hikoyalar | Unsorted

Telegram-канал hikoyalar - Hikoyalar (G&M)

10111

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Subscribe to a channel

Hikoyalar (G&M)

УЧ ЭЛАК ҲАҚИДА РИВОЯТ

Бир киши донишманддан сўради:
-Дўстингиз сиз ҳақингизда нима деганини айтайми?
-Шошма, -деди донишманд, - аввал айтмоқчи бўлган гапингни учта элакдан ўтказ...
-Учта элак?
-Бирор гапни айтишдан олдин, уни учта элакдан ўтказиш лозим. Аввал ҲАҚИҚАТ элагидан. Айтмоқчи бўлган гапинг ҳақиқат эканлигига ишончинг комилми?
-Йўқ, мен уни шунчаки эшитдим, холос.
-Демак, сен унинг рост ёки ёлғонлигини билмайсан. Энди иккинчи – ЯХШИЛИК элагидан ўтказамиз. Сен менга дўстим ҳақида бирор яхши гапни айтмоқчимисан?
-Йўқ, аксинча.
-Демак, -давом этди донишманд, - сен менга ҳақиқатлигини билмай туриб ёмон хабарни етказмоқчисан. Энди учинчи элакдан ўтказамиз – ФОЙДА элаги. Сенинг гапингни эшитишим шартми, у менга фойда келтирадими?
-Йўқ, ҳожати йўқ.
-Демак, -хулоса қилди донишманд, - сен етказмоқчи бўлган хабарда ҳақиқат ҳам, яхшилик ҳам, фойда ҳам йўқ экан. Унда уни менга айтиб нима қиласан?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Zahro, uydagilar hafta oxiriga uyizga borishmoqchidi...
   - Rostana?
Shahboz Zahroha kulib qaradi.
   - Albatta. Endi birga bo'lamiz. Hamma rozi. To'yi kuniniyam birula belgilab kelishmoqchi. Sizga qaysi kun ma'qul?
   - Juda tez emasmikin, Shahboz?
   - Yo'q. Men boshqa kutolmayman. Tezroq sizga uylanvolmasam, fikriz o'zgarib qolishi mumkin.
Zahro kuldi. Uyalib yerga qaradi.
    - Bilmasam, juda hijolat bo'lyapman. Ham qo'rqyapman.
Shahboz to'xtab Zahroning qo'llaridan tutdi. Uning kaftlari qaynoq edi. Zahroning nozik qo'llari qizib ketti. Shahboz unga yaqin kelib ko'zlariga tikildi.
   - Zahro, jonim. Menga ishoning. Hech narsadan qo'rqmang xo'pmi? Endi men borman yonizda. Doim sizni himoya qilaman har kimdan, har narsadan...
Zahro yerga qaragancha asta gapirdi.
   - Ishonaman...

Oradan yillar o'tdi. Hozirda Shahboz va Zahroning ikki nafar shirin qizaloqlari bor. Ularga Osiyo va Kibriyo deb ism qo'ydilar))

"Ochig'i bu hikoyani kattaroq qilib yozmoqchi edim. Zahroni bolaligidan tortib (ota-onasi ajrashib ketadi, ikki uyda sarson yashaydi, keyin onasi vafot etgach o'gay onasi kun bermaydi), 1-turmushi qanday bo'lganligini( 1-eriga o'gay onasi majburlab uzatib yuboradi. Albatta Zahrodan tezroq qutulish uchun. U yigitda Zahroni ko'ngli bo'lmaydi. Lekin shunga qaramay hasta bo'lib qolganida bir oqila umr yo'ldosh sifatida unga mehr berib qaraydi. Lekin evaziga uydan haydaladi), yolg'izlikda sarson-sargardon o'tkazgan yillarini (ota uyiga qaytib kelganida o'gay onasi kirgizmaydi. 4 yashar o'g'ilchasi bilan ko'chada qoladi. Bazoʻr ijaraga uy topib hali u kasalxonada, hali bunisida kunduzni kunduz, kechani kecha demay ishlaydi ) va Shahboz bilan kechirgan shirin hayotini... Balki o'shanda Zahroni yaqindan tanirmidik. Shahboz fikri ojizimcha Zahroning qilgan barcha sabrlariga Allohning mehribonchilik bilan qilgan in'omidir. Bu real voqea. Bir opam o'z hayotlarini gapirib berganlar. Shunga asoslanib yozgan edim. Biroz adabiylashtirgan bo'lishim mumkin lekin voqea-hodisalar haqiqatda bo'lgan)) Barcha o'qiganlardan minnatdorman. Ko'zlaringiz nurga to'lsin. Meni qo'llab quvvatlayotganlardan Alloh rozi bo'lsin. " (Muallif)


TAMOM

✍Usmonaliyeva Munira
16.04.2024

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Birdan eshik taqqilladi. Zahro cho'chib uyg'onib ketti. Qanday qilib eshik oldiga borib qolganini o'zi bilmaydi, shosha-pisha eshikni ochdi. Ochdiyu hayratdan qotib qoldi. Eshik ortida gul ko'targanicha Shahboz turardi. Uning qo'lida 29 ta qip qizil atirguldan qilingan chiroyli guldasta va sovg'aga olgan bo'lsa kerak bejirim juda did bilan o'ralgan quticha bor edi.
- Assalamu alaykum Zahro.
Shahbozning hayajoni yaqqol sezilib turar. Dam Zahroga, dam yerga qarar. Gapirishga gap topolmay qiynalar edi.
- Yaxshimisiz?... Bugun Tug'ilgan kuningiz ekan. Shunga tabriklay degamdim. Bu gullar... Sizga...
Zahro nima qilarini bilmay biroz o'ylanib jim qoldi.
- Rahmat, Alloh rozi bo'lsin. Meni yo'qlabsiz sizni Alloh yo'qlasin. Lekin bularni ololmayman. Uzr.
Zahro eahikni yopmoqchi edi Shahboz qo'ymadi.
- Zahro bilaman sizga osonmas. Odamlarni gap so'zini o'ylayapsiz. Bilaman menda ko'ngliz bor. Keling bafurja gaplashib olaylik.
- Sizda ko'nglim bor deb kim aytdi?
- Ko'zlariz...
Shahboz shu qadar ishonch bilan gapirdiki, Zahro esankirab qoldi.
- Zahro men uyimdagilarga siz haqizda aytdim. Buvim judayam aqlli, oqila ayollar. Onam ham shunday... Men ochiqdan ochiq aytolmadim uyaldim lekin qarshilik qilishmaydi, bunga aminman.
Shahboz qo'lidagilarni stol ustiga qo'ydida, chontagidan tortburchak qora qutichani chiqardi.
- Zahro umrim mobaynida bironta qizga ko'ngil qo'yganmasman. Doim bo'lajak ayolim soliha bo'lishini Allohimdan so'raganman. Men izlagan, men orzu qilgan sifatdagi qiz sizsiz. Men sizga dunyolarni vada qilolmayman. Lekin o'zimizning shiringina oilamiz bo'lishini va siz unda mening sevikli bekam bo'lishizni aytolaman xolos.
Shahboz juda chiroyli gapirardiki Zahro hech bir so'z deyolmay qoldi. Shu on tushundi. U ham Shahbozni yoqtirarkan, yo'q bu shunchaki yoqtirish emas, balki haqiqiy muhabbat edi. Birinchi turmushi o'xshamadi. Endi sevilib yashayman deganida erini tuzalmas dard olib ketdi. Axir uning ham sevib, sevilib yashashga haqqi bor. Alloh unga shunday bir baxtni berib turganida, undan yuz burish ochig'i ahmoqlikdan boshqa narsa emas.
- Zahro menga turmushga chiqasizmi?
Shahboz tim qora ko'rlarini Zahroga iltijoli qaratdi. Qo'lidagi qutini ochdi. Ichida nihoyatda go'zal uzuk bor edi. Zahro yig'lab yubordi. Ha deyishini ham, yo'q deyishini ham bilmas, ochig'i javob berishga qandedur uyalar edi.
- Hech narsani o'ylamang...
Shoshib gap boshladi Shahboz.
- Sizni to'y qilib olaman. Hammasini o'zim qilaman. Hammasi risoladagidek bo'ladi. Sizdan hech narsa talab qilmayman. Siz meni desayiz bo'ldi. Abdullohniyam bajonidil qabul qilaman. O'z o'g'limdek ko'rib, mehr berishga harakat qilaman, ishoning. Rozi bo'ling Zahro!
Zahro "Ha roziman" ma'nosida boshini silkitdi. Uzukni olib mehr bilan tomosha qildi.
- Lekin Shahboz, uyizdagilar qarshilik qilishmasmikin?
- Qarshilik qilishmaydi, menga ishoning.
Zahro ko'zida yosh bilan Shabozga qaradi. Uning ko'zlari yonib turardi. Jilmaydi, juda chiroyli jilmaydi. Shu ko'yi anchagacha termulishib qoldilar...
* * *
- Yo'q, men aslo rozimasman! Rozi emasman! Yolg'izgina o'g'limga juvon olib beramanmi?! Odamlar nima deydi?! Mahalla-ko'y nima deydi axir?!
Nargiza xola yig'lab uyni boshiga ko'tardi. Shahboz zinada o'tirganicha boshini quyi solgan. Qalban Allohga yolvorar, bir yo'l ochib berishini duo qilib so'rardi.
- Hoy bola! Esingni yig'ib ol! Bizni sharmanda qilmoqchimisan?! Axir u sendan kotta bo'lsa, uni ustiga kap-katta bolasiyam bor. Er ko'rgan juvon! Yosh yosh qizlar turib shunga uylanasanmi?!
Shahboz dardli ko'zlari bilan onasiga, keyin esa buvisiga qaradi. Asta gap boshladi.
- Onajonim, bilaman siz meni oq yuvib oq tarab ko'z qorachig'izday asrab kotta qildiz. Mendan umidlariz judayam ko'p. Insonni baxti kamoli uning puli ko'p bo'lishida yoki turmush o'rtog'ining yosh ekanligida deb o'ylamayman. Axir Payg'ambarimiz s.a.v ning birinchi ayollari Hadicha onamiz ham oldin 2 marotaba turmush qurgan ayol bo'lganlar. Yonlarida qizlari ham bo'lgan. Aytingchi bu narsa Payg'ambarimizni baxtsiz qildimi?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Мисрда, рамазон ойида, жуда катта тижоратчи бой инсон билан, эътикоф ўтирган имомнинг ҳикояси.

Бу инсонни Мисрда ҳамма танийди, у шунчалик бойки, сепган атирини хидига ошиқ бўлмай иложи йўқ. Ёнимиздан ўтса атир хидди бошқаларга-да ўрнашиб қоларли..

Эътикофда ўтирган вақтимиз, ўша инсон ёнимга келиб, сизга саволим бор эди, деди.

Мен ҳам бажонидил савол жавобга таёрлигимни айтдим, анча суҳбатлашдик.
Кейин у инсонга ўзимни қизиқтирган бир икки саволларимни бердим:

Эътикофда неча кун бўласиз, яъни сизни ишингиз жуда кўп, ишларингиз боис кириб чиқиб турасизми?

Йўқ ўн кун ўтираман.

Ҳаа демак телефон орқали бошқарув қилсангиз бўлар эканда, сабаби биз билишимизча сизда катта бизнеслар ва уларни бошқариш бор.

У одам эса бир паст сукут қилгач, йиғлаб юборди.. Масжидга телефонсиз келганман…

Ноўрин савол берганимдан хижолат бўлиб, узр сўрадим, шунда қаршимдаги инсон ўз ўтмишидаги воқеани баён қилди.

Бундан бир неча йил олдин, 3-4 киши шерикчиликда, яъни улардан пул олиб бир иш бошлагандим, кутилмаганда ишимиз ўхшамай, бонкрот бўлдим.

Кейин қўл телефонимга “Эрталаб соат 8:00 да маҳкамага бориб, 8000 миср фунтини тўлашим кераклигини, йўқса қамалишим ҳақида хабарнома келди. (Тушуниш учун ўша пайтда 8 минг$)

Шунчалик тушкунликка тушдимки, бир аҳволда уйга кирдим. Аёлим мени кўриб “нима бўлди” деди, мен индамай ётоғимга кириб, ерга ётдим.

Аёлим солиҳа , у менга ортиқча савол бермади, ҳар гал тушкунликка тушсам биламанки, аёлим ўша заҳоти таҳорат олиб, икки ракат намоз ўқиб узоқ-узоқ дуо қилади.

Шу ётишда шифтни бир нуқтасига термулдим, бир пайт турай десам орқам гўё ерга ёпишиб қолгандек оғирлашиб кетибман.

Турсам фажрга ярим соат қолибти. Эс хушимни йиғдимда, тахорат олиб икки ракат намозга киришдим. Саждада шунчалик қаттиқ, Аллоҳга ёлвориб йиғладимки, нафасим чиқмай қолиш даражасида эдим.

Бир пайт назаримда худди Аллоҳ ўз қўли билан елкамга туртиб “Бўлди Муҳаммад”, деган ишорани сездим. Тўхтаб қолдим, қалбим қандайдир осуда ва тинч бўлиб қолди.

Бомдотни ўқиб дуоларни қилиб кирдимла, ўрнимга ёнбошладим.

Кўзимни очсам пешинга азон чақиряпти…

Бошим қаттиқ оғриган, маҳкамага эса вақт ўтиб кетган.

Имом айтади: Ўрнида мен бўлсам нима қилардим. Турибла маҳкамага чопармидим, холатни тушунтириб, узр хол айтармидим..

Пешин азонини эшитиб, масжидга ошиқдим. Жамоа билан адо қилгач, дуолар қилдим, ҳаммадан кейин чиқиб оёқ кийимимни кияётсам, четроқда бир киши менга қараб турганини пайқадим. Атрофга қарасам ҳамма кетиб бўлган.

Менга қараб турибсизми? деб савол бердим.

Ҳаа, сизни кутиб турган эдим. Ёнимга келди, салом аликдан кейин:

“Мени танимасангиз ҳам керак, фалон йили сиз ва яна бошқалар билан ўртада тижорат бошлагандик, кейин бонкрот бўлдик, пулни қанчадир қисмини мен тўлашим керак бўлган. Холатимни билгач, сиз орадан чиқаверинг, ўзим ўрнингизга тўлайман, дегансиз.. Кейин мени ҳам ишларим яхши бўлиб кетти ва ҳозир ўша ҳақни 10.000 фунт олиб келдим (10 минг $)

Ҳайратдан қотиб қолдим!

Имомга айтилган бу воқеадан таъсирланмай иложи йўқ.

Агар сиз ва бизнинг бошимизга шундай синов келса нима қилардик.

Аввало телефон орқали таниш билишдан нажот ахтариб, маҳкамага тиши ўтувчиларни қидирармидик.

Ёки нажотни икки ракат намоз билан бошлаб, азон чақириғига лаббай дермидик?

Бир ҳақиқат бор!

Тижоратни Аллоҳ билан қилган инсон бой бўлмасликни иложи йўқ! Чунки у энг оғир вазиятда ҳам Ўзига юзланади. Ўзи учун атаган ҳақларни адо қилади…

Сизнинг тижоратингиз ким билан..?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Bugun Zahro uchun juda yaxshi kun! Sababi va nihoyat, bugun uni yaxshi joydan ishga taklif qilishdi. Oylik maoshi ham yaxshigina, eng asosiysi uyiga yaqin joyda joylashgan. "Allohim duolarimni qabul qilibdi. O'zingga shukr!" - Zahro shunday deya shoshilib uyidan chiqdi. Bugun suhbatdan o'tib olsa, bo'ldi! Hammasi iziga tushib ketadi. Hali Zahroning porloq, go'zal kunari oldinda. Shuncha yillik qilgan sabrlariga Allohning tayyorlab qo'ygan mukofotlari bisyor...
   Zahro yangi ochilgan xususiy shifoxonaga o'ng oyig'i bilan "Bismilloh..." Ni aytib, "Allohim xayrli qilsin!" Deya kirdi.
   - Zahro Olimova, xush kelibsiz. Oldin 5 ta ishlab bo'shagan ekansiz? Bunga sabab nima bo'lgan?
Shifoxona egasi va glavrachi Zebo Salimova Zahroning hujjatlariga, so'ng esa uning o'ziga sinovchan nigoh tashladi.
   - Har birining o'ziga xos sabablari bor. Bazi sharoitlari to'g'ri kelmay qoladi, o'rni, joyi, vaqti degandek...
   - Ha, mayli. Bizni klinikamiz yaqinda ochildi. Shuning uchun iloji boricha ish stajiga ega, tajribali hamshiralarni ishga qabul qilyapmiz. 6 yillik ish stajiga ega ekansiz. Tajribangiz ham, o'ylaymanki, yetarli...
Zebo Salimova Zahroga savol nazari bilan qaradi.
   - Ha, albatta. Shu yillar mobaynida ko'p narsalarni o'rgandim.
   - Juda yaxshi. Malakali hamshira bo'lganingiz uchun sizni sinov muddatisiz ishga olaman. Ishonamanki, sidqidildan, mas'uliyat bilan ishlaysiz.
   - Rahmat, Zebo Salimova. Ishonchingizni albatta oqlayman.
Zahro benohoya xursand bo'ldi. Mana, u kutgan kunlar kela boshladi. Oyni o'n beshi yorug', o'n beshi qorong'u deganlaridek, uning ham qorong'u, zulmat bosgan kunlari nihoyat yakunlanib, o'rnini porloq, quvonchlarga to'la kunlar egallashni boshladi.

4-QISM TUGADI

✍ Usmonaliyeva Munira
05.03.2024

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Eshik qo'ng'irog'i jiringladi.
- Kim bo'ldi ekan shu payti?
Zahro endi o'rnidan turmoqchi edi Rayhon qo'ymadi.
- Siz o'tiring opa. Men o'zim qarayman.
Rayhon epchillik bilan o'rnidan turib eshik tomon yo'naldi. Ostonada qo'lida guldasta tutgancha Shahboz turardi. Rayhon unga sinchkovlik bilan nazar tashladi.
- Sizga kim kerak edi?
- Zahroxon kerak edi, uydamidilar? Chaqirib berolmaysizmi?
- Xmm opam uydalar. Hozir bir daqiqa...
Rayhon ichkariga kirib Zahroga quvlik bilan qaradi.
- Siz ham o'zizga yetguncha pishiqsiz, a?!
- Bu nima deganiz? Kim kelibdi?
- Bilmadim. Tanimadim ham. Yoshgina, chiroyli bir yigit.
"Shahboz kelibdi!" - hayolidan o'tqazdi Zahro. "Tavba. U haqida o'ylashim bilan paydo bo'lib qoldi-ya..."
- Qaraysizmi? Bechora kutib qoldi.
Zahro o'rnidan turib Shahbozning oldiga chiqdi.
- Salom, Zahro yaxshimisiz? Haa... Mana bu gullar sizga.
- Gullarizni olmayman. Bu yerda nima qilyapsiz?
- Gaplashib olaylik, iltimos. Zahro men ko'p o'yladim, judayam ko'p. Shuni tushindimki, menga sizdan boshqasi kerakmas ekan.
- Biz ikkimiz boshqa-boshqa odamlarmiz. Tushuning, Shahboz men sizni tengiz emasman.
- Balki, men sizni tengizmasdurman. Nega o'zizga bunchalik past baho beryapsiz?
Zahro "Xayr. Salomat boling" deb eshikni yopib kirib ketmoqchi bo'lgandi hamki Shahboz eshikni ushlab bir itarib icbkariga kirib oldi.
- Yo'q, Zahro! Gaplashib olamiz.
- Nega meni qiynaysiz, o'z holimga qo'ymaysiz?! Nega azob berasiz? Nega tushunmaysiz, axir Shahboz?! Siz halibyoshsiz kelajagiz porloq , meni bo'lsa sizdan yoshim katta. Siz uylanmagan bo'ydoq yigitsiz, men bo'lsam er ko'rgan ayolman. Siz hali farzand nimaligini bilmaysiz, meni bo'lsa 8 yosharli o'g'lim bor. Sizni otangiz, onangiz, buvingiz bor, men esa g'irt yetimman! Bildingizmi?!
Zahroning ko'zlaridan bir tomchi achchiq yosh tirqirab chiqib ketdi. Shahboz Zahroning yosh to'la ko'zlariga boqdi.
- Kechiring, men sizni xafa qilmoqchimasdim. Zahro... Eshiting meni. Sizga bo'lgan tuyg'ularim rost. Siz uchun butun dunyoga qarshi chiqishga tayyorman. Ishoning.
- Keting... Iltimos... Shahboz, uyimdan chiqib keting!
Zahro devorga suyanganicha yum-yum yig'lar, Shahbozga qayrilib ham qaramas edi.
- Xo'p ketaman. Zahro faqat yig'lamang. Gapimni tugatib olay. Chiqib ketaman.
Shahboz gapini uchini topolmay ancha o'ylanib turdi.
- Biz bir-birimizga mosmasmiz dediz, kimni kimga mosligini faqat Alloh biladi. Biz notavon bandalar buni bilishdan ojizmiz! Meni yoshim sizdan kottaroq dediz, Agar bilsangiz yoshdagi tafovut hech narsani hal qilmaydi. Payg'ambarimiz sallollohi alayhi vasallamning ham 1-ayollari Hadicha onamiz payg'ambarimizdan 20 yosh kotta bo'lganlar! Siz uylanmagan bo'ydoqsiz dediz, Payg'ambarimiz ham 25 yoshlik bo'ydoq yigit bo'lganlar, Hadicha onamiz esa, payg'ambarimizgacha 2 marta erdan chiqqanlar. Lekin bu narsalar ularni o'rtasidagi muhabbatga zarracha ham tasir o'tqazmagan. Har qanday vaziyatda ham yaxshi kunda ham yomon kunda ham doim birga bo'lishgan.
Shahbozning gaplari shunchalik samimiy ediki, hatto o'zi gapiray turib yuragi qalqib-qalqib ketayotganini his qilib turaridi.
- Siz menga bir bor imkon bering Zahro. Sizni baxtli qilish uchun qo'limdan kelgan hamma ishni qilaman. Baxtimiz uchun qo'lni qo'lga berib birgalikda kurashaylik...
Zahro indamadi. Yig'laganicha devorga suyanib turaverdi. Shahboz nima qilarini bilmay ancha vaqt serrayib turib qoldi. So'ng o'ziga keldi.
- Kechiring, kech bo'lganda bezovta qildim... Uzr...
Shahboz qo'lidagi gullarni avaylabgina stol ustiga qo'ydida, eshikni ochib uydan chiqib ketdi.
* * *
Abdulloh maktabdan juda g'amgin bo'lib qaytdi. Onasiga bir og'iz ham gapirmadi. Ovqatlanmadi ham, o'ynamadi ham. "Nima bo'ldi ekan? Bolamni oldin hech bunaqa holatda ko'rmagan edim"- ko'nglidan o'tqazdi Zahro.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

So'qmoqlar

4 - QISM

Zahro bir nechta shifoxonaga ish so'rab bordi. Hamshiralar yetarli bo'lgani uchun uni ishga qabul qilishmadi. Havo sovuq. Kundan kunga yashash og'irlashib borar edi. Uyda biron bir yegulik qolmadi. Oy ham oxirlab qoldi. Hali ijara pulini to'lashi kerak! Ayol kishi yolg'iz boshi bilan kun o'tqazishi qiyin ekan. Nima bo'lganda ham yoningda tog'dek suyanchig'ing bo'lgani yaxshi ekan. Kasal bo'lsang og'zinga bir piyola suv tutadigan, xafa bo'lib yig'lasang ko'z yoshlaringni artadigan yoring bo'lsin ekan. Kech bo'lishi bilan Zahroning yuragida og'riq turadi. U tunni yomon ko'radi. Chunki faqat tun unga yolg'izligini bildirar, kechalari bilan uxlay olmas, zo'rg'a tong ottirardi. Mana necha yildirki har kuni shu ahvol. Har kuni shu azob!
Zahro o'ylab-o'ylab bir qarorga keldi: onasidan qolgan tilla ziraklari, ishlab yiqqan puliga olgan tilla zanjiri va nikoh uzugi ( Uning bor bisoti shu! ) - shularni bugun borib sotib kelmoqchi. "Ish topgunimcha shularni puliga kun ko'rib tursakmi? Baribir bularni qayerga ham taqib borardim. Bolam och, yupun o'tirsa, ko'zimga shu tillalar ko'rinarmidi?! Bugunoq bularni sotib kelmasam bo'lmaydi. Uyda ham hech narsa qolmadi".
Zahro tillalarini o'zi mo'ljallaganidan ancha past narxga sotib keldi. Hozir ko'pchilik pulga muhtoj bo'lib turgan payt. Bobo-buvilarmiz shunaqa kunlar kelsa: "Ichak uzildi kunlar keldi..." - derdilar. Shuni bilagan tillafurushlar noinsoflik bilan odamlar qiyinchilikdan, majburlikdan sotmoqchi bo'lgan tilla buyumlarini iloj qadar yerga urib, narxini pastlatmoqchi bo'lishar edi. Zahroda ham xuddi shunday bo'ldi. 4-5 ta tillafurushga taqinchoqlarini ko'rsatdi. Hammasi o'z ko'nglicha ularni yerga urdi: "Hozir bunaqa tillalar urfda emas", "Grami kamroq ekan", "Ancha eskirib qolibdi-ku" shunga o'xshash ming xil gaplar. Zahro qo'lidagi pullarga qarab qoldi: "Ha, mayli. Har qalay sotildi-ku! Kam bo'lsa ham Allohim barakasini bersa hech gap emas. Endi tezroq ish topishim kerak. Allohim! O'zing menga yordam ber! O'zingga oson-ku! Meni va farzandimni rizqini keng qil..."
* * *
- Opa, hali ham ish topolganiz yo'qmi?
- Yo'q. Topilmayapti. Bahordan chaqiramiz deyishdi. Bahorgacha hali 2 oy bor-ku! Tillalarimni sotib keldim. Endi nima qilarkinman deb o'tiribman.
Rayhon Zahroga achinib qaradi. Zahroning ko'zlari uyqusizlikdan qizarib ketibdi. Yuzi ham so'lg'in. Ko'p siqilganidan barmoqlari qaltiraydigan bo'lib qolibdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

   - Haaa... Nargiza xola astoydil jilmaydi.
   - Men yosh qizmikin debman.
   Mana shu suhbatdan so'ng Shahboz Zahroni 3-4 joyda ko'rdi. Har ko'rganida yuragi allanechuk tez urar, nafas olishi ham tezlashar, o'zidan o'zi g'alati bo'lib ketaverar edi. Keyin-keyin Zahro butkul hayolini egallab oldi. Uni sog'inar. O'qishdan chiqib Zahroni ko'rgani shifoxonaga borib kelib turardi. Gullar, har xil maktublar, sovg'alar jo'nata boshladi... Zahroni o'sha kecha... Ha, o'sha qora kechada jonidan ortiq sevishini tushundi. Endi bu qizdan aslo kechib bo'lmaydi.
                     *  *  *

Ertalabdan yomg'ir maydalab yog'ar, hammayoqni o'zgacha orom bag'ishlovchi osudalik qopladi. Yomg'ir tomchilari yerni ho'l qilar, atrofdan yoqimli hid taralar edi. Shahboz deraza oldida qahva ichib yomg'ir yog'ishini tomosha qilib turardi. "Qani endi hozir yonimda Zahro bo'lsa..." - yuragidan o'tqazdi Shahboz. Nargiza xola o'g'lini yana parishon holda ko'rib dili g'ashlandi. Necha kundan beri kuzatadi o'g'li qandaydur g'alati bo'lib qolgan. Kam gapiradi, kam kuladi. Boshiga og'ir ish tushdimikin? Yo u-bu kim bilan yoqalashib qoldimikin? Yoki... Kimgadir ko'ngil qo'ydimikin? Boshini ikkita qilib qo'yish vaqti ham keldi, uylantirib qo'ysamikin?!...
   - O'g'lim, Shahboz
   - Labbay, oyijon.
   - Dugonamni bilasana Saodat xolang borku? Esladingmi?
   - Ha bilaman, oyi.
   - Shuni qizi degin - Zulayho! Biram chiroyli qiz bo'libdi. Oy desang oydek, kun desang kundek. Aqlli, esli hushli, qo'l oyog'i chaqqongina. Bir oy oldin ko'rishgandilaringku esingdami?
   - Ha, Zulayho yaxshi qiz.
Nargiza xola o'g'lining gapidan suyunib ketdi. "Demak Zulayhoga befarqmas. Ko'ngli borga o'xshaydi". Bilmaydiki o'g'lining qalbini Zulayho emas, boshqa bir go'zal - Zahro egallagan. Mana hozir ham Shahboz Zahroni qumsab, uni ko'rgisi kelib derazaga tikilganicha hayol surib turibdi.
   - Sovchilar tinmay kelayotganmish. Saodat xolang qizimni bu yil uzatsam kerak deb qoldi.
   - Yaxshi-da oyi. Baxtli bo'lsin.
   - Bu nima deganing? Shu qizni senga olib bersam degamdim, o'g'lim.
Shahboz onasiga norozi qiyofada qaradi.
   - Oyijon, qo'ysangizchi. To'g'ri Zulayho juda yaxshi qiz. Men uni o'z singlim qatori ko'raman. Tushuning men unga ko'ngil qo'yolmayman.
Nargiza xolaning umidlari puchga chiqdi. U doim o'g'lini Zulayho bilan tasavvur qilar edi. Bo'ldi, tamom. U o'g'lining fe'lini juda yaxshi biladi. Shahboz bir so'zli, cho'rtkesar yigit. Gapirdimi gapirgan gapida oxirigacha turadi. Va'da berdimi, albatta bajaradi. Shu kungacha biron marta ham lafzidan qaytganmas. Zulayhoga uylanmayman dedimi? Demak Nargiza xolaning barcha urunishlari befoydi. Baribir o'g'lini unga uylantirolmaydi. Nargiza xola hafsalasi pir bo'lib xonadan chiqib ketdi. Shahboz homush tortdi. Yuragi yana siqilishni boshladi. "Onam Zahroni qabul qilishi qiyinga o'xshaydi. Mayli Allohga tavakkal. Ko'ngil Allohning mulki-ku axir?! Unga buyruq berib bo'ladimi? Allohim qalbimga Zahroning ishqini soldi. Endi ortga qaytish yo'q!"

3-QISM TUGADI

✍Usmonaliyeva Munira
02.03.2024

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🌸🕊️:
So'qmoqlar

3-QISM

   Sud uzoqqa cho'zilmadi. Erining bir masuma ayolga tuzoq qo'yganini va undan hayvoniy nafsini qondirmoqchi bo'lganini bilgan Lobar opa sudga bergan shikoyat arizasini qaytarib oldi. "Nega endi qilig'ilikni meni erim qiladi-yu, jabrini bir beva ayol tortishi kerak. Axir unda ayb yo'q-ku. O'zini sha'nini, nomusini himoya qilmoqchi bo'lgan-da! Men ham uning o'rnida bo'lganimda shunday qilardim-ku. Mayli! Bu Allohimning erimga bergan jazosi. Zinokorga berilgan oliy jazo bu! Men Allohning taqdiridan, adolatidan mingdan ming roziman" - Lobar opa shularni qalbidan o'tqazdi. Joynamoz ustida yig'laganicha Allohdan erining gunohini kechirishini, sog'ayib ketishini so'radi. Ming yomon bo'lsa ham, hiyonatkor bo'lsa ham "Shu bollarimning otasi-ku" deya uning haqqiga kechalari uxlamasdan duo qildi.
   Ayol qalbi juda nozik bo'ladi. Toshdek qotib ketgan bo'lsa ham, ozgina mehr-muhabbat iliqligidan mumdek erib ketishga qodir. Ayol qalbi shunday yaralganki, uni million-million bo'laklarga bo'lib, parchalab tashlashsa ham, Allohning qudrati bilan, o'sha qalbga alohida tortiq qilgan mo'jizasi bilan yana qayta bus-butun holiga tiklana oladi. Xuddi-ki, afsonalarda Qaqnus qushi yonib kulga aylanib, kulidan yana qayta paydo bo'lganidek... Faqat bunga vaqt kerak, Allohga tavakkul, matonat kerak...
   Endi Lobar opa ham to'shakka mixlanib qolgan eriga g'amxo'rlik qilishga majbur! Ha, majbur! Shuncha yil bir yostiqqa bosh qo'ygan umr yo'ldoshini tashlab ketolmaydi. Bunga ko'zi qiymaydi.
   Zahrodan barcha ayblar olib tashlandi. Hech qanday jazo berishmadi. Jarima ham to'lamadi. Lobar opa bu qizda hech qanday shikoyatim ham, talabim ham yo'q dedi. Zahro Suddan chiqib to'g'ri melisaxonaga bordi. Uning maqsadi Shahboz bilan ko'rishib unga o'zining minnatdorchiligini bildirib qo'ymoqchi edi.
   - Kechirasiz...
   - Assalamu alaykum, xizmat opa?
   - Menga Shahboz Islomov kerak edi. Uni qamab qo'yishgan deb eshitgan edim.

- Haa bir necha kun shu yerda bo'ldi. Jinoyat qidiruv bo'limiga yolg'on ko'rsatma bergani uchun jarimaga tortildi.Jarima to'lagach ozod qilindi. Bir haftacha bo'lib qoldi.
   - Mobodo menga shu yigitni manzilini topib berolmaysizmi? U meni himoya qilaman deb shu ko'yga tushdi. Minnatdorchilik bildirmoqchi edim.
   - Mayli topib beraman. Siz, opa o'tirib turing. Men hozir...
Qabulxona navbatchisi Zahroga bir parcha qog'ozni tutqazdi. Unda Shahbozning uy manzili yozilgan edi.
                    *  *  *
Zahro o'zining uyidan unchalik ham uzoq bo'lmagan, nihoyatda obod mahallaga kirdi. Ko'chada bolalar qiy-chuv qilib o'ynashar, har yer-har yerda qo'shni xotinlar bir narsalarni gurunglashish bilan ovora edilar. Zahro ularning oldidan o'tib ketar ekan qo'shni xotinlar bir-birlariga ma'noli qarab olishdi. Mahallasidan o'tayotgan bu notanish, uning ustiga juda ko'zga yaqin, chiroylikkina bir qizning hali u uyni nomeriga, hali bu uyni nomeriga qarab o'tib ketayotgani bu yerning g'iybatchi xotinlariga yaxshigina mavzu bo'ldi. Zahro nihoyat Shahbozning uyini topdi. Uy o'rtacha kattalikda, juda hashamdor ham emas, oddiygina lekin, fayzli ko'rinardi. Zahro eshik qo'ng'irog'ini bosdi. Ichkaridan "Labbay, kim u?" Degan yoshgina qizning ovozi eshitildi.
   - Assalamu alaykum, kechirasiz taniyolmadim. Kim kerak edi sizga?
   - Va alaykum assalom. Shahbozbekning uylari shumi?
Qiz Zahroga boshdan oyoq bir nazar tashlab oldi. "Shu" degandek boshini qimirlatib qo'ydi.
   - Siz kimlari bo'lasiz?
   - Singillariman. Ismim Aziza.
   - Ha, yaxshi. Meniki Zahro. Akangiz uydamilar? Chaqirib berolmaysizmi?
   - Uydalar. Hozir chaqirib chiqaman.
Darvoza eshigi ochilib uy ichkarisidan chamasi 23-24 yoshlar oralig'idagi yosh, chiroylikkina yigitcha chiqib keldi. Zahro hayratdan qotib qoldi! "Voy! Juda yosh ekan-ku! Menimcha odamgarchilik yuzasidan menga yordam bergan. Gul jo'natayotgan odam boshqa bo'lsa kerak"- ichida o'yladi Zahro.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Mark Tven yoshligida bo‘lib o‘tgan voqeani shunday hikoya qiladi: “Yoshligimda juda kambag‘al edik. Men juda nimjon va kuchsiz edim. Ustozimiz tozalikka qattiq e’tibor berar edi. Kim siyohdonidan siyoh to‘kib qo‘ysa, unga ikki jazodan birini qo‘llar edi. Biri urish bo‘lsa, ikkinchisi bir dollar jarima edi. Men siyohdonni juda ehtiyot qilar edim. Chunki otam qo‘li kalta bo‘lgani sababli oshiqcha dollar bera olmaganidek, men ham ustoz kaltagiga dosh bera olmas edim. Lekin men qo‘rqqan narsa sodir bo‘ldi. Siyoh partaga to‘kilib ketdi. Ustoz menga o‘qrayib qaradi. Ertaga meni nima kutib turganini bildirib boshim bilan ustozga ishora qildim. Kechqurun otamga bo‘lgan voqeani aytib berdim. Otamning ko‘ngli yumshab ketdi va ustoz kaltagidan qutilib qolish uchun bir dollar berdi. Ertasiga dollarni berishga ko‘zim qiymay, ustoz kaltagiga bir amallab chidadim. Peshona terim bilan ishlab topgan birinchi dollarimga shu tarzda erishganman”.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

"Kim ekan u?! Bir begona uchun nega bunchalik kuyunyapti? Nahotki, meni deb yosh, begunoh yigit qamalib ketsa. Axir bu kecha men yordam so'rab chaqirgan yigit-ku! Yordam beraman deb boshi baloga qoldi-ya! Lekin bir-birimizga begona bo'lsak, nega bunday qildiykin? Yoki... Yoki... Menga gullar jo'natayotgan o'shamikin? Kecha unga umuman e'tibor bermabman ham, nahotki o'sha bo'lsa?!"
Zahro ikkala kafti bilan yuzini to'sib qattiq yig'lab yubordi.
- Opa, nega yig'layapsiz?
- Nega yig'lamayin, Rayhon?! Endi nima qilaman?! Meni deb bir bechorani boshi baloga qoldi.
Rayhon Zahroning yoniga o'tirdi. Yuzlaridan, sochlaridan siladi. Zahro uning bo'ynidan qattiq quchib oldi.
- Yig'lamang opajon. Hali hammasi yaxshi bo'ladi. Duo qilaylik. Allohimni O'ziga oson.
Zahro Rayhonni quchoqlaganicha uzoq yig'ladi.
- Mayli opa endi men ketishim kerak. Ayam havotir oladilar.
Zahro uni eshikka kuzatib qo'yib, yana qayta joyiga o'tirdi. Bu notanish yigitga nisbatan qalbida mehr uyg'ondi. Qo'llarini duoga ochib pichirlab duo qildi: "Allohim, uni O'zing panohingda asra. Mard yigit ekan. Yosh joni zavolda qolmasin. Tan-u jonini sog' qil. Yana diydor ko'rishishni nasib et..."
* * *
- Shahboz Islomov, shundaymi?
- Xuddi shunday.
- Xo'sh, bir boshidan gapirib beringchi. Voqea o'zi qanday sodir bo'ldi?
- Meni kecha boshim qattiq og'ridi. Shifoxonaga ko'ringani chiqqan edim.
Tergovchi barmog'i bilan stolga 3 martta chertdi.
- Xo'sh, keyinchi?
- Keyin yuqori qavatdan g'alati ovozlarni eshitdim. Ayol kishining baqirgani eshitildi. Yugurib 2-qavatga chiqdim. Bosh vrachning eshigiga stol tirab qo'yilgan ekan. Uni olib tashlab eshikni ochdim.
- Xo'p, keyin...?
- Keyin ichkarida o'sha doktor bir ayolga shilqimlik qilayotgan ekan. Ayolni undan ajratib tashqariga chiqarib yubordim. So'ng jahl ustida avval choynak bilan, keyin shisha grafin bilan urdim. Zudlik bilan shifokor chaqirtirdim.
- Shahboz, sizni bunday hatti harakat qilishga nima majbur qildi? Ya'ni aytmoqchimanki, ayolni chiqarib yuboribsiz, nega o'sha joyda to'xtab qo'ya qolmadiz? Boshiga urishizga aynan nima sabab bo'ldi?
- Bilasizmi o'rtoq tergovchi, biz musulmonmiz, avvalosi, erkakmiz. O'zini erkakman deb yurgan bir shahvatparast hayvon, pokiza bir ayolga tuzoq qo'yib, uni zo'rlamoqchi bo'lgani, ochig'i qonimni qaynatib yubordi.
Shahboz gapdan biroz to'xtab tin oldi-da, so'ng yana davom etdi.
- Men bunaqa qabih kimsani shunday qo'yib qo'yolmasdim. Agar o'sha ayolni o'rnida sizning opangiz, singlingizmi yo qizingiz bo'lsa, nima qilardingiz? Balki qonun oldida aybdordirman, lekin vijdonim oldida zarracha aybim yo'q. Men har bir hamiyatli erkak qilishi kerak bo'lgan ishni qildim.
Tergovchi Shahbozga qarab turar, bamoqlarini stol ustiga bir-bir chertib qo'yar, chamasi shu holatda hayollari allaqayoqlarda daydib yurgandek, miyasidagi to'zg'igan fikrlarini bir joyga yig'ishga urinayotgandek ko'rinar edi.
- O'rtoq tergovchi, meni nima qilasizlar, qamaysizlarmi?
Tergovchi sekin, lekin dona-dona qilib javob berdi.
- Operatsiya natijalariga qaraymiz. Shunga qarab hukm chiqariladi. Lekin ungacha shu yerda qolishizga to'g'ri keladi.
* * *
Zahro kuni bo'yi o'sha sirli yigitni o'yladi. Namoz o'qib haqqiga duo qildi. "Hatto yuzini ham eslolmayapman. O'sha kecha o'z dardim bilan bo'lib, e'tibor berib qaramabman ham..." Eshik qo'ng'irog'i jiringladi. "Abdulloh keldi!" - o'yladi Zahro. Borib eshikni ochdi.
- Siz Zahro Olimovamisiz?
Zahroning yuzi dokadek oqarib ketdi. Sahroda chanqab tamshanib qolgan odamdek, lablarini qimtib bazo'r gapirdi:
- Haa, men...
- Biz Jinoyat qidiruv bo'limidanmiz. Biz bilan ketishizga to'g'ri keladi. Sizni ustizdan jinoyi ish ochilgan.
- Qanday?
- Aziz Nosirov ishi bo'yicha. Sizni so'roq qilishimiz kerak. Qarshilik ko'rsatsangiz o'zingizga zarar bo'ladi.
- Xo'p. Faqat... Hozir o'g'limni maktabdan keladigan payti bo'lib qoldi. Hali kichkina. Qo'shnimizga xabar berib chiqay.
- Mayli, faqat tezroq.
* * *

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

So'qmoqlar

2-QISM

Abdullohni maktabga ketganiga ham 2 soatdan oshdi. Zahro hamon joyidan qimir etmay o'tirar, ko'zlari bir nuqtaga tikilganicha o'y o'ylardi: "Mana 4 yildirki o'zimni aravamni o'zim tortib kelaman. Hali u shifoxonada, hali bu shifoxonada sarsonman. Shu vaqtgacha 5 ta joyda ishlabmanu hech narsa orttirolganim yo'q..." Birdan eshik qo'ng'irog'i jiringladi. Zahro o'rnidan turib eshikni ochdi. Ochdi-yu hayratdanmi yo quvonib ketganidanmi ko'zlari porlab ketti.
- Rayhon?!
- Surpriz!
- Bu yerda yashashimni qayerdan bildiz? Ochig'i, sizni ko'rib juda xursand bo'ldim.
- Assalamu alaykum opajon.
- Va alaykum assalom.
Rayhon ajoyib bir quvlik bilan ko'zini qisdi.
- Mana buni eshigiz tagidan topvoldim. Sizga shekilli...
Uning qo'llarida bejirim savatchaga chiroyli qilib terilgan oq-pushti gullardan iborat buket turar edi.
- Ostonada turmay ichkariga kiring, asalim.
Guldastada oq varoqcha bor edi. Zahro uni olib o'qidi.Yuragi allaqanday tez-tez urib ketdi... "Zahro, sizni yaxshi ko'raman"
- Bugun ayam aytib qoldilar,- gap boshladi Rayhon, - Zahro opangdan bir xabar olib qo'ysang bo'lardi. Kecha tushimga kiribdi, deydilar. Qiynalib qolmadimikin, bilib kel deb jo'natdilar. Sizga ko'pdan ko'p duo-i salomlar yo'lladilar.
- Rahmat, salomat bo'lishsin. Xolam ajoyiblar-da!
- Nima bo'ldi? Ko'zlariz qizarib ketibdi, tinchlikmi?
- Haa, tinchlik go'zalim. Kecha yaxshi uxlamadim, balki shungadir.
- Yig'laganga o'xshaysiz. Ovoziz ham g'alati...
- Qo'yavering meni. O'zizdan gapiring bugun maktab edi shekilligu nega bormadiz?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Men odam o'ldirib qo'ydim. Men qotilman. U meni...
Zahro baqirib yig'lab yubordi. Yigit hammasini tushundi. Doktorni bilagiga qo'lini qo'ydi.
- U hali tirik. Siz qo'rqmang. Men o'zim buni hal qilaman. Yuring tashqariga chiqaylik.
Yigit Zahroni mehribonlik bilan tashqariga olib chiqdi. Zahroni ko'zi dugonasi Nilufarga tushdi. U skameykada bamaylihotir telefon titib o'tirar edi.
- Nilufar! Qayerda eding?! Men senga eshik ortida tur degandimku! Nega yo'q bo'lib qolding?!
- Erim tel qilib qoldi, Zahro. Tashqariga chaqirdi. Bugun safarga ketadi, bilasan shunga men bilan xayrlashgani kelgan ekan. Nima bo'ldi rangingda rang yo'q? Tuzukmisan?
- Bu ertagingni boshqasiga aytasan. Sen meni sotding. Sotqinsan!
Zahro yosh to'la ko'zlarini artdi. Tez-tez yurib kasalxona darvozasi tomon chiqib ketti. Qancha yurdi bilmaydi. Lekin ko'nglida go'yo bir vulqon otildi. Ishonchi sindi. Yuzini yuvgan yoshlari ko'zidan emas, qalbidan, sof beg'ubor yuragidan to'kilayotgandek...
Yo'lini mashina to'sdi. Ichidan boyagi yigit tushdi.
- Hammasini hal qildim. Unga shifokor chaqirdim. Shunchaki xushidan ketibdi. Yuzini bazi joylari kuyibdi. Bir ikki kunda o'ziga kelsa kerak.
Zahro bu notanish yigitga allaqandan iliqliq bilan qaradi. Xasta ovozda "Rahmat" dedi.
- Yuring uyingizgacha olib borib qo'yaman. Vaqt ham allamahal bo'ldi. Qorong'uda bir o'zingiz yurishiz yaxshi emas.
Zahro "O'zim ketaman" deyishiga qaramay, yigit uni mashinaga chiqardi. Zahro orqa o'rindiqda boshini derazaga qo'yganicha yig'lab borardi. Yigit onda-sonda unga qarab qo'yar, lekin bir og'iz ham gapirmasdi.
Ha! Bu o'sha yigit. Zahroni ko'rgan on yaxshi ko'rib qolgan. Oylab uni kuzatgan. Kunda, kunora sovg'a-yu gullar jo'natgan... Zahroni qattiq qizg'onganidan u tungi smenada paytida poyloqchiliq qilgani kelar edi. Zahroga ko'z quloq bo'lish uchun albatta. Bugun ham Zahroni smendaligini bilardi. Shu uchun kasalxonaga undan xabardor bo'lib turish uchun kelgan edi. Lekin hozir Zahro bu yigitning kimligi haqida o'ylaydigan ahvolda emas. Nomusi va dugonasining qilgan ishini o'ylar. O'ylagani sayin tirqirab ko'zlaridan yosh chiqar, dilidagi og'rig'i hech bosilmasdi.
- Mana uyizgayam yetib keldik. Yig'lamang iltimos. Hammasi yaxshilikka. Bu ham bir Allohning sinovida.
- Katta rahmat sizga. Sizdan Alloh rozi bo'lsin.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Iflos! - dedi Zahro. Ich ichidan chuqur xo'rsindi. " Nahotki, odamlar shu darajada tubanlashib ketgan. Men Nilufarni dugonam degandim. Unga ishongandim. Dushmanni ishini qildi. O'z dugonasini sotdi-yaa! Eng yaqinim deganim, aslida qo'ynimda saqlagan ilon ekan. Suvilon!"

KECHAGI KUN

- Abdulloh o'glim! Bugun ishdan kech qaytaman. Yarim smenam bor. Uzog'i 10. 11 larda kelaman. Ungacha qo'shni xolangnikida o'tirib turasan xo'pmi? Men tayinlab qo'ydim. Hali xolangni o'zi chiqib seni olib kirib ketadi.
- Xo'p oyijon. Havotir olmang. Aytganingizni qilaman.
Zahroning ko'zlari quvonchdan porladi. Mana o'g'li ham 8 yosh bo'ldi. Kotta yigit bo'lib qoldi. Onasining himoyachisi, suyanchig'i bo'ladi, Xudo xohlasa.
* * *
- Voy boo! Sirli oshig'imizdan Zahroxonimga yana gullar kelibdi-ku, a?!
Nilufarning sho'x ovozi Zahroni ishidan boshini ko'tarishiga majbur qildi.
- Juda chiroyli gullar ekan, Zahro! Oooh! Buni hidini qara. Kim jo'natyapti, bila oldingmi?
Zahro boshini "Yo'q" ma'nosida chayqadi. Nilufar guldastani tomosha qilayotib, pushtirang qog'ozchaga ko'zi tushdi
- Voy! Zahro, qara xatiyam borakan.
"Hech xat qoldirmasdi-ku" - o'yladi Zahro. Keyin beparvogina qilib:
- Bo'lsa bordir. Men ko'rganim yo'q, dedi.
- Qani o'qiylikchi...
Nilufar 4 buklangan maktubni ochdi. Ovozini chiqarib o'qidi:
- "Zahroxon, sizni ilk bor ko'rgan kunimdan buyon halovatim yo'q" Uhh!
Nilufar shu qadar ajoyib ovozda qah-qah urib kuldiki, Zahro o'zidan o'zi hijolat bo'lib ketti. Ikki yanog'i lovullab yonayotgan cho'g'dek qizardi.
- Pochchamiz rosa romantik ekanmi, Zahro?!
Zahro yuzini o'girdi
- Eeee...
- Ha nima, yoqmaydimi?
- Qo'ysangchi Nilufar. Men senga 18 yasharli qizchamidim yigit kishi "Sevaman" "Oromim yo'q" desa, 7-osmonga uchadigan. 29 yoshdaman. Oila ko'rgan ayolman. Kap-katta o'g'lim bor.
- Mana shunaqa noz qilaversang, toq o'tib ketasan. Qachongacha qiynalib yashamoqchisan? O'zingga yana bir imkon ber. Sen umringni bag'ishlaganlaring seni qadrlashdimi? Yo'q! Boshingga itni kunini solishmadimi?
"Nilufar haq. - o'yladi Zahro, qachongacha yolg'izlikda umrimni o'tqazaman. Qachongacha kechalari yostiqni quchoqab yig'layman. Mening ham baxtli bo'lishga haqqim bor! Bu yigit anchadan beri menga turli sovg'alar, gullar jo'natadi. Goh ishxonaga, goh eshigimni tagiga... Lekin o'zini hech ko'rsatmaydi, kimligini bildirmaydi. Men uni hatto ismini ham bilmayman. U esa men haqimda juda ko'p narsalarni bilarkan. Ochig'i hozir shu tobda uni judayam ko'rgim kelyapti..."
- Nimaga kulyapsan, Zahro?
- Aa?! Qachon kulibman?
- Mana, hozirgina tirjayding-ku. Ayt! Nimani o'ylading?
- Hech narsani o'ylamadim. Qo'y shu gaplarni kel ishimizni qilaylik. Seni qancha bemorlaring qoldi?
- 4 tasiga sistem ulab chiqdim. 8- va 9-palatadegi kasallarga antibyotik qilib chiqishim kerak soat 10 larda.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ТУЙҒУ

   Шайх Али Тантовий раҳимаҳуллоҳ айтадилар:
"Қизимни озроқ ловия ва гуручни бир мис патнисга солиб устига бақлажон, бодринг ва бир-иккита ўрик ташлаб чиқиб кетаётганини кўрдим. Ундан:
- Кимга элтаяпсан?- деб сўрадим.
У:
- Қоровулга, бувим айтдилар, деди.
Мен:
- Буёққа кел, дедим. Қизим келди. Унга:
- Бир-иккита ликопча олиб кел. Ҳар бир таомни алоҳида ликобчага сол. Патнисни тартибга сол. Бир қадаҳда сув, қошиқ ва санчқи қўй, дедим.
  У айтганимдай қилиб патнисни қоровулга бериб келди. Қайтишда менинг олдимга келиб сўради:
- Нега менга ундай қилишни буюрдингиз?
Мен дедим:
- Чунки таом бериш мол билан садақа қилишдир. Тартиб эса эҳтиром туйғуси билан садақа қилишдир. Биринчиси қоринни тўлдирса, иккинчиси қалбни тўлдиради.
  Биринчисидан қоровул ўзини биздан ортган таомга муҳтож тиланчидай ҳис қилади. Иккинчисидан эса ўзини яқин дўст, азиз меҳмонимиздек ҳис қилади. Шу иккинчиси Аллоҳнинг наздида ҳам, фақирнинг наздида ҳам буюкроғидир.
  Шунинг учун яхшилигингизни олийжаноблик ва муҳаббатга ўранг, сарфлаш ва хорлашга эмас.

Абдулқодир Полвонов

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

✅ Талабаларга жой берайлик!

🔥Бир-икки кун ичида шаҳарларимиз жой излаб юрган талаба ёшларга тўлиб тошади.

🙋‍♂️ Шуларни битта-иккита қилиб уйларимизга олиб кетайлик ва олдига бир коса егулик қўяйлик. Улар икки-уч кун бағримизда бўлишсин ва доимий жойларини топиб олишсин. Зеро миллат бир-бирини қўллаб-қувватлаб кўтарилади!

❓Ўзингчи, дерсиз?.. Ҳозирча иккита квартирани тайёрлаб қўйдим, яна ҳаракатдаман. Биринчи навбатда қизларга берилади. Нега? Чунки йигитлар кўча ўриндиқларида ётиб кетаверишса ҳам айб эмас. Қизларни эса ҳимоялаш зарур. Раҳмат!

Аброр Зоҳидов
@az_sss Инстаграм

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Yo hayotlariga yomon tasir o'tkazdimi? Yo'q. Buni hech qanday ahamiyati yo'q, onajon! Asosiysi bu emas. Alloh bandasiga qanday xohlasa shunday baxt beradi. Menga Xudoyim Zahrodan baxt bermoqchi. Boshqasidan emas! Qalbimga uning ishqini soldi. Uylansam faqat Zahroga uylanaman. Bo'lmasam toq o'taman...
Shahbozning gaplari Nargiza xolani ham o'ylantirib qo'ydi. Boyagi hovuri ancha pasaydi. Biror maslahat solasizmi degan ma'noda qaynonasiga qaradi.
- Shahboz, bolam...
- Labbay, buvijon.
- Senga 3 ta 4 ta savollarim bor. Agar shu savollarimga qoniqarli javob bersam. Roziman o'sha qizni o'zim senga olib beraman. Uni bajonidil oilamizga qabul qilamiz.
Shahboz suyunib ketti. Ko'zlarida umid uchqunlari yondi.
- Xohlagan savolizni beravering,buvijon. Aqlim yetganicha javob berishga harakat qilaman.
- Xo'p. Birinchi savolim. O'sha Zahroni senga aynan nimasi yoqadi? Qosh ko'zimi? Chiroyimi?
- Buvijon, u qiz haqiqatda chiroyli lekin chiroy o'tkinchi narsa. Men uning chiroyiga oshiq bo'lganim yo'q, balki qalbini sevdim. Uning qalbi go'zal. Taqvosini sevdim. Allohga chin qalbi bilan bog'langan. Odobini sevdim...
- Yaxshi. Aytchi unga uylangach har xil gap so'zlar bo'ladi albatta, do'stlaring ustingdan kulishi mumkin? Ko'cha ko'yda ko'rganlar gap-so'z, tanalar qilishi mumkin. Sen shularga chiday olasanmi? Shunga ko'zing yetadimi?
- Albatta. Men hammasini obdon o'yladim. Agar do'stlarim ustimdan kulishsa, qarorimni behurmat qilishsa men bunday do'stlarda kechib qo'ya qolaman. Odamlarni gap so'zlariga esa tupurdim. Men odamlar uchunmas, avvalosi, Alloh uchun yashayman.
- Xo'p. Yillar o'tib er-xotin o'rtasida har xil gap o'tadi. Sovuqchiliklar tushib qolishi mumkin, og'lim. Shunaqa vaziyatda Zahroni o'tmishini, oldin er ko'rganini yuziga solib uni xafa qilmaysanmi? Agar bilsang ayollar mana shu narsadan juda qo'rqishadi.
- Yo'q, sizga vada berib aytaman, aslo yuziga solmayman.
- Bitta o'g'li bor ekan. Kelajakda o'zinglarni farzandinglar tug'ilsa, u ko'ngli yarim yetim bolani ayirib qo'ymaysanmi?
- Yo'q. O'z farzandim deyman uni.
Shahbozning buvisi juda dono ayol edi. Nevarasining oqilona javoblari uni barcha havotirlarga barham berdi. Ko'ridan yosh oqdi. Qo'llarini duoga ochdi
- Barakalla o'g'lim. Alloh sendan rozi bo'lsin. Bir ko'ngilni shod etmoqni niyat qilibsan seni Tangri yorlaqasin. Tanlagan ayoling bilan baxtli bo'lgin. Ser davlat, ser farzand bo'linglar. Men oq fotiha beryapman senga. Ilohim yuzing yorug' bo'lsin. Zahroxon ham uyimizga kelin emas, qiz bo'lib kelsin. Amiyn Ajmaiyn. Allohi Akbar.
Shahboz juda xursand bo'ldi. Uyidagilarni uni tushunishganidan mamnun edi. Hammasi yaxshi bo'lyapti. Endi Sovchilikka borib to'y kunini belgilan kelishsa bas.
- Buvijon, sovchilikka qachon borasizlar?
- Oying bilan maslahatlashaylik. Shu hafta oxirlariga insha'Allah.
* * *

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

So'qmoqlar

5-qism

Mana Zahro yangi ishga kirganiga ham o'n besh kuncha bo'lib qoldi. Zebo Salimova judayam yaxshi, ochiqko'ngil ayol ekan. Zahroning yolg'iz ayolligini, qiynalganini bilgach unga ancha-muncha yordam berdi. Ishda ham yaxshi gapirar, mobodo biron xatoga yo'l qo'ysa mehribonlik bilan tushuntirardi. Ochig'i Zebo Salimovaga Zahroning ishi yoqdi. Hamma undan minnatdor, kim bo'lsa "Juda yaxshi, qo'li yengil hamshira ekan" deb maqtaydi. Ishini chin ko'ngildan qilyapti, dangasalik qilgani yo'q, yoki biror bemorga qo'pol muomalada bo'lgani yo'q.
Bugun Zahroning tug'ilgan kuni. Yigirma to'qqizinchi bahorini qarshi olyapti. Mana necha yildirki bu kunni yolg'iz nishonlaydi. Shu kuni tonggacha uxlamasdan shukr namozi, tahajjud o'qiydi. Qur'on tilovat qiladi. Chin ma'noda Alloh taolo uni yaratgani uchun, ayol qilgani uchun, musulmon ahlidan, Rasululloh ummatidan bo'lgani uchun shukronalik keltiradi. Lekin bunun unday qilolmaydi. Sababi tungi smenasi tug'ilgan kuniga to'g'ri kelib qoldi.
- Siz qolmasangiz kim qoladi smenda Zahro? Axir bilasizku Nozima xomilador. Ta'til olgan. Feruzani biroz tobi bo'lmay turovdi uyiga javob berib yubordim.
Zebo Salimova jonkugarlik bilan tushuntirishga tushdi
- Bilaman go'zalim. Bugun sizni navbatingiz emas. Lekin turib bermasangiz bo'lmaydi. Vaziyatni ko'rib turibsizku.
Zahro hammasini tushunib astoydil tabassum qildi.
- Mayli Zebo Salimova smenda qolaman. Faqat o'g'lim uyda yolg'iz edi. Yarim soatga uyga borib kelsam degandim. O'g'limni qo'shniga topshirib kelardim.
Zebo Salimova yo'q demadi. Zahro zarur ishlarini tez-tez qildida uyiga shoshildi.
- Abdulloh! O'g'lim, uydamisan?
Uyiga kirar kirmas baqirdi Zahro. "Qiziq hech kim javob bermadi. Yoki o'g'lim uxlab qoldimikin?" O'yladi Zahro. Ichkariga kirdi-yu, ko'zlaridan tirqirab yosh chiqib ketti. Yuragi allanechuk bo'lib, xonaga boqdi. Abdulloh Zahroning rasmini kotta qilib chiqartiribdi. Tagiga ushbu so'zlar yozilgan edi: "Jannatim, borlig'im, eng chiroyligim. Qalbi mehrga, ko'zlari nurga to'la OYIJONIM! Men sizni eng, eng, eng ko'p yaxshi ko'raman. Shukrona kuningiz qutlug' bo'lsin". Zahro haqiqatda nihoyatda sevindi. Bolasini bag'riga bosib yum-yum yig'ladi. Ko'zlaridan, yuzlaridan o'pdi. Shunday mehribon farzandni bergani uchun Yaratganga shukrlar keltirdi.
- Abdulloh, jonim men bugun kelolmayman smenda qolaman. Shunaqa bo'lib qoldi o'g'lim xafa bo'lmaysanmi?
- Yo'q, oyijon sira xafa bo'lmayman.
Zahro chiroyli tabassum qildi. Abdullohning yuzlarini siladi.
- Unda qo'shni xolang bilan o'tirib turasan xo'p. Men ertaga kelaman.
- Xo'p oyijon
* * *
Soat kechki o'n ikki bo'lyapti. Zahro barcha bemorlarni muolajalarini tugatib biroz dam olish uchun hodimlar xonasiga kirdi. O'g'lining sovg'asi sababmi kuni bo'yi yaxshi kayfiyatda yurdi. O'zini yengil his qilar, hamma narsani osonlik bilan bajarar edi. Bir narsalarni hayol qilib boshini stol ustiga qo'yganicha ko'zi ilinib uyquga ketdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ЭНГ ЯХШИ УЧ НАРСА
Ануширвон ҳузурига узоқ-яқиндан олимлар келибди. Ануширвон вазири Бузургмеҳрнинг ақлу заковатини меҳмонларга кўз-кўз қилиш ниятида саволга тутибди:
- Эй вазир, айт-чи, дунёдаги энг яхши нарса нима?
- Дунёда уч нарсадан ўтадиган ҳеч нима йўқ, - дебди Бузургмеҳр.
- Нима экан улар?
- Аёл, ўлим ва эҳтиёж.
Ануширвон бу жавобдан ҳижолат бўлибди ва вазир бемаъни гап айтиб қўйди, деб ўйлабди. Бироздан сўнг қулай фурсат топиб: “Бу нима деганинг, тушунтириб бергин”, - дебди.
Шунда доно вазир Бузургмеҳр:
- Эй шаҳриёри олам, аёл бўлмаганда сенга ўхшаган зот қаердан туғиларди, ўлим бўлмаганда отангнинг салтанати сенга тегармиди ва эҳтиёж бўлмаганида менга ўхшаган олим сенга вазир бўлармиди? - дебди.
Бузургмеҳрнинг бу жавобига йиғилганлар қойил қолишибди, Ануширвон эса унга кимхоб тўн кийдирибди.

“ШАРҚ ҲИКОЯТ ВА РИВОЯТЛАРИ” КИТОБИДАН.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Abdulloh, o'g'lim, qara televizordan zo'r multfilm beryaptikan. Kel birgalashib ko'ramiz!
- Ko'rgim yo'q, oyi
- Bolajonim, nima bo'ldi senga? Kim xafa qildi?
Abdulloh boshini quyi soldi. Siniq ovozda "Hech kim" deb qo'ydi.
- Yonimga kel-chi, kelaqol.
Abdulloh sekin borib onasining yoniga o'tirdi.Zahro o'g'lining sochlaridan, yuzlaridan siladi.
- Qani endi gapir, nima bo'ldi o'zi?
- Bugun maktabda, "O'qish" darsida "Ota-ona mavzusi" bo'ldi. Hamma doskaga chiqib dadasi, oyisi haqida gapirdi. Navbat menga keldi. Men siz haqizda gapirdim, oyi. "Oyim mehribon, rosa yaxshilar. Men oyijonimni judayam yaxshi ko'raman" dedim. Ustozimiz yangi edi. Mendan dadam haqida so'radi. Men indamay turgandim, Aziz: "Uni dadasi yo'q. O'lib qolgan. Yetimcha u!" Deb ustimdan kuldi, oyi!
Abdulloh piq-piq etib yig'lab yubordi. Munchoqdek ko'zlaridagi yoshlar jimittekkina yuragidan chiqayotgandek edi. Zahro ezilib ketdi, o'g'lini maxkam quchoqlab yum-yum yig'ladi...
* * *

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Opa, qachongacha bunaqa qiynalib yashamoqchisiz?
- Nima qil deysiz, Rayhon?! Ish yo'q bo'lsa. Qo'limda biron bir hunarim bo'lmasa. Ko'chaga chiqib tilanchilik qilmayman-ku? Bolam bechora ertalab maktabga och ketadi. Pul ham bervorolmay qoldim. O'rtoqlaridan ajralib qolyapti. Ko'ngli o'ksik. Menga sezdirmaydi. Lekin men qalbim bilan his qilaman, Rayhon!
Zahroning ko'zlarida yosh miltiradi. Rayhon hijolat bo'lganicha past ovozda gap boshladi.
- Ikkinchi turmush qilsangiz bo'lmaydimi, opa? Hali yoshsiz, chiroylisiz. Yonizda bari bir suyanchig'iz bo'lgani yaxshiydi-da.
- Biron boyvachchaga osilib ikkinchi xotin bo'lib tegaymi? Keragi yo'q. Qaysidur ayolni baxtsiz qilib, men baxtli bo'lolmayman.
- Nega endi ikkinchi xotin bo'lasiz? Xotini o'lgan yo bo'lmasam xotini bilan qonuniy ajrashganlar ham ko'p-ku. Qolaversa sizdagi bu husnga uylanmagan yigitlar ham oshiq bo'lib qoladi.
Rayhon "Uylanmagan yigitlar ham..." Deyishi bilan Zahroning ko'z oldiga "lop" etib Shahboz gavdalandi. Ochig'i bu yigitga ko'rmay turib ko'ngli tushib qolgan edi. Uni o'ziga munosib inson sifatida tasavvur qalardi. Lekin o'sha kuni uni ko'rgach, hammasi hom hayolligini tushundi. U yigit hali yosh bo'lsa hayotning past-balantini ko'rmagan. Ustiga ustak oilasini yolg'iz o'g'li ekan

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

#ибрат
КИМ ҚУЛ СОТИБ ОЛАДИ?!
Саҳрода Зоҳир исмли бир бадавий яшар эди. У саҳродан Мадинага у-бу нарса олиб келиб сотар эди.Сўнгра аҳли-оиласига лозим бўлган нарсаларни Мадинадан олиб уйига қайтар эди.
Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам уни яхши кўрар,уни эркалаб,илтифот қилиб турар эдилар.Зоҳир қачон Мадинага келса Набий саллоллоҳу алайҳи ва салламга совға олиб келар эди.У саҳрога қайтаётганида Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам уни кузатиб қўйиб бирор ҳадя бериб юборар эдилар.У ҳақида Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам:
"Зоҳир бизнинг саҳромиз, биз эса унинг шаҳримиз!", дер эдилар. Яъни,у саҳродан бизга керакли нарсаларни келтиради,биз ҳам унга шаҳардан керакли нарсаларини бериб юборамиз,демоқчи бўлар эдилар.
Зоҳир жуда ҳам бадбашара эди.Аммо унинг кўксида асал каби ширин қалби бор эди.
Бир куни у матоларини сотаётганида ортидан Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам сездирмасдан келиб, ҳазиллашмоқчи бўлиб қучоқлаб олдилар. Шунда Зоҳир:
- Ким бу, қўйиб юбор!-деди.
Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи ва саллам ўзларини танитиш учун ҳазиллашиб:
- Ким қул сотиб олади?- дедилар.
Зоҳир таниб, ўзининг бадбашаралигига ишора қилиб деди:
- Мен ўтмас молман-да, эй Аллоҳнинг Расули! Мени ким ҳам олар эди?!
Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам дедилар:
- Сен Аллоҳнинг ҳузурида қимматсан!

Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам энг ғами кўп инсон эдилар. Аммо у зот ғамга инсонни қатл қилиши учун имкон бермас эдилар.Набий саллоллоҳу алайҳи ва саллам ажойиб турмуш ўртоғи эдилар. Меҳрибон ота эдилар. Ажойиб қўшни эдилар. Вафоли дўст эдилар!
Эътибор беринг, у зот Зоҳир билан ҳазиллашаяптилар. Зоҳир ҳолбуки оддий савдогар эди.Айланиб юриб молини сотар эди.
Энди Набий саллоллоҳу алайҳи ва салламнинг “Сен Аллоҳнинг ҳузурида қимматсан!”, деган гапларига қалбингизла қулоқ солинг. Кишиларнинг олдида кимлигингиз муҳим эмас,балки Аллоҳнинг олдида кимлигингиз аҳамиятлидир!
Тасаввур қилинг, одамлар сизни танимайди.Аммо дуога қўл кўтарганингизда фаришталар:
“Эй Роббимиз!Таниқли бандангдан таниқли овоз келаяпти!”, дейишади.Вафот қилганингизда сизни ҳеч ким эсламайди. Аммо масжидга борадиган йўлларингиз, сажда қиладиган маконларингиз сиз учун йиғлайди.Буюклик мана шу. Агар билган бўлсангиз буни қўлдан бой берманг!

Abdulqodir Polvonov сахифаларидан.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

   - Salom, men Shahbozman.
   - Men Zahro. O'sha kuni menga juda katta yaxshilik qildingiz. Mard inson ekansiz. Bir ojizani himoya qilib ko'nglini tog'dek ko'tardiz. Sizdan Allohim rozi bo'lsin. Rahmat aytgani kelgan edim. Umrimni oxirigacha sizni duo qilib o'taman.
   Shahboz ko'zlariga ishonolmas, qarshisida jonidan ortiq sevgani - Zahro! Shundoqqina ro'parasida unga qarab turibdi. Undan ko'zlarini uzolmay qoldi. San'at asaridek chizilgan qoshlariga, uzun tim qora sochlari-yu, qayrilma kipriklariga mahliyo bo'lib qoldi. Zahroning koʻzlari ichiga bir olam sir yashiringan qulfli sandiqqa o'xshardi. Yuzlari oppoq bironta ham dog'i yo'q. Ochig'i birinchi marta ko'rgan odam Zahroni yoshini endigina 21 yo 22 da deb o'ylardi.
    - Hoooy, meni eahityapsizmi?
Zahroning so'zlari Shahbozning qulog'iga musiqadek yoqimli tuyulib ketdi. Hayollari xuddi billiard toshlaridek har tomonga sochildi. Lekin tezgina o'zini o'nglab Zahroga qaradi.
   - Albatta, eshityapman. Men o'zimning erkaklik burchimni bajardim xolos. Siz hijolat bo'lmang. O'rnimda boshqasi bo'lganda ham xuddi shunday qilgan bo'lardi.
Zahro juda samimiy qilib jilmaydi. Uning mana shu jilmayishi Shahbozni aqldan ozdirdi.Go'yo ko'ksini yorib, yuragiga bir siqim lovullab yonayotgan cho'g'ni solib qo'ygandek bo'ldi.
   - Mayli bo'lmasam men boraqolay. Yana bir bor rahmat!
Zahro ortiga burilib 5-6 qadam uzoqlashgandi hamki ortidan Shahboz chaqirib qoldi:
   - Zahro!
   - Labbay, eshitaman?
Shahboz qip-qizarib yerga qaradi. So'ng hijolatli jilmaydi. Bir-birlariga termulishib qoldilar.
   - Menda gapingiz bormidi?
Zahro Shahbozni og'zini poyladi. Shahboz o'ng'aysizlanib zo'rg'a gapirdi.
   - Gullar yoqdimi?
Zahroning hushi boshidan uchib ketti! "Nahotki!? O'sha shu bo'lsa. Ona suti og'zidan ketmagan go'dakku bu! Tavba! Dunyoning ishlari qiziq ekan"
   - O'sha... Siz... Gullar jo'natayotgan sizmidingiz?
   - Haa... Men
   - Yoshiz nechchida o'zi yaxshi yigit?
   - 23 ga kiraman... Yaqinda...
"Voy Xudoyim! Juda yosh ekan-ku!" - o'yladi Zahro.
   - Men 29 daman. Bilasizmi shuni?
   - Menga buning zarracha ahamiyati yo'q.

- Menga esa ahamiyati bor!
Zahro keskin Shahbozdan yuzini burdi. Ortiga qaramay buyurdi.
   - Boshqa menga gullar jo'natmang!
   - Nega axir?! Sevish gunohmi, Zahro?!
Zahro javob bermadi ham, ortiga qayrilib qaramadi ham. Tez-tez yurganicha ko'cha boshiga qarab chiqib ketti.
                    *  *  *
Shahbozning halovati yo'qoldi. Do'stlarining davrasida ham, uyida oilasi bilan o'tirganida ham hech ko'ngli yorishmas, yuragi siqilar, nuqul ko'z oldiga shiringina jilmaygan Zahro kelaverardi. Endi nima qilsa bo'ladi? Qanday qilib unga yetishadi? Buni bilmaydi. Lekin bir narsani aniq biladiki, Shahbozga Zahrodan boshqasi kerakmas! Unga oilasi, qarindosh-u do'stlari, kerak bo'lsa butun olam qarshi chiqmaydimi, u endi Zahrodan aslo kechmaydi. Kecholmaydi!
   Avvaliga Zahroni ilk ko'rgan kuni unga uncha e'tibor bermagan edi. Buvisi kasal edim. Zahro Shahbozning buvisiga bir haftaga yaqin g'amxo'rlik qildi. Keyin esa nima bo'ldi hamki boshqa shifoxonaga ishga o'tib ketdi. Buvisi bir kun Zahroni og'zidan bol tomib maqtab qoldi.
   - Rosa qo'li yengil ekan. Muomalasini aytmaysanmi?! Biram shirinso'z, biram mehribonki... Xudo xohlasa, Shahbozimniyam shunga o'xshagan qizga uylantiramiz.
Shahbozning onasi - Nargiza xola qaynonasiga hayron bo'lib qaradi.
   - Voy oyijon! Shunchalik yaxshi qiz bo'lsa, o'sha qizni kelin qilaveramiz-da!
   - Yo'g'a! Shahboz u qizdan salkam 5 yosh kichik ekan. To'g'risi hayron qoldim. Hech 30 ga yaqinlashib qolgan qizga o'xshamaydi. Ancha yosh ko'rinadi. Jussasi ham yosh qizlarnikidek. Shunga Shahbozga ko'zlab surushtirib ko'rgandim.
Shahbozning buvisi ovozini pastlatibroq tushdi.
   - Oldin erga tekkan ekan. Aytishlaricha eri o'pka saratonidan vafot etib ketgan ekan. O'g'ilchasi ham bormidikin... Lekin o'zi juda yaxshi juvon.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ko'r.

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Zahroni kichkinagina xonaga olib kirishdi. Undagi qo'rquv oyoqlaridan madorini olib ularni uvushtirar, qo'llari titrar edi. Asabiylikdan tez-tez ikkala kaftini bir-biriga ishqalar, ahyon-ahyonda atrofga alanglab qarab qo'yar edi.
   - Xo'sh, Zahroxon gapiring.
   - Nimani?
   - Nimani bo'lardi, voqea o'zi qanday bo'lganini-da! Shahboz Islomov barcha aybni o'z bo'yniga olyapti. Siz bunga nima deysiz? Aziz Nosirovni haqiqatdan ham Shahboz Islomov urdimi?
"Demak ismi Shahboz ekan-da" - o'yladi Zahro. Zahro hozir ikki olov ichida yonayotgandek edi.Bir tomonda vijdoni, ikkinchi tomonda o'g'lini o'ylardi. "Men qamalsam o'g'lim qayerda qoladi. Bu yigit tayyor aybni bo'yniga olib turibdi. Men qilmadim desammikin?" Lekin uni o'rniga boshqasi qamalib ketsa, bir umrlik vijdon azobini totishiga to'g'ri kelar edi.
   - Javob bering, yaxshisi hammasini bir boshidan gapirib berganingiz ma'qul.
Yo'q!!! Zahro xudbinlik qilolmaydi! O'zini shirin jonini o'ylab bir begunoh yigitni o'tga otolmaydi. Bu uning qo'lidan kelmaydi! "Agar qamalib ketsam, o'g'limni Rayhonga beraman. Men chiqqunimcha unga g'amxo'rlik qiladi o'z ukasidek ko'rib..."
   - Aslida glavrach Aziz Nosirovni men urdim.
Zahro bo'lgan voqeani dugonasi Nilufarni qo'ygan tuzog'ini-yu, o'sha yigit - Shahbozni derazadan baqirib chaqirganigacha hamma-hammasini oqizmay-tomizmay tergovchiga so'zlab berdi. Tergovchi uzoq o'yladi. Xonaning u boshidan bu boshiga yurib kela boshladi.
   - Men o'z nomusimni himoya qilmoqchi bo'ldim. Qattiq qo'rquvda edim.
Zahro tergovchiga yosh to'la ko'zlari bilan javdirab qaradi.
   - Aziz Nosirovning ahvoli og'irmi?
   - Ha. Operatsiya yaxshi o'tibdi-yu lekin hamon o'ziga kelgani yo'q. Shifokorlar bir umrga shol bo'lib qolishi mumkin, deyishdi.
   - Shol?! Yani qo'l-oyog'i ishlamaydimi?
   - Xuddi shunday.
Zahro yuzini to'sib xo'ngrab yig'lab yubordi.
   - Endi nima bo'ladi?!
   - Havotir olmang. Yaxshi advakat yollaysiz. Siz bu ishni qasddan qilmagansizku. Uning o'zi ham yetarlicha aybdor. Sizga tuzoq qo'yib nomusingizni bulg'amoqchi bo'lgan. Sudlashishdan boshqa choringiz yo'q.
Tergovchi Zahroga achinib qaradi. Ro'molcha olib Zahroga tutqazdi.
   - Yig'lamang, oling ko'z yoshingizni artib oling. Ishonamanki, unaqa katta jazo berishmaydi. Yosh bolangiz borligi va yolg'iz ayol ekanligingiz, albatta, inobatga olinadi. Moddiy javobgarlikka tortilishingiz mumkin.
   - Moddiy javobgarlik?!
   - Ha, davlatga jarima to'laysiz.
   - Qancha?
   - Bilmadim, buni sud hal qiladi.
Zahroning ko'zlari tinib ketti. O'zi bir burda nonga amallab pul topsa, boshini silaydigan onasi o'lib ketgan bo'lsa, dadasi 2-oilasi bilan, qarindosh-urug'lardan hech qanday najot yo'q. Shuncha pulni qanday to'lar ekan. Zahro shularni o'ylar, ko'rlaridagi yoshlar muttasil quyulib kelaverar edi.
    - Siz hozir uyingizga ketishingiz mumkin. Yosh bolangiz bor ekan. Unga qarang. Lekin 24 soat kuzatuvda bo'lasiz. Suddan chaqiruv xati borgach, kelaverasiz.
   - Xo'p rahmat.
Zahro melitsiyadan uyiga qaytarkan, yuragi qattiq sanchib og'ridi.


2-QISM TUGADI

✍Usmonaliyeva Munira

29.02.2024

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Spravkam bor. Gripp edim.Dushanbadan boraman.
- Haa, o'zizni ehtiyot qilingda bekor sovuqda ko'chaga chiqibsiz.
- Ancha yaxshiman bugun. Birinchi shifoxonaga borgan edim, ishga kelmadi deyishdi. Keyinmanzilizni o'sha yerdagilardan oldim. To'g'ri kelaverdim. Nega ishga bormadiz opa?
Zahro biroz o'ylanib turdida so'ng javob berdi:
- Men u yerda ortiq ishlolmasam kerak endi. Boshqa ish topaman.
Rayhon Zahroga biroz tikilib turgach keyin sekin gap boshladi.
- Shifoxonada duv-duv gap...
Zahri "yalt" etib Rayhonga qaradi. Uning birgina shu nigohida ham qo'rquv, ham hayajon, ham tariflab bo'lmaydigan qandaydur bir his jamlangandek edi.
- Glavrachni urib ranimatsiya bop qilib qo'yibsizku. Boshi qattiq jarohatlanibdi.Bugun tush paytiga operatsiya qilishadikan.
"Operatsiya! Ey Allohim! Endi nima qildim?! Xudo ko'rsatmasin o'lib qolsa, qamalib ketamanku?!" Zahroni asabiylik va qo'rquv egallab oldi.
- Nega urgan ediz?
- Aaa?
- Glavrachni nega urdiz, deyman? Opa hayoliz qayerda?
Zahroning tili gapga hech aylanmas, go'yo gapirishni unutib qo'ygandek. Lablari titrab bazo'r javob berdi:
- U meni... Meni... Halegi, teginmoqchi bo'lgan edi...
Rayhon ham xuddi shu narsani tahmin qilgan bo'lsa kerak Zahroning javobidan uncha hayratlanmadi.
- O'sha doktorni yaqinlari sizni sudga berishmoqchi bo'lishibdikan bir yigit sizni himoya qilibdi. Hamma aybni o'z bo'yniga olibdi.
- Qanaqa yigit? Hayron bo'lib so'radi Zahro.
- Bilmasam, yosh kelishgangina yigit deyishdi. Uni hech kim tanimas ekan."Bu vrach Zahroxonga shilqimlik qilayotganida men ko'rib qoldim. Qizni tashqariga chiqarib jahl ustida uni urdim. Zahroxonda hech qanday ayb yo'q. Hammasini men qildim" debdi.
Zahroning ko'zlari hayrardan katta-katta ochilib ketdi. Eshitganlariga qulog'i ishonmas. Hammasi ro'yodek tuyular edi.
- Keyin-chi, keyin nima bo'ldi?
- Keyin jinoyat qidiruv bo'limidagilar tergov qilgani olib ketishibdi.
Zahroning ranggi quv o'chib ketti.Anglab bo'lmas darajada o'zligini yo'qotdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Zahro 3-qavatdagi o'sha jimittekkina kvartirasiga kirarkan boshi gir-gir aylanar, muttasil ko'ngli aynirdi. Xonasiga arang kirib o'zini devanga otdi.Yostiq Zahroning ko'z yoshlaridan jiqqa ho'l bo'ldi. "Bugungi voqea qani endi tush bo'lsa. Ishqilib o'lib qolmadimikin? Agar o'lsa... Men qamalamanku! O'g'lim nima bo'ladi? Yo'q-yo'q o'lmagandir. Boyagi yigit ahvolini yaxshi dediku. Endi ishga bormayman. Ertadan boshqa ish topmasam bo'lmaydi. Yo bu yerlardan bosh olib ketsammikin? Lekin qayerga boraman? Dadamnikigami?! Anavi chayonni turtkilashlariyu, qovoq-tumshug'ini ko'rishgami? Yo'q! Endi ota uyim menga begona. Ortiq u yerga sig'mayman" Zahroning ko'zlari yoshdan to'xtamas, qandaydir butun tanasi zirqirab og'rirdi.
Birdan eshikning ochilgani eshitildi. Keyin qadam tovushlar... 
    - Men chiqdim, oyiii
Abdullohning ovozini eshitib hotirjam bo'ldi. Iloji boricha yig'laganini bildirmaslik uchun tetik ovozda gapirdi:
    - Yaxshi o'g'lim. Endi yotib uxlay qol. Ertaga vaqtli turishimiz kerak.


1-QISM TUGADI

✍Usmonaliyeva Munira.
      26.02.2024.

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Anavi glavrachimiz Aziz Nosirov emasmi?
- Iyaa, shom payti ketgandi-ku, nega qaytib keldikan?
- Haa, biror narsanini unutgandir. Yo chala qolgan ishi bordir. Mayli, parvo qilma Zahro.
Bashang kiyingan yoshi 40 larga borib qolgan Aziz Nosirov qizlarga "Hormanglar endi?" Deb o'tib ketdiyuu ozgina yurib ortiga qaytdi.
- Nilufarxon, sizga beradigan topshiriqlarim boridi. Men bilan yuring, iltimos.
Nilufar uning ortidan bordi va ko'p o'tmay qaytib keldi.
- Haa nega chaqiribdi, Nilu? Tinchlikmikan?
- Ha tinchlik. Menga bir ikkita hujjatlarni berdi. Qog'ozbozlik... Ha aytgancha, dugonayizga ayting yarim soatdan keyin xonamga kirsin, dedi.
Zahroning ko'zlari hayratdan katta ochildi. Dugonasiga savol nazari bilan qaradi:
- Nega endi?
- Bilmasam. Sen yangisanku, sinov muddatidasan hali. Menimcha alohida topshirib bermoqchi senga.
Zahroning ko'ngli g'ashlandi. "Ha menda ham gapi bor ekan. Nega Nilufar bilan birga chaqirmadi? Ikkalamizni alohida-alohida chaqiryapti?" Oradan yarim soat o'tdi.
- Zahro kirasanmi doktorni oldilariga. Tag'in jahli chiqmasin deymanda.
- Nimagadur ko'nglim g'ash, Nilu. Kel birga kiraylik.
- Senda alohida gapi bordirda o'zingni chaqirdi-ku, men ham kirib olsam qanday bo'ladi?
- Unda men bilan borasan. Eshikni orqasida turib turasan, xo'p? Qandedur ichimda qo'rquv bor.
- Xo'p eshikni orqasida poylab turaman, havotir olma, go'zalim.
Birgalashib yuqori qavatga glavrach Aziz Nosirovning xonasiga borishdi.
- Mayli kirib chiqaver. Men shu yerda bo'laman.
Zahro eshikni asta taqillatdi. Ichkaridan "Kiravering" degan ovoz chiqqach, eshiq dastasini buradi.
- Aziz Nosirov, chaqirtirgan ekansiz?
- Ha, ha. Kelavering Zahroxon.
Doktorning ko'zlarida sovuq o't chaqnadi. Zahroga boshdan oyoq qaradi. Salmoqlab gap boshladi.
- Kelganizgayam 15 kuncha bo'libdi. Habaringiz bor, siz 1 oylik sinov muddatidasiz.
Aziz Nosirov piyolasiga sharillatib choy quydi. Simirib-simirib ichdi. Zahroning oyoq-qo'li qaltirydi. Yuragi ham behalovat urayotgandek... Aziz Nosirov asta qizning ortiga o'tdi. Uning shaxvatdan yongan ko'zlari Zahroga xunuk, juda xunuk nazar bilan qaradi.
- Shifoxonamizga sizdek talantli kadrlar doim kerak...
U shu gapni gapirdi-yu Zahroning belidan maxkam quchoqlab o'ziga tortdi. Bo'ynidan, yuzlaridan tinmay o'pa boshladi. Zahro bor kuchi bilan doktorni ko'kragidan itarib yubordi.
- Iflos! Isqirt! Tegma menga, tegmaaaa!
Zahro eshik tomon yugurdi. Qancha urinmasin uni ocha olmadi. Eshik ortidan tambalangan edi. Bor ovozi bilan baqirishga tushdi.
- Nilufar! Nilufar qayerdasan! Niluuu och eshikni, och deyman!!!
Doktor hayvonsifat bir tovush bilan xo-xolab kuldi.
- Baqir, baqir, baqiraver ovozingni baribir hech kim eshitmaydi!
U Zahroni bilagidan ushlab o'ziga tortdi.
- Unaqa qilmang iltimos, axir onaman. Bolam bor!
Zahro qattiq yig'lab yubordi. Shunda uning ko'zi stol ustidagi choynakka tushdi. Bir amallab doktorning quchog'idan otilib chiqdiyuu choynakni olib uning boshiga urdi. Choynak chil-chil bo'lib sindi. Ichidegi qaynoq choy Aziz Nosirovning yuziga, ko'ksiga to'kildi. Jon achchig'ida baqirdi:
- Qanjiq! Nimangga nozlanasan?!
Zahro endi o'rnidan turmoqchi bo'lgan Aziz Nosirovni stoldagi shisha grafin bilan urdi. Hammayoqqa qon sachrab ketti. Zahro eshik oldiga keldi. Eshik hamon berk. Uni rosa urdi, itardi. Yo'q, eshik ochilmadi. So'ng deraza oldiga kelib uni ochdi. Atrof zim ziyo hech bir zog' ko'rinmaydi. Birdan uzoqda bir yigitning sharpasiga ko'zi tushdi. Bor ovozi bilan baqirdi:
- Yordam beriiiiiiiing!!! Qutqaring!!! Iltimooooos!
Yigit Zahroni ovozini eshitdi-yu kasalxona ichkarisiga qarab yugurdi. Eshikka stol tirab qo'yilgan edi. Uni olib tashlab eshikni ochdi. Ichkarida Zahro yum-yum yig'lar, Aziz Nosirov esa qonga belanib yotardi.
- Nima bo'ldi?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

So'qmoqlar

"Real voqea asosida. Men uchun qadrli bo'lgan yaqin insonimning hayot yo'li motivlari asosida yozildi. Qaharamonlarning ismlari o'zgartirilgan" (m.f)



Zahro bugun har kungidan-da ancha kech uyg'ondi. Boshida qattiq og'riq bilan bazo'r o'rnidan turdi. Kechagi voqea uni karaxt qilib, qalbidagi o'sha eski yarasini yana qayta yangilagandek... Sekin oynani oldiga keldi. O'zini uzoq, juda uzoq tomosha qildi. Shumi Zahro?! Qani uni o't chaqnab turgan olov ko'zlari?! Endi uning ko'zlarida shijoat, zavq, yoshlik olovi emas, ketma-ket kelgan azoblarning ko'lankasi bor. Kecha tuni bo'yi o'ksinib-o'ksinib yig'lab chiqqan ko'zlari qizaribdi. Qiziq, o'zidan o'zi oynadagi aksiga qarab jilmaydi. Kulish unga yarashmay qolibdi. Lablar kuladi-yu ko'zlar bir joyda qotib qolgandek, go'yo hech narsani his qilmayotgandek, ma'nosiz Zahroga boqib turgandek...
- Oyi, qornim ochdi. Maktabga kech qolaman.
O'g'lining yalinchoq ovozi Zahroning hayollarini har tomonga tarqatib yubordi. O'g'liga qaramay, hamon o'z aksiga boqqancha javob berdi:
- Hozir Abdulloh. Kiyinib chiqavergin, men nonushtangni tayyorlab qo'yaman.
* * *
- Oyi...
- Haa, o'g'lim?
- Menga veloseped olib bering. Maktabdegi hamma o'rtoqlarimda bor.
Zahroni yuragi siqildi. O'zi zo'rg'a kunlarini o'tkazayotgan bo'lishsa. Ustiga ustak kecha ishidan ham bo'shab oldi.
- Ozgina sabr qil, bolam. Hozir ishlarim yaxshi emas. Mana ko'rasan, Xudo xohlasa, o'rtoqlaringnikidanam zo'r veloseped olib beraman.
- Xo'p oyijon. Lekin... Darsdan keyin hammasi veligini olib chiqadi. Poyga o'ynashadi. Menga uchgani berishmaydi.
Abdulloh homush tortdi. Uni bu holatda ko'rgani sayin Zayroning yurak-bag'ri eziladi.
- O'g'lim, olib beraman dedim-ku. Mayli, tezroq choyingni ich. Maktabga kechikyapsan. Ustozingdan gap eshitib yurma tag'in.
Zahro qo'lidagi qaynoq qahvani asta simirib icharkan ko'z oldiga o'tgan hayoti gavdalandi. Odatda oldiga aniq maqsad bilan ketayotgan odam ortiga qaramaydi. Chunki bunga fursati bo'lmaydi. Shoshiladi, tezroq maqsadlariga erishish ilinjida yuguradi, ko'ziga hech narsa ko'rinmaydi. To'satdan yo'lidan chiqqan kichik bir toshga qoqinadi-yu, biroz tin oladi. Noiloj ortiga qaraydi. Qaraydi-yu o'zining bosib o'tgan yo'lini ko'radi. Hozir Zahro ham xuddi shu holatda... Bolaligi-ku ikki o't orasida o'tdi. Ota-onasi ajrashishganidan keyin hali u uyda, hali bu uyda, xuddiki, bir sig'indidek yashadi. Keyin esa onasining vafoti. Dadasining uyida o'gay onasidan ko'rgan zug'mlari. Erga tekkach "Mana mening ham yelkamga shamol tegdi, endi baxtli yashayman, turmush o'rtog'im bilan sevib-sevilib umr o'tkazaman" deganida, eri tuzalmas dardga chalinib yotib qoldi. 5 yil! 5 yil umrini xasta eriga bag'ishladi. Tagiga tuvak tutdi. Chaqaloq go'dakni parvarishlagandek erini parvarish qildi. Bir kun sog'ayib ketishiga ishondi. Lekin... O'lim haq! Eri bu dunyodan ketdi-yu, Zahroning boshiga ulkan tog' quladi. Erining ota-onasi insofi yo'q odamlar ekan. "Shu qiz umrini kasalvand o'g'limga sarfladi. Og'ir kunida tashlab ketmadi" deb boshlarida ko'tarish o'rniga 4 yashar o'g'li Abdulloh bilan birga Zahroni itni haydagandek ko'chaga quvib soldi...
- Oyi! Telefoniz jiringlayapti.
Zahro qo'lidagi finjonni stolga qo'ydi. Telefonida NILUFAR degan yozuvni ko'rdi-yu, yuzi nafratdan qiyshayib ketti.
- Iymonsiz! Isqirt qo'shmachi... Sengayam Allohni atab qo'ygan jazosi bordir. Ming la'nat senga! Ming la'nat.
Abdulloh esankirab qoldi. Ko'zlarini katta-katta ochganicha oyisiga qaradi.
- Oyiiii kimga gapiryapsiz?
- Hech kimga, o'zim shinchaki... Choyingni ichib bo'lgan bo'lsang ketaqol o'g'lim. Maktabda yaxshi o'qigin, xo'p!
- Xo'p oyijon! Bugun ko'p "5" olaman.
Abdulloh shunday deb oyisining yuzidan o'pib xayrlashdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Синов ва ечим.

Эрталабда иккинчи даражали йўлдан чиққан жигули мошинаси асосий даражали йўлда кетаётан иномарка мошинани "биқинига" қарсиллатиб солди.

Жигули эгаси шошиб мошинадан тушдида ўзини айбдорлигини ҳис қилиб иномарка эгасини олдига келиб:

- "ака узр, айб менда, таниш устангиз бўлса мошинани олиб борайлик, тузаттириб бераман", деди.

Иномарка эгаси эса пинагини бузмай табассум билан:

- " биродар, махзун бўлманг, ўзизга ҳеч нарса қилабдику, агар маст холатда мошина бошқарган бўлганизда сиздан зарарни ундириб олардим, ибодатдаги йигитга ўхшаяпсиз, темир топиладиган нарса" деди.

Жигули эгаси шок холатдан чиқмаган, ранги оқариб титраган холда:

- "ака, гаи чақирмай қўяверинг, ўзимиз келишиб оламиз" деб такрорларди.

- хужжатингиз чатоқми?

- хужжатлар жойида, аммо "қоғозбозликлар" ортиқча овворагарчиликлар бўлмаса яхши бўларди дейманда.

- хужжатлар жойида бўлса яхши, ахир мошинангизни олд қисми пачоқ бўлди, гаи келса кўриб, устахонага олиб боришга ва тузатишга маълумотнома ёзиб беради.

Хуллас гаи келди, холатни ўрганди ва иномарка эгасига қараб:

- "ака, нима қиласизлар, келиша олмаган бўлсаларинг иш судга чиқади, суд сизларни "келиштириб" айбдордан хаққингизни ундириб беради, унгача иккови мошина ҳам жарима майдонида сақланади" деди.

"Жарима майдони" деган сўзни эшитган жигули эгаси баттар шокка тушди ва:

- "жон акалар, қизимни турмушга чиқазаяпман, яқинда тўй, тўйниям белгилаб қўйгандим, акани мошиналарини ремонтини қилдириб бераман, фақат жарима, жарима майдони ва суд деманглар" дея ёлбора бошлади.

Иномарка эгаси йигитга қарадида:

- "тўй қачон ука" деди.

Жигули эгаси югурлаб мошинасидан бир даста хатни олиб келиб акага кўрсатди:

- "мана ака, фалон куни тўй, шуни ташвишлари билан бўлиб шунақа бўлиб қолдида" дея "кечиринглар" дегандек қараб турарди.

- "шу хатдан биттасини менга беринг бўлади, сиз бориб мошинангизни таъмирлатиб, тўйни харакатини қилаверинг, мен мошинамни ўзим тузаттириб оламан"

Иномарка эгасининг гапини эшитган атрофдаги томошабинлар бир - бирларига қараб "ия, шунақасиям бўларканми" деб паст овозда гапиришар, жигули эгаси ҳам қулоқларига ишонмагандай, "ростданми ака, ҳазиллашмаяпсизми?" дея бир гапни такрорларди холос.

Гаи ходими ҳам бу ечимдан кўнгли тўлди шекилли:

- "майли, сиз шунчалик одамгарчилик қилдингиз, мен ҳам жаримага тортмайман, фақат кейин муаммо чиқмаса бўлди" деди.

- "бизни лафзимиз жонимизданда қимматроқ, хотиржам бўлинг, аммо тўйга насиб қилса албатта борамиз, Аллоҳ фарзандларингизни никоҳларини хайрли қилсин.

Аллоҳ сиз ва бизни молимиз билан синади, синовлардан омонликда Ўзига хамд айтиб ўтишлик насиб қилсин".

Аканинг гапларини атрофдагилар маъқуллаб дуо қилар эканлар, бир четда воқеани эшитиб шошиб келган жигули эгасини 10 ёшлар атрофидаги ўғли отасини қучоқлаганича турар, яна четроқда эса боланинг онаси қўлларини дуога очиб нималарнидир пичирлаб дуо қиларди.

Томоша тугади, ҳар ким ўз кундалик ишлари билан машғул бўлиш учун тарқади.

Иномарка эгаси ҳам "алхамдулиллах, Роббим меҳрибонсан, бундан ёмони ҳам бўлиши мумкин эдику" дея қўлидаги тўйхатни чўнтагига солдида мошинасини устахона томонга хайдаб кетди.

Воқени кузатиб туриб "машааллоҳ, Аллоҳдан келган синовни уришмай, жанжал қилмай ҳам ечим топилса бўларкану, динимиз гўзал, мусулмонлик бахт, алхамдулиллах " деб мен ҳам ортга қайтдим.

Мухаммад Икром дан

Читать полностью…
Subscribe to a channel