karimova — B2 sertifikati sohibasi.

Mazkur yutuqlar o‘quvchilarning mehnatsevarligi, bilimga bo‘lgan intilishi hamda ustozlarning samarali mehnati natijasidir.

👏 Barcha yosh iqtidor egalarini ushbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram
🌐Youtube
🌐 Facebook
🌐 Instagram
🔎 Web-sayt

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

#диққат_эълон

📣 “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqich natijalari maʼlum qilindi

Xabaringiz bor, “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqichi oʻtgan yilning avgust-dekabr oylarida tashkil etilgan malaka sinovlari bilan integratsiya qilingan holda oʻtkazildi.

➖ Ayni vaqtda ishtirokchi pedagoglar pedagog.uzedu.uz platformasidagi oʻz shaxsiy kabinetlari orqali tanlovning birinchi bosqich natijalari (egallangan ball va oʻrin) bilan tanishishlari mumkin.

👉 Maʼlumot uchun: tanlovning birinchi bosqich natijalariga koʻra, har bir tuman (shahar)dan ballar ketma-ketligiga qatʼi rioya etgan holda eng yuqori ball toʻplagan 3 nafardan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga oʻtkaziladi.

Shuningdek, oʻz natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar ushbu natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida pedagog.uzedu.uz platformasidagi oʻz shaxsiy kabinetlari orqali elektron shaklda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.

➡️ Ariza (shikoyat) Nizomga muvofiq roʻyxatga olingan kundan boshlab 15 ish kunida koʻrib chiqiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

🇺🇿 Xorazm viloyati va🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasidagi hamkorliklar davom qilmoqda.

🔵 Xabaringiz bor 2025-yil dekabr oyida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurib Zhejiang provinsiyasi hamda Anji tashkiloti bilan memorandum imzolab kelgusida "Anji play" dasturini Xorazm viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etish uchun tizimli o‘quv jarayonlari boshlandi. O‘quv mashg‘ulotlari Xitoylik Anji tashkiloti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilmoqda.

😄"Anji play" dasturi haqida qisqacha:

🎚️Anji modelining asosiy prinsplari:
1. Insoniylik nuri: Bu model bolaning o‘yin huquqini to‘liq hurmat qiladi. Nafaqat bolalar, balki tarbiyachilar ham bu jarayonda o‘zlarini baxtli his qiladilar, o‘zaro ishonch va hurmat muhiti shakllanadi.
2. Haqiqiy o‘yin amaliyoti: Anji tarbiyachilari "soxta o‘yin" bilan "haqiqiy o‘yin" o‘rtasidagi farqni yaxshi tushunishadi.
Erkinlik: Bolalar nima bilan, kim bilan va qanday o‘ynashni o‘zlari tanlaydilar.
Mustaqillik: Ular o‘yin jarayonida o‘zlarini boshqaradi, o‘rganadi va muammolarni o‘zlari hal qiladi.
Kuzatuv: O‘qituvchilar o‘yinni nazorat qilmaydi, balki bolalarni qo‘llab-quvvatlaydi va ularning rivojlanishini kuzatadi.
Bu model orqali bolalar o‘zlarining ichki imkoniyatlarini, donoligini va erkinligini to‘liq namoyon etish imkoniga ega bo‘ladilar.

Keyingi postlarda yana ko'piroq ma'lumotlarni qo'yib boramiz

✈️@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

#Xalqaro_olimpiada

⚡️22-Xalqaro Jautikov olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Fan olimpiadalari markazi

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

#izho2026results

Medal ballari:
Bronza — 7 ball 🥉
Kumush — 10 ball 🥈
Oltin — 17 ball 🥇

Bizning natijalar:
🥈 5 ta kumush
🥉 6 ta bronza

Barchaga rahmat va tabriklar 🙌
👏 Informatiklar va fiziklarni oltin medallar bilan tabriklaymiz! 🥇🔥

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

“Yil oʻqituvchisi” tanlovining 2-3 bosqichlarini oʻtkazish toʻgʻrisida MMTVning buyrugʻi

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Xorazm viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida korrupsiya holatlarini aniqlashga qaratilgan reyting anonim so‘rovnoma

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

PIRLS TADQIQOTI DOIRASIDA O‘QISH SAVODXONLIGINI BAHOLASH VA RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TRENING BOSHLANDI

Joriy yilning 13-yanvar kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida PIRLS xalqaro tadqiqoti doirasida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari boshlandi.

✍️Trening PIRLS tadqiqoti natijalari asosida ishlab chiqilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlarga tayangan holda, o‘quvchilarda matnni ongli o‘qish va mazmunini chuqur anglash malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlanmoqda.

✍️Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar PIRLS tadqiqotining maqsadi va ahamiyati, o‘qish savodxonligining nazariy-amaliy asoslari, shuningdek, dalillarga asoslangan didaktik tamoyillar bilan tanishmoqdalar. Dars jarayonida bosma va raqamli matnlarni o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan samarali usullar tahlil qilinmoqda.

🤔Mazkur trening pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or amaliy tajribalarni joriy etish hamda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini tizimli ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.


Eslatib o'tamiz trening 15-yanvarga qadar davom qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting
▶️Xorazm_PMM">Youtube 📱Facebook 📱INSTAGRAM
📱Web sayt  📱Telegram

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

🆕 Xorazmda sun’iy intellekt va IT rivoji yo‘lida muhim qadam!

2026-yil 8-yanvar kuni Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyat yoshlarini sun’iy intellekt (SI) sohasiga keng jalb etish, maktab o‘quvchilarining iqtidorini SI’dan samarali foydalangan holda yanada rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish hamda IT sohasida malakali kadrlar tayyorlash maqsadida muhim hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

📄 Tadbir doirasida boshqarma va MAAB Akademiyasi o‘rtasida 5 yilga mo‘ljallangan istiqbolli memorandum imzolandi.

🤝 Ushbu hamkorlik kelgusida ta’lim sifatini oshirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va yoshlarning zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram 🌐Youtube 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🔎 Web-sayt

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Tahlilnoma | Ta’lim bo‘yicha dunyoning nufuzli xalqaro eksperti, PISA tadqiqoti asoschisi Andreas Shlayxer O‘zbekiston haqida
#11jan

mtrk.uz | Instagram | uzbekistan24tv?si=m-_eAmd7PnUgU6B9">Youtube | Facebook | Telegram

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Nestlé NAN xavotiri: bolalarda zaharlanish belgilari borligi aytilyapti

Nestlé mahsulotlaridan zararlanish holatlari yo‘q deyilgan edi. Ammo ota-onalardan kelayotgan murojaatlarga ko‘ra, bolalarda zaharlanish ehtimoli borligi taxmin qilinmoqda. Tahririyat o‘rgangan holatlarda ushbu mahsulotni iste’mol qilgan bolalarda deyarli o‘xshash belgilar kuzatilgan: qusish, qorin og‘rig‘i, ich ketish va boshqa nojo‘ya alomatlar.

👉 https://kun.uz/96177928

Kun.uz rasmiy kanali

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

✳️ Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2026-yil 9-yanvar kuni Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2025-yil davomida umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, jumladan pedagog kadrlar attestatsiyasi, fan olimpiadalari hamda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida o‘tkazilgan tadbirlar va ko‘rik-tanlovlar natijadorligi, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish borasida olib borilgan ishlar muhokama etildi.

Yig‘ilish davomida 2025-yilda moliyaviy masalalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan atroflicha tahlillar berildi. Hay’at a’zolari tomonidan ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilib, ta’lim sifatini yanada oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini kuchaytirish va moliyaviy intizomni mustahkamlash bo‘yicha tegishli qaror va topshiriqlar qabul qilindi.

👏Tadbir yakunida faoliyati samarali bo‘lgan ta’lim muassasasi direktorlari rag‘batlantirildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram 🌐Youtube 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🔎 Web-sayt

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Новогоднее поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

5 yillik an’anaga sodiq qolgan holda, joriy yil ham aynan 30-dekabr sanasida yig‘ilib, 2025-yil yakunlari bo‘yicha atroflicha sarhisob qildik. Shuningdek, 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar muhokama etildi. Xususan, ta’lim sohasida maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

📣 Diqqat, e’lon!!!

✅ Hurmatli pedagoglar!

2026-yil 6-yanvar kuni
— Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026-yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi.

➖ Attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 2026-yil 1-martga qadar davom etadi.

👉 Murojaatlar:

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining yangilangan interfeysdagi pedkadr.uzedu.uz platformasi;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

#Xorijiy_tillar

✅ Yurtimizning turli hududlarida joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari Milliy sertifikat sinovlarida muvaffaqiyatli qatnashib, B2 darajadagi sertifikat sohibi bo‘lishdi.


🔰 Xususan:

➖Namangan viloyati, Uchko‘prik tumanidagi 24-maktabning 3-sinf o‘quvchisi Shavkatjon Ne’matjonov;
➖Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 3-maktabning 4-sinf o‘quvchisi Ibrohimjon Po‘latov;
➖ Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 39-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Dilobar Gʻulomova chet tilini bilish darajasi bo‘yicha B2 sertifikatini oldi.

O‘quvchilarimizni yutuqlari bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida ham omad tilaymiz!

Bizni
kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

📰📰📰📰📰📰📰

✅ Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼul xodimlari oʻtgan yilning soʻnggida Xitoyning maktabgacha taʼlim sohasiga tegishli “Anji Play” dasturi bilan tanishish maqsadida ushbu davlatda boʻlishgan edi.

Oʻrganishlar davomida Zhejiang provinsiyasi hamda Anji tashkiloti bilan memorandum imzolanib, ushbu dasturni Xorazm viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga keng tatbiq etishga kelishib olindi.

Kuni kecha mazkur masala boʻyicha xitoylik mutaxassislar ishtirokida oʻquv jarayonlari boshlandi hamda unda viloyatdagi soha mutasaddilari, taʼlim tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.

Seminarda taʼkidlanganidek, “Anji play” dasturida bolaning oʻyin huquqi toʻliq hurmat qilinadi hamda unda nafaqat bolalar, balki tarbiyachilar ham jarayonlarda faol ishtirok etadi, oʻzaro ishonch va hurmat muhiti shakllanadi.

Bolalar nima bilan, kim bilan va qanday oʻynashni oʻzlari tanlaydilar hamda oʻyin jarayonida oʻzlarini boshqaradi, oʻrganadi va muammolarni oʻzlari hal qiladi. Shuningdek, tarbiyachilar bolalarni qoʻllab-quvvatlaydi va ularning rivojlanishini kuzatadi.

👉 Bu model orqali bolalar oʻzlarining ichki imkoniyatlarini, donoligi va erkinligini toʻliq namoyon etish imkoniyati yaratiladi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Shaytanat sheʼrini kim yozganini bilasizmi?

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

#XORAZM VILOYATI O'QUVCHISI TOMONIDAN 2026-YILDAGI ILK XALQARO OLIMPIADADAGI BRONZA MEDAL QO'LGA KIRITILDI

📍 Joriy yilning 10-15-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan 22-Xalqaro Jautikov olimpiadasi (IZhO 2026) bo'lib o'tdi

🌍Dunyoning 15 mamlakatidan 700 dan ortiq o‘quvchi ishtirok etgan ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi, Xorazm viloyati Urganch shahar 3-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi Sulaymon Matnazarov Matematika fanidan qatnashib 🥉BRONZA MEDAL sohibi bo'ldi.

📢Sulaymon o'zining mazkur g'alabasi bilan 2026-yilda ham o'quvchilarimiz uchun Xalqaro olimpiadalar eshigini ochib berdi.

🚀@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

📣📣📣📣📣

EduX loyihasida YANGI YO‘NALISH — ONLAYN OLIMPIADALAR!


📢 EduX loyihasi doirasida navbatdagi muhim bosqichga start berildi — onlayn olimpiadalar!

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra:
➡️ matematika,
➡️ fizika,
➡️ informatika,
➡️ biologiya,
➡️ kimyo,
➡️ tarix
➡️ geografiya fanlaridan bosqichma-bosqich EduX’ning maxsus onlayn platformasida olimpiadalar tashkil etiladi.

💡 EduX — bu shunchaki platforma emas.
Bu — bilim, raqobat va rivojlanishni birlashtirgan yagona muhit!

🎓Yuqori ballarni jamlagan ishtirokchilar Fan olimpiadalari markazi va EduX loyihasining maxsus sertifikatlari bilan taqdirlanadi.

BATAFSIL VIDEOLAVHADA.

❗️Olimpiada o‘tkaziladigan sanalar hamda qaysi sinflar kesimida tashkil etilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.

O‘TKAZIB YUBORMANG!

EduX — bilim sari bir qadam
!

Bizni kuzatib boring:
✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha harbiylarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Sizlarning jasoratingiz, sadoqatingiz va matonatingiz tufayli Vatanimiz tinch va mustahkamdir.Shu munosabat bilan Yangibozor tumani 7- son DMTT tarbiyalanuvchilarining bayram tabrigi.

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

📌 IMAS Xalqaro Matematika Olimpiadasi
IMAS (International Mathematics Assessments for Schools) — 3–8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan xalqaro matematika olimpiadasi.

🗓 Birinchi bosqich sanasi: 2026-yil 18-yanvar
🗓 Ro‘yxatdan o‘tish tugash sanasi: 2026-yil 12-yanvar
👤 Qatnashish shakli: Offline
🌐 Masalalar tili: o‘zbek / rus / ingliz

💰 Har bir sinf kategoriyasi bo‘yicha g‘oliblar va ularning ustozlari quyidagicha pul mukofotlari bilan mukofotlanadi:
🥇 1-o‘rin: o‘quvchi — 1 000 000 so‘m, ustozi — 1 500 000 so‘m
🥈 2-o‘rin: o‘quvchi — 700 000 so‘m, ustozi — 1 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin: o‘quvchi — 500 000 so‘m, ustoz — 700 000 so‘m

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma'lumot uchun: @iqtidorlaruz

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

https://youtu.be/059X9yr_b_g

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

‼️‼️‼️

🔝🔝🔝Xalqaro Yevropa qizlar olimpiadasida ishtirok etuvchi terma jamoaga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichi hamda Nufuzli Xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqichi g'oliblari bilan quyida tanishishingiz mumkin:

🤵‍♀️Xalqaro Yevropa qizlar olimpiadasi bo’yicha

8-sinflar o'quvchilari:
Urganch shahar 1-son IM O‘ktamboyeva Zarina Ildambek qizi
Urganch shahar 1-son IM Sattarberganova Dilnura Azamat qizi
Bog‘ot tumani IM Ibodullayeva Mohichera Mansurbek qizi
Tuproqqal'a tumani IM Xudayberganova Go‘zalxon Oybek qizi
9-sinf o'quvchilari:
Urganch shahar Al-Xorazmiy maktabi Urganch filiali Rustambekova Yulduzxon Alisherovna
11-sinf o'quvchilari:
Urganch shahar 1-son IMI Rajabova Gulruh Otabek qizi
Hazorasp tumani To‘lqin FM NTM Baxtiyorova Nozima Dilmurod qizi
Gurlan tumani 41-sonli maktab Gulmirzayeva Zumrad O‘tkir qizi
Gurlan tumani 41-sonli maktab Atajanova Zuhra G‘ayrat qizi
Xiva shahar 2-son IM Boyjanova Dilnura Yangibay qizi

🏆Nufuzli Xalqaro olimpiadasi bo’yicha

10-sinf o'quvchilari:
Urganch shahar 3-sonli maktab Matnazarov Sulaymon Albertovich
Hazorasp tumani To‘lqin FM NTM Bekchonboyev Munisbek Muzaffar o‘g‘li

👏👏👏O'quvchilarimizning kelgusi o'qishlari va ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Bolalar tarbiyasiga eʼtiborli bo‘laylik

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

📣📣📣📣📣

EduX loyihasida YANGI YO‘NALISH — ONLAYN OLIMPIADALAR!


📢 EduX loyihasi doirasida navbatdagi muhim bosqichga start berildi — onlayn olimpiadalar!

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra:
➡️ matematika,
➡️ fizika,
➡️ informatika,
➡️ biologiya,
➡️ kimyo,
➡️ tarix
➡️ geografiya fanlaridan bosqichma-bosqich EduX’ning maxsus onlayn platformasida olimpiadalar tashkil etiladi.

💡 EduX — bu shunchaki platforma emas.
Bu — bilim, raqobat va rivojlanishni birlashtirgan yagona muhit!

🎓Yuqori ballarni jamlagan ishtirokchilar Fan olimpiadalari markazi va EduX loyihasining maxsus sertifikatlari bilan taqdirlanadi.

BATAFSIL VIDEOLAVHADA.

❗️Olimpiada o‘tkaziladigan sanalar hamda qaysi sinflar kesimida tashkil etilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.

O‘TKAZIB YUBORMANG!

EduX — bilim sari bir qadam
!

Bizni kuzatib boring:
✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

⚡️Sun’iy intellekt bo‘yicha yetakchi bo‘lgan maktablar elektromobil bilan taqdirlanadi

📑 2025-yil 31-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali yuqori daromadli kasblarga yo‘naltirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 849-sonli qarori qabul qilindi.
 
📌 Unga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasini amalga oshirish va mazkur loyiha doirasida yil yakuniga ko‘ra eng yuqori natijalarga erishgan yoshlar, ularning o‘qituvchilari hamda ta’lim tashkilotlarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
 
❗️Har yili “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazib borilishi belgilandi.
 
✈️ Bunda tanlov g‘oliblari pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar, jumladan:

– 100 nafar o‘qituvchi — 1 000 AQSh dollari ekvivalentida pul mukofoti;

– 10 nafar o‘qituvchi — xorijiy sayohatga yo‘llanma;

– 500 nafar yoshlar — noutbuk;

– 500 nafar yoshlar — qimmatbaho sovg‘alar;

– 3 ta oliy ta’lim tashkiloti — pul mukofoti;

– 2 ta umumta’lim maktabi (“Prezident sovg‘asi”) — elektromobil bilan taqdirlanadi.


@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Xorazm viloyati hokimligi tomonidan oʼtkazilgan "OFATIJON LAZGI" viloyat raqs koʼrik tanlovi gʼolibi Xonqa tumanidagi 34-son umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchisi Qutlimuratova Fotima Baxrom qizi I-darajali diplom, 10 mln soʼmlik vaucher va esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandi. Oʼquvchimizni kelgusi oʼqish va ishlariga omad yor boʼlsin!

@T_Nurmetov

Читать полностью…
Subscribe to a channel