10253
Jurnalist Shuhrat Shokirjonovdan yangiliklar Murojaat uchun: 👉 @shokirjonovbot Reklama: 👉 @usayfiyev Donat: 👉 https://tirikchilik.uz/shokirjonov
Davlatimiz bayroği qabul qilinganiga bugun 35 yil töldi.
Barçani bu sana bilan tabriklayman!
➡️ @shokirjonov
Samarqand viloyatida tibbiyotini yaxşilaş uçun 525 mln dollar sarflanadi
Jahon banki Samarqand viloyatida birlamçi tibbiy yordam tizimini yaxşilaş uçun 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma’qulladi. Yana 425 million dollarni Özbekiston hukumati ajratadi, deb yozmoqda UzDaily.uz.
2028-yil dekabrigacha amalga oşiriladigan SHIFO-1 dasturi viloyatning 4,3 millionga yaqin aholisini qamrab olişi kutilmoqda.
Dastur doirasida 400 dan ortiq oilaviy poliklinika modernizatsiya qilinadi. Şuningdek, 1250 nafar umumiy amaliyot şifokori va 5000 nafar hamşira daxil, jami 6400 dan ortiq tibbiyot xodimi öqitilib, sertifikatlanadi.
Bundan taşqari, 330 ming nafar katta yoşli aholi yurak-qon tomir kasalliklari xavfini aniql aş uçun tekşiruvdan ötkaziladi. Yana 250 ming bemorning davolanişi elektron tizim orqali kuzatib boriladi. Buning uçun D-MED platformasi imkoniyatlari kengaytiriladi.
Jahon banki dastur natijasida aholi salomatligi va mehnat unumdorligi yaxşilanişi hisobiga 28 800 ta qöşimça, yuqoriroq haq tölanadigan iş örni yaratil i şini prognoz qilmoqda. Bu iş örinlarining barçasi bevosita tibbiyot muassasalarida oçiladi degani emas.
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
Vaşington markazida özbek ayvonlari qad rostladi
AQŞ poytaxti Vaşingtondagi tarixiy West Potomac Park bağida özbek milliy ayvonlari örnatildi. Yoğoç ayvonlarni Prezident Şavkat Mirziyoyev AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan sovğa qilgan.
Marosim çoğida boğ ustidan AQŞ prezidenti Donald Trampning vertolyoti uçib ötdi.
Ayvonlar jamoat maskaniga aylanadi. Bu yerda tashrif buyuruvçilar özbek madaniyati bilan tanişadi.
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
Özbekiston çang böronlariga qarşi kuraşişda xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş taşabbusini ilgari surdi
BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi (COP31) doirasida qum va çang böronlariga qarşi kuraşiş böyiça xalqaro tadbir ötkazildi. Unda Özbekiston Milliy iqlim özgarişi markazi direktori Farrux Sattorov mamlakatda bu muammoga qarşi amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar va milliy dasturlar haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanişiça, Orol dengizining qurişi oqibatida salkam 3 mln gektar yer foydalanişga yaroqsiz holga kelgan. Yerlarning degradatsiyasi va çöllanişidan mamlakatga yetkazilayotgan yillik iqtisodiy zarar 830 mln dollarga yetgan.
Şu munosabat bilan Özbekistonda 2024–2030-yillarga möljallangan Çang böronlariga qarşi kuraşiş milliy dasturi qabul qilingan. Dastur doirasida 2028-yilga qadar kuçli çang böronlari yuzaga keliş jadalligini 50 foizga kamaytiriş maqsad qilingan.
Şuningdek, atmosfera havosi sifatini kuzatiş uçun 347 ta avtomatlaştirilgan stansiyadan iborat yagona monitoring tarmoğini yaratiş, erta ogohlantiriş tizimlarini rivojlantiriş, degradatsiyaga uçragan yerlarni tiklaş va himoya yaşil belboğlarini barpo etiş işlari olib borilayotgani ham aytildi.
➡️ @shokirjonov
Toşkentda uyi buzilganlarga Yangi Toşkentdan 1,5 baravargaça kattaroq xonadon taklif qilinadi
Toşkentdagi renovatsiya hududlarida yaşayotganlar Yangi Toşkentga köçsa, hozirgisidan kattaroq uy olişi mumkin. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Bu norma Prezidentning 10-noyabrdagi farmonida belgilangan. U "Tashkent Invest" kompaniyasi iştirokida renovatsiya qilinayotgan hududlarga taalluqli.
Hokimlik tuşuntirişiça, uy egalariga Yangi Toşkentdan avvalgi uy maydonining 150 foizigaça bölgan xonadon berilişi mumkin. Masalan, 50 kvadrat metrlik uy egasiga 75 kvadrat metrgaça xonadon taklif qilinadi. 70 kvadrat metrlik uy uçun esa 105 kvadrat metrlik bitta xonadon yoki 45 va 60 kvadrat metrlik ikkita alohida xonadon berilişi mumkin.
Biroq hokimlik bu kafolatlangan şart emasligini ta'kidladi. Har bir holat alohida körib çiqiladi, maydon va xonadonlar soni uy egalari bilan kelişiladi.
Farmonning özida esa gap maydon haqida emas, baholangan uy qiymatining 1,5 baravarigaça kompensatsiya haqida boradi.
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
Toşkentda beshta kanal böyida 66 kilometrlik sayilgohlar barpo etilmoqda
Poytaxtdagi Bözsuv, Salar, Damaşi, Jun va Börijar kanallari böylari piyodalar sayr qiladigan va dam oladigan hududlarga aylantirilmoqda. İşlar 11 ta tumandagi jami 66,55 kilometr kanal qirğoqlarini qamrab oladi.
Loyiha doirasida kanal qirğoqlari mustahkamlanib, piyodalar yölaklari qurilmoqda, atrof obodonlaştirilmoqda. Maqsad — suv böylarini aholi erkin sayr qiladigan oçiq jamoat hududlariga aylantiriş.
Şu bilan birga, kanallarning muhofaza zonalarida 326 ta noqonuniy yer egallaş holati aniqlangan. Ular jami 11,46 gektar maydonni egallagan.
Hozirgacha 275 ta holat böyiça 8,41 gektardagi noqonuniy qurilmalar bartaraf etilgan. Qolgan 51 ta holat böyiça işlar davom etmoqda.
Muhimi, kanal böylari noqonuniy qurilişlardan boşatilgach, yana devorlar bilan öralib qolmasdan, haqiqatan ham odamlar uçun oçiq sayilgohlarga aylansin.
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
Söm-kupon joriy qilinganiga 33 yil böldi.
U bilan boğliq kimda qanday xotiralar bor?
➡️ @shokirjonov
Jurnalist va blogerlarni jinidan battar yomon köradigan, ulardan jirkanadigan IIV matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov vazifasidan olinib, boşqa işga ötkazilibdi.
Qanaqa işligini bilmadim, oma...
Men uçun bu odam 20 yaşar, tajribasiz jurnalist qizni qamatişda kamarbasta bölgan odamlardan biri sifatida yodimda qolgan...
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
- Iste’molçilar huquqini himoya qiluvçi taşkilot qaxqaravotti? (Hozir Toşkentdaman, prosto)
➡️ @shokirjonov
Samarqanddagi "Farhod" pannosi bino bilan birga sotildi. U saqlab qolinadimi?
Samarqandda Gagarin köçasi, 70-uydagi sobiq suv xöjaligi boşqarmasi binosi 10-noyabr kuni E-auksionda sotildi. Uni 50 milliard sömdan ziyod (taxminan 4,18 million dollar) taklif qilgan "TXT ONE" MÇJ sotib oldi.
Binoning fasadida esa yarim asr oldin yaratilgan "Farhod" metall pannosi bor. Mualliflari rassomlar V. Boxan va Y. Usakovskiy. Asar Alişer Navoiyning "Farhod va Şirin" dostonidagi suv uçun toğni yorgan Farhod obrazi asosida işlangan.
"Soxranim Samarkand" jamoatçilik guruhining ma'lumotiga köra, auksion hujjatlarida panno haqida bir oğiz ham söz yöq. Bino 49,67 milliard sömga baholangan, lekin baholaşda panno hisobga olinganmi, bu noma'lum.
Guruh Suv xöjaligi vazirligi, Madaniy meros agentligi va Davlat aktivlarini boşqariş agentligidan pannoni ekspertizadan ötkazişni va unga muhofaza maqomini berişni talab qilmoqda.
Samarqand oxirgi ön yilliklarda köplab monumental asarlarni yöqotdi. Endi navbat "Farhod"gami?
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
Yangi Toşkent va Samarqanddagi "Şirin"da yirik investorlarga soliq imtiyozlari berildi
Prezidentning 2026-yil 10-noyabrda imzolangan PF-243-son farmoniga köra, Yangi Toşkent şahri va Samarqand şahridagi "Şirin" massivida qiymati 50 million dollar va undan köp bölgan şaharsozlik loyihalari uçun maxsus huquqiy rejim joriy etiladi. "Şirin" massivi maydoni 665,15 gektar.
Rejim 200 metrdan baland osmonöpar binolar, mehmonxonalar, savdo va biznes markazlari, tematik parklar, tibbiyot va ta'lim muassasalari, sport va madaniyat obyektlariga tatbiq etiladi.
Investorlar 1 foiz stavkada foyda soliği tölaydi: loyiha 50 million dollar bölsa 5 yil, 100 million dollar bölsa 10 yil, 500 million dollar bölsa 15 yil. Mol-mulk va yer soliğidan 20 yilga ozod etiladi. Qurilişga kerakli texnika va materiallar bojsiz olib kiriladi, qurilişni 24/7 olib boriş mumkin.
"Şirin" direksiyasiga 15-dekabrgaça 200 milliard söm ajratiladi.
Farmonda savdo va turizm loyihalari uçun yetakçi xalqaro brendlarni jalb qiliş şarti ham bor.
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
🏡🔑 Samarqandda yillik 16,99% stavkada, qöşimça garov va kafillarsiz, 20-yilgaça ipotekaga tayyor xonadonlar!
Öz uyingizga ega bölişni rejalaştiryapsizmi? Endi buning uçun yillab pul yiğiş şart emas! Asakabank orqali Samarqand viloyatining Toyloq tumanida joylaşgan tayyor xonadonlarni yillik 16,99% stavkada, qöşimça garov va kafillarsiz, 20-yilgaça ipoteka krediti asosida xarid qilişingiz mumkin.
Eng qulay tomoni — uylar töliq qurib bitkazilgan, kadastr hujjatlari ham tayyor! Ya’ni xonadonni xarid qilgaç, öz uyingizda yaşaşni boşlaşingiz mumkin.
🏠 Xonadonlar haqida:
▪️2 xonali xonadonlar
▪️Maydoni 46 kv.m dan 55 kv.m gaça
▪️Quriliş işlari töliq yakunlangan
▪️Kadastr hujjatlari tayyor
💳 Ipoteka şartlari:
👉 Boşlanğiç tölov — 15% dan
👉 Yillik foiz stavkasi — 16,99%
👉 Kredit muddati — 20-yilgaça
👉 Qöşimça garov va kafillar talab etilmaydi
🏦 Asakabank orqali rasmiylaştiriladi.
Ayniqsa, ijarada yaşayotgan, oilasi uçun qulay va şinam xonadon izlayotgan hamda öz uyiga ega bölişni rejalaştirayotganlar uçun bu ajoyib imkoniyat!
📍Manzil: Samarqand viloyati, Toyloq tumani.
📞 Batafsil ma’lumot va murojaat uçun:
☎️ 99-770-99-56
☎️ 78-147-65-65 (içki raqamlar: 3581, 3582)
☎️ 93-339-99-92
Reklama
Aeroportda xorijdan olib kirilayotgan va IMEI kodi Özbekistonda röyxatga olinmagan telefonlarni rasmiylaştirişga çeklov bekor qilinibdi.
Bular şu bilan tinçimaydi. Yana nimadir peslik öylab topişadi...
➡️ @shokirjonov
Buning uçun bojxonaçilarning öziga ham işonç bölişi kerak.
Bojxonaçi bunday qarab, "ha, bu özi işhlatib yurgan eski telefon, buni bojsiz IMEI registratsiya qiliş mumkin", deb ruxsat bera olişi kerak. Idealda.
Ularga esa işonç yöq.
Çunki baribir paçkalab yangi Ayfonlarni "özi işlatib yurgan eski", deb registratsiya qiladigani topiladi. U postda bölmasa, bu postda.
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
Smartfonlar uçun Tilmoch terilmasini sinab köring!
• Lotin terilmada Ö, Ğ, Ş, Ç uçun alohida tugmalar
• Xatoni körsatib, bitta bosişda tuzatadi
• Xalqaro terilmada Ö, Ğ, Ş, Ç harflari notöğri yozilganda avtomatik töğrilanib ketadi
• Kirillda yozib, lotinda yuboriş imkoni
• Tilmoch tarjima funksiyasi klaviaturaning özida bor
• Xavfsiz va internetsiz: söz takliflari telefonning özida işlaydi
Yoqiş uçun: Tilmoch ilovasi → Klaviatura bölimi.
Töğri yozing!
App Store: https://apps.apple.com/us/app/tilmoch-tarjima-klaviatura/id6739621237
Google Play: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tahrirchi.tilmoch&hl=uz
➡️ @shokirjonov
Odam narxi oşib bormoqda: Samarqandda 4 kunlik çaqaloğini 85 ming dollarga sotmoqçi bölgan ayolga sud hukmi öqilibdi.
Talaba juvon turmuş örtoği bilan kelişmovçilik sabab ota-onasining uyiga ketib qolgan va Telegram’dagi guruh orqali topilgan xaridorlarga 4 kunlik öğlini sotayotganda uşlangan. Sud unga avval 7 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan. Biroq Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan tayinlangan jazoni şartli qöllab, ayolga uç yil sinov muddati belgilagan.
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
Anvar Temirov 88 ta moşinalaridan birining 888 nomerini sotib, şu özi qurgan uyga svet tortib bersa bölardi. Gaz-ku tortolmaydi, bilaman. Hali bu darajada avliyolaşgani yöq.
Yo işim bitdi, eşagim... e uzr, jipim loydan ötdi deb yuribdimikan?
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
#Botga_yozişmoqda
«Assalomu Alaykum, Şuxrat aka.
Iltimos, bitta muammo böyiça yordam qiling. Murojaatimiz jamoaviy.
Samarqand tuman, Quyi Turkman mahallasi, «Yuksaliş» uylarida yashayotgan aholi bir yildan buyon qiynalib ketdi. Barça tashkilotlarga deyarli murojat qilib böldik. Ular kelib rasmga tuşirib ketayapti, keyin murojaatlarimizni shu rasmçalari bilan yopib yuborayapti…»
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
Çet eldan olib kirilgan telefoningiz deklaratsiya qilinib, IMEI registratsiyasidan ötgunga qadar unga sim-karta solmang.
Sim karta solingan bölsa, samolyotga minişdan avval uni parvoz rejimiga ötkazib qöying.
Aks holda, 1000 AQŞ dollaridan qimmat telefoningiz Özbekistondagi tarmoqqa ulanib qolsa, 1000 dollargaça qismiga boj tölamaslik tartibi unga tatbiq etilmaydi.
IMEI registratsiya uçun telefonning töliq narxidan 30% boj tölaysiz.
➡️ @shokirjonov
Qozoğiston va Qirğiziston çegarasidan ötiş vaqti ikki baravar qisqarişi mumkin
Özbekiston Qozoğiston va Qirğiziston bilan ayrim çegara postlarida “One Stop”, ya’ni “bitta töxtaş” tizimini joriy etiş böyiça muzokara olib bormoqda.
Tizimning uç modeli körib çiqilmoqda. Birinçisida ikki davlat bojxonaçilari bitta binoda işlaydi. Ikkinçisida ular alohida binolarda işlaydi: biri eksportni, ikkinçisi importni rasmiylaştiradi. Uçinçisida esa bir davlat tekşirgan yukni ikkinçisi qayta körikdan ötkazmaydi.
Dekabrgaça Qirğiziston bilan beşta ötkaziş punkti böyiça kelişiş rejalaştirilgan: “Rişton”, “Vodil”, “Oqqiya”, “Çaşma” avtomobil va “Xonobod” temir yöl postlari.
Bojxona qömitasi hisobiça, yangi tizim çegaradan ötiş vaqtini ikki baravar qisqartiradi. Oxirgi uç yilda çegaradan ötayotgan yuk maşinalari 70 foizga köpayib, kuniga 5,1 mingdan oşgan. 2030-yilgaça bu ködni kamida 10,5 mingga yetkaziş möljallangan.
Biroq bu faqat Özbekistonning xohişiga boğliq emas. Qöşnilar rozi bölmasa, yuk maşinalari çegarada avvalgidek ikki marta töxtayveradi.
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
Toşkentdagi Milliy boğda qulagan daraxt 8 kundan beri maşina ustida yotibdi
7-noyabr kuni Toşkent şahridagi Alişer Navoiy nomidagi Milliy boğda katta daraxt avtomobil ustiga qulagan. Oradan sakkiz kun ötgan bölsa-da, daraxt hamon maşina ustida yotgani aytilmoqda.
Avtomobil egasi 70 yoşdan oşgan nafaqaxör. U erta tongda boğga sayr qiliş uçun kelib, maşinasini qoldirgan. Daraxt aynan şu paytda qulagan. Yaxşiyamki, avtomobilda heç kim bölmagan.
Oilaning bildirişiça, hodisa FVV xodimlari tomonidan rasmiylaştirilgan. Çilonzor tumani IIB esa jinoyat işi qözğatişni rad etgan. Ammo daraxtni olib taşlaş va yetkazilgan zararni qoplaş masalasi hal bölmagan.
Daraxtning oğirligi ostida avtomobil tobora köproq ezilmoqda. Bundan taşqari, maşinada gaz uskunasi ham borligi xavfsizlik bilan boğliq xavotirlarni kuçaytirmoqda.
Oila mas’ul idoralardan daraxtni zudlik bilan olib taşlaş, avtomobilni xavfsiz holatga kel tiriş va yetkazilgan zararni qoplaş masalasini hal etişni söramoqda.
Savol oddiy: poytaxtning markaziy boğida qulagan daraxtni sakkiz kunda olib taşlaşga kim mas’ul? Ertaga şunday daraxt odam ustiga qulasa-çi?
Ma’lumot avtomobil egasining yaqinlari yuborgan murojaat asosida tayyorlandi. Mas’ul idoralarning izohini e’lon qilişga tayyormiz.
➡️ @shokirjonov
Özbekistonda aholi milliy tarkibi e’lon qilindi: özbeklar 89,4 foiz
2026-yilgi aholini röyxatga olişning dastlabki natijalariga köra, Özbekistonda 39 million 47 ming kişi yaşaydi. Ularning 34,9 million nafari yoki 89,4 foizi millati özbek ekanini bildirgan.
Milliy statistika qömitasi ma’lumotiga köra, mamlakatda özbeklardan keyin eng köp tojiklar — 1,28 million (3,3 foiz), qoraqalpoqlar — 841 ming (2,2 foiz), qozoqlar — 707 ming (1,8 foiz) va ruslar — 606 ming (1,6 foiz) yaşaydi. Qirğizlar 219 ming, turkmanlar 195 ming, boşqa millat vakillari esa 300 ming nafarni taşkil etadi.
Hududlar kesimida özbeklarning eng katta uluşi Xorazmda — 98,7 foiz, eng pasti Qoraqalpoğistonda — 47,6 foiz. Qoraqalpoğistonda 1,02 million özbek va 772 ming qoraqalpoq yaşaydi. Tojiklar eng köp Surxondaryo (274 ming), Namangan (255 ming) va Farğona (210 ming) viloyatlarida istiqomat qiladi. Mamlakatdagi ruslarning qariyb yarmi — 300 ming nafari Toşkent şahrida yaşaydi.
Aholining 91,3 foizi yoki 35,65 million kişi özbek tilini asosiy muloqot tili sifatida körsatgan. Keyingi örinlarda qoraqalpoq (910 ming), tojik (851 ming), rus (787 ming) va qozoq (561 ming) tillari turibdi. Demak, millati özbek bölmaganlarning ham bir qismi özbek tilini asosiy til deb biladi.
Bu Özbekistonda 1989-yildan beri ötkazilgan ilk aholi röyxati böldi. Uning natijasida aholi soni avvalgi statistik hisob-kitoblardan 810 ming kişiga köp ekani aniqlangan. Bu birdaniga aholi köp ayib ketganini emas, hisob aniqlashtirilganini anglatadi.
Hozircha raqamlar dastlabki hisoblanadi. Yakuniy natijalar 2027-yil 1-iyulgacha tayyorlanişi belgilangan.
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
Özbekiston va Turkiya iqlim tadqiqotlari böyiça hamkorlikni kengaytirmoqda
COP31 konferensiyasi doirasida Özbekiston va Turkiya universitetlari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari iqlim özgarişiga moslaşiş böyiça hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Panel uçraşuvida qöşma ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va ilmiy ma’lumotlar almaşinuvi masalalariga e’tibor qaratildi. Özbekiston Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Doniyor Turğunov institutning 7 ta laboratoriyasi, ilmiy maydonçalari va muzliklarni örganiş böyiça olib borilayotgan işlari haqida ma’lumot berdi.
Şuningdek, özbek olimlari yoğingarçilikni prognoz qiliş aniqligini oşiriş borasidagi yangi işlanmalarini taqdim etdi. 2023–2025-yillarda 67 ta meteorologik stansiya ma’lumotlari asosida törtta global ob-havo modeli tekşirilib, işlab çiqilgan ikki bosqiçli usul yordamida prognozdagi tafovut körsatkiçi 7,24 dan 1,05 gaça kamaytirildi. Natijada uç kunlik yoğin prognozini taqdim etuvçi portal yaratildi.
Bundan taşqari, 42 ta quyoş elektr stansiyasi uçun tört kunlik energiya işlab çiqariş prognozini beruvçi platforma ham işlamoqda.
Uçraşuv yakunida Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Istanbul texnika universiteti örtasida memorandum imzolaş, qöşma loyihalar, dala tadqiqotlari hamda olimlar va talabalar almaşinuvi dasturlarini yölga qöyiş taklif etildi.
➡️ @shokirjonov
Samarqandning eski tramvay liniyasi haqida video qildik
Instagramda sifatli tomoşa qiling
Eski tramvayning tarixiy suratlarini topdik va u yurgan köçalarda böldik. Tomoşa qiling, baholang va öz fikrlaringizni yozib qoldiring.
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
Özbekiston va Qozoğiston sayğoqlarni asraş böyiça hamkorlik qiladi
Markaziy Osiyo tabiatining öziga xos va noyob hayvonlaridan biri bölgan sayğoqlarni muhofaza qilişda Özbekiston va Qozoğiston hamkorlikni kuçaytirmoqda. Antaliyada ötayotgan BMTning COP31 iqlim konferensiyasi doirasida ikki davlat örtasida sayğoqlarni asraş böyiça anglaşuv memorandumi imzolandi.
Kelişuvga köra, mamlakatlar sayğoqlar soni va migratsiyasini birgalikda kuzatib boradi, ularning tabiiy yaşaş hududlari va köçiş yölaklarini muhofaza qiladi. Şuningdek, brakonerlikka qarşi kuraşiş, ilmiy tadqiqotlar ötkaziş va sayğoqlarni ilgari yaşagan hududlariga qaytariş dasturlarini işlab çiqiş ham hamkorlik yönalişlaridan örin olgan.
Menimça, bu kelişuv nafaqat sayğoqlar populyatsiyasini saqlaş, balki Markaziy Osiyoda biologik xilma-xillikni muhofaza qiliş uçun ham imkoniyat yaratadi.
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
Aliment haqida yangi rilz.
Instagramda köring.
Uni tölamaslik va kam tölaş uçun otalar qanday nayranglar qilmoqda?
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
Özbekistonga 10 oyda 11,6 million xorijlik sayyoh kelgan
2026-yilning yanvar–oktabr oylarida Özbekistonga 11,6 million nafar xorijlik turistik maqsadda kelgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 19,4 foizga köp.
Milliy statistika qömitasi ma’lumotiga köra, eng köp mehmon Qirğizistondan — 3,18 million, Qozoğistondan — 2,7 million va Tojikistondan — 2,55 million nafar kelgan. Bu uç qöşni davlat hissasiga jami turistlarning 73 foizi töğri kelmoqda.
Rossiyadan 1,1 million, Afğonistondan 433 ming, Xitoydan 430 ming, Turkmanistondan esa 290 ming kişi taşrif buyurgan.
Biroq sayyohlar sonining ösişi hali turizmdan tuşayotgan daromad ham şunça köp ayapti degani emas. Buni biliş uçun mehmonlar qança vaqt qolayotgani va qança pul sarflayotganiga ham qaraş kerak.
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
Trotuar çökkan joyga keçaning özida viloyat va şahar hokimi şaxsan kelib, mutasaddilarga kamçiliklarni tezroq bartaraf etiş topşiriğini berib ketibdi.
➡️ @shokirjonov
Taşqarida XXI asr...
Şunaqa joylarda bolajonlar xavfsiz maktabga borib kelishlari uçun köprik qurilişi kerakda endi.
UPD: Qaşqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Jingil qişloğidagi 84-maktab öquvçilari ekan.
➡️ @shokirjonov
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 X
Bunisi ham botga keldi.
Toşkent bekatlari çöta notinç bugun. Yo sigaret çekib taşlaşgan, yo suv bosgan...
Öt balosidin, suv balosidin...
➡️ @shhokirjonov