grantlar | Unsorted

Telegram-канал grantlar - Grantlar.uz

83582

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar. 👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot 👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo 👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna Facebook: fb.com/grantlar.uz

Subscribe to a channel

Grantlar.uz

Gollandiya: Dunyodagi 73-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar

Gollandiyadagi Leiden universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Leiden University Excellence Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biriga ega boʻladi:
– Kontrakt summasiga 10 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasiga 15 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasi yiliga 2601 yevro chegirma.

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi (o'qish 2025-yil sentabrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leiden-university-excellence-scholarship-gollandiyada-magistratura/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!

Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.

Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant imkoniytarlari:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya.
- Turar joy ta'minlanadi.
- Sug'urta xarajati qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.

Hozirda 2025-yildan o'qishni boshlash uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme: Oksford universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dastur rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan nomzodlarga Oksford universitetining 43 ta magistrlik kursida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi.
– Yiliga kamida 19 237 funt-sterling miqdoridagi stipendiya beriladi.

Arizalar 2025-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi (qabul muddati yoʻnalishga qarab farq qiladi).

Maʼlumot uchun: THE reytingiga koʻra, Oksford universiteti 2024-yilda dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 1-oʻrinni egallab turibdi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weidenfeld-hoffmann-scholarships-and-leadership-programme/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2024-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2025-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2024-yil 1-dekabrdan 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Toshkentda 10 dan ortiq sertifikat va diplomli kurs bepul oʻrgatilmoqda!

“International inclusive hub” xalqaro markazida 14-30 yoshli barcha oʻrganuvchilarga 10 dan ortiq kasbiy va til kurslari bepul oʻrgatiladi.

Ushbu markaz Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tashkil etilgan.

Afzalliklari:
– Kurslar butunlay bepul
– Bitiruvchilar sertifikat/diplom bilan taqdirlanadi
– Bitiruvchilarga ishga joylashish hamda ishlab chiqqan mahsulotlarini marketlarda joylashtirishda ko‘mak beriladi

Arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/international-inclusive-hub/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Central European University: doktorantura uchun 100% grant va 1880 yevro oylik stipendiya!

Avstriyadagi Markaziy Yevropa universiteti doktorantura (PhD) bosqichida oʻqishni xohlovchilarga CEU Doctoral Scholarship grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud barcha doktorantura kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 1880 yevro stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 4-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-doktorantura-uchun-100-grant-va-1350-yevrogacha-oylik-stipendiya//

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

O'qish bepul bo'lgan Berea kollejiga (AQSH) arizalar qabul qilinmoqda

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud. Bu oliygohda 40 ga yaqin yoʻnalish taklif qilinadi.

Ariza topshirish uchun kamida IELTS 6.0 yoki shunga teng boshqa xalqaro hujjat talab etiladi.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– 1-yilda bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Arizalar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-oqish-bepul-bolgan-berea-college-oliygohiga-hujjatlar-qabul-qilinmoqda/

Foydali:

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Maksimal darajada ilm-fanga yo'naltirilgan ushbu kanallar tavsiya etiladi:

1.  Scopus va web of science xalqaro nufuzli ilmiy bazalarda indekslanuvchi jurnallari uchun ochilgan kanal

2.  Dissertatsiyaning ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan, Oliy attestatsiya komissiyasi ro'yxatidagi jurnallar uchun ochilgan kanal.

3. Barcha xalqaro va mahalliy impact factorli hamda OAK tan olgan xalqaro ilmiy bazalarda indekslanuvchi jurnallar uchun ochilgan kanal.

4. Yil davomida o'tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar axborot xatlari uchun ochilgan kanal.

Bu postni hamkasb va tanishlaringizga ham yuboring.


Murojaat uchun:

@Science_technical_PhD

Читать полностью…

Grantlar.uz

Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun: Erasmus Mundus dasturi magistraturani Yevropa davlatlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi (kontrakt summasi qoplanadi, oylik stipendiya 1400 yevro va sugʻurta xarajatlari qoplanadi).

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

MUHIM: Dastlab siz oʻqimoqchi boʻlgan soha mavjudligini BU YERDAN tekshirib oling.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna

Читать полностью…

Grantlar.uz

📢SILK ROAD ACADEMY konsalting xizmatlari uchun MEGA AKSIYA e'lon qildi!

Siz Koreyaga ketish uchun yelib-yugurib hujjat qilishdan charchadingizmi? Endi hech qanday hujjat ishlari sizni bezovta qilmaydi. Qanday qilib deysizmi?

Quyidagi havola ustiga bosing va batafsil ma'lumotga ega bo'ling:
➡️ MEGA AKSIYA

⚡️ O'zingiz qiziqqan universitetni tanlang va suhbat manzili va vaqtlari haqida to'liq ma'lumot oling.

🟠KANGWON NATIONAL UNIVERSITY
🟠JOONGBU UNIVERSITY
🟠KONGJU NATIONAL UNIVERSITY
🟠JEJU TOURISM UNIVERSITY
🟠DONG-EUI VOCATION EDUCATION

🌏Veb-sayt

🔜Call Center
+99893-284-98-06|@SilkRoad_Academy3
+99890-283-98-06| @SilkRoad_Academy1

IJTIMOIY TARMOQLARIMIZ:

📱INSTAGRAM 📱TELEGRAM
📱FACEBOOK 📱SILKROADACADEMY-dt6pw">YOU TUBE

Читать полностью…

Grantlar.uz

✅ Ilmiy sohadagi eng foydali Telegram kanal!

🎯
Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqola chop qilishga qaratilgan online kurslar

💯
Iqtidorli qizlarimiz uchun maxsus grantlar

🔍
Maqolangiz uchun bepul UDC raqamini olish

📚
O'zbek tilida bepul kitob va monografiya chop qiladigan Yevropa nashriyotlari

🌐
Scopus ma'lumotlar bazasidagi maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar

🎉
Prezident va Davlat stipendiyalariga tayyorgarlik ko'rish

🎯
Ilmiy tadqiqotchilar uchun bepul online kurslar

🌐 Barcha tillarda bepul kitob va monografiyalarni xalqaro nashriyotlarda chop qilish

🔝
Scopus ma'lumotlar bazasiga indeksatsiya qiladigan konferensiyalar

Ilmiy tadqiqotchilar uchun online kurslar

🌐
Bepul master class va vebinarlar haqida ma'lumotlar

Ushbu postni yaqinlaringizga ham ulashing.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Читать полностью…

Grantlar.uz

The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

The Earth Prize: maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 100 ming dollardan ortiq boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-19 yoshli oʻrta taʼlim muassasasi oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Tanlov onlayn formatda va ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar ekologik barqarorlikka oid ijobiy oʻzgarish olib keladigan yechim taklif qilishi kerak boʻladi.

Mukofotlar:
– Mintaqaviy gʻolib (jami 7 ta): 12 500 dollar
– Yil pedagogi (3 nafar): 2500 dollar
– Yil mentori (3 nafar): 2500 dollar

Nomzodlar bu tanlovda qatnashish uchun 2024-yil 30-noyabrgacha roʻyxatdan oʻtishi kerak.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-earth-prize-maktab-litsey-va-kollej-oquvchilar-uchun-tanlov/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi: gʻoliblar AQSHdagi 3 haftalik kursda bepul oʻqiydi

Tanlovga huquqshunoslik sohasida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlganlar qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki ispan tilida maqola topshirish mumkin.

Gʻoliblar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalandi:
– AQSHda 3 haftalik kursda oʻqish puli qoplab beriladi.
– G'olib maqolalar belgilangan talablarga mos bo'lsa, rasmiy nashrda chop etiladi

Maqolalar qabuli 2025-yil 3-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/human-rights-essay-award-ilmiy-maqolalar-tanlovi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Kanadaning British Columbia provinsiyasida joylashgan Tompson Rivers University Kanadadagi nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi.

Thompson Rivers Universityda 200 dan ortiq dastur bor va 25 000 dan ortiq talaba tahsil oladi. Bu universitet individual xizmatlar, amaliy o'rganish imkoniyati va turli xil va inklyuziv muhitni taqdim etadi.

SAMI va Tompson Rivers universiteti Kanadada oʻqishni xohlovchilarga SAMI ofisidagi seminarimizda koʻproq maʼlumot olish va oʻz savollariga javob olish imkonini beradi.

Seminarda ariza topshirish, viza olish jarayoni, bakalavriat va magistratura uchun mavjud dasturlar, stipendiyalar, Kanadada yashash va ishlash haqida ma’lumot olasiz.

Seminar bepul, biroq joylar cheklangan va tadbirda qatnashish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish kerak:
https://zcform.com/KA3HG

📅 Vaqt: 2024-yil 16-oktabr, 16:00-18:00
🗺 Manzil: Toshkent sh., Niyozbek Yo'li 3-tor ko'chasi, 6a
📍Mo'ljal: Buka do'koni, Moliya Instituti

🌐 www.sami.uz
☎️ 71-208-32-22
📱 sami_studyabroad1

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Grantlar.uz

Ota-ona yillik daromadi shart emas
❌Bir oylik KDB banchyoti shart emas


✔️Firma to’lov o’qishga kirgandan keyin

14-oktabr, 14:00

Woosuk va SMIT universitetlari prafessorlari talabalar bilan O’QISHGA suhbat qiladi!

Seminar afzalliklari:
✔️To’g’ridan-to’g’ri talaba bo’lish
✔️Birinchilardan talaba bo’lish
✔️Boshqa universitetlar haqida to’liq ma’lumotlar
✔️Katta chegirmalarga ega bo’lish
✔️Sovg’alar
✔️Boshqa talabalar bilan fikr almashish
✔️Kichik ziyofat

Hoziroq suhbatda qatnashish uchun @Unibridge_rasmiy ga telefon raqami va ismingizni qoldiring!

Joylar soni cheklangan.

Barchangizni seminarimizda kutamiz.

📍Andijon shahar, Milliy tiklanish ko'chasi, (leniskiy ko’cha tomon)
Premier mehmonxonasi 3-qavat

Читать полностью…

Grantlar.uz

15-OKTABR KUNI 10:30DA GLOBAL GRAND OFISIDA SEMINAR

🏢KOREA UNIVERSITETIDAN PROFESSERLAR KELISHADI VA 15-OKTABR KUNI SEMINAR OLIB BORISHADI.

🇰🇷SIZ SEMINARDA SIZ KOREA UNIVERSITETI PROFESSERI BILAN TO'G'RIDAN TO'G'RI GAPLASHB UNIVERSITETGA QA'BUL QILINISHINGIZ MUMKIN

🇰🇷 SEMINARDA 100% GACHA GRANDLAR OLISH IMKONI

🇰🇷E-VISAGA HAM TOPSHIRINGIZ IMKONI BO'LADI VA VISA OLISHINGIZ KAFOLATLANADI


🇰🇷 TIL KURSI, BAKALAVR VA MAGISTRATURA DASTURLARIGA QABUL BOLADI VA HUJJAT TOPSHIRINGIZ MUMKIN.

🇰🇷KAREYAGA BIZ ORQALI KETGAN TALABALAR HAMMASI GRAND ASOSIDA KETISHGAN.

📚BOSHQA DAVLATLARGAYAM GRAND ASOSIDA O'QISHGA IMKONI ( EUROPE, USA, UK, CHINA AND OTHERS)

✅Telegram muloqat uchun:

📍Bizning manzil: Abdulla qodiriy ko’chasi 21-uy. Mo’jjal: ganga, KFC

☎️Batafsil ma'lumot:

+998942393535
+998880844041

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Grantlar.uz

🇰🇷Janubiy Koreya davlatiga o'qishga jo'natish bo'yicha bir necha yillik tajribaga ega Smart Consulting jamoasi va Koreyaning 10 ga yaqin nufuzli universiteti vakillari bilan oktyabr oyida Toshkent shaxrida uchrashuv o'tkazish belgilangan!

Bu universitetlar o'zbekistonlik talaba yoshlar uchun:
🧾E visa (bankschot va yillik daromat= ×)
📜Telex visa ( til sertifikat=×)
💰Kasbiy ta'lim ( ham o'qib ham ishlash uchun)
Va 100% lik grant dasturlarini taklif qilishadi!
🧑‍🏫Universitetlar vakillari bilan suhbat jarayoniga ofline va online qatnashish mutlaqo bepul!

Universitetlar suhbatiga tayyorlanish va Koreyaga 100% viza olish uchun kerakli ma'lumotlar bu yerda👈

Batafsil ma'lumot uchun:
☎️ +998-93-822-81-86

Telegram || Instagram

Читать полностью…

Grantlar.uz

🤯 Raqobatchilarni ham tushiga kirmagan narxlar!

Barcha smartfonlarga — 15% chegirma
Kichik maishiy texnikagа — 30% chegirma
Idishlarga — 70% gacha chegirmalar
Sovutkichlarga — 20% chegirma

*Faqat 3 kun, 11-13-oktabr, tezlashamiz do'stlar!

Undan tashqari istalgan xarid uchun iPhone 16 Pro yutib olish imkoniyatiga egasiz. Batafsil ma'lumotni do'konlarimizdan olishingiz mumkin!

@texnomart
▫️ ▫️ ▫️ ▫️

🤯 Такие цены не снились даже конкурентам!


На все смартфоны — скидка 15%
На малую бытовую технику — скидка 30%
На посуду — скидки до 70%
На холодильники — скидка 20%

*Только 3 дня, 11-13 октября, поспешите друзья!

Кроме того вы можете выиграть новенький iPhone 16 Pro за покупку любой техники, подробнее в наших магазинах!

@texnomart

Читать полностью…

Grantlar.uz

🌸Janubiy Koreyaga 2025-yil bahorgi semestr uchun qabuli ochiq universitetlarimiz mavjud – shoshiling!

🏆Koreyaning TOP 10 kiruvchi universitetlari (grant 30-100%)

Yo'nalishlar:
1. International relations
2. Ai Computer Engineering
3. Businesses Administration
4. Hotel dining Tourism
5. Software Engineering
6. English Language & Literature

🎓4 yillik TOP universitetlar.
👨‍🏭2 yillik kasbiy ta’lim.
📚6 oy va 2 yillik til kurslari.
📑Til sertifikatisiz (Telex Visa).

🤝Bizning boshqalardan farqimiz?

👨‍👩‍👦
Ota-onani Koreyaga qonuniy oson chaqirish imkonini beruvchi universitelar.

🇰🇷🇺🇸2 yil Janubiy Koreya va 2 yil AQSH da o’qish imkonini beruvchi universitetlar mavjud.

E-VİSA arzon Kontrakt bilan

📆 Bahorgi semestr uchun sanoqli kunlar qoldi.

📲 @turanschoolinfo

🖥Universitetlar va viza olish tartiblari haqida ma’lumotlar kanalimiz orqali jonli muloqotlarda berib boriladi: @turanschoolnews

🔈Jonli muloqot –bugun 18:00 da

Читать полностью…

Grantlar.uz

#scopus_web_of_science

🔝Mustaqil ravishda Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqolalar chop qilishni xohlaysizmi?

🌐
Noyabr oyidagi "Scopus sari ilk qadam" nomli premium kursimizga qabul davom etmoqda!

🎯
Scopus ma'lumotlar bazasiga indeksatsiya qiladigan jurnallarda chop qilingan maqolalar sizga nima beradi?

Davlat mukofotlari;
✅ Prezident va davlat stipendiyalari;
✅ Xalqaro stipendiyalar va grantlar;
✅ Ilmiy karerada yuqori natijalar.

🌐 Kursimiz darslariga yozilish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling:
/channel/publicationu

Loyiha muallifi:
Fakhriddin Abdikarimov
http://myurls.co/fakhriddin_abdikarimov

🗞 Kurs haqida to'liq ma'lumot: /channel/publish_uz

❗️
Kursimiz mobaynida ilmiy dunyoqarashingiz tubdan o'zgarishi kafolatlangan!

🔝Sifatni qadrlovchilar uchun. Professionallarga ishoning!

📨 Ushbu postni yaqinlaringizga ham ulashing.

Telegram | Instagram | Facebook Twitter |

Читать полностью…

Grantlar.uz

Open Doors onlayn olimpiadasi; 400 nafar sovrindorlar Rossiyada bakalavriat, magistratura, PhD yoki postdoktorantura bosqichida grant asosida oʻqiydi!

Open Doors olimpiadasida bakalavriat, magistratura, PhD yoki postdoktorantura bosqichida oʻqishni xohlovchilar qatnashishi mumkin.

Olimpiada 14 ta yoʻnalish boʻyicha onlayn tarzda boʻladi, unda ingliz yoki rus tilida ishtirok etish mumkin.

Sovrindorlarga beriladigan imkoniyatlar:
– Yoʻnalishiga mos istalgan magistrlik yoki PhD kursiga imtihonsiz va toʻlovlarsiz kirish.
– Oʻqishdagi toʻlov-kontrakt summasi Rossiya hukumati tomonidan toʻliq qoplanadi.
Oylik stipendiya berilishi mumkin.

Har yili 400 nafargacha ishtirokchi sovrindor boʻladi.

Roʻyxatdan oʻtish muddatlari:
– Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi uchun: 2024-yil 20-noyabr
– Postdoktorantura uchun: 2024-yil 10-dekabr

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-open-doors-onlayn-olimpiadasi/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant!

Akademiyaga 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi va barchasiga grant beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching-academy-xitoyda-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Utrecht Excellence Scholarship (UES): Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyada joylashgan Utrecht universitetida xalqaro magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Utrecht Excellence Scholarship grantini taklif etadi.

Grant gʻoliblari quyidagi imkoniyatlardan birini qoʻlga kiritadi:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi hamda yashash ruxsatini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.

Arizalar 2024-yil 1-noyabrdan 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utrecht-excellence-scholarship-ues-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlat

Читать полностью…

Grantlar.uz

Noyabrda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2024-yil noyabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 AQSHda bakalavriat uchun toʻliq grant, bepul turar joy va 12 000 dollar mablagʻ! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 AUC Excellence Scholarship Program: bakalavriatni Misrda oʻqish uchun 100% gacha grantlar (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun 1820 dollar oylik stipendiya (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 5-noyabr)

👉 Wake Forest University: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va o'ziq-ovqat! (dedlayn: 15-noyabr)

👉 AQSHda magistratura, doktoranturada o’qish va  postdoktorlik tadqiqoti uchun 50 000 dollargacha grant (dedlayn: 15-noyabr)

👉 AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya (dedlayn: 22-noyabr)

👉 Dunyoning 7-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya; joy – 60 ta! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 The Earth Prize: maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 100 ming dollardan ortiq boʻlgan tanlov (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari (dedlayn: 30-noyabr)

Oktabrda qabul tugaydigan dasturlarni BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Germaniya: Bakalavr va magistrlarga qisqa muddatli nemis tili kurslari uchun grant!

Kurslar har yili yozda Germaniya universitetlaridan birida oʻtkaziladi. Davomiyligi – kamida 18 oʻqish kuni.

Ariza topshirish vaqtida nemis tilidan kamida A2 daraja sertifikati talab etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 1192 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 1275 yevro mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-bakalavriat-va-magistratura-qisqa-muddatli-kurslar/

@grantlar

Читать полностью…

Grantlar.uz

Rossiyada barqaror karyera qurish imkoniyati: SIBUR kompaniyasining Oʻzbekistondan boʻlgan muhandis va kimyogarlarga moʻljallangan haq toʻlanuvchi “Birinchi element” amaliyot dasturiga qoʻshiling!

Kompaniya borib joylashish, ijara va yiliga bir marta uyga borib kelish xarajatlarini qoplab beradi.

Sizni quyidagilar kutmoqda:
— boshidanoq bozordagidan yuqori maosh va kengaytirilgan ijtimoiy paket;
— amaliyotdan keyin ishda qolish, shuningdek, karyeradagi oʻsish;
— SIBUR ning real loyihalari va ilgʻor texnologiyalar va materiallarga ega ish faoliyatida qatnashish;
— neft-gazkimyo sohasida malaka oshirish va korporativ universitetda ishlab chiqarish koʻnikmalarini rivojlantirish.

Amaliyot dasturiga roʻyxatdan oʻting va SIBUR bilan xalqaro karyerangizni quring!

Men kimyogarman >>

Men muhandisman >>

Читать полностью…

Grantlar.uz

Nufuzli universitetlarda o'qib, 100% gacha grant olish imkoniyatiga ega bo'ling!

🇲🇾 Malayziya – IELTS 5.5 bilan 100% gacha grantlar;

🇰🇷 Koreya – Qishki semestrda Top oliygohlarda 100% gacha grant asosida o’qish imkoni;

🇺🇸 AQSh – dunyoning top-1000 universitetlarida ta'lim olish;

🇨🇳 Xitoy –bepul til o’rganish va bakalavrni stipendiya olib o’qish imkoni;

🇹🇷 Turkiya – til sertifikatisiz va hamyonbop narxlarda o‘qish imkoniyati;

🇨🇦 Kanada – oila a'zolari uchun vizalar va xalqaro darajadagi oliy ta'lim;

🇮🇹 Italiya – Yevropa yuragida o'qib, madaniy merosdan bahramand bo‘ling; bepul ta’lim va €8000 stipendiya.

🇯🇵 Yaponiya – hamyonbop narx va sifatli ta’lim. An'analar va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligi;

🇬🇧 Buyuk Britaniya – sifatli ta'lim va tezkor viza olish imkoniyati.

✨ Boshqa davlatlarda ta'lim dasturlari va til kurslari ham mavjud! 🧨

❗️Edu.dream bilan chet elda oliy ta'limga yo‘lni 2024-yil kuzgi semestrdayoq boshlang!

Biz bilan bog'laning:
📞 +998909591727
📞 +998903301727
✍🏻 @Edudreamuzm

Читать полностью…

Grantlar.uz

TURAN SCHOOL orqali 2024-yil kuzgi semestrga hujjat topshirgan talabalar vizadan necha foizi otkaz oldi?

2024-yil kuzgi semestr uchun 74 ta talaba bizga hujjat topshirdi va barchasi (100%) turli universitetlarga qabul qilindi.

73 ta talabamiz o’z vizasini qo’lga kirtidi, faqat 1 ta talabamiz vizadan rad javobini oldi (Kyungpook National University'dan, koreys tili TOPIK sertifikati bo’lmagani uchun).

Biz talabalarni bo'rttirilgan marketing chorlovlari bilan jalb wilmadik va vizadan so’ng ham yolg’onlar bilan pul olmadik.

☝🏻O’zbekiston bo’yicha faqat bizdan ota-onasining ish joyi, ular nomida hatto uyi bo’lmagan talabalar ham 100% vizalarini qo’lga kiritdi va E-visa uchun bir martalik 500$ xizmat haqidan boshqa to’lov olganimiz yo'q.

❗️Viza olish uchun qanday universitetlar
tanlash kerak? Koreyaga borish uchun eng kam xarajat yo’llari qaysilar? Bular haqida bugun (7-oktabr) 20:00 da @turanschoolnews telegram kanalida gaplashamiz

🎙️Speaker: Youngsan niversitetining o’zbek xodimi

Читать полностью…
Subscribe to a channel