grantlar | Unsorted

Telegram-канал grantlar - Grantlar.uz

83582

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar. 👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot 👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo 👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna Facebook: fb.com/grantlar.uz

Subscribe to a channel

Grantlar.uz

RIPS: Bakalavrlar uchun AQSHning Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

RIPS dasturi bakalavriat talabalariga Kaliforniya universiteti tarkibidagi IPAMda 1 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Amaliyot ingliz tilida, 2025-yil 23-iyundan 22-avgustgacha boʻlib oʻtadi hamda kompyuter fanlari, matematika, ma'lumotlar tahliliga oid hisoblash ishlarini o'zi ichiga oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Stipendiya (odatda 4000-4500 dollar).
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– AQSHga borish-kelish uchun mablagʻ.
– Viza olishga yordam.

Arizalar 2025-yil 3-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rips-bakalavrlar-uchun-kaliforniya-universitetida-1-oylik-amaliyot-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Utrecht Excellence Scholarship (UES): Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyada joylashgan Utrecht universitetida xalqaro magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Utrecht Excellence Scholarship grantini taklif etadi.

Grant gʻoliblari quyidagi imkoniyatlardan birini qoʻlga kiritadi:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi hamda yashash ruxsatini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utrecht-excellence-scholarship-ues-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlat

Читать полностью…

Grantlar.uz

Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya!

Avstriyadagi Markaziy Yevropa universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga bir nechta turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant turlari va miqdorlari turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma.
– Oyiga 1000 yervo stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 5-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grant-va-oyiga-1000-yevrogacha-stipendiya/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

TechWomen: Ayol-qizlar uchun AQSHda 5 haftalik dastur – barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur kamida bakalavrlik darajasi va STEM (Science, Technology, Engineering and Mathematics) 2 yillik toʻliq stavkali ish tajribasiga ega yetakchi ayol-qizlarga AQSHda malaka oshirish imkonini beradi.

5 haftalik malaka oshirish kursi 2025-yil sentabr-oktabr oylarida boʻlib oʻtadi.

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish hamda AQSHdagi mahalliy parvozlar aviachiptalari olib beriladi.
– San-Fransisko va Vashingtondagi dasturlar davomda bepul turar joy taʼminlanadi.
– Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar taʼminlandi.
– Mezbon kompaniyalar, jamoat tadbirlariga borishda transport xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/techwomen-xotin-qizlar-uchun-aqshda-5-haftalik-dastur-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 100 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Gates Cambridge Scholarships: Dunyoning 5-raqamli universitetida oʻqish uchun 80 ta toʻliq grant!

Bu grantga Kembrij universitetida PhD, magistratura (MLitt) bosqichi yoki 1 yillik aspirantura kurslarida oʻqimoqchi boʻlganlar topshira oladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– Yillik stipendiya beriladi (12 oy uchun 21 000 funt-sterling).
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Kiruvchi viza xarajatlari va immigratsion tibbiy yigʻim toʻlovi qoplanadi.
– Farzandi borlar yiliga 11 604 funt-sterling (1 nafar farzand uchun) yoki 16 548 funt-sterling (2 yoki undan koʻp farzand uchun) qoʻshimcha yordam mablagʻi ham olishi mumkin.

Arizalar qabuli 2024-yil 3-dekabr yoki 2025-yil 7-yanvarda tugaydi (qabulning oxirgi muddati dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gates-cambridge-scholarships-university-of-cambridge/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

AQSH: ayol-qizlarga bakalavriatda o'qish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat!

AQSHdagi Simmons universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchi nomzodlarga Simmons Distinguished Scholar Award grantini taklif qiladi.

Bu universitetning bakalavriat kurslariga faqat ayol-qizlar qabul qilinadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qilinadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat ta'minlanadi

2025-yil kuzgi semestrda o'qishni boshlash uchun arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/simmons-university-aqsh-bakalavr-kursida-bepul-oqish-turar-joy-taminoti-oqish-xarajatlari-uchun-qoshimcha-3000-aqsh-dollari-miqdorida-yordam-puli/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇰🇷 Koreyada til kurslariga TELEX VIZALARIMIZ chiqdi!

🤩 Qishgi semestrga hujjatlarni topshirgan talabalarimizning vizalari chiqishni boshladi!

🥳 Talabalarimizni tabriklaymiz va bahorgi qabul ochiqligini eslatib o'tamiz!

🔥 Hech qanday til sertifikatlarisiz hujjat topshiring va Koreyaga TELEX vizasini qo'lga kiriting!

⚡️ Yosh chegarasi: 18-21

📁 Asosiy kerakli hujjatlar:
👉 Xorijga chiqish pasporti
👉 Ota-ona pasportlari
👉 Diplom/Attestat
👉 KDB bank spavkasi (3 oylik)

🔗 RO'YXATDAN O'TISH

☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
📞 +998 99 638 7444 | Online

💬 Telegram 📹 MAXEducation">YouTube 📹 Instagram

Читать полностью…

Grantlar.uz

📣FAQAT 20-NOYABRGACHA - barcha mamlakatlar uchun minus 200$!

🎉 ASK Consultingʼning Baraka Friday Sale chegirmasidan foydalanish imkoniyatini boy bermang va chet elda o‘qish orzusi uchun pulni tejang.

🔸Dunyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlariga kiring.
🔸Barcha hujjatlarni rasmiylashtirishda ekspertlar yordamini oling.
🔸Orzungizni professionallarga ishoning va yangi bilimlar sari qadam tashlang.

📝ASK Consulting – xalqaro ta’lim olamida sizning yoʻlboshchingiz. Biz bilan – oson va ishonchli!

Bepul konsultatsiya olish uchun quyidagi arizani to'ldiring:

👉 ARIZANI TOʻLDIRISH

☎️ Telefon: (90)015-61-35

Ask Consulting

Читать полностью…

Grantlar.uz

#Job

Yirik Amerika autsorsing kompaniyasi nemis tilida so‘zlashuvchi mijozlarga xizmat ko‘rsatish agentlarini qidirmoqda: Uydan turib ishlang va yuqori daromad oling!

Boshlang‘ich maosh: 10 million so‘mdan yuqori!
Joylashuv: Masofaviy (O‘zbekistonning istalgan joyida)

Nega aynan bu lavozim?

Moslashuvchan ish jadvali
Avvalgi tajriba talab qilinmaydi
Martabani oshirish uchun treninglar va o‘sish imkoniyatlari
Raqobatbardosh ish haqi va eng yaxshi xodimlar uchun bonuslar

Talablar:
Nemis tilini bilish — C1

Bevosita O‘zbekistondan global brendlar bilan ishlash uchun noyob imkoniyat!

Hoziroq ariza topshiring

Читать полностью…

Grantlar.uz

Koreya, AQSh, Kanada kabi davlatlarda grant bilan o’qishni istaysizmi?

Buning uchun nimalar kerak?
- IELTS 6.0 va undan yuqori
- yaxshi baholar
- Globstudy jamoasi

Bizning studentlarimiz qayerda o’qishadi?
⭐ KAIST (top 50 worldwide)
⭐ UNIST (top 10 in Korea)
⭐ Yonsei University (top 80 worldwide)
❗️va AQSh, Kanadadagi nufuzli universitetlarda

🤔 Nima qilish kerak?
Biz bilan bog’laning va siz ham ushbu muvaffaqiyatli studentlar qatoriga qo’shiling. Buning uchun quyidagi havoladagi anketani to’ldiring va bizning jamoamiz sizga barcha kerakli ma’lumotni yetkazishadi!

Ro’yxatdan o’tish

📌 Registratsiya uchun BONUS
- Bonus sifatida siz bizdan Koreyadagi Top 10 universitetlarning ro’yxatini (deadline-lar va scholarshiplar bilan) e-pochtangizga olasiz!

@globstudy

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇨🇿 Chexiyada til setifikatsiz GRANT!
👨‍🏫 1+3 yil dasturi

📚 Yo’nalishlar:

— Tibbiyot (6 yil)
— Uchuvchilik (+ Praktika)
— Iqtisod
— IT (4 yil)
— Transport
— Yurisprudensiya
— Business Management
Taklifimiz:
— Til kursi kontrakti oyma-oy to'lanadi!
— Schengen Viza
Viza olish darajasi 99%
— O’qishdan tashqari ishlash

☎️ 940031001 | 999861001

👩‍💻 Onlayn murojaat

Telegram | Instagram | 🇷🇺Telegram

Читать полностью…

Grantlar.uz

STIPENDIUM HUNGARICUM GRANTI ORQALI VENGRIYAGA BEPUL O'QING!

Xarajatlar haqida o'ylamay, top universitetlardan birida o'qish va Yevropa bo'ylab sayohat qilishni xohlaysizmi? Stipendium Hungaricum orqali buning imkoni bor!

Ushbu dastur imtiyozlari:
🔹 Vengriyaning yetakchi universitetlaridan birida o'qish puli to'liq qoplanadi
🔹 Oylik stipendiya
🔹 Bepul turar joy yoki turar joy ijarasiga yordam
🔹 Tibbiy sug'urta qoplanadi

☝️ Talab: IELTS 5.5 yoki undan yuqori

Grant asosida o'qish imkoniyatini boy bermang!

Bepul konsultatsiya olish uchun quyidagi arizani to'ldiring 👇

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScSa-EdJGtmT6MR4-OZKzcBtDZDWt00nR3dKhAH5fO2qRfcpQ/viewform

Telefon: (90)015-61-35

Ask Consulting

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇰🇷 Koreyada ta'lim olish uchun "IMPACT CONSULTING" dan ajoyib taklif 😉

KASBIY TA'LIM: 70% gacha grant; haftada 1-2 kun o'qish va qolgan payt ishlash imkoniyati

BAKALAVR: TOPIK 3+ yoki IELTS 5.5+ bilan 20% dan 100% gacha grant beradigan universitetlar

MAGISTRATURA: TOPIK 4+ yoki IELTS 5.5+ bilan 70% gacha grand beradigan universitet va KDB bank shot va ota-ona yillik daromatsiz visa olish imkoniyatlari

Va undan tashqari @impact_consulting Koreyada o'qish va ishlashga oid ko'plab foydali ma'lumotlar joylab boramiz.

HIZMATLARIMIZ QONUNIY VA IKKI TARAFLAMA YURIDIK SHARTNOMA ASOSIDA AMALGA OSHIRILADI (GUVOHNOMA)

ALOQA: 901729070 | @impactadmin

Читать полностью…

Grantlar.uz

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣

📣 Hurmatli ilm ahli! Sizlarga ilm-fanga yo'naltirilgan 4 ta telegram guruh va kanallarimizni taklif qilamiz.

📖 Guruh nomi: Publication.
💬 Guruh tavsifi: Xalqaro va mahalliy impact factorli hamda OAK tan oladigan jurnallar va konferensiyalar haqida postlar joylab boriladi.
Guruhga ulanish: /channel/articlepublication_uz

🌳 Kanal nomi: Nashrlar_uz.
💬 Kanal tavsifi: Barcha turdagi (Scopus, Web of science, Impact factorli, OAK) jurnallar va konferensiyalar haqida postlar joylab boriladi.
Kanalga ulanish: /channel/articlepublishing_uz

📓 Kanal nomi: Scopus & Web of science
💬 Kanal tavsifi: Scopus va Web of science xalqaro ilmiy bazalarda aktiv bo‘lgan jurnallar va konferensiyalar haqida postlar joylab boriladi.
Kanalga ulanish: /channel/scopus_web_of_science1

📕 Kanal nomi: OAK ro‘yxatidagi jurnallar.
💬 Kanal tavsifi: Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan jurnallar haqida postlar joylab boriladi.
Kanalga ulanish: /channel/OAK_jurnallar_uz

👫 Ushbu telegram kanal va guruhlarimizga a'zo bo'lishingizni tavsiya qilamiz!

👨‍💻 Murojaat uchun:
📩 t.me/publish_assistant

Читать полностью…

Grantlar.uz

Online kurs: MUVAFFAQIYATGA BIRGALIKDA ERISHAMIZ✅

Darslar: Usmonov Maqsud Toʻlqin oʻgʻli tomonidan olib boriladi. Kurs davomiyligi 1 oy. Narxi 300 ming soʻm. Darslar 1-dekabrdan boshlanadi✅

Online kursda quyidagilar oʻrgatiladi👇

1. EHM dasturlar uchun DGU Patent(Guvohnoma)larni olish va unga hujjatlar topshirish 0 dan oʻrgatiladi✅

2. Maʼlumotlar bazasi uchun BGU Patent(Guvohnoma)larni olish va unga hujjatlar topshirish 0 dan oʻrgatiladi✅

3. SCOPUS va OAK jurnallari uchun Xalqaro EMRAD talabida Ilmiy maqola yozish 0 dan oʻrgatiladi✅

4. Elektron oʻquv qoʻllanma yaratish va uni netlify.app ga joylash. Hamda shu elektron qoʻllanma uchun mualliflik guvohnomasini qanday olish 0 dan oʻrgatiladi✅

5. Yevropa mamlakatlarida Monografiya va Kitoblarni bepul nashr qilish 0 dan oʻrgatiladi ✅

6. Kitoblar, oʻquv qoʻllanmalar, dissertatsiya ishlariga IMA dan mualliflik guvohnomasini olish 0 dan oʻrgatiladi✅

7. Sanoat namunasiga, Foydali modelga PATENT olish uchun ariza topshirish 0 dan oʻrgatiladi✅

8. Google akademiyadagi Статистика цитирования, h-индекс, i10-индексni qanday oshirish 0 dan oʻrgatiladi✅

9. Google akademiya akkaunt ochish va ORCID havola yaratish oʻrgatiladi✅

10. Maqolalarni Googleda endex qilish oʻrgatiladi ✅

11. UzAvtordan guvohnoma qanday olish 0 dan oʻrgatiladi✅

12. Davlat mukofotiga xujjatlarni sifatli tayyorlash va ularni qanday toʻplash 0 dan oʻrgatiladi ✅

KURSGA YOZILISH👉 @programmer1340

Bizning guruh: /channel/patent_DGU_BGU_Ixtiro_EHM_dastur

Читать полностью…

Grantlar.uz

Top universitetlarda bepul va stipendiya asosida o'qish uchun nima qilish kerak?

Bu uchun Italiyada oʻqish kerak!

2025-yilga qabul uchun LGC agetligi o'z mijozlariga CHEGIRMA NARXLARda xizmat ko'rsatishni taklif qiladi

Taʼlim afzalliklari:
– Top universitetlarda oʻqish
– Bepul (kontraktsiz) oʻqish
– Yiliga 7600€ stipendiya
– Shengen viza
– 6 yillik tajribaga ega korxona

1. Foundation
2. Bakalavriat
3. Magistratura
bosqichlarida oʻqishingiz mumkin.

Talablar:
–magistratura uchun o'rtacha baholar 70+
–IELTS 5.5 kerak
(Bazi universitetlarga IELTS siz qabul bo'lish mumkin)

Batafsil:

📞 +998886037700
@lightman_group_admin3

📞 +998886027700
@lightman_group_admin2

📞 +998979417700
@lightman_group_admin1

Telegram channel: @lightmangroupconsulting

Читать полностью…

Grantlar.uz

Pul sarflamasdan dasturlashni o‘rganishga tayyormisiz?

📢Agar siz back-end dasturlashni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, Python va Django bo‘yicha to‘liq kurs Sizni kutmoqda!


Kursimizda nimalarni o‘rganasiz?
Python dasturlash tilini 0 dan professional darajagacha:

➡️ Python Basic (Asosiy tushunchalar va sintaksis)
➡️ Python Core (Ilovalar yaratish va rivojlantirish)
➡️OOP (Ob'ektga yo‘naltirilgan dasturlash)
➡️ Database (Ma'lumotlar bazasini boshqarish)
➡️Telegram Bot (Telegram botlari yaratish va integratsiya)
➡️ Django (Web dasturlash frameworki bilan ishlash)

⏳ Kurs davomiyligi: 7 oy
⏰ Dars davomiyligi: 2.5 - 3 soat
Haftada: 3 kun

Imkoniyatdan foydalanish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting 👇

Ro'yxatdan o'tish

Telefon: 77 777 30 30

Telegram  | Instagram  | Facebook |

Читать полностью…

Grantlar.uz

Xiamen universiteti (Malayziya) bahorgi semesterga 25 ta grant o’rin ajratdi!

Top 300 (QS) ga kirgan universitetga 100% grant asosida talaba bo'lish imkoniyatingiz bor!

Shoshiling, qabul tugashiga oz muddat qoldi.

Universitet vakillari bilan bog'laning va qabul talablari bilan tanishing.

👉RO'YXATDAN O'TISH

Savollar yuzasidan murojaat:


📞 +998 20-001-33-85

@xmum_uni

Rasmiy kanal: /channel/xmum_uz

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇦🇪B.A.A universitetlarida 2025-yil kuzgi semestr uchun bakalavriat va magistratura bo‘yicha 50% dan 100% gacha bo‘lgan GRANT imkoniyatlari uchun qabul jarayonlari boshlandi.

Grant imkoniyatlari:

• To’liq o'qish puli qoplanadi
• Emirates ID bilan 36 soat ishlash imkoniyati
• Amirlikda karyera qilish imkoniyati
• Oila a’zolari uchun VIZASIZ
• Bank hisob raqami kerak emas
• VIZA – 100%
• Soatiga 4-8$ maosh


Nomzodlar 2+2 va 1+1 imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.

Arizalar 2024-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi

Sohalar:
• Computer Science and Information Technology, Business and Management,
• Economics, Psychology, Education Communication and Media Studies,
• International Relations and Political Science,
• Hospitality and Tourism Management,
• Linguistics and Languages, Data Science, Art and Design


Dasturga qiziqqan talabalar BEPUL ro’yxatdan o’tib, B.A.A GRANT deb yozing - Ro’yxatdan o’tish

Bepul professional konsultasiya oling
Kanalga obuna bo'ling, yaqinlarga ulashing

+998712006445

Читать полностью…

Grantlar.uz

❗️🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 bilan yuzma-yuz suhbat

🏛 Janubiy Koreya universitet rasmiy vakillari suhbatidan o'tib, TALABA BO'LING!

✔️ Koreyaga vizangizni 100% aniq olgandan keyin firma to'lovini to'laysiz.

⚠️ Shoshiling

✔️ Arzon kontraktli universitet
✔️ Bank schyot talab qilmaydigan
✔️ Top universitetlar qabuli tugashiga oz qoldi.

👨‍🎓 Bakalavr & Magistratura

🇰🇷 Koreya: IELTS 5.5 yoki TOPIK 3

💰 Bu aksiyada firma to'lovini vizadan so'ng to'laysiz.

➡️ Suhbatga R O'YXATDAN O'TISH

💬Telegram|📹 Instagram|📹Youtube

Читать полностью…

Grantlar.uz

Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2024-yil 31-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Radboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 28 ta qisman grant!

Gollandiyadagi Radboud universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun 28 ta qisman grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasiga chegirma qilinadi (17 000 yevro emas, 2530 yevro toʻlanadi).
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-scholarship-programme-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-grantlar/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!

Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.

Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant imkoniytarlari:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya.
- Turar joy ta'minlanadi.
- Sug'urta xarajati qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.

Hozirda 2025-yildan o'qishni boshlash uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Radboud Encouragement Scholarship: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Ushbu grant Radboud universiteti tomonidan ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda jami 13 ta grant oʻrni ajratilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 14 640 yevro stipendiya beriladi.
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-encouragement-scholarship-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

2025-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2025-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil:
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Leaders for Future: Germaniyada 2 oylik amaliyot uchun toʻliq va qisman grantlar!

Amaliyot Berlinda boʻlib oʻtadi, nemis yoki ingliz tilida qatnashish mumkin. Ariza topshirish vaqtida kamida 18 yosh bo'lgan barcha qatnashishi mumkin.

Amaliyot 2025-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha davom etadi.

Ishtirokchilarga toʻliq va qisman grantlar taqdim etiladi.

– Toʻliq grant: turar joy, tadbirlar, sugʻurta, mentorlik va maslahat xarajatlari, maʼmuriy toʻlovlar qoplanadi hamda 400 yevro choʻntak puli beriladi.
– Qisman grant: toʻliq grantda sanalaganlardan faqat turar joy xarajati qoplanmaydi.

Arizalar 2024-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leaders-for-future-germaniyada-2-oylik-amaliyot-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Shveytsariya: Huquqshunoslik boʻyicha magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Shveytsariyadagi Jeneva Akademiyasi huquq boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilarga toʻliq grantlar taklif etadi.

Grantlar quyidagi masgitrlik dasturlari uchun beriladi:
– LLM in International Humanitarian Law and Human Rights
– Master of Advanced Studies in Transitional Justice, Human Rights and the Rule of Law

Grant imkoniyatlari:
– Kontrkat summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Arizalar 2025-yil 9-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shveytsariya-huquqshunoslik-magistratura-toliq/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Humboldt Residency Programme: Oziq-ovqat kelajagi mavzusida Germaniyada rezidensiya dasturi

Bu dasturga dastur mavzusiga aloqador tajriba/qiziqishga ega tadqiqotchilar, jurnalistlar, sanʼat sohasi vakillari, yozuvchilar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari ariza topshirishi mumkin.

Dasturning bu yilgi mavzusi: Oziq-ovqat kelajagi.

Dastur bir qancha onlayn mashgʻulotlar va Germaniyadagi 6 haftalik rezidensiyadan iborat. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Stipendiya
– Germaniyaga borish va qaytish uchun mablagʻ
– Bepul turar joy
– Oila aʼzolari uchun qoʻshimcha imkoniyatlar

Arizalar 2024-yil 9-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/humboldt-residency-programme/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 15,5 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2025-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar

Читать полностью…
Subscribe to a channel