Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar. Reklama uchun: @masofatalimbot
Tashkilotchilik - nol!
Poytaxtning qoq markazida, kichkina joyda gullar festivali boʻlyapti. Oʻn ming, balki yuz minglab odamlar kelyapti. Boshqa muammolar-u kamchiliklar mayli, bir chetda turib tursin. Hozir gap boshqa masala - odamlarning xavfsizligi haqida.
Festival bo‘layotgan hududda ot mindiradigan befarosatlar paydo boʻldi. Mayli, tirikchiligini qilayotgandir, ammo odamlarning, bolalarning ustiga tikka otini haydab boryapti. Bularni kim kirgazdi? Melisa-yu, milliy gvardiya qayerga qarayapti?
Shu holatning tirik guvohi sifatida tashkilotchilardan ko‘zlarini kattaroq ochishni, ot mingan befarosatlarni bu hududga yaqinlashtirmaslikni so‘ragan bo‘lardik. Tiqilinch, odamlar gavjum. Bolalar juda ko‘p. Ot esa hayvon, aqli yo‘q jonzot. Kimnidir majaqlab ketsa, keyin kech bo‘ladi.
@masofatalim
Guliston davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani A.Taniberdiyev talabalarga osh qilib beribdi.
P.S.: Rasmlarda samimiylik va kamtarlik bor.
@masofatalim
Ozarbayjon yulduzlari O‘zbekistonda konsert beradi
24-may kuni soat 19:00 da O‘zbekiston kasaba uyushmalari saroyida “Ozarbayjon yulduzlari” deb nomlangan gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Konsertda Ozarbayjon yulduzlari — Chinara Malikzoda, Nura Suri va Mexman Elmano'g'li go‘zal taronalari bilan ishtirok etadi.
Chiptalarni Iticet.uz saytida yoki saroy kassasidan xarid qilish mumkin.
Murojaat uchun:
+998 88 711 24 88
Saroy kassasi:
+998 33 5111488
+998 55 5111488
O‘zbekistondagi piyodalar o‘tish yo‘laklariga juda kerakli qurilmalar ekan :)
@masofatalim
Eh... Porlab chiqqanlarni tadbirma-tadbir sudrab, faqat uni so‘ndirish mumkin, xolos.
@masofatalim
Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori lavozimiga Shuhrat Abdujalilovich Boymuradov tayinlandi.
Bunga qadar u Toshkent tibbiyot akademiyasi oʻquv ishlari boʻyicha prorektori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
@masofatalim
Toshkent davlat transport universitetining 27 nafar talabasi jinoyat sodir etgan va bu koʻrsatgich bilan ular poytaxt oliy ta’lim muassasalari ichida birinchi oʻrinni egallab turibdi.
Ehtimol, bu “natija” universitet rektori, koʻp lavozimli Odil Qalandarovichning oʻzi rahbarlik qilayotgan OTM masalalari bilan shugʻullanishga vaqtlari boʻlmay, ulgurmayotganliklari bilan bogʻliqmikan-a? 🤔
@masofatalim
Poytaxtda yoshlar va talabalar orasida jinoyatchilik keskin ortgan
29-aprel kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash, o‘quvchilar tarbiyasi, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish oʻtkazilgan.
Yigʻilish tanqidiy ruhda oʻtgan. Prokuratura tomonidan tayyorlangan ma’lumotga asosan, yoshlar va talabalar orasida jinoyatchilik avvalgi yilga nisbatan keskin ortganini koʻrish mumkin.
2025-yilning birinchi choragida poytaxtdagi yoshlar tomonidan 460 ta jinoyat sodir etilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 39,8 foizga yuqoridir (2024-yilning birinchi choragida bu raqam 329 tani tashkil etgan). Talabalar orasida esa ushbu koʻrsatgich 7,8 foizga koʻpaygan.
Shuningdek, talabalari eng koʻp jinoyat sodir etayotgan poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalari nomlari ham ma’lum boʻldi.
Davlat OTMlari kesimida:
1-oʻrin: Toshkent davlat transport universiteti — 27 nafar.
2-oʻrin: Toshkent davlat texnika universiteti — 21 nafar.
3-oʻrin: Oʻzbekiston Milliy universiteti — 20 nafar.
4-oʻrin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 19 nafar.
5-oʻrin: Toshkent davlat yuridik universiteti — 12 nafar.
Nodavlat OTMlar kesimida:
1-oʻrin: ISFT — 23 nafar.
2-oʻrin: Alfraganus universiteti — 20 nafar.
3-oʻrin: Kimyo xalqaro universiteti — 19 nafar.
@masofatalim
Sochini yig‘magan qizni kaltaklagan maktab direktori ishdan olinibdi. Bu haqida vazir Hilola Umarova ma’lum qildi.
Endigi navbat — Bolalar ombudsmaniga. Bu zo‘ravon direktor balog‘atga yetmagan qizni kaltaklagani uchun qonuniy jazo olishi lozim.
@masofatalim
Abduqodir Toshqulov talabalarning ruhiy holatini o‘rganish bo‘yicha topshiriq berdi
Termiz davlat universitetida rektor Abduqodir Toshqulov universitetning ijtimoiy-ma’naviy muhiti barqarorligiga daxldor mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda universitet psixologi bilan psixologiya kafedrasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, talabalarning ruhiy holatini o‘rganish vazifasi topshirilgan.
Oxirgi paytlarda o‘z joniga qasd qilgan bir qancha talabalar haqida xabarlar chiqdi. Bu noxush holatlar ortidan OTMlarda talabalarning kayfiyati va ruhiy holatini o‘rganish yaxshi tashabbus.
@masofatalim
Bechora qizchani rosa tayyorlab, gapini yodlatishibdi-da. Hokim “tila tilagingni” desayam “Andijonga bosh boʻlib yursangiz boʻldi” deydi.
Bolalarning bolaligiga tegilmasa yaxshi boʻlardi.
@masofatalim
Andijonda birinchi "Investorlar kuni" o‘tkazildi: yangi hududlar va AloqaBank’dan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
2025-yil 28-aprel kuni Andijonda AloqaBank tashabbusi bilan birinchi "Investorlar kuni" tadbiri tashkil etildi. Tadbir mamlakatning barcha hududlarida yosh tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli milliy dastur uchun yorqin boshlang‘ich nuqta vazifasini o‘tadi.
1500 dan ortiq ishtirokchi — talabalar, yosh startaperlar, biznes vakillari va investorlar — o‘z g‘oyalarini taqdim etish, ko‘mak olish va rivojlanish uchun yangi ufqlarni ochish maqsadida bir maydonda jamlandi.
Ma’lumot uchun, AloqaBank tomonidan “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida Andijon yoshlari uchun 22,4 mlrd. so‘m kredit ajratildi.
"Investorlar kuni" yoshlarning ulkan salohiyatini namoyon etishi va ularning g‘oyalarini amaliyotga ko‘chirishida davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish uchun maydon vazifasini o‘tadi.
Tadbir davomida innovatsion ta’lim tashabbuslari ham taqdim etildi. Shulardan biri — IMKON Founders dasturi bo‘lib, u Startup Garage tashabbusi asosida nogironligi bor shaxslar, imkoniyati cheklanganlar va bo'quvchisini yo'qotganlar uchun mo‘ljallangan bepul startap va Micro SaaS ta’lim hamda akseleratsiya dasturi sifatida ishga tushirildi. Texnologiya yoki biznes tajribasi talab qilinmaydi; faqat o‘sishga intilish va o‘rganishga tayyorlik yetarli bo‘ldi.
AloqaBank "Investorlar kuni"ni mamlakatning boshqa hududlarida ham o‘tkazishni rejalashtirdi. Startaplarning pitch-sessiyalari, "Startup Garage" ta’lim dasturlari va biznes egalarining ilhomlantiruvchi hikoyalari butun mamlakat bo‘ylab kengaytirilib, har bir g‘oya rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi ko‘zda tutildi.
@masofatalim
Buxoroda 20 yoshli talaba o‘z joniga qasd qildi
2005-yil Navoiy viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan, Buxoro davlat texnika universitetida yangi qurilgan yotoqxonaning 1-qavatida yashab turgan birinchi kurs talabasi (erkak) o‘zini osib, joniga qasd qilgan.
U o‘limidan oldin xat qoldirgan. Xatda marhum o‘limi uchun hech kimni ayblamaslikni yozgan va o‘z ota-onasidan kechirim so‘ragan.
Holat yuzasidan prokuratura tekshirish harakatlarini olib bormoqda.
@masofatalim
Kelajakka sarmoya: Andijonda Investorlar kuni
🔺28-aprel, dushanba kuni Andijon shahrida AloqaBank tomonidan tashkil etiladigan “Investorlar kuni” — bu 300 dan ortiq ishtirokchilar, eng yirik investorlar, 30 dan oshiq startaplar va g‘oyalarni haqiqiy biznesga aylantiruvchi imkoniyatlar maydoni.
Tadbir doirasida:
🚀 Startup Pitch Session — yangi g‘oyalar va biznes yechimlarning taqdimoti
📚 “Startup yo‘li” kitobining taqdimoti — ilhom va tajriba manbai
💵 AloqaVentures venchur fondi tomonidan investisiyalar — g‘oyalarni hayotga tadbiq qiluvchi imkoniyatlar
🔻 Muvaffaqiyat hikoyalari — mashhur tadbirkorlar bilan jonli uchrashuvlar.
Barchani taklif etamiz!
📌Tadbir manzili:
Andijon viloyati, “Mebelsozlik kompleksi” kichik sanoat zonasi
⏰ Boshlanish vaqti: 10:00
AloqaBank istiqbolli g‘oyalarni haqiqatga aylanishi uchun mustahkam platforma yaratmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://aloqabank.typeform.com/AndijonInvest
@masofatalim
AOKA e’lon qilgan matbuot kotiblari reytingida vazirliklar ichida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi birinchi oʻrinni olibdi.
Joyi kelsa qattiq tanqid qilamiz-u, lekin oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati rostan ham bunga loyiq. Istagan soatda ularga yozsak, erinmay javob berishadi.
Albatta, bahslar boʻladi, e’tirozlar ham qilib turishadi, bu normal holat. Lekin ularning ochiqligi, tezkorligi va toqatliligini ham oʻrni kelganda e’tirof etish kerak.
P.S.: Bu chin dildan maqtov. Buni uzoq davom ettirsa ham boʻladi, ammo samimiylik yoʻqolmasin. Qisqa qilib aytganda, ular birinchilikka loyiq.
@masofatalim
“Narxoz”ning sobiq va amaldagi rektorlari talabalar yotoqxonasi qurilishiga tamal toshi qo‘yishdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va “narxoz”ning amaldagi rektori To‘lqin Teshaboyev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “To‘rtko‘l fakulteti” hududida 400 o‘rinli talabalar yotoqxonasi qurilishiga tamal toshi qo‘yishibdi.
@masofatalim
🎓 Abituriyentlar uchun zamonaviy vosita: bepul, o'zingizga mos sohani aniqlash testi
Maktabni bitiryapsiz, lekin qaysi yo‘nalishni tanlashni hali ham bilmayapsizmi?
- Toshkent amaliy fanlar universiteti tomonidan yaratilgan psixologik test orqali sizga mos ta'lim yo'nalishlari aniqlanadi.
- Har bir soha bo‘yicha xalqaro va mahalliy o‘rtacha oylik maoshlar ko‘rsatiladi.
- Natijaga qarab qaysi yo‘nalish va fakultetlar sizga mosligini ko‘rishingiz mumkin
Bu test maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun kasb tanlashdagi chalkashlikni bartaraf etadi.
📌 Testdan o'ting va atiga 7 daqiqada muvaffaqiyatli kelajagingizni aniqlang
👉 Testni boshlash
Prezident bilan uchrashuvda so‘zga chiqqan qiz yangi ochilgan universitet talabasiga aylandi
Kuni kecha Xorazmda Al-Xorazmiy universiteti va ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish boʻyicha prezident qarori imzolandi.
Xorazmdagi tashrif chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashdi. Unda so‘zga chiqqan Urganch shahridagi 3-sonli maktab o‘quvchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Shahzoda Kamolova mazkur universitetga imtihonlarsiz qabul qilindi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, u 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab toʻliq grant asosida mazkur universitetda oʻqiydi.
@masofatalim
“Sirtqi ta’lim tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov sirtqi ta’lim tizimi hozirgi kundagi talablarga javob bermasligini ma’lum qildi.
“Dunyoda boshqa yondashuvlar — masofaviy, uzaytirilgan ta’lim qo‘llanilmoqda. Ya’ni talaba dasturni to‘rt yilda emas, balki besh-olti yilda, o‘zi uchun qulay bo‘lgan sur’atda, fanlar va o‘qish yillarini tanlagan holda o‘tashi mumkin”, — dedi vazir.
@masofatalim
Shuhrat Boymurodov ijtimoiy tarmoqlarda ham juda faol rahbarlardan biri sanaladi. Ayniqsa, oʻz sohasi boʻyicha Instagramda koʻp foydali ma’lumotlarni ulashib boradi.
Katta dargohning boshqaruviga munosib rahbar tayinlandi, nazarimizda. Faoliyatiga omad va ulkan zafarlar tilaymiz.
@masofatalim
“Muhandislik oyligi” yakunlandi. Natija qanday bo’ldi?
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan aprel oyi “Muhandislik oyligi” deb e’lon qilingan edi. Bu tashabbus o’zini oqladimi? Keling tahlil qilib ko’ramiz.
Ushbu oylik asosan texnika OTMlarida tashkil etildi. Ammo vazirlik barcha mas’uliyatni ularga tashlab qo’ymadi. Xususan, avvalroq yozganimdek, xalqaro festival o’tkazildi hamda uning doirasida bir qancha iste’dodli yoshlarning ishlanmalari namoyish etildi va bir qator musobaqalar doirasida yoshlar taqdirlandi. Sportning muhandislikka bog’langan yo’nalishlari namoyish etildi. Zo’r-a…
O’ylaymanki bu oylik faqat shu yil bilan yakunlanmaydi. Chunki ishlanmalar ko’rsatdiki innovatsiyalardan umid qilishimiz mumkin. Ularning yaratuvchilari oldimizda. Oylik esa soha ichidagi barchani bir silkitib, uyqudan uyg’otdi nazarimda.
Keling, raqamlarga to’xtalib o’tsak. Bir oy davomida 25 ta texnik yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalarida 120 dan ortiq tanlov va tadbirlar oʻtkazilib, butun muhandislik jamoatchilig jipslashdi. Robototexnika, dronlar, sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik va yana 15 dan ziyod sohani qamrab olgan “Oliygoh kubogi” doirasidagi bellashuvlar yoshlar salohiyatini yanada ochib berdi.
Oliy taʼlim muassasasida oʻtkazilgan "Oliygoh kubogi" musobaqalarida gʻoliblar jami 100 million soʻmlik sovrinlar bilan taqdirlandilar. Bu moddiy ragʻbat har bir yosh muhandisga oʻziga ishonch taqdim etdi.
Eng muhimi, “Muhandislik oyligi” 100 mingga yaqin yoshni qamrab oldi. Bu raqam ortida yuz mingta ilhomlangan, ruhlangan, oʻziga va oʻz salohiyatiga ishongan yosh muhandis bor.
@masofatalim
YTH, o‘grilik va giyohvandlik — talabalar eng ko‘p sodir etgan jinoyatlar turlari ochiqlandi
Toshkent shahar prokuraturasi o‘tkazgan yig‘ilishda poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan eng ko‘p sodir etilayotgan jinoyatlarning turlari haqida ham ma’lumot berilgan.
Yo‘l transport hodisasi — 72 ta
O‘g‘irlik — 57 ta
Giyohvandlik — 46 ta
Tan jarohati — 41 ta
Bezorilik — 24 ta
Bosqinchilik — 11 ta
Qotillik — 5 ta
Talonchilik — 5 ta
Nomusga tegish — 2 ta
Boshqa — 48 ta.
@masofatalim
Taqiqlangan audiolarni tarqatgan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sirtqi bo‘lim, 3-kurs talabasi 8,5 yilga qamaldi. Bu haqida Oliy sudning public.sud.uz ochiq platformasida e’lon qilingan sud qarorida so‘z boradi.
❗️Ogoh bo‘lib, taqiqlangan narsalarni ko‘rishdan, saqlashdan va tarqatishdan tiyilish lozim. Taqiqlangan manbalar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
@masofatalim
Xorazmda maktab direktori sochini o‘rmagan o‘quvchini kaltakladi
Qo‘shko‘pir tumanidagi 14-maktabda direktor darsni bo‘lib, xonaga kirgan va sochi yig‘ilmagan qizni kaltaklagan.
P.S.: Ro‘molga ham qo‘ymaydi, sochini yoyib yurishga ham. Ma’nan kasal bular.
@masofatalim
Oliy ta’lim muassasalari va ularning rahbarlarini ham o‘zlarining funksional vazifasiga kirmaydigan ishlardan, ayniqsa, mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, aholini kambag‘allikdan chiqarish, noutbuk tarqatish kabilardan ozod qilish kerak.
Hamma o‘zining ishini qilsa, ko‘p masalalar yechimini topib ketadi. Masalan, ta’lim va til o‘rgatish bilan maorif vazirligi shug‘ullansin, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga o‘z agentligi yordam bersin, ishsizlikka qarshi bandlik vazirligi kurashsin va hokazo, va hokazo. Ana shunda juda ko‘p idoralarning keragi ham bo‘lmay qoladi.
@masofatalim
“Siqilma” degan qoʻshiqning eshitilishi zoʻr chiqibdi-yu, klipini rasvo qilishibdida.
Mabodo klipni koʻrmaganlar boʻlsa, koʻrib qoʻymanglar, qon yigʻlatadi. Uni koʻrib, ashulasiniyam eshitgingiz kelmay qoladi.
G‘oyani qaysi motivator bergan bo‘lsa ham ibratli vayn oladigan bollarchalik aqli yo‘q ekan. Ular ham bundan yaxshiroq syujet topardi, masalan😁
@masofatalim
O‘zbekiston qayerdan qancha qarz olgan?
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning jami davlat qarzi 40,2 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Pinkod ushbu qarzning qaysi tashkilotlardan olingani va mablag‘lar sarflangan yo‘nalishlarni oʻrganib, qiziq tahlil e’lon qilibdi.
Batafsil: /channel/pinkoduz/537
@pinkoduz
Toshkent tibbiyot pediatriya institutiga oʻqishga kiritish evaziga 13 ming AQSh dollari pul olgan texnikum oʻqituvchisi 10 yilga qamaldi
Fuqaro A. Toshkentdagi texnikumlardan birida dars berib kelgan. U o‘z o‘quvchisi bo‘lgan B. ni oliygohga kiritib qo‘yishiga ishontirib, undan 8 ming dollar oladi.
Biroq jinoiy ishi fosh bo‘lgach, u firibgarlik moddasi bilan sud tomonidan 2 yil-u 6 oyga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan.
Ammo fuqaro A. ushbu ishlardan so‘ng boshqa o‘quvchi M. ning ishonchiga kirib, uni Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishga vaʼda beradi.
Fuqaro A. avval 16 ming, keyin yana 2 ming dollar talab qilan. 2023-yilning 7-avgustida fuqaro A. o‘quvchi D. dan 13 ming dollar olayotgan paytida qo‘lga olindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi ochiq sud majlisida 1982-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan S.A. ning qilmishini qonunan baholab, uni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) va 211-moddasi 3-qismi “a” bandida (pora berish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi.
Ayblanuvchiga nisbatan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
@masofatalim
AOKAning matbuot kotiblari reytingida agentliklar ichida Yoshlar ishlari agentligi matbuot kotibi ham yuqori oʻrinda qayd etilibdi.
Agentlik matbuot kotibi Nodir Abduqodirov va jamoasi aslida birinchi oʻringa ham loyiq edi. Hamisha tezkor ishlaydi. Har qanday OAVga doim ochiq.
Yoshlar bilan bogʻliq har qanday masala hech qachon ochiq qolmaydi.
Bu reytingni nafaqat matbuot kotiblariga, balki tashkilotlarning birinchi rahbarlariga ham qoʻyilgan baho, deyish mumkin. Chunki rahbar qanday boʻlsa, jamoa ham shunday shakllanadi.
@masofatalim
Vazir ma’lum qatlamga noutbuk tarqatishi yoki kontrakt to‘lab berishi emas, tizimli masalalar bilan shug‘ullanishi kerak
Tarmoqqa sizdirilgan xabarda bir talabaga vazir kontraktini to‘lab berib, noutbuk ham sovg‘a qilgani haqida so‘z boradi. Ko‘pchilik buni “zo‘r-ku” deyishi mumkin. Lekin ko‘pam unday emas.
Davlatning yordam mexanizmlari bor. “Daftarlar” tizimi ishlab turibdi. Banklar qizlarga imtiyozli ta’lim kreditlari beryapti. Kontraktda o‘qish avvalgidek qiyin jarayon emas.
Umuman, noutbukli bo‘lishni xohlaydigan, kontraktiga yordam qilinishi kerak bo‘lgan minglab talabalar topiladi. Bitta vazir hammasiga bu tomonlama yordam bera olmaydi.
Shunday ekan, bu kabi masalalarda muammolar bo‘lsa, tizimli yechimlar ishlab chiqilishi kerak. Vazirning asosiy vazifasi 1-2 ta talabaga kontraktini to‘lab berish yoki noutbuk sovg‘a qilish emas, kattaroq masalalar bilan shug‘ullanish bo‘lishi kerak.
Hay, mayli, yordam qilibdi. Savobga yoyamiz. Va aniq savolga o‘tamiz: bir necha yillardan beri talabalarning stipendiyasi indeksatsiya qilinmayapti. Oliy ta’lim vazirligi Qo‘chqorov va undan kattaroqlar bilan bu masalalarni muhokama qilyaptim? Takliflar ishlab chiqildimi? Stipendiyada qachon o‘zgarish bo‘ladi? Yoki ungacha vazirning o‘zi o‘zgarib ketadimi?
Masalan, muammo aniq — stipendiya. OTMlar kredit-modul qilib talabalardan to‘lovni olyapti. Ko‘pchilik OTMlarga esa moliyaviy mustaqillik berildi. Endi mana shu joyda stipendiyani ham OTMlarning o‘zini gardaniga yuklash bo‘yicha ishlar olib borilishiga nima halal beryapti?
OTMlar avvalgidek zararda emas, foydada. Raqamlashtirish reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallab yurgan vazirligimiz negadir davlat OTMlarning 2025-yil birinchi choragidagi moliyaviy hisobotlarini e’lon qilmagan. Nafaqat bu yilning birinchi choragi, 2024-yilning oxirgi choragi bo‘yicha ham hisobotni hali ko‘rmadik.
Kattaroq muammolar tiqilib yotibdi. Stipendiyalarda yangilik bo‘lsin, o‘qigan talaba yaxshi stipendiya olishiga sharoit qilinsin. Shunda vazirmi, boshqasimi kontrakt ham to‘lab bermaydi, noutbuk sovg‘a qilishiga ham hojat qolmaydi. Yoshlarning o‘zi qolganini eplab ketadi.
@masofatalim