grantlar | Unsorted

Telegram-канал grantlar - Grantlar.uz

83582

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar. 👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot 👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo 👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna Facebook: fb.com/grantlar.uz

Subscribe to a channel

Grantlar.uz

University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 12 785 yevrodan 17 000 yevrogacha.

Joriy qabul muddati:
- 2025-yil 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat!

Tanlovda bakalavriatni 2025- yoki 2026-yil bitiradiganlar yoki 2024-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Istalgan yoʻnalish boʻyicha va istalgan bosqichda yozilgan kurs, tadqiqot yoki diplom ishi qabul qilinadi (ingliz tilida yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

Bosh mukofot (25 ta):
– Oltin medal;
– Sertifikat;
– UA Global sammitiga bepul chipta (Irlandiya, Dublin);
– Sammitga qatnashish (safar xarajatlari ham) toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishlar 2025-yil 6-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-global-undergraduate-awards-bakalavrlar-va-bakalavriat-bitiruvchilari-uchun-kurs-diplom-ishlari-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!

Kimlar qatnasha oladi?

Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Qanday imkoniyat beradi?

– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
– Oyiga 620-1470 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.

Qabul

Navbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2025-yil 30-aprel, soat 19:00.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/

Foydali:

👉 Shu grant gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Xorijda tahsil olishning afzalliklari

Kanalimizga joylanadigan aksariyat dasturlar xorijda o'qish imkonini beradi.

Xo'sh, chet elda o'qish qanday afzalliklarga ega?

Bu post orqali xorijda o'qishning afzalliklari bilan tanishasiz.

👉 MATN SHAKLIDA MA'LUMOT OLISH

👉 VIDEO ORQALI MA'LUMOT OLISH

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Tarjimonlar uchun Toshkentda haq to'lanadigan volontyorlik dasturi

Dastur tarjima, tilshunoslik, filologiya va shunga teng yo'nalishda bakalavr darajasiga ega va ingliz, rus hamda o'zbek tillarini a'lo darajada biladigan mutaxassislarga mo'ljallangan.

Xizmat joyi: Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi.

Moddiy imtiyozlar:
Volontyor oyiga 554 AQSh dollari to'lov va boshqa moddiy manfaatlar bilan ta'minlanadi.

Arizalar 2025-yil 13-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/toshkentda-bmt-tomonidan-haq-tolanadigan-volontyorlik/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Uzcosmos va Uzum yosh iste’dodlarni izlamoqda

"Yosh muhandis" tanlovi g‘oliblari Guhem xalqaro kosmik markaziga yo‘llanma va milliy raqamli ekotizimdan sovg‘alar olishadi. Tanlovda butun mamlakat bo‘ylab 12-20 yoshli bolalar va o‘smirlar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirok etish uchun 30-martgacha futureengineers.cmspace.uz saytiga ariza topshirish va ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan muhandislik loyihasining tavsifi va videotaqdimotini yuborish kerak.

Loyihalar finalchilarining taqdimoti va g‘oliblarni taqdirlash marosimi 17-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Ishtirok etishga shoshiling!

Читать полностью…

Grantlar.uz

📢 Yangi bepul guruhgaga tezkor qabul⚡️‼️

Kurslarimiz faqat offline‼️ online guruhlar hozir yo'q.

➡️ Ma'lumotlar tahlilchisi (Data Analytics)

➡️ SMM (Social Media Marketing):

➡️ Kiberxavfsizlik (Cybersecurity)

➡️ Back-end (Python & Django)
🟡 Kurs davomiyligi: 3-6 oy (tanlangan yo‘nalishga qarab)
⏰ Dars davomiyligi kuniga: 2.5-3 soat
Haftada: 3 kun

📲 Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havolani bosing 👇

Ro'yxatdan o'tish

Tezroq qo‘shiling, joylar cheklangan! 😊
📞 Telefon: 77 777 30 30

📩Telegram 📱Instagram

Читать полностью…

Grantlar.uz

Yevropada 100% GRANT! 🇪🇺

Grant haqida
- Bakalavr - 3 yil, magistratura - 1 yil
- Oyiga 700 yevro stipendiya
- Ishlash imkoniyati - haftasiga 20 soat
- Jamoat transportida 50% chegirma!
- Viza to'lovi yo'q

- Universitet tomonidan talabani kutib olish
- butun Yevropani vizasiz sayohat qilish imkoniyati
- O‘qish tugagach, 2 yilgacha Yevropada qolish imkoniyati!
- Ota-onaning daromadi talab etilmaydi!
- Atigi 6 oydan keyin oilangizni chaqirish huquqi!

Arizalar 2025-yil 10-aprelgacha qabul qilinadi!

- Kelajagingizni bugun yarating – dunyoning eng yaxshi universitetlarida grant asosida ta’lim oling!

+998712006445

FINO Consulting

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇰🇷KANGWON NATIONAL UNIVERSITY: Kuzgi semestr 1-raund qabuli

Suhbat asosida qabul!

📍Shahar: Seul va Kangwon-do
🐱Reyting: QS-1001
💸Application fee: 50 000 won
🪪Viza turi: Oddiy viza, E-Viza
❤️Kontrakti: 1,698,000-4,126,000won
📌Talablar: TOPIK 3, IELTS 5,5, TOEFL 74
🎓Bosqich: Bakalavr, Magistratura va PhD
📚Yo'nalishi:
– English track - Global bizness
– Korean track - Barcha yo'nalish

Scholarship:
Magistratura:
– IELTS 6.5/TOPIK 4 – 40%
– IELTS 7.0/TOPIK 5 – 50%
Bakalavr:
– IELTS 6.5/TOPIK 4 – 60%
– IELTS 7.0/TOPIK 5 – 100%

❗️Dedlayn: 15-aprel

Suhbat sanasi va manzili:
15.04 - Samarqand
16.04 - Toshkent
17.04 - Andijon
18.04 - Namangan
19.04 - Toshkent

Murojaat:
+998781139303

➡️ ROʻYXATDAN O'TISH ⬅️

Ijtimoiy tarmoqlar:
❤️INSTAGRAM ❤️TELEGRAM
❤️FACEBOOK ❤️SILKROADACADEMY-dt6pw">YOU TUBE
😀Web-site

Читать полностью…

Grantlar.uz

🎓 Angliyadan maxsus grantlar!

💡 Chet elda bepul yoki chegirmali o‘qish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📚 Nufuzli universitetlardan grantlar – ta’lim xarajatlaringizni yengillashtirish uchun ajoyib imkoniyat!
⏳ Hujjatlar qabuli boshlangan – ariza topshirishga shoshiling!

📍Ro'yxatdan o'tish
💡Telegram orqali ro'yxatdan o'tish

☎️ Murojaat uchun: 71 200-92-99

Telegram | Instagram | targetconsultinguz">YouTube | TargetConsulting

Читать полностью…

Grantlar.uz

🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

DISSERTATSIYA ASOSIY ILMIY NATIJALARINI CHOP ETISHGA TAVSIYA ETILGAN ILMIY NASHRLAR RO’YXATI

01.00.00–Fizika-matematika fanlari
02.00.00–Kimyo fanlari
03.00.00–Biologiya fanlari
04.00.00–Geologiya-mineralogiya fanlari
05.00.00–Texnika fanlari
06.00.00–Qishloq xo‘jaligi fanlari
07.00.00–Tarix fanlari
08.00.00–Iqtisodiyot fanlari
09.00.00–Falsafa fanlari
10.00.00–Filologiya fanlari
11.00.00–Geografiya fanlari
12.00.00–Yuridik fanlar
13.00.00–Pedagogika fanlari
14.00.00–Tibbiyot fanlari
15.00.00–Farmatsevtika fanlari
16.00.00–Veterinariya fanlari
17.00.00–Sanʼatshunoslik fanlari
18.00.00–Arxitektura fanlari
19.00.00–Psixologiya fanlari
22.00.00–Sotsiologiya fanlari
23.00.00–Siyosiy fanlar
24.00.00–Islomshunoslik fanlari

📞Murojaat uchun:
@Science_technical_PhD

Kanalga ulanish:
/channel/OAK_jurnallari_N1

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇨🇳 Xitoyda BEPUL o’qish imkoniyati! 40 ta GRANT o’rinlaridan birini yutib oling 🔥

Talablar:
• attestat/diplom
• pasport
• IELTS 5.5+

📮 Hujjatlar 30-aprelgacha qabul qilinadi!

📞 Batafsil ma'lumot va konsultatsiya uchun:
+998-20-021-11-88
@scolaro_consult

📍 Manzil: Taras Shevchenko, 34. Mo’ljal: YaponaMama restorani binosi

⚡️ Obuna bo’lishni unutmang: @scolaro_consulting

Читать полностью…

Grantlar.uz

Koreys, xitoy va ingliz tillarini o’z ona tilingizdek o’rganish vaqti keldi!

Ibrat farzandlari” loyihasining mahoratli koreys tili ustozi, PhD *Muqaddas Taylanov*aning Muqaddas Sem School o’quv markazida endi onlayn yoki oflayn tarzda koreys va ingliz tillarini mukammal o’rganing.

Bizning o’quv markazda:
-Topik;
-Eps-Topik;
-KIIP;
-CEFR;
-IELTS;
-HSK;
-Biznes koreys, xitoy, ingliz tillari;
-So’zlashuv darslari, master klass;
-Bolar uchun maxsus kurslar;
- Koreya universitetlariga kirish imkoniyati.

| Biz bilan muvaffaqiyatga erishing!

Hoziroq biz bilan bog’laning:

📞 95-551-50-21
📞 99-552-50-21

📝 
Telegram  |  💻 Instagram
🎞
YouTube | 📌 Manzil

@muqaddas_sem_admin

Читать полностью…

Grantlar.uz

Bunaqa taklifni hatto KHUSANOV’ga ham berishmagan! 🤨

🇮🇹 Italiya, 🇩🇪 Germaniya, 🇫🇷 Fransiya va 🇳🇱 Gollandiyada bepul yoki qisman qoplangan grant asosida ta’lim — Everest Go Globaldan o‘ziga xos taklif!

💡 Aprel va may oylarida ushbu 4 mamlakatdagi kamida bittadan universitetlarga hujjat topshirib, qabul xatini olishga yordam beramiz!

🎓 500+ nufuzli universitet;
🎯 Schengen vizasi + Erasmus va Overseas dasturlarida ishtirok etish imkoniyati;
📄 Hujjatlaringizni to‘g‘ri tayyorlash va yuborishda ko‘mak;
✅ Viza jarayoniga puxta tayyorgarlik.

🔥 Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Hoziroq bog‘laning va orzuyingiz sari birinchi qadamni tashlang!

📲 Murojaat uchun: @everestgoglobal_admin
📞 77-271-45-66 | 90-988-45-66

📢 Do‘stlaringizga ham ulashing – bu imkoniyat aynan ularga kerak bo‘lishi mumkin! 😉


👉 Telegram kanalimiz

Читать полностью…

Grantlar.uz

100% grant va kafolatlangan oylik ish haqqi bilan tibbiy rezidentura!

Central Asian University hamda AKFA Medline University Hospital hamkorligida AKFA Group tomonidan toʻliq moliyalashtiriladigan eksklyuziv tibbiy rezidentura dasturini yo‘lga qo‘ymoqda!

✅ Grant mablag‘i bilan ta’minlangan 25 ta o‘rin
💰 Butun o‘qish davri mobaynida kafolatlangan oylik maosh

Yo‘nalishlar:
🔹 Jarrohlik | Urologiya | Radiologiya | Anesteziologiya
🔹 Nevrologiya | Plastik jarrohlik | Ortopediya
🔹 Oftalmologiya | Otorinolaringologiya

Nima uchun ariza topshirish kerak?

— Chet elda amaliyot o‘tash
— AKFA Medline va yetakchi klinikalarda amaliy mashgʻulotlar
— AQSh, Yevropa va Osiyodan tajribali mentorlar
— Zamonaviy simulyatsion laboratoriyalar
— Amaliy koʻnikmalar va ilmiy tadqiqotlarga urgʻu

📌 Eng iqtidorli nomzodlar tanlov asosida saralanadi!

📅 Boshlanishi: 2025-yil, kuz
📞 71 200 05 22 | 71 208 12 34

🔗 Ariza topshirish

Читать полностью…

Grantlar.uz

Jabubiy Koreyada o’qish uchun grant dasturi

Bakalavriyat dasturi:

IELTS 5.5 | TOPIK3 - 1100$
IELTS 6.0 | TOPIK 4 - 760$
IELTS 6.5 | TOPIK5 - 0$ grant 100%
New TEPS 327 - 0$ Full Scholarships

Fakultetlar:
- Business administration
- Hotel Management
- Computer Science
- English Language psychology
- Automotive industry

Magistratura: E-Visa dasturi
Viza Koreya immigratsiyasi tomonidan taqdim etiladi viza olshda elchixonaga murojat qilish shart emas.

Magistratura 50% grant
Kontrakt
- 1099$

Deadline 7-aprel

Hujjatlarni 4-aprel sanasiga qadar qabul qilinadi 20-may sanasiga qadar Imtihon topshirishni rejalashtirayotgan talabalar ro’yxatdan o’tib turishlari mumkin IELTS natijangizga qarab grant ajratiladi.

Murojaat uchun: @turanschoolinfo

Shu va boshqa grantlar to’g’risida ma’lumotlar uchun @turanschoolnews kanalida berib boriladi.

Читать полностью…

Grantlar.uz

“Yangi O‘zbekiston” universitetida to‘liq grant imkoniyatlari!

“Yangi O‘zbekiston” universiteti iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun bakalavriat yoʻnalishlariga grant dasturlarini taqdim etadi.

Quyidagi talabgorlar 4 yil davomida oʻqish to‘lovidan to‘liq ozod qilinadi:
– xalqaro olimpiada g‘oliblari;
– ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oila a’zolari;
– Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablaridan eng yuqori ball bilan qabul qilingan 5% talabgorlar.

Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar
Saralash imtihoni natijalarga qarab, talabalar quyidagi grantlarga ega bo‘lishlari mumkin:
– Top 10% – 100% grant
– Keyingi 10% – 70% grant
– Keyingi 15% – 50% grant

Universitetga 2025/2026 oʻquv yili uchun magistratura va bakalavriat yoʻnalishlariga oʻqishga arizalar qabuli boshlangan.

Batafsil👇
https://newuu.uz/en/menu/admissions-statistics

Читать полностью…

Grantlar.uz

😔 Ingliz tilidan sertifikat olishni xohlaysiz, ammo natija qila olmayapsizmi?

Qolaversa, offlayn darslarga vaqt topa olmayapsizmi?

Unda bu oson. Endi siz uydan chiqmasdan Mister Mashrabbek Nabiyevning intensiv onlayn 1 oylik kursi orqali natijaga erishishingiz mumkin.

🕯2025-yil 1-apreldan yangi kursimizga start beriladi. Biz bilan maqsad sari bir qadam.

Namunavit dars: 30-31-mart kunlari soat 21:00 da

Qo'shilish👇
/channel/+fBCIE4jdGagwZTFi
/channel/+fBCIE4jdGagwZTFi

A2/B1 level'dagilar uchun

Darslar jonli efirda har kuni o'tiladi:
• mavzu o‘tiladi;
• vazifa so‘raladi.

Bonus: Ovozli chat va har 10 kishilik guruh uchun vazifalar alohida mentorlar.

💥kuchli ta'lim va nazorat kafolatlanadi.

✅ 199 ming so‘m
1-aprelga qadar qilingan to'lovlar uchun 100 minglik grammar kitoblarimiz SOVG'A qilinadi 🤩🤩🤩

👤Instruktor: Mister Mashrabbek Nabiyev

Murojaat uchun:

+998975878777
@Mr_mashrabbeknabiyev

Batafsil:
@mashrabbeknabiyev

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇰🇷 JOONGBU UNIVERSITY
📣Kuzgi semestr qabuli

JOONGBU UNIVERSITETI vakillari suhbat asosida KUZGI QABUL uchun kelmoqda.

📍Shahar: SEUL (Goyang Campus) va Daejeon (Chuncheong Campus)
💸Application Fee:
– Bakalavr - 0
– Magistr - 30 000 won
– PhD - 50 000 won
🪪Visa turi: D-2-2, D-2, D-4, E-Visa

Yo'nalishi:
-> Bakalavr
English Track:
1. International Trade
2. Hotel Business Major
3. Health Administration
Koreyan Track - bo'yicha barcha yo’nalishlar
-> Magistratura
English Track:
1. Future Automotive Engineering
2. Smart Farm
3. International Trade
Koreyan Track - bo'yicha barcha yo’nalishlar
-> Doktorantura
English Track:
1. International Trade
Korean Track - bo'yicha barcha yo’nalishlar

💰Scholarship:
IELTS 5.5 + — TOPIK 3 -> 30%
TOPIK 4 -> 40%
TOPIK 5 -> 50%
TOPIK 5 -> 60%

Hujjatlar to’g’ri bo'lsa, VIZA chiqish ko'rsatgichi 💯 gacha

❗️Dedlayn: 20-aprelgacha

📆Subbat sanasi va manzili:
- 22.04.2025 – Farg'ona
- 23.04.2025 – Andijon
- 24.04.2025 – Namangan
- 25.042025 – Toshkent
- 26.04.2025 – Buxoro
- 28.04.2025 –Samarqand
- 29.042025 – Toshkent

Murojaat:

+998781139303

➡️ ROʻYXATDAN O'TISH ⬅️

Ijtimoiy tarmoqlar:
❤️INSTAGRAM ❤️TELEGRAM
❤️FACEBOOK ❤️SILKROADACADEMY-dt6pw">YOU TUBE
😀Web-site

Читать полностью…

Grantlar.uz

Ingliz tilida gapirishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat!

IELTSga tayyorgarlik ko‘ryapsizmi yoki ingliz tilida bemalol gaplashishni xohlaysizmi? Endi suhabatdosh qidirish shart emas!

Inaaya AI
— sun’iy intellekt asosida ishlovchi ilova sizga nafaqat ingliz, balki:
- arab
- xitoy
- fransuz
- nemis
- italyan
- yapon
- koreys
- rus
- ispan
- turk
- urdu tillarda gapirishni o‘rgatadi.

✅ Istalgan mavzuda va vaqtda suhbatlashing
✅ Gramatik xatolaringizni to’g’rilang
✅ Turli grantlar uchun suhbatga tayyorlaning!

3 kun BEPUL! Keyin esa oyiga atigi 6,99$.

Sinab koʻrish uchun yuklab oling👇

Android uchun | iOS uchun

Veb-sayt:
iusmarttech.com

Читать полностью…

Grantlar.uz

Worldpackers: Dunyo bo'ylab sayohat qilishning kamxarj usuli

Qanday qilib kamroq pul sarflab, ko'proq sayohat qilsam ekan, deb o'ylanayotganlar uchun maxsus maqola.

Ushbu maqolada Yevropa va Osiyo bo'ylab deyarli bepul sayohatga chiqqan o'zbek qizi oʻzining shaxsiy tajriba va tavsiyalari bilan bʻ'lishadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/worldpackers-dunyo-boylab-bepul-sayohat/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Xitoyda barcha bosqich talabalari uchun to‘liq moliyalashtiriladigan yozgi maktab

Yer fanlari, atrof-muhit fanlari, ekologiya, biologiya, kimyo, fizika/mexanika yoki tegishli sohalarda tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura yoki doktorantura talabalari qatnashishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2025-yilning iyun-iyul oylarida oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Moddiy imtiyozlar:
– Registratsiya, ishtirok etish xarajatlari qoplanadi
– Bepul turar joy, oziq-ovqat va tibbiy sugʻurta taʼminlanadi
– Eng yaxshi nomzodlarga xalqaro safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi
– Maxsus sertifikat va boshqalar

Arizalar 2025-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ucas-summer-school/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2025-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, kutubxona va maktablarga tarqatiladi
– 85 nafar e'tirof etilgan ishlar onlayn antologiyada chop etiladi

Sheʼrlar 2025-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Westlake University: Xitoyda 6 haftalik bepul yozgi tadqiqot, bepul yotoqxona va 340 dollar stipendiya

Dastur bakalavr va magistratura talabalari hamda shu bosqichlarni yaqinda tamomlaganlar uchun mo'ljallangan.

Mashg'ulotlar 2025-yil 14-iyuldan 22-avgustgacha Xitoyning Hangzhou shahrida bo'lib o'tadi (ingliz tilida).

Imtiyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Bepul yotoqxona
– Bir martalik 2475 RMB (taxminan 341 AQSh dollari) stipendiya.

Arizalar 2025-yil 14-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/westlake-university-program

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

PURE: Turkiyaning Sabachi universitetida 8 haftalik amaliyot – xarajatlar qoplanadi!

Bu dasturga hozirda bakalavriat talabalari ariza topshirishi mumkin. Ishtirokchilar mavjud 48 ta tadqiqot loyihasidan birda faoliyat olib boradi, seminarlar, ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashadi.

Dastur mashgʻulotlari 2025-yil 7-iyuldan 28-avgustgacha davom etadi (ingliz tilida).

Imtiyozlari:
– Barcha ishtirokchilar bepul turar joy va maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi
– 30 nafar ishtirokchi 240 dollar oylik stiepndiya, borish-kelish uchun bepul chipta bilan taʼminlanadi

Arizalar 2025-yil, 11-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/program-for-undergraduate-research-pure/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari
– Bakalavriat talabalari
– Magistratura va doktorantura talabalari

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar.
– 2-oʻrin: 500 dollar.
– 3-oʻrin: 250 dollar.
– JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun).
– Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi.
– 1-oʻrin sohiblari AQSHda oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi.

Insholar 2025-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Elektron pochta va uning ahamiyati haqida

Grant va dasturlarga ariza topshirishda email (elektron pochta) manzili soʻraladi. Emailning ahamiyati tasavvur qilganingizdan ancha muhim.

Quyidagi maqolada emailning ahamiyati, uni qay tarzda ochish maqsadga muvofiqligi haqda maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/elektron-pochta-va-uning-ahamiyati-haqida/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 10 ta!

Ushbu insho (esse)lar tanlovida 2 kategoriya boʻyicha ishlar qabul qilinadi:
– Talaba ketagoriyasi: bakalavr, magistr, PhD bosqichi talabalari va oʻqishni endi bitirganlar uchun
– Mutaxassis kategoriyasi: hozirda ishlayotganlar uchun

Mukofotlar

Sovrinli oʻrinlar 10 ta. Gʻoliblar oʻz olgan oʻrniga qarab quyidagi mukofotlarning barchasi yoki bir nechtasini qoʻlga kiritadi:
– 2000 yevrogacha pul mukofoti
– 2025-yilgi forumda qatnashish (Vena shahrida); bunda safar va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Sertifikat
– Harvard Business Review nashriga 1 yillik obuna
– Tanlov ishtirokchilari hamjamiyatlariga qoʻshilish

Insholar 2025-yil 24-may, 19:00 gacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peter-drucker-challenge-esselar-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

The Geneva Challenge 2025 tanlovi: pul mukofoti va Shveytsariyaga bepul sayohat!

Tanlovda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari 3-5 kishilik jamoa boʻlib qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki fransuz tilida yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishdagi qiyinchilar boʻyicha loyiha (yechim) ishlab chiqiladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin (1 ta jamoa): 11 160 dollar;
– 2-oʻrin (2 ta jamoa): 5600 dollardan;
– 3-oʻrin (2 ta jamoa): 2800 dollardan mukofot bilan taqdirlanadi.
– Bu 5 ta jamoa Shveytsariyaga taqdimot uchun taklif etiladi (borib kelish, turar joy va viza xarajatlari qoplanadi).

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2025-yil 1-may, soat 02:59.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-geneva-challenge-tanlovi-pul-mukofoti-va-shveytsariyaga-sayohat/

@grantlar

Читать полностью…
Subscribe to a channel