grantlar | Unsorted

Telegram-канал grantlar - Grantlar.uz

78709

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar. 👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot 👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo 👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna Facebook: fb.com/grantlar.uz

Subscribe to a channel

Grantlar.uz

Top Universitet Magistrlari qatoriga bepul qo'shiling!

ℹ️ Dunyoning eng TOP Universitetlarida magistr bo'lishni xohlaysizmi? Nufuzli universitetlarda o'qib, oldingizga yuksak maqsadlar qo'yib, ularga erishmoqchimisiz? Unda bu seminar aynan siz uchun! 🤩

🎓 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti bitiruvchisi va Chikago Universiteti qoshidagi Harris Davlat Siyosati Maktabining magistratura bosqichiga o‘qishga kirgan birinchi O‘zbekistonlik - Abdurashid Abdusalomov sizni noyob tadbirga taklif etadi!

🔍 Ushbu tadbirda siz quyidagilarni bilib olasiz:

🔹 Magistratura va doktorantura uchun insho yozish.
🔹 Muhim resurslar va tavsiyalar.
🔹 Grant va stipendiyalar.
🔹 Qanday testlardan o'tish kerak?
🔹 Kimdan tavsiyanoma olish kerak?

📆 08.05.2024 16:00 (chorshanba, ertaga)
⛳ Toshkent shahri, Ziyo Forum. Qushbegi ko'chasi, 5
💰 BEPUL

👉 Ro'yxatdan o'tish

#top_universitetlar #xorijda_oqish #xalqaro_universitetlar

Telegram

Читать полностью…

Grantlar.uz

Imagine 2200 hikoyalar tanlovi: 12 nafar gʻolib 300 dollardan 3000 dollargacha mukofotni qoʻlga kiritadi!

Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar ingliz tilida boʻlishi yoki inglizchaga tarjima qilingan holda topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 3000 dollar.
– 2-o’rin: 2000 dollar.
– 3-o’rin: 1000 dollar.
– Qolgan 9 nafar finalistlarning har biriga 300 dollardan.
– Gʻolib boʻlgan 12 ta hikoya tanlov tashkilotchisining onlayn to’plamida chop etiladi.
– Gʻolib AQSHdagi 4 haftalik rezindensiya dasturida qatnashish imkoniga ega boʻladi (3000 dollar gonorar beriladi).

Hikoyalar 2024-yil 24-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/imagine-2200-tanlovi-kelajak-haqida-hikoyalar-uchun-3-000-aqsh-dollarigacha-pul-mukofoti/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Dunyoning 2-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar qabuli 2024-yil 1-iyundan 11-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrilishi uchun ertaroq maʼlumot berilmoqda.

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Yandex sunʼiy intellekt sohasidagi eng yaxshi yosh tadqiqotchilarni tanlab oladi

Yandex kompaniyasi Yandex ML Prize xalqaro ilmiy mukofoti uchun аrizalarni qabul qilishni boshladi.

Gʻoliblar 70 mln soʻm, ilmiy rahbarlar esa 140 mln soʻm miqdoridagi mukofot bilan taqdirlanishadi. Shuningdek, Yandex Cloud gʻoliblarga grantlar taqdim etadi, bu esa ularga platformada bulutli hisoblashlarni amalga oshirish, tajribalarning maʼlumotlarini qayta ishlash va ML-modellarini oʻqitish imkonini beradi.

2024-yilda mukofot 5 ta nominatsiyada taqdim etiladi:
– Birinchi nashr
– Tadqiqotchilar
– Yosh ilmiy rahbarlar
– Ilmiy rahbarlar
– ML oʻqituvchilari

Arizalarni qabul qilish 2024-yil 6-maydan 21-iyungacha davom etadi.

Yandex ML Prize mukofotini topshirish marosimi 2024-yil kuzida boʻlib oʻtadi. Mukofot ekspertlar kengashiga xalqaro darajadagi sunʼiy intellekt tadqiqotchilari va mutaxassislar kiradi.

Читать полностью…

Grantlar.uz

Sizga maksimal darajada ilm-fanga yo'naltirilgan kanallarimizni taklif qilamiz.

1.  Scopus va web of science xalqaro ilmiy bazalarda indekslanuvchi jurnallari uchun kanal.
Bu kanalda asosan shu ikki (scopus, web of science) ilmiy bazalardagi sifatli, haqiqiy va narx jihatdan sizni qanoatlantiruvchi jurnallar haqida e'lonlar va postlar joylanadi.

2.  Dissertatsiyaning ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan, Oliy attestatsiya komissiyasi ro'yxatidagi jurnallar uchun ochilgan guruh.
Bu guruh ilmiy maqolalar, ya'ni dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalarini Oliy Attestatsiya Komissiyasi ro'yxatidagi jurnallarida chop qilishga amaliy va nazariy yordam berish maqsadida tashkil qilingan!

3. Barcha xalqaro va mahalliy impact factorli hamda OAK tan olgan xalqaro ilmiy bazalarda indekslanuvchi jurnallar uchun kanal.
Bu kanal asosan
-OAK jurnallari
-Impact factorli xalqaro ilmiy bazalarda indesklanuchni jurnallar
-Xalqaro jurnallar va konferensiyalar
-Respublika jurnallar va konferensiyalar
-Xalqaro jurnallar tahririyat a'zoligiga ko'maklashish maqsadida tashkil etilgan.

Bularning barchasiga a'zo bo'lish tavsiya etiladi. Postni hamkasblar va tanishlarga ham yuboring.

Bizning shiorimiz: Ishonch, sifat, natija.

Murojaat uchun:
@Science_technical_PhD

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇰🇷 Janubiy Koreyada Kuzgi semestr uchun qabul ochiq !

📆 "Namseoul University" - Bakalavr dasturiga topshirishga shoshiling!

🎓Dastur: Bakalavr
🏙Shahar: Cheonan
💵 Grant: 70% gacha
⚖️Kontrakt: $1500 - $3000
‼️Talab: TOPIK 3 / IELTS 5.5 / TOEFL iBT 71

✅International Education (English track)
✅Global Techno-Entrepreneurship (English track)
✅Global Addiction Rehabilitation Counseling (English and Korean track)
✅International Legal Studies (English track)
✅International Business (English track)
✅Global Physiotherapy (English and Korean track)
✅Orthopedic Manual Physiotherapy and Contrology
(English and Korean track)


Qabul: 20-May

🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

💬Telegram | 📹Instagram

📞Shartnoma tuzish uchun:

+998959566210 | Yozish💬
+998959556210 | Yozish💬

Читать полностью…

Grantlar.uz

✅ Ilmiy sohadagi eng foydali Telegram kanal!

🔍
Maqolangiz uchun bepul UDC raqamini olish

💯 Bepul "vebinar" va "master class"lar haqida ma'lumotlar

🌐
Scopus ma'lumotlar bazasidagi maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar

📚
O'zbek tilida bepul kitob va monografiya chop qiladigan Yevropa nashriyotlari

🎉
Prezident va Davlat stipendiyalariga tayyorgarlik ko'rish

🎯
Ilmiy tadqiqotchilar uchun bepul online kurslar

🌐 Barcha tillarda kitob va monografiyalarni xalqaro nashriyotlarda bepul chop qilish

💯 OAK ro'yxatidagi jurnallarda maqolalar chop qilish

Scopus ma'lumotlar bazasidagi soxta(klon) veb-saytga ega jurnallar haqidagi ma'lumotlar

🔝
Scopus ma'lumotlar bazasiga indeksatsiya qiladigan konferensiyalar

🎯 Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqola chop qilishga qaratilgan online kurslar

Murojaat:
@publicationu
Telegram kanal:
@publish_uz‌‌

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇹🇷TURK TILI o'rganishning eng optimal yoʻli bu albatta uyingizdan turib,  kechki salqinda onlayn kurslarga qatnashishdir.

📈 1 oylik intensiv kursimizga qabul boshlandi!

⁉️Turk tili onlayn kursimiz kimlar uchun?

Magistratura va dokturanturaga tayyorlanayotgan va til o‘rganishni istagan va o'z  shaxsiy bizneslariga ega bo'lishni xohlagan  barcha uchun.

⁉️ Ushbu kursimizda siz qanday foyda olasiz?

Turk tilida erkin suhbatlasha olish, kinolarni bemalol tushunib ko‘ra olish va kursni tamomlagandan soʻng Milliy sertifikat yoki TYS sinovlaridan sertifikatni qoʻlga kiritgan holda magistratura va doktoranturaga o'qishga kirishingiz mumkin🧑‍🎓

         Kurs shakli:
🔰Dars haftasiga 4 kun bo'ladi
🔰Har yakshanbada imtihon qilinadi
🔰Darslar telegram platformasida o'tiladi  va siz qo'shimcha video darslarimizdan foydalana olasiz🤩

Shoshiling! Kursimizni aynan hozirgi Skidka✅ narxida xarid qiling va biz bilan turk tilini oson o'rganing!

Murojaat uchun: @teacher_Lazzatovna

Читать полностью…

Grantlar.uz

UCAS International Summer School 2024: Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan 10 kunlik yozgi maktab!

Bu maktabga bakalavriatning oxirgi bosqichi, magistratura yoki doktoranturada (PhD) oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.

Yozgi maktab mavzusi: Global Change and Ecological Health.

Dastur mashgʻulotlar 2024-yilning 18-iyulidan 27-iyuligacha oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Imtyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Borish va kelish uchun mablagʻ ajratiladi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ucas-international-summer-school/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇰🇷Janubiy Koreyaning TOP universitetlarida 100% GRANT asosida oʻqishni xohlaysizmi?!

Bunda sizga "GLOBAL GATEWAY" agentligi yaqindan yordam beradi.

💯Biz orqali Koreyada oliy taʼlim va hatto kasbiy taʼlim olish uchun 100% grantga ega boʻling!

✅Endi IELTS 5.5 va TOPIK 2 bilan 100% gacha grant yutib, kasbiy ta'limda o'qishingiz mumkin. Shuningdek, universitet o'qishni muvaffaqiyatli tugatganlarga keyn 5-yilgacha (E-7) ishchi vizani olib berishga kafolat beradi.

Bakalavr va magistratura uchun ham 100% grantlar.

✅O'zbekiston talabalari uchun haftada 1 yoki 2 kunlik o'qish, qolgan kunlari ishlash imkoniyatlari. Bunda universitet sizni part-time job bilan ta'minlaydi.

✅Universitet ariza topshirish badalini (Appicatin fee) talab qilmaydi.

✅Bank chyotlarsiz qabul.

☝️Joylar soni chegaralangan va qa'bul yopilishiga oz muddat qoldi.

Batafsil ma'lumot:

+998942393535
+998900654042
Onlayn murojaat

👉 Telegram kanalimiz

Читать полностью…

Grantlar.uz

Top universitetlarda bepul ta’lim va stipendiya olish uchun nima qilish kerak?

Bu uchun Italiyada oʻqish kerak!

Taʼlim afzalliklari:
– Top universitetlarda oʻqish
– Bepul (kontraktsiz) oʻqish
– Yiliga 7600€ stipendiya
– Shengen viza
– 5 yillik tajribaga ega korxona

1. Foundation
2. Bakalavriat
3. Magistratura
bosqichlarida oʻqishingiz mumkin.

Talablar:
–magistratura uchun o'rtacha baholar 70+
–IELTS 5.5 kerak
(Bazi universitetlarga IELTS siz qabul bo'lish mumkin)

Batafsil:
📞+998979417700
📞+998886027700
📞+998886037700

@lightman_group_admin1

Telegram channel: @lightmangroupconsulting

Читать полностью…

Grantlar.uz

Yevropaning qoq markazida Oliy ta’lim olishni istaysizmi?

Bu imkoniyat aynan sizlar uchun!

🇵🇱 Polshada joylashgan WSB universitetiga kuzgi qabul boshlandi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 

🇵🇱 Davlat: Polsha
🌉 Shahar: Dabrowa Gornicza, Krakow
🏢 Universitet: WSB University
🎓 Dasturlar: Bakalavr, Magistratura, Til kursi,
💶 Kontrakt 1 yil uchun 1798 yevro
✅ Admission fee: 250 yevro


Qulayliklar: Universitet talabalari Erasmus+ 🇪🇺 va Work and Travel 🇺🇸 dasturlarida ishtirok etishi hamda Amerikaga sayohat qilishlari mumkin.

⭕️ DIQQAT: IELTS shart emas!

✅ Universitetga talabalsr ONLINE SUHBAT orqali qabul qilinadi. Ya’ni Universitet xodimi bilan Zoom orqali suhbatdan o’tiladi!

💻 Hujjatlar onlayn tarzda qabul qilinadi.

Murojaat uchun: @alkhorezm1

Читать полностью…

Grantlar.uz

📣 Toshkentdagi WESTMINSTER universiteti grant oʻrinlari uchun imtihonlarga ONLAYN tayyorlov kursi 4-maydan boshlanadi!

✅Darslar haftada bir marta (har shanba) Zoom platformasida o'tkaziladi.

✅Har bir dars boshlanishidan oldin maxsus telegram guruhga haqiqiy grant imtihoniga maksimal darajada o’xshash qilib tuzilgan mock testlar joylanadi. O’quvchilarga testni ishlash uchun vaqt berilgach, dars davomida har bir savol tahlil qilinadi

✅Testda haqiqiy imtihonda tushgan savollar ham o’rin oladi

✅Ma’lumot uchun: o’tgan yilgi kursimizda qatnashgan 28 o’quvchining barchasi Westminster'ga qabul qilingan, ularning 7 nafari grant yutgan

🔥 Darslar Toshkentdagi Westminster xalqaro universitetiga eng yuqori natija bilan grant asosida qabul qilingan ustoz tomonidan oʻtiladi.

✅ Kursga qatnashish uchun IELTS 6,5+ va matematikadan mustahkam bilimga (kamida 9-sinf dasturi) ega bo'lish lozim

🏃 Shoshiling, joylar soni cheklangan.

📱 Kursga yozilish va batafsil ma'lumot uchun: @westcourseadmin

Читать полностью…

Grantlar.uz

“Universe” volontyorlar maktabi: Oʻzbekistonda volontyorlik sohasiga qiziquvchilar uchun 2 oylik shaxsiy rivojlanish dasturi

Bu dasturga volontyorlik sohasiga qiziquvchi, shaxsiy rivojlanish istagida bo'lgan barcha yoshlar ariza berishi mumkin.

Maksimal 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi hamda ular 2 oylik oʻquv kurslari va amaliyot dasturida qatnashadi (Oʻzbekistonda).

Manfaatli jihatlar:
– qatnashish bepul
– mutaxassislardan yangi koʻnikmalarga ega boʻlish
– amaliyot asosida tajriba orttirish
– tanqidiy va tahliliy fikrlashni shakllantirish
– nutq qobiliyatini rivojlantirish;
– loyiha soʻngida maxsus sertifikatlar, nominatsiyalar va esdalik sovgʻalariga ega boʻlish va boshqalar

Maktabga qabulning saralash bosqichida qatnashish uchun 2024-yil 5-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/universe-volontyorlar-maktabi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1454 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 792 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

OSCE Akademiyasidan Qirgʻizistonda 4 haftalik yozgi maktab – barcha xarajatlar qoplanadi!

Yozgi maktab mashgʻulotlari 2024-yilning 5-30-avgust kunlari Bishkek va Issiqkoʻlda oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Iqtisod, xalqaro munosabatlar, siyosiy fanlar yoki shu sohalarga aloqador yoʻnalishda bakalavrlik darajasiga ega yoki bakalavriatning oxirgi bosqichida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– 450 yevro stipendiya
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Viza va registratsiya yordami

Arizalar 2024-yil 6-iyun 17:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-akademiyasidan-qirgizistonda-4-haftalik-yozgi-maktab-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan hamyurtimiz bilan suhbat

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

2024 Fall Semester South Korea

Koreyada TOP 10 ga kiruvchi universitetlari (grant 30-100%)

TIL kursi/ Bachelor / Master/ PHD

Masterse:
E-Visa

Talab:
TOPIK2,3,4,5,6 / IELTS 5.5/ TOEFL 80

1.Yonsei University
2.Chonnam National University
3.Youngsan University
4.Busan University of foreign Studies
5.Tongmyong University
6.Gimcheon University
7.Dongkuk University
8.Busan Campus of Korea Polytechnic
9. Daekyung University
10.Singyoungju University
11.Kangwon National University
12.Jonbuk National University
13.Changwon National University

🎓4 yillik TOP universitetlar
👨‍🏭
2 yillik kasbiy ta’lim
📚
6 oylik til kurslari

Afzalliklar:
– Ota-onani Koreyaga qonuniy oson chaqirish imkonini beruvchi universitelar
– 2 yil Koreyada, 2 yil AQSHda o’qish imkonini beruvchi universitetlar bor

Deyarli har kuni onlayn suhbatlar olib borilmoqda. Asosiy dedlaynlar yopilishiga oz qoldi.

📲@turanschoolinfo

📞(88)999-94-00

Universitetlar, viza olish tartibi haqida kanalimizda maʼlumot berib boriladi: @turanschoolnews

Читать полностью…

Grantlar.uz

🚀 Intensiv speaking kursi!

🎯 Kimlar uchun:
Pre-intermediate va intermediate darajadagi va speakingidan qoniqmaydigan oʻquvchilar uchun.

📚 Nima oʻrganasiz:
• Speaking uchun eng kerakli grammatika;
• Yangi soʻzlar;
• Har bir tovushni va qiyin so'zlarni toʻgʻri talaffuz qilish;
• Qoʻshimcha darslar va vazifalar.

🗓 Kurs jadvali:
Haftasiga 3 marotaba;
Yakshanba kuni qoʻshimcha darslar.
Darslar Telegram platformasida boʻlib oʻtadi.

🎓 Natija: Ingliz tilida oʻz fikrlaringizni osonlikcha ifoday olasiz va IELTS dan yuqori natijaga erishasiz

🔥 Murojaat uchun: @Mashxurbek199

Hammasi siz o'ylaganchalik murakkab emas.

Читать полностью…

Grantlar.uz

Elektron pochta va uning ahamiyati haqida

Grant va dasturlarga ariza topshirishda email (elektron pochta) manzili soʻraladi. Emailning ahamiyati tasavvur qilganingizdan ancha muhim.

Quyidagi maqolada emailning ahamiyati, uni qay tarzda ochish maqsadga muvofiqligi haqda maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/elektron-pochta-va-uning-ahamiyati-haqida/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2024-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Qozogʻiston: Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun Qozogʻiston hukumati grantlari; joy 550 ta!

Bu dastur doirasida Qozogʻistondagi 37 ta universitetda, istalgan bosqich va yoʻnalishda oʻqish uchun grant yutib olish mumkin.

Nomzod qaysi tilni bilishiga qarab, ingliz, rus yoki qozoq tilida oʻqitiladigan dasturni tanlay oladi.

Arizalarni ingliz, rus yoki qozoq tilida topshirish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– Oylik stipendiya beriladi

Arizalar 2024-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/qozogiston-bakalavriat-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-qozogiston-hukumati-grantlari/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

14-30 yoshlilar uchun mukofot jamg‘armasi 60 million so‘m boʻlgan ijodiy ishlar tanlovi

“Yoshlar ovozi” gazetasining 100 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan bu tanlovda quyidagi 4 yoʻnalish boʻyicha qatnashish mumkin:
– Eng yaxshi maqola
– Eng yaxshi fotohikoya
– Eng yaxshi video
– Eng faol bloger

Tanlovda Oʻzbekistondagi barcha 14-30 yoshli nomzorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar

Har bir yoʻnalish boʻyicha sovrindorlar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: noutbuk
– 2-oʻrin: smartfon
– Rag‘batlantiruvchi o‘rin: smart televizor

Ishlar 2024-yil 20-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yoshlar-ovozi-gazetasining-100-yilligi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Yandex Oʻzbekistonda maktab informatika oʻquvchilari va oʻqituvchilari uchun maxsus IT-taʼlim dasturini ishga tushiradi

👨‍💻Dasturning birinchi bosqichida bolalar uchun ikkita yangi bepul dasturlash maktablari ochiladi. Shunday maktablardan biri allaqachon Toshkentda 8-10-sinf oʻquvchilari uchun IT-park negizida faoliyat yuritmoqda, yana ikkita maktab esa 2024-yilning kuzida yana ikkita shaharda ochilishi rejalashtirilgan. Ulardan biri Samarqandda boʻladi, ikkinchisining joylashuvi hali koʻrib chiqilmoqda.

💻Dasturlash maktablari asosan dasturlash boʻyicha asosiy bilimlarga ega va IT sohasiga qiziquvchilar - texnologiya sohasida kasbiy faoliyat yuritishni yoki oliy taʼlim muassasalariga kirishni rejalashtirganlar uchun moʻljallangan.

👩‍💻Dasturning ikkinchi qismi Oʻzbekiston informatika oʻqituvchilarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat boʻladi. Ular uchun Yandex bepul dasturlash kurslarini ochadi va zamonaviy oʻqitish usullari bilan tanishtiradi. Bunday kurslarda 700 nafargacha foydalanuvchi qatnashishi mumkin.

Читать полностью…

Grantlar.uz

Iyunda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2024-yil iyun oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 AUC Excellence Scholarship Program: bakalavriatni Misrda oʻqish uchun 100% gacha grantlar! (dedlayn: 1-iyun)

👉 Albert Eynshteynning uyida 6 oylik tadqiqot; 10 000 yevro stipendiya, yo’l xarajatlari qoplanadi! (dedlayn: 1-iyun)

👉 JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi! (dedlayn: 1-iyun)

👉 SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-iyun)

👉 Dunyoning 22-raqamli universitetida onlayn magistratura kurslarini toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati! (dedlayn: 3-iyun)

👉 JSTdan esselar tanlovi: Mukofot – 5500 dollar va Gretsiyaga bepul sayohat! (dedlayn: 3-iyun)

👉 Humphrey Fellowship Program: AQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 7-iyun)

👉 Bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat! (dedlayn: 7-iyun)

👉 Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi! (dedlayn: 10-iyun)

👉 Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 60 dan ortiq! (dedlayn: 15-iyun)

👉 Tabiatdagi oʻzgarishlar aks etgan fotosuratlar tanlovida ishritok etib, 1000 funt sterlinggacha mukofot yutib oling! (dedlayn: 20-iyun)

👉 Imagine 2200 hikoyalar tanlovi: 12 nafar gʻolib 300 dollardan 3000 dollargacha mukofotni qoʻlga kiritadi! (dedlayn: 24-iyun)

👉 Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov! (dedlayn: 25-iyun)

👉 Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 30-iyun)

👉 Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar! (dedlayn: 30-iyun)

👉 Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari! (dedlayn: 30-iyun)

May oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

”IQtidorli” yoshlar oromgohi: STEM sohasidagi yoshlar va ustozlar uchun 1 haftalik yozgi dastur

Bu oromgohda ishtirok etuvchi (oʻquvchi) yoki bilim ulashuvchi (mentor) sifatida qatnashish mumkin.

Oʻquvchilar uchun yosh chegarasi – 15-25 yosh, mentorlar uchun esa 25-45 yosh.

Oromgoh mashgʻulotlari 2024-yil may-iyun oylarida Toshkentning Boʻstonliq tumanida boʻlib oʻtadi.

Manfaatli jihatlar:
– bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– STEM taʼlim yoʻnalishlari doirasidagi bilimlarini mustahkamlash va tanishlar orttirish imkoniyati

Arizalar 2024-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/iqtidorli-yoshlar-oromgohi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Italiyaning Tusha universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Mazgur dastur Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Italiyaning Tusha universiteti (Tuscia University) hamkorligida tashkil etilgan.

Dastur doirasida jami 20 nafar oʻzbekistonlik talabaga tegishli magistrlik dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grant ajratiladi (oʻqish ingliz tilida).

Moddiy imtiyozlar (har bir talaba uchun):
– oʻqish bepul
– 7000 yevro yillik stipendiya
– safar va oʻquv adbiyotlari xarajlari uchun yiliga 2500 yevro mablagʻ

Arizalar 2024-yil 24-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/italiyaning-tusha-universitetida-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

ClimateScience Olympiad 2024: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Bakuga bepul safar qiladi!

Olimpiada onlayn shaklda, 12 ta tilda (ingliz, rus, fransuz, nemis tillari ham bor) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-19 yoshlilar.
– 20-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 3000 dollar
– 2-oʻrin: 2500 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-5-oʻrinlarning har biri: 1500 dollar
– 6-10-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– OLTIN, KUMUSH VA BRONZA MEDALLARI sohiblari Bakuda (Ozarbayjon) oʻtkaziladigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi
– Barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi

Ro'yxatdan o'tish uchun eng yaqin dedlayn: 2024-yil, 31-may
Batafsil👇
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

Foydali

👉 Bu olimpiadaga qanday roʻyxatdan oʻtish haqida video

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

“WikiStipendiya”ning uchinchi mavsumi boshlandi – mukofot jamgʻarmasi 375 mln soʻm!

Bu marafonda yoshidan qatʼi nazar barcha qatnashishi mumkin. Nomzodlardan 5 kishilik jamoa sifatida roʻyxatdan oʻtish va marafon davomida oʻzbekcha Vikipediyaga kontent joylash talab etiladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻring: 150 mln soʻm
– 2-oʻrin: 125 mln soʻm
– 3-oʻrin: 100 mln soʻm

Ishtirok etish uchun butun marafon mobaynida (2024-yil oktabrgacha) roʻyxatdan oʻtish mumkin. Lekin imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish tavsiya etiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/wikistipendiya-marafoni/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

🌐 May oyidagi "Scopus sari ilk qadam" nomli premium kursimizga qabul yakunlanmoqda!

🎯 Asosiy maqsad - Scopus ma’lumotlar bazasidagi maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallarga maqolalar tayyorlash va chop qilish texnologiyalarini o'rgatishga qaratilgan.

✅ O'zingiz mustaqil ravishda Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqolalar chop qilishni o'rganasiz.

✅ Scopus ma'lumotlar bazasi bilan ishlash texnologiyalarini o'rganib, sohangizga mos jurnallarni topishni o'rganasiz.

✅ Ilmiy maqolalar tayyorlash standartlarini va ilmiy maqolalar tayyorlaydigan dasturlarni o'rganasiz.

✅ Premium kursimiz 15 ta moduldan tashkil topgan va har bir dars davomiyligi o'rtacha 3 soat davom etadi.

✅ Kursimizda talabalar, magistrantlar, doktorantlar va professor-o'qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.

✅ Har bir dars bo'yicha video darslar tayyorlangan bo'lib, darslardan keyin mualliflarimizga taqdim qilinadi.

🌐Kursimizga yozilish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling:
/channel/publicationu

📨Kursimiz haqidagi insights bilan tanishish:
/channel/insight_show

Murojaat:
@publicationu
Telegram:
@publish_uz‌‌

Читать полностью…

Grantlar.uz

Kuzgi qabullar yakunlanishiga oz vaqt qoldi...

Smart Consulting'da esa aksiyalar haftaligi davom etmoqda!

Navbatdagi aksiyamiz "10 talaba" aksiyasi.

Bunga ko'ra endi bizning firma Janubiy Koreya univetsitetlariga topshiruvchi 10 nafar o'quvchi uchun firma tomonidan barcha xizmatlar bepul amalga oshiriladi!

10 talaba aksiyasi haqida to'liqroq ma'lumotni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali bilib olishingiz mumkin!

👇👇👇
Telegram || Instagram

☎️ +99893-822-81-86

👩‍💻 @N2_Administration

Читать полностью…
Subscribe to a channel